Научная статья на тему 'O’ZBEKISTONDA BARQAROR RIVOJLANISHNI TAMINLASHDA “YASHIL IQTISODIYOT”NING AHAMIYATI'

O’ZBEKISTONDA BARQAROR RIVOJLANISHNI TAMINLASHDA “YASHIL IQTISODIYOT”NING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
195
37
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Resurs / “Yashil iqtisodiyot” / “yashillashtirish” / Strategiya / turistik-rekreatsion imkoniyatlar / innovatsion taraqqiyot / global inqiroz / ekologiya / Resource / “green economy” / “Greening” / Strategy / tourist-recreational opportunities / innovative development / global crisis / ecology.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Ibragimova, Sevara Muxamedjan Qizi

Ushbu maqolada bugungi kunga kelib resurslar tanqisligi muammosi keng tus olayotganligi sababli, “Yashil iqtisodiyotga” o’tish zarurligi yoritib berildi. Shuningdek, maqolada “Yashil iqtisodiyot” tushunchasi va O’zbekistonda barqaror rivojlanishni taminlashda uning ahamiyati haqidagi qarashlar keltirildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPORTANCE OF "GREEN ECONOMY" IN ENSURING SUSTAINABLE DEVELOPMENT IN UZBEKISTAN

This article highlights the need to move to a “green economy”, as the problem of resource shortages is becoming widespread to this day. The article also cited views on the concept of” green economy “ and its importance in ensuring sustainable development in Uzbekistan.

Текст научной работы на тему «O’ZBEKISTONDA BARQAROR RIVOJLANISHNI TAMINLASHDA “YASHIL IQTISODIYOT”NING AHAMIYATI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(5), May, 2023

O'ZBEKISTONDA BARQAROR RIVOJLANISHNI TAMINLASHDA "YASHIL IQTISODIYOT"NING AHAMIYATI

Ibragimova Sevara Muxamedjan qizi,

Toshkent Moliya instituti, "Bank ishi " kafedrasi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada bugungi kunga kelib resurslar tanqisligi muammosi keng tus olayotganligi sababli, "Yashil iqtisodiyotga" o'tish zarurligi yoritib berildi. Shuningdek, maqolada "Yashil iqtisodiyot" tushunchasi va O'zbekistonda barqaror rivojlanishni taminlashda uning ahamiyati haqidagi qarashlar keltirildi.

Kalit so'zlar: Resurs, "Yashil iqtisodiyot", "yashillashtirish", Strategiya, turistik-rekreatsion imkoniyatlar, innovatsion taraqqiyot, global inqiroz, ekologiya.

ABSTRACT

This article highlights the need to move to a "green economy", as the problem of resource shortages is becoming widespread to this day. The article also cited views on the concept of" green economy " and its importance in ensuring sustainable development in Uzbekistan.

Keywords: Resource, "green economy", "Greening", Strategy, tourist-recreational opportunities, innovative development, global crisis, ecology.

KIRISH

So'nggi yillar ichida "yashil" iqtisodiyot g'oyasi nafaqat ekologiya iqtisodchilari, balki dunyoda ham keng muhokama qilinadi. Bu borada turli siyosiy forumlarda, davlat rahbarlari, siyosatchi olimlar tomonida bu masalaga ko'p bora to'xtalib kelinayotganligi "yashillashtirish" siyosatiga bo'layotgan jiddiy e'tibor bo'lib hisoblanadi. Bugungi kunda zamonaviylashgan iqtisodiyot sharoitida insoniyat ehtiyoji ham misli ko'rilmagan tarzda oshib bormoqda. Bundan kelib chiqadiki, ehtiyojlarni qondirish uchun zarur bo'lgan resurslarni olishda tabiatga "murojaat qilish" ham ko'payib bormoqda.

"Yashil iqtisodiyot" mana shunday o'zgarishlar kelajak avlod hayotiga salbiy ta'sir qilishini oldini olish va ular uchun ham farovon hayot ta'minlash zaruriyatidan kelib chiqmoqda. Agarda amalga oshirilayotgan iqtisodiy munosabatlarning tabiatga salbiy ta'siri oldi olinmasa, u nafaqat kelajak avlod hayotiga, balki jamiyatning hozirgi sharoitiga ham jiddiy salbiy ta'sir ko'rsatadi. Va aksincha, insoniyatning atrof tabiiy muhitga munosabati o'zgarsa, ularda avvalo, ekologik madaniyat rivojlansa, ishlab chiqarish, xizmat ko'rsatish va mahsulotni iste'mol qilish bilan munosabatlar "yashillashtirish" sa'y-harakatlariga moslashsa, albatta, biz va kelajak avlod hayotining ijobiy tarafga o'zgaradi. Ya'ni "Yashil" iqtisodiyot aholi farovonligini

