Научная статья на тему 'NAVOIY VILOYATIDA OLIY TA’LIMNING RIVOJLANISHIDAGI BA’ZI TAHLILIY JIHATLAR'

NAVOIY VILOYATIDA OLIY TA’LIMNING RIVOJLANISHIDAGI BA’ZI TAHLILIY JIHATLAR Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
171
21
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
oliy ta’lim / institut / qonun / farmon / bilim / mutaxassis / kadr / fakultet. / higher education / institute / law / decree / knowledge / specialist / faculty.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Xamrayeva, Saodat Islomovna

Ushbu maqolada mustaqillik yillarida Navoiy viloyatida oliy ta’limning rivojlanishi, moddiy texnik bazasining mustahkamlanishi, ta’lim sifati va ko‘lamining oshirilishi, olib borilayotgan ilmiy – tadqiqot ishlarining salmog‘i va uning mamalakat ijtimoiy hayoti va iqtisodiyotida amaliy natijalari tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SOME ANALYSIS OF HIGHER EDUCATION DEVELOPMENT IN NAVOI REGION

This article analyzes the development of higher education in Navoi region during the years of independence, strengthening the material and technical base, increasing the quality and scope of education, the weight of research and its practical results in the social life and economy of the country.

Текст научной работы на тему «NAVOIY VILOYATIDA OLIY TA’LIMNING RIVOJLANISHIDAGI BA’ZI TAHLILIY JIHATLAR»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

NAVOIY VILOYATIDA OLIY TA'LIMNING RIVOJLANISHIDAGI BA'ZI TAHLILIY JIHATLAR

Xamrayeva Saodat Islomovna

NavDPI Tarix fakulteti katta o'qituvchisi

+998 91 334 13 44

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada mustaqillik yillarida Navoiy viloyatida oliy ta'limning rivojlanishi, moddiy texnik bazasining mustahkamlanishi, ta 'lim sifati va ko 'lamining oshirilishi, olib borilayotgan ilmiy - tadqiqot ishlarining salmog'i va uning mamalakat ijtimoiy hayoti va iqtisodiyotida amaliy natijalari tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: oliy ta'lim, institut, qonun, farmon, bilim, mutaxassis, kadr, fakultet.

This article analyzes the development of higher education in Navoi region during the years of independence, strengthening the material and technical base, increasing the quality and scope of education, the weight of research and its practical results in the social life and economy of the country.

Keywords: higher education, institute, law, decree, knowledge, specialist, faculty.

В данной статье анализируется развитие высшего образования Навоийской области за годы независимости, укрепление материально-технической базы, повышение качества и масштабов образования, вес научных исследований и их практических результатов в общественной жизни и экономике Навоийской области. страна.

Ключевые слова: высшее образование, институт, закон, указ, знания, специалист, факультет.

O'zbekiston Respublikasida asrlar davomida orzu qilingan mustaqillik qo'lga kiritilgan dastlabki kunlardanoq ta'lim sohasini tubdan isloh qilish va rivojlantirish, yosh avlodni har tomonlama ma'naviy va jismoniy yetuk kadrlar etib voyaga yetkazishga alohida e'tibor qaratilib kelinmoqda. Mustaqillikning ilk yillaridayoq O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni (1992, 1997, 2020), "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi" (1997) da davlatimiz ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ta'limning ustuvor deb e'lon qilinishi ta'lim tizimi zimmasiga juda katta mas'uliyatli,

ABSTRACT

АННОТАЦИЯ

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 3

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

ulug'vor vazifalarni yukladi, ayniqsa, oliy ta'lim tizimi faoliyatini va ilmiy salohiyatini ko'tarish dolzarb vazifaga aylandi.

