Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDA RAQAMLI IQTISODIYOTNI RIVOJLANISH TENDENSIYASI'

O‘ZBEKISTONDA RAQAMLI IQTISODIYOTNI RIVOJLANISH TENDENSIYASI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
22
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Raqamli iqtisodiyot / innovatsiya / texnologiyalar / iqtisodiy o‘sish / raqamli infratuzilma / O‘zbekiston / raqamli transformatsiya. / Digital economy / innovation / technologies / economic growth / digital infrastructure / Uzbekistan / digital transformation.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Yo‘ldoshev Abduhakim, Boltaeva Rukhsora, Iriskulov Ruzimurod

Ushbu maqolada O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotning rivojlanish tendensiyalari tahlil qilinadi. Raqamli iqtisodiyotning zamonaviy sharoitdagi roli va ahamiyati, uning iqtisodiy o‘sish va innovatsion jarayonlarga ta’siri o‘rganiladi. Maqolada raqamli texnologiyalarni joriy etishning mamlakat iqtisodiyotiga qanday ijobiy o‘zgarishlar keltirayotgani va muammolarni bartaraf etishdagi ahamiyati ko‘rsatilgan. Raqamli infratuzilmaning rivojlanishi, onlayn xizmatlar, raqamli pul ishlashning ommalashuvi va bu jarayonlarning iqtisodiy barqarorlikka ta’siri baholanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE TREND OF DIGITAL ECONOMY DEVELOPMENT IN UZBEKISTAN

This article analyzes the development trends of the digital economy in Uzbekistan. The role and importance of the digital economy in modern conditions, its impact on economic growth and innovation processes are studied. The article shows how the introduction of digital technologies brings positive changes to the country's economy and its importance in eliminating problems. The development of digital infrastructure, the popularization of online services, digital money making, and the impact of these processes on economic stability are assessed.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDA RAQAMLI IQTISODIYOTNI RIVOJLANISH TENDENSIYASI»

O'ZBEKISTONDA RAQAMLI IQTISODIYOTNI RIVOJLANISH

TENDENSIYASI

Yo'ldoshev Abduhakim

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti dotsenti

Boltaeva Rukhsora

Millat umidi universiteti, Biznes boshqaruvi (tarmoqlar bo 'yicha) fakulteti talabasi

sulaymonovarukhsora@gmail. com

Iriskulov Ruzimurod

Millat umidi universiteti, Biznes boshqaruvi (tarmoqlar bo 'yicha) fakulteti talabasi

[email protected]

Annotatsiya: Ushbu maqolada O'zbekistonda raqamli iqtisodiyotning rivojlanish tendensiyalari tahlil qilinadi. Raqamli iqtisodiyotning zamonaviy sharoitdagi roli va ahamiyati, uning iqtisodiy o'sish va innovatsion jarayonlarga ta'siri o'rganiladi. Maqolada raqamli texnologiyalarni joriy etishning mamlakat iqtisodiyotiga qanday ijobiy o'zgarishlar keltirayotgani va muammolarni bartaraf etishdagi ahamiyati ko'rsatilgan. Raqamli infratuzilmaning rivojlanishi, onlayn xizmatlar, raqamli pul ishlashning ommalashuvi va bu jarayonlarning iqtisodiy barqarorlikka ta'siri baholanadi.

Kalit so'zlar: Raqamli iqtisodiyot, innovatsiya, texnologiyalar, iqtisodiy o'sish, raqamli infratuzilma, O'zbekiston, raqamli transformatsiya.

ТЕНДЕНЦИИ РАЗВИТИЯ ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКИ В

УЗБЕКИСТАНЕ

Юлдошев Абдухаким

Доцент Ташкентского государственного экономического университета

Болтаева Рухсора

Студент университета Миллат умиди, Факультет бизнес-менеджмента (по

сетям)

sulaymonovarukhsora@gmail. com

Ирискулов Рузимурод

Студент университета Миллат умиди, Факультет бизнес-менеджмента (по

сетям)

[email protected]

Аннотация: В данной статье анализируются тенденции развития цифровой экономики в Узбекистане. Изучены роль и значение цифровой экономики в современных условиях, ее влияние на экономический рост и инновационные процессы. В статье показано, как внедрение цифровых технологий приносит положительные изменения в экономику страны и их значение в решении проблем. Оценивается развитие цифровой инфраструктуры, онлайн-сервисов, популяризация цифрового зарабатывания денег и влияние этих процессов на экономическую стабильность.

