SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(6), June, 2023
O'ZBEKISTONDA INKLYUZIV MUSIQA TA'LIMINING INSTITUTSIONAL VA USLUBIY JIHATLARI
Mirsidikova Sevara
O'zbekiston davlat konservatoriyasi magistranti sevaramirsidikova98@gmail .com +998(90) 976 9895
Ushbu maqolada O'zbekistonda inklyuziv musiqa ta'limining institutsional va uslubiy xususiyatlari tahlil qilindi. Shuningdek, nogironligi bo 'lgan yoshlarni qo 'llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish, xususan, ko 'zi ojiz va ko 'zi zaif talabalarning oliy ta 'lim olish imkoniyatlarini kengaytirish bo 'yicha davlat tomonidan ko 'rilayotgan chora-tadbirlar chuqur o 'rganildi. Bundan tashqari, nogironligi bo 'lgan talabalar musiqa ta 'limida duch kelayotgan muammolar keltirildi.
Kalit so'zlar: Brayl alifbosi, Brayl nota tizimi, inklyuziv ta'lim, musiqa ta'limi, "universal dizayn", o 'quv-uslubiy ta 'minot.
В статье рассматриваются институциональные и методические особенности инклюзивного музыкального образования в Узбекистане. Также, проанализированы предпринятые государством меры по дальнейшему совершенствованию системы поддержки лиц с ограниченными возможностями, в частности, по расширению доступа к высшему образованию незрячих и слабовидящих студентов. Кроме того, приведены проблемы, с которыми сталкиваются студенты с ограниченными возможностями в области музыкального образования.
Ключевые слова: шрифт Брайля, нотная система Брайля, инклюзивное образование, музыкальное образование, «универсальный дизайн», учебно-методическое обеспечение.
The article examines the institutional and methodological features of inclusive music education in Uzbekistan. Also, the measures taken by the state to further improve the system of support for people with disabilities, in particular, to expand access to higher education for blind and visually impaired students, are analyzed. In addition, the problems faced by students with disabilities in the field of music education are presented.
ANNOTATSIYA
АННОТАЦИЯ
ABSTRACT
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(6), June, 2023
Key words: Braille alphabet, Braille notation system, inclusive education, music education, "universal design", educational and methodological materials.
Yangi O'zbekistonning 2022-2026 yillarga mo'ljallangan Taraqqiyot strategiyasi milliy rivojlanishning yangi bosqichini boshlab berdi. 2017 yilda boshlangan keng ko'lamli islohotlar jarayoni tufayli jamiyatimizning siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma'rifiy landshafti butunlay o'zgardi. Erkinlik va ochiqlik, huquq ustuvorligi, jahon hamjamiyati bilan o'zaro manfaatli hamkorlik, «Inson qadri uchun» ustuvor tamoyilini amalga oshirish Yangi O'zbekiston siyosatining asosiy yo'nalishiga aylandi. 2023-yil 30-aprelda o'tkazilgan referendumda umumxalq ovoz berish yo'li bilan qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahririga kiritilgan muhim o'zgarishlardan biri inklyuzivlik tamoyillariga alohida e'tibor qaratilayotgan ijtimoiy siyosat mexanizmlarini takomillashtirish bilan bog'liq. Chet el tajribasi shuni ko'rsatadiki, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Shvetsiya kabi mamlakatlarda nogironlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, shuningdek, uzluksiz ta'limning barcha bosqichlarida inklyuziv yondashuvni joriy etish masalalari juda dolzarb va qonunchilik darajasida kafolatlangan.