Hammamizga ma'lumki, hozirgi zamon fanida, ijtimoiy hayot sohalarida ajoyib kashfiyotlar, murakkab jarayonlar, universal texnologiyalar bilan bog'liq umumbashariy jarayonlar yuz bermoqda. Bu jarayonlarning amalga oshishida esa ta'lim tizimining, ayniqsa, oliy ta'limning o'rni beqiyos. Ozodlikning qo'lga kiritilishi bilan hukumat oliy ta'lim tizimining faoliyatini rivojlantirish, ta'lim sifatini oshirish maqsadida O'zbekistonning imkoniyatlaridan foydalanib, salmoqli vazifalarni amaga oshirdi. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov mustaqillikning dastlabki yillarida o'z asarlarida ta'kidlashicha, "O'zbekiston innovasion rivojlanish turining hozirgi zamon modeliga o'tish uchun hamma zarur sharoitlarga ega. Bu model vujudga keltirilgan ilmiy - texnikaviy salohiyatdan keng va samarali foydalanishga, fundamental va amaliy fanning yutuqlarini, chuqur ilm talab qiladigan texnologiyalarni amaliyotga keng joriy etishga, yuqori malakali, iqtidorli ilmiy kadrlar sonini ko'paytirishga asoslanadi. Bu - mamlakatimiz jahondagi iqtisodiyoti va sanoati rivojlangan davlatlar qatoriga kirib borishining zarur sharti va mustahkam poydevori bo'lib xizmat qiladi"1. [1, 67]

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Yuqorida tilga olingan shunday jarayonlarni, yangiliklarni tahlil qilishda, ularni bugungi globallashuv davri bilan bog'lashda ilmiy tadqiqot ishlarining ko'lamini oshirish zarur.

Yuqorida ta'kidlanganidek, O'zbekiston mustaqillikka erishishi bilanoq ta'limni isloh qilishda ilk qadamni 1992 yilda birinchi "Ta'lim to'g'risidagi Qonun" ning qabul qilinishi bilan boshladi va oliy ta'lim sohasida ham yirik vazifalar amalga oshirildi, ko'plab yangi oliy ta'lim muassasalari tashkil etilib, ularning ilmiy faoliyati hukumatimizning diqqat markazida bo'ldi. Keyinchalik 1997 yil 29 avgustda "Ta'lim to'g'risidagi Qonun" ning yangi tahriri va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" qabul qilinishi ta'lim tizimini takomillashtirish va rivojlantirish uchun katta imkoniyatlarni yaratdi.

Ko'rinib turibdiki, O'zbekistonda olib borilayotgan ta'lim sohasidagi tub islohotlar o'ziga xos demokratik umummilliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida tashkil topgan. Bu xaqda, birinchi Prezidentimiz I.Karimov juda ko'plab nutq va asarlarida ta'lim - tarbiya sohasidagi islohotlarimizning erkin, mustaqil fikrlaydigan yoshlarni tarbiyalashga qaratilishi lozimligini ta'kidlab o'tib, "bizga bitiruvchilar

1 H.A.KapHMOB. Y3ÖeKHCTOH 6yroK Ke^a^aK capu. - T. "fflapK" HampnëTH, 1998.67 - 6eT.

188

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 3

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

emas, maktab ta'limi va tarbiyasini ko'rgan shaxslar kerak. ...Ishonchim komil: agar bu islohotni muvaffaqiyatli biz hayotimizdagi ijobiy ma'nodagi "portlash effekti"ga, ya'ni uning samarasiga erishamiz"2, [2, 9] deb ta'kidlagan edilar. Komil ishonch bilan aytish mumkinki, O'zbekiston bugun yoshlar ta'limini rivojlantirish sohasida bu yo'ldan dadil bormoqda.