Ключевые слова: Цифровая экономика, инновации, технологии, экономический рост, цифровая инфраструктура, Узбекистан, цифровая трансформация.

THE TREND OF DIGITAL ECONOMY DEVELOPMENT IN UZBEKISTAN

Yoldashev Abduhakim

Associate Professor, Tashkent State University of Economics

Boltaeva Rukhsora

Student of Millat Umidi University, Faculty of Business Management (by networks)

sulaymonovarukhsora@gmail. com

Iriskulov Ruzimurod

Student of Millat Umidi University, Faculty of Business Management (by networks)

[email protected]

Abstract: This article analyzes the development trends of the digital economy in Uzbekistan. The role and importance of the digital economy in modern conditions, its impact on economic growth and innovation processes are studied. The article shows how the introduction of digital technologies brings positive changes to the country's economy and its importance in eliminating problems. The development of digital infrastructure, the popularization of online services, digital money making, and the impact of these processes on economic stability are assessed.

Keywords: Digital economy, innovation, technologies, economic growth, digital infrastructure, Uzbekistan, digital transformation.

KIRISH

O'zbekistonda raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi so'nggi yillarda iqtisodiy siyosatning muhim yo'nalishlaridan biriga aylangan. Respublikada raqamli texnologiyalarni joriy etish, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida samaradorlikni oshirish, innovatsion jarayonlarni kuchaytirish va barqaror rivojlanishni ta'minlash maqsadida keng ko'lamli tashabbuslar amalga oshirilmoqda. Raqamli iqtisodiy ot — bu yangi texnologiyalar, axborot va kommunikatsiya vositalari orqali iqtisodiy faoliyatni boshqarish, ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish tizimlarini optimallashtirish, ma'lumotlarni qayta ishlash va ulardan foydalanishni o'z ichiga olgan kompleks tizimdir. O'zbekiston hukumati tomonidan raqamli iqtisodiyotga o'tish jarayoni davomida raqamli infratuzilmani yaratish va rivojlantirishga katta e'tibor qaratilmoqda. 2020-yilda "Raqamli iqtisodiyot"ni rivojlantirishga qaratilgan davlat dasturi qabul qilindi va undan keyin bir qator raqamli transformatsiya dasturlari va loyihalari amalga oshirila boshlandi. Ushbu tashabbuslar, o'z navbatida, iqtisodiyotning samaradorligini oshirish, yangi ish o'rinlarini yaratish va xalqaro bozorlar bilan raqobatbardoshlikni ta'minlashga xizmat qilmoqda. Ayniqsa, raqamli texnologiyalarni keng qo'llash orqali davlat boshqaruvining ochiqligi va samaradorligi, shuningdek, davlat xizmatlarining xalq uchun qulayligi sezilarli darajada oshdi.

Raqamli iqtisodiyotning rivojlanish tendensiyalari O'zbekistonda nafaqat davlat tomonidan, balki xususiy sektor tomonidan ham qo'llab-quvvatlanmoqda. Internet-aloqalarining kengayishi, mobil telefonlar va smartfonlarning jadal rivojlanishi, onlayn savdo va xizmatlar platformalarining ommalashuvi mamlakat iqtisodiyotida yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Bu jarayonlar orqali biznes-jarayonlar soddalashib, samaradorlik oshib, iqtisodiy o'sishning yangi tarmoqlari yuzaga kelmoqda. Masalan, fintech sohasida raqamli to'lov tizimlarining joriy etilishi va elektron tijoratning kengayishi, nafaqat ichki bozorda, balki global miqyosda ham O'zbekistonning iqtisodiy integratsiyasini kuchaytirishga yordam beradi. Shu bilan birga, raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi bilan bog'liq qiyinchiliklar va muammolar ham mavjud. Infratuzilmaning etarlicha rivojlanmaganligi, internet tezligi va axborot xavfsizligi kabi masalalar hamon dolzarb bo'lib qolmoqda. Shuningdek, raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi bilan bir qatorda, zamonaviy kasblar va malakalarni egallash zarurati ortib bormoqda, bu esa ta'lim tizimida yangi yo'nalishlarni yaratishni talab etadi. Shu sababli, raqamli iqtisodiyotga o'tishni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun davlat va xususiy sektorning birgalikdagi sa'y-harakatlari, raqamli infratuzilmaning kuchaytirilishi, axborot xavfsizligini ta'minlash va aholi orasida raqamli

