Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA XALQ TA’LIMI: MUAMMO VA YECHIMLAR'

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA XALQ TA’LIMI: MUAMMO VA YECHIMLAR Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
242
32
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
talim / tadqiqot / renesans / bosqich / jurnal / muammo / zamonaviy / poydevor / matbuot / xalqaro / amaliyot / tahlil. / training / research / renaissance / stage / magazine / problem / modern / foundation / Press / International / practice / analysis.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Erbo‘tayeva, O‘g‘iloy Suyunovna, Norbo‘tayev, Navruz Erkin O‘g‘li

Maqolada muallif zamonaviy maktab ta’limi muammolarini eslatib o‘tadi va ularni hal qilish yo‘llarini ko‘rsatadi, yoshlarni o‘quv jarayoniga jalb qilishda innovatsion yondashuvni ko‘rsatib o‘tadi, shuningdek chet elda ta’lim sohasida rivojlangan mamlakatlar bilan aloqalarni o‘rnatishni taklif qiladi, yoshlarni uchinchi uyg‘onish davriga olib boruvchi yo‘l ta’lim-tarbiya ekanligini yoritadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PUBLIC EDUCATION IN THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN: PROBLEMS AND SOLUTIONS

In the article, the author mentions the problems of Modern School Education and shows the ways to solve them, proposes an innovative approach to the involvement of young people in the educational process, and also offers to establish contacts with developed countries in the field of education abroad. the path leading young people to the third period of awakening illuminates that education is education.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA XALQ TA’LIMI: MUAMMO VA YECHIMLAR»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA XALQ TA'LIMI: MUAMMO VA

YECHIMLAR

Maqolada muallif zamonaviy maktab ta'limi muammolarini eslatib o'tadi va ularni hal qilish yo'llarini ko'rsatadi, yoshlarni o'quv jarayoniga jalb qilishda innovatsion yondashuvni ko'rsatib o'tadi, shuningdek chet elda ta'lim sohasida rivojlangan mamlakatlar bilan aloqalarni o 'rnatishni taklif qiladi, yoshlarni uchinchi uyg'onish davriga olib boruvchi yo 'l ta 'lim-tarbiya ekanligini yoritadi.

Kalit so'zlar: talim, tadqiqot, renesans, bosqich, jurnal, muammo, zamonaviy, poydevor, matbuot, xalqaro, amaliyot, tahlil.

В статье автор упоминает проблемы современного школьного образования и показывает пути их решения, предлагает инновационный подход к вовлечению молодежи в образовательный процесс, а также предлагает наладить контакты с развитыми странами в области образования за рубежом. путь, ведущий молодых людей к третьему периоду пробуждения, показывает, что образование есть образование.

Ключевые слова: наука, исследование, Ренессанс, этап, журнал, проблема, современности, фундамент, пресса, международная, практика, анализ.

In the article, the author mentions the problems of Modern School Education and shows the ways to solve them, proposes an innovative approach to the involvement of young people in the educational process, and also offers to establish contacts with developed countries in the field of education abroad. the path leading young people to the third period of awakening illuminates that education is education.

Keywords: training, research, renaissance, stage, magazine, problem, modern, foundation, Press, International, practice, analysis.

Erbo'tayeva O'g'iloy Suyunovna

Guliston davlat universiteti tarix kafedrasi dotsenti

Norbo'tayev Navruz Erkin o'g'li Guliston davlat universiteti 2-bosqich magistranti norbutayevnavruz12345@gmail .com

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

Tarbiya biz uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir.

Abdulla Avloniy

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

KIRISH

O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so'ng barcha sohalarni rivojlantirishning ustuvor vazifalari belgilab olindi. Madaniy-ma'rifiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ta'lim sohalarini zamon talablariga mos darajaga ko'tarish hayotiy zaruratga aylandi. Bu esa zamonaviy pedagog kadrlar tayyorlash va o'quv dargohlarini davr talabiga mos ravishda jihozlashni birinchi darajali vazifalardan biriga aylantirdi.

