Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTON SHAROITIDA BINO VA INSHOOTLAR ASOSIDAGI SHO‘RLANGAN GRUNTLARNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARINI ASOSLASH, ULARNING MUSTAHKAMLIK KO‘RSATKICHLARINI ANIQLASH'

O‘ZBEKISTON SHAROITIDA BINO VA INSHOOTLAR ASOSIDAGI SHO‘RLANGAN GRUNTLARNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARINI ASOSLASH, ULARNING MUSTAHKAMLIK KO‘RSATKICHLARINI ANIQLASH Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
3
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
binо vа inshооtlаr / muhаndis-gеоlоgik qidiruv ishlаri / shо‘rlаngаn gruntlаr / gruntlаr / nаmlik / yuqоri nаmlаngаn gruntlаr / fizik-mеxаnik xоssаlаr / аеrоvizuаl kuzаtuv / аеrоfоtоsyоmkа / аеrоkоsmik syоmkа / murаkkаb iqlim shаrоit. / buildings and structures / engineering-geological prospecting / saline soils / soils / humidity / highly moistened soils / physical and mechanical properties / aerial visual surveillance / aerial photography / aerospace photography / complex climatic conditions.

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Zafarov Olmos

Mirzасhо‘l tеkisliklаri hududidаgi shо‘rlаngаn gruntlаrdа binо vа inshооtlаrni lоyihаlаsh vа qurishdа muhаndis-gеоlоgik qidiruv ishlаrini оlib bоrishning о‘zigа xоs xususiyаtlаrini аsоslаsh mаvzusidаgi ushbu mаqоlаdа binо vа inshооtlаrni lоyihаlаsh vа qurishdа muhаndis-gеоlоgik qidiruv ishlаrini оlib bоrish, ulаrning sаmаrаdоrligini оshirish usullаri, mе’yоriy xujjаtlаr tаlаblаri bо‘yiсhа yuqоri nаmlikkа еgа bо‘lgаn gruntlаrni fizik-mеxаnik xоssаlаrini аniqlаshni tаlаb еtilishi vа muhаndislik-gеоlоgik qidiruv ishlаridа аеrоkоsmik syоmkа, аеrо vizuаl kuzаtuv, аеrоfоtоsyоmkа ishlаrini оlib bоrish, shuningdеk, murаkkаb iqlim shаrоitidа binо vа inshооtlаrni lоyihаlаsh vа qurish bо‘yiсhа о‘zigа hоs izlаnishlаrni аmаlgа оshirish, yuqоri nаmlikdаgi gruntli аsоsli uсhаstkаlаrdа muhаndis-gеоlоgik qidiruvlаr tеxnik tоpshiriqdа kеltirilgаn mаxsus dаstur bо‘yiсhа оlib bооrish kеrаkligi hаqidа mа’lumоtlаr kеltirilgаn.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ESTABLISHING SPECIFIC CHARACTERISTICS OF SALINE SOILS FOR BUILDINGS AND CONSTRUCTIONS IN UZBEKISTAN, DETERMINING THEIR STRENGTH INDICATORS

In this article, on the topic of substantiating the specific features of conducting engineering-geological exploration works in the design and construction of buildings and structures in the area of the Mirzashol plains, the methods of conducting engineering-geological exploration works in the design and construction of buildings and structures, methods of increasing their effectiveness, According to the requirements of regulatory documents, it is required to determine the physical and mechanical properties of soils with high humidity, and to carry out aerospace photography, aerial visual observation, aerial photography in engineering and geological exploration, as well as designing buildings and structures in difficult climatic conditions and Information is given that special research should be carried out during construction, engineering-geological research in high-moisture soil-based areas should be carried out according to the special program specified in the technical assignment.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTON SHAROITIDA BINO VA INSHOOTLAR ASOSIDAGI SHO‘RLANGAN GRUNTLARNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARINI ASOSLASH, ULARNING MUSTAHKAMLIK KO‘RSATKICHLARINI ANIQLASH»