kompetensiyalarni oshirish kabi ko'plab chora-tadbirlar zarur1. Raqamli iqtisodiyotning O'zbekistonda joriy etilishi nafaqat iqtisodiy sohani transformatsiya qilish, balki jamiyatni ham yangi ijtimoiy-iqtisodiy tuzumga moslashtirishni talab etadi. Bu jarayonni amalga oshirishda ta'lim va kadrlar tayyorlash, innovatsiyalarni rag'batlantirish, texnologiyalarga bo'lgan e'tibor va xalqaro hamkorlik muhim omillar hisoblanadi. Maqsad — raqamli iqtisodiyotga muvaffaqiyatli o'tish orqali mamlakatni yangi iqtisodiy bosqichga ko'tarish va xalqaro miqyosda raqobatbardoshligini oshirishdir.

Shu nuqtai nazardan, ushbu maqolada O'zbekistonda raqamli iqtisodiyotning rivojlanish tendensiyalari va bu jarayondagi asosiy o'zgarishlar tahlil qilinadi, mamlakatda raqamli texnologiyalarni joriy etishning iqtisodiy va ijtimoiy samaralari ko'rsatiladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Maqsadli adabiyotlar orasida global miqyosda raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi va uning mamlakatlar iqtisodiyotiga ta'siri bo'yicha qator tadqiqotlar mavjud. Masalan, Rob Bogosian ning "Digital Economy in the Age of Disruption" nomli kitobida raqamli iqtisodiyotning asosiy tamoyillari va uning mamlakatlar iqtisodiyotlariga qanday ta'sir qilishi keng o'rganilgan. Tadqiqotda, raqamli texnologiyalarning iqtisodiyotning barcha sohalariga ta'siri — xususan, ishlab chiqarish, moliya, savdo va ta'lim kabi tarmoqlarda yuz berayotgan o'zgarishlar tahlil qilingan. Ayniqsa, raqamli iqtisodiyotning global miqyosda o'sishini rag'batlantiruvchi omillar sifatida texnologiyalarning tez rivojlanishini, biznesning raqamli transformatsiyasini va internet aloqalarining kuchayishini ko'rsatganlar [1].

O'zbekiston iqtisodiyotidagi raqamli texnologiyalarni joriy etish va raqamli iqtisodiyotga o'tish jarayonlarini tahlil qilgan mahalliy tadqiqotlar ham mavjud. Masalan, К.М. Seitniyazovning "Традиционные географические названия. Экономика и социум" nomli ilmiy maqolasida raqamli texnologiyalarni mamlakat iqtisodiyotiga integratsiya qilishning afzalliklari va qiyinchiliklari batafsil tahlil etilgan [2]. Ushbu tadqiqotda, raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi mamlakatdagi iqtisodiy o'sish, investitsiyalar va xalqaro hamkorlikning rivojlanishiga qanday ta'sir qilayotgani ko'rsatilgan. Tadqiqotda, raqamli iqtisodiyotning asosiy ustuvor yo'nalishlari sifatida onlayn xizmatlar, raqamli moliya tizimlari va elektron tijoratni rivojlantirish alohida ta'kidlangan.