Ammo globallashuv davrida jahonda ilm-fan, texnika va texnologiyalar shiddat bilan rivojlanayotganini aslo ko'zdan qochirib bo'lmaydi. Bu esa o'z navbatida ta'lim, ilm-fan oldiga yangi talablarni ko'ndalang qo'ymoqda. Ta'lim tizimini muntazam isloh etish, o'qitishning zamonaviy usul va vositalarini takomillashtirish, ta'lim mazmunini boyitib borish, demak, bugungi kunning ham dolzarb talabi bo'lib qolaveradi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 25.01.2021 yildagi PQ-4963-sonli qarorida, xalq ta'limi xodimlarining malakasini oshirish, har bir xalq ta'limi xodimining elektron portfoliosini shakllantirish, xalq ta'limi xodimlarini ularning malaka darajasi, bilimi, ilmiy-pedagogik salohiyati, ish tajribasi, psixologik tayyorgarligi va individual kasbiy rivojlanish trayektoriyasiga mos keladigan tabaqalashgan malaka oshirish dasturlari bo'yicha o'qitish amaliyotini yo'lga qo'yish tizimlari to'g'risida aniq ko'rsatmalar mavjud.

Bundan tashqari O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining ilmiy-metodik jurnali xisoblangan "Xalq ta'limi" jurnalining har bir sonida talim muassasalaridagi isloxotlar, yutuq va kamchiliklar, bosqichma-bosqich rivojlantirib borish omillari to'g'risida ma'lumotlar berib boriladi. 2020-yil 28-29-aprelda "ta'lim sifati samaradorligini oshirishda xalqaro tajribalardan foydalanish: muammo va yechimlar" mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari, vaqtli matbuot materiallari mavzuni o'rganishda manba xisoblanadi.

Mavzuni tadqiq etish jarayonida qiyoslash, tizimli tahlil, tavsifiylik, tarixiylik, tarixiy-qiyosiy tahlil usullari qo'llanilgan. Izlanish muammolarini hal qilish jarayonida tarixiy adabiyaotlar va maqolalarda yoritilgan ma'lumotlarning natijalari, mutaxasislarning chet el davlatlaridan almashinilgan bilimlari, olimlar tomonidan chop etilgan materiallar asos bo'lib xizmat qiladi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

TAHLIL VA NATIJALAR

1997-yil 27-avgustda Oliy Majlisning IX sessiyasida "Ta'lim to'g'risida" qonun va "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi" qabul qilindi[1:402]. Milliy dasturning maqsadi ta'lim sohasini tubdan isloh qilish, uni sovet davridan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to'la xoli qilish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma'naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlashning milliy tizimini yaratishdan iborat bo'lgan. Milliy dasturda ta'lim islohotlarini uch bosqichda amalga oshirish nazarda tutilgan.

Birinchi bosqich (1997-2001-yillar)da mavjud kadrlar tayyorlash tizimining ijobiy salohiyatini saqlab qolish asosida ushbu tizimni isloh qilish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish vazifalari ro'yobga chiqarildi.

Ikkinchi bosqich (2001-2005-yillar)da milliy dastur to'liq ro'yobga chiqarildi, mehnat bozorining rivojlanishi va mavjud ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda dasturga aniqliklar kiritildi.

Uchinchi bosqinch (2005 va undan keying yillar)da to'plangan tajribani tahlil etish va umumlashtirish asosida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimi takomillashtirib borilmoqda.

Mehnat bozorini shakllantirish bosqichida mutaxassislarning yetuklik ahamiyati ortib boradi. Bunda mutaxassislar faoliyatining yo'nalishini kengaytirish zarurati yuzaga keladi. Axborot integratsiyalashgan bilimlar hajmidan eng ahamiyatlisini tanlash muhim bo'lib, bitiruvchilar undan turli kasbiy vaziyatlarda samarali foydalana olishlari uchun ularning faoliyatlariga oid bilimlar va usullar tizimi, shaxsni har tomonlama shakllantirish akmeologik yondashuv orqali amalga oshirilishi mumkin[2:55].

