Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDA BIOIQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH YO‘LLARI VA “BIODEGRADABLE” DAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI'

O‘ZBEKISTONDA BIOIQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH YO‘LLARI VA “BIODEGRADABLE” DAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

99
26
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Bioiqtisodiyot / Biodegradable / plastik chiqindilar / tabiiy parchalanish / biotuvakchalar. / Bioeconomy / Biodegradable / plastic waste / natural decomposition / biopots.

Аннотация научной статьи по Сельскохозяйственные науки, автор научной работы — E. Z Nortoshev, B.T. Qudratov, Fayozjon Ilxomjon Ogli Rayimov

Ushbu maqolada bioiqtisodning roʻli va rivojlanishi koʻrib chiqilgan holda Bio parchalanuvchi (Biodegradable) ishlab chiqarish va undan foydalanish samaradorligi koʻrib chiqilgan. Tadqiqot natijalariga koʻra goʻng, biogumus va yogʻoch qipigʻining turli hil kombinatsiyalashgan sharoitda qoʻshimchalar qoʻshgan holda bio parchalanuvchi (Biodegradable) tuvakchalari tayorlanib sinovdan oʻtkazilgan va bio parchalanuvchi (Biodegradable)ning tarkibidagi gumus va goʻng nisbatlari suv saqlashda muxum ahamiyatga ega boʻldi. Tarkibidagi biogumus miqdori suvni oʻzida yaxshi saqlash qobilyatiga ega ekanligi hisoblandi. Tarkibidagi goʻng miqdori suvni oʻzida yaxshi saqlashi uchun yogʻoch miqdori shunga mutanosib bolishi zarurligi koʻrib chiqildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article examines the role and development of the bioeconomy, and considers the possibility of producing and using biodegradable materials. According to the results of the research, biodegradable bags with the addition of manure, biohumus and wood chips were prepared and tested under various conditions, and the ratio of humus and manure in the biodegradable material became important for water saving. It is estimated that the biohumus content has the ability to retain water well. It was believed that the amount of wood should be proportional to the amount of manure in its composition in order to retain water well.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDA BIOIQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH YO‘LLARI VA “BIODEGRADABLE” DAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI»

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

O'ZBEKISTONDA BIOIQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH YO'LLARI VA "BIODEGRADABLE" DAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI

E. Z Nortoshev

2-bosqich Magistratura talabasi, TDAU SF elyornortoshev11@gmail.com

B.T. Qudratov

TDAU SF "Iqtisodiyot, barqaror qishloq xo'jaligi va raqamli texnlogiyalar kafedrasi"

assistenti kudratov.bekzod97@gmail.com

Fayozjon Ilxomjon o'g'li Rayimov

Magistratura talabasi, TDAU SF

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada bioiqtisodning ro'li va rivojlanishi ko'rib chiqilgan holda Bio parchalanuvchi (Biodegradable) ishlab chiqarish va undan foydalanish samaradorligi ko'rib chiqilgan. Tadqiqot natijalariga ko'ra go'ng, biogumus va yog'och qipig'ining turli hil kombinatsiyalashgan sharoitda qo'shimchalar qo'shgan holda bio parchalanuvchi (Biodegradable) tuvakchalari tayorlanib sinovdan o'tkazilgan va bio parchalanuvchi (Biodegradable)ning tarkibidagi gumus va go'ng nisbatlari suv saqlashda muxum ahamiyatga ega bo'ldi. Tarkibidagi biogumus miqdori suvni o'zida yaxshi saqlash qobilyatiga ega ekanligi hisoblandi. Tarkibidagi go'ng miqdori suvni o'zida yaxshi saqlashi uchun yog'och miqdori shunga mutanosib bolishi zarurligi ko'rib chiqildi.

Kalit so'zlar: Bioiqtisodiyot, Biodegradable, plastik chiqindilar, tabiiy parchalanish, biotuvakchalar.

ABSTRACT

This article examines the role and development of the bioeconomy, and considers the possibility of producing and using biodegradable materials. According to the results of the research, biodegradable bags with the addition of manure, biohumus and wood chips were prepared and tested under various conditions, and the ratio of humus and manure in the

May 12-13

456

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

biodegradable material became important for water saving. It is estimated that the biohumus content has the ability to retain water well. It was believed that the amount of wood should be proportional to the amount of manure in its composition in order to retain water well.

