Научная статья на тему 'BARQAROR RIVOJLANISHNI TA‟MINLASHDA “YASHIL IQTISODIYOT”NING O„RNI'

BARQAROR RIVOJLANISHNI TA‟MINLASHDA “YASHIL IQTISODIYOT”NING O„RNI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
2138
302
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
yashil iqtisodiyot / tiklanadigan energiya resurslari / atrof-muhit muhofazasi / populyatsiya / ekologiya / yashil zonalar. / green economy / renewable energy resources / environmental protection / population / ecology / green zones

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Xolmirzayeva Maxliyo Zarifjon Qizi

Maqolada bugungi kunga kelib cheklangan resurslardan yanada oqilona va samarali foydalanish zarurligi iqtisodiyotning bosh masalasi va iqtisodiyoning barqarorlashuv jarayonini ta‟minlashda kafolat ekanligi bosh masala sifatida asoslangan. Cheklanmagan ehtiyojlarni ta‟minlashda atrof-muhitga bo„layotgan noodil xatti-harakatlar kelajak avlod hayotini xavf ostiga qo„yishi mumkin. Shu bois bugungi kunda “yashil iqtisodiyot”ning o„rni beqiyos. Maqolada bu borada muallifning fikr va takliflari qayd etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ENSURING SUSTAINABLE DEVELOPMENT THE ROLE OF "GREEN ECONOMY"

In the article, it is based on the fact that the need to use limited resources more rationally and effectively is the main issue of the economy and the guarantee of the stabilization process of the economy. Unfair behavior towards the environment in the provision of unlimited needs can endanger the life of future generations. Therefore, today the role of "green economy" is incomparable. The author's opinion and suggestions in this regard are recorded in the article

Текст научной работы на тему «BARQAROR RIVOJLANISHNI TA‟MINLASHDA “YASHIL IQTISODIYOT”NING O„RNI»

SCIENCE AND INNOVATION 2022

№ 3

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

BARQAROR RIVOJLANISHNI TA'MINLASHDA "YASHIL IQTISODIYOT"NING

O'RNI

Xolmirzayeva Maxliyo Zarifjon qizi

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy univeristeti Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo'yicha) yo'nalishi talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.6819214

Annotatsiya. Maqolada bugungi kunga kelib cheklangan resurslardan yanada oqilona va samarali foydalanish zarurligi iqtisodiyotning bosh masalasi va iqtisodiyoning barqarorlashuv jarayonini ta'minlashda kafolat ekanligi bosh masala sifatida asoslangan. Cheklanmagan ehtiyojlarni ta'minlashda atrof-muhitga bo'layotgan noodil xatti-harakatlar kelajak avlod hayotini xavf ostiga qo'yishi mumkin. Shu bois bugungi kunda "yashil iqtisodiyot"ning o'rni beqiyos. Maqolada bu borada muallifning fikr va takliflari qayd etilgan.

Kalit so'zlar: yashil iqtisodiyot, tiklanadigan energiya resurslari, atrof-muhit muhofazasi, populyatsiya, ekologiya, yashil zonalar.

ОБЕСПЕЧЕНИЕ УСТОЙЧИВОГО РАЗВИТИЯ РОЛЬ «ЗЕЛЕНОЙ ЭКОНОМИКИ»

Аннотация. В статье обосновывается необходимость более рационального и эффективного использования ограниченных ресурсов что является главным вопросом экономики и залогомобеспечения его стабилизации в настоящее время. Несправедливость к окружающей среде в удовлетворении неограниченных потребностей может поставить под угрозу жизнь будущих поколений. Поэтому роль «зеленной экономики» сегодня неоценима. Статья содержит взгляды и предложения автора на этот счет.

Ключевые слова: зеленая экономика, возобновляемые источники энергии, охрана окружающей среды, население, экология, зеленые зоны.

ENSURING SUSTAINABLE DEVELOPMENT THE ROLE OF "GREEN ECONOMY"

Abstract. In the article, it is based on the fact that the need to use limited resources more rationally and effectively is the main issue of the economy and the guarantee of the stabilization process of the economy.

Unfair behavior towards the environment in the provision of unlimited needs can endanger the life offuture generations. Therefore, today the role of "green economy" is incomparable. The author's opinion and suggestions in this regard are recorded in the article.

Keywords: green economy, renewable energy resources, environmental protection, population, ecology, green zones.

