Научная статья на тему 'O’ZBEKISTONDA QULAY INVESTITSION MUHITNI SHAKLLANTIRISH BO’YICHA XORIJ TAJRIDASI'

O’ZBEKISTONDA QULAY INVESTITSION MUHITNI SHAKLLANTIRISH BO’YICHA XORIJ TAJRIDASI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
3
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
investitsiya / investitsion muhit / huquqiy va qonunchilik bazasixorijiy investitsiyalar / mamlakatning investitsion jozibadorligi. / investment / investment environment / legal and legislative base / foreign investments / investment attractiveness of the country.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Aminov F.B.

Maqola mamlakatimizda qulay investitsiya muhitini yaratish bo‘yicha jahon tajribasi tahliliga bag‘ishlangan. Xorijiy investitsiyalar davlat uchun ikki tomonlama rol o‘ynashi ko‘rsatilgan: har qanday davlat bir vaqtning o‘zida o‘z iqtisodiyotining mustaqilligini saqlab qolish va chet el kapitalini jalb qilishga intiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FOREIGN EXPERIENCE ON CREATING A FAVORABLE INVESTMENT ENVIRONMENT IN UZBEKISTAN

The article is devoted to the analysis of world experience in creating a favorable investment environment in our country. It is shown that foreign investments play a dual role for the state: any state seeks to maintain the independence of its economy and attract foreign capital at the same time.

Текст научной работы на тему «O’ZBEKISTONDA QULAY INVESTITSION MUHITNI SHAKLLANTIRISH BO’YICHA XORIJ TAJRIDASI»

Aminov F.B.

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institute "Innovatsion iqtisodiyot" kafedrasi dotsenti, Qarshi sh.

O'ZBEKISTONDA QULAY INVESTITSION MUHITNI SHAKLLANTIRISH BO'YICHA XORIJ TAJRIDASI

Annotatsiya. Maqola mamlakatimizda qulay investitsiya muhitini yaratish bo'yicha jahon tajribasi tahliliga bag'ishlangan. Xorijiy investitsiyalar davlat uchun ikki tomonlama rol o 'ynashi ko 'rsatilgan: har qanday davlat bir vaqtning o 'zida o 'z iqtisodiyotining mustaqilligini saqlab qolish va chet el kapitalini jalb qilishga intiladi.

Kalit so'zlar: investitsiya, investitsion muhit, huquqiy va qonunchilik bazasixorijiy investitsiyalar, mamlakatning investitsion jozibadorligi.

Aminov F.B. associate professor Department of "Innovative economics" Karshi Engineering-Economics Institute

Uzbekistan, Karshi

FOREIGN EXPERIENCE ON CREATING A FAVORABLE INVESTMENT ENVIRONMENT IN UZBEKISTAN

Abstract. The article is devoted to the analysis of world experience in creating a favorable investment environment in our country. It is shown that foreign investments play a dual role for the state: any state seeks to maintain the independence of its economy and attract foreign capital at the same time.

Key words: investment, investment environment, legal and legislative base, foreign investments, investment attractiveness of the country.

Kirish

Jahon tajribasi shuni ko'rsatadiki, qaysi davlat faol investitsiya siyosatini yuritgan bo'lsa, o'z iqtisodiyotining barqaror o'sishiga erishgan. Shu sababli ham investitsiya - bu iqtisodiyot drayveri, o'zbekcha aytganda, iqtisodiyotning yuragi, desak mubolag'a bo'lmaydi. Investitsiya bilan birga turli soha va tarmoqlarga, hududlarga yangi texnologiyalar, ilg'or tajribalar, yuksak malakali mutaxassislar kirib keladi, tadbirkorlik jadal rivojlanadi. Investitsiya siyosati — O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida va uning alohida tarmoqlarida investitsiyalarning zarur darajasini va tuzilmasini ta'minlashga, investitsiya faoliyati subyektlarining investitsiya manbalarini topishga va ulardan foydalanishning ustuvor tarmoqlarini aniqlashga yo'naltirilgan investitsiyaviy faolligini oshirishga doir o'zaro bog'liq tadbirlar majmui [1].

