Научная статья на тему 'O’ZBEKISTONDA BOLA HUQUQLARI KAFOLATLARI'

O’ZBEKISTONDA BOLA HUQUQLARI KAFOLATLARI Текст научной статьи по специальности «Прочие гуманитарные науки»

CC BY
15
22
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Demokratiya / Konstitutsiya / qadr-qimmat / erkinlik / huquq / jamiyat / oila.

Аннотация научной статьи по прочим гуманитарным наукам, автор научной работы — Inomjonov Zaxiriddin Zafarjon Oʻgʻli, Davlataliyeva Dilshoda Zohidjon Qizi

Ushbu maqola bola huquqlari, ya'ni inson huquqlari avvalambor O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlanganligini, Konstitutsiyamizning bosh yo'nalishi insonni va uning hayotini ulug'lash ekanligini, inson va uning hayoti, eriknligi, sha'ni, qadrqimmati hamda boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanishini yoritishga bag 'ishlanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’ZBEKISTONDA BOLA HUQUQLARI KAFOLATLARI»

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES

- ä V. '

m

M 1

M

SIANIQUHNAI. OH ICIPClSlRY RESEARCH AGEMENT STUDIES

O'ZBEKISTONDA BOLA HUQUQLARI KAFOLATLARI

Inomjonov Zaxiriddin Zafarjon o'g'li Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnalogiyalar instituti " Qishloq xo'jaligi huquqi va agroturizm" kafedrasi assistenti Davlataliyeva Dilshoda Zohidjon qizi Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnalogiyalar instituti Yurisprudensiya ta'lim yo'nalishi 1-109-guruh talabasi. Telefon: +998 50 504 72 04 E-mail: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.12798139

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received:17th June 2024 Accepted:18th June 2024 Published: 25th June 2024 KEYWORDS

Demokratiya, Konstitutsiya, q erkinlik,huquq, jamiyat, oila. ladr-qimmat,

Ushbu maqola bola huquqlari, ya'ni inson huquqlari avvalambor O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida

mustahkamlanganligini, Konstitutsiyamizning bosh yo'nalishi -insonni va uning hayotini ulug'lash ekanligini, inson va uning hayoti, eriknligi, sha'ni, qadrqimmati hamda boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanishini yoritishga bag 'ishlanadi.

"Har bir bolaning barcha huquqlariga amal qilinishi kerak"BMT Bosh kotibi Antoniu Gutterish Bolalar har doim mehrga, g'amxo'rlikka muhtoj bo'ladi. Ularning huquq va erkinliklari to'liq kafolatlanishi shaxs shakllanishi, davlat va jamiyat istiqboli mustahkam bo'lishida nihoyatda muhim. Agar davlat yosh avlodni barkamol va har taraflama yetuk qilib o'stirsa, anashu yurtning kelajagi porloq deganidir. Shunga xulosa o'rnida, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta'kidlaganidek, «Biz uchun jamiyatda begona bola yo'q va bo'lmasligi kerak. Hammasi o'zimizning, O'zbekistonimizning bolalari. Vaqtida mehr ko'rsatsak, ishga, ilmga, kasbu hunarga, ezgu fazilatlarga o'rgatsak, ularning yo'lini ochib bersak, ertaga foydasi o'zimizga, jamiyatimizga tegadi». Prezidentimizning takidlagan manashu fikri bola huquqlari kafolatlari jamiyat uchun va albatta yurtimizning kelajagi uchun naqadar ahamiyatli ekanligini ko'rsatmoqda.

Mening uchun huquqiy ta'rif shunday: bola huquqlari - bolaga nisbatan inson huquqlari toifasi, irqi, jinsi, tili, dini, tug'ilgan joyi, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiyligi, ijtimoiy mavqeidan qat'I nazar, har bir bola ega bo'lishi kerak bo'lgan huquq va erkinliklar deb bilaman.

Agar yaxshilab razm solsak, ushbu ta'rif mohiyati Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining asosiy g'oyalaridan kelib chiqadi. Deklaratsiyaning 25-moddasi bolalarga bag'ishlangan bo'lib, "Onalik va bolalik alohida g'amxo'rlik va yordam olish huquqini beradi", deb belgilab qo'yilgan.

Xalqaro darajada bola huquqlarini maxsus tartibga solishga qaratilgan deklaratsiyalar va konvensiyalar ko'p. 1924 yilda qabul qilingan Bola huquqlari to'g'risidagi Jeneva deklaratsiyasi, 1959 yildagi Bola huquqlari to'g'risidagi deklaratsiya, 1989 yildagi Bola huquqlari konvensiyasi kabilar shular jumlasidan.