UO'K: 631.41:631.8 d 10.70769/3030-3214.SRT.2.4-1.2024.20

O'ZBEKISTON SHAROITIDA BINO VA INSHOOTLAR ASOSIDAGI SHO'RLANGAN GRUNTLARNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARINI ASOSLASH, ULARNING MUSTAHKAMLIK KO'RSATKICHLARINI

ANIQLASH

Zafarov Olmos

Jizzax politexnika instituti, geologiya-mineralogiya fanlari bo 'yicha falsafa doktori (PhD), dotsent, Jizzax, O 'zbekiston

E-mail: olmos.zafarov@mail. ru ORCID ID: 0009-0006-0226-6349

Annotatsiya. Mirzacho 'l tekisliklari hududidagi sho 'rlangan gruntlarda bino va inshootlarni loyihalash va qurishda muhandis-geologik qidiruv ishlarini olib borishning o 'ziga xos xususiyatlarini asoslash mavzusidagi ushbu maqolada bino va inshootlarni loyihalash va qurishda muhandis-geologik qidiruv ishlarini olib borish, ularning samaradorligini oshirish usullari, me 'yoriy xujjatlar talablari bo 'yicha yuqori namlikka ega bo'lgan gruntlarni fizik-mexanik xossalarini aniqlashni talab etilishi va muhandislik-geologik qidiruv ishlarida aerokosmik syomka, aero vizual kuzatuv, aerofotosyomka ishlarini olib borish, shuningdek, murakkab iqlim sharoitida bino va inshootlarni loyihalash va qurish bo'yicha o'ziga hos izlanishlarni amalga oshirish, yuqori namlikdagi gruntli asosli uchastkalarda muhandis-geologik qidiruvlar texnik topshiriqda keltirilgan maxsus dastur bo'yicha olib boorish kerakligi haqida ma 'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: bino va inshootlar, muhandis-geologik qidiruv ishlari, sho 'rlangan gruntlar, gruntlar, namlik, yuqori namlangan gruntlar, fizik-mexanik xossalar, aerovizual kuzatuv, aerofotosyomka, aerokosmik syomka, murakkab iqlim sharoit.

УСТАНОВЛЕНИЕ ХАРАКТЕРИСТИК ЗАСОЛЕННЫХ ГРУНТОВ ДЛЯ ЗДАНИЙ И СООРУЖЕНИЙ В УЗБЕКИСТАНЕ, ОПРЕДЕЛЕНИЕ ПОКАЗАТЕЛЕЙ ИХ ПРОЧНОСТИ

Зафаров Олмос

Джизaкcкий пoлитeхничecкий институт, öoKmop фuлocoфuu (PhD) no гeoлoгo-минeрaлoгичecким uayKaM, öo^nm, Джизaк, Y3ÖeKucmaH

Аннотация. В öannoü cmambe no meMe oöocnoeanun ocoöennocmeü npoeeöenun uнжeнepнo-гeoлoгopaзвeöoчных paöom при npoexmupoeanuu и cmpoumeльcmвe 3Öanuü и coopужeнuй Ha meppumopuu Мupзaшoльcкoй paeHurni, Memoöoe eeöenия uнжeнepнo-гeoлoгopaзвeöoчных paöom npи npoeкmupoвaнuu и cmpoumeльcmвo 3Öanий и coopужeнuй, Memoöb noвышeнuя их эффeкmuвнocmu. Сoглacнo mpeöoвaнuям HopMamuernix öoKyMenmoe mpeöуemcя onpeöeляmь фuзuкo-мexaнuчecкue ceoücmea гpунmoв c noвышeннoй влaжнocmью, a maкжe ocущecmвляmь aэpoкocмuчecкую фomocъeмку, aэpoвuзуaльнoe нaöлюöeнue, aэpoфomocъeмку. npu uнжeнepнo-гeoлoгuчecкux mbicKaH^x, a maкжe npu npoeKmupoeanuu зöaнuй и coopужeнuй в cлoжныx клuMammecKux y^oeuHx и npueeöeHbi ceeöenия o moM, чmo npu cmpoumeльcmвe ^eöyem npoeo -

