OZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TA'LIM SOHASIDAGI ISLOHOTLAR
Muhammadyusuf Meyliqul o'g'li Nomozov
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti
Ilmiy rahbar: Sulaymon Amirqulovich Haydarov
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada mustaqillikka erishgan Ozbekiston Respublikasida ta'lim tizimining shakllanishi va uning qonun bilan mustahkamlanishi, Oliy va orta maxsus ta'limning joriy etilishi, unga oid davlat qonunlari, ularga kiritilgan o'zgarishlar haqida asosiy ma'lumotlar yoritilgan.
Kalit so'zlar: Ajdodlar merosi, Milliy ma'naviy ruhni yangilash, Oliy ta'lim, o'rta maxsus ta'lim, boshlang'ich ta'lim, Ta'lim to^risidagi davlat qonunlari.
EDUCATION REFORMS IN THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN
Muhammadyusuf Meylikul o'g'li Nomozov
Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent Region
Research advisor: Sulaymon Amirkulovich Haydarov
ABSTRACT
This article provides basic information about the formation of the education system in the newly independent Republic of Uzbekistan and its strengthening by law, the introduction of higher and secondary special education, the relevant state laws, changes in them.
Keywords: Ancestor Heritage, National Spiritual Renewal, Higher Education, Secondary Special Education, Primary Education, State Laws on Education.
KIRISH
O rta Osiyo, xususan, yurtimiz azal-azaldan ilm-marifat o chog i jahon sivilizatsi- yasi markazlaridan biri deb e'tirof etib kelingan. Orta asrlardan xalqimiz ta'lim sohasida yuksak marralarga erishgan bo'lib, umumjahon madanyatida oz o'rniga ega xalq sifatida fan sohasiga ulkan hissa qo'shishgan. Misol tariqasida IX-XII asr-larda Movarounnahrda ko'plab o'quv maskanlari bo'lib, ulardan chinakam olimlar, ulamolar yetishib chiqqan. Xususan, Xorazm Ma'mun akademyasi ham shu davrda yirik tadqiqot markazlaridan biri hisoblangan. Jumladan matematika faniga Algebra atamasini kiritgan Al-Xorazmiy ham bizning ajdodimiz ekanligi, azal-azaldan qonimizda yaratuvchanlik, o'qish, izlanishga bo'lgan qiziqishdan dalolatdir. Bundan
tashqari yana bir buyuk ajdodimiz Abu Ali ibn Sino o'sha olis XI- asrda hali fan-texnika inqilobi uyoqda tursin eng sodda tibbiy aparatlar bo'lmagan davrlarda murakkab dori-darmonlarni tayyorlab tibbiy jarrohlik muolajalarni amalga oshirgani bilan dunyoga mashhurdir. Uning "Tib qonunlari" asari Yevropada "Injil" kitobidan keyin eng ko'p nashr etilgan kitoblardan biri bolib 500 yil davomida dunyoning ko'plab nufuzli oliy o'quv yurtlarida barcha talabalar uchun darshlik sifatida qollanib kelingan.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Buyuk mutafakkir Al-Farg'oniy astronomiya fanida birinchi bo'lib geliosintrik nazaryani asoschisi bo'lgan ya'ni Yerni Quyosh atrofida aylanishini aniq hisob-kitoblar bilan isbotlab bergan. Yana bir buyuk bobomiz Temuriyzoda Mirzo Ulug'bek XV-asrdayoq Samarqandda observatorya barpo etib yulduzlar xaritasini tuzgan. U yulduzlar joylashuvini shu qadar aniq hi- soblaganki hozirgi fan-texnika bu ma'lumotlarni bugungi kun hisobi bilan atigi bir-ikki daqiqa farq qilinishini aniqladi. Bundan ko'rinib turibdiki bizning Ota-bobola- rimiz jahon sivilizatsiyasiga munosib hissa qo'shgan shaxslar bolib yashab o'tganligi. Asosan ta'lim tizimi sobiq markazning hukumron mafkura manfaatlariga bo'ysundirilgan edi. Aytaylik aksaryat fanlar o'quv dasturiga kiritilmagan. Birgina Ozbekiston tarixi fanini oladigan bo'lsak ushbu fan xolis o'rganilmas, o'quv dasturida bu fanga ajratilgan soatlarning katta qismi sobiq ittifoq tarixini o'rganish- ga bag'ishlanar edi. Oquvchilar ongi vatanimiz tarixining noto'g'ri talqin qilingan hodisalari bilan toMirilar edi. Milliy qadriyat va ma'naviyat toptalar, asl o'zbek olimlari va buyuk davlat arboblari,sarkardalari hayot