Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 5
educational, natural and social sciences (~) ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
YETIM HAMDA OTA-ONA QARAMOG'ISIZ QOLGAN BOLALARNI HAYOTDA O'Z O'RINLARINI TOPISHLARI MAQSADIDA XORIJIY
TAJRIBA IMPLEMENTATSIYASI
A.X.Aripova,
Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan fliali Umumta'lim fanlar kafedrasi mudiri, f.f.n., PhD
mumtozim@mail.ru
Annotatsiya. Aholining maxsus jamoat va davlat qaramog 'iga muhtoj toifalari orasida yetim bolalar va ota-ona qaramog 'isiz qolgan bolalar alohida o 'rin tutadi. Bugungi kunda jamiyatning asosiy vazifasi - ularni to 'laqonli, sog'lom fuqarolar etib voyaga yetkazish, ularga keyinchalik ijtimoiy moslashishni osonlashtiradigan kasbiy va turli xil hayotiy ko 'nikmalarni singdirishdir. Mazkur maqolada shunday bolalarga hayotda o'z o 'rinlarini topishlari uchun qanday shart-sharoit yaratish mumkinligi, shu o 'rinda xorijiy tajribani o 'rganish kabi masalalar yoritilgan.
Kalit so'zlari: dunyo tajribasi, yetim bolalar, ota-ona qaramog'isiz qolgan bolalar, patronat uylari, shelter, biologikyetimlik, ijtimoiy yetimlik, implementatsiya.
ИМПЛЕМЕНТАЦИЯ ЗАРУБЕЖНОГО ОПЫТА СИРОТАМ И ДЕТЯМ ОСТАВШИХСЯ БЕЗ ПОПЕЧЕНИЯ РОДИТЕЛЕЙ ДЛЯ ПОИСКА
СВОЕГО МЕСТА В ЖИЗНИ
А.Х.Арипова,
Специализированный филиал Ташкентского государственного юридического университа, завкафедрой Общеобразовательных дисциплин,
к.ф.н., PhD
mumtozim@mail.ru
Аннотация. Особое место среди категорий населения, нуждающихся в строгой общественной и государственной заботе, занимают дети-сироты и дети, оставшиеся без попечения родителей. На сегодня главной задачей общества является - воспитание их полноценными, здоровыми гражданами, привить им профессиональные и разнообразные жизненные навыки, которые будут способствовать их последующей социальной адаптации. В статье рассказывается, как создать таким детям условия для поиска своего места в жизни, в том числе с изучением зарубежного опыта.
Ключевые слова: мировой опыт, дети-сироты, дети, оставшиеся без попечения родителей, детские дома, приют, биологическое сиротство, социальное сиротство, имплементация.
857
Scientific Journal Impact Factor
IMPLEMENTATION OF FOREIGN EXPERIENCE FOR ORPHANTS AND CHILDREN REMAINED WITHOUT PARENTAL CARE TO FIND A
PLACE IN LIFE
PhD on Philology, Associate Professor, Specialized branch of Tashkent State University of Law, head of the Department of General Education,
mumtozim@mail.ru
Abstract. A special place among the categories of the population in need of strict social and state care is occupied by orphans and children left without parental care. Today, the main task of society is to educate them as full-fledged, healthy citizens, to instill in them professional and various life skills that will contribute to their subsequent social adaptation. The article describes how to create conditions for such children to find their place in life, including the study offoreign experience.
Key words: world experience, orphans, children left without parental care, orphanages, shelter, biological orphanhood, social orphanhood, implementation.
Bugungi kunda aholining maxsus qaramog'iga muhtoj toifalari orasida - yetim bolalar hamda ota-ona qaramog'isiz qolgan bolalar alohida o'rin tutadi. Jamiyatning asosiy vazifasi - bu bolalarni to'laqonli ravishda sog'lom fikrlaydigan, jamoaviy hayotga moslasha oladigan fuqarolar sifatida voyaga yetkazish va ularga keyinchalik ijtimoiy holatlarga ko'nikishlarida kasbiy hamda turli xil hayotiy ko'nikmalarni singdirishdir.
Dunyo tajribasiga ko'ra - yetim bolalar va ota-ona qaramog'isiz qolgan bolalar, asosan, tezkor ravishda har bir bolaga oila topilguniga qadar vaqtinchalik patronat uylari, shelter yoki maktab-internatlariga: bolalar mehribonlik uylari, bolalar (go'dak) uylari, umumiy maktab-internatlar, nogiron bolalar uchun maktab-internatlarga joylashtirilib, jamiyatdan uzilmagan holda bilim va tarbiyaga yo'naltiriladilar.