Konstitutsiyaning yangi tahririda, shuningdek, muhim ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan masalalarga, xususan, 57-moddaga ko'ra davlat nogironligi bo'lgan shaxslarning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy sohalar obyektlari va xizmatlaridan to'laqonli foydalanishi uchun shart-sharoitlar yaratadi, ularning ishga joylashishiga, ta'lim olishiga ko'maklashadi, ularga zarur bo'lgan axborotni to'sqinliksiz olish imkoniyatini ta'minlaydi [1]. O'zbekistonning Yangi Konstitutsiyasiga Inklyuziv ta'lim to'g'risidagi huquqiy me'yorning kiritilishi (50-modda) mamlakatimizning barcha aholisi uchun o'z hayotlarini yaxshilash, zamonaviy mutaxassisliklar va kasblarni o'zlashtirish, orzularini ro'yobga chiqarish va hayotda o'z o'rnini topish uchun real imkoniyatlar yaratmoqda. Konstitutsiyada iqtidorli yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, yoshlarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalash uchun davlat tomonidan zarur shart-sharoitlar yaratish (42-modda, 65-modda), yoshlar uchun sifatli oliy ta'lim olish va ularning iste'dodlarini namoyon etish bilan bog'liq konstitutsiyaviy kafolatlar taqdim etilishi ham yangilangan Konstitutsiyaga kiritilgan. O'zbekistondagi ushbu o'zgarishlar tufayli mavjud fiziologik, ijtimoiy va boshqa xususiyatlardan qat'i nazar, yoshlarning barcha qatlamlari uchun sifatli ta'lim olish, malakali mutaxassis bo'lish, o'z salohiyati va ko'nikmalarini erkin namoyon etish uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.
KIRISH
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(6), June, 2023
ASOSIY QISM
So'nggi yillarda mamlakatimizda «Inson qadri uchun» tamoyili asosida nogironligi bo'lgan shaxslarni qo'llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish, xususan, ko'zi ojiz va ko'rishda nuqsoni bo'lgan insonlarning jamiyatdagi o'rnini mustahkamlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Mamlakatimizda nogironligi bo'lgan shaxslarni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish va amalga oshirish bo 'yicha muhim dasturiy choralar ko'rilmoqda. 2020 yil 11 sentyabrda Senat tomonidan «Nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlari to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi. Ushbu qonunning 38-moddasida nogironligi bo'lgan shaxslarning barcha darajalardagi ta'lim tashkilotlarida ta'lim olish va o'z qobiliyatini yanada to'liqroq rivojlantirish uchun butun umri davomida ta'lim olish, hamda jamiyat va davlat hayotida ishtirok etish huquqi mustahkamlangan [2].
2020 yil 23 sentabrdagi «Ta'lim to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining yangi tahririga inklyuziv ta'lim to'g'risida 20-modda qiritilgan. Unga ko'ra inklyuziv ta'lim alohida ta'lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilma-xilligini hisobga olgan holda barcha ta'lim oluvchilar uchun ta'lim tashkilotlarida ta'lim olishga bo'lgan teng imkoniyatlarni ta'minlashga qaratilgan [3].
2020 yil 13 oktabr sanasida «Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Prezident Qarori bilan 2020-2025 yillarda xalq ta'limi tizimida «Inklyuziv ta'limni rivojlantirish» konsepsiyasi va uni 2020-2021 yillarda amalga oshirish bo'yicha «Yo'l xaritasi» tasdiqlandi (PQ-4860, 13.10.2020 y) [4].
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Nogironligi bo'lgan shaxslarni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida» 2017 yil 1 dekabrdagi PF-5270-son farmoniga ko'ra oliy ta'lim muassasalariga abituriyentlarni qabul qilishning umumiy soniga nisbatan nogironligi bo'lgan shaxslar uchun qo'shimcha ravishda ikki foizli davlat kvotalari asosida o'qishga qabul qilish tartibi belgilandi [5]. Bu chora-tadbirlar tufayli faqat 2018 yildan 2019 yilgacha nogironlar orasida talabalar soni qariyb 1,4 baravarga oshdi.
Ko'zi ojiz va zaif ko'ruvchi bolalarning intellektual, jismoniy va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida sifatli ta'lim, tarbiya va bo'sh vaqtlarini tashkil etishni ta'minlash bo'yicha aniq vazifalar va chora-tadbirlar O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-apreldagi PQ-209-sonli «Ko'zi ojiz va zaif ko'ruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda ta'lim berish sifatini oshirish hamda ular faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarorida belgilab quyilgan. [6].
