Научная статья на тему 'TOG’ OLDI CHALA CHO’L LANDSHAFTLARNING TABIIY GEOGRAFIK XUSUSIYATLARI (QARNOB CHO’L MISOLIDA'

TOG’ OLDI CHALA CHO’L LANDSHAFTLARNING TABIIY GEOGRAFIK XUSUSIYATLARI (QARNOB CHO’L MISOLIDA Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
4
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
iqlim o’zgarishi / cho’l hududlarining geoekologik holati / iqlim o’zgarishi / Qarnabcho’l tabiiy florasi / geografik xususiyatlari / yaylovlar hosildorligi
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TOG’ OLDI CHALA CHO’L LANDSHAFTLARNING TABIIY GEOGRAFIK XUSUSIYATLARI (QARNOB CHO’L MISOLIDA»

ISSN 2181 Irnpakt faktor

WWW '"aoowy*

TOG' OLDI CHALA CHOL LANDSHAFTLARNING TABIIY GEOGRAFIK XUSUSIYATLARI (QARNOB CHOL MISOLIDA

Ochilov Sanjar Zokir o'g'li

Guliston davlat universiteti Ekologiya va geografiya kafedrasi tayanch doktoranti, Guliston, O'zbekiston, e-mail: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.14511626

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 10- Dekabr 2024 yil Ma'qullandi: 15- Dekabr 2024 yil Nashr qilindi: 18- Dekabr 2024 yil

KEY WORDS

iqlim o'zgarishi, cho'l

hududlarining geoekologik holati, iqlim o'zgarishi, Qarnabcho'l tabiiy florasi, geografik xususiyatlari, yaylovlar hosildorligi

Yaylov xojaligida yuz bergan salbiy holatlar zudlik bilan ulardan oqilona foydalanish, biologik xilma-xillikni asrash va boyitish, inqirozga uchragan yaylov maydonlarining o'simlik qoplamini fitomelioratsiyalash orqali qayta tiklash chora-tadbirlarini amalga oshirishni taqozo etadi. Shu bois, ushbu tadqiqot ishimizda yaylovlardan foydalanishning ekologik xavfsiz, ratsional tizimi, yaylov xojaligini boshqarishning ilg'or mexanizmlari, inqirozga uchragan yaylovlarni yaxshilash samarali texnologiyalari va istiqbolli fitomeliorantlar to'g'risida ma'lumotlar yoritilib, fikrimizcha ushbu tavsiyalar cho'l mintaqasida yaylov chorvachiligi bilan shug'ullanib kelayotgan xojalik yurituvchi sub'ektlar mutaxassislari uchun qo'llanma sifatida xizmat qilishi mumkin. Biz ushbu ilmiy tadqiqot ishimizni Qarnabcho'l tog' oldi chala cho'lyaylovlarining

ekologik holatlarini qiyosiy baholashga bag'ishladik.

O'zbekistonda tog' oldi cho'l va yarim cho'l tabii yaylovlari 32 mln ga ni tashkil qiladi. Shundan qorako'lchilik yaylovlari maydoni 17,5 mln ga bo'lib, hozirgi kunda "O'zbekqorako'li" kompaniyasiga qarashli shirkat xo'jaliklari tasarrufidagi yaylovlar maydoni 8,2 ga dan iborat. Shunga qaramasdan, hozirgi kunda foydalanib kelinayotgan qorako'lchilik yaylovlari maydoni 17,0 mln ga dan ortiq maydonni tashkil qiladi. Yaylovlar mamlakatimiz cho'l chorvachiligining asosiy ozuqa manbai bo'lib, ulardan yil bo'yi foydalanish imkoniyati mavjud. Yaylov ozuqasi eng arzon ozuqa manbai hisoblanadi. Lekin qorako'lchilik yaylovlarining hozirgi holati sohani barqaror rivojlantirish talabiga javob bermay kelmoqda. Chunki yaylovlar hosildorligi past, quruq moddaga hisoblaganda 1,5-3,0 st\ga dan ortmaydi.

