Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTON SHAROITIDA MUQOBIL ENERGIYANI ISHLAB CHIQARISH TAMOYILLARI'

O‘ZBEKISTON SHAROITIDA MUQOBIL ENERGIYANI ISHLAB CHIQARISH TAMOYILLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
4
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Muqobil energiya manbaalari / yashil iqtisodiyot / quyosh panellari / shamol energiyasi / gidro elektro stansiyalari / atom elektro stansiyalari. / Alternative energy sources / green economy / solar panels / wind power / hydro power plants / nuclear power plants

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Safarov Sh., Nurmamatova Z.

Maqolada O‘zbekistonda yashil iqtisodiyot va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yoritilgan. 2030-yilga kelib elektr energiyasining 25 foizini muqobil manbalardan olish rejalari va bu boradagi dolzarb muammolar tahlil qilingan. Atom stansiyalari qurilishi va boshqa innovatsion yechimlar taklif etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PRINCIPLES OF ALTERNATIVE ENERGY PRODUCTION IN UZBEKISTAN

The article covers the work carried out in Uzbekistan on the development of the green economy and renewable energy sources. As of 2030, plans to extract 25% of electricity from alternative sources and current issues in this regard have been analyzed. Atomic station construction and other innovative solutions have been proposed.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTON SHAROITIDA MUQOBIL ENERGIYANI ISHLAB CHIQARISH TAMOYILLARI»

Safarov Sh. assistent-o'qituvchi Qarshi xalqaro universiteti Nurmamatova Z. talaba

Qarshi xalqaro universiteti O'zbekiston

O'ZBEKISTON SHAROITIDA MUQOBIL ENERGIYANI ISHLAB

CHIQARISH TAMOYILLARI

Annotatsiya. Maqolada O'zbekistondayashil iqtisodiyot va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish bo 'yicha amalga oshirilayotgan ishlar yoritilgan. 2030-yilga kelib elektr energiyasining 25 foizini muqobil manbalardan olish rejalari va bu boradagi dolzarb muammolar tahlil qilingan. Atom stansiyalari qurilishi va boshqa innovatsion yechimlar taklif etilgan.

Kalit so'zlar. Muqobil energiya manbaalari, yashil iqtisodiyot, quyosh panellari, shamol energiyasi, gidro elektro stansiyalari, atom elektro stansiyalari.

Safarov Sh.

Assistant

Karshi International University Nurmamatova Z.

Student

Karshi International University

Uzbekistan

PRINCIPLES OF ALTERNATIVE ENERGY PRODUCTION IN

UZBEKISTAN

Abstract. The article covers the work carried out in Uzbekistan on the development of the green economy and renewable energy sources. As of2030, plans to extract 25% of electricity from alternative sources and current issues in this regard have been analyzed. Atomic station construction and other innovative solutions have been proposed.

Keywords. Alternative energy sources, green economy, solar panels, wind power, hydro power plants, nuclear power plants

Kirish. Statistikaga ko'ra: butun dunyo aholisi hozirda 8.1 milliardni tashkil etmoqda. Bu o'z navbatida istemol tovarlarga, toza ichimlik suviga, agrar-xo'jalik mahsulotlariga, transport vositalariga shuningdek, infratuzilmaga ehtiyojning oshishi demakdir. Lekin yaxshilab o'ylab ko'rilsa undan ham ko'proq energiyaga bo'lgan talabning yanada ko'payishi yuzaga keladi.

Prezidentimiz Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida (20.11.2024y) 2025 yilni yurtimizda "Atrof-muhitni asrash va "yashil" iqtisodiyot yili" deb e'lon qilgani Yangi O'zbekistonda ona tabiatni asrab-avaylab, ekologik barqarorlikni ta'minlashga qaratilayotgan yuksak e'tiborning amaldagi yana bir ifodasi bo'ldi.

Hukumat "Yashil iqtisodiyot"ga o'tish bo'yicha bir qancha me'yoriy hujjatlar qabul qilgan. Jumladan:

• 2019-yilda qabul qilingan "Yashil iqtisodiyot" strategiyasi doirasida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni oshirish maqsad qilingan. 2030-yilga kelib, elektr energiyasining 25 foizini qayta tiklanuvchi manbalardan ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Shu jumladan, quyosh va shamol energetikasi loyihalari faol amalga oshirilmoqda.

• O'zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining "Yashil energiya" sertifikatlari joriy etilishini kengaytirish va "yashil moliyalashtirish" mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida (2023 yil 29 sentabr 515-son qarori). Unga ko'ra yashil energiya sertifikatlarini joriy etish, berish va ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish soddalashtirilgan tartibda amalga oshirilishi ko'zda tutilgan.