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(6), June, 2023
Albatta, ushbu normativ hujjatlarda nogiron yoshlarning ta'lim olish imkoniyatlarini kengaytirish bo'yicha belgilangan dasturiy chora-tadbirlarni maxsus o'quv adabiyotlari bilan yetarli darajada ta'minlash asosida amalga oshirish mumkin.
TAHLIL
Inklyuziv ta'limni amalga oshirishda, ustuvor va eng muhim vazifalardan biri innovatsion texnologiyalar asosida darsliklar, o'quv qo'llanmalar, maxsus uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iboratdir. Har qanday o'quv yoki maxsus fanni o'zlashtirishning muvaffaqiyati va samaradorligi o'quv-uslubiy materialning sifatiga bog'liq bo'ladi. Ammo shuni ta'qidlab o'tish kerakki, ko'rishda nuqsonlari bo'lgan talabalar tomonidan ishlatiladigan Brayl yozuvida musiqa yo'nalishi bo'yicha maxsus o'quv-uslubiy adabiyotlar deyarli mavjud emas.
Inklyuziv ta'lim sohasida «universal dizayn» turli toifadagi shaxslar uchun o'quv jarayonidan to'liq foydalanish imkoniyatini ta'minlashni anglatadi. Birinchi navbatda, bu arxitekturaviy imkoniyatlar, ya'ni panduslar, liftlar va ovozli signallarning mavjudligi. Biz dastlab teng bo'lmagan imkoniyatlarni tenglashtirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratganimizdagina jamiyat va ta'lim inklyuziv bo'ladi
[7].
Ikkinchidan, bu ta'lim qobiliyati cheklangan talabalar uchun o'quv-uslubiy ta'minot va tegishli moslamalarning mavjudligi.
Mutaxassislarning ta'kidlashicha, BMTning nogironlar huquqlari to'g'risidagi Konvensiyasiga ko'ra, nogironligi bo'lgan shaxslar uchun tegishli moslamalarning mavjud emasligi nogironlik bo'yicha diskriminatsiyaning bir shakli hisoblanadi. Oliy ta'limda nogironligi bo'lgan talabalarni o'qitish jarayonida tegishli moslamalarga bo'lgan ehtiyoj alohida ahamiyatga ega. Ko'rishda nuqsoni bo'lgan talabalar uchun Brayl alifbosidagi darsliklar ularning shaxsiy ehtiyojlarini hisobga olgan holdagi maxsus moslamalar hisoblanadi [8]. Inklyuziv ta'limni rivojlantirishda alohida ahamiyatga ega bo'lgan maxsus metodologiyalar, o'quv materiallari bilan ta'minlash uchun professional bilim va kasbiy ko'nikmalarga ega bo'lgan pedagog kadrlarni tayyorlash tizimini yaratish kerak. Masalan, agar talaba eshitish bilan bog'liq muammolarga duch kelsa, u uchun ma'lumotni vizualizatsiya qilishga asoslangan uslubiy material tayyorlanishi lozim. Bunday mutaxassislar tiflopedagogika, oligofrenopedagogika, surdopedagogika bo'yicha chuqur bilimlarga ega bo'lishlari shart.
Uchinchidan, bu nafaqat imkoniyati cheklangan talabalar o'rtasida, balki barcha shaxslar uchun ham tegishli muloqot ko'nikmalarini, ijtimoiylashuv ko'nikmalarini egallashga qaratilgan hurmat, tenglik va bag'rikenglik tamoyillariga asoslangan qulay psixo-emotsional muhitni yaratishdir. Bizning fikrimizcha, inklyuziv ta'lim avvalo
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(6), June, 2023
o'zaro ta'sir jarayonidir. Aynan bunday muhit sifatli ta'lim olish, tegishli kasbiy ko'nikmalarni egallash, fiziologik va ijtimoiy tafovutlarga qaramay, ijodiy salohiyatni amalga oshirish uchun imkoniyatlar yaratadi.