Keywords. Bioeconomy, Biodegradable, plastic waste, natural decomposition, biopots.

KIRISH. Yerning energiya resurslarini tejash, muqobil energiya manbalarini rivojlantirish va energiya samaradorligini oshirish, chiqindilardan samarali foydalanish va ularni qayta ishlash, biologik qayta tiklanadigan energiyani yaratish va rivojlantirish, qishloq xo'jaligi barqarorligini oshirish va shu kabi ko'plab masalalar yuzasidan bioiqtisodiyot tarmoqlari vujudga keldi. [1] Dunyo aholisining doimiy o'sib borishi sharoitida vujutga kelayotgan oziq-ovqat tanqisligi hamda ekologik muammolarni hal etish bioiqtisodiyot rivojlanishining asosiy omili bo'ldi. Bundan tashqari foydali qazilmalar, xom ashyo va energiya resurslarining cheklanganligi; atrof-muhitning ifloslanishi va atrof-muhitga zarar yetkazilishi; kosmik tadqiqotlarni jadallashtirish; to'rtinchi sanoat inqilobi, biotexnologiyaning fan sifatida jadal rivojlanishi, nanotexnologiya va nanotexnologiyaning paydo bo'lishi; texnologik rivojlanish sur'atlarini individual tezlashtirish kabi omillarni ham kiritish mumkin. [2] Bioiqtisodiyotni rivojlantirish asosan 2 yo'nalishda amalga oshiriladi 1- chiqindilarni qayta ishlash; 2 - tabiiy materiallarda tayyorlangan ekologik parchalanadigan bio mahsulotlar ishlab chiqarish.

Ushbu maqolada 2- yo'nalish bo'yicha ish olib borilgan va Bio parchalanuvchi (Biodegradable) ishlab chiqarish va uning samaradorligi haqida so'z yuritilgan. Dunyo miqyosida Bio parchalanuvchi (Biodegradable) tuvaklar dastlab 1950-yillarning o'rtalarida paydo bo'lgan va o'simlik ko'chatlarini yetishtirish uchun ishlatila boshlangan. [3]

Bio parchalanuvchi (Biodegradable) aslida nima? Bu biologik parchalanadigan plastmassalar - turli polimerlarning katta oilasi. Ular o'simlik xom-ashyosidan ishlab chiqariladi va tabiatga zarar yetkazmasdan zararsiz moddalarga parchalanadi. Ulardan ba'zilari tabiiy sharoitda, asosiy qismi esa kompostlash jarayonida parchalanadi. [4]

Biologik parchalanadigan tuvaklar asosan o'simliklardan olingan tolalardan, o'simlik ildizlaridan, oziq-ovqat chiqindilaridan, hayvonlar yungi va go'ngidan ishlab chiqarilishi mumkin. Biologik parchalanadigan

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

tuvaklarni tayyorlashda ishlatiladigan ba'zi ekologik toza materiallarga yog'och, bambuk, barg xazonlari va qog'oz kiradi. [5]

Yevropa standartiga ko'ra, biodegradable quyidagi mezonlarga javob bersa, uni biologik parchalanadigan deb atash mumkin:

• Materialning 6 oy ichida kamida 90% ga mikroorganizmlar mavjudligida CO2 va H2O ga parchalanish qobiliyati;

• Materialning to'liq parchalanishi (3 oydan keyin 2 mm katta bo'laklar soni materialning umumiy massasining 10% dan oshmasligi kerak);[6]

Yevropa Ittifoqi Bosh ilmiy maslahatchilar guruhining 2020 yildagi "Ochiq muhitda plastmassaning biologik parchalanishi" nomli hisobotiga ko'ra: Amalda deyarli barcha kimyoviy birikmalar va materiallar biodegradatsiyaga uchraydi, bunga asosiy element vaqt hisoblanadi. Sabzavot chiqindilari kabi narsalar bir necha kun ichida parchalanishi mumkin, shisha va ba'zi plastmassalarning parchalanishi uchun ming yillar kerak bo'ladi. Buni anniqlash uchun maxsus laboratoriya sharoitida yuqori bosim berish orqali tajribalar o'kazilib, har bir material yoki birikmaga keraklicha bosim beriladi. Laboratoriyadagi "biologik parchalanish" va atrof-muhitdagi haqiqiy "biologik parchalanish" o'rtasidagi farqni umumiy baholashda diqqat bilan e'tiborga olinishi kerak. Haqiqiy biodegradatsiyani sinovdan o'tkazish birikmalarning biologik parchalanish davrining uni qo'llash kontekstida tekshirish uchun zarurdir.[6]

(1-jadval.)