Bundan tashqari, cho'l yaylovlari hosildorligi ob-havo sharoitlari bilan bevosita bog'liq, shu bois, hosildorlik yillar va yil mavsumlari bo'ylab keskin o'zgarib turadi. Yog'in-sochin miqdori ko'p yillarda cho'l yaylovlarining har gektari o'rtacha yilga qaraganda ikki marotabagacha ortishi, qurg'okchil yerlarda esa 1-0,5 st\ga gacha pasayib ketadi. Ko'p yillik kuzatishlar shundan dalolat beradiki, har o'n yilda 3 yil hosildor, 4 yil o'racha hosilli va 3 yil kam hosilli yillar takrorlanib turadi.

Tog' oldi chala cho'l yaylovlar hosildorligi va ozuqa sifati nafaqat yillar bo'ylab, balkim yil mavsumlari bo'ylab ham keskin o'zagarib turadi. Masalan, yaylovlardagi ozuqa miqdori qish mavsumiga kelib 2,5 marotaba kamayadi. Ozuqa tarkibidagi protein miqdori 20 % dan -5 % gacha, oqsil miqdori esa 13 % dan - 4 % gacha kamayib ketadi. 100 kg yaylov ozuqasi tarkibida bahorda 80-90 ozuqa birligi mavjud bo'lsa, qish mavsumida bu ko'rsatkich 18,3 % dan ortmaydi.

Masalan, bundan 35-40 yil oldin Qarnabcho'l tabiiy florasida 260 dan ortiq gulli o'simlik turlari qayd etilgan bo'lsa (Mavlonov, 1973), hozirgi kunda aynan shu hududda o'simlik turlari soni 35-40 turdan ortmaydi, ya'ni biologik xilma-xillik 6 martadan ortiq kamaygan. Kuchli inqirozga uchragan yaylov massivlarida o'simliklar xilma- xilligi 5-6 turdan ortmaydi. Shulardan ham yarimidan ortig'i ozuqaviy xususiyati qoniqarsiz, deyarli yeyilmaydigan isiriq, qo'ziquloq, qirqasoch, oqquray, uchma kabi o'simliklardan iborat. Qarnabcho'l tabiiy geografik xususiyatlarini baholash, ularda yuz bergan ekologik muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yo'llarini ko'rsatib o'tish va kelgusida tog' oldi chala cho'l yaylovlar ekologik holatini optimallashtirish chora-tadbirlarini ko'rish zarur deb hisoblaymiz.

Mamlakatimiz hududining 60 % dan ortiqrog'ini egallagan cho'l va yarim cho'l mintaqalari eng arzon ozuqa manbai sifatida azaldan yil bo'yi yaylov chorvachiligi tomonidan foydalanilib kelinadi. Yaylovlarning hosildorligi esa turli yillardagi yog'in-sochin miqdoriga uzviy bog'liq ravishda 0,5-4,5 st\ga, ya'ni 9-10 marotaba kamayib yoki ko'payib turishi uzoq yillik hosildorlik monitoringi natijalariga ko'ra aniqlangan. Asosiy ozuqa zahiralarining bunday katta diapazonlarda o'zgarib turishi cho'l-yaylov chorvachiligining barqaror rivojlanishiga to'siqlik qiluvchi asosiy omildir desak, xato bo'lmaydi. Yaylov hosildorligining o'ta beqarorligi bilan bir qatorda, ozuqa sifatining tobora yomonlashib borishi ham chorvachilik mahsulotlari miqdori, sifatining pasayib borishiga, mahsulot ishlab chiqarish tan narxining ortishiga sabab bo'lmoqda. Yaylov ozuqasining sifati esa o'simlik qoplamining turli-tumanligi bilan bog'liq bo'ladi. Hozirgi kunda turli yaylov hududlarida o'simliklarning turli-tumanligi keskin kamayib ketgan. Ma'lumotlarga ko'ra, o'simliklar xilma-xilligi turli hududlarda O'rta Osiyo cho'llari singari qurg'oqchilligi va keskin kontinentalligi bilan ajralib turadi. Ko'p yillik o'rtacha yillik havo harorati 15,80 C. Eng issiq havo harorati iyun-iyul oylarida kuzatilib, soyada bu ko'rsatkich +40-470 C ni tashkil qiladi.

