INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
O'ZBEKISTONDA RAQAMLI IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH Shukurullo Yo'ldoshmaxmudov Xurshid o'g'li
Farg'ona Politexnika Instituti Iqtisodiyot yo'nalishi 3-kurs talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.7126077
Annotatsiya. Ushbu maqolada asosan mamlakatimiz O 'zbekistoda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish va mavjud muammolarni bartaraf etish. Raqamli iqtisodiyotning qulayligi va yangi imkoniyatlaridan foydalanib, bizning mamlakatimiz ham rivojlangan davlatlar qatorida bo'lishi zarurligi. Raqamli iqtisodiyotning barcha sohalardagi beqiyos o'rnini keng yoritiladi.
Kalit so'zlar: raqamli iqtisodiyot, raqamli texnologiyalar, kommunikatsiya, infratuzilma, elektron tijorat, investitsiya, logistika, aloqa operatorlari, innovatsiyalar.
РАЗВИТИЕ ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКИ В УЗБЕКИСТАНЕ
Аннотация. Данная статья посвящена развитию цифровой экономики в нашей стране, Узбекистане и устранению существующих проблем. Необходимость для нашей страны быть в числе развитых стран, используя удобство и новые возможности цифровой экономики. Будет широко освещена несравненная роль цифровой экономики во всех сферах.
Ключевые слова: цифровая экономика, цифровые технологии, связь, инфраструктура, электронная коммерция, инвестиции, логистика, операторы связи, инновации.
DEVELOPMENT OF DIGITAL ECONOMY IN UZBEKISTAN
Abstract. This article focuses on the development of the digital economy in Uzbekistan and overcoming the existing problems. The convenience and new opportunities of the digital economy. The need for our country to be among the developed countries. The unique role of the digital economy in all areas.
Keywords: digital economy, digital technologies, communication, infrastructure, ecommerce, investment, logistics, telecom operators, innovations.
KIRISH
Raqamli iqtisodiyotning yuksalishi 21-asrning o'ziga xos xususiyatlaridan biridir. Albatta bugungi kunni raqamli texnologiyalarsiz tasavvur qilish qiyin albatta. Aql-zakovat va ilm -taraqqiyot qanotidir. Zamonaviy ilm-fanning cho'qqisi yuqori texnologiyalarda, raqamli olamda ko'zga tashlanadi. To'rtinchi sanoat inqilobi taraqqiyotning yangi ko'rinishi - "raqamli iqtisodiyot" boshlanganini anglatadi.
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
Bugungi kunda biz yaqin kelajakda erishmoqchi bo'lgan ulkan maqsadlarga egamiz. Buning uchun bizga albatta yetuk kadrlar va mutaxassislar kerak. Raqamli texnologiyalar jamiyat va iqtisodiyotga ko'p jihatdan ta'sir qiladi, shu jumladan yangi aloqa va hamkorlik vositalari orqali; xizmat ko'rsatishning kuchli tarkibiy qismiga ega bo'lgan yangi mahsulotlar; ma'lumotlarning iqtisodiy o'sish omili sifatida roli; sun'iy intellect (AI) yordamida vazifalarni avtomatlashtirish; va platformalar kabi yangi biznes modellarining paydo bo'lishi. Shu sababli raqamlashtirish bizning hayotimiz va birgalikda ishlash tarzimizni tubdan o'zgartiradi. Bu butun davlat rivojlanishi va farovonligi demakdir. Shuningdek, barcha sohalarda korxonalar, tashkilotlar uchun samaradorlik, vaqt, bandlike, ko'nikma, daromadlarni to'g'ri taqsimlash, atrof muhit va tashqi olamga katta ta'sir ko'rsatadi. Hozirda biz asosan O'zbekiston rivojlangan
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
davlatlar qatorida bo'lish uchun harakatdan to'xtamasligimiz zarur. Xorijiy davlatlarda bizga qaraganda raqamli iqtisodiyot ancha rivojlangan. Iqtisodiyotning raqamlashishi bu mamlakat taraqqiyoti uchun muhim. Bugungi kunda raqamli iqtisod rivojlanishi barcha sohalar rivoji bilan chambarchas bog'liq.
