Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDA MILLATLARARO TOTUVLIKNI TA’MINLASHNING HUQUQIY MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI'

O‘ZBEKISTONDA MILLATLARARO TOTUVLIKNI TA’MINLASHNING HUQUQIY MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
724
55
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Millatlararo totuvlik / tolerantlik / strategiya / milliy siyosat / evolyutsiya / islohotlar / huquqiy davlat / asosiy tamoyillar / qonun / birdamlilik madaniyati. / Nationality tot harmony / tolerance / strategy / national policy / evolution / reforms / legal state / basic principles / law / culture of celibacy.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Kamardinova, Shaxlo Baxtiyor Qizi

Ushbu maqolada millatlararo munosabatlardagi nizoli vaziyatlarni ijtimoiy-siyosiy asosda tinch yo‘l bilan hal etish. Keyingi vaqtlarda, globallashib borayotgan dunyodagi mojarolar, shu jumladan, millatlararo nizolar kuchayayotgan bir sharoitda, muhim ahamiyatlarga ega bo’lgan hal qiluvchi omil sifatida qaralishi.Shu jumladan O‘zbekiston respublikasi ham aynan shunday mamlakatlar sirasiga kirib ushbu hol fuqarolar o‘rtasidagi tinchlik-totuvlik hamda millatlararo hamjihatlikni saqlab qolishga to‘sqinlik qilmasligi, Mustaqillik yillarida ko‘pmillatli respublikamizda fuqarolararo tinchlik, barqarorlik hamda millatlararo totuvlik munosabatlarining saqlanganligi, hamda ta’lim yurtimizda yettita tilda olib borilishi. Jumladan, “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” to‘g‘risida. O‘zbekistonda millatlararo totuvlikni ta’minlashning huquqiy mexanizmlari yaratilganligi haqida.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ISSUES OF IMPROVING THE LEGAL MECHANISM OF ENSURING INTERNATIONAL PEACE IN UZBEKISTAN

In this paper, the peaceful settlement of conflict situations in nation-wide relations on socio-political basis. In later times, conflicts in a globalized world, including in a situation where nation-wide conflicts are at stake, have been viewed as a decisive factor that has significant implications.In particular, the Republic of Uzbekistan has entered into the ranks of exactly such countries and this situation does not hamper the maintenance of peace and harmony among citizens and the solidarity of the nation, the preservation of peace, stability and inter-national relations during the years of independence in the multinational Republic, education is carried out in seven languages in our country. In particular, on the” strategy of actions for further development of the Republic of Uzbekistan". On the establishment of the legal framework for ensuring the harmony of the nation in Uzbekistan.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDA MILLATLARARO TOTUVLIKNI TA’MINLASHNING HUQUQIY MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI»

R 0#

O'ZBEKISTONDA MILLATLARARO TOTUVLIKNI TA'MINLASHNING HUQUQIY MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI

d https://doi.org/10.24412/2181-1784-2022-23-586-592

Kamardinova Shaxlo Baxtiyor qizi

O'zDJTSU Sportni boshqarish va turizm fakulteti 2-bosqich talabasi e-mail: kamardinovashaxlo @gmail .com

Ushbu maqolada millatlararo munosabatlardagi nizoli vaziyatlarni ijtimoiy-siyosiy asosda tinch yo 'l bilan hal etish. Keyingi vaqtlarda, globallashib borayotgan dunyodagi mojarolar, shu jumladan, millatlararo nizolar kuchayayotgan bir sharoitda, muhim ahamiyatlarga ega bo 'lgan hal qiluvchi omil sifatida qaralishi.Shu jumladan O 'zbekiston respublikasi ham aynan shunday mamlakatlar sirasiga kirib ushbu hol fuqarolar o'rtasidagi tinchlik-totuvlik hamda millatlararo hamjihatlikni saqlab qolishga to'sqinlik qilmasligi, Mustaqillik yillarida ko'pmillatli respublikamizda fuqarolararo tinchlik, barqarorlik hamda millatlararo totuvlik munosabatlarining saqlanganligi, hamda ta'lim yurtimizdayettita tilda olib borilishi. Jumladan, "O 'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo 'yicha Harakatlar strategiyasi" to'g'risida. O'zbekistonda millatlararo totuvlikni ta'minlashning huquqiy mexanizmlari yaratilganligi haqida.