PMTI prognozlariga ko'ra, 2035 yilda O'zbekiston aholisi 45,6 mln kishidan oshadi. Ushbu davrgacha aholining elektr energiyasiga bo'lgan talabi esa har yili 5-5,3 foizga oshishi kutilmoqda. Mutaxassislar milliy energetika tizimini tezroq yadro, vodorod va «yashil» texnologiyalarga integratsiyalashni taklif etmoqda.

Mavzu bo'yicha adabiyotlar tahlili. Mamlakatimizda yashil iqtisodiyot tamoillaridan foydalangan holda barqaror iqtisodiy o'sish modelini ishlab chiqish shuningdek, muqobil energiya resurslaridan foydalanish bo'yicha bir qancha olimlar ish olib borishmoqda. Masalan, Shoira Israilova yashil iqtisodiyotni rivojlantirishning xususiyatlari va omillari bo'yicha tahlillar olib borgan bo'lsa, A.Vaxabov va N.Nazarov energiya samaradorligi va moliyaviy mexanizmlar bo'yicha strategik tavsiyalar ishlab chiqqan.

Tatqiqot metodologiyasi. Tadqiqot davomida quyosh va shamol energiyasi uchun potensial hududlar, mavjud texnologiyalar va moliyaviy mexanizmlar o'rganildi. Shuningdek, tadqiqot doirasida geografik hududlar tahlili, statistik ma'lumotlar va ekspertlar fikr mulohazalaridan foydalanildi.

Tahlil va natijalar. 2030-yilga borib, O'zbekistonning elektr energiyaga bo'lgan ehtiyoji sezilarli darajada oshadi va 124 milliard kilovatt-soatga yetishi kutilmoqda. Bu 2020-yilga nisbatan 49% ga oshishni anglatadi. Mazkur o'sish mamlakatda aholining ko'payishi, iqtisodiyotning rivojlanishi va urbanizatsiya bilan bog'liqdir. Bundan kelib chiqadiki an'anaviy uslubda energiya ishlab chiqarish ya'niki tabiiy resurslarni (neft, gaz, ko'mirni yoqish orqali energiya hosil qilish) yoqish orqali energiya hosil qilish bugungi kunda eskirdi hamda bu sohada jiddiy modernizatsiya ishlarini amalga oshirish dolzarb masalalardan biri bo'lib qolmoqda.

Quyida O'zbekistonning 2023 va 2024-yillaгdagi jami elektг eneгgiyasi

ishlab chiqaгish ko'reatkichlari statistik jadvalda aks ettiгiladi.

Yil Umumiy ishlab chiqarish hajmi (mh-d kVtsoat) Yashil ene^iya ulushi (mlгd kVtsoat) An'anaviy ene^iya ulushi (mkd kVtsoat)

2023 69,6 17,4 (25%) 52,2 (75%)

2024 73,5 21,3 (29%) 52,2 (71%)

(muallif ishlanmasi)

Jadvaldan ma'lum bo'ladiki o'tgan 2023 yilda mumiy ishlab chiqarish hajmi 69,6 mlгd kVtsoatni tashkil etgan, bunda 25% yashil ene^iya (gidгoelektг, quyosh, shamol) hissasiga to'g'ri kelgan.

Joгiy yilda esa elekfr eneгgiyasi ishlab chiqaгish hajmi oshib, 73,5 mkd kVtsoatga yetdi, bu yashil ene^iya manbalaгi ulushining sezilarii o'sishi (4 mlгd kVtsoatga yaqin) hisobiga sodiï bo'lgan.

Navbatdagi jadvalda esa O'zbekiston hoziïgi kunda yashil ene^iya manbalaгi asosida ishlab chiqarayotgan elektг eneгgiya tuгlari va miqdorlarini

ko'гsatadigan.

(muallif

____ishlanmasi)

Ene^iya tuгi 2024-yilda ishlab chiqaгilgan hajmi (mkd kVtsoat) Ene^iya ishlab chiqaгishdagi ulushi (%) Izohlai

Gidгoelektг ene^iya 7,44 20-25 To'palang va Choivoq GESlaгi asosiy hissani ta'minlaydi

Quyosh eneгgiyasi 2,0-2,5 5-7 2023-yilda ishga tushgan yangi quyosh stansiyalari samaгadoгlikni oshiгgan

Shamol eneгgiyasi 1,0-1,5 3-5 Shamol stansiyalarining kengayishi davom etmoqda

Umumiy Bu ko'rsatkich umumiy

yashil energiya ishlab

10,5-11,5 25-30

chiqarishdagi ulushni

energiya anglatadi

Statistik jadvaldagi ma'lumotlarga asosan O'zbekiston sharoitida gidroelektr satnsiyalaridan yashil energiya olish hajmi 7.44 mlrd kVt saoatga teng. Bu degani mintaqamizdagi umumiy yashil energiya ishlab chiqarish hajmining choragiga teng. Shuningdek, shamol energiyasidan foydalanish juda past sur'tlarda kechayotganini ko'rishimiz mumkin. Jadvaldagi raqamlardan kelib chiqqan holda yana shunday xulosaga kelish mumkinki O'zbekistonda quyoshli kunlar 250-300 kun bo'lishiga (hududlardan quyosh panellaridan foydalangan holda tabiiy energiya olish imkoniyatlari bisyorligi) qaramasdan tabiiy energiya ishlab chiqarish juda ham past sur'atlarda kechmoqda. Bu esa sohada qilinishi kerak bo'lgan amaliy ishlar ko'pligidan dalolat beradi.