Eng sovuq havo harorati dekabr-fevral oylarida kuzatilib ba'zan -20-300 C ni tashkil qiladi. O'rtacha yillik havoning nisbiy namligi 30 % ni tashkil qilib, yoz faslida bu ko'rsatkich ko'pincha 10-20 % dan ortmaydi.

Yog'ingarchilikning asosiy qismi noyabr-aprel oylariga to'g'ri keladi. O'rtacha yillik yog'ingarchilik miqdori, 81,9-297,4 mm. gacha o'zgarib turib, ko'p yillik o'rtacha ko'rsatkich 162,0 mm. ni tashkil qiladi.

Tuproqlari. Morfologik tuzilishi. Qarnabcho'lning tuproqlari sur-qo'ng'ir va och sur-qo'ng'ir tusli tuproqlardan iborat bo'lib, uning profili bir -biridan keskin farq qiladigan quyidagi gorizontlardan iborat: tuproqning yuzasi 2-4 sm, ba'zan 5 sm qalinlikdagi sarg'ishbo'z tusli mayda g'ovak, teshiklardan iborat qatqaloq bilan qoplangan. Qatqaloqqa ba'zan chag'irtosh yoki qum yopishgan bo'ladi. Qatqaloq ostida deyarli shunday tusli tangacha qatlamli (5-7 sm) gorizont ajralib turadi. Bu gorizont ko'pincha juda g'ovak bo'lib, nafaqat qatlamli, balki plastinkasimon strukturaga ham ega. Bu gorizontdan pastda rangi to'qroq,

ko'pincha och jigarrang tusli zich, ba'zan temirga boy gil ko'p to'plangan uvoqli gorizont joylashgan. Zichlangan gorizontning yuqori qismida karbonatlarning oqish dog'lari ajralib turadi. Karbonatlar tuproq profilining yuqori va o'rta qismlarida ko'proq to'planadi. Zichlangan qatlamning pastki qismida 18-25 sm chuqurlikda sarg'ish tusli gips kristallari va suvda oson eriydigan tuzlar bo'lgan qatlam ajralib turadi. Mexanik va minerialogik tarkibi. Sur - qo'ng'ir tusli tuproqlar turli tarkibli ona jinslardan shakllanganligi tufayli, ularning mexanik tarkibi ham har xil bo'lib, ko'proq qumoq va yengil qumoq xillari tarqalgan. Bu tuproqlar yuzasida ko'pincha qirrali shag'al toshlar bo'ladi. Tuproqning yuqori qatlamlarida mayda qum va yirik chang fraksiyalarining, illyuvial gorizontida esa 0,001 mm dan kichik loyqa zarrachalarining ko'p (11-18 %) bo'lishi xarakterli (jadval 1.) Tuproq tarkibida jinslarning kam nuraganligi sababli, birlamchi minerallar ko'p.

E. V. Lobova (1960) ning tadqiqotlari bo'yicha Qarnabcho'l tuproqlarining kattagina qismi och sur - qo'ng'ir tusli tuproqlardan iborat. Bu tuproqlarda gipsli sho'rlanish ancha yuqori bo'lib (50-60 sm chuqurlikda), gumus miqdori ham anchagina-1,17 %. Karbonatlarning asosiy qismi 10-20 sm chuqurlikda yotadi, chuqurlikka kirib borgan sari ularning miqdori kamayib boradi.