Kalit so'zlar: Millatlararo totuvlik, tolerantlik, strategiya, milliy siyosat, evolyutsiya, islohotlar, huquqiy davlat, asosiy tamoyillar, qonun, birdamlilik madaniyati.

В данной статье рассматривается мирное разрешение конфликтных ситуаций в межнациональных отношениях на социально-политической основе. В более поздние времена, в условиях обострения конфликтов в глобализирующемся мире, в том числе и межэтнических, рассматривался как решающий фактор, имеющий важное значение.В том числе и Республика Узбекистан входит в число таких стран, что не препятствует сохранению мира и межнационального согласия между гражданами, сохранению в годы независимости в нашей многонациональной республике отношений гражданского мира, стабильности и межнационального согласия., обучение в нашем учебном заведении будет вестись на семи языках. В частности, о" стратегии действий по дальнейшему развитию Республики Узбекистан". О

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

создании в Узбекистане правовых механизмов обеспечения межнационального согласия.

Ключевце слова: Межнациональное согласие, толерантность, стратегия, национальная политика, эволюция, реформы, правовое государство, основные принципы, право, культура солидарности.

In this paper, the peaceful settlement of conflict situations in nation-wide relations on socio-political basis. In later times, conflicts in a globalized world, including in a situation where nation-wide conflicts are at stake, have been viewed as a decisive factor that has significant implications.In particular, the Republic of Uzbekistan has entered into the ranks of exactly such countries and this situation does not hamper the maintenance of peace and harmony among citizens and the solidarity of the nation, the preservation of peace, stability and inter-national relations during the years of independence in the multinational Republic, education is carried out in seven languages in our country. In particular, on the " strategy of actions for further development of the Republic of Uzbekistan". On the establishment of the legal framework for ensuring the harmony of the nation in Uzbekistan.

Keywords: Nationality tot harmony, tolerance, strategy, national policy, evolution, reforms, legal state, basic principles, law, culture of celibacy.

Barcha tarixiy zamonlarda insoniyat odamlar, davlatlar, sivilizatsiyalar o'rtasida hamjihatlik, tinch va totuv munosabat o'matish yo'llarini topishga intilib kelgan. Garchi bu sohada sa'y-harakatlar hamisha ham muvaffaqiyatli chiqavermagan bo'lsa-da, har holda madaniy jihatdan o'zaro munosabatlarga intilish, bag'rikenglik (tolerantlik) fe'l-atvor taomili, doimiy maqsad bo'lib qolavergan.

Tolerantlik - boshqalarning fikriga, qarashlari va harakatlariga g'ayritabiiy tarzdagi passiv tobelik emas; itoatkorona sabr-toqat qilish ham emas, balki faol ma'naviy pozitsiyadir. Etnoslar, ijtimoiy guruhlar o'rtasidagi hamjihatlik yo'lida, o'zga madaniy, milliy, diniy yoki ijtimoiy muhit kishilari bilan ijobiy o'zaro munosabat yo'lida bag'rikenglikka ruhiy tayyorlikdir.

Keyingi vaqtlarda, globallashib borayotgan dunyodagi mojarolar, shu jumladan, millatlararo nizolar kuchayayotgan bir sharoitda, bu muammo, ayniqsa, muhim o'ringa chiqib bormoqda. Shu munosabat bilan millatlararo totuvlik har qanday ko'pmillatli davlat uchun hal qiluvchi omil sifatida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

ABSTRACT

KIRISH

Hozir dunyodagi mamlakatlarning aksariyati ko'pmillatli, ko'p madaniyatli xarakterga ega. Ta'kidlash joizki, O'zbekiston Respublikasi ham aynan shunday mamlakatlar sirasiga kirib, ushbu hol fuqarolar o'rtasidagi tinchlik-totuvlik hamda millatlararo hamjihatlikni saqlab qolishga to'sqinlik qilmaydi.

