PPSUTLSC-2024
PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY
tashkent, o-8 MAv 2004 www.in~academy.uz
O'ZBEKISTONDA, OLIY TA'LIM TIZIMIDA DINSHUNOSLIK FANINI O'QITISHNING NAZARIY-METODOLOGIK MUAMMOLARI VA ULARNI
BARTARAF ETISH ZARURIYATI
Kamaldin Abzalovich Yunusov
Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O'zbekiston Respublikasi Andijon "University of Economics and Pedagogy" NOTM.
Iqtisodiyot-pedagogika fakulteti Iqtisodiyot va ijtimoiy fanlar kafedrasi professori, siyosiy fanlar doktori.
O'zbekiston Respublikasi. Andijon shahri. https://doi.org/10.5281/zenodo.13318271 Annotatsiya: mazkur ilmiy ma'ruza tezisida O''zbekistonda, oliy ta'lim tizimida dinshunoslik fanini o'qitishning nazariy-metodologik muammolari va ularni bartaraf etish zaruriyati ilmiy-metodik jihatdan asoslab berishga harakat qilindi Xususan, dinshunoslik fanini talabalarga o'qitish jarayonidagi ilmiy-nazariy va uslubiy jihatdan mavjud bo'lgan muammolar ochib berildi.
Kalit so'zlar: dinshunoslik, tasavvuf, so'fiylik, milliy g'oya, ilohiyot, milliy yuksalish g'oyasi, komil inson, islom dini, daxriylik, terrorizm, ekstremizm.
KIRISH
Ushbu ilmiy ma'ruza tezisida O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimida o'qitilayotgan ijtimoiy fanlardan biri - dinshunoslik fanining nazariy-metodologik muammolari va ularni bartaraf etish zarurligi tahlil qilindi. Mazkur muammoni ilmiy jihatdan tadqiq etishdan maqsad, zamonaviy, yangilanayotgan O'zbekiston taraqqiyotining barcha yo'nalishlarining ildizi va ilmiy izlanishlar mohiyatini ochib berish bilan bog'liq, o'ta zaruriy omil - har qanday insonning imon-e'tiqodi masalasi bilan bog'liq bo'lgan jihatdir.
O'zbekistonda ijtimoiy taraqqiyot - milliy yuksalish g'oyasiga asoslangan huquqiy demokratik, ijtimoiylashgan davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish sari bormoqda. O'zbekistonda fuqarolik jamiyatini barpo etar ekanmiz, ajdodlarimiz o'rgangan milliy-mafkuraviy, diniy-islomiy, eng yaxshi va milliy qadriyatlarni tanlab, hayotimizga tadbiq etishimiz zarur bo'ladi.
O'zbekistonda oliy ta'lim tizimining barcha yo'nalishlarida o'qitilayotgan dinshunoslik fanining nazariy-metodologik muammolari va ularni bartaraf etish zarurligi - jamiyatimizning buguni va ertasi, millat taqdiri uchun ahamiyatlidir.
Eski arava konstruksiyasi bilan zamonaviy raketa qurib bo'lmaganidek, eskicha qarash va yondashuvlar bilan ham yangi hayotni qurib bo'lmaydi. Talabalarga, yangilanayotgan O'zbekistonda jamiyat hayotini yangilash, ya'ni ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik, ijtimoiylashgan davlat, fuqarolik jamiyatining amal qilish tamoyillarini tushuntirishda ijtimoiy fanlar, xususan, dinshunoslikning ahamiyati beqiyosdir.