Odatiy tuproq sharoitida moddalarning parchalanishiga ketadigan vaqt [7]

Modda va material turi Parchalanishga ketadigan vaqt

Shisha idishlar Hech qachon

Plastik qoplar 10-1000 yil

Nam sochiqlar 100 yil

Plastik shisha qopqoqlari 10-500 yil

Sintetik materiallar 100 yil

Ko'pikli plastik stakanlar 50 yil

Qurulish chiqindilari 3-10 yil

Junli matolar 1-5 yil

Arqon va kanop 3-14 oy

Apelsin qobig'i 6 oy

May 12-13

458

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

Banan qobig'i 6 oy

Paxtali matolar 6 oy

Yog'och qoldiqlari (qirrindi) 4-6 oy

Qog'oz chiqindilar 1-1,5 oy

Olma chiqindisi 2 oy

Oziq-ovqat chiqindilari* 3 kundan 3 oygacha

Karton (qayta ishlangan qog'oz) 2 oy

Hayvonlar go'ngi 2-3 oy

Sabzavot chiqindilari 5 kundan 1 oygacha

Qog'oz sochiqlar 2-4 hafta

Oziq-ovqat chiqindilari*_ tarkibida yuqori aminakislotalar va oqsillar saqlaydigan moddalar, qovurilgan go'sht, baliq suyagi va boshqalar.

1-jadvalni hisobga olgan holda biodegradable tayyorlash uchun material va birikmalarni tanlab olish mumkin. Ya'ni [6] va [7] da keltirilgan ma'lumotlar va ko'rsatgichlardan kelib chiqgan holda to'liq parchalanish muddati 6 oydan ko'p bo'lmagan material va birikmalarni tanlab olish zarur. Ushbu maqolada hayvonlar go'ngi va biogumusning yog'och qipig'i bilan har hil kombinatsiyalashgan sharoitida qo'shimchalar qo'shgan holda biodegradable tuvakchalari tayyorlanib sinovdan o'tkazilgan va dastlabki natijalar bayon etilgan. Material va metodlar

Ushbu Tadqiqot ishini olib borishda Bio parchalanuvchi (Biodegradable) tayyorlash uchun ishlatilgan xom-ashyolar keltirilgan (1-rasm).

Chorva go'ngi mahalliy chorva boquvchi aholidan olingan bo'lib bir yoki ikki yilgi go'ng foydalanish uchun samarali ekanligi ko'rib chiqildi. Bu tuvakchalar ishlab chiqarish uchun eng asosiy mahsulot hisoblanadi.

May 12-13

459

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

Biogumus

1-Rasm. Xom-ashyo materiallari

Yog'och qipig'i yog'ochlarni arralash, silliqlash, frezalash, tekislash va yo'nish kabi yog'ochga ishlov berish jarayonida vujudga keladigan qo'shimcha mahsulot yoki chiqindilar.[8] Tajribaga hom ashyo sifatida yog'ochni yo'nish jarayonidan qolgan qoldiqlardan foydalanilgan. Qo'y yungi ushbu aralashmada oraliq vosita sifatida foydalaniladi va mahsulotning pishiq bo'lishini ta'minlaydi. Tabiiy makkajo'xori donidan olingan kraxmaldir. Kraxmal yadroning endospermidan olinadi. Aralashmada yopishtiruvchi vosita sifatida foydalaniladi.