Mustaqillik yillarida ko'pmillatli respublikamizda fuqarolararo tinchlik, barqarorlik hamda millatlararo totuvlik munosabatlarining saqlanganligi O'zbekistonning o'ziga xos taraqqiyot yo'lidan rivojlanishida qo'lga kiritilgan katta muvaffaqiyatlardan biridir. Chunki 130 dan ortiq millat va elat vakillari yashaydigan O'zbekistonda jamiyatni tubdan yangilash, bir holatdan ikkinchi bir holatga o'tkazish osonlikcha o'tmaydi.

Mamlakatimizda istiqlol qo'lga kiritilgan dastlabki kunlardanoq millatlararo totuvlik va barqarorlikni ta'minlash asosiy masalalardan biri bo'lib turdi. Bunday paytda davlat siyosati izchil va haqqoniy bo'lishi lozim.

Jumladan muxtaram prezidentimizning 2021-yil nashr qilingan "Yangi O'zbekiston strategiyasi" kitoblarida ham xalqimiz orzusi va xalqimiz yanada birlashsa yengilmas kuchga aylanishimiz hamda "Biz yangi O'zbekistonni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birgalikda barpo etamiz" deb takidlaganlari bu xam millatlararo totuvlikni ta'minlashning bir g'oyasi desak adashmaymiz.[1, 20]

Qadimgi O'zbekiston diyoridagi tinchlik va barqarorlik -davlatimizda o'tkazilayotgan oqilona milliy siyosatning, evolyutsion, bosqichma-bosqich tarzda amalga oshirilayotgan iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy islohotlar yo'lining natijasidir.

Ko'p millatli davlatning qaror topishi uzoq davom etgan tarixiy jarayonlar natijasidir. Xususan, yaqin o'tmishimizga nazar tashlasak, "Tarixiy ma'lumotlarga qaraganda, XX asr boshlarida hozirgi O'zbekiston hududida 70 ga yaqin millat istiqomat qilgan. 30 yil o'tgach, bu raqam 91 gacha, 1959 yilda 113 ga, 1979 yilda 123 ga yetgan. 1989 yilda O'zbekistonda o'tkazilgan oxirgi aholi ro'yxati ma'lumotlari esa O'zbekistonda 136 millat va elat vakillari istiqomat qilganini ko'rsatdi".

Huquqiy davlat barpo etish sari borayotgan jamiyatimizning madaniyligi va davlatimizning demokratiklilik darajasi milliy va etnik guruhlarga yaratib berilgan sharoit va imkoniyatlar bilan belgilanadi. Mustaqil O'zbekiston milliy siyosatining eng asosiy tamoyillari quyidagilar etib belgilangan:

- Millati, irqi, diniy e'tiqodidan qat'iy nazar respublika barcha fuqarolarining teng huquqliligi;

-Shaxsning ustuvorligi va jamiyatdagi ijtimoiy adolatni belgilaydigan inson huquqlarining boshqa barcha huquqlardan ustunligi;

- Kam sonli millatlarning haq-huquqlariga e'tibor bilan qarash, ularning tili, an'ana va urf-odatlarini hurmat qilish, ularning o'ziga xosligini saqlab qolish, shuningdek erkin va har tomonlama rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish;

- Har bir oilaning, har bir insonning millatidan qat'iy nazar ijtimoiy himoyalanishini ta'minlaydigan yuksak darajada rivojlangan, ijtimoiy sohaga yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotiga tayanish;

-Millatlararo munosabatlardagi nizoli vaziyatlarni ijtimoiy-siyosiy asosda tinch yo'l bilan hal etish.