L.I.Safonova va O.S.Lobko tomonlaridan olib borilgan ko'p yillik tadqiqotlar (1977) shundan dalolat beradiki, och sur- qo'ng'ir va sur - qo'ng'ir tuproqlarning mexanik tarkibi turli-tumanligi bilan ajralib turadi. Mexanik tarkibi jihatidan Qarnabcho'l tuproqlari quyidagi turlarga bo'linadi: qumoq - soz tuproqli och sur - qo'ng'ir, delyuvial - prolyuvial qatlamlari sho'rlangan tuproqlar, gipsli - qumoq och - sur - qo'ng'ir tuproqlar va h k. Barcha turdagi tuproqlarga zichligi, mexanik tarkibi va tuzlarning tarkibi jihatidan qatlam - qatlam joylashish xosdir. Yengil loyqa qatlam o'rta loyqa, qumoq va boshqa qatlamlar bilan almashinib boradi. Ba'zi qatlamlarda hajmi 0,001 mm bo'lgan loyqa miqdori 21 % gacha yetadi. (Jadval 1).

Qarnabcho'l tuproqlarining kimyoviy tarkibi 100 sm chuqurlikkacha tuproq deyarli sho'rlanmagan va tuzlarning to'planishi ancha chuqurroq qatlamda kuzatiladi (qattiq qoldiq 1,2 % gacha).

Bu qatlamdagi qattiq qoldiq asosan NaCL va CaSO4 tuzlaradan iborat bo'lib, yuqori qatlamlar sulfatli-xloridli, xloridli va xloridli - sulfatli sho'rlanishga ega. Yuqori qatlamda gumusning miqdori 0,8 % gacha bo'lsa, chuqurlashib borgan sari uning miqdori-0,17 % gacha kamayadi. Tuproq tarkibidagi gips miqdori qatlamlarga qarab 0,52-12,0 % gacha bo'ladi. Umumiy kovakligi 48 % gacha bo'lib, aeratsiya tuproqning kovakligi - 32 % dan 45 % gacha, maksimal gigroskopikligi esa 10,4 % dan 2,2 % gacha o'zgaruvchanlikka ega. Mexanik tarkibiga qarab, tuproqning turli qatlamlaridagi mavjud namlik miqdori 1,0-1,2 % gacha, mayda tuproq zarrachalarining mikdoriga qarab, turli qatlamlarning namlik sig'imi 13,7 % dan 9,7 % gacha o'zgarib turadi. Namlik sig'imi va mavjud suv miqdorlarini solishtirish shundan dalolat beradiki, tajriba dalasi tuproqlari hatto bahor mavsumida ham ko'pincha suv bilan to'liq to'yinmaydi.

O'simlik qopami. Y.PKorovin (1961) cho'l mintaqasi o'simlik qoplamini quyidaga tiplarga ajratgan: Gipsofil-yarim buta o'simlikli; Sukkulent gallofil o'simlikli; Psammofil daraxt-buta o'simlikli; Efemir, o'tchil o'simlikli;

To'qay buta-daraxtli va o'tchil o'simlikli; Gidrofil o'simlikli; Sho'ra o'tli.

Ushbu klassifikatsiya nuqtai-nazaridan qaralganda Qarnabcho'lning o'simlik qoplami gipsofil-yarim buta o'simlikli tipga xosdir.

L.S.Gaevskaya va E.S.Krasnopolin (1957) larning ta'kidlashlaricha, Qarnabcho'lning o'simliq qoplamida shuvoq - efemer o'simliklar guruhi bilan birga, faqatgina efemer o'tlardan tashkil topgan guruhlar ham uchraydi. Bunga sabab, tuproqning kimyoviy va mexanik xususiyatlaridir. Lekin, Qarnabcho'l o'simlik qoplamiga ko'proq shuvoq, efemer va efemeroid turlarning birgalikda uchrashlari xosdir, ya'ni ular birgalikda bitta o'simlik qavmini (fitotsenoz) tashkil qilishadi.