va ijod yollari qoralangan. Mamlakatimiz mustaqillikga erishgandan so'ng barcha sohalarda tub o'zgarishlar amalga oshirila boshladi. Ayniqsa ta'lim sohasiga katta e'tibor qaratildi. Ta'lim- tarbiya tizimi takomillashgani sayin odamlarning ma'navyati, ongi, tafakkur doirasi shakllanib, yuksalib bordi." Ta'lim tizimini har tomonlama shaklan va mazmunan isloh qilish, yangilash lozim edi. Zero, jamiyat yangi shaxsni tarbiyalashni talab etayotgan bir paytda odamlarning ongi,dunyo qarashi, bilim saviyasini o'zgartirmay, uni zamonaviylashtirmay turib yangi jamiyatni barpo etib bo'lmaydi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov mustaqillik yillarida ushbu jihatlarni inobatga olgan holda odamlarda yangicha, milliy qadriyat va an'analari- mizga asoslangan dunyoqarashni shakllantirish maqsadida ta'lim va tarbiyaga juda katta e'tibor qaratganlar. Jumladan u: Ta'lim Ozbekiston xalqi ma'naviyatiga yaratuvchilik faolligini baxsh etadi, Osib kelayotgan avlodning barcha eng yaxshi imkonyatlari unda nomoyon boladi, kasb-kori, mahorati uzluksiz takomillashadi, katta avlodlarning dono tajribasi anglab olinadi va yosh avlodga o'tadi. Yoshlar, ularning iqtidorliligi va bilim olishga chanqoqligidan ta'lim va ma'naviyatini tushunib yetish boshlanadi, Shu bilan birga O'bekiston Respublikasining 1997-yil 29- Avgustda "Kadirlar tayyorlash milliy dasturi
to'g'risida"gi qonuni qabul qilingan bo'lib ushbu dastur "Ta'lim to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi qonuni qoidalariga muvofiq holda tayyorlangan. Ta'lim to'g'risidagi so'nggi malumotlar keltirilishicha Ozbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoyev 2020-yil 23-Sentyabr kuni "Ta'lim to'g'risida"gi qonunning yangi tahririni imzoladi deya xabar qildi adliya vazirligi matbuot xizmati. Mazkur hujjat 19-Mayda Oliy majlis qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ikkinchi o'qishda qabul qilinib, 7-Avgustda Senat tomonidan ma'qullangan edi. Qonunga muvofiq ta'lim turlari quyidagilardan iborat. -Maktabgacha ta'lim va tarbiya: -Umumiy o'rta va o'rta maxsus ta'lim: -Professional ta'lim: -Oliy ta'lim:
-Oliy ta'limdan keying talim:
-Kadirlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish: -Maktabdan tashqari ta'lim:
MUHOKAMA
Umumiy o'rta ta'lim 1-11 sinflarni o'z ichiga oladi. O'rta maxsus ta'lim akademik litsiylarda to'qqiz yillik tayanch o'rta ta'lim asosida ikki yil mobaynida amalga oshiriladi. Professional ta'lim boshlang'ich, o'rta va o'rta maxsus professional ta'lim darajalariga ajratiladi. Boshlang'ich professional ta'lim kasb-hunar maktab-larida 9-sinf bitiruvchilari negizida kunduzgi ta'lim shaklida 2 yillik integiratsiyalashgan asosida bepul amalga oshiriladi. O'rta professional ta'lim kollejlarda davlat buyurtmasi yoki to'lov-shartnoma asosida davomiyligi 2 yilga- cha bo'lgan kunduzgi, kechki va sirtqi ta'lim shakllari bo'yicha amalga oshiriladi. Orta maxsus professional ta'lim texnikumlarda davlat buyurtmasi yoki to'lov shartnoma asosida davomiyligi kamida 2 yil bo'lgan kunduzgi, kechki va sirtqi ta'lim shakllari bo'yicha amalga oshiriladi. Qonunga ko'ra davlat oliy ta'lim,o'rta maxsus, professional ta'lim tashkilotlari va ularning filiallari Prezident yoki hukumat qarorlari bilan tashkil etiladi. Nodavlat ta'lim tashkilotlariga litsenziya Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inespeksiyasi tomonidan beriladi. Nodavlat ta'lim muassasalarini tashkil etish ularning ta'sischilari tomonidan amalga oshirila- di. Ushbu qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi. Eng samarali investetsiya bu ta'limga qilingan invistetsiyadir. Chunki jamiyat taraqqiyotini, uning ertangi kunini yituk malakali kadirlar belgilab beradi. Ta'lim tizimini takomillashtirish, ularning bilimini oshirish, sifat darajasini ko'tarishdir.