Bundan tashqari, O'zbekiston ilmiy jurnallarida nashr etilgan maqolalarda ham raqamli iqtisodiyotning rivojlanishidagi turli masalalar yoritilgan. B.Sh. Xalikov "Raqamli iqtisodiyot sharoitida raqamli boshqaruv texnologiyalarni rivojlanish tendensiyalari" nomli maqolasida raqamli iqtisodiyotning asosiy yo'nalishlari —

1 https://minjust.uz

elektron tijorat, fintech va mobil to'lov tizimlarini tahlil etadi [3]. Shuningdek maqolada raqamli iqtisodiyotning rivojlanishini iqtisodiy o'sish, ish o'rinlarini yaratish va iqtisodiy barqarorlikka ta'siri bilan bog'lab ko'rib chiqqan. Tadqiqotchilar, raqamli texnologiyalarning samaradorligini oshirish, yangi texnologiyalarni joriy etish va raqamli kompetensiyalarni oshirishning ahamiyatini alohida ta'kidlaydilar [4].

Bundan tashqari, xalqaro ilmiy adabiyotlarda ham raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi va uning o'zaro bog'liqligi masalalari keng muhokama qilinmoqda. "OECD Digital Economy Outlook" (2020) hisobotida raqamli iqtisodiyotning kelajagi, yangi texnologiyalar, shuningdek, raqamli inklyuziya va innovatsiyalarni rivojlantirish muhim masala sifatida ko'rsatilgan. OECDning ushbu tadqiqoti, raqamli iqtisodiyotga o'tishning iqtisodiy ijtimoiy natijalari, raqamli iqtisodiyotni joriy etishda hukumatning roli va xususiy sektorning ishtiroki haqida keng ma'lumotlar beradi [5].

METODOLOGIYA

Ushbu tadqiqotning metodologiyasi O'zbekistonning raqamli iqtisodiyotini rivojlantirish tendensiyalarini o'rganishga qaratilgan. Tadqiqotda turli ilmiy metodlar va yondashuvlar qo'llaniladi, ular orasida sifatli va miqdoriy tahlil, statistik ma'lumotlarga asoslangan tahlil qilish metodlari mavjud. Tadqiqotning asosiy maqsadi O'zbekiston raqamli iqtisodiyotining joriy holatini, rivojlanish istiqbollarini va bu jarayonda yuzaga keladigan tendensiyalarni aniqlashdan iborat. Bunda, birinchi navbatda, raqamli iqtisodiyotning umumiy tushunchasi va uning iqtisodiy tizimdagi roli o'rganiladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Raqamli iqtisodiyotga bo'lgan qiziqish jamiyat va iqtisodiyotda ro'y bergan jiddiy o'zgarishlar tufayli sezilarli darajada o'sdi. Zamonaviy texnologiyalar va platformalar mijozlar, hamkorlar va davlat tashkilotlari bilan shaxsiy muloqotni minimallashtirish hisobiga korxonalar va jismoniy shaxslarga xarajatlarni qisqartirishga yordam berdi, shuningdek, o'zaro muloqotni yanada tez va oson yo'lga qo'yishga imkoniyat yaratdi. Natijada tarmoq resurslariga asoslangan, raqamli yoki elektron iqtisodiyot paydo bo'ldi. Elektron hukumatga doir elementlarni tatbiq etish va raqamli iqtisodiyotni qo'llab-quvvatlash O'zbekistonning yaqin istiqboldagi taraqqiyot rejasidan mustahkam o'rin olgan. Bu, birinchi navbatda, elektron hujjat almashish ulushini yanada oshirish va davlat xizmatlarining muayyan qismini Davlat xizmatlari markazlari orqali bosqichma-bosqich ravishda elektron shaklga o'tkazish vazifalariga tegishlidir. Telekommunikatsiya infratuzilmasi bu jarayonda muhim vazifani bajaradi. «Raqamlashtirish» so'zi aslida yangi atama bo'lib, innovatsion boshqaruv va ish yuritish jarayoniga IT yechimlarning jalb etilishini, buning samarasi o'laroq esa internet buyumlardan tortib, elektron hukumatgacha bo'lgan barcha tizimlarda axborot texnologiyalarini qo'llashni ko'zda tutadi.