Xorijiy investitsiyalarni jalb etmay, ayniqsa, yetakchi tarmoqlarda chet el investitsiyalari ishtirokini kengaytirmay turib, iqtisodiyotda tarkibiy o'zgarishlarni amalga oshirish va modernizatsiyalash, korxonalarni zamonaviy texnika bilan qayta jihozlash hamda raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish mumkin emas. Mamlakat iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb etilishi uning iqtisodiy imkoniyatlarining kengayishini tezlashtirib, barcha sohalarda ichki imkoniyatlarni ishga solish, yangi texnika va texnologiyani, eksportbop tovarlarni o'zlashtirishga, ularni ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish orqali mamlakatlarning iqtisodiy qudratini ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili:

Xorijlik iqtisodchi olimlardan K.Eklundning fikricha, investisiyalar - bu kelajakda ko'proq iste'mol qilish sharoitiga ega bo'lish uchun ertangi kunga qoldirilgan narsa. Uning bir qismi hozirda ishlatilmasdan zaxiraga qoldiriladigan iste'mol buyumlari bo'lib, boshqa qismi esa bu ishlab chiqarishni kengaytirishga yo'naltirilgan resurslardir.[2]

K.Makkonell, S.Bryularning fikrlaricha investitsiya - bu modddiy zaxiralarning ko'payishi, ishlab chiqarish vositalarining jamg'arilishi va ishlab chiqarishga xarajatlardir. [3]

P. Samuelson, V.Nordxauslarning fikrlaricha investitsiya iqtisodiy holat bo'lib, kelajakda ishlab chiqarishni kengaytirish maqsadida bugungin iste'mol xarajatlaridan voz kechish demakdir. [4]

Bundan tashqari, professor D.G'ozibekovning xorijiy investitsiyalar to'g'risidagi nazariy qarashlarida quyidagi fikrlar bayon etilgan: "Chet el investitsiyalari bir iqtisodiyot sub'ekti kapitalini o'zga iqtisodiyotga muayyan muddatga bog'lash bo'lib, ichki investitsiyalardan risklar kengligi bilan farqlangan holda, huquqiy sharoitlarning, investitsiya muhitining o'zgarishi bilan tavsiflanadi va natijada mamlakatlar va mintaqalar bo'ylab kapital ko'chishi yuz beradi". [5] Ushbu fikrlardan shunday xulosa qilish mumkinki, xorijiy investitsiyalar bir mamlakat iqtisodiyotidan mutloq boshqa davlat iqtisodiyotiga ko'chuvchi kapital bo'lib, u risklar doirasi kengligi bilan ichki investitsiyalardan farqlanadi.

Qator iqtisodchi olimlar xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish - bu barqaror iqtisodiy o'sishning omili sifatida baholaydilar. Jumladan, L.V.Staxovaning fikricha, "jahondagi biron-bir davlat xorijiy sarmoyalarni jalb qilmasdan turib taraqqiyotga hamda iqtisodiyot rivojiga erisha olgan emas". [6] O.S. Suxarev, S.V.Shmanev, A.M.Kuryanovlar olib borgan taqdiqotlari xulosasiga ko'ra, "Islohotlarning dastlabki bosqichida xorijiy sarmoyalarni milliy iqtisodiyotga kiritilishi tadbirkorlikning kelajagi sifatida baholanadi". [7].

Tadqiqot metodologiyasi. Ilmiy maqola tayyorlashda ilmiy abstraksiya, induksiya va deduksiya, ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarni tizimli tahlil qilish kabi usullardan keng foydalaniladi.

Tahlil va natijalar

Mamlakatning investitsion jozibadorligi ko'p jihatdan davlatning normativ-huquqiy va qonunchilik bazasining mukammalligi va to'liqligiga bog'liq. Ko'pgina mamlakatlar xorijiy investitsiyalar to'g'risidagi milliy qonunlarni liberallashtirish, amaldagi qonunlarga o'zgartirishlar kiritish yoki potentsial investorlar uchun qulay shart-sharoitlarni yaratuvchi yangilarini qabul qilish orqali xorijiy investitsiyalar oqimini rag'batlantiradi.

Turli mamlakatlarning investitsiya muhitini shakllantirish sohasidagi tajribasi turlidir.

Masalan, Yaponiyada xorijiy investitsiyalarni tartibga soluvchi maxsus qonunlar va organlar mavjud emasligiga qaramasdan, erkin savdo zonalarini tashkil etish amaliyoti mavjud. Shunday qilib, Okinava orolida erkin savdo zonasi dasturi ishlab chiqilgan, bu Yaponiyaning ushbu orol qismida faoliyat yurituvchi firma va kompaniyalar uchun soliq va iqtisodiy imtiyozlar majmuasini ta'minlaydi.