Volume 1, Issue 10, June 2024

Page 179

Bola huquqlari to'g'risidagi konvensiya bola huquqlari bo'yicha asosiy hujjatlardan biri hisoblanadi. Sababi, 10 yil davomida, ya'ni 1979 yildan 1989 yilgacha Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo'yicha komissiyasida ishtirok etgan dunyoning ko'plab mamlakatlari mutaxassislari bola huquqlari to'g'risidagi yangi hujjatning matnini ham ishlab chiqishda qatnashdilar. Hujjatda bolaning jamiyatdagi hayotiningbarcha jabhalari maksimal darajada hisobga olingan. Va nihoyat 1989 yil 20 noyabrda BMTning Bola huquqlari to'g'risidagi konvensiyasi tashkilot Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilindi va 1990 yil 2 sentyabrdan kuchga kirgan.

E'tiborli jihati, davlatlar tomonidan tarixdagi eng ko'p ratifikatsiya qilingan inson huquqlari bo'yicha hujjatga aylandi. Bu bilan mamlakatlar dunyo miqyosida bolalar oldida tarixiy majburiyat olishdi. Natijada butun dunyo bo'ylab bolalar hayotini ijobiy o'zgartirishga yordam berdi. O'zbekiston Respublikasi ham mustaqilligining dastlabki yillaridanoq, aniqrog'i, 1992 yil 9 dekabrda ushbu Konvensiyani ratifikatsiya qildi.

Mamlakatimizda bola huquqlari kafolatlarini ta'minlash, ularni himoya qilish uchun zarur tashkiliy-huquqiy sharoitlar yaratish davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu bois, yurtimizda bu borada salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, bola huquqlari kafolatlarining qonunchilik asoslari bo'lgan Oila kodeksi, "Ta'lim to'g'risida"gi, "Bola huquqlarining kafolatlari to'g'risida"gi, "Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida"gi,

"Bolalarni ularning sog'lig'iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to'g'risida"gi, "Nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlari to'g'risida"gi va boshqa shu kabi qonunlar qabul qilindi.

Ular orasida "Bola huquqlarining kafolatlari to'g'risida"gi Qonun alohida ahamiyatga ega. Unda bola huquqlarining kafolatlari ta'minlanishi bilan bog'liq munosabatlar ishtirokchilari, ularning huquq hamda majburiyatlari aniq aks etgan. Shuningdek, qonunda bola huquqlarini himoya qilish bo'yicha davlat siyosati, bola huquqlarining kafolatlari, ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar huquqlarining qo'shimcha kafolatlari kabi bolalarning huquqiy himoyasi mustahkamlab qo'yilgan.

Shu bilan birga, keyingi yillarda yurtimizda bu boradagi ishlar yangi bosqichga ko'tarilib, bolalar mehnatiga butunlay chek qo'yildi. Yetim bolalar va ota-onasining qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimi takomillashtirildi. Bolalar huquqlarini ta'minlash maqsadida bir qator muhim hujjatlar qabul qilindi. Bola huquqlarini ta'minlash maqsadida qabul qilingan hujjatlarni bari yurtimizda amal qilmoqda. Bu jarayonning mohiyati shundaki, davlatimizning kelajagi buyukligini anglatadi.

Mazkur hujjatlarda bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta'minlash, bolaning hayoti va sog'lig'ini, qadrqimmatini muhofaza qilish, uning kamsitilishiga yo'l qo'ymaslik, yosh avlodning jismoniy, intellektual, ma'naviy va axloqiy kamol topishiga ko'maklashish kabi davlat siyosatning ustuvor yo'nalishlari belgilab berildi. Belgilangan ustuvor yo'nalishlar orqali bolaning mukammal darajada bilim berib yaxshi muhitda voyaga yetkazish va kelgusida davlatimiz ravnaqi yo'lida o'z hissasini qo'shuvchi komil inson tayyorlashdir.

Agar xalqaro tajribaga e'tibor bersak, dunyoning ko'plab mamlakatlarida, xususan, Avstriya, Belgiya, Germaniya, Daniya, Islandiya, Ispaniya, Rossiya, Norvegiya, Finlyandiya, Shvetsiya, Kolumbiya, Kosta-Rika, Peru, Kanada, Isroil va Yangi Zelandiyada bolalar bo'yicha Ombudsman instituti faoliyat ko'rsatmoqda.

Prezidentimizning "Bola huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qaroriga binoan Oliy Majlisning Inson huquqlari bo'yicha vakili (ombudsman) o'rinbosari — Bola huquqlari bo'yicha vakil instituti joriy etildi. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda ham bola huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ta'minlash vazifasi ham o'z ifodasini topdi. Xususan, alohida bir bob — XIV bob oila, bolalar va yoshlar

masalasiga bag'ishlangan. Bosh qomusimizning 77-moddasida ota-onalar va ularning o'rnini bosuvchi shaxslar o'z farzandlarini voyaga yetguniga qadar boqishi, ularning tarbiyasi, ta'lim olishi, sog'lom, to'laqonli va har tomonlama kamol topishi xususida g'amxo'rlik qilishga majburdirlar.