ESTABLISHING SPECIFIC CHARACTERISTICS OF SALINE SOILS FOR BUILDINGS AND CONSTRUCTIONS IN UZBEKISTAN, DETERMINING

THEIR STRENGTH INDICATORS

Zafarov Olmos

Jizzakh Polytechnic Institute, Doctor of Philosophy (PhD) in Geological andMineralogical Sciences, Associate Professor, Jizzakh, Uzbekistan

дить специальные исследования, инженерно-геологические изыскания на участках с грунтами с повышенным уровнем влажности следует проводить в соответствии с требованиями специальная программа, указанная в техническом задании.

Ключевые слова: здания и сооружения, инженерно-геологическая разведка, засоленные грунты, грунты, влажность, сильноувлажненные грунты, физико-механические свойства, аэровизуальное наблюдение, аэрофотосъемка, аэрокосмическая съемка, сложные климатические условия.

Abstract. In this article, on the topic of substantiating the specific features of conducting engineering-geological exploration works in the design and construction of buildings and structures in the area of the Mirzashol plains, the methods of conducting engineering-geological exploration works in the design and construction of buildings and structures, methods of increasing their effectiveness, According to the requirements of regulatory documents, it is required to determine the physical and mechanical properties of soils with high humidity, and to carry out aerospace photography, aerial visual observation, aerial photography in engineering and geological exploration, as well as designing buildings and structures in difficult climatic conditions and Information is given that special research should be carried out during construction, engineering-geological research in high-moisture soil-based areas should be carried out according to the special program specified in the technical assignment.

Kеуwords: buildings and structures, engineering-geological prospecting, saline soils, soils, humidity, highly moistened soils, physical and mechanical properties, aerial visual surveillance, aerial photography, aerospace photography, complex climatic conditions.

Kirish. Bugungi kunda mamalakatimizda keng ko'lamda qurilish ishlari olib borilmoqda. Murakkab iqlim sharoitida bino va inshootlarni loyihalash va qurish o'ziga hos izlanishlarni talab qiladi. Yuqori namlikdagi gruntli asosli uchast-kalarda muhandis-geologik qidiruvlar texnik top-shiriqda keltirilgan maxsus dastur bo'yicha baja-riladi. Dastur va texnik topshiriqni loyiha va qidiruv tashkilotlari birgalikda ishlab chiqadilar.

Qidiruv natijasida olingan materiallar, umu-miy holatda quydagilarni amalga oshirishga imkon berishi kerak:

1. Asosning turg'unligini miqdoriy baholash;

2. Konsolidatsiya jaroyonida asosning cho'ki-shini qiymati va davomiyligini bashoratlash.

Umuman olganda bu materiallar yuqori namlikdagi qatlamni ko'tarma asosini materiali sifatida foydalanish mumkinligini baholashi kerak.

Qidiruv ishlarini olib borishda loyihalovchi tashkilot tomonidan amaldagi ma'lumotlarni olgan-dan so'ng dastur tahrir qilinishi mumkin.

1-jadval

Bino va inshootlar asosining turg'unligi va mustahkamligini ta'minlashda gruntlarni _zichlashda ularning namligi_

Grunt Talab qilingan zichlik koeffitsiyentida namlik ko'rsatkichlari qiymati

1-0,98 0,95 0,90

Changsimon qumlar, yirik va yengil Supeslar <1,35 1,6 me'yorlan-maydigan qiymatlar

Yengil va changsimon supeslar 0,8-1,25 0,75-1,35 0,7-1,6

Og'ir changsimon supeslar, yengil va yengil changsimon supeslar 0,851,15 0,8-1,2 0,75-1,4

Og'ir suglinoklar, og'ir changsimon loylar 0,95-1,0 0,9-1,1 0,85-1,2

Lyosslar 0,8-1,20 0,7-1,25 0,7-1,40

Bino va inshootlar asosining turg'unligi va mustahkamligini ta'minlashda gruntlarni zichlashda ularning namligi 1-jadvalda ko'rsatilgan optimal namlikdan kam bo'lsa, qaytadan mustahkamlanadi, agar namlik ruxsat etilgandan kam bo'lsa, unda grunt qo'shimcha ravishda namlanadi [1].