Oliy ta'lim darajasida inklyuziv ta'limni rivojlantirish bo'yicha ilmiy adabiyotlarni tahlili, MDH mamlakatlarida ko'rish qobiliyati cheklangan musiqachilar uchun Brayl yozuvida tegishli o'quv materiallarining, hamda maxsus moslashuvchan pedagogik metodologiyaning yo'qligi bilan bog'liq jiddiy muammolar mavjudligini ko'rsatdi (Smirnov A. A., Barinova E. B.). Maxsus ta'limga ehtiyojlari (MTE) bo'lgan talabalarning musiqiy ta'limi o'qituvchilardan turli xil ilmiy fanlar bo'yicha bir qator maxsus ko'nikmalari va bilimlarini talab qiladi. Biroq, o'qituvchilarga bunday bilimlarni beradigan kurslar tizimi mavjud emas. MTE bo'lgan bolalar va o'smirlarni musiqa sohasida o'qitish uchun hali to'liq shakllantirilmagan maxsus usullar darkor. Maxsus ta'limga ehtiyoji bo'lgan talabani o'z sinfiga qabul qilgan har bir musiqa o'qituvchisi sinov va xatolardan kelib chiqib, ushbu sohada oz-ozdan tajriba to'playdi [9].
Ko'rish imkoniyati cheklangan talabalarga ta'lim berishda ularning musiqiy qobiliyatlarini shakllantirishning o'ziga xos xususiyatlari mavjud. Shuni ta'kidlash joizki, musiqiy-pedagogik amaliyotda bu muammoga yetarlicha e'tibor berilmagan. Muammo shundaki, ko'zi ojiz va zaif talabalarga musiqiy ta'lim berish jarayoni har bir o'quvchining fiziologik, psixologik va kognitiv xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga oshirilishi zarur. Mazkur nuqtai-nazardan, ko'rish qobiliyati past bo'lgan talabalar uchun darsliklar va o'quv-uslubiy materiallarni tayyorlashga sezilarli ehtiyoj mavjud.
Ko'rish imkoniyati cheklangan talabalar mazkur nuqsonlari tufayli turli xil faoliyat turlarini o'zlashtirishda muayyan qiyinchiliklarga duch kelishadi, ammo shu bilan birga, kompensatsiya mexanizmlari ularga ma'lum faoliyatda muayyan yutuqlarga erishishga imkon beradi. Kompensatsiya jarayoni eshitish, sezish va boshqa sensor funksiyalardan foydalanish orqali sodir bo'ladi. Shuning uchun, talabalar ko'rish qobiliyatining cheklanganligiga qaramay, professional musiqiy faoliyatda muayyan bir yutuqlarga erishishi mumkin. Bunga esa maxsus musiqa fanlarini o'qitish uchun to'g'ri ishlab chiqilgan uslubiyat yordam beradi.
Bundan tashqari, umumiy nota tizimidan sezilarli farqlarga ega bo 'lgan Brayl nota tizimini o'zlashtirishda ham murakkabliklar mavjud. Shu javhada ta'kidlash kerakki, mazkur qiyinchiliklar ob'ektiv xarakter kasb etadi. Birinchidan, musiqiy matnni sezgi orqali idrok etib, varaqdan to'la-to'kis ijro etish imkoniyatining mavjud
NATIJA
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(6), June, 2023
emasligi yangi musiqiy materiallarni o'zlashtirishni sekinlashtiradi va mashg'ulotlarni olib borish uslublariga tegishli tuzatishlar kiritishni talab qiladi.
An'anaviy tekis yozuv va Brayl nota tizimi asosidagi musiqiy matnni idrok etishda juda katta farqlar mavjud. Nota yozuvlarining an'anaviy tizimi «varaqdan o'qish»da aniq afzalliklarga ega bo'lib, hattoki matnga shunchaki ko'z yugurtirganda ham musiqachiga juda ko'p muhim ma'lumotlarni olish imkonini beradi. An'anaviy nota yozuvi - bu bir vaqtning o'zida idrok etiladigan musiqiy ifoda vositalari va xususiyatlari majmui bo'lib, o'zida tovush cho'zilma va balandligi, dinamika, metroritm, garmoniya, fakturani mujassamlashtiradi.
