Научная статья на тему 'O‘zbekistonda optik aloqa tarmoqlarining qo‘llanilishi haqida'

O‘zbekistonda optik aloqa tarmoqlarining qo‘llanilishi haqida Текст научной статьи по специальности «Прочие медицинские науки»

CC BY
1587
380
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
TECHика
Ключевые слова
axborotlashtirish / keng polosali aloqa / foton texnologiyasi / optik aloqa / passiv optik qurilmalar / telekommunikatsiya. / informatization / broadband / photon technology / optical communication / passive optical devices / telecommunications.

Аннотация научной статьи по прочим медицинским наукам, автор научной работы — Uzoqov Abdulla Abduraimovich, Abdullaev Shavqiddin Ubaydullaevich

Maqolada optik aloqa tizimining qisqacha tarixi, so‘ngi yillar davomida jadal rivojlanishi, keng qo‘llanilish xususiyatlari va omillari ko‘rib chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The article considers a brief history of optical communication systems, features of rapid development and factors of their widespread use in recent years.

Текст научной работы на тему «O‘zbekistonda optik aloqa tarmoqlarining qo‘llanilishi haqida»

Научно-практический электронный журнал

«ТЕСНика» №2 2020 года

ЭЛЕКТРОНИКА, ЭЛЕКТРО-

ТЕХНИКА И ЭНЕРГЕТИКА

DOI: 10.24411/2181-0753-2020-10007

--------------------------------»

©Uzoqov A.A., Abdullayev Sh.A.

O‘ZBEKISTONDA OPTIK ALOQA TARMOQLARINING QO‘LLANILISHI HAQIDA

Uzoqov Abdulla Abduraimovich - Milliy gvardiya Harbiy-texnik instituti Abdullaev Shavqiddin Ubaydullaevich

- Toshkent viloyati, Zangiota tumani Chorsu qo‘rg‘oni

Annotatsiya. Maqolada optik aloqa tizimining qisqacha tarixi, so'ngi yillar davomida jadal rivojlanishi, keng qo'llanilish xususiyatlari va omillari ko'rib chiqilgan.

Kalit so‘zlar: axborotlashtirish, keng polosali aloqa, foton texnologiyasi, optik aloqa, passiv optik qurilmalar, telekommunikatsiya.

Аннотация. В статье рассмотрена краткая история оптических систем связи, особенности быстрого развития и факторы их широкого использования в последние годы. Ключевые слова: информатизация, широкополосная связь, фотонная технология, оптическая связь, пассивные оптические устройства, телекоммуникация. Annotation. The article considers a brief history of optical communication systems, features of rapid development and factors of their widespread use in recent years.

Key words: informatization, broadband, photon technology, optical communication, passive optical devices, telecommunications.

Zamonaviy davr jamiyatni axborotlashtirish jarayonini keskin rivojlanishga olib kelmoqda. Bu jarayon axborot-kommunikatsiyalar xizmatlaridan foydalanuvchilarni telekommunikatsiyalar tarmoqlariga yuqori tezlik bilan (keng polosali) ulanishga undaydi. Bunday talab Internetdan foydalanuvchilarning keskin o‘sib borishi va multimediya, videokonferensiya, elektr raqamli imzodan foydalanish, elektron tijorat, elektron xujjat aylanish va boshqa bir qancha zamonaviy xizmatlarni hayotga kirib kelishidan chiqib kelyapti.

Ma’lumki, axborot oqimini uzatish hajmi, tezligi va sifatini oshirish, axborot qabul qilish uchun yuqori darajadagi o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan yo‘naltiruvchi muhit bo‘lishi kerak. Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan talablarga mos keluvchi optik aloqa vositalari bilan raqobatlashuvchi vositalar hozirgi kunda mavjud emas. Bundan tashqari, optik aloqa vositalari orqali katta hajmdagi axborotlarni xohlagan masofalarga uzatish mumkin. Shuning uchun optik aloqa jamiyatni axborotlashtirish kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantiruvchi mukammal va istiqbolli aloqa vositasi hisoblanadi.

Optoelektronika asosidagi optik aloqa, ya’ni to‘liq optik tarmoqlar AON (All-optical Networks) telekommunikatsiya tarmoqlarining kelajagi hisoblanadi. To‘liq optik aloqa magistral tarmoqlarni, shuningdek abonentlarning tarmoqqa ulanishini ham qamrab, mijozlarning telekommunikatsiya tarmoqlariga keng polosali ulanishlarini ta’minlaydi. to‘liq optik aloqada kommutatsiya, multipleksorlash va regeneratsiyalash optoelektron yoki elektrooptik emas, balki faqat optik texnologiya asosida amalga oshiriladi. Bunda qurilmaning texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlari,

samadorligi va uzatish tezligi sifati bir necha marotaba ortadi. Foton texnologiyasini aloqa tizimlariga tat’biq etishda optik kommutatorlar, optik regeneratorlar, kuchaytirgichlar, filtrlar, spektr bo‘yicha zichlashtirish tizimlari qo‘llaniladi.