Namlik ruxsat etilgan darajadan ko'p bo'l-ganda gruntlar quritilishi lozim. Bino va inshootlar hududidagi suv-issiqlik tartibini boshqarish bo'yicha tadbirlarni muntazam ravishda kuzatib borish zarur.

Adabiyotlar tahlili va metodlar. Avvalgi yillarning qidiruv materiallarini yig'ish, tahlil qilish va umumlashtirish jarayonida hudud geologiya-sining to'rtlamchi davrdagi rivojlanish tarixiga hamda tumanning analoglari bo'yicha mavjud ma'lumotlarga e'tibor qaratish zarur. Qurilish hududida grunt suvlarining sathi ko'tarilishi va botqoqlanishiga olib keluvchi texnogen ta'sirlar haqidagi ma'lumotlarni umumlashtirish muhimdir. Shuningdek, marshrut kuzatuvlari davomida bot-qoqlik, ko'l, lagun, allyuvial va aralash genezisli

yotqiziqlarning rivojlanishiga alohida e'tibor berish talab etiladi [2, 3].

Yuqori namlikka ega gruntlarning tarqalishi va qalinligini aniqlash uchun imkon qadar ko'proq ma'lumot yig'ish zarur. Shu bilan birga, yer yuza-sining yuqori qatlamlaridagi gruntlarning mustah-kamligini o'rganish maqsadida geofizik tadqiqot-larning turli usullaridan foydalanish tavsiya etiladi.

Natijalar. Sho'rlanishning asosiy sababi yer yuzasiga yaqin joylashgan minerallashgan grunt suvlar sathining ko'tarilishi va bug'lanish jarayo-nidir. Natijada, tuzlar tuproqning yuqori qatlamlari va yuzasida asta-sekin to'planadi. Bu jarayonlar davom etadigan va kuchli bug'lanish boshlanadigan grunt suv sathi kritik chuqurlik deb ataladi. Sho'r-lanishni oldini olish uchun grunt suvlarining baland-ligini doimiy ravishda kritik chuqurlikdan pastroq darajada ushlab turish zarur. Bu maqsadda drenaj tizimidan foydalanish tavsiya etiladi.

Tuzlarning kimyoviy tarkibiga qarab sodali, soda-sulfatli, sulfatli, sulfat-xloridli, xlorid-sulfatli, xloridli va boshqa sho'rlanish turlari mavjud (2-