Ijtimoiy va millatlararo hamjihatligi to'g'risidagi, O'zbekiston -unda istiqomat qiluvchi barcha xalqlarning umumiy uyi haqidagi bayoni, respublikamizning tegishli rasmiy hujjatlari va avvalo, O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida o'z ifodasini topgan. O'zbekiston Konstitusiyasining muqaddima qismida "O'zbekiston xalqi: fuqarolar tinchligi va milliy totuvligini ta'minlash maqsadida o'zining muxtor vakillari siymosida "O'zbekiston Respublikasining mazkur Konstitusiyasini qabul qiladi", deyilsa, II bob 8-moddasida "O'zbekiston xalqini millatidan qat'iy nazar, O'zbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil etadi", - deya belgilab qo'yilgan.Bundan tashqari, Asosiy qonunimizning V bob 18-moddasida "O'zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo'lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat'i nazar, qonun oldida tengdirlar. Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilanib qo'yiladi hamda ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bo'lishi shart" ,- deya ta'kidlanadi. O'zbekistonda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni saqlashning asosiy va muhim omili - bu ko'pmillatli fuqarolar o'rtasidagi birlikni, milliy totuvlikni ta'minlay olishda edi. Respublikadagi barcha milliy masalaga doir masalalar demokratik, konstitusiyaviy asosda hal etiladi. Ko'p millatli O'zbekistonda turli millat va elatlarning o'zligining qayta tiklanishi uchun qulay shart-sharoitlar yuzaga keldi.1992 yilda Respublika baynalminal madaniyat markazi tashkil etildi. Bu tashkilot hozirgi kunda 140 dan ortiq milliy-madaniy markazlar faoliyatini qo'llab-quvvatlash bilan bir qatorda, yoshlarimizda bag'rikenglik, totuvlik va birdamlik madaniyatini kamol toptirishda muhim vazifalarni amalga oshirib kelmoqda.

O'zbekistonda istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an'analari birdek hurmat qilinadi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratildi. Binobarin, O'zbekistonda ta'lim 7 ta tilda olib boriladi. Gazeta va jurnallar 8 ta tilda, teleko'rsatuvlar 11 ta tilda, radioeshittirishlar 12 ta tilda olib boriladi. Oqilona milliy siyosat tufayli O'zbekistonda yashayotgan barcha millatlarning

vakillari etnik-madaniy asoslarda jipslashgan xalq sifatida shakllandi.1995 yilda 16 noyabrda YUNESKO Bosh konferensiyasi "Declaration of principles of tolerance"ni tasdiqladi. 185 davlat, shu jumladan, O'zbekiston ham ushbu deklarasiyani imzoladi. Deklarasiya milliy, diniy, etnik va boshqa guruhlarga nisbatan zo'ravonlik, yotsirash va kamsitishning umumiy kuchayishiga qarshilik ko'rsatmog'i lozim. Bu hujjat milliy va xalqaro miqyoslarda ekstremistik, terrorchilik kirdikorlarining oldini olish, tugatish va bartaraf etish uchun g'oyaviy-uslubiy asos bo'ladi deb hisoblash mumkin."Davlat miqyosida tolerantlik adolatli va xolis qonunchilikni, huquq-tartibot, sud-prosessual va ma'muriy meyorlarga rioya etilishini talab qiladi, - deb uqtiriladi ushbu hujjatda. - Tolerantlik har bir kishiga hech bir kamsituvsiz iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish imkoniyatlari berilishini ham talab qiladi. Begonalashuv va (uzoqlashuv) marginallashuv ruhiy tushkunlik, g'animlik va fanatizm holatiga sabab bo'lishi mumkin".

Bugungi kunda yurtimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari o'zaro inoq, totuvlikda yashab kelmoqda. Respublika ko'p konfessiyali mamlakatdir, hozirda O'zbekistonda 16 ta konfessiyaga mansub 2 mingta diniy tashkilotlar rasman faoliyat ko'rsatmoqda. Davlatimiz rahbari

Sh.Mirziyoyev: "ular umumiy uyimiz - O'zbekistonimiz ravnaqi yo'lida birlashib, barcha soha va tarmoqlarda fidokorona mehnat qilmoqda, rivojlangan bozor iqtisodiyoti va kuchli fuqarolik jamiyatiga asoslangan huquqiy demokratik davlat qurishga munosib hissa qo'shmoqda", - deya bejiz ta'kidlamagan. Zero, xalqimiz ma'naviyatiga xos bo'lgan millatlararo totuvlik, diniy bag'rikenglikning ta'minlanishi, avvalo, jamiyatimizda ezgu g'oyalar va insoniy fazilatlarni kamol toptirish orqali yurtimizda tinchlik va barqarorlikning hukm surishida muhim o'rin tutadi. Xalqaro maydonda o'z mavqeyini mustahkamlab borayotgan mamlakatimizda tinchlik va barqaror taraqqiyot sari yangicha islohotlar olib borilmoqda.