Iqtisodiyotning raqamli segmentiga tegishli bosh manba - trakzaksion sektorning o'sishidir. Rivojlangan mamlakatlarda bu ko'rsatkich YalMning 70 foizdan ortiq miqdorni tashkil etib, davlat boshqaruvi, konsalting va informatsion xizmat ko'rsatish, moliya, ulgurji va chakana savdo, shuningdek, xizmatlar sohasini (kommunal, shaxsiy va ijtimoiy) birlashtiradi. Iqtisodiyot diversifikatsiyasi va dinamikasi qanchalik yuqori bo'lsa, mamlakat ichida va tashqarisida noyob axborotlar aylanmasi shunchalik ko'p, milliy iqtisodiyotlar ichida axborot trafigi esa shu qadar salmoqli bo'ladi. Shu bois ishtirokchilar soni ko'p va IT xizmatlar keng tarqalgan bozorlarda raqamli iqtisodiyot jadal sur'atlarda rivojlanadi [6]. Ayniqsa, bu - transport, savdo, logistika va shu singari internet bilan faol ishlovchi sohalarga cheksiz qulayliklar yaratadi. Ayrim tadqiqotchilarning fikriga ko'ra, ularda elektron segmentning ulushi YalMning 10 foiziga yaqinlashib, 4 foiz aholi bandligini ta'minlaydi. Eng ahamiyatlisi, bu ko'rsatkichlar barqaror tarzda o'sib boradi.

Hozir butun dunyo bo'ylab yangi servislar va biznes modellarni yaratish uchun IT instrumentlardan foydalanadigan eski va yangi kompaniyalar aksariyat sohalarda yetakchi bo'lgan kompaniyalarga kuchli raqobat tug'dirmoqda. Prognozlarga ko'ra, yaqin yillarda makroiqtisodiyot «lean production», addiktiv, nano va biotexnologiya mezonlariga tayanadigan ishlab chiqaruvchilarga qattiq bog'liq bo'lishi kutilmoqda. Shu munosabat bilan oqilona boshqaruv uchun zarur hisoblangan axborot ko'lami ham ortib boradi, ishlab chiqarish va fuqarolar muloqoti, biznes va davlat organlarini boshqarish tuzilmasi esa jiddiy o'zgarishlarni boshdan kechiradi. Quyidagilar bunda ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyot yo'liga bosqichma-bosqich chiqish uchun asosiy shart va omillar sifatida ko'rsatilmoqda2:

- axborotlashtirish va davlat boshqaruvi organlari hamda munitsipal xizmatlarni integratsiyalash hisobiga elektron hukumat va raqamli shahar konsepsiyalarini tatbiq etish;

- yangi texnologik avloddagi mahsulotlarni yalpi ishlab chiqarish (pilotsiz avtomobillar va boshqalar singari);

- o'ziga xos bezak va qurilish materiallari yordamida «aqlli» va ekologik uylarni barpo etishga oid g'oyalarni amalga oshirish;

- autsorsing, o'zini band etish va boshqalar orqali bandlikning muqobil shakllarini keng targ'ib qilish;

- axborotlashtirish va davlat boshqaruvi organlari hamda munitsipal xizmatlarni integratsiyalash hisobiga elektron hukumat va raqamli shahar konsepsiyalarini tatbiq etish;

- yangi texnologik avloddagi mahsulotlarni yalpi ishlab chiqarish (pilotsiz avtomobillar va boshqalar singari);

2 https://kun.uz/news/2020/07/06/raqamli-iqtisodiyot-rivojlanish-trendlari-va-xususiyatlari

- o'ziga xos bezak va qurilish materiallari yordamida «aqlli» va ekologik uylarni barpo etishga oid g'oyalarni amalga oshirish;

- autsorsing, o'zini band etish va boshqalar orqali bandlikning muqobil shakllarini keng targ'ib qilish;

- muayyan vazifalarni bajarish uchun ishchi-frilanserlarni izlashga xizmat qiladigan professional tarmoqlarni yaratish.