1984 yildan boshlab mamlakatda to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni rag'batlantirish bo'yicha maxsus dastur ishlab chiqilgan bo'lib, unga ko'ra Yaponiya Taraqqiyot banki xorijiy tadbirkorlarga qurilish va boshqa xarajatlarning 40 foizigacha bo'lgan miqdorda imtiyozli kreditlar ajratadi. Ushbu imtiyozli kreditlar 15 yildan 25 yilgacha muddatga beriladi.

Fransiyada, xuddi Yaponiyadagi kabi, xorijiy investitsiyalarni tartibga soluvchi maxsus qonun yo'q. Fransiya banki va Iqtisodiyot, moliya va byudjet vazirligi xorijiy investitsiyalarni tartibga solish uchun javobgardir.

Shuni ta'kidlash kerakki, AQSh qonunchilik tizimida federal darajadagi xorijiy investitsiyalar rejimini mohiyatan va to'liq tartibga soluvchi aniq hujjat mavjud emas, ayni paytda asosiy e'tibor qimmatli qog'ozlar muomalasi jarayonlarini tartibga solishga qaratilgan. Qimmatli qog'ozlar to'g'risidagi qonun 1933 yilda AQSh Kongressi tomonidan qimmatli qog'ozlar bozoriga investorlarning ishonchini tiklash uchun qabul qilingan qonundir. Ushbu qonun asosan investorlar qimmatli qog'ozlarni chiqargan kompaniya to'g'risida moliyaviy va boshqa ma'lumotlarni olishi mumkin. Qonun noto'g'ri va buzib ko'rsatilgan ma'lumotlarni taqdim etishni taqiqlaydi.

Shunday qilib, u qimmatli qog'ozlar muomalasining huquqiy asoslarini, ushbu sohadagi vakolatlarini belgilaydi va qimmatli qog'ozlar chiqarilishini ro'yxatga olish qoidalarini, investorlar faoliyatining huquqiy kafolatlarini o'z ichiga oladi hamda investisiya kompaniyalarining huquq va majburiyatlarini belgilaydi.

AQShda investorlar huquqlarini himoya qilish, jumladan, investitsiya faoliyati davomidagi tavakkalchiliklarni davlat sug'urtasi bo'yicha ko'p ishlar qilinmoqda. AQShdagi investitsiya faoliyati hukumat faolligining yuqori darajasi bilan tavsiflanadi. Bunday investitsiya jarayonlarini boshqarishning yetarlicha samarali tizimi mavjud bo'lib, unda hokimiyat hamda vakolatli tashkilotlar ishtirok etadi.

Buyuk Britaniyaning "Moliyaviy xizmatlar to'g'risida" gi qonunida nazarda tutilgan tartibga solish mexanizmini hokimiyat organlari, asosiy kredit muassasasi, investitsiya faoliyati bilan shug'ullanuvchi shaxslar va tashkilotlarning turli birlashmalari va nihoyat, qimmatli qog'ozlar muomalasini tashkil etuvchi korxonalardan iborat. [8]

Ko'ramizki, har qanday davlat bir vaqtning o'zida o'z iqtisodiyoti mustaqilligini saqlab qolish va chet el kapitalini jalb qilishga intiladi. Bu kurashning natijasi ularning tabiiy va boshqa resurslarga bo'lgan suveren huquqlarini himoya qilish bo'yicha turli chora-tadbirlar ko'rish, xorijiy investorlar faoliyatini tartibga solish standartlarini ishlab chiqishdir.

Shunday qilib, jahon amaliyotida xorijiy kapitalni jalb qilish bo'yicha universal chora-tadbirlar majmui shakllangan:

1. Soliq sohasida: soliq imtiyozlari, "soliq ta'tillari", bojxona to'lovlari va yig'imlaridan ozod qilish va boshqalar.

"Soliq ta'tili" - tijorat tashkilotining investitsiya kiritgandan keyin ma'lum vaqt davomida daromad solig'ini to'lashdan to'liq yoki qisman ozod qilish. Shunday qilib, davlat korxonani hozir soliq to'lashdan ozod qilish orqali korxonaning rivojlanishini rag'batlantiradi va shu orqali kelajakda soliq tushumlarini oshiradi. Shu bilan birga, soliqlar tushmaganligi uchun kompensatsiya soliqdan tashqari imtiyozlar hisoblanadi: yangi ish o'rinlarini yaratish, infratuzilman va ishlab chiqarishni rivojlantirish, kapital va ilg'or texnologiyalarning kirib kelishi.

