O'ZBEKISTONDA TURIZM BOZORINING RIVOJLANISH
TENDENSIYALARI
Mirzabayev Jamshid Irkinovich
Mustaqil tadqiqotchi
Annotatsiya. Maqolada turizm sohasining milliy iqtisodiyotda tutgan o'rni, sohaning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi ahamiyati statistik ma'lumotlar asosida tahlil qilinib, olib borilgan tadqiqot natijasida turizm sohasining taraqqiy etishi - mamlakat milliy iqtisodiyotining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ta'sir etishi aniqlandi.
Kalit so'zlar. turizm, ichki turizm, kiruvchi turizm, chiquvchi turizm, infratuzilma, transport, mehmonxona, savdo, umumiy ovqatlanish, milliy iqtisodiyot.
Аннотация: В статье на основе статистических данных проанализирована роль сферы туризма в национальной экономике, значение отрасли в социально-экономической жизни страны, и в результате исследования определено, что развитие сферы туризма влияет на социально-экономическое развитие национальной экономике страны.
Ключевые слова: туризм, внутренний туризм, въездной туризм, выездной туризм, инфраструктура, транспорт, гостиница, торговля, общественное питание, национальная экономика.
Turizm o'zining ko'p qirrali tarkibi va keng qamrovi bilan jamiyat hayotining turli sohalariga sezilarli ta'sir ko'rsatmoqda. U iqtisodiyotning turli jabhalarini rivojlantirishga keng imkoniyatlar yaratadi. Xususan, transport tarmoqlari, aloqa tizimi, yo'l qurilishi, mehmonxonalar, umumiy ovqatlanish korxonalari, kommunal xo'jalik, maishiy xizmat ko'rsatish, servis sohasi, savdo tarmoqlari kabi ko'plab sohalar turizmning rivojlanishidan foyda ko'radi.
Shuningdek, turizmni rivojlantirish orqali bir vaqtning o'zida dam olish, hordiq chiqarish va ko'ngil ochar maskanlar industriyasi shakllanadi. Bu industriya o'z navbatida sayyohlarga sifatli xizmat ko'rsatishni ta'minlashga yo'naltirilgan bir qator sohalarni o'z ichiga oladi. Shu bilan birga, turizm hududiy infratuzilmani yaxshilashga, ekologik muhitni saqlashga, madaniy merosni targ'ib qilishga va yangi ish o'rinlarini yaratishga ham sezilarli hissa qo'shadi. Natijada, turizmning nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy va madaniy sohalardagi ahamiyati tobora ortib bormoqda.
Turizm sohasi xozirgi vaqtda milliy iqtisodiyotning muhim tarkibiy qismi bo'lib, iqtisodiyotning barcha tarmoqlariga bevosita va bilvosita ta'sir etib kelmoqda. Shu bilan bir qatorda, uning ijobiy ahamiyati taboro ortib mamlakat va hududlarning byudjetini valyuta bilan ta'minlamoqda, ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilma, mahalliy aholining yashash sharoiti va sifatini oshiruvchi iqtisodiyotning yetakchi tarmog'i sifatida shakllanib bormoqda. Turizm sohasini barqaror sur'atlarda rivojlantirish, uni yangi bosqichlarga ko'tarish, zamonaviy turistik infratuzilmalarni shakllantirish, turistik xizmatlar assortimentini ko'paytirish, xizmat ko'rsatish sifatini oshirish,
mintaqalarning turistik salohiyatidan maksimal darajada foydalanish yo'llarni ishlab chiqish va boshqalar bugungi kunning dolzarb masalalari qatoriga kiradi.
Butunjahon Turizm Tashkiloti ma'lumotlariga ko'ra, "2022 yilda dunyo bo'yicha 900 mln. sayyohatchilarga xizmat ko'rsatilgan bo'lib, bu 2021 yilga qaraganda ikki barobardan ko'p"1. Bundan ko'rinadiki, hozirgi paytda turizm va sayyohlik industriyasi butun dunyoga tarqalib, global miqyosda uning ahamiyati yanada oshishi sodir bo'lmoqda.