Brayl nota tizimida belgilar muayyan ketma-ketlikda bitta chiziqda yozilganligi bois, matnni ravon yoritib bo'lmaydi, matnni o'qish belgidan belgiga tomon amalga oshiriladi. Shuning uchun talaba mazkur vaqtda faqat barmoqlari ostidagi narsalarni «ko'radi» va o'qiydi. Yozuvning chiziqliligi musiqiy matnning eng muhim elementlarini ikkilamchilaridan ajratishni murakkablashtiradi. Ko'zi ojiz musiqachi uchun katta qiyinchilik shundaki, u navbati bilan oktava, nota, o'lchov, notaning cho'zilma va hokazolarni ko'rsatuvchi belgilarni idrok etib, ularni qanday qilib tovushga birlashishini aqliy jihatdan tasavvur etishi lozim. Bundan tashqari, Brayl nota tizimida tovush balandligining grafik ko'rinishi mavjud emas. Ya'ni istalgan oktavadagi har bir nota bir xil yoziladi va faqat oktava belgisi tegishli notaning o'rnini ko'rsatadi. Shunday qilib, ko'zi ojizlar uchun notalar bo'yicha o'qishdagi asosiy qiyinchilik tizimning juda murakkabligi bilan tavsiflanib, uni o 'zlashtirish chuqur idrok, yaxshi xotira va turli xil musiqiy elementlarni doimiy ravishda tahlil qilish va o'zaro bog'lashni talab etadi.
Yana bir ob'ektiv qiyinchilik musiqani o'rganishning eng muhim tarkibiy qismlaridan biri bo'lgan ritmni rivojlantirish bilan bog'liq. Ko'rish imkoniyati cheklangan bolalar va yoshlar bilan ishlash tajribasi shuni ko'rsatdiki, harakatlanishlardagi cheklanganlik va ular to'g'risidagi taassurotlar ko'zi ojizlarda ritm hissining cheklanishiga olib keladi. Ko'zi ojiz va ko'rish qobiliyati past bo'lgan o'quvchilarda pedagogning aniq qiyofasi (ular pedagogning na yuzini, na imo-ishorasini ko'rishadi), harakatining vizual tasvirlari mavjud emasligi sababli, axborotni qabul qilishdagi asosiy yuklama eshitish va sezish organlariga tushadi. Shubhasiz, ko'rish qobiliyati cheklangan o'quvchilar uchun o'zlashtirishning dastlabki bosqichi ancha qiyin bo'lib, materialni ko'p martalab mustahkamlash, qiyin joylarni takrorlash va xatolar ustida ongli ishlashni talab qiladi.
Hozirgi kunda, ko'rish imkoniyati cheklangan talabalar tomonidan Brayl nota tizimiga asoslangan darslik va o'quv qo'llanmalarga bo'lgan katta ehtiyoj mavjud. Musiqiy nazariy fanlar bo'yicha Brayl relyef-nuqtali shriftida o'quv-uslubiy
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(6), June, 2023
materiallar deyarli mavjud emas. Biroq, faqatgina uquv uslubiy qo'llanmalar va darslik asosida - ko'zi ojiz talabalar, boshqa talabalar qatorida, sifatli va to'laqonli musiqiy ta'lim olish imkoniyatiga ega bo'ladilar!
Demak, ko'zi ojiz talabalarning professional musiqaviy oliy ta'lim olish imkoniyatlarini kengaytirish va ta'lim olish sifatini oshirish uchun o'quv-uslubiy adabiyotlarni tayyorlash zarurdir.
Shuni ta'kidlash kerakki, Brayl shriftida musiqa fanlari bo'yicha darsliklarni yaratish juda murakkab jarayon. Qolaversa, musiqiy o'quv qo'llanmalarni yaratish uchun maxsus kompyuter dasturlarni o'zlashtirishni talab qiladi. O'quv adabiyot yaratish jarayonida Sibelius (Sibellius), Dastberi (Dustberry), Muzik Brayl editor (Music Braille Editor) kabi kompyuter dasturlarini o'zlashtirishni ham talab etadi. Sibelius (Sibellius) dasturi - aynan musiqiy misol yoki asarlarni kompyuterda yozish va eshitish imkoniyatini beradi. Dastberi (Dustberry) - aynan kompyuter orqali Brayl asosida adabiy hamda musiqiy matnni yozishga yordam beradi. Muzik Brayl editor (Music Braille Editor) dasturi orqali kompyuter yordamida Brayl tizimi tamoyillari bo'yicha notalarni yozish, hamda yozilgan misollarni eshitish mumkin.