Bugungi kunda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev rahnamoligida O'zbekistonda ta'lim sohasida olib borilayotgan islohotlarni jahon miqyosida targ'ib etish, bu borada jahon amaliyotidan foydalanish va xalqaro hamjamiyat bilan bu borada hamkorlikni yo'lga qo'yish maqsadida ta'lim sohasiga oid turli mavzularda xalqaro konferensiyalar, jumladan, 2012 yil 16 - 17 fevral kunlari Toshkentda "Yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash -mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning eng muhim sharti" mavzusida xalqaro konferensiya, 2019 yil 25 noyabr kuni Samarqandda "Ipak yo'li" turizm xalqaro universitetida "Turizm va ta'lim: o'zaro hamkorlik va taraqqiyot yo'llari" mavzusida xalqaro ilmiy - amaliy konferensiya, 2020 yil 3 - 4 dekabr kunlari "Markaziy Osiyo va Sharqiy Yevropa davlatlari oliy ta'lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida ta'lim" mavzusida xalqaro onlayn konferensiya, 2020 yil 27 - 28 fevral kunlari O'zbekiston Respublikasi Bosh prokroturasi tomonidan Oliy Majlis senati, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, O'zbekiston Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA), YUNESKOning O'zbekistondagi vakolatxonasi, BMT NJB, shuningdek, YXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori ofisi ko'magida "Oliy ta'lim -korrupsiyasiz soha" kabi mavzularda xalqaro ilmiy - amaliy konferensiyalar tashkil etildi. Ushbu konferensiyalarda e'tirof etilganidek, mamlakatimizda 11 yillik majburiy bepul ta'lim olish hamda O'zbekistonda ta'lim sohasini rivojlantirish va isloh etishga yo'naltirilayotgan yillik xarajatlar yalpi ichki mahsulotning 10 - 12 foizini tashkil etayotgani va bu tizimning Davlat byudjeti xarajatlaridagi ulushi 35 foizdan ortig'ni tashkil etishi o'z - o'zidan mazkur sohaga qaratilayotgan ulkan e'tiborning yaqqol tasdig'i hisoblanadi.

Shu o'rinda tadqiqot ishimizning asosiy jihatlaridan biri Zarafshon vohasining markaziy qismida joylashgan Navoiy viloyatida oliy ta'limning shakllanishi va rivojlanishi tarixi masalalari ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Navoiy viloyatida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 27 yanvardagi PF - 356 - sonli farmoniga binoan Navoiy davlat konchilik instituti va Navoiy davlat pedagogika instituti tashkil etildi.

2 H.A.KapHMOB."EapKaMO^ aB^og - Y36eKHCTOH TaparçKHëTHHHHr nongeBopn". T. "fflap^", 1997. 9 - 6eT.

189

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 3

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

Hozirgi kunda ushbu oliy o'quv yurtlari nafaqat viloyat, balki respublika uchun zarur malakali mutaxassislar tayyorlab, O'zbekiston Respublikasi kadrlarining safini kengaytirib jahonga yuz burishida asosiy o'rin tutmoqda. Shuningdek, aytish joizki, viloyatdagi ikkala ushbu oliygohlar xalqaro miqyosda ham aloqlarni kengaytirib bormoqdalar.

Navoiy davlat pedagogika institutida 519 dan ortiq professor - o'qituvchilar, 11 nafar fan doktorlari, professorlar, 150 ga yaqin fan nomzodlari, falsafa doktori (RhD) dotsentlar, ko'plab ilmiy tadqiqotchilar va ilmiy izlanishlar olib borayotgan yosh stajyor - tadqiqotchi izlanuvchilar faoliyat olib bormoqdalar. Institutda ilmiy -tadqiqot ishlarini amalga oshirish borasida so'nggi yillarda bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. Jumladan, har yili 100 dan ortiq maqolalar, ko'plab darslik va risolalar, monografiyalar chop etilmoqda, o'quv - uslubiy qo'llanmalar yaratilmoqda. Institutning ilmiy salohiyati 2021 yilning yakunida 27,9 % ni tashkil etdi.

Ilmiy - tadqiqot natijalari ta'lim yo'nalishlari bo'yicha o'quv rejalarida belgilangan fanlarni o'qitishda, umumta'lim maktablari, o'rta maxsus va kasb -hunar, maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatida tadbiq qilinmoqda. Shuningdek, tadqiqot natijalaridan uzluksiz ta'lim tizimida zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini qo'llashda, Navoiy viloyati texnogen jarayonlarini tahlil qilish hamda ekologik muammolarni hal qilishda, viloyat tarixi, adabiy muhi tini o'rganish va boshqa sohalarda unumli foydalanilmoqda.