Ma'lumki, O'zbekiston zamonaviy turizm industriyasini rivojlantirish uchun barcha zaruriy manbalarga ega bo'lib, Buyuk Ipak yo'li ustida joylashgan Vatanimiz qulay tabiiy-iqlim sharoitlariga, boy tarixiy, madaniy merosga va ayni paytda ham ichki, ham xalqaro turizmni rivojlantirish uchun yuqori salohiyat va imkoniyatlarga ega. Shu tufayli, O'zbekistonda turistlar soni bilan bog'liq asosiy ko'rsatkichlarda o'sish tendensiyalar kuzatilmoqda (1-jadval).
1-jadval
O'zbekistonda turistlar soni bilan bog'liq ko'rsatkichlar tahlili, ming kishi2
№ Ko'rsatkichlar Yillar 2023 yilni 2022 yilga nisbatan
2021 2022 2023 Farqi (+:-) O'zgarishi,%
1 Ichki turizmda 2162,7 2475,0 5112,5 2637,5 206,6
2 Kirish turizmida 1881,3 5232,8 6626,3 1393,5 126,6
3 Chiqish turizmida 2194,8 5163,2 4778,4 -384,8 92,5
Keltirilgan jadval ma'lumotlari asosida quyidagi xulosalarga kelindi:
- Mamlakatimizda 2023 yilda turizmning turlari orasida kiruvchi turizm ko'rsatkichlarida yuqori natijalarga erishilgan. Jumladan, mahalliy (ichki) turistlar soni 5112,3 ming kishini tashkil qilgan bo'lsa, xorijiy turistlar soni 6626,3 ming kishiga yetgan. Respublikamizdan xorijiy mamlakatlarga chiqqan turistlar soni esa o'rganilayotgan davrda 4778,4 ming kishini tashkil qilgan.
- Mahalliy turistlar soni 2023 yilga kelib 2022 yilga nisbatan 2637,5 ming kishiga ko'payib, uning o'sish sur'ati 106,6 foizga yetgan. Xuddi shunday o'sish ko'rsatkichi xorijiy (kiruvchi) turistlar sonida kuzatilib, ularning soni taqqoslanayotgan yilga nisbatan 1395,5 ming kishiga va 26,6 foizga oshgan.
- Respublikamiz fuqarolarining chet mamlakatlarga chiqish ko'rsatkichlari, ya'ni chiqish turizmida 2022 yilga nisbatan 2023 yilda turistlar soni 384,8 ming kishiga kamaygan. Ushbu holatni respublikamizda ichki turizm va uning infratuzilmasining yil sayin rivojlanishi, ko'rsatilayotgan turistik xizmatlar sifatining oshganligi, turizm sohasi uchun hukumatimiz tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar, tadbirkorlik sub'ektlari uchun berilayotgan imtiyozlar, yangi tur marshrutlarning taklif etilishi va
1Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) rasmiy veb-sayti ma'lumotlari.
https://tourism.interfax.ru/ru/news/articles/94758/.
2 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi rasmiy sayti https://stat.uz/uz/ ma'lumotlari asosida muallif tomonidan hisoblandi.
boshqa omillar sababli - ichki turizmga bo'lgan ehtiyojlarning ortishi bilan izohlash mumkin.
1-jadvalda keltirilgan ma'lumotlar to'g'risida batafsil xulosa chiqarish uchun, ushbu ko'rsatkichlarning o'zgarish dinamikasini tahlil qilish lozim. Shu bois, tahlilning keyingi bosqichida bizlar O'zbekistonda ichki, kiruvchi va chiquvchi turistlar soni bilan bog'liq asosiy ko'rsatkichlarning dinamikasini tahlil qildik (1-rasm).