TADQIQOT NATIJALARI
Raqamli iqtisodiyot bugungi kunda dolzarb mavzulardan biridir. Asosan bu mavzuni O'zbekistonda qanday rivojlantirish bu biz yoshlar qo'lidadir. "Raqamli iqtisodiyot'' atamasi birinchi bo'lib 1995-yilda Don Tepkott muallifligida chop etilgan. "Raqamli iqtisodiyot: tarmoqli intelekt asrida va'da xavfxatar" (The Digital Economy: Promise and Peril in the Age of Networked Intelligence) nashrida alohida tushuncha sifatida istiloh etilgan. Ushbu nashrda raqamli iqtisodiyotning asosiy tarkibiy qismlariga fundamental innovatsiyalar (yarimo'tkazgichlar, protsessorlar), asosiy texnologiyalar (kompyuterlar) va bog'lovchi infratuzilmalar (internet va telekommunikatsiya tarmoqlari) ajratib ko'rsatiladi. Rivojlangan davlatlarda raqamli iqtisodiyotni joriy etishga allaqachon kirishilgan. Jahon iqtisodiyotining globallashuvi va texnologiyalarning rivojlanishi sharoitida O'zbekistonning iqtisodiy taraqqiyotiga raqamli iqtisodiyotni rivojlantirmasdan erishib bo'lmaydi. Jahon bankining ma'lumotlariga ko'ra, kurrai zaminimiz umumiy boyligining 66 foizi - 365 trillion AQSH dollari inson kapitaliga, ya'ni asosan shaxsning ilm darajasiga to'g'ri kelmoqda. AQSHda ushbu ko'rsatkich milliy boylikning 77 foizi - 95 trillion dollarga yetgan. Shuning uchun davlatimiz rahbari joriy yil Murojaatnomada "Eng katta boylik - bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros - bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik - bu bilimsizlikdir!" degan fikrni alohida keltirib o'tdi. Bugungi kunga kelib jahonda raqamli iqtisodiyot taraqqiy etgan 20 mamlakatda 2 trillion AQSH dollarini tashkil etayotgani hisoblab chiqilgan. Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda dunyoda peshqadam Buyuk Britaniyada esa u hozirning o'zida milliy yalpi ichki mahsulotning 12 foiziga yetdi. Raqamli iqtisodiyot texnologik va biznes jarayonlari, ishlab chiqarish, logistika va tayyor mahsulotlarning savdosini raqamlashtirishni nazarda tutadi. Mamlakatimizda 2020-yilning o'zida transport, geologiya, ta'lim, arxiv kabi sohalarni to'liq raqamlashtirish belgilangan edi. Zamonaviy infratuzilmaga ega bo'lgan "IT-park"lar ham fikrimiz dalilidir. Aholining barcha qismida ham raqamli malakaning yetarli emasligi raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yo'ldagi yana bir to'siq bo'lib kelgan. Shuningdek, raqamli tovar aylanmasi ham past hisoblandi. Bu borada texnologiya olamida ko'pchilikka ma'lum bo'lgan "Microsoft" korporatsiyasi asoschisi Bill Geytsning bir fikrini eslash o'rinli: "Tez orada Yer sharida faqat ikki tur kompaniyalar mavjud bo'ladi. Birinchisi, internet orqali biznes qiluvchi va ikkinchisi, biznesdan chiqqan kompaniyalar". Tadbirkorlar mana shu jihatni inobatga olgan holda, dunyoga mashhur biznes iste'molchi uchun, biznes biznes uchun, iste'molchi iste'molchi uchun tamoyillari asosida o'z faoliyatini tashkil etishi maqsadga muvofiq. O'zbekiston raqamli sanoat bozorini shakllantirish uchun uchta muhim shartni belgilab olish zarur. Raqamli muhitni me'yoriy tartibga solish (konsepsiya, dastur va qonun), infratuzilmaviy rivojlanish (data markaz, mobil, internet, biznes va ishlab chiqarish jarayonini avtomatlashtirish qurilmalari) va mutaxassislarni tayyorlash sog'lom bozorni yaratishda tirgak bo'ladi. Raqamli iqtisodiyot bu - real voqe'llikni to'ldirib turadigan virtual muhitdir. Raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish uchun innovatsion g'oyalar, texnologiyalar va ishlanmalarni joriy etish sohasida davlat organlari va tadbirkorlik sub'ektlarining yaqin hamkorligini ta'minlash. Blokcheyn texnologiyalarni ishlab chiqarish va ulardan foydalanish sohasida amaliy ish ko'nikmalariga ega bo'lgan malakali kadrlarni
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