Respublika hududidagi sho'rlangan supes-suglinokli gruntlarning kimyoviy tarkibi

2-jadval

Tarqalish regioni

л 2

OS

m

SiÜ2

A12O3

Kimyoviy tarkibi, %

Fe2Ü3

CaO

MgO

K2O+ Na2Ü

SO3

CO2

%

Si £

Amudaryoning Orololdi deltasi

1-4

45 - 58 51

11 -13

8 -10

10 -13 11

3 - 5

3 - 4

0 -1

0,5

8 -10 9

98

Amudaryoning Xorazm deltasi

1-3

48 - 55

10 -13

3 - 5

10 -13 11,5

3 - 4 3,5

3-5

0 - 3 1,5

7 - 10

8,5

97

Buxoro-Qorako'l suv havzasi

1-5

52 - 61

9 -12 11

3-5

8 -13 11

2 - 4

3 - 4 3,5

0 - 2 1

5 - 8 6,5

97

Zarafshon suv havzasi

6-22

53 - 55 54

11 -13 12

4 - 4,2

11 -12 11,5

2 - 3 2,5

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

2 - 3 2,5

1 - 2 1,5

8 - 9 8,5

96

Qashqadaryo botiqligi

2-8

48 - 54 52

10 -12 11

4 - 5 4,5

10 -12 11

2,6 - 3,4 3

3-5

0,4 - 3 2

7 - 9 8

95

Surxondaryo botiqligi

1-30

49 - 53 51

10 -12 11

4 - 5 4,5

11 - 13 12

2,6 - 3,4 3

3 - 3,5 3,5

01 - 2 1

7 -11

9

95

Farg'ona Botiqligi

1-9

52 - 54 53

11 -12 11

4,2 - 5,3

10 -13 11

2,8 - 4,1

3,5

1,4 - 3 2

7 - 10 8,5

98

O'zbekiston bo'yicha o'rtacha miqdor

1-30

51 - 57 54

11 - 12 11,5

4 - 5 4,5

11 -12 11,5

2,5 - 4 3

2,5 - 4 3,5

0,5 - 2 1

6,5 - 9 8

97

Izoh: suratda - chegaraviy qiymatlar, maxrajda - o'rtacha qiymatlar.

12

8

4

3

52

12

4

4

57

3

4

4

4

3 - 4

3,5

5

jadval). Gruntlardagi tuzlarning kimyoviy tarkibi, odatda, harakatlanuvchi yer osti va ustki suvlarining kimyoviy tarkibi bilan uzviy bog'liqdir.

Tabiiy suvlar (yer osti va ustki suvlar) turli kimyoviy elementlar bilan boyib, eritmalar hosil qiladi. Ushbu eritmalarning tarkibi quyidagi omil-larga bog'liq:

- Atmosfera yog'inlari ta'siri;

- Tog' jinslarining «ishqoriy eritilishi»;

- Bug'lanish jarayonlari;

- Ion almashinuvi va yutilishi;

- Gazlar, organik birikmalar va organism-larning ta'siri;

- Boshqa fizik-kimyoviy jarayonlar [4, 5, 6].

Grunt suvlarining kimyoviy tarkibi asosan

aeratsiya zonasida tarqalgan gruntlardagi yengil eruvchan tuzlar hisobiga shakllanadi. Suv tarkibi-dagi komponentlarning miqdori va sifati bir qancha omillarga bog'liq bo'lib, asosan quyidagilarni o'z ichiga oladi:

1. Ba'zi elementlarning yer qobig'ida tarqal-ganligi;

2. Elementlarning ma'lum harorat va bosim ostida suvlarda eruvchanligi.

Grunt suvlarida kimyoviy yo'l bilan hosil bo'lgan tog' jinslari yaxshi eriydi. Xloridli, sulfatli, karbonatli va ishqoriy birikmalar grunt suvlarida keng tarqalgan. Tuzlarning eruvchanligi suvning kimyoviy tarkibi, harorat, va suvning harakat tezligi kabi omillarga bog'liq. Oddiy tuzlarning 180°C

haroratda eruvchanlik miqdori 3-jadvalda keltiril-gan.

3-jadval

Tuzlarning 18oC haroratda eruvchanligi

Tuzlarning kimyoviy tarkibi Suvda eruvchanligi, g/l Tuzlarning kimyoviy tarkibi Suvda eruvchanligi, g/l