2. Moddiy rag'batlantirish: imtiyozli shartlarda barcha turdagi subsidiyalar, kreditlar va kreditlar.

3. Nomoddiy rag'batlantirish: qonunchilik bazasini, infratuzilmani (transport, kommunikatsiya va h.k.) yaratish, erkin iqtisodiy zonalar va qulay investisiya muhitining boshqa tarkibiy qismlarini yaratish.

Shubhasiz, har bir mamlakat o'ziga xos investitsiya muhiti siyosatini tanlaydi, ammo mamlakatlar guruhlari uchun ba'zi xususiiatlarnini kuzatish mumkin ko'rinadi. Masalan, sanoati rivojlangan mamlakatlar soliq imtiyozlaridan ko'ra moliyaviy rag'batlantirishni birinchi o'ringa qo'yadi. Chunki moliyaviy rag'batlantirish hukumatga sa'y-harakatlarni aniq maqsadlarga erishishga, masalan, iqtisodiy qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgan ma'lum tarmoqlarga yoki "qoloq" mintaqalarga xorijiy investorlarni jalb qilishda aniqroq jamlash imkonini beradi. Rivojlanayotgan mamlakatlar, o'z navbatida, soliq choralarini afzal ko'radilar, bu ularning zarur moliyaviy resurslarining yetishmasligi bilan bog'liq.

Bundan tashqari, ma'muriy tartib-taomillarni soddalashtirish, erkin iqtisodiy zonalar tashkil etish va boshqalar kabi moliyaviy bo'lmagan chora-tadbirlardan kengroq foydalanish tendentsiyasini kuzatish mumkin.

Rivojlanish zonalari deb ataladigan hududlar - rivojlanish darajasi past bo'lgan va ularda bilim talab qiladigan tarmoqlarni rivojlantirish yoki, masalan, ishsizlik darajasini pasaytirish uchun xorijiy investitsiyalar shaklida qo'shimcha

moliyaviy resurslarni jalb qilishni talab qiladigan hududlar alohida e'tiborga loyiqdir.

Chet el investorlarining barqaror faoliyati uchun shart-sharoitlarni ta'minlashning juda mashhur usuli - bu investorlar, qo'shma korxonalar va investitsiyaviy hamkorlik faoliyatini tartibga soluvchi qonunlarga kiritilgan "barqarorlashtirish bandi"dir.

Barqarorlashtirish to'g'risidagi nizom - bu investor uchun davlat tomonidan xorijiy investorlarning ahvolini yomonlashtiradigan yangi qonun hujjatlari qabul qilinishidan oldin mavjud bo'lgan bir xil sharoitlarni saqlaydigan maxsus qoida.

[9]

O'zbekiston Respublikasining 25.12.2019 yildagi "Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to'g'risida"O'RQ-598-son Qonuniga ko'ra, Davlat investitsiya faoliyati subyektlarining huquqlarini kafolatlaydi. Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari investitsiya subyektlarining qonunchilikka muvofiq amalga oshirilayotgan faoliyatiga aralashishga haqli emas.

Investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish O'zbekiston Respublikasini va uning hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning davlat vazifalari bajarilishini ta'minlaydigan investitsiya siyosatini amalga oshirish, investitsiyalar samaradorligini oshirish, O'zbekiston Respublikasi hududidagi turli investitsiya obyektlariga qo'yilmalar uchun xavfsiz shart-sharoitlarni ta'minlash maqsadida davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash uchun qo'llaniladigan imtiyoz hamda preferensiyalar quyidagilarni o'z ichiga olishi mumkin:

- davlat mulki bo'lgan obyektlarni yoki ularga bo'lgan mulkiy huquqlarni imtiyozli yoki nolga teng xarid qiymati bo'yicha investorga berish;

- soliqlar va to'lovlar bo'yicha imtiyozlar berish;

- investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun investor tomonidan olinadigan kreditlar bo'yicha foiz stavkalarini subsidiyalash.

Imtiyozlar va preferensiyalar quyidagilarga qarab beriladi:

- investitsiyalar hajmiga;

- investitsiya loyihasi amalga oshiriladigan joyning shart-sharoitlariga;

- kutilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy samaraga va yangi ish o'rinlarini yaratishga;

- investitsiya loyihasini amalga oshirish sohalari va tarmoqlariga.

Chet ellik investorlarga hamda chet el investitsiyalariga adolatli va teng huquqli rejim taqdim etiladi, ularni to 'liq va doimiy ravishda himoya qilish hamda ularning xavfsizligi ta'minlanadi.