Mamlakatda so'nggi besh yil ichida olib borilayotgan islohotlarning ko'lami va sifati keskin o'sib borayotganini barcha sohalarda, jumladan, oliy ta'lim sohasida ham ko'rishimiz mumkin. Birgina joriy o'quv yilida, ya'ni 2021 - 2022 o'quv yilida institutda kunduzgi ta'lim shaklida 10710 nafar, sirtqi ta'lim shaklida 5722 nafar, kechki ta'lim shaklida 8 ta ta'lim yo'nalishida 608 nafar, magistratura yo'nalishida 633 nafar, ikkinchi mutaxassislik yo'nalishlarida 795 nafar, jami 17973 nafar talaba tahsil olmoqda. Shundan 12 nafari xorijiy davlatlarning fuqarolari hisoblanadi. Oxirgi besh yil davomida talabalar kontingenti 58 % ga oshgan3. [https://nspi.uz]

Institutning xorijiy davlatlar bilan o'zaro hamkorlik aloqalari ta'lim sifati va samaradorligini oshirishda alohida ahamiyatga ega.

So'nggi yillarda chet eldagi ilmiy markazlar bilan hamkorlik yaxshilandi. Rossiya Federatsiyasi FA Sibir bo'limi (Novosibirsk hisoblash texnologiyalari instituti, Hisoblash markazi, Krasnoyarsk shahridagi Fizika instituti), MDU, MDPU, Novosibirsk DU, Qozog'iston Respublikasining Olma - ota industrial - pedagogika Akademiyasi, Chimkent DU, Bolgariya Respublikasining Varna iqtisodiyot

3 HasflnH pacMHH KaHa^H Mab^yMora. https://nspi.uz

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 3

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

universiteti va Koreya Respublikasi Seul Milliy universitetlari bilan o'zaro manfaatli ilmiy hamkorlik ishlari olib borilgan. Oxirgi uch yilda xalqaro hamkorlik faoliyatini quyidagicha tahlil etishimiz mumkin. 2019 yilda 17 nafar xorijiy OTM bilan hamkorlik olib borilgan, xorijdan jalb etilgan professor o'qituvchilar 7 nafar, 2020 yilda 21 nafar xorijiy OTM bilan hamkorlik olib borilgan, xorijdan jalb etilgan professor o'qituvchilar 10 nafar, 2021 yilda 26 nafar xorijiy OTM bilan hamkorlik olib borilgan, xorijdan jalb etilgan professor o'qituvchilar 3 nafar4. [NavDPI rasmiy kanali] Bu raqamlar albatta ta'lim sifatini oshishida alohida ahamiyatga ega hisoblanadi.

Institut faoliyati tarixiga nazar tashlar ekanmiz, har yili O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishiga asosan ta'lim sifatini oshirishga mo'ljallangan turli mavzularda bir nechta xalqaro va Respublika miqyosidagi ilmiy -amaliy konferensiyalar o'tkazilib kelinmoqda va materiallar to'plami chop etilmoqda. Masalan, 2021 yil davomida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 78 -f - farmoyishiga asosan, institutda 4 ta xalqaro va 6 ta Respublika miqyosidagi ilmiy

- amaliy konferensiyalar o'tkazildi.

2010 yilda Navoiy davlat pedagogika instituti va Koreya Respublikasi Seul Milliy universiteti o'rtasida imzolangan hamkorlik Memorandumiga asosan hamda Seul Milliy universitetining taklifiga binoan NavDPIning 10 nafar professor

- o'qituvchilari 2011 yil 21 - 25 fevral kunlari Koreya Respublikasida xizmat safarida bo'lishdi.

Institutda talabalarning Davlat ta'lim standartlariga munosib tarzda bilim olishlari uchun barcha imkoniyat va shart - sharoitlar yaratilgan. Jumladan, barcha o'quv xonalari zarur jihozlar, kompyuter texnikasi vositalari, o'quv labaratoryalari, zarur adabiyotlar, ilmiy manbalar bilan to'liq jihozlangan. Institutda ko'plab adabiyotlar jamlangan axborot-resurs markazi, "ZIYoNET" ta'lim markazi, sport zalllari muntazam ravishda professor - o'qituvchilar va talabalar uchun ishlab turibdi. Bundan tashqari institutda turli fan va sport to'garaklari, klublar, badiiy havaskorlik jamoalari ham bevosita talabalar ishtirokida faoliyat yuritmoqda. Har yili talabalar turli fan olimpiadalari, turli tanlovlarda ishtirok etib, faxrli o'rinlarni qo'lga kiritib kelmoqdalar. Shuningdek, institutda Davlat mukofoti sohiblari, O'zbekiston Respubulikasi Prezidenti stipendiyasi hamda nomdor Davlat stipendiyalari, xalqaro, respublika grant sovrindorlari faoliyat olib bormoqdalar.