Ayniqsa, hozirda, globallashuv davrida bir tomonda din niqobi ostidagi ekstremistik, terroristik, xalqaro jinoyatchilikning jirkanch basharasi o'zini namoyon qilayotgan bo'lsa, boshqa tomondan esa ayrim g'arb siyosiy doiralari - "demokratiya korchalonlari"ning bizda, demokratik jamiyat qurishni tezlashtirish maqsadida demokratik tamoyillarning milliy va diniy qadriyatlarimizga zid bo'lgan ko'rinishlari (bir jinsli
nikoh, besoqolbozlik kabi)ni amalga oshirishni ko'zlayotganlari sharoitida, milliy manfaatlarimizni himoya qilishga qaratilgan ijtimoiy-gumanitar fanlar, xususan, dinshunoslik fanining roli, ularning dolzarbligi ortmoqda.
2 TADQIQOT METODOLOGIYASI
Mavzu bilan bog'liq bo'lgan tadqiqot metodologiyasi, asosan ilmiy, dialektik, tizimli hamda anilitik tahlil va tarixiylik yondashuv asosida olib borildi.
Sharqda, xususan, O'zbekistonda milliy g'oya bilan qorishgan va ko'plab ziyolilar amal qilgan ilohiy, ma'naviy qadriyat mavjud bo'lib, uni tasavvuf -so'fiylik deb atashadi. Bu ta'limot o'tmish tariximizda komil inson tarbiyasida asosiy mezon bo'lgan. Dinshunoslik fanini o'qitishda asosiy o'rin egallagan "Islom dini" mavzusini o'qitishda tasavvuf ta'limoti asosiy o'rin egallaydi.
Tasavvuf ta'limoti tarafdorlari xalq orasida so'fiylar deb atalgan. Ular bu yerda qadim zamonlardan beri mavjud bo'lgan diniy islom va milliy g'oyalarning asosiy tamoyillarini sabr bilan aniqlab, ular asosida o'zlarining falsafiy va islomiy g'oyalarini targ'ib qilganlar. Tasavvuf ta'limotini islom shariati talablari bilan bog'liq holda tushuntirdilar.
Mazkur nazariy-metodologik ta'limotning muhim g'oyasi - komil insonni tarbiyalashdan iboratdir. Har qanday jamiyatda, mamlakatimizda ijtimoiy fanlarni, ayniqsa, falsafa, dinshunoslik fanlarini o'qitishda komil inson tarbiyasi markaziy o'rin tutadi. Bu tarbiya jarayonida hozirgi davrda mavjud bo'lgan milliy yuksalish g'oyasi nafaqat nazariy tushuncha, balki uslubiy tamoyil, amalda esa bu ishni amalga oshirishda asosiy ta'limot bo'lib xizmat qiladi.
O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimida o'qitilayotgan ijtimoiy fanlardan biri - dinshunoslik fani bo'lib, undagi asosiy tamoyillar va mavzular - boshqa barcha fanlar, xususan, ijtimoiy-gumanitar fanlar uchun ham nazariy-metodologik ahamiyat kasb etadi. Bizningcha, dinshunoslik fanini o'qitishda, qadimgi va hozirgi zamon diniy maktablari, xususan, islom diniy ta'limotlarini o'rganish bilan bir qatorda, Vatanimizdan
"¿J PPSUTLSC-2024
. -.(¡.¿if.I PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of THE 21ST CENTURY
TASHKENT. 0-8 MAY 2024
yetishib chiqqan buyuk mutafakkir, din ulamolarining merosini ham talaba yoshlar ongiga singdirib borish zarurdir.
3 MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16 aprelda qabul qilingan PF-5416-sonli "Diniy-ma'rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmonida "Ko'p asrlik milliy va diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, dunyo ilm-fani va madaniyati rivojiga ulkan hissa qo'shgan ajdodlarimizning bebaho merosini o'rganish, uning asosida yoshlarni komil inson etib tarbiyalash jamiyatda barqaror ijtimoiy-ma'naviy muhitni ta'minlashning muhim shartlaridan biri hisoblanadi" - deb ko'rsatilgan[1.].
O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 9 iyundagi 259 buyrug'iga binoan 2023-2024 o'quv yilidan boshlab O'zbekistonda faoliyat ko'rsatayotgan oliy ta'lim muassalarining barcha yo'nalishlarida dinshunoslik fani majburiy fan sifatida o'qitilishi joriy qilindi[1].