Shuningdek, O'zbekiston davlat konservatoriyasida "Musiqa nazariyasi" maxsus fanlarini bo'yicha o'quv-uslubiy ta'minotini yaratish maqsadida san'atshunoslik fanlari nomzodi, professor Matyakubova S.K rahbarligida muallif ko'rishda nuqsoni bo'lgan talabalar uchun "Solfedjio", "Maqom solfedjio" va "Garmoniya" kurslari uchun o'quv-qo'llanma yaratilgan. Ushbu o'quv qo'llanmalar O'zbekiston oliy musiqa ta'lim muassasalarida ko'rishda nuqsoni bo'lgan talabalarning "Solfedjio" va "Garmoniya" kurslarini o'rganishi uchun mo'ljallangan.
Shunday qilib, nogironlar huquqlari to'g'risidagi xalqaro Konvensiya, shuningdek, milliy darajadagi qonun hujjatlari bilan belgilangan nogironligi bo 'lgan yoshlarning oliy ta'lim olish imkoniyatini kengaytirish bo'yicha dasturiy chora-tadbirlar va vazifalar majmuini ta'minlashga faqatgina tegishli o'quv-uslubiy adabiyotlar bilan yetarli darajada shakllantirish asosida erishish mumkin.
"Universal dizayn" va mavjud arxitekturaviy muhit, o'quv-uslubiy ta'minot va qulay ijtimoiy muhit inklyuziv ta'lim jarayonining zarur elementlari hisoblanadi. Ushbu o'zaro bog'liq va bir-birini to'ldiruvchi chora-tadbirlarning amaliyotga joriy etilishi nogironligi bo'lgan talabalarga nafaqat o'quv jarayoniga integratsiyalashuviga, balki malakali va kerakli mutaxassis bo'lishlarini ta'minlaydigan yuqori akademik natijalar va tegishli kasbiy malakalarga ega bo'lishlariga yordam beradi.
XULOSA
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(6), June, 2023
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)
1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. [Elektron manba]. 2023 URL: https://lex.uz/docs/6445147.
2. «Nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlari to'g'risida» O'zbekiston Respublikasining Qonuni, 15.10.2020 yildagi O'RQ-641-son https://lex.uz/docs/-5049511.
3. «Ta'lim to'g'risida» O'zbekiston Respublikasining Qonuni, 23.09.2020 yildagi O'RQ-637-son https://lex.uz/docs/-5013007.
4. «Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida» O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 13.10.2020 yildagi PQ-4860-son https://lex.uz/ru/docs/-5044711.
5. «Nogironligi bo'lgan shaxslarni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida» O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 01.12.2017 yildagi PF-5270-son https://lex.uz/docs/-3436192.
6. «Ko'zi ojiz va zaif ko'ruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda ta'lim berish sifatini oshirish hamda ular faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida» O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 18.04.2022 yildagi PQ-209-son https://lex.uz/uz/docs/-5966089.
7. Баринова Е.Б. Концептуально-методологические основы инклюзивного образования в Российской Федерации // Современное образование. - 2021. - № 3. - С.42-52 [Elektron manba]. URL: https://nbpublish.com/library read article.php?id=32247.
8. Юсупов Д. Узбекистан: как обеспечить доступность высшего образования для людей с инвалидностью? CABAR.asia, 1 марта 2019. [Elektron manba]. URL: https://cabar.asia/ru/uzbekistan-kak-obespechit-dostupnost-vysshego-obrazovaniya-dlya-lyudej-s-invalidnostyu.
9. Смирнов А.А. Инклюзивное музыкальное образование: зарубежный и отечественный опыт. // Среднее профессиональное образование. - 2015. - № 1.
С.56-59.