O.I.Morozova (1946) tomonidan O'rta Osiyo cho'llari o'simlik qoplami xususiyatlariga ko'raa 4 ta asosiy: buta-o'tchil; o'tchil-sho'rali;

yarim buta-efemerli va efemerli singari tiplarga bo'lingan.

Umuman olganda, cho'l mintaqasi o'simlik qoplami hayotiy formalar va turlarning xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Masalan, S.M.Mavlonovning (1973) tadqiqotlariga ko'ra, Qarnabcho'l florasida 238 tur gulli o'simliklar qayd etilgan. Bu o'simlik turlari 138 turkumga mansub bo'lib, shulardan 216 turi o'tchil o'simliklar (90,8 %), 12 turi yarim butalar (5,0 %) va 10 turi (4,2 %) buta o'simliklardir.

Qarnabcho'l tabiiy florasida bir yillik sho'ra o'tlardan seta- Salsola scleranta, baliq ko'z-Climacoptera lanata, quyonjun- Halocharis hispida kabilar, dag'al poyali o'simliklaridan esa yantoq-Alhagi pseudalhagi, karrak Cousinia resinosa lar ham uchraydi.

Shuvoq-efemerli Qarnabcho'l yaylovlari ozuqasining asosini shuvoq tashkil qiladi va faqat 15-20 % i efemer o'tlardan iborat bo'lib, faqat bahor mavsumida qorako'l qo'ylari ratsionining 40- 50 % ini aynan shu barra o'tlar tashkil qiladi (Morozova, 1959).

Ozuqa zaxiralari bunday yaylovlarda turli yillarda gektaridan 1,6-3,0 sentner quruq massa bo'lib, yil mavsumlari bo'ylab ham keskin o'zgarib turadi.

Ayniqsa, kuz va qishki mavsumlarda ozuqa tanqisligi yuzaga keladi va yuqori xosilli kuzgi-qishki yaylovlar yaratshning ahamiyati yanada ortadi.

Iqlimi. Iqlim ko'rsatkichlari bo'yicha Qarnabcho'l, barcha O'rta Osiyo cho'llari singari qo'rg'oqchilligi va keskin kontinentalligi bilan ajralib turadi. Bu to'g'risida Muborak meterologik stansiyasi ma'lumotlariga asoslanib tuzilgan iqlim diagrammasi (1-jadval) to'laroq ma'lumot beradi.

Ko'p yillik o'rtacha yillik havo harorati 15,80 S. Eng issiq havo harorati iyun-iyul oylarida kuzatilib, soyada bu ko'rsatkich +40-470 S ni tashkil qiladi.

Eng sovuq havo harorati dekabr-fevral oylarida kuzatilib, ba'zan -20-300 S ni tashkil qiladi. O'rtacha yillik havoning nisbiy namligi 30 % ni tashkil qilib, yoz faslida bu ko'rsatkich ko'pincha 10-20 % dan ortmaydi. Iqlim diagrammasida yilning qurg'oqchil va namgarchilik mavsumlari yaqqol ko'rsatilgan. Yog'ingarchilikning asosiy qismi noyabr-aprel oylariga to'g'ri keladi. O'rtacha yillik yog'ingarchilik miqdori, 81,9-297,4 mm gacha o'zgarib turib, ko'p yillik o'rtacha ko'rsatkich 162,0 mm ni tashkil qiladi.