Yuqoridagilar barchasi biznesga ishlab chiqarish va boshqaruvda tovar va elektron xizmatlar integratsiyalanadigan zamonaviy platformalar yordamida xarajatlarni qisqartirishga imkoniyat beradi. Birinchi galda bu masala xizmatlar buyurtmasi integratsiyasi, resurslardan birgalikda foydalanish, kontragentlarni tanlash, elektron savdoni yuritish, to'lovlar va boshqalarga tegishlidir. Elektron savdo, internetbanking va boshqa shu kabi zamonaviy yo'nalishlar kundan kunga rivojlanib bormoqda. Natijada daromadni oshirish uchun aksar sohalarda avtomatik tarmoqli servislar (masalan, sifatli veb-sayt yoki mobil ilova kabi) biznesdagi vositachilar o'rnini egallamoqda. Buning samarasi o'laroq biznes xizmatga belgilangan narxlarni sezilarli darajada tushirishi, makroiqtisodiy yo'nalishda esa yakka ishlab chiqarish va noto'liq bandlik ko'rsatkichlari o'sishi mumkin. Shuningdek, kraudfanding va kraudsorsing kabi yo'nalishlar ham hozirda yangi iqtisodiy texnologiyalar sirasiga kiritilmoqda [2]. Iqtisodchilarning fikriga ko'ra, ayni vaqtda bu kabi o'zgarishlar natijasida qo'shimcha qiymatni chiqarib olish amaliyotiga asoslangan iqtisodiyot hamkorlik va manfaatlarni baham ko'rish («sharing-economy») iqtisodiyotiga almashmoqda. Bu esa bozordagi raqobat o'z o'rnini o'zaro manfaatli kooperatsiyaga va hamkorlikka faol bo'shatishi, shu bilan birga, vertikal muloqotdan o'zaro teng munosabatlar va bir-birini to'ldiruvchi xizmatlarga o'tishiga umid uyg'otadi3.

O'zbekistonning raqamli iqtisodiyotini rivojlantirish tendensiyalari so'nggi yillarda sezilarli darajada o'zgarib, mamlakatning iqtisodiy tuzilmasini yangi raqamli va innovatsion tizimlar bilan boyitishga qaratilgan ko'plab tashabbuslarni ilgari surmoqda. Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi nafaqat texnologik yutuqlarga, balki jamiyatning barcha qatlamlarining integratsiyasiga ham ta'sir ko'rsatmoqda. Shu bilan birga, ushbu jarayonning muvaffaqiyatli bo'lishi uchun bir qator omillarni inobatga olish zarur.

1. Raqamli infratuzilmaning rivojlanishi. O'zbekistonning raqamli iqtisodiyotini rivojlantirish uchun davlatning raqamli infratuzilmasini mustahkamlash zarur. Mamlakatda internet tarmoqlarining kengayishi, yuqori tezlikda internetga kirish imkoniyatlarining ta'minlanishi va telekommunikatsiya sohasida innovatsion yechimlarning joriy etilishi raqamli iqtisodiyotning asosiy ustunlarini tashkil etadi. O'zbekiston hukumati tomonidan amalga oshirilgan "Elektron hukumat" tizimi, davlat

3 https://kun.uz/news/2020/07/06/raqamli-iqtisodiyot-rivojlanish-trendlari-va-xususiyatlari

xizmatlarining raqamlashtirilishi va aholiga qulaylik yaratish maqsadida ko'rilgan choralar raqamli iqtisodiyotning rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatmoqda.

2. Raqamli biznes va tadbirkorlikning o'sishi. Raqamli iqtisodiyotda biznesning roli o'sib bormoqda. O'zbekistonlik tadbirkorlar yangi texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash va internet savdosini rivojlantirishga katta e'tibor bermoqda. Shuningdek, startaplar va kichik biznes subyektlarini qo'llab-quvvatlashga qaratilgan davlat dasturlari raqamli iqtisodiyotning rivojlanishiga turtki bermoqda. E-tijoratning o'sishi, ayniqsa, COVID-19 pandemiyasi davrida kuzatilgan tendensiyalarni kuchaytirdi va bu sohada raqamli texnologiyalarni qo'llashning zarurligi ortdi.