So'nggi o'n yilliklar ichida biologik yetimlik bilan taqqoslaganda, ijtimoiy yetimlikning ko'rsatkichlari doimiy ravishda o'sib bormoqda. Uning asosiy sababi -ota-onalarning oilaviy hayotga tayyor emasligi hamda qondosh oilasidagi muammo bo'lib, farzandni boqish va unga ketadigan sarf-xarajat nuqtai nazaridan boquvi qimmatga tushishi sababli undan voz kechish tendensiyasi kuchli. Aslida arzon malakali yordam tizimini, shu jumladan, bolaning oilasini saqlab qolishga qaratilgan
Aripova Aziza Khasanovna
KIRISH
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Scientific Journal Impact Factor
huquqiy, ijtimoiy, tibbiy, psixologik, pedagogik xizmatlar tizimini rivojlantirish orqali yengib o'tish, ijtimoiy yetimlik ko'lamini kamaytirish kerak.
Ushbu holat, shubhasiz, bolalarning ijtimoiylashuvi jarayoniga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Jahon amaliyoti shuni ko'rsatadiki, yetimlarni maktab-internatlarda saqlash kerakli natijani bermaydi.
Chet ellik olimlarning fikriga ko'ra, bolalar uyida yashovchi voyaga yetmaganlar, an'anaviy oilalarda o'sadigan tengdoshlaridan farqli o'laroq, nafaqat jismoniy, aqliy va ma'naviy rivojlanish kechikishlariga ega, balki ularning sharoitlariga moslashishga imkon beradigan o'ziga xos xususiyatlarni shakllantiradilar. Maktab-internati oiladan ayro holda, jamiyatda yetarli darajada moslashishga hissa qo'shmaydi.
Shu bilan birga, chet el tajribasini o'rganish va qisman mahalliy ijtimoiy amaliyotga joriy etish mahalliy yetim bolalarga oilada yashash tajribasini to'plash va jamiyatda muvaffaqiyatli moslashish imkoniyatini beradi; ota-ona qaramog'isiz qolgan bolalar bilan olib boriladigan ijtimoiy ishlarning jahon tajribasi mamlakatimizdagi ijtimoiy yetimlikning oldini olish va minimallashtirish uchun ichki birlashgan davlat standartlarini, ijtimoiy xavfli vaziyatda bo'lgan oilalar bilan ishlashning innovasion texnologiyalarini ishlab chiqish uchun asos bo'lishi mumkin.
Yetimlik masalasi ilmiy muammo sifatida mahalliy va xorijiy olimlarning tadqiqotlarida keng yoritilgan. Mahalliy nuqtai nazardan ushbu muammoni keng o'rganish XIX asr tadqiqotchilari asarlarida o'z aksini topgan. I.I. Betskiy, A.S. Virenius, A.I. Zabelina, N.I. Novikova, N.V. Yablokova kabi olimlar XX asrning boshlarida ko'cha bolalariga g'amxo'rlik qilish masalalari yuzasidan tajriba o'tkazishgan bo'lsa, V.F.Zaleskiy, M.A. Oshanina, M.D. Puteren, S.E. Tayrmen [1] kabilar mamlakatda ota-ona qaramog'isiz qolgan bolalarni ijtimoiy himoya qilish sohasidagi tajribasi bilan fanga o'z hissasini qo'shishgan. I.N. Voitkevich, Yu.V. Gerbeyeva, O.P. Ilinskaya, A.M. Kollontay, A.V. Lunacharskiy kabilar yigirmanchi asrning oxirida yetimlik muammosi aslida sotsiologik tadqiqot ekanligini e'tirof etishgan.
Ota-ona qaramog'isiz qolgan bolalarga ijtimoiy yordam ko'rsatishning o'ziga xos xususiyatlari, shuningdek ushbu ijtimoiy guruhga nisbatan ijtimoiy siyosatning yo'naltirilganlik masalasi bilan Z.N. Lazareva, M.V. Rabjayeva, E.A. Tyugasheva, O. V. Fetisova, M.V. Firsova [2] o'z tadqiqotlarida keng yoritishgan.