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

ta'minlashdagi va iqtisodiy o'sishda kabi barqaror rivojlanishda muhim ahamiyat kasb etadi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-oktyabrdagi PQ-4477-son qarori bilan tasdiqlangan 2019-2030-yillar davrida O'zbekiston Respublikasining "yashil" iqtisodiyotga o'tish Strategiyasida iqlim o'zgarishi oqibatlariga moslashish va ularni yumshatish, tabiiy resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish va tabiiy ekotizimlarni asrash bo'yicha bir qator vazifalar keltirilgan. Shuningdek, 2030-yilgacha bo'lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi Milliy maqsad va vazifalarning 15-maqsadi "Quruqlik ekotizimlarini himoyalash va tiklash, ulardan oqilona foydalanishga ko'maklashish, o'rmonlardan oqilona foydalanish, cho'llanishga qarshi kurashish, yerlarning yemirilishini to'xtatish va ortga qaytarish, bioxilma-xillikning yo'qolib ketish jarayonini to'xtatish"dan iborat. Bu esa o'z navbatida, hududlarning turistik-rekreatsion imkoniyatlaridan samarali foydalanish va ekoturizmni rivojlantirishtirish bilan bog'liq.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Resurslar tanqisligi, ekologik muammolar va iqtisodiy xavflar kabi bugungi kun muammolari A.V. Vaxabov, Sh.X. Xajibakiyev, Sh.A. Tashmatov, M.T. Butaboyevlarning ilmiy-tadqiqot ishlarida o'rganilgan. Ularning ilmiy ishlarida va ilmiy adabiyotlarida shu kabi muammolarga faqatgina yashil iqtisodiyotga o'tish orqali erishish mumkinligi qayd etilgan.

"Yashil iqtisodiyot"ni rivojlantirishning nazariy - amaliy jihatlari xorijlik iqtisodchi - olimlar William Hynes, Shannon Wang, Erik Solheim, Patricia, Ardakanian, Dirk Jaeger tomonidan tadqiq etilgan.

Uzoq xorij iqtisodchi olimlari, MDH vakillari T.V. Zaxarova, Valentin Pchelintsev, Tatyana Kruglikova, Irina Jivotovskaya, Tatyana Chernomorova, Tkachenko Aleksandr Aleksandrovich va boshqalar, yashil iqtisodiyotga o'tish zarurligi va bu mamlakat rivojiga yuqori darajada ta'sir etishini ta'kidlab o'tishgan.

TAHLIL VA NATIJALAR

Yashil iqtisodiyot bu shunday iqtisodiyotki bunda bandlik va daromadning o'sishi uglerod chiqindilari va ifloslanishni kamaytirish, energiya va resurslar samaradorligini oshirish, biologik xilma-xillik va ekotizim xizmatlarining yo'qolishining oldini olish imkonini beruvchi iqtisodiy faoliyatga, infratuzilma va aktivlarga davlat va xususiy investitsiyalarni jalb qilish orqali amalga oshiriladi. Bugungi kunda innovatsion taraqqiyotga erishish, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, cheklangan resurslardan maksimaldarajada oqilona foydalanish masalalari nafaqat milliy iqtisodiyot, balki butun jahon hamjamiyati oldida amalga oshirilishi lozim bo'lgan muhim vazifalardan sanaladi.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

So'nggi yillarda ekologiyaning buzilishi (iqlim o'zgarishi, cho'llashish, bio xilma-xillikning yo'qotilishi), tabiiy kapitalning tugab borayotganligi, kambag'allik miqyosining ortib borishi, chuchuk suv, oziq-ovqat, energiyaning yetishmasligi, odamlar va mamlakatlar o'rtasidagi tengsizlik kabi muammolar amaldagi iqtisodiy tizimning mukammal emasligi sabablaridir. Global inqirozlarning barchasi ish o'rinlari qisqarishi, ijtimoiy himoyasizlik va qashshoqlik kabi, ham rivojlangan, ham rivojlanayotgan mamlakatlardagi barqarorlikni izdan chiqaruvchi dolzarb ijtimoiyiqtisodiy muammolarni yanada chuqurlashtiradi. Dunyoning bugungi qiyofasi, tiklab bo'lmas ekologik falokatlar va atrof muhitga yetkazilayotgan ulkan zararlar "yashil iqtisodiyot"ga o'tish zarurligini taqozo etadi. Agar e'tibor beradigan bo'lsak, jahondagi yetakchi mamlakatlar allaqachon yashil iqtisodiyotga o'tish ishlarini boshlab yuborganligini ko'rishimiz mumkin. Ular yashil iqtisodiyot barqaror rivojlanishni o'rnini bosa olmasligini balki barqaror rivojlanishga erishishga xizmat qiluvchi yo'l ekanligini allaqachon anglab yetishgan.