Tuproqlari. Morfologik tuzilishi. Qarnabcho'lning tuproqlari sur-qo'ng'ir va och sur-

qo'ng'ir tusli tuproqlardan iborat bo'lib, uning profili bir-biridan keskin farq qiladigan quyidagi gorizontlardan iborat: tuproqning yuzasi 2-4 sm, ba'zan 5 sm qalinlikdagi sarg'ishbo'z tusli mayda g'ovak, teshiklardan iborat qatqaloq bilan qoplangan. Qatqaloqqa ba'zan chag'irtosh yoki qum yopishgan bo'ladi. Qatqaloq ostida deyarli shunday tusli tangacha qatlamli (5-7 sm) gorizont ajralib turadi. Bu gorizont ko'pincha juda g'ovak bo'lib, nafaqat qatlamli, balki plastinkasimon strukturaga ham ega. Bu gorizontdan pastda rangi to'qroq, ko'pincha och jigarrang tusli zich, ba'zan temirga boy chil ko'p to'plangan, uvoqli gorizont joylashgan. Zichlangan gorizontning yuqori qismida karbonatlarning oqish dog'lari ajralib turadi. Karbonatlar tuproq profilining yuqori va o'rta qismlarida ko'proq to'planadi. Zichlangan qatlamning pastki qismida 18-25 sm chuqurlikda sarg'ish tusli gips kristallari va suvda oson eriydigan tuzlar bo'lgan qatlam ajralib turadi.

Mexanik va minerialogik tarkibi. Sur-qo'ng'ir tusli tuproqlar turli tarkibli ona jinslardi shakllanganligi tufayli, ularning mexanik tarkibi ham har xil bo'lib, ko'proq qumloq va engil qumoq xillari tarqalgan. Bu tuproqlar yuzasida ko'pincha qirrali shag'al toshlar bo'ladi. Tuproq yuqori qatlamlarida mayda qum va yirik chang fraksiyalarining, illyuvial gorizontida esa 0,001 mm dan kichik loyqa zarrachalarining ko'p (11-18%) bo'lishi xarakterli (jadval 1.1.). Tuproq tarkibida jinslarning kam nuraganligi sababli, birlamchi minerallar ko'p.

E.V. Lobova (1960) ning tadqiqotlari bo'yicha Qarnabcho'l tuproqlarining kattagina qismi och sur-qo'ng'ir tusli tuproqlardan iborat. Bu tuproqlarda gipsli sho'rlanish ancha yuqori bo'lib (50-60 sm chuqurlikda) gumus miqdori ham anchagina -1,17 %. Karbonatlarning asosiy qismi 10-20 sm chuqurlikda yotadi, chuqurlikka kirib borgan sari ularning miqdori kamayib boradi.

L.I. Safonova va O. S. Lobko tomonlaridan olib borilgan ko'p yillik tadqiqotlar (1977) shundan dalolat beradiki, och sur-qo'ng'ir va sur-qo'ng'ir tuproqlarining mexanik tarkibi turli-tumanligi bilan ajralib turadi. Mexanik tarkibi jihatidan Qarnabcho'l tuproqlari quyidagi turlarga bo'linadi: qumoq-soz tuproqli och sur-qo'ng'ir, delyuvial-prolyuvial qatlamlari sho'rlangan tuproqlar, gipsli-qumoq och-sur-qo'ng'ir tuproqlar va h.k. Barcha turdagi tuproqlarga zichligi, mexanik tarkibi va tuzlarning tarkibi jihatidan qatlam-qatlam joylashish xosdir. Yengil loyqa qatlam o'rta loyqa, qumoq va boshqa qatlamlar bilan almashinib boradi. Ba'zi qatlamlarda hajmi 0,001 mm bo'lgan loyqa miqdori 21 % gacha yetadi. (Jadval 1).

1-Jadval

Tajriba dalasi tuproqlarining mexanik tarkibi

(Qarnab tajriba dalasi, L. I.Safonova, O.S. Lobko, 1977)

Chuqurlik sm Quruq tuproqdagi fraksiyalar miqdori,% Fraksiyalar yig'indisi

1 mm 1-0,25 mm 0,250,05 mm 0,050,01 mm 0,010,005 mm 0,0050,001 mm 0,001 mm 0,01m m 0,01 mm