Yetimlikning sabablarini o'rganishda chet ellik olimlar - S. Braun, D.P. Rayan, T.L. Xenderson, J. Xong (ota va onaning alkogolga qaramligi sababli, bolalarni ko 'chada qarovsiz yurishi, bolaning oiladan qochishi sababli ota-ona
Scientific Journal Impact Factor
huquqlaridan mahrum etish); R. Jolli, R. Gin, D. Xovard, M.V. Mitchell, S. Tomas, N. Stanley, L. Xuntreis, E. German, M. Freundlich [3] (homiylik ostidagi oilada yetim bolalarning ijtimoiy moslashuvi jarayoni) masalalari yuzasidan tadqiqot ishi olib borishgan.
Hozirgi davr globallashuv jarayonida yetim bolalar va ota-ona qaramog'isiz qolgan bolalar hayotini tartibga solishning xorij tajribasi o'ta muhim sanalib, bunda bolalar hayotida ijobiy o'zgarishlarga erishish hamda ularni jamiyatga moslashib ketishlarida xorijiy tajribani mahalliy ijtimoiy amaliyotga tatbiq etish imkoniyatlari va implementatsiya - eng dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Ota-ona qaramog'isiz qolgan bolalarni oilalarga jalb qilish, oiladagi tarbiya va uning samaradorligini va bolalarni ijtimoiy himoya qilish muassasalari faoliyatini baholash o'ta muhimdir. Bunda yetimlar va ota-ona qaramog'isiz qolgan bolalar hayotidagi xorijiy tajriba ichki ijtimoiy amaliyotga tatbiq etiladi, aholini ichki ijtimoiy himoya qilish tizimining imkoniyatlari va cheklovlari hisobga olinib, shuningdek yetimlar va ota-ona qaramog'isiz qolgan bolalar oilalarga muvaffaqiyatli joylashtiriladi.
Bolalar bilan ishlash ijtimoiy muassasalarining samaradorligini oshirishga qaratilgan yetim bolalar va ota-ona qaramog'isiz qolgan bolalar hayotini jamiyatga moslashtirish asosida xospislarni ochish, murakkab vaziyatga tushgan voyaga yetmaganlar uchun maxsus shelterlarni yaratish modelini ishlab chiqish ham jamiyatimiz oldida turgan konseptual vazifalardandir.
Ijtimoiy yetimlikni yanada kamaytirish, yetim bolalar va ota-onasining qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish, ularning jadal ijtimoiy moslashuvi uchun keng imkoniyatlar yaratish, tarbiya muassasalarining ish faoliyatini yaxshilash, shuningdek, jismonan sog'lom va ma'naviy yetuk avlodni tarbiyalashda oilaning rolini mustahkamlash maqsadida quyidagi takliflarni keltirib o'tish o'rinli:
1. Oila shaharchalarini barpo qilish (Finlyandiya, Shvesiya tajribasi -har bir yetim bolalar va ota-onasining qaramog'idan mahrum bo'lgan bolani oilaga biriktirish, davlat homiyligi asosida mazkur oilani ta'minlab borish);
2. Yetim bolalar va ota-onasining qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni vaqtinchalik patronat uylariga joylashtirib, tezkor ravishda farzandga muhtoj oilalar bazasidan shu bolaga mos oilani izlab topish hamda vasiylikka berish (AQSh va Janubiy Koreya tajribasi);
3. Vasiylik yoki homiylik bazasidagi shaxslarning shaxsiy hujjatlari yig'majildini yuritish, vasiy yoki homiy tomonidan o'z majburiyatlarini bajarishi
Scientific Journal Impact Factor
to'g'risida doimiy hisobot taqdim etib borish (maxsus vasiylikni kuzatish organiga -Norvegiya tajribasi);
4. "Oila muhitida bolalarning o'sishi" dasturi - oila va davlatning vaqtinchalik muassasalariga joylashtirish, faqat vaqtinchalik choralar asosida yetim bolalar va ota-onasining qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarga oilaviy sharoitni iloji boricha tezkor yaratish (Singapur prinsipi): bolalar kvartira tipidagi binolarda yashaydilar, guruhda har xil yosh va jinsdagi sakkiz kishidan ko'p bo'lmagan oila bo'lishi kerak, to'rt yoshgacha bo'lgan bolalar uchun - alohida oila tanlanadi, oilada kishilar soni oltidan ko'p bo'lmaydi.
5. Yolg'iz bolalar bilan ishlash (bunda befarzand o'qituvchilarga yetim bolalar va ota-onasining qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalar biriktiriladi, bolalar oddiy maktabda ta'lim oladilar, kichik yoshdagilar muassasa tashqarisidagi bolalar bog'chasiga qatnaydi, hamma narsa uyga yaqin holatga moslashtiriladi - Yaponiya tajribasi).