Hujjatlarda qayd etilishicha, xalq ta'limi tizimini boshqarishning samarali mexanizmlarini joriy etish o'sib kelayotgan yosh avlodni ma'naviy-axloqiy va intellektual rivojlantirishni sifat jihatidan yangi darajaga ko'tarishning eng muhim sharti hisoblanadi, bugungi kunda o'sib kelayotgan yosh avlod Yangi O'zbekistonning kelajagi poydevori ekanligini yaxshi anglagan xolda ta'limni ayn an xalq ta'limini tubdan islox qilish asosiy vazifa bo'lib qoladi. shuningdek, o'quv-tarbiya jarayonida ta'limning innovatsion shakllari va usullarini qo'llashga ko'maklashadi.

Shu bilan birga, ushbu sohadagi ishlar holatini tanqidiy tahlil qilish xalq ta'limi tizimi boshqaruvini tashkil etish, davlat umumiy o'rta ta'lim muassasalarining faoliyatini amaliy jihatdan muvofiqlashtirish, ularning moddiy-texnik holatini

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 3

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

yaxshilash bo'yicha tadbirlarni moliyalashtirishda bir qator muammolar va kamchiliklar mavjudligi aniq xaqiqatdir[3:451].

Ma'lumki bu borada amalga oshirilayotgan isloxotlarga qaramay yurtimizda ta'limni ortga tortayotgan masalalar ham mavjud. Bunda ta'lim muassasalari rahbarlarini tanlash va ularni o'z vazifalariga qo'yish, maktablarda faoliyat yuritayotgan rahbarlarning vazifalarini taqsimlanishi, xalq ta'limi bo'limlari va maktablarda hamkorlikning susayishi, maktablarni tekshirish orqali o'qituvchi va boshqa xodimlarning ish vazifalariga asosiz aralashuvlarning ko'pligi, o'qituvchilarning bilim darajasini va pedagogik mahoratini oshirish masalalarida umumta'lim muassasalari faoliyatidagi ochiqlik va shaffoflik darajasining yetarli darajada emasligi, xalq ta'limi tizimi muassasalarini moliyalashtirish va moddiy-texnik ta'minlash mexanizmining mukammal emasligi1, soxaning rivojlanish yo'lini to'sayotgan asosiy to'siqlar xisoblanadi.

Uzluksiz ta'lim tizimidagi ushbu dolzarb muammoni yechimini esa nafaqat yoshlar, balki butun jamiyatimiz a'zolarining bilimini va saviyasini oshirish uchun avvalo ilm-ma'rifat, yuksak ma'naviyat kerak. Ilm yo'q joyda qoloqlik, jaholat va to'gri yo'ldan adashish bo'ladi. Sharq donishmandlari aytganidek: "Eng katta boylik -bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik-bu bilimsizlikdir!

Shu sababli hammamiz uchun zamonaviy bilimlarni o'zlashtirish, chinakam ma'rifat va yuksak madaniyat egasi bo'lish uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylanishi kerak, deb mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 29-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojotnomasida bayon qilingan va aniq belgilangan. Ushbu dolzarb vazifalarni O'zbekiston ta'lim tizimi sifati samaradorligini oshirishda o'zimizning ta'lim tizimidagi ilg'or milliy ta'lim-tarbiya berishda qo'llaniladigan o'qitish texnologiyalardan o'qitishdagi ilg'or usul va uslublaridan va xorijiy mamlakatlardagi zamonaviy ta'lim berish tajribalaridan unumli foydalangan holda amalga oshirish lozim.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida 2020-yil 30-oktabr kuni mamlakatda ta'lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirish masalalari muhokamasi bo'yicha videoselektor yig'ilishi bo'lib o'tgan edi. Mazkur yig'ilishda yurtboshimiz bugungi kunda O'zbekistonning yangi

1 Prezident xalq ta'limi tizimidagi muammolar va kamchiliklarni ma'lum qildi - abt.uz.03.26.2022

841

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

taraqqiyot davri poydevorini yaratyapmiz, bunda bizning eng yaqin ko'makchilarimiz ustoz va murabbiylar, ilmiy va ijodkor ziyolilardir"2 deb bejiz aytmaganlar.