Namuna uchun aralashma tayorlash va qoliblash jarayoni: Tadqiqot uchun tanlab olingan materiallar dastlab ko'zdan kechirildi va 4 xil nisbatda aralashma xosil qilindi. Go'ng - yog'och qipig'i - biogumus 1 (2:1 - 600 g : 300 y); 2 (1:1 - 450g : 450 y); 3 ( 2:0.5:0.5 - 600g : 150 y : 150 b) 4 ( 1:1:1 - 300g : 300y : 300b). Yopishtiruvchi moddalar makkajo'xori kraxmali va qo'y yungi 1:1 nisbatda (50 k : 50 qy ) solindi va har bir xil aralashmaga bir hil hajmda solindi. Va maxsus aralashtirgich yordamida 3 daqiqa yaxshilab aralashtirildi. To'liq aralashtirilgach tayyor bo'lgan qotishma maxsus yasalgan qolipli uskunaga solindi va qoliblar olindi. (2-rasm)

May 12-13

460

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

2-Rasm. Qoliplash uskunasi va qoliplash jarayoni

Qoliplangan tuvakchalar quritilgandan so'ng turli testlardan o'tkazildi jumladan suv saqlash suvni saqlash testlari har bir tur aralashma uchun qo'llandi. Quritilgan tuvakchalarni suv saqlash darajasini aniqlash uchun tuvakchalarga 0.5 litr hajmda suv solindi vaqt birligida hamda og'irlik o'lchash orqali aniqlandi. (3-rasm)

3-Rasm. Suv saqlash testi Natijalar: Suv testi natijalariga ko'ra 1,2,3,4 xil aralashmalardagi holat quyidagicha bo'ldi. (2-jadval)

2-jadval

Aralashma xili Vaqt o'lchash testi Og'irlik o'lchash

May 12-13

461

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

testi

1 xil (2:1 - 600 g : 300 y); 60 daqiqa 350 gr

2 xil (1:1 - 450g : 450 y); 50 daqiqa 400 gr

3 xil ( 2:0.5:0.5 - 600g : 150 y : 150 b) 45 daqiqa 350 gr

4 xil ( 1:1:1 - 300g : 300y : 300b). 35 daqiqa 400 gr

1-Grafik. Og'irlik va vaqtni o'lchash testi

2-jadval va 1- grafikdan ko'rinib turibdiki suv saqlashqobiliyati tuvaklarning tarkibi bilan uzviy bog'liq bo'lib, asosan tarkibidagi go'ng va biogumus miqdoriga bog'liq. 1,2,3,4 xil aralashmalarning har biriga 500 ml miqdorda suv solindi va uning og'irligi 1-formula orqali hisoblandi.

" " (1)

S =

-'m

M1-M0 Mn

Bu yerda Sm- tuvakning suv taqsimlash massasi, M1-Tuvakning suv shimigan massasi, M0-Quruq tuvakning massasi.

Bio parchalanuvchi (Biodegradable)dan foydalanish samaradorligi:

Biologik parchalanishdan tashqari, ushbu tuvaklar ko'plab afzalliklarga ega, jumladan, ildizlarning buzilishi, transplantatsiya tremori va ildizlar tinchlanayotganda to'xtash vaqti yo'q. Bundan tashqari, bunday idishlar yaxshi suv ushlab turish qobiliyatiga ega va plastik idishlar bilan

May 12-13

462

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

solishtirganda oziqlantiruvchi vosita sifatida xizmat qilishi mumkin. Yana bir jihati, havoning ildizga kirib borishini qo'llab-quvvatlaydi va uni sog'lom qiladi. Shunday qilib, biologik parchalanadigan tuvakchalardan foydalanishni targ'ib qilish va foydalanish tabiat muvozanatini saqlashga yordam beradi va shu bilan kelajak avlod uchun ekologik xatarlarni oldini olishda yordam beradi.

Qishloq xo'jaligidagi ahamiyati. Bio parchalanuvchi (Biodegradable)ni targ'ib qilish va ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish O'zbekiston qishloq xo'jaligini diversifikatsiya qilish, uy xo'jaliklari daromadlarini oshirish, mahsulot yetishtirishda innovatsiyalarni jalb etish orqali mahsulot hajmini oshirish yo'llarini ko'rish kabi masalalarni hal etishi mumkun. [9], [10], [11],