KIRISH

So'nggi yillar ichida "yashil" iqtisodiyot g'oyasi nafaqat ekologiya iqtisodchilari, balki dunyoda ham keng muhokama qilinadi. Bu borada turli siyosiy forumlarda, davlat rahbarlari, siyosatchi olimlar tomonida bu masalaga ko'p bora to'xtalib kelinayotganligi "yashillashtirish" siyosatiga bo'layotgan jiddiy e'tibor bo'lib hisoblanadi. Bugungi kunda zamonaviylashgan iqtisodiyot sharoitida insoniyat ehtiyoji ham misli ko'rilmagan tarzda oshib bormoqda. Bundan kelib chiqadiki, ehtiyojlarni qondirish uchun zarur bo'lgan resurslarni olishda tabiatga "murojaat qilish" ham ko'payib bormoqda. "Yashil iqtisodiyot" mana shunday o'zgarishlar kelajak avlod hayotiga salbiy ta'sir qilishini oldini olish va ular uchun ham farovon hayot ta'minlash zaruriyatidan kelib chiqmoqda. Agarda amalga oshirilayotgan iqtisodiy munosabatlarning tabiatga salbiy ta'siri oldi olinmasa, u nafaqat kelajak avlod hayotiga, balki jamiyatning hozirgi

SCIENCE AND INNOVATION

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

2022 № 3

sharoitiga ham jiddiy salbiy ta'sir ko'rsatadi. Va aksincha, insoniyatning atrof tabiiy muhitga munosabati o'zgarsa, ularda avvalo, ekologik madaniyat rivojlansa, ishlab chiqarish, xizmat ko'rsatish va mahsulotni iste'mol qilish bilan munosabatlar "yashillashtirish" sa'y-harakatlariga moslashsa, albatta, biz va kelajak avlod hayotining ijobiy tarafga o'zgaradi. Ya'ni "Yashil" iqtisodiyot aholi farovonligini ta'minlashdagi va iqtisodiy o'sishda kabi barqaror rivojlanishda muhim ahamiyat kasb etadi.

TAHLIL VA NATIJALAR

Jahon iqtisodiyotining modernizatsiyalashuvi davrida ko'plab yangilangan innovatsion texnologiyalarga o'tish, rivojlanishning harakatlantiruvchi kuchi iqtisodiyotning samaradorligi omili bo'lib hisoblanadi. Lekin shuni ta'kidlab o'tish joizki, albatta, ularning aholi turmush sifatiga va yashash muhitiga salbiy ta'sir qilishni oldini olish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu tufayli bugungi kunga kelib mamlakatlar tomonidan amalga oshirilayotgan "yashil" strategiyalar qo'llab-quvvatlanmoqda.

So'nggi yillarda milliy iqtisodiyotlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan yashil iqtisodiyotning turli tarmoqlarini rivojlantirish uchun ko'plab mablag'lar yo'naltirilmoqda. Misol uchun, yashil iqtisodiyotning muhim tarmoqlaridan biri bo'lgan bio energetika sohasiga yo'naltirilgan jami mablag'lar miqdori 2005-2009 yillar oralig'ida 230 foizga o'sdi (o'rta hisobda 50 foiz) va 2013-yilda 320 mlrd. AQSH dollarga teng bo'ldi. 2009-yildan hozirgi kunga qadar "Umumjahon iqtisodiy forumi" mintaqaviy iqtisodiy tizimlarni yashil iqtisodiyotga o'tkazish uchun 750 mlrd AQSH dollari yo'naltirdi hamda bu mablag'larning asosiy qismi Osiyo mamlakatlariga sarmoya sifatida kiritildi. Natijada, bugungi kunga kelib, xalqaro "yashil" tovar va xizmatlar (cleantech va greentech) bozori yillik tovar aylanmasi 546 mlrd AQSH dollarini tashkil etmoqda.

Quyida esa Siz Buyuk Britaniyaning tiklanadigan energiya manbalarini o'zlashtirish loyihalari tasvirlangan diagrammani ko'rishingiz mumkin. Albatta, bu kabi loyihalar mamlakat ekologik muammolarini bartaraf etishda yetakchi mavqega erishishda katta xizmat qiladi.

1-rasm. Buyuk Britaniya tiklanadigan energiya manbayini o'zlashtirish bo'yicha loyiha

tarkibi

SCIENCE AND INNOVATION

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

2022 № 3

Rasmdagi ma'lumotlar asosida aniqlash mumkinki, Buyuk Britaniya tiklanadigan energiya manbayini o'zlashtirish bo'yicha loyihada bioenergiya manbalarining hissasi katta va u 66,14% ni tashkil qiladi (1-rasm). Undan keyingi o'rinlarni shamol (22,08%), quyosh (5,23%), issiqlik (4,42%), gidro energiyasi (2,13%) manbalari egallaydi.

Quyida esa Yevropa mamlakatlarning "yashillik" ko'rsatkichi aks etgan bo'lib, mamlakatlar o'rtasida eng yuqori ko'rsatkich Shvetsiya, Daniya, Chexiya hissasiga to'g'ri keladi.

2-rasm. Yevropa mamlakatlari yashil iqtisodiyoti ko'rsatkichlari

Yevropa mamlakatlari bo'yicha taqqoslaydigan bo'lsak, yuqorida ta'kidlab o'tganim kabi eng quyi ko'rsatkich Ukraina - 48,32 ga teng bo'lsa, eng yuqori ko'rsatkich Shvetsiya davlatiga taalluqli bo'lib - 78,72 indeksiga teng (2-rasm). Xulosa qilish mumkinki, Shvetsiya yashillik ko'rsatkichlari bo'yicha taraqqiy etgan va ekologiya muhofazasi bo'yicha samarali mexanizmga ega.