Dunyodagi zamonaviy o'quv dasturlari, o'qitish metodikalarini o'rganib, yurtimiz umumta'lim maktablarida joriy qilish, Xalq ta'limi vazirligiga ushbu tajriba asosida Milliy o'quv dasturini ishlab chiqish, keying o'quv yillaridan boshlab ta'lim jarayoniga sinov tariqasida tatbiq etish vazifasi yuklatilgan. Bu borada yurtimizda bugungi kungacha bosqichma-bosqich izchil ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Yuqoridagi muammolarni bartaraf etish yuzasidan yangi metodikani samarali yo'lga qo'yish uchun barcha maktab o'qituvchilari videoaloqa orqali xorijiy mutaxassislar ishtirokida o'qitila boshlangani, bu jarayonlarga pedagogika yo'nalishidagi universitet va institutlar ham jalb qilinib, pedagog kadrlar tayyorlash metodikasi ham yangilana boshlagani, Shuningdek, matematika, fizika, kimyo, biologiya va informatika fanlari bo'yicha chet ellardagi ilg'or darsliklar chuqur o'rganib chiqilayotgani ayni muddao bo'ldi desak mubolag'a bo'lmaydi.

Bugungi kunda biz o'z ta'lim tizimimizni hamda xorijiy davlatlar ta'limini taxlil qilish aosida ularni samara beradiganni tanlay bilish qo'llash natijasida, darsda qarorlangan natijaga erishish yo'llarini uni o'z o'rnida amaliyotda foydalanish o'quvchilarga o'rgatish ta'limda sifat samaradorligini oshishiga olib keladi.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Xulosa qilib aytganda buyuk Sharq allomalarining ilmiy merosidagi yoshlar ta'lim-tarbiyasiga g'oyalardan, ta'lim-tarbiya tizimi rivojlangan xalqaro mamlakatlar tajribasidan va O'zbekistonning ta'lim tizimidagi barcha o'quv fanlaridan olib borilayotgan o'quv mashg'ulotlarida o'qitishning yangi texnologiyalaridan interfaol metodlardan AKT va multimedia vositalaridan unumli o'z o'rnida o'quvchi yoshlarga bilim berish, ta'lim-tarbiyani amalga oshirishda undan foydalanish uzluksiz ta'lim tizimi bosqichlaridagi o'quv jarayonning sifat va samaradorligini oshirish imkoniyatini beradi, va O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy majlisga Murojatnomasida ta'lim-tizimini oldiga qo'ygan dolzarb muammolarning yechimini topishga xizmat qiladi deb fikr yuritamiz.

REFERENCES

1. Sh.M.Mirziyoyev O'zbekiston Respublikasi Prezidenti. Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojotnomasi. Yangi O'zbekiston ijtimoiy-siyosiy gazetasi. Toshkent 25-yanvar 2020-yil.

2 Shavkat Mirziyoyev raisligida ta'lim sohasidagi muammolar, ularni hal etish va ta'lim sifatini oshirishga bag'ishlangan videoselektor o'tkazildi - Daryo26.03.2022

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

2. Q. Usmonov, M. Sodiqov, S. Burxonova. O'zbekiston tarixi. - T.: IQTISOD-MOLIYA, 2016.-B. 402.

3. O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining Ilmiy-metodik jurnali. -Toshkent., 2016-yil, 6-son.

4. Ta'lim sifati samaradorligini oshirishda xalqaro tajribalardan foydalanish: muammo va yechimlar. Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. 2020-yil 28-29-aprel.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.