Respublikamizda jamiyatni axborotlashtirish, telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish borasida ko‘pgina ishlar amalga oshirildi va bu ishlar hozir ham davom etmoqda. Bu maqsadda o‘tgan yillarda TOO (Trans-Osiyo-Ovropa) magistralining jahon standartlariga mos keluvchi, raqamli transport tarmog‘i Milliy segmentini qurish boshlandi va uzunligi 830 km dan ortiq magistral tolali optik aloqa liniyasi foydalanishga topshirildi. Tolali optik aloqadan Milliy segmentda Germaniyaning Simens firmasining tolali optik kabellaridan foydalanildi. Hozirda aloqa va telekommunikatsiya tizimlari uchun turli vazifali va tuzilishli optik tolali kabellar ishlab chiqarilmoqda. Keng polosali uzoq aloqa tizimlari, jumladan magistral aloqa uchun optik toladan faqatgina asosiy to‘lqin tarqaladigan bir modali kabellarning yangi turlari ishlab chiqarilmoqda. Magistral aloqa liniyalarida axborot uzatishda optik tolaning so‘nish va dispersiya ko‘rsatkichlariga ham yuqori talablar qo‘yiladi. Bundan tashqari, optik nurlanish qutblanishi saqlanishini ta’minlovchi optik tolalar ham ishlab chiqarilmoqda. Magistral aloqada qo‘llaniladigan bunday kabellarni ishlab chiqish murakkab va qimmat. Bunday kabellar qo‘llanilganda lazer uzatgichlardan foydalaniladi. Lazer uzatgichlarga, nurlanish spektrining tozaligiga, nurlanish tasvirlarining barqarorligiga yuqori talablar qo‘yiladi.

Tezligi 100 Mbit/s gacha bo‘lgan va aloqa masofasi chegaralangan tizimlarda nisbatan arzon va oxirgi qurilmalar bilan oson moslashadigan ko‘p modali optik kabellardan foydalangan ma’qul. Bunda to‘lqin manbai sifatida ko‘p modalarni nurlantiruvchi oddiy turdagi yarim o‘tkazgichli yorug‘lik diodlarini ishlatish mumkin. Yangi turdagi optik tolalarning, keng polosali kvant optik kuchaytirgichlarning yaratilishi to‘liq optik tizim va optik traktlarni qurish imkoniyatini yaratmoqda. Bunday axborot uzatish texnologiyalardan 100 va 1000 Gbit/s o‘tkazish oraliqli tizimlarni yaratishda foydalaniladi.

Ushbu optik aloqa bir qancha afzalliklarga ega bo‘lishiga qaramay, kamchiliklari ham mavjud. Bunda optik aloqa qurilmalarining qimmatligi va ba’zi optik aloqa texnologiyalarining mukammal darajaga yetmaganligi bilan tushuntiriladi. Shularga bog‘liq holda quyidagi kamchiliklarni keltirish mumkin:

31

ЭЛЕКТРОНИКА, ЭЛЕКТРО-

ТЕХНИКА И ЭНЕРГЕТИКА

- optik aloqa tizimlari element bazasining qimmatligi. Optik uzatgich va qabul qilgichlarning iqtisodiy jihatdan qimmatligi. Ayniqsa optik generatorlar (lazer) nurlanish manbalari narxining qimmatligi va ularga tehnik xizmat ko‘rsatish muddatining chegaralanganligi. Shuningdek optik aloqa tizimlaridagi passiv optik qurilmalarni (attenyuator, kommutator, multipleksor va boshqalar) ishlab chiqarish katta sarf-xarajatlarga olib keladi;

- tolali optik aloqa liniyalarini montaj qilish va ularga xizmat ko‘rsatishning murakkabligi. Elektr kabelli tizimlarga nisbatan optik kabelli tizimlarni qurish, unlardan texnik foydalanish, o‘lchash va montaj ishlarining murakkabligi yuqori malaka talab etadi;

- tolani maxsus himoyalash zaruriyati. Mikroyoriqli diapazonlarda signallarning yo‘qolmasligi uchun tolani ortiqcha yuklash va bukilishlardan himoyalash kerak. Maxsus himoyalashni tashkil etish. Ishonchlilik darajasini oshirish uchun optik aloqa tolalarini ishlab chiqarish jarayonida optik tola epoksiakrilad asosidagi maxsus lak bilan qoplash. Shu bilan bir qatorda, kabel maxsus po‘lat tross va shisha plastik sterjenlar hisobiga yanada mustahkamlanishi mumkin.