O'zbekiston Respublikasida ham ko'plab xorijiy davlatlardan "yashil iqtisodiyot" borasida tajribalar o'rganilib, "Yashillashtirish" sohasida ko'plab chora-tadbirlari ko'rilishi eko-siyosat doirasida turgan eng muhim dasturul amal masalalardan bo'lib hisoblanadi. Xususan, mintaqamizdagi asosiy daryolarning havzasi va biologik xilma-xillikning qisqarib borayotgani jiddiy xavotir uyg'otmoqda. Bug'lanish darajasini oshiradigan gazlar va atmosferaning keng miqyosda ifloslanishi muammolarni yanada chuqurlashtirmoqda. Bugungi kunda "yashil taraqqiyot" borasidagi maqsadlarga erishish uchun mamlakatlarning harakatlari yanada faol va samarali bo'lishi kerakligiga hech kim shubha qilmayapti. Yashil iqtisodiyot bu iqtisodiy tizim bo'lib, uning asosiy maqsadi sayyoramizning ekologiyasi va uni saqlab qolish bilan birga iqtisodiyotning barcha sohalarini rivojlantirishga qaratilgan. Shunday qilib yashil iqtisodiyot deganda, inson hayoti va sog'lig'i uchun zarur bo'lgan resurslarni, atrof-muhit va ekologiyani bir butun holda saqlab qolib ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish sohalari bilan bog'liq iqtisodiyotni yanada rivojlantirishni amalga oshirishga asoslangan iqtisodiy faoliyatning yangi yo'nalishi tushuniladi. Bunda quyidagi tadbirlarni amalga oshirish lozim bo'ladi.

Birinchidan, aholining ehtiyojlarini qondirib, ularning farovonligi, yashash darajasi va sifatini oshirish uchun moddiy ne'matlami yaratishni barqaror ravishda ekologiya va atrof-muhitga zarar yetkazmasdan ko'paytirib borish lozim.

Ikkinchidan, ishlab chiqarish va iqtisodiyotni rivojlantirish uchun energiya resurslari kerak bo'ladi, bularni qayta tiklanadigan energiya manbalari hisobidan ko'paytirish, jamoat transportini ham elektr quvvati bilan yuradiganlariga almashtirish, energiyani tejaydigan binolarni barpo qilish kabi yo'nalishlarda ishlarni olib borish.

Uchinchidan, atrof muhitga zararli gazlarni chiqarmaydigan, atrof-muhitni asraydigan, ekologik toza texnologiyalarni yaratish orqali ekologik toza mahsulotlarni yetishtirish masalasiga ham alohida ahamiyat berish lozim bo'ladi.

To'rtinchidan, bir tomondan, tabiatdagi barcha resurslar cheklangan bir paytda inson ehtiyojlari cheksizligini inobatga olib, ularning muvofiqligini ta'minlash maqsadida ne'matlarni ishlab chiqarishni kengaytirishni tabiiy resurslarni kamaytirmasdan amalga oshirish choralarini ham ko'rish dolzarb masalalar sirasiga kiradi.

Beshinchidan, aholining doimiy o'sib borayotgan ehtiyojlarini qondirish uchun qancha ishlab chiqarish, qanday ishlab chiqarish, kimga mo'ljallab ishlab chiqarish masalasiga atrof-muhitni asragan holda katta ahamiyat beriladi.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsam, atrof tabiiy muhit holati sifatini yaxshilash maqsadida amalga oshirilayotgan siyosatning ustuvor maqsadlariga erishish uchun ekologiya sohasidagi barcha nazorat funksiyalari ta'minlanishi, atrof muhitni muhofaza qilish ekspertlari uchun yagona metodologiya ishlab chiqilishi, ekologik jihatdan ahamiyatli bo'lgan qarorlarni qabul qilishda jamoatchilik fikrini o'rganish mexanizmini yaratish, shuningdek, o'quv darslariga ekologiya, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish yuzasidan ilmiy manbalar kiritish orqali eko-ta'lim berish tizimini rivojlantirish va bu sohada yetakchi malakali kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash dasturlarini amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.

XULOSA

REFERENCES

1. Vaxabov A.V., Xajibakiyev Sh.X., Tashmatov Sh.A., Butaboyev M.T.. Yashil iqtisodiyot. Darslik. T.: Universitet, 2020, 156-bet

2. A. Stainer 2017, "The Green Shoots of the Green Economy", Environmental Conservation, №2 vol 3 2019.

3. "2030-yilgacha bo'lgan davrda O'zbekiston Respublikasining Atrof muhitni muhofaza

qilish" konsepsiyasi

4. Brown L.R. Eco-Economy. Building an Economy for the Earth. Earth Policy Institute.

WW. Norton&Company. New York, London, 2019.

5. https://www.project-syndicate.ors/commentary/the-green

6. https://stat.uz/uz/rasmiy-statistika/ecology-2

7. www.uznature.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.