Navoiy davlat konchilik instituti. Ma'lumki, Navoiy davlat konchilik instituti O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1995 yil 7 iyuldagi PF - 1203 - sonli

4 HasflnH MaT6yoT MapKa3H MarnyMOTH. MaH6a HaB^.1 IH pacMHH Kam™. https://miniinnovation.uz

191

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

"Navoiy davlat konchilik institutini tashkil etish to'g'risida"gi Farmoni hamda 1995 yil 26 iyuldagi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 289 - sonli "Navoiy davlat konchilik instituti faoliyatini tashkil etish to'g'risida"gi qarori asosida tashkil etildi.

Bugungi kunda Navoiy davlat konchilik instituti tarkibida 5 ta fakultet faoliyat ko'rsatmoqda. Bular:

1. Konchilik fakulteti. Uning tarkibida "Konchilik ishlari", "Kon elektromexanikasi", "Mehnatni muhofaza qilish", "Jismoniy tarbiya" kafedralari;

2. Energo - mexanika fakulteti. Uning tarkibida "Avtomatlashtirilgan boshqaruv va informatika", "Mashinasozlik texnologiyasi", "Elektr ta'minoti", "Umumiy fizika", "Pedagogika" kafedralari;

3. Kimyo - metallurgiya fakulteti. Uning tarkibida "Kimyo va kimyoviy texnologiya", "Metallurgiya", "Iqtisod (sohalar bo'yicha)", "Oliy matematika", "Ijtimoiy fanlar" kafedralari;

4. Zarafshon umumtexnika fakulteti. Uning tarkibida "Tabiiy va umumtexnika fanlari", "Gumanitar fanlar" kafedralari;

5. Olmaliq kon - metallurgiya fakulteti. Uning tarkibida "Konchilik ishlari va kon elektromexanikasi", "Metallurgiya va boyitish", "Gumanitar fanlar" kafedralari faoliyat yuritadi.

Institutda mamlakatimizning kon metallurgiya sanoatini rivojlantirish maqsadida keng qamrovli ilmiy - tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Olimlar tomonidan yaratilgan yangi texnologiya yordamida metallurgiya kombinatlarida yiliga qo'shimcha 15,0 million AQSh dollari qiymatidagi qimmatbaho metallar ishlab chiqariladi. Jumladan, geologiya sohasi bo'yicha, ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida jami 8,9 mlrd. so'mlik 26 ta, shundan 2,8 mlrd. so'mlik 9 ta fundamental, 6,1 mlrd. so'mlik 17 ta amaliy loyihalar bajarilmoqda. 2020 yilda geologiya sohasida ilmiy faoliyatga oid davlat dasturi tanlovlarida 6,25 mlrd. so'mga teng 5 ta loyihaga grant malag'lar va Navoiy hamda Olmaliq kon - metallurgiya kombinatlarining mablag'lari hisobidan teng sherikchilikda moliylashtirilmoqda5.[ https://miniinnovation.uz]

Bajarilgan ilmiy - tadqiqot loyihalar qatorida Navoiy va Olmaliq kon -metallurgiya kombinatlarida to'plangan 3 milliard tonna texnogen chiqindilarni qayta ishlash texnologiyalarini yaratish bo'yicha bir guruh olimlar tomonidan amalga

5 https ://miniinnovation.uz

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 3

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

oshirilgan fundamental, amaliy va innovasion ilmiy - tadqiqot loyihalarning natijasida erishgan yutuqlari alohida e'tiborga loyiq.