Davlat va jamiyat yetim bolalarni hamda ota-onasining vasiyligidan mahrum bo'lgan bolalarni boqishni, tarbiyalashni, ularning ta'lim olishini, sog'lom, to'laqonli va har tomonlama kamol topishini ta'minlaydi, shu maqsadda xayriya faoliyatini rag'batlantiradi. 78-moddasida esa farzandlar ota-onasining nasl-nasabi va fuqarolik holatidan qat'i nazar, qonun oldida tengdirlar. Bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta'minlash hamda himoya qilish, uning jismoniy, aqliy va madaniy jihatdan to'laqonli rivojlanishi uchun eng yaxshi shart-sharoitlarni yaratish davlatning majburiyatidir.Onalik, otalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi, deb belgilab qo'yildi.

Shuningdek 79-moddada Davlat yoshlarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik huquqlari himoya qilinishini ta'minlaydi, ularning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirok etishini rag'batlantiradi.

Davlat yoshlarning intellektual, ijodiy, jismoniy va axloqiy jihatdan shakllanishi hamda rivojlanishi uchun, ularning ta'lim olishga, sog'lig'ini saqlashga, uy-joyga, ishga joylashishga, bandlik va dam olishga bo'lgan huquqlarini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratadi, deb belgilab qo'yildi. Tahlillar shuni ko'rsatmoqdaki, milliy qonuchiligimizda bola huquqlari bilan bog'liq bo'lgan qonun hujjatlari soni 40 dan, qonunosti hujjatlari soni 500 dan ortiqni tashkil etadi. Bu esa bola huquqlari sohasidagi qonunchilik bilan ixtisoslashgan holda ish olib borish hamda uning ijrosi bo'yicha ta'sirchan mexanizmlarni yaratish zaruriyatini yuzaga keltirdi.

Sir emaski, ko'pgina xorijiy mamlakatlarda Bolalar ombudsmani faoliyati maxsus qonunlar bilan tartibga solinadi. Shu ma'noda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining bir guruh deputatlari tashabbusi bilan "O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning Bola huquqlari bo'yicha vakili (Bolalar ombudsmani) to'g'risida"gi qonun loyihasi ishlab chiqildi. Ayni chog'da ushbu qonun loyihasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari qo'mitasi tomonidan ikkinchi o'qishga tayyorlanmoqda. Mazkur qonun loyihasida Bolalar ombudsmanini saylash tartibi, vazifalari, huquqlari va majburiyatlari, faoliyatining asosiy jihatlari, murojaatlarni ko'rib chiqish tartib-taomillari, davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorligi belgilanmoqda. Shuningdek, Bola huquqlari bo'yicha vakilning bolaga nisbatan qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g'ayriinsoniy yoki qadrqimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo'llashning oldini olishga doir faoliyati alohida moddada keng tarzda bayon etilmoqda. Keyingi vaqtlarda bolalar bilan bog'liq huquqbuzarliklar, bolaga qarshi jinoyatlar uchrayotgani sir emas. Ushbu holatlarda bolaning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning kafili bo'lishi nuqtai nazaridan Bola huquqlari bo'yicha vakilning tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ, surishtiruv, dastlabki tergov organlari, prokuratura va sud bilan hamkorligi ham belgilab qo'yilmoqda. Xulosa qilib aytganda, mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi bolalarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini yanada mustahkamlaydi. Eng muhimi, bolalar huquqlarini amalga oshirish sohasidagi islohotlarni to'ldiradi, himoyaga eng muhtoj bolalarga g'amxo'rlik ko'rsatishga asos bo'ladi.

Yuqoridagilardan ko'rinib turibdiki, davlatimizning bola huquqlarini himoya qilish yuzasidan Konstitutsiya va qonunlarda belgilab qo'yilgan normalarni hayotga izchil tadbiq etish yo'lida olib borayotgan siyosati bolaga va uning huquqlarini ta'minlashga qaratilgan. Biror bir bolaning huquqi sud organining asoslantirilgan qaroridan tashqari hech bir organ yoki mansabdor shaxs tomonidan cheklanishi mumkin emas.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati: 1. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.-T.: "Adolat", 2023.

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES à

2. Saidov A.X. Inson huquqlari bo'yicha xalqaro huquq. Darslik. - T.: Konsauditinform-Nashr, 2006.

3. Inson huquqlari Toshkent "Adolat" 2013 4. BO^A XyKyK^APM TYFPMCM^A OНВЕНЦMfl

5. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari

6. INSON HUQUQLARI BO'YICHA O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY MARKAZI rasmiy veb-sayti

7. Advice.uz veb sayti va Lex.uz

Volume 1, Issue 10, June 2024

Page 182

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.