K2CO3 1117 NaSO4 194

CaCl2 745 K2SO4 111

MgCl2 545 MgCO3 25,79

MgSO4 354 CaSO4 2

NaCl 329 Ca(OH) 2 1,48

KCl 330 SiO2 0,16

NÜ2CO3 193,9 CaCO3 0,0634

3-jadvalda eruvchan ik darajasi bo'yicha yu-

qori o'rinlarda xloridlar, keyin sulfatlar va karbonat tuzlari turibdi. Kalsiyning karbonatli tuzlari eng qiyin eruvchan tuzlar hisoblanadi. Gruntning sho'r-langanlik darajasi zararli tuzlarning umumiy miq-doriga ko'ra (gips, miqdori olib tashlangan holda) belgilanadi. Shu belgiga asosan, sho'rlangan grunt-lar kuchsiz (zararli tuzlar miqdori 0,1-0,2%), o'r-tacha (0,2-0,4%), kuchli (0,4-0,8%), juda kuchli sho'rlangan (sho'rxoklar; 0,8% dan ko'p) xillarga bo'linadi. Tabiiy sho'rlangan gruntlarlar kimyoviy tarkibi (sho'rlanish tipi)ga ko'ra xloridli, sulfat-xloridli, xloridsulfatli, sulfatli, sodasulfatli, sulfat-

4-jadval

№ Viloyatlar Kuchsiz O'rtacha Kuchli O'ta kuchli

sho'rlangan sho'rlangan sho'rlangan sho'rlangan

1. Qoraqalpog'iston Respublikasi - 27,3 37,4 35,3

2. Andijon viloyati 43,9 32,9 16,2 7

3. Buxoro viloyati 57,5 30,7 7,6 4,2

4. Jizzax viloyati 17,5 38,6 29,1 14,8

5. Qashqadaryo viloyati 25,6 51,8 15,1 7,5

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

6. Navoiy viloyati 19,9 52,1 20,9 7,1

7. Namangan viloyati 58,1 26 9,2 6,7

8. Samarqand viloyati 50,8 39,7 7,7 1,8

9. Surxondaryo viloyati 73 21,1 4,2 1,7

10. Sirdaryo viloyati - 59,9 25,6 14,5

11. Toshkent viloyati 71,3 22,5 4,4 1,8

12. Farg'ona viloyati 27,9 35,6 22,2 14,3

13. Xorazm viloyati - 59,1 28,1 12,8

sodali, xloridsodali, sodali, sulfat yoki xlorid-gidrokarbonatli (ishqoriy yer elementlari) sho'r-langan yerlarga bo'linadi.

Muhokama. Grunt sho'rlanishining salbiy oqibatlari oldini olish uchun sug'orish rejimini to'g'ri ta'minlash, kuchli sho'rlangan tuproqlarni katta normalarda yuvish, sho'rlanish jarayoni yo'nalishini tubdan o'zgartirish uchun drenajlar yordamida grunt suvlarning sun'iy oqimini vujudga keltirish zarur.

O'zbekiston hududining tabiiy sharoitida sho'rlangan tuproqlarning viloyatlar bo'yicha sho'rlanish darajasi bo'yicha miqdori 4-jadvalda kel-tirilgan.

Sho'rlangan gruntlar hosil bo'lishining asosiy omillari yer yuzasiga yaqin joylashgan mineral-lashgan grunt suvlari va tuzli tog' jinslaridir. Suv oqimining yo'qligi va bug'lanish miqdorining yog'ingarchilikdan yuqori bo'lishi sho'rlanish jarayonining asosiy shartlari hisoblanadi. Shu sababli, sho'rlangan gruntlar odatda suv oqmay-digan tekisliklarda, cho'l-adir va adirli hududlarda uchraydi. Sho'rlanishning xarakteristikasi joyning gidrogeologik va geomorfologik sharoitlari bilan bevosita bog'liqdir.

Tog'oldi tekisliklari, odatda, karbonatli jinslardan iborat bo'lib, sho'rlanmagan gruntlardan tashkil topadi. Ammo tog'oldi tekisliklari va vodiy-larning quyi qismlarida suvda eruvchi sulfatlar va ba'zan xloridlar uchraydi. Joy chuqurlashishi bilan grunt tarkibida tuz miqdori oshadi, ayniqsa, bo'sh drenajlash sharoitida va grunt suvlari yaqin joylashgan hududlarda bu jarayon kuchayadi.

Daryo vodiylarining quyi qismlarida xlorid-larning miqdori sezilarli darajada ahamiyat kasb etadi. Tog'lardan uzoqlashgan sari karbonatli jinslar karbonatsiz jinslar bilan almashadi. Keyinchalik xlorid-sulfatli, sulfat-xloridli, va nihoyat xloridli sho'rlangan hududlar uchraydi.