Keltirilgan 1-rasm ma'lumotlaridan ma'lum bo'ldiki, mamlakatimizga tashrif buyurgan turistlar soni o'rganilgan davr mobaynida faqat o'sish tendensiyasiga ega bo'lib, 2020 yilga nisbatan taqqoslanganda tashrif buyurgan xorijiy turistlar soni 2021 yilda 25,1 foizga o'sgan bo'lsa, ushbu ko'rsatkich 2022 yilda yuqori o'sishga erishib salkam 3,5 martaga oshdi. Ushbu ko'rsatkichning eng yuqori o'sishi 2023 yilda kuzatilib 4,4 martaga ortgan. Xuddi shunday barqaror o'sish tendensiyasi mahalliy (ichki) turistlar sonida kuzatildi.
478,2
___ 440,5
347,9
238,7
600 -
500 -
400 -
300 200 100 -
0
2020 yil 2021 yil 2022 yil 2023 yil
^—Mahalliy turistlar ^—Xorijiy turistlar ^—Chiquvchi turistlar
1-rasm. O'zbekistonda turistlar soni bilan bog'liq asosiy ko'rsatkichlarning 2020 yilga nisbatan o'zgarish sur'ati, foizda3.
Jumladan, mamlakatimiz ichidagi mahalliy turistlar soni 2020 yilga nisbatan 2021 yilda 2,0 martaga, 2022 yilda 2,3 martaga va 2023 yilga kelib salkam 4,8 martga oshgan. Tahlildagi so'nggi ko'rsatkich hisoblangan chiquvchi turistlar sonida solishtirilayotgan davrga nisbatan 2021, 2022 va 2023 yillarda o'sishga erishilgan. Umuman olganda, tahlil olib borilgan 4 yillik davrdagi turistlar soni bilan bog'liq uchala ko'rsatkichlarda ham taqqoslanayotgan 2020 yilga nisbatan barqaror o'sishga erishilgan. Ushbu tahlil natijalari so'nggi yillarda respublikamizda ichki, kiruvchi va chiquvchi turizm sohasi jadal rivojlanayotganligidan dalolat beradi.
Respublikamiz mintaqalarida turizmni jadal rivojlantirish bo'yicha keng qamrovli ishlar olib borilmoqda. 2030-yilgacha erishiladigan maqsadlar samaradorlik ko'rsatkichlari sifatida "xorijiy turistlar sonini 15 millionga, ichki sayyohlar sonini 25
3 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi rasmiy sayti https://stat.uz/uz/ ma'lumotlari asosida muallif tomonidan hisoblandi.
millionga, ziyorat turizmi bo'yicha keladigan tuгistlaг sonini 3 million nafaTga oshiгish. Turizm xizmatlari eksportini 5 milliaгd AQSh dollariga yetkazish"4 vazifalari belgilangan. Mazkur vazifalarni amalga oshirishda respublikamiz mintaqalarida tashqi va ichki turizmni rivojlantirish imkoniyatlarini tahlil qilish va tahlil natijalari asosida tuгizm yo'nalishlaгini yanada rivojlantirish bo'yicha tadqiqotlami amalga maqsadga muvofiq. Shu bois bizlar tahlilni mamlakatimiz hududlari boyicha davom ettirdik (2-jadval).
2-jadval
№ Hududlar nomi 2021 yil 2022 yil 2023 yil Farq i (+;-)
2023/ 2021 2023/ 2022
Respublika bo'yicha 5S6S9 119149 119952 61263 803
1 Qoraqalpog'iston Respublikasi 6853 9930 4743 -2110 -5187
2 Xorazm 2436 1979 2833 397 854
3 Fa^'ona 2209 8345 11265 9056 2920
4 Toshkent 7394 3230 3908 -3486 678
5 Sirdaryo 4375 5546 4185 -190 -1361
6 Surxondaryo 520,0 5131 7840 7320 2709
7 Samarqand 7832 15537 16242 8410 705
S Namangan 6599 7478 12809 6210 5331
9 Navoiy 890,0 2396 2952 2062 556
10 Qashqadaryo 4396 18761 17084 12688 -1677
11 Jizzax 427,0 4166 5755 5328 1589
12 Buxoro 6177 9076 6199 22 -2877
13 Andijon 5944 15928 12912 6968 -3016
14 Toshkent sh. 616,0 9624 9202 8586 -422
Keltirilgan 2-jadval ma'lumotlari asosida quyidagi xulosala^a qilindi:
- Respublika bo'yicha amalga oshirilgan sayohatto soni 2023 yilda 2021 yilga nisbatan 61263 ming kishiga ko'paygan bo'lsa, ushbu ko'reatkich 2022 yil bilan taqqoslanganda 803 ming kishiga oshgan.