Xulosa: Qishloq xo'jalik, sanoat yoki qurulish chiqindilaridan biodegradable ishlab chiqarish plastikdan voz kechishning ekologik, iqtisodiy va qishloq xo'jalik yechimlaridan biridir. Ushbu tadqiqotda go'ng, biogumus va yog'och qipig'ining turli xil kombinatsiyalashgan sharoitda qo'shimchalar qo'shgan holda bio parchalanuvchi (Biodegradable) tuvakchalari tayorlanib sinovdan o'tkazilgan va dastlabki natijalar bayon etilgan. Natijalarga ko'ra biodegradablening tarkibidagi gumus va go'ng nisbatlari muhum suv saqlashda muhum ahamiyatga ega bo'ldi. Tarkibidagi biogumus miqdori suvni o'zida yaxshi saqlashqobiltatiga ega ekanligi hisoblandi. Tarkibidagi go'ng miqdori suvni o'zida yaxshi saqlashi uchun yog'och miqdori shunga mutanosib bolishi zarurligi ko'rib chiqildi. Ushbu natijalar kelajakdagi tadqiqotlarni davom ettirishda, boshqa turdagi chiqindilarni sinab ko'rishda bu yerda keltirilgan natijalarni yaxshilashda foydalaniladi.

REFERENCES

[1] T. H. Rustamovna and N. G. Salimovna, "MS Possibilities of Bio Economic Development in Uzbekistan," pp. 860-866.

[2] B. A. Harris, W. J. Florkowski, and S. V. Pennisi, "Horticulture industry adoption of biodegradable containers," Horttechnology, vol. 30, no. 3, pp. 372-384, 2020, doi: 10.21273/H0RTTECH04563-19.

[3] "plastikovye-othody-vred-plastikovoe-zagryaznenie-planety-est-li-zhizn-bez @ optolov.ru." [Online]. Available: https://optolov.ru/uz/the-ceiling-in-the-bathroom/plastikovye-othody-vred-plastikovoe-zagryaznenie-planety-est-li-zhizn-bez.html

[4] Https://en.wikipedia.org/wiki/Biodegradation, "No Title", [Online]. Available: https://en.wikipedia.org/wiki/Biodegradation

May 12-13

463

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

г

[5] M. Manafi-Dastjerdi, M. Ebrahimi-Nik, A. Rohani, and S. Lawson, "Production of biodegradable pots from cattle manure and wood waste: effects of natural binders on mechanical performances and biodegradability," Environ. Sci. Pollut. Res., vol. 29, no. 14, pp. 20265-20278, 2022, doi: 10.1007/s11356-021-17235-6.

[6] SAPEA, Biodegradability of plastics in the open environment, no. 8. 2020. doi: 10.2777/284409.

[7] "https://stacker.com/environment/how-long-it-takes-50-common-items-decompose," https://stacker.com/environment/how-long-it-takes-50-common-items-decompose.

[8] Z. Respublik, S. I. Qurilish, Z. Toshkent, Q. Instituti, and M. P. Co, "RUSTAMOV O ' KTAM IKRAMOVICH YOG ' OCH QURILISH KONSTRUKTSIYALARI VA YOG ' OCH-QIPIQLI PLITALARNING YONUVCHANLIGINI KAMAYTIRISH MUAMMOSI," 2021.

[9] Saydullaeva, F. (2023). Innovative Solutions to Increase Dietary Diversity of Rural Households. American Journal of Agricultural Science, Engineering, and Technology, 7(2), 16-20. https://doi.org/10.54536/ajaset.v7i2.1552

[10] Muratov, S. (2022). The Role of Innovations in the Activities of Tomorka Farms in Samarkand Region. American Journal of Agricultural Science, Engineering, and Technology, 6(3), 135-141. https://doi.org/10.54536/ajaset.v6i3.965

[11] Хусниддин Абдимуминович Пардаев, Шавкат Турсункулович Хдсанов, and Шукрулло Абдурайимович Муратов. "ПОМИДОР ИШЛАБ ЧЩАРИШ ЗАНЖИРИДА СУБЪЕКТЛАР БИЛАН ЩТИСОДИЙ МУНОСАБАТЛАРИНИ РАГБАТЛАНТИРИШ ЙУЛЛАРИ" Academic research in educational sciences, vol. TSAU, no. Conference , 2022, pp. 125-136.

May 12-13

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.