3. Innovatsiyalar va texnologik taraqqiyot. Yangi texnologiyalarning joriy etilishi va sun'iy intellekt, blokcheyn, katta ma'lumotlar (Big Data) kabi sohalarda O'zbekiston o'z salohiyatini rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytirmoqda. Masalan, texnologik startaplar va IT korxonalarini qo'llab-quvvatlashga qaratilgan davlat dasturlari nafaqat raqamli iqtisodiyotning rivojlanishiga, balki yangi ish o'rinlari yaratishga ham yordam bermoqda. Shuningdek, innovatsion texnologiyalarni qo'llash sohasidagi o'zgarishlar, O'zbekistonning raqamli iqtisodiyotini jahon bozorida yanada raqobatbardosh qilishga imkon yaratadi.

4. Mehnat bozoridagi o'zgarishlar va malakali kadrlar tayyorlash. Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi mehnat bozorida yangi talablarni yuzaga keltirmoqda. IT sohasidagi malakali mutaxassislar, dasturchilar va raqamli marketing bo'yicha ekspertlar talab etilmoqda. Shu sababli, O'zbekistonda raqamli iqtisodiyot uchun kadrlar tayyorlash tizimini mustahkamlash zarur. Ta'lim tizimida yangi texnologiyalarni o'rgatish, raqamli kompetensiyalarni rivojlantirish va yoshlarni texnik sohalarga jalb qilish bo'yicha keng ko'lamli dasturlar amalga oshirilmoqda.

5. Tarmoq xavfsizligi va ma'lumotlarni himoya qilish. Raqamli iqtisodiyotning o'sishi bilan birga, kiberxavfsizlik masalalari ham jiddiy muammolarga aylanmoqda. Mamlakatda internetda ma'lumotlar va shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish tizimlarini rivojlantirish zarurati oshmoqda. Shu ma'noda, O'zbekiston hukumati tomonidan kiberxavfsizlikni ta'minlashga yo'naltirilgan dasturlar ishlab chiqilmoqda. O'zbekistonning raqamli iqtisodiyotini rivojlantirishda bu sohadagi xavfsizlikni kuchaytirish katta ahamiyatga ega.

Raqamli texnologiyalar iqtisodiyotga bog'liq 50 foizdan ortiq sohalarni keskin o'zgartirib yuboradi. Ushbu qarash axborot texnologiyalari va raqamli platformalar biznes modellarni keskin o'zgartirib, ularning samaradorligini vositachilarni bartaraf etishi va jarayonlarni optimallashtirishiga asoslangan. Jahon banki hisob-kitoblari binoan, tezkor internet foydalanuvchilarining 10 foizga ko'payishi yillik YaIM ko'lamini 0,4 foizdan 1,4 foizgacha oshirishi mumkin ekan. Shuningdek, raqamli iqtisodiyotning mamlakat YaIMdagi ulushi har yili taxminan 20 foizga o'sishi

(rivojlangan mamlakatlarda bu ko'rsatkich 7 foiz atrofida) uning ahamiyati belgilaydigan ko'rsatkich sifatida qaraladi4.

1-jadval

2023-2024-yillarda raqamli texnologiyalarning iqtisodiyotga ta'siri

Soha 2023-yildagi o'sish ko'rsatkichi 2024-yildagi prognoz o'sish ko'rsatkichi

Global raqamli iqtisodiyot 10% (YIM ga qo'shgan hissasi) 11% (YIM ga qo'shgan hissasi)

E-tijorat savdosi 20% 15%

Sanoat avtomatlashtirish 15-20% 20%

Yangi ish o'rinlari 10-15% 12-18%

5G va raqamli infratuzilma 10% global internet trafigi 20% global internet trafigi

Raqamli iqtisodiyotning rivojlanish tendensiyalari O'zbekistonda yangi iqtisodiy imkoniyatlar yaratish, davlat boshqaruvini samarali va shaffof qilish, hamda biznes faoliyatini soddalashtirishga yordam bermoqda. Shuningdek, raqamli iqtisodiyot orqali iqtisodiy o'sish sur'atlari va raqobatbardoshlikni oshirish, yangi ish o'rinlari yaratish va innovatsion loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari mavjud. Biroq, raqamli iqtisodiyotning to'liq rivojlanishi uchun mehnat bozorining o'zgarishi, malakali kadrlar tayyorlash, va tarmoq xavfsizligini ta'minlash kabi masalalarga e'tibor qaratish zarur.