6. Boy mesenat nodavlat notijorat tashkilotlarining yordami asosida
yetim bolalar va ota-onasining qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalar bilan ishlaydigan jamoat tashkilotlarining mavjud tizimini tuzish, shu asosda oilaviy sharoitga ko'mak prinsipini amortizatsiya qilish, qarovsiz qolgan bolalar masalasi bilan nodavlat notijorat tashkilotlari yordamida ishga joylash orqali sezilarli natijalarga erishish (Finlyandiya tajribasi). Bunday sharoitda davlatga yetim bolalar sonini kamaytirish, ularni ishga joylash orqali moddiyatini mustahkamlash, ijtimoiy yetimlikning oldini olish, fuqarolarni ekspert ko'magi tashabbuslari asosida samarali tarmoqlararo mexanizmlarni ishlab chiqish ko'zda tutiladi.
7. Yetim bolalar va ota-onasining qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalar uchun "Hozir va shu zahoti" Xayriya jamg'armasi [4] ko'magi (Angliya tajribasi) - har bir mesenat yetim bolani o'z qaramog'iga oladi;
Xulosa o'rnida shu narsani ta'kidlab o'tish lozimki, mamlakatimiz tarixdan hamisha bolajon va farzandlarga mehribon bo'lib, "bir bolaga - yetti mahalla ota -ona" prinsipida yashab kelgan hamda bunday bolajon xalqda kamol topgan bolalar eng sara oqibat va fazilatlarga ega bo'lishgan. Globallashuv jarayonida raqobatbardosh kadrlarga ehtiyojning balandligi sabab - ba'zi ota-onalar o'zlarining tom ma'nodagi ota-onalik mas'uliyat va burchlarini unutib qo'yib, ularni qarovsiz qoldirib, ba'zida esa tirik bo'la turib yetimlikka mahkum qilib qo'ydilar. Bugungi kundagi ijtimoiy yetimlik tendensiyasi, aynan voyaga yetmaganlar o'rtasidagi sodir etilajak huquqbuzarliklar va uyushmagan yoshlar qatlamining kengayishiga sabab
XULOSA
Scientific Journal Impact Factor
bo'lmoqda. Har bir fuqaro o'z oldiga jamiyatga keltiradigan foydasini aqlan his qilib, shu asosda qadamini bossa - albatta, yuqorida kunning muhim anonsiga chiqqan bolalarning yetimligi va qarovsizligi masalasi o'z yechimini topadi. Zero, "... sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo'lib kamolga yetishi bilan bog'liq. Bizning asosiy vazifamiz - yoshlarning o'z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratishdan iborat"[5].
1.Волкова О. Зарубежный опыт в жизнеустройстве детей-сирот и детей, оставшихся без попечения родителей. "Семья", 2017, стр.45-47
2. Степанова Д. К вопросу о гарантиях по социальной поддержке детей-сирот. Электронный научный журнал «Наука. Общество. Государство» 2018. Т. 6, № 4 (24) http://esj.pnzgu.ru ISSN 2307-9525 (Online), стр.34
3.Арипова А. Хукукбузарликлар профилактикаси ва жамоат хавфсизлигини таъминлашда фукаролик конунчилиги концепцияси асосида фаолият. http://sbtsul.uz/uz/yangiliklar/uubuzarliklar-profilaktikasi-va-zhamoat-havfsizligini-taminlashda-fuarolik-onunchiligi-kontseptsiyas
4. Арипова А.Х. Идея совершенной и всесторонне развитой личности - как социокультурный феномен в развитии человека. "Science and Education" илмий журналининг ISSN 2181-0842 VOLUME 2, ISSUE 4. Стр.522-527
5. Арипова А.Х. Социально-культурный подход к реализации процесса инклюзивного образования. sotsialno-kulturnyi-podkhod-k-realizatsii-protsessa-inklyuzivnogo-obrazovaniya.html
6. METHODS, ASPECTS AND COMPONENTS OF TEACHING THE UZBEK (RUSSIAN) LANGUAGE AS A FOREIGN LANGUAGE ON THE EXPERIENCE OF FOREIGN STUDENTS // Aziza Aripova, Khurshida Khodjayeva, Nozima Yuldasheva // 2020, P.393-398
REFERENCES