Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTON SOS BOLALAR MAHALLALARIDA PSIXOLOGIK XIZMAT'

O‘ZBEKISTON SOS BOLALAR MAHALLALARIDA PSIXOLOGIK XIZMAT Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
253
28
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
SOS Bolalar Mahallalari Uyushmasi / SOS bolalar mahalalari / SOS / psixologik xizmat / ijtimoiy himoya / psixologik yordam. / SOS Children's Quarters Association / SOS Children's Quarters / SOS / psychological service / social protection / psychological assistance.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Ilhomova, Diana Ikromovna, Ibragimov, Sardor Rustam O‘g‘li

Ushbu maqolada mamlakatimizdagi ota-onasining qaramog‘isiz qolgan va qiyin hayotiy sharoitlarga tushib qolgan bolalarni ijtimoiy himoya qilishda “SOS Bolalar Mahallalari Uyushmasi”ning o‘rni va undagi ko‘rsatiladigan psixologik xizmatlar, uning afzalliklari va o‘ziga xosliklari tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PSYCHOLOGICAL SERVICES IN CHILDREN'S NEIGHBORHOODS OF UZBEKISTAN

This article in our country, parents are left under the care of down to the difficult life conditions and social protection for children in the sos children's villages association of”psychological services's place and then to the display, its advantages and peculiarities have been analyzed.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTON SOS BOLALAR MAHALLALARIDA PSIXOLOGIK XIZMAT»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

O'ZBEKISTON SOS BOLALAR MAHALLALARIDA PSIXOLOGIK

XIZMAT Ilhomova Diana Ikromovna

Urganch Davlat Universiteti, Psixologiya yo'nalishi magistratura talabasi

Ibragimov Sardor Rustam o'g'li

O'zbekiston Milliy Universiteti, Psixologiya yo'nalishi magistratura talabasi

Ushbu maqolada mamlakatimizdagi ota-onasining qaramog'isiz qolgan va qiyin hayotiy sharoitlarga tushib qolgan bolalarni ijtimoiy himoya qilishda "SOS Bolalar Mahallalari Uyushmasi"ning o'rni va undagi ko'rsatiladigan psixologik xizmatlar, uning afzalliklari va o'ziga xosliklari tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: SOS Bolalar Mahallalari Uyushmasi, SOS bolalar mahalalari, SOS, psixologik xizmat, ijtimoiy himoya, psixologikyordam.

В данной статье проанализирована роль "Ассоциации детских кварталов СОС'в социальной защите детей, оставшихся без попечения родителей и оказавшихся в трудной жизненной ситуации в нашей стране, а также предоставляемые в ней психологические услуги, ее преимущества и особенности.

Ключевые слова: Ассоциация детских кварталов SOS, Детские кварталы SOS, SOS, психологическая служба, социальная защита, психологическая помощь.

This article in our country, parents are left under the care of down to the difficult life conditions and social protection for children in the sos children's villages association of'psychological services's place and then to the display, its advantages and peculiarities have been analyzed.

Keywords: SOS Children's Quarters Association, SOS Children's Quarters, SOS, psychological service, social protection, psychological assistance.

Dunyo miqyosida kechayotgan glabal jarayonlar nafaqat iqtisodiy moliyaviy, balki ijtimoiy ma'naviy hamda axloqiy qadryatlarning parchalanishiga sabab bo'lmoqda. So'nggi yillarda oilaviy aloqalar tuzimida ham inqirozli o'zgarishlar ro'y

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

bermoqda, chunki aksariyat ota-onalar bolalarini nafaqat ijtimoiy, balki fiziologik jihatdan ham ta'minlay olmaydilar. Shu bilan birga oilaviy aloqalarning barbod bo'lishi qarovsiz qolgan bolalar sonini oshishi sabablaridan biridir. Bu holatda jamiyat va davlat bu bolalarning rivojlanishi va tarbiyalanishi mas'uliyatini o'z bo'yniga oladi.

Ma'lumotlarga ko'ra, dunyo aholisi 7,6 milliarddan ortiq, ulardan 2,2 milliardi bolalardan iborat bo'lib, 2,7 million bola o'z oilasi bag'rida emas. Ular institutsional muassasalarda tarbiyalanmoqda. Ularning o'rtacha 10-20% chin yetimlar bo'lsa, mutloq ko'pchiligi 80-90% ijtimoiy yetim bolalardir.