Masalaning yechimi sifatida soha mutahasislari yurtimiz hududida atom elektro stansiyalarni (AES) qurish taklifini bildirishgan. Mazkur qurilishi rejalashtirilgan loyiha Jizzax viloyatida "Rosatom" davlat korporatsiyasi (Rossiya) bilan hamkorlikda qilinmoqda. Har biri 1200 MVt quvvatga ega ikkita energoblok qurilishi rejalashtirilmoqda, hamda 2030 yilda umumiy quvvati 2400 MVt. energiya olish rejalashtirilgan.

Xulosa qiladigan bo'lsak yaqin 3-5 yilda tabiiy energiyaga bo'lgan talab oshishini hisobga oladigan bo'lsak O'zbekiston hududida yashil energiya olish jarayonlari hali potensial darajada emas. Shuningdek quyosh panellari hamda shamol energiyasidan foydalanish uchun tabiiy shaoitlar yetarli bo'lgan bir vaqtda tabiatdan tabiiy energiya olish ko'rsastkichlarimiz bor yo'g'i 25% nigina tashkil qiladi hamda bu ulushning aksar qismi suv energetikasi sohasiga to'g'ri kelmoqda. Yurtimizda qisqa muddatli energiya talabini qondirish uchun muqobil energiya resurslaridan foydalanish, uzoq muddatli energiya talabini qondirish uchun esa biomassa yoki atom reaktori texnologiyalaridan foydalanishi maqsadga muvofiqdir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi, PQ-436-Son "2030-yilgacha O'zbekiston Respublikasining "yashil" iqtisodiyotga o'tishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish bo'yicha chora-tadbirlar to'g'risida" gi Qarori.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-oktabrdagi, PQ-4477-son qarori "2019-2030-yillar davrida O'zbekiston Respublikasining "yashil" iqtisodiyotga o'tish strategiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi qarori

3. Ochilov, A. O., & ugli Safarov, S. S. (2023). Prospects For Improving Educational Efficiency In Higher Education Institutions. Miasto Przyszlosci, 43, 58-62.

4. Хожанова Г. О. Особенности использования природных ресурсов //Лучшие интеллектуальные исследования. - 2023. - Т. 9. - №. 2. - С. 105-107.

5. Khojanova G. O. Economic Aspects of Natural Resources Use in Uzbekistan //Information Horizons: American Journal of Library and Information Science Innovation (2993-2777). - 2023. - Т. 1. - №. 7. - С. 22-27.

6. Khojanova G. O. INCREASING THE ECONOMIC EFFICIENCY OF THE REGION'S NATURAL RESOURCES //INNOVATION IN THE MODERN EDUCATION SYSTEM. - 2023. - Т. 3. - №. 28. - С. 171-176.

7. Ochilova N. A. Farming Management and their Economic Efficiency //Innovation in the Modern Education System. - 2023. - Т. 3. - №. 28. - С. 177-184.

8. Ochilova N. A. Economic performance of dehkan farms in kashkadarya region //GWALIOR MANAGEMENT ACADEMY - 2022. - Т. 117.

9. Akramovna O. N. SCIENTIFIC ON INCREASING THE EFFICIENCY OF CROP PRODUCTION ON FARMS AND PEOPLE'S HOMESTEADS RECOMMENDATION ANALYSIS //" ONLINE-CONFERENCES" PLATFORM. - 2022. - С. 300-303.

10. Xo'jaqulova N. Dorivor o 'simliklarni yetishtirish va qayta ishlashda davlat tomonidan qo 'llab-quvvatlashning ahamiyati. - 2023.

11. Xo'jaqulova N. Dorivor o 'simliklarni yetishtirish va qayta ishlashda klaster-kooperatsiya tizimi samaradorligini oshirish masalalar. - 2023.

12. Khujakulova N. R. Economic Efficiency of Using Innovative Technologies In the Cultivation of Medicinal Plants //The Journal of Economics, Finance and Innovation. - 2023. - С. 198-202.

13. Дустова М. К., Шомуротова С. Роль иностранных инвестиций в развитии экономики //Научный прогресс. - 2022. - Т. 3. - №. 2. - С. 1021-1025.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.