tayyorlash. Horij tajribasini hisobga olgan holda blokchetn texnologiyalarini joriy etish uchun huquqiy baza yaratish kabi bir qancha vazifalarni oldimizga maqsad qo'yib va uni amalga oshirish kerak. Raqamlashtirish iqtisodiyoti iqtisodiyotning alohida sohasi sifatida ikkita sababga ko'ra mavjud. Birinchidan, yangi iqtisodiy modellar kerak, chunki raqamli dunyoda ma'lumot haqidagi ko'plab an'anaviy taxminlar endi mavjud emas. Ikkinchidan, raqamlashtirish natijasida hosil bo'lgan ma'lumotlarning yangi turlari tahlil qilish uchun yangi usullarni talab qiladi. Xalqaro tajriba shundan dalolat bermoqdaki, bugungi kunda raqamli texnologiyalar asosan ilmiy hamjamiyat va xususiy sektorda jadal rivojlanmoqda. Shuning uchun davlat, aynan, ushbu sohalarda innovatsion loyihalarni qo'llab quvvatlagan holda qulay ekotizmni yaratishi lozim. Click, Payme, M-bank, Upay, Oson va boshqa onlayn to'lovlarga imkon beruvchi to'lov tizimlari mavjud bo'lishiga qaramay mobil to'lovlar, internet, kommunal to'lovlar uchun onlayn to'lovlarni amalga oshirish ko'rsatkichi yuqori emas. 2017-yilda 34 foiz hisob egalari raqamli to'lovni amalga oshirgan. Solishtirish uchun bu ko'rsatkich Buyuk Britaniyada 96 foizga teng. Bizda shu sohani rivojlantirib elektron tijoratni, elektron o'tkazmalarni rivojlantirishimiz zarur. Raqamli to'lov O'zbekistonda 34 foizni tashkil etayotgan bo'lsa, biz bu ko'rsatkichni 100 foizga chiqarish zarur. Asosan kiberxavfsizlik ham raqamli iqtisodiyotning muhuim sharti, nozik joyi desak ham bo'ladi. Iqtisodiyotni raqamlashtirganimizdan so'ng albatta xavfsizlik choralarini ham mukammal bartaraf etish kerak. Raqamlashuv va kiberxavfsizlik tushunchalari doimo yonma-yon keladi. Chunki barcha tizim va jarayonlarni raqamlashtirish bilan birga, ularning texnik jihatdan mukammal va bexato ishlashini, xavfsizligini ta'minlash muhim hisoblanadi. Yurtimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga qanchalik e'tibor qaratilayotgan bo'lsa, kiberxavfsizlikni ta'minlash ham shuncha dolzarblik kasb etmoqda. O'zbekiston kiberxavfsizlik global indeksida o'zi pozitsiyasini mustahkamlab bormoqda. 2017-yilda mamlakatimiz bu reytingda 93- o'rinni egallagan bo'lsa, 2018-yilda 52-o'ringa ko'tarildi. Kiberxavfsizlik axborot xavfsizligining bir ko'rinishi bo'lish bilan axborotlarni saralab olishga xizmat qiluvchi yuksak ma'naviyatdan o'zgacharoq tushuncha. U ko'proq texnik jarayonlarga oid bo'lib oddiy foydalanuvchi uchun pochta, ijtimoiy tarmoqlar, to'lov tizimlarida ishonchli va mustahkam parollarni o'rnatish, o'z shaxsiy kompyuteri va smarfonini viruslardan himoyalashni anglatadi. Kengroq ma'noda esa kiberxavfsizlik tarmoqlar, mobil ilovalar va qurilmalarning himoyasiga qaratilgan chora-tadbirlar majmuidir. Bu ma'lumotlar konfidensialligini saqlash, ularning butunligini himoyalash, u yoki bu sayt, ilova, dasturning to'laqonli ishlashini anglatadi. "Kiberxavfsizlik markazi" DUK tahlillariga ko'ra, 2019-yilda internetning milliy segmenti veb-saytlarida 268 ta kiberxavfsizlik insidenti aniqlangan. Bu raqamli olamdagi huquqbuzarliklar soni oldingi yilga qaraganda 44 foizga kamaygan deganidir. Shulardan 222 tasi kontentni ruxsatsiz yuklash, 45 tasi defeys (veb-sayt sahifasi boshqa, masalan, reklama joylashtirilgan sahifaga almashtirilishini anglatuvchi xakerlik hujumi) va bittasi yashirin mayning (kriptovalyuta platformasidagi yashirin faoliyat) ulushiga to'g'ri keladi. O'zbekistonda barcha tizimla vaqt sayin, kun sayin raqamlashmoqda. Ayniqsa, koronavirus tufayli joriy etilgan karantin rejimida onlayn tovar va xizmatlarga bo'lgan talab yana-da ortdi, barcha sohalarda raqamli funksiyalarning safi kengaydi. Bugun uydan chiqmasdan to'lovlarni amalga oshirish, hech bir muammosiz masofaviy ta'lim olish, dunyoning yirik kutubxonalaridan foydalanish va hatto ishlash mumkin.