Mamlakatimiz hukumati yetim bolalar va ota-onasining qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga, shuningdek, ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni joylashtirishning oilaviy shaklini va boshqa muqobil shakllarini joriy qilish, ularning hamjamiyatga tezda ijtimoiy moslashishi uchun keng imkoniyatlar yaratgan. Shu qatorida alohida e'tiborga molik tashkilot "SOS Bolalar Mahallalari Uyushmasi" hisoblanadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

SOS O'zbekiston Bolalar Mahallalari Uyushmasi O'zbekiston Respublikasi hududidagi o'z faoliyatini O'zbekiston Respublikasi Hukumati va SOS Kinderdorf International (Avstriya) tomonidan 1997 yilda imzolangan "O'zbekiston Respublikasida SOS bolalar mahallalarini va ular bilan bog'liq loyihalarni tashkil etish, qurish, jihozlash va ularning faoliyat ko'rsatishi to'g'risida"gi shartnomaga hamda Vazirlar Mahkamasining 31.12.1997 yildagi 585-sonli "O'zbekistonda SOS Bolalar Mahallalari Uyushmasini tashkil etish to'g'risida"gi qaroriga muvofiq amalga oshirib kelgan. Vazirlar Mahkamasining 21.11.2020 yildagi 738-son "SOS O'zbekiston Bolalar mahallalari Uyushmasining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori bilan faoliyati yangi pog'onaga ko'tarilgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Hozirgi kunda SOS bolalar mahalalarida uch bo'linma o'z faoliyatini olib bormoqda. Ular: bolalar mahallalari - muqobil parvarish qilish xizmatlari; yoshlar uylari - yoshlarga hamrohlik qilish xizmatlari va ijtimoiy markazlar - ijtimoiy yetimlikning oldini olish bo'limlari. Ularda asosan ota-onasining qaramog'isiz qolgan yoki ijtimoiy yetimlik havfi ostida bo'lgan bolalar va yoshlar, shuningdek qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan 280dan ortiq oilalar qo'llab-quvvatlanib, 620 nafar bola tarbiyalanmoqda, ushbu bolalardan 32 nafari imkoniyati cheklangan bolalardir.

Mazkur muassada qabul qilinuvchilar nafaqat ijtimoiy himoya qilinadi, shu bilan birgalikda ularga psixologik xizmat ham ko'rsatiladi. Bu ularga hayotiy qiyin

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

vaziyatlardan, stress va depressiyalardan chiqishga, shaxs sifatida rivojlanishga, qobiliyatlarning namoyon bo'lishiga, motivatsion sohasining to'g'ri yo'nalishiga yordam beradi.

Darhaqiqat yuqorida keltirib o'tilgan psixologik yordam bo'yicha misollar isboti sifatida tashkilotning barcha bo'linmalarida psixologik xizmat va unga bevosita bog'liq maqsad va vazifalar nizom va hujjatlarda ham ko'rsatib o'tilgan. Xususan, muqobil parvarish qilish xizmatlari bo'linmasining asosiy vazifalaridan:

- oilada yoki oilaga o'xshash muhitda, shuningdek, muqobil parvarish qilishning boshqa shakllarida bolalarning aqliy, ruhiy va jismoniy jihatdan rivojlanishiga yordam beradigan muhitni yaratish;

- bolalarni ijtimoiy himoya qilishni va ularning jamiyatga moslashuvini ta'minlash;

- muqobil parvarishlash holatidagi bolaning o'z oilasi bilan aloqa bog'lashiga ko'maklashish.

Yoshlarga hamrohlik qilish xizmatlari bo'linmasining asosiy vazifalari:

- yoshlarga psixologik-pedagogik yordam berish;

- o'z kelajagi uchun mas'uliyatni his qilish;

Ijtimoiy yetimlikning oldini olish bo'linmasining asosiy vazifalari etib:

- oilaning ichki munosabatlarida oilaning barcha a'zolari o'rtasida samimiylikni yo'lga qo'yish;

- bolalarni tarbiyalashda ota-onalarning bilim darajasini oshirish va ota-onalik ko'nikmalarini shakllantirish kabi aniq vazifalar belgilab qo'yilgan.