Mazkur o'quv fani jami 120 soatdan iborat bo'lib, uning 30 soati ma'ruza, 30 soati seminar, 60 soati mustaqil ta'limdan iborat. Hozirda mazkur o'quv fanini o'qitishda muayyan nazariy-metodologik muammolar mavjuddir.
Birinchidan, dinshunoslik fanidan tayyorlangan o'quv dasturida eskicha yondashuvlar saqlanib qolgan. Din, diniy dunyoqarash, insonning diniy e'tiqodi, insonning vujudga kelishi kabi masalalar faqatgina bir tomonlama, kishilik jamiyatining ijtimoiy madaniy hodisasi sifatidagina olib qaralgan.
Ikkinchidan, islom diniy e'tiqodi bilan bog'liq ko'plab tamoyillar bilan ilmiy dunyoqarash o'rtasidagi qarama-qarshilik saqlanmoqda. Ularni hal etish esa, ko'p jihatdan mazkur o'quv kursidan dars berayotgan professor-o'qituvchilarning dunyoqarashiga, diniy e'tiqodiga, egallab turgan dunyoviy va ilohiyot pozitsiyasiga ko'p jihatdan bog'liqdir.
Uchinchidan, sovet davrining 73 yillik tarixi davomida O'zbekistonda dahriylik ustuvor ahamiyatga ega bo'lib, mazkur davrda yetishib chiqqan ilm-fan fidoyilari, olimlar, oddiy odamlar ongiga dahriylik g'oyalari singdirib kelindi. Buning oqibatida ilm-ma'rifat bilan din, xususan, islom dini o'rtasida choh qazildi. Din - hurofot sifatida qaraldi. Dinning jamiyat hayotidagi roli qoralandi.
4 TAHLIL VA NATIJALAR
Hozirda dinning jamiyat hayotidagi roli o'zgardi. O'zbekistonda aholining ko'pchiligi islom diniga e'tiqod qiladi.
Dinshunoslik fani doirasida islomiy shariatning asosiy yo'li shariatning amaliy qismi bo'lgan ta'limotlarga amal qilish, eng avvalo, fiqh ilmida shariat, ma'rifat va haqiqat darajalaridan o'tish zarur ekanligi tushuntirilishi lozim.
Dinshunoslik fanini o'qitilishining mohiyati yomon axloqlardan saqlanish va go'zal axloqqa erishish uchun katta qat'iyat bilan kurashish bo'lmog'i lozim. Bu
www.in-academy.uz
tamoyil hozirgi o'zbek ijtimoiy fanlar, xususan, dinshunoslik fanining mazmun-mohiyati bo'lishi bilan birga uning o'zagi ham bo'lishi kerak.
Dinshunoslik fanida o'qitiladigan so'fiylik ta'limoti milliy g'oya tamoyillarini o'zida mujassam etgan holda bu g'oyani mustahkamlashga xizmat qiladi. Tasavvuf -nafs zavqidan voz kechish va nafs nafslarini yengish, ya'ni nafsning buyuk belgisi "men"ni yengish, nafs nafslarini nazorat qilishdir. Ammo bu ishni hamma ham bajara olmaydi. Chunki inson uchun nafsini yengish nihoyatda qiyin va qiyin.
So'fiylik - buzg'unchi amaldorlar, yolg'onchilar, taqlidchilar, poraxo'rlar, ta'magir fitnachilar, hasadgo'ylar, milliy g'oya rivojiga to'sqinlik qilayotgan tamagir amaldorlarga qarshi ayovsiz kurash olib borishda ma'naviy omil bo'lib xizmat qiladi.