MUHOKAMA
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
Raqamli xizmatlar an'anaviy turga qaraganda qog'ozbozlik, rasmiyatchilikning yo'qligi, vaqtni tejash kabi bir qator afzalliklarga ega. Masalan, davlat xizmatlarini raqamli ko'rini shda olsangiz, sizga belgilangan to'lovning 10 foizi miqdorida chegirma taqdim etiladi. Raqamlashtirish katta va misli ko'rilmagan imkoniyatlarni taqdim etadi. Shu bilan birga, bunday transformatsion texnologiyalarni rivojlanishida jiddiy noaniqliklar saqlanib qolmoqda. Hukumatlar jamiyat uchun yuzaga kelishi mumkin bo'lgan oqibatlar va ushbu paydo bo'layotgan texnologiyalar ularning boshqaruv faoliyatida yuzaga keladigan tanqidiy muammolarni chuqurroq tushunishga intilishlari kerak. XULOSA
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, har bir mamlakat rivojlanishi uchun yangi-yangi o'zgarishlar, g'oyalar ,vaqti-vaqti bilan o'zgarib turadigan yangicha tartiblar bo'lishi lozim. Mamlakatimiz taraqqiyotining istiqboli ham raqamli iqtisodiyot rivojlanishi va raqamli texnologiyalarning qamrov darajasiga tayanadi. Davlatimiz raxbari ta'kidlaganlaridek "iqtisodiyotni shakllantirish ko'p mablag' va mehnat talab qiladi. Ammo biz bundan qo'rqmasdan raqamli iqtisodiyotni shakllantirishimiz kerak. Bu ishni bugundan, hozirdan ma'sulyat va qai'iyat bilan boshlashimiz lozim. Mamlakat rivojlanishi, taraqqiy etishi uchun har bir shaxs mas'ul. Har birimiz bu masalaga jiddiy qarashimiz lozim". Mamlakatimiz hayotida ham raqamli iqtisodiyotning ayrim elementlari allaqachon muvaffaqiyat bilan faoliyat ko'rsatmoqda. Jumladan, hujjatlar va kommunikatsiyalarning ommaviy ravishda raqamli vositalarga o'tkazilishi, elektron imzoga ruxsat berish, davlat bilan muloqot qilish ham elektron platformalarga o'tkazilmoqda. Asosan ta'limda ham elektron platformalarning tashkil etilib yuritilishi va albatta bu soha ya'ni raqamlashtirish to'xtab qolmasligi lozim va boshqa sohalarda ham raqamli iqtisodiyotga o'tish ishlari jadal ravishda amalga oshirilishi kerak.
REFERENCES
1. https://www.researchgate.net/publication/336675826 : The activities of banks in Uzbekistan in the modern digital economy
2. http://www.uz.undp.org/content/uzbekistan/en/home/countryinfo.html.
3. Project Information Document/ Integrated Safeguards Data Sheet (PID/ISDS) Concept Stage |Date Prepared/Updated: 05-Sep-2018 | Report No:PIDISDSC24091 Public, : http:/www.worldbank.org/proj ects
4. Nick Malyshev (nick.malyshev@oecd.org) or Celine Kauffmann (celine.kauffmann@oecd.org) OECD Regulatory Policy Division, http://oe.cd/regpolicy
5. Mowery, D. and Simcoe, T. 2002. Internetning kelib chiqishi va evolyutsiyasi, R. Nelson, B. Stayl va D. Viktor (tahr.), Texnologik innovatsiyalar va iqtisodiy ko'rsatkichlar. Princeton, NJ: Princeton University Press, 229-64 betlar.
6. Simko, T (2012). "Standart sozlash qo'mitalari: umumiy texnologiyalar platformalari uchun konsensus boshqaruv". Amerika iqtisodiy sharhi. 102 (1): 305- 336. doi:10.1257 / aer.102.1.305.