SOS Bolalar Mahallalari Uyushmasining yuqorida keltirilgan har uchala bo'linmasining psixologik xizmatga aloqador maqsad-vazifalari psixologik xizmat hodimi hisoblanadigan psixolog tomonidan amalga oshiriladi. Bunda psixologning asosiy vazifalarini sanab o'tadigan bo'lsak: dastlab, ijtimoiy hodim bilan birgalikda baholashni o'tkazishda ishtirok etadi, bolalar va oilalarning ehtiyojlarini o'rganadi, zamonaviy diagnostika usullari yordamida tashxis qo'yadi, turli yoshdagi bolalarning psixologik holatini o'rganadi, jamoa bilan birgalikda rivojlanish rejasini ishlab

- nizoli vaziyatlarni bartaraf etish va ruhiy zarbalarga qarshilik ko'rsatish ko'nikmalarini rivojlantirish;

- shaxsiy va oilaviy byudjetni rejalashtirish malakalarini rivojlantirish orqali ularning ijtimoiy himoyasini va jamiyatga moslashuvini ta'minlash;

- yoshlarni o'z oilasini qurishlarida ko'maklashish;

- oilani saqlashga yordam beradigan oilaviy qadriyatlarni tarbiyalashdan

iborat.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

chiqadi, bolalar va oilalar bilan psixologik ishlarni amalga oshiradi, aniqlangan shaxsiy va oilaviy muammolarga qarab oilalarga yakka tartibda yoki guruh bo'yicha maslahat beradi, maqsadli guruhlarga psixologik xizmat ko'rsatadi, shuningdek, terapevtik faoliyatni amalga oshiradi (art-terapiya, qum terapiyasi, ertak terapiyasi va boshqa zamonaviy usullar), ehtiyojlardan kelib chiqib oilalarga bolalar haqida zarur jismoniy, psixo-emotsional holatlar haqida ma'lumot beradi, intellektual rivojlantirishga doir metodikalarni qo'llaydi va intellekt diagnostikasini o'tkazadi, monitoring olib boradi va ijobiy o'zgarishlar va yaxshilanishlarni kuzatadi, oilalardagi psixologik iqlimni nazorat qilib boradi, bolalarga yordam beradigan intellektual, hissiy va psixologik rivojlanish treninglarni o'tkazishda zamonaviy interaktiv usul va texnologiyalardan foydalanadi.

Bir so'z bilan aytish mumkinki mazkur tashkilotda himoyaga muhtoj, ijtimoiy yetim bolalar nafaqat ijtimoiy himoya qilinadi, shu bilan birgalikda tashkilot psixologlari tomonidan yuqorida ko'rsatilgan vazifalar bajarilib, bolalarni yoshlik davrida olingan psixologik travmalarini bartaraf qilish uchun yordam ko'rsatiladi. Bu jarayonlarni amalga oshirishda ular ilg'or xorijiy tajribadan foydalanadi, doimiy ravishda chet eldagi filiallar bilan fikr va tajriba almashishadi, malaka oshirib, yangi bilimlarni amaliyotga joriy qilishadi.

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, bugungi kunda O'zbekiston Sos Bolalar mahallalarida 200 nafar bola doimiy tarbiyalanib kelmoqda. Ushbu tashkilotning muhim vajifalaridan biri ham aynan ota-onasining qaramog'isiz qolgan va qiyin hayotiy sharoitlarga tushib qolgan bolalarga ijtimoiy va psixologik ko'makni ta'minlashdan iboratligi, bu jarayonda ular har bir bolaga individual yondashuvi, ularni o'z oilasidagi kabi sharoit va muhitga yaqinlashtirishga harakatlar, zamonaviy pedagogik va psixologik diagnostika texnologiyalaridan foydalanishi alohida diqqatga sazovordir.

ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 31.12.1997 yil 585-son qaror "O'zbekistonda SOS Bolalar Mahallalari uyushmasini tashkil etish to'g'risida"

2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 21.11.2020 yil 738-son qaror "SOS O'zbekiston Bolalar Mahallalari Uyushmasining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"

3. Должностная инструкция. Филиал Ассоциации «SOS Детские Деревни Узбекистана» в Хорезмской области

4. www.sos-kd.uz

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.