№ 1 kesim

0-11 - 2,68 40,72 32,35 2,90 10,95 10,40 75,75 24,25

11-53 - 2,87 27,28 28,45 4,10 16,70 20,60 58,60 41,40

53-109 - 5,50 40,10 30,60 3,40 5,80 14,60 76,20 23,80

109-151 38,9 22,02 49,18 13,40 0,75 5,55 9,00 84,80 15,40

151-185 45,5 42,80 5,85 11,15 5,05 15,40 20,75 58,80 41,20

№ 2 kesim

0-20 - 2,88 43,57 26,35 0 16,85 10,35 72,80 27,20

20-64 - 1,40 47,20 43,80 1,53 5,47 10,60 82,40 17,60

64-100 - 0,34 59,41 24,35 1,60 3,90 10,40 84,10 15,90

100-133 42,1 4,03 57,07 25,05 3,05 0,95 9,85 86,15 13,85

133-210 40,5 54,25 67,39 12,30 0,45 4,60 10,75 84,20 15,80

Xulosa ^^ ^^ ^^

Хи1оза цШЬ aytganda, Qarnob сЬо'И O'zbekistonning еп§ у1г1к уа хоб ekotizimlaridan

Ыг1 Ьo'1iЬ, uning geoeko1ogik ho1ati va muhofazasi do1zarb masa1a1ardan Ьiridir. Qish1oq xo'ja1igi, tog'-kon sanoati va urЬanizatsiya jarayon1ari cho'1ning taЬiiy muvozanatiga sa1Ьiy ta'sir ko'rsatmoqda. Shuning uchun cho'1 ekotizim1arini muhofaza qi1ish, shuningdek, u1ardaп oqi1ona foyda1anish chora-tadЬir1ari izchi1 ama1ga oshiri1ishi ^т. UshЬu maqo1ada Qarnob cho'1ining geoeko1ogik ho1ati, uning o'ziga xos xususiyat1ari va u1arni Ьe1gi1ovchi asosiy omi11ar yoriti1di. Uning geografik joy1ashuvi, iq1imi, tuproq va o'sim1ik qop1am1ari, tabiatiy resurs1ar, insoniy fao1iyat va uning ta'siri, shuningdek, muhofaza chora-tadЬir1ari haqida atrof1icha ma'1umot Ьeri1di. Ke1gusida shu kaЬi cho'1 ekotizim1arini Ьatafsi1 o'rganish va muhofaza qi1ish muhim eko1ogik vazifa1ardan Ьiri Ьo'1iЬ qo1adi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

сционн

1. Абатуров Б.Д. Биопродукционный процесс в наземных экосистемах (на примере экосистем пастбищных типов). М: Наука, 1979. 128 с.

2. Абдулкасимов А.А. Проблемы изучения межгорно-котловинных ландшафтов Средней Азии. Ташкент.: Фан, 1983. - 130 с.

3. Абдулкасимов А. Экологические основы рекультивации нарушенных ландшафтов Средней Азии. В кн.: Проблемы рационального природопользования и экологии. -Наманган, 1990. - С. 69-71.

4. Абдул;осимов А. Урта Осиё вох,а ландшафтларининг экологик мувозанатини тиклаш муаммолари. Тупл.: Исти;лол ва география. УзР. Геогр. жам. IV съезди мат. 2 к;. -Тошкент, 1995. 3-5 б.

5. Абдул;осимов А. Экология антропогенных ландшафтов Центральной Азии и вопросы их оптимизации. //Проблемы освоения пустынь. - Ашхабад, 1997, №1. -С. 6474.

6. Абдулкасимов А. Ландшафты Самаркандского оазиса. //Проблемы освоения пустынь. -Ашхабад, 1999. №5. -С. 64-69.

7. Абдулкасимов А.А., Аббасов С.Б. Ландшафтно-экологические исследования Центрального Кызылкума. - Самарканд, 2001. - 153 с.

8. Алибеков Л.А. Ландшафты и типы земель Зарафшанских гор и прилегающих равнин. Ташкент.: Фан, 1983. - 145 с.

т

INNOVATIV ACADEIVY

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.