Sho'rlangan hududlarda bino va inshootlarni loyihalash va qurishda gruntlarning mustahkamligi hamda siqilishini hisobga olish muhimdir. Cho'kin-di yotqiziqlardan tashkil topgan serg'ovak tog' jinslari tashqi kuch ta'sirida siqilib, ularning g'o-vakligi va hajmi kamayadi. Siqilish jarayoni siqilish qarshiligi, siqilish koeffitsienti va siqilish moduli kabi ko'rsatkichlar bilan tavsiflanadi.

Tog' jinslarining siqilish chegarasi ularning maksimal siqilish uchun sarf bo'lgan kuch qiy-

matiga teng bo'lib, bu ko'rsatkich MPa (megapaskal) bilan ifodalanadi. Gruntlar tashqi kuch ta'sirida siqilganda, zarrachalari zichlashadi va g'ovaklik darajasi kamayadi. Yon tomonga kengaymasdan siqilishga kompression siqilish deyi-ladi.

Grunt tarkibidagi yengil eruvchi tuzlarning miqdori keng miqyosda farq qilishi mumkin. Yuqorida keltirilgan yengil eruvchi tuzlarning miqdori va turi gruntlarning fizik-mexanik xossa-larini belgilaydi. Gruntlarning tuzli tartibini to'g'ri baholash uchun tuz almashinuviga ta'sir qiluvchi asosiy tabiiy omillar, masalan, yog'ingarchilik miqdori va iqlim sharoitlari, hisobga olinishi lozim. Sho'rlangan gruntlar tarkibida yengil eruvchi tuzlardan tashqari, ko'p miqdorda gips va karbo-natlar ham uchraydi, bu esa ularning xususiyatlarini belgilab beradi.

5-jadval

V.M.Bezruk bo'yic ia gruntlarning tasniflanishi

Ustki bir metrli qatlamda tuzlarning jami o'rtacha miqdori, vazni bo'yicha %

Grunt tulari Xloridli va sulfat xloridli Sulfatli, xlorid-

sulfatli va sodali sho'rlanish

sho'rlanish

1. Sho'rlanmagan <0,3 <0,3

2. Kuchsiz 0,3- 1,0 0,3- 0,5

sho'rlangan

3. Sho'rlangan 1,0- 5,0 0,5- 2,0

4. Kuchli sho'rlangan 5,0- 8,0 2,0- 5,0

5. Ortiqcha sho'rlangan >8,0 >5,0

Xulosa. Grunt tarkibidagi carbonat kalsiy

miqdori 5% dan kam bo'lsa, u hisobga olinmaydi. Agar miqdor 5% dan 25% gacha bo'lsa, bunday grunt tuproq ohaklashgan deb ataladi. Odatda karbonatlar changsimon tuproqli gruntlarda katta miqdorda uchraydi.

Grunt tuzlari suv va boshqa eritmalar ta' sirida erib, grunt ichida tarqalishi mumkin. Gruntdan eriydigan tuzlarning chiqib ketish jarayoni "tuzning yuvilishi" yoki "kimyoviy suffoziya" deb ataladi.

Aktiv ishqor yuvilishidan avval gruntlardagi tuzlar eriydi yoki yutilgan holatdan eritmaga o'tadi. Ushbu jarayonlar o'zaro bog'liq bo'lib, tuzlarning erishi va eritmaga o'tishi ularni gruntdan chiqarib yuborish jarayonini belgilab beradi.

Gruntdan tuzlarning chuchuk suv bilan yu-

vilish tezligi gruntning namlik ko'chish xusu-siyatiga bog'liq. Bu esa filtrlash koeffitsienti bilan belgilanadi. Konvektiv namlik ko'chishida (filtrlash jarayonida) tuzning yuvilish tezligi maksimal bo'ladi. Bunday holat filtrlash koeffitsienti taxmi-nan 10-3m/sutka va napor gradienti 10-6m/sutka atrofida bo'lganda kuzatiladi.