O'zbekiston Respublikasida ham ko'plab xorijiy davlatlardan "yashil iqtisodiyot" borasida tajribalar o'rganilib, "Yashillashtirish" sohasida ko'plab chora-tadbirlari ko'rilishi ekosiyosat doirasida turgan eng muhim dasturul amal masalalardan bo'lib hisoblanadi. Xususan, mintaqamizdagi asosiy daryolarning havzasi va biologik xilma-xillikning qisqarib borayotgani jiddiy xavotir uyg'otmoqda. Bug'lanish darajasini oshiradigan gazlar va atmosferaning keng miqyosda ifl oslanishi muammolarni yanada chuqurlashtirmoqda. Bugungi kunda "yashil taraqqiyot" borasidagi maqsadlarga erishish uchun mamlakatlarning harakatlari yanada faol va samarali bo'lishi kerakligiga hech kim shubha qilmayapti. Yashil iqtisodiyot bu iqtisodiy tizim bo'lib, uning asosiy maqsadi sayyoramizning ekologiyasi va uni saqlab qolish bilan birga iqtisodiyotning barcha sohalarini rivojlantirishga qaratilgan.

Shuningdek, Yashil iqtisodiyot yer yuzidagi aholi uchun farovonlik olib keladi va kambag'allik darajasini pasaytiradi. Barcha mamlakatlarda inson taraqqiyotining yuqori darajasi, xoh u ta'lim sohasi bo'lsin xoh sog'liqni saqlash bo'lsin, xullas insonning farovon hayot kechirishi uchun nimaiki zarur bo'lsa unga erishish imkoniyatini yaratishga xizmat qiladi. Yashil iqtisodiyot bio xilma-xillikni tiklashga yordam beradi, ekologiyadagi salbiy o'zgarishlarni oldini olishga va atrof - muhitni muhofaza qilishga xizmat qiladi. Iqtisodiy va ijtimoiy sohaga investitsiyalar jalb qiladi va samarali foydalanishga yo'naltiradi.

Shunday qilib yashil iqtisodiyot deganda, inson hayoti va sog'lig'i uchun zarur bo'lgan resurslarni, atrof-muhit va ekologiyani bir butun holda saqlab qolib ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish sohalari bilan bog'liq iqtisodiyotni yanada

XULOSA

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

rivojlantirishni amalga oshirishga asoslangan iqtisodiy faoliyatning yangi yo'nalishi tushuniladi. Bunda quyidagi tadbirlarni amalga oshirish lozim bo'ladi:

Birinchidan, aholining ehtiyojlarini qondirib, ularning farovonligi, yashash darajasi va sifatini oshirish uchun moddiy ne'matlarni yaratishni barqaror ravishda ekologiya va atrofmuhitga zarar yetkazmasdan ko'paytirib borish lozim.

Ikkinchidan, ishlab chiqarish va iqtisodiyotni rivojlantirish uchun energiya resurslari kerak bo'ladi, bularni qayta tiklanadigan energiya manbalari hisobidan ko'paytirish, jamoat transportini ham elektr quvvati bilan yuradiganlariga almashtirish, energiyani tejaydigan binolarni barpo qilish kabi yo'nalishlarda ishlarni olib borish.

Uchinchidan, atrof muhitga zararli gazlarni chiqarmaydigan, atrof-muhitni asraydigan, ekologik toza texnologiyalarni yaratish orqali ekologik toza mahsulotlarni yetishtirish masalasiga ham alohida ahamiyat berish lozim bo'ladi.

To'rtinchidan, bir tomondan, tabiatdagi barcha resurslar cheklangan bir paytda inson ehtiyojlari cheksizligini inobatga olib, ularning muvofiqligini ta'minlash maqsadida ne'matlarni ishlab chiqarishni kengaytirishni tabiiy resurslarni kamaytirmasdan amalga oshirish choralarini ham ko'rish dolzarb masalalar sirasiga kiradi.

Beshinchidan, aholining doimiy o'sib borayotgan ehtiyojlarini qondirish uchun qancha ishlab chiqarish, qanday ishlab chiqarish, kimga mo'ljallab ishlab chiqarish masalasiga atrofmuhitni asragan holda katta ahamiyat beriladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-oktabrdagi PQ-4477-son 2019-2030-yillar davrida O'zbekiston Respublikasining "Yashil iqtisodiyotga o'tish strategiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi Qarori.

2. Vaxabov A.V., Xajibakiyev Sh.X., Tashmatov Sh.A., Butaboyev M.T. Yashil iqtisodiyot. Darslik -T. "Universitet" 2020y. 31 bet.

3. Т.В. Захарова "Зеленая" экономика как новый курс развития: глобальный и региональный аспекты. Вестник Томского государственного университета, №4(16), 2011.

4. Устойчивое экономическое развитие в условиях глобализации и экономики знаний: концептуальные основы теории и практики управления /Под ред. В.В. Попкова. Учебник. М.: ЗАО "Издательство "Экономика", 2007. - 295 с.

5. Xaitboyev R. Ekologik turizm. O'quv qo'llanma. -T.: "Barkamol fayz media", 2018. - 248 b

6. Brown L.R. Eco-Economy. Building an Economy for the Earth. Earth Policy Institute. W.W. Norton&Company. New York, London, 2019.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.