1995-2000 yillarda OECF (Yaponiya) loyihasi doirasida 1080 km uzunliklida hududiy TOA liniyasi qurildi va foydalanishga topshirildi. 1996-1997 yillarda Toshkent shahrida Simens tolali optik kabellarini qo‘llab barcha elektron aloqa tizimlarni, shuningdek tugunli analog ATS larni bog’lovchi katta transport halqa qurildi. EDSF (Koreya) loyihasi asosida Respublikamizning Andijon va Farg‘ona viloyatlarida hududiy ahborot va telekommunikatsiya tarmoqlarini qayta ta’mirlash ishlari bajarildi. Loyiha natijasida umumiy uzunligi 354 km ni tashkil etuvchi hududiy TOA liniyasi qurildi.

Hozirda tashqi iqtisodiy birdamlik Yaponiya banki krediti hisobiga Farg‘ona vodiysining uchta viloyatida halqali tarmoqlarini, Qashqadaryo, Sirdaryo viloyatlarida halqali xududiy telekommunikatsiya tarmoqlarini qurish, Buxoro-Nukus uchastkasida TOA liniyasini Buxoro-Navoi-Zarafshon-Uchquduq-Nukus TOA liniyasi orqali rezervlash ishlari amalga oshirilmoqda. Bu loyiha doirasida 2000 km magistral, 700 km hududiy TOA liniyalarini qurish nazarda tutilgan edi. Bu loyiha o‘z-o‘zini tiklovchi halqa tuzilishi va raqamli uzatish tizimlarini qo‘llash asosida kanal va traktlarning zahirasini ta’minladi, natijada aloqa tarmoqlarining ishonchliligi yanada oshdi.

Joriy yilning iyun oyida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi O‘zbekistonda xalqaro internet-kanallarga ulanish tezligi 140,034 Gbit/s ni tashkil etayotgani va bu ko‘rsatkich 2018 yil boshiga nisbatan bir yarim barobar tezlashganini ma’lum qilgan edi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2018 yilning 6 oyi mobaynida O‘zbekistonda 690 km optik tolali aloqa liniyalari tortilgan. 1004 ta yangi bazaviy stansiyalar o‘rnatilgan. Ularning 483 tasi 3G va 4G LTE tarmog‘ini qo‘llab quvvatlaydi. Ayni paytda mamlakatimizdagi optik aloqa

tizimlarining uzunligi 24.500.000 kilometrga, bazaviy stansiyalarning jami soni esa 20,994 mingta yetib, o‘tgan yil sarhisoblariga ko‘ra, Respublikamiz hududlarini mobil aloqa bilan ta’minganlik darajasi 96% atrofida va keng polosali mobil internet tarmog‘iga ulanish darajasi 70% ga yetkazildi.

Respublikamizda mobil internet tizimlari xizmatidan foydalanuvchilarning ummiy soni 22 milliondan ortdi. Stastistik ma’lumotlarga asosan mobil internetdan foydalanuvchilar soni 19 milliondan ortiqni tashkil etadi. Optik aloqa tizimlarini rivojlantirish maqsadida respublikamizda bir qancha mobil aloqa baza stansiyasi o‘rnatildi va ularning umumiy soni 26000 ga ortdi. Joriy yilda respublika bo‘yicha 12000 km uzunlikdagi optik tolali aloqa liniyalarini yotkazilish va 2200 ta mobil aloqa baza stansiyalarini o‘rnatish belgilandi. Shuningdek, respublikada 2019 yilda «Optik tolali aloqa liniyalarini qurish» loyihasi doirasida hududlarda 10000 km uzunlikdagi optik tolali aloqa liniyalari yotkazilib, optik aloqa tizimlarining umumiy uzunligi 36600 km dan ortiq masofani tashkil etdi.

Respublika bo‘yicha 237 ta optik aloqa tizimlari asosida ishlovchi ob’ektlarda magistral telekommunikatsiya tarmoqlari kengaytirilib, ularning samaradorligi oshirilib, ushbu tizimlarda ahborot o‘tkazuvchanlik qobiliyati hududlararo darajada 200 Gbit/s ga yetkazildi.

O‘zbekiston telekommunikatsiya tizimining 28 ta yo‘nalish bo‘yicha dunyoning 180 ta mamlakatiga chiqadigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xalqaro kanallari mavjud. Bularda ham tolali optik aloqa va sun’iy yo‘ldoshli aloqa tizimlaridan foydalanilmoqda. Butun tarmoq nafaqat hozirda, balki keyinchalik ham hozirgidan ko‘proq sifatli axborot o‘tkazuvchanlik quvvatiga ega bo‘ladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. «2010 yilgacha muddatli O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlvntirish va rekonstruksiya qilish Milliy dasturi». Vazirlar Maxkamasi, 1995 yil.

2. Yunusov N., Isaev R., Mirazimova G‘.X. Optik aloqa asoslari. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi. - T: Cho‘lpon nomidagi NMIU, 2014

32

Научно-практический электронный журнал «ТЕСНика» №2 2020 года

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.