O'zbekistonda oliy ta'lim tizimida o'qitilayotgan ijtimoiy fanlar, xususan, dinshunoslik fanidagi mavjud nazariy-metodologik muammolarni bartaraf etish jarayonida milliy taraqqiyot g'oyasi, teologik ta'limotlardan foydalanish foydalidir. So'fiylik teologik ta'limoti insonni ilohiy fazilatlar nurida tarbiyalaydi, yomon axloqdan saqlaydi.
Tasavvuf ta'limotini o'rgangan zamondoshimiz, atoqli olim va ustoz professor Najmiddin Komilov bu ta'limotdagi komil inson g'oyasini quyidagicha izohlaydi: "Davlat peshvolari asarlarini o'qish, bu hayotbaxsh ta'limot, so'fiylik ruhining she'ri va dostoni zulmga qarshi nurning, yomonlikka ezgulik, nomukammallikka, jaholatga qarshi ma'rifat va kamolotning shafqatsiz janglari guvohiga aylanamiz [2.144].
5 XULOSA VA TAKLIFLAR
Yuqoridagi fikr va mulohazalardan quyidagi xulosalar chiqarish mumkin.
1. Yurtimizdagi oliy ta'lim tizimining barcha mutaxassisliklarida o'qitilayotgan dinshunoslik fanining asosiy tamoyillari - dunyoviylik bilan diniy-ilohiy tamoyillarining o'zaro uyg'unligi asosida o'qitilmog'i lozim.
2. Dinshunoslik fanini o'qitishda dunyo dinlarining kelib chiqishi va jamiyat hayotida uning amal qilishi to'g'risidagi g'oyalar, qarashlar bir tomonlama tushuntirilishiga yo'l qo'yilmasligi kerak.
3. Din niqobi, xususan, islom dini niqobi ostida faoliyat ko'rsatayotgan xalqaro terroristik, ekstremistik va fundamentalistik oqimlarni din, xususan, islom dini ta'limoti bilan tushuntirilmasligi lozim.
4. O'tmishda o'tgan mutafakkirlarimiz, ulamolar tomonidan yaratilgan, sobiq sovet tuzumi davrida chop qilingan ilmiy, ijtimoiy-gumanitar fanlarga oid asarlar noyob ilmiy merosimiz namunalari, asarlarning mazmun-mohiyati, o'sha davrda hukmronlik qilgan, dialektik va tarixiy materializm konsepsiyasiga asoslangan marksizm-leninizm mafkurasiga moslab, asl mohiyati, mazmuni buzib nashr qilingan. Shuni e'tiborga olgan holda, ularning asl nusxasidan qayta nashr qilish ham o'ta muhim va dolzarb ahamiyat kasb etadi.
PPSUTLSC-2024
PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY
TASHKENT, 0-8 MAY 2004 WW W. ¡П "Э СЭС^ГПу . U Z
Mazkur ilmiy ma'ruza tezisida bayon qilingan fikr, mulohazalar va xulosalarga asoslangan holda quyidagi takliflarni ilgari surdi.
1. Yurtimizdagi oliy ta'lim tizimining barcha mutaxassisliklarida o'qitilayotgan dinshunoslik fanining o'qitilishida eskicha materialistik, markscha yondashuvlardan voz kechish, yangicha yondashuvlar asosida tashkil etish lozim.
2. O'tmishda o'tgan mutafakkirlarimiz, ulamolar tomonidan yaratilgan, sobiq sovet tuzumi davrida chop qilingan ilmiy, ijtimoiy-gumanitar fanlarga oid asarlar, noyob ilmiy asarlarning asl nusxalarini qayta nashr qilish darkor.
Hozirda. Oliy ta'lim tizimida o'qitilayotgan dinshunoslik fanidan ilmiy va o'quv adabiyotlarini qaytadan tahlil qilish maqsadga muvofiq.
ADABIYOTLAR:
[1] "Diniy-ma'rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni. https://lex.uz/docs/3686277.
[2] Komilov Najmiddin. Tasavvuf. Birinchi kitob. Toshkent. Nashriyot: "Yozuvchi", 1996 yil.