Agar suv o'tkazuvchanlikning qiymati kichik bo'lsa, tuzlarning yuvilish jarayoni diffuziya orqali amalga oshadi va sekin kechadi. Bundan tashqari, gruntdagi tuzlarning yuvilishi suv orqali harakat-lanayotgan eritmaning tarkibi va miqdori bilan ham nazorat qilinadi. Agar grunt orqali o'tayotgan eritma tarkibi tuzlar bilan to'yingan bo'lsa, gruntdagi tuzlar erimaydi. Shu sababli, sho'rlangan gruntga tushgan chuchuk suv ma'lum masofani bosib o'tgach, tuzlar bilan to'yinadi va erituvchi xususiyatini yo'qotadi. Faqat yangi miqdordagi chuchuk suv tushgandagina

tuzlarni aktiv eritib, gruntdan chiqarib tashlashi mumkin.

Gruntga kislota va ishqorlarning ma'lum eritmalari ta'sir qilganda nafaqat kuchsiz va o'rtacha eruvchan, balki qiyin eruvchan tuzlarni ham to'liq chiqarib tashlash mumkin.

Sho'rlangan tuproqli gruntlarga uzoq vaqt davomida chuchuk suv ta'sir etganda, o'rtacha va kuchli eruvchan tuzlar (masalan, xloridlar va sul-fatlar) bilan birga kuchsiz eruvchan birikmalar (karbonatlar, qumtuproq, temir oksidlari) ham chi-qib ketadi. Ushbu birikmalar gruntning tabiiy sementlovchi komponentlari bo'lib, uning mustah-kamligi va deformatsiya xususiyatlarini belgilaydi. Shu sababli, bunday tabiiy sementlarning yo'qolishi yoki kuchsizlanishi grunt tarkibi va strukturasi o'zgarishiga, shuningdek, uning xossalari o'zgari-shiga olib keladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Zafarov O., G'ulomov D., Murodov Z. Conducting engineering-geological researches on bridges located in our country and diagnosing their super structures, methods of eliminating identified defects //AIP Conference Proceedings. - AIP Publishing, 2023. - T. 2789. - №. 1.

2. Bobojonov R., Zafarov O., Yusupov J. Soil composition in the construction of engineering structures, their classification, assessment of the impact of mechanical properties of soils on the structure //AIP Conference Proceedings. - AIP Publishing, 2023. - T. 2789. - №. 1.

3. Maxkamov Z. et al. Conducting engineering and geological research on the design and construction of buildings and structures in saline areas //AIP Conference Proceedings. - AIP Publishing, 2023.

- T. 2789. - №. 1.

4. Kayumov A., Zafarov O., Kayumov D. Changes of mechanical properties in humidification saline soil based in builds and constructions //AIP Conference Proceedings. - AIP Publishing, 2023. - T. 2789. - №. 1.

5. Hudaykulov R. et al. Filter leaching of salt soils of automobile roads //E3S Web of Conferences. -EDP Sciences, 2021. - T. 264. - C. 02032.

6. Maslov N. N. Fundamentals of engineering geology and soil mechanics. Textbook for high schools.

- M.: Higher School, 1982.- 511 p.

7. Dmitriev V.V., Yarg L.A. Methods and quality of laboratory study of soils: textbook / V.V. Dmitriev, L.A. Yarg. -M.: KDU, 2008. - 502 p.

8. Trofimov V. T., Koroleva V. A. Laboratory work on soil science. -M.: KDU, University book, 2017. - 654 p.

9. Trofimov V. T. et al. Ground science. -M., Publishing House of Moscow State University, 2005. -1024 p.

10. Muzaffarov A. A., Fanarev P. A. Engineering and geological support for the construction of highways, airfields and special structures. Tutorial. M.: MADI, 2016. -180 p.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.