- Mamlakat hududlari bo'yicha 2023 yilda eng ko'p amalga oshirilgan sayohatlaT soni voha viloyatlari, ya'ni QashqadaTyo (17084 ming kishi) va Samarqand (16242 ming kishi) hamda vodiy viloyatlari - Andijon (12912 ming kishi), Namangan (12809 ming kishi) va Fa^'ona (11265 ming kishi) viloyatlari bo'yicha amalga oshirilgan. Ushbu 5 ta viloyatga amalga oshirilgan sayohatlar (70312 ming kishi) respublikamiz bo'yicha amalga oshirilgan sayohatlaming 58,6 foizni tashkil etdi. Ushbu raqamlar esa
4 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil H^n^b^gi "«O'zbekiston - 2030» Strategiyasi to'g'risida"gi PF-158-son Farmoni.
5 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi rasmiy sayti https://stat.uz/uz/ ma'lumotlari asosida muallif tomonidan hisoblandi.
5
ushbu hududlarda turizm sohasi, uning ayrim turlari, infratuzilmasi va turistik xizmatlarning yaxshi rivojlanganligidan dalolat beradi. Jumladan, Qashqadaryoda gastronomik va ekologik turizm, Samarqandda ziyorat turizmi hamda vodiy viloyatlarida esa asosan tibbiy turizm rivojlangan.
- Hududlar kesimida faqatgina 8 ta ya'ni, Xorazm, Farg'ona, Toshkent, Surxondaryo, Samarqand, Namangan, Navoiy va Jizzax viloyatlarida amalga oshirilgan sayohatlar 2023 yilda 2022 yilga nisbatan ko'paygan. Qolgan hududlarda esa sayohatlar soni kamaygan. Amalga oshirilgan sayohatlar bo'yicha tahlil olib borilgan 2023 yilda 2021 va 2022 yillarda ketma-ket pasayish 2 ta hududda, ya'ni Qoraqalpog'iston Respublikasi va Sirdaryo viloyatlarida kuzatilgan. Bu esa ushbu hududlarda turizm sohasini va turizmning yangi turlarini rivojlantirish hamda uning jozibadorligini yanada oshirish bo'yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish zarurligidan dalolat beradi.
Olib borilgan tadqiqot natijasida turizm sohasining taraqqiy etishi - mamlakat milliy iqtisodiyotining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga quyidagilar bilan ta'sir etishi aniqlandi:
- Turizm sohasida yangi ish o'rinlarining yaratilishi natijasida aholining doimiy yoki mavsumiy bandligining ta'minlanadi;
- sohada bandligi ta'minlangan aholining doimiy daromad manbaiga ega bo'lishi natijasida ularning turmush darajasi va farovonligi oshadi;
- turistlar sonining yildan-yilga ko'payishi natijasida ularga xizmat ko'rsatuvchi tadbirkorlik sub'ektlarining tashkil etiladi hamda ular tomonidan mahalliy byudjetga soliq to'lovlari o'z vaqtida to'lanadi;
- turizm sohasining rivojlanishi natijasida, ushbu sohaga bog'liq transport, savdo, umumiy ovqatlanish, mehmonxonalar tarmoqlari ham rivojlanib, hudud, shu jumladan mamlakat iqtisodiyoti ham rivojlanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yhati:
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi "«O'zbekiston - 2030» Strategiyasi to'g'risida"gi PF-158-son Farmoni.
2. https://stat.uz.
3. https://tourism.interfax.ru.