Jumladan, "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi" to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 8 fevralda e'lon qilingan Farmoni bu borada muhim ahamiyatga ega. 2017-2021 yillarda mamlakatni rivojlantirish istiqbollarini belgilab bergan Davlat dasturining xavfsizlik, diniy bag'rikenglik va millatlararo totuvlikni ta'minlash hamda chuqur o'ylangan, o'zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi beshinchi ustuvor yo'nalishi doirasida belgilangan vazifalar o'z ahamiyati bilan bugungi globallashuv jarayonlarining tobora chuqurlashib borishi kuzatilayotgan davrda boshqa davlatlarga ham namuna bo'la oladi. Dastur doirasida Milliy munosabatlar Konsepsiyasini ishlab chiqish nazarda tutilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev qayd etganlaridek: "Hozirgi vaqtda dunyoning turli mintaqalarida millatlararo va dinlararo keskinlik kuchayib bormoqda, millatchilik, diniy murosasozlik bosh ko'tarmoqda. Bu illatlar davlatni yemirib, jamiyatni parchalab, radikal guruh va oqimlar uchun mafkura o'rtasida do'stlik va hamjihatlikni yanada mustahkamlash biz uchun borgan sari muhim ahamiyat kasb etmoqda. Hech shubhasiz, bu bizning zaminimizda tinchlik va osoyishtalikning mustahkam kafolati, xalqimiz bunyodkorlik salohiyatini, uning ertangi kunga bo'lgan ishonchini oshirishning asosi bo'lib xizmat qilmoqda" , - deya ta'kidlagani ayni haqiqatdir.

O'zbekistonda millatlararo totuvlikni ta'minlashning huquqiy mexanizmlari yaratilgan, ushbu mexanizmlar samarali ishlamoqda va doimiy tarzda takomillashtirilib borilmoqda. O'zbekistonda millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglik munosabatlarining ta'minlanishi, avvalo, dinlararo ziddiyatlarning oldini olish orqali turli din vakillari o'rtasida o'zaro hamkorlik, birdamlik va hamjihatlikning shakllanishiga zamin yaratmoqda. Mazkur omil yurt tinchligi va taraqqiyotiga, umuminsoniy madaniyat va ma'naviyat rivojiga bevosita xizmat qiladi.

REFERENCES

1. Mirziyoyev Sh.M. - Yangi O'zbekiston strategiyasi-Toshkent-2021.

2. O'zbekiston Respublikasida diniy tashklotlarning ro'yxatga olinishi haqida 2017 yil 1 iyuldagi matlumotnomasi.

3. Millatlararo do'stlik va hamjihatlik - xalqimiz tinchligi va farovonligining muhim omilidir. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Respublika Baynalmilal madaniyat markazi tashkil etilganining 25 yilligiga bag'ishlangan uchrashuvdagi nutqi. Xalq so'zi, 2017 yil 25 yanvar. №18.

4. "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi" to'g'risidagi O'zbekiston Ryespublikasi Prezidentining 2017-yil 8 fevralda e'lon qilingan Farmoni. / Xalq so'zi. 2017 yil, 8 fevral. №28.

5. Umarjonov, S.S., Safarov, M.K. (2021). Fahriddin Roziyning "Latoif ul-g'iyosiyot" qo'lyozma asarida aql va e'tiqod masalasining qo'yilishi va uning diniy-falsafiy germenevtik tahlili. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(5), 1058-1068.

6. O'zbekistonning yangi tarixi. Uchinchi kitob. Mustaqil O'zbekiston tarixi. Tuzuvchilar: Jo'rayev N. va b. -T.: Sharq; 2000. -B. 239.

XULOSA

7. Gafarli M.S., Kasayev A.Ch. Rivojlanishning o'zbek modeli: tinchlik va barqarorlik - taraqqiyot asosi. -T.: O'zbekiston; 2001. -B. 198.

8. Saifnazarov, I., Muhtarov, A., Sultonov, T., Tolibov, A. (2020) Religious tolerance, unity of knowledge and faith issues highlighting in Imam Bukhari Hadiths. International Journal of Advanced Science and Technology 29 (5), pp. 1846-1853.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.