O'zbekistonda 2023-yilda 11 mlrd dollarlik to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiya o'zlashtiriladi

Xulosa va takliflar

Xorijiy investitsiyalarning hajmi oshishi uchun mamlakatda qulay investitsion muhitning shakllangan bo'lishi talab qilinadi. Mamlakat iqtisodiyotida investorlar uchun qanchalik qulay ishbilarmonlik muhiti yaratilsa, xorijiy investitsiyalar oqiminig iqtisodiyotga kirib kelish hajmi oshib boradi hamda chet ellik investorlarning ham mamlakat iqtisodiyotiga sarmoya kiritishga bo'lgan qiziqishi va ishonchi ortadi. Xorijiy investitsiyalar hajmini oshirish asosida mamlakat iqtisodiyotining jadal rivojlanishiga erishish mumkin.

Mamlakatlarning iqtisodiyoti to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning jozibadorligini belgilovchi omillar quyidagilardan iborat:

- bozor omillari (ichki bozor va eksport imkoniyatlari);

- boy tabiiy resurslarning mavjudligi;

- ishlab chiqarish xarajatlari omillari;

- qulay investitsiya muhiti.

Umuman olganda, ko'plab mamlakatlar, jumladan, rivojlanayotgan va o'tish davridagi iqtisodiyotga ega bo'lgan mamlakatlar milliy qonunchiligining xorijiy investorlarga kafolat beruvchi qoidalari:

- foydani erkin tasarruf etish huquqi;

- yetarli kompensatsiya olish huquqi - milliylashtirilgan xorijiy mulkning adolatli bozor qiymati;

- qonun hujjatlariga va bitimlar matnlariga barqarorlashtirish bandlarini kiritish;

- investorning huquqlarini himoya qilish vositalaridan foydalanish imkoniyati, turli iqtisodiy va boshqa nizolarni ko'rib chiqishda xolislikni ta'minlash.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O'zbekiston Respublikasining 25.12.2019 yildagi "Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to'g'risida"O'RQ-598-son Qonuni

2. Эклунд K. Эффективная экономика: шведская модель. М. «Экономика» 1991, C. 96.

3. Макконнелл К. Р., Брю С. Л. Экономикс: принципы, проблемы и политика — М.: Республика, 1992. — Т. 2. — С. 396.

4. Самуэльсон, Пол Э., Нордхаус Вильям Д. Макроэкономика, 18-е изд.: Пер. с англ. — М.: ООО "И.Д. Вильямс", 2009. — 592 с.

5. G'ozibekov D. G'. Investitsiyalarni moliyalashtirish masalalari. - T.: "Moliya", 2003. - B. - 23.

6. Стахова Л.В. Управление инвестициями-М., 2001. С-356.

7. Сухарев О.С., Шманев С.В., Курьянов А.М. Экономическая оценка инвестиций. - М.: ИНФРА-М, 2006. - 243с.

8. Бизнес-план инвестиционного проекта: Отечественный и зарубежный опыт. Современная практика и документация: Учебное пособие /Под ред. В.М. Попова. -4-е изд., М.: Финансы и статистика, 2012. с. 187.

9. Фархутдинов И.З., Международное инвестиционное право - теория и практика. Учебное пособие. - М.: Волтерс Клувер, 2010. — 415 с.

10. Mukhayyo Dustova. (2023). PROSPECTS OF IMPROVING INDEPENDENT EDUCATION IN THE HIGHER EDUCATION SYSTEM OF UZBEKISTAN. Intent Research Scientific Journal, 2(3), 30-34. Retrieved from http s : //intentre search. org/index.php/irsj/article/view/4 6

11. Номазов Б Курбанов А.Б.,. ИНВЕСТИЦИОННЫЕ ТРЕНДЫ И ПРИНЦИПЫ РЕГИОНАЛЬНОГО РАЗВИТИЯ // Экономика и социум. 2022. №10-1 (101).

12. Файзиева Ш. Ш. ЗНАЧЕНИЕ КОНКУРЕНТНЫХ СТРАТЕГИЙ БИЗНЕСА И СТРАТЕГИЯ ПРЕДПРИЯТИЯ. - 2016.

13. Гофуров У. А., Юлдашева Ш. А. ОСОБЕННОСТИ ФОРМИРОВАНИЯ И РЕАЛИЗАЦИИ КОНКУРЕНТНЫХ СТРАТЕГИЙ БИЗНЕСА. - 2016.

14. Самиева Г. Т., Номазов Б. УЗБЕКИСТАН НА ПУТИ К СОКРАЩЕНИЮ БЕДНОСТИ: ОПЫТ КИТАЯ //Экономика и социум. - 2022. - №. 10-1 (101). - С. 530-536.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.