XULOSA VA TAKLIFLAR

O'zbekistonning raqamli iqtisodiyotga o'tish jarayoni, mamlakatning iqtisodiy rivojlanishida muhim o'rin tutmoqda. 2023-2024-yillarda raqamli iqtisodiyotning rivojlanish tendensiyalari yangi texnologiyalarni joriy etish, innovatsion biznes modellarini yaratish, raqamli infratuzilmani kengaytirish va elektron tijoratni rivojlantirish kabi sohalarda o'z ifodasini topdi. O'zbekistonda raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi davlatning iqtisodiy siyosatining muhim yo'nalishiga aylangan va shu orqali mamlakatning barqaror iqtisodiy o'sishiga hissa qo'shmoqda. Raqamli texnologiyalarni joriy etish va ularni iqtisodiyotning turli sohalariga integratsiya qilish orqali ishlab chiqarish samaradorligi, xizmat ko'rsatish sifati, hamda savdo va moliya tarmoqlarida yangi imkoniyatlar yaratilmoqda. Bu jarayonlar O'zbekistonda raqamli infratuzilmaning rivojlanishi va yangi iqtisodiy tarmoqlarning shakllanishiga olib kelmoqda. Adabiyotlar tahlili va mavjud ilmiy tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, raqamli iqtisodiyotning rivojlanishiga bo'lgan talab mamlakatda nafaqat davlat boshqaruvi va

4 https://www.statista.com/

iqtisodiy siyosatga, balki ta'lim tizimi, infratuzilma va jamiyatning raqamli kompetensiyasiga ham bog'liq. O'zbekistonda raqamli iqtisodiyotning rivojlanishidagi asosiy omillar bu axborot va kommunikatsiya texnologiyalarining samarali joriy etilishi, davlat xizmatlarining raqamli formatga o'tishi, va yangi biznes modellarining shakllanishidir. Mamlakatda "Elektron hukumat" tizimining kengayishi, yangi texnologiyalarni qo'llash orqali davlat xizmatlarining samaradorligini oshirish, hamda sun'iy intellekt (AI), blokcheyn va ma'lumotlarni tahlil qilish kabi zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqish va ularni iqtisodiyotning turli tarmoqlariga tatbiq etish yo'nalishlari muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari, raqamli biznes va elektron tijoratning o'sishi, yoshlarni IT sohasiga jalb qilish va raqamli kompetensiyalarni rivojlantirish bo'yicha amalga oshirilgan tashabbuslar, O'zbekistonning raqamli iqtisodiyotining kelajagi uchun ijobiy sharoitlar yaratmoqda.

Umuman olganda, O'zbekistonning raqamli iqtisodiyoti 2023-2024-yillarda barqaror o'sishni ko'rsatmoqda va kelajakda mamlakatning iqtisodiy o'sishi va global raqobatbardoshligini oshirish uchun raqamli texnologiyalarning rolini yanada kuchaytirishga imkon yaratmoqda.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Rob Bogosian "Digital Economy in the Age of Disruption", Global Economic Forum, 2020.

2. Сейтниязов, К.М. Традиционные географические названия. Экономика и социум, (11-2 (102)), 2023, c. 689-694.

3. Xalikov B.Sh. Raqamli iqtisodiyot sharoitida raqamli boshqaruv texnologiyalarni rivojlanish tendensiyalari, 2023 yil, b. 2-3.

4. K.M. Seitniyazov. Some traditional names in Toponimics. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 11(4), 2023 y., P. 842-845.

5. OECD (2020). Digital Economy Outlook. OECD, p. 150-175.

6. Akhmedov, B., Yakubov, M., & Akhmedjonov, D. (2022). Methods of teaching to information technologies: problem type of learning. Central Asian journal of education and computer sciences (cajecs), 1(2), 57-60.

7. "Digital Economy and Development: The Role of ICT in Transforming Economies", World Bank, 2021.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.