Navoiy davlat konchilik institutida 5039 nafar talaba, 128 nafar magistr, 962 nafar bitiruvchilar bo'lib, ularga 192 nafar professor - o'qituvchilar ta'lim beradi. Bulardan 10 nafari fan doktori, professor, 54 nafari fan nomzodi, dotsentlardir. Ilmiy salohiyat ko'satgichi 33 % ni tashkil etadi.

Shuningdek, yuqori malakali kadrlar tayyorlash ishlariga ham yetarlicha e'tibor qaratilgan. Institutda 1996 - 2021 yillar davomida 10 ta doktorlik va 60 ga yain nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi. Shu bilan birgalikda, istiqbolli rejaga ko'ra kelgusida 53 nafar fan doktori va 125 nafar fan nomzodi tayyorlanishi ko'zda tutilgan.

Fikrimizcha, bularning barchasi oliy ta'limning sifati va samaradorligi orqali yuksak bilim salohiyatiga ega bo'lgan kadrlarni tayyorlash va mamlakatimizning har tomonlama rivojlanishi, jahon mamlakatlari orasida obro'sini oshirishga qaratilgan sa'yi harakatlardir. Shu munosabat bilan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev O'zbekiston Milliy universitetida oliy ta'lim va ilmiy - tadqiqot muassasalari rahbarlari, akademiklar, olimlar va yosh tadqiqotchilar bilan bo'l gan uchrashuvda Prezidentimiz oliy ta'lim sohasini yanada rivojlantirish, kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, ilm - fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kengayirish bo'yicha amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalar haqida fikr yuritib, "Yangi fikr va yangi g'oyaga, innovatsiyaga tayangan davlat har doim yutadi va rivojlanadi"6, [htts://uza.uz] deb ta'kidlab o'tdi. Oliy ta'limni rivojlantirish bo'yicha qator vazifalar belgilab berildi.

XULOSA

Xulosa o'rnida Navoiy viloyatida oliy ta'limning rivojlanishi tarixi va bugungi rivojlanish istiqbollarini tahlil qilgan holda quyidagi takliflarni ilgari suramiz:

birinchidan, viloyatning iqtisodiy - industrial imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda ushbu viloyatda oliy ta'lim tizimini yanada kengaytirish;

ikkinchidan, viloyatda kadrlarga bo'lgan talabni qondirish maqsadida yangi ta'lim yo'nalishlarini ochish. Masalan, fransuz tili, koreys tili, turk tili va kasbiy ta'lim v.h.

uchinchidan, viloyatdagi ushbu ikki oliy ta'lim muassasalarining fan va texnologiyalar bilan aloqasini kengaytirish maqsadda viloyatdagi korxona va tashkilotlar bilan shartnomalar tuzib zarur maqsadli kadrlar tayyorlash;

6 ffl.Mup3HëeB. "Eu3ra MH^gop эмaс, cu^aT KepaK". https://uza.uz

193

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

to'rtinchidan, viloyat oliy ta'lim muassasalarining xalqaro aloqalarini yanada kengaytirish v.h.

Xalqimiz yangi ming yillikda tub islohotlar orqali o'ziga xos yangilanishlar va modernistik taraqqiyot bilan dadil qadam tashlamoqda. Bu taraqqiyotning zamirida, ildizida, mafkuraviy - ma'naviy negizlarida umummilliy va umuminsoniy qadriyatlar bilan yo'g'rilgan demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini qurish g'oyasi, maqsadi yotadi. Bunda albatta ta'lim - tarbiya sohasining ahamiyati katta.

REFERENCES

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

1. Karimov I.A. O'zbekiston buyuk kelajak sari. - T. "Sharq" nashriyoti, 1998.67 -bet.

2. Karimov I.A. "Barkamol avlod - O'zbekiston taraqqiyotining poydevori" T. "Sharq", 1997. 9 - bet.

3. NavDPI rasmiy kanali ma'lumoti. https://nspi.uz

4. NavDPI Matbuot markazi ma'lumoti. Manba NavDPI rasmiy kanali.

5. https : //miniinnovation. uz

6. Sh.Mirziyoyev. "Bizga miqdor emas, sifat kerak" https://uza.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.