Shu bois Prezident "Jamiyatda o'qituvchi kasbi eng nufuzli va obro'li kasb bo'lishi lozim" deya uqtirib, mamlakatimizda 2021-yilda o'qituvchi va pedagoglarga ustama
haq to4ash tizimi yo4ga qo'yilishini ta'kidladi. Bu tashabbus yaqin to'rt yildagi o'qituvchi va murabbiylarning ijtimoiy nufuzi va mavqeini oshirish borasidagi amaliy faolyat va harakatlarning izchil davomi deyish o'rinlidir.
NATIJA
Xulosa qilib aytganda o'qish, o'rganish, bilim olish uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda ana endi biz yoshlar Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan bu tashabbuslarga javoban har qachongidan ko'proq o'qib-o'rganib o'z ustimizda yanada ko'proq ishlab, Xalqimiz, vatanimizga tayanch bo'ladigan nafaqat tayanch balki ertangi kuniga ishonch bo'ladigan va kelajagini belgilab beradigan farzand, kadr, mutaxasis inson bo'lib yetishishimiz har qachongidan zarur ekanligi mana bugungi kun taqozosi. Yana shuni qo'shimcha qilmoqchimanki vatanimiz mustaqilligidan keying yillarda oliy ta'lim tizimida bolayotgan o'zgarishlar, aniq- rog'i abiturentlar uchun oliy o'quv yurtlariga kirish imkonyati oldingi yillarda bitta oliygohga imkoniyat bo'lgan bo'lsa 2019-yildan uchta oliygohga 2020-yildan esa bu imkonyat beshtaga yetganligi abiturentlar uchun katta yangilik bo'ldi. Albatta bu tadbirlar abiturentlarni o'ylab ularning imkonyatini oshirish va o'qishga qiziqishini jadallashtirishga katta turtki bo'ldi. Yangi ta'lim to^risidagi qonunda ko'rsatilgan yana bir o'zgarish bu bolalarning maktabga chiqishidagi yoshi burungi 6-7 yoshdan qatiy 7 yosh deb belgilanishini ko'rsatish mumkin.
XULOSA
Prezidentimizning xalqga qilgan murojatnomasida aytib o'tgan muhim gapini keltirib o'tmoqchiman. Murojatnomada jumladan shunday diyiladi. Maktab tizimida o'qituvchi degan nomni qadrini ko'tarish uchun uning ma'naviy va moddiy ta'minotini oshirish buning uchun esa ularga to'lanadigan oylik ish haqini oshirish, xususan, bir tumandan boshqa tumanga borib ishlaydigan o'qituvchi xodimlar uchun ularga oylik ish haqining 50% hisobida, boshqa viloyatga borib ishlasa 100% miqdorida ustama haqlari belgilanishi murojatnomada Prezidentimiz tomonidan ta'kidlab o tildi. Maqolam so'ngida shuni misol qilib keltirmoqchimanki ilm o'rgangan kishi hech qachon yutqazmagan yutqazmaydi ham. Zero, xalqini, jonajon vatanini, mehribon Ota-onasini yaxshi ko'rgan, ardoqlagan inson aslo ertangi kelajagi uchun qayg'urmay qolmaydi.
REFERENCES
1. С.А. Хдйдаров. (2020). Узбекистан тарихини укитишда "Зафарнома"дан фойдаланишни имкониятлари. Science and Education. 1(7). 192-198
2. Сулаймон Амиркулович Хдйдаров. (2020). Тарих дарсларида интеграциялашган технологиялардан фойдаланиш. Science and Education. 1(8). 666-671
3. Хайдаров С. (2020). Узбекистан тарихи дарсларида педагогик технологияларни уйгунлашган холда куллашнинг методик талаблари. Academic Research in Educational Sciences. 1 (3). 1313-1321.
4. Хдйдаров Сулаймон Амиркулович. (2020). Тарих фанини укитишга оид экологик муаммолар масаласи «Scientific Progress» Scientific journal 1(1). 12-17.
5. С.А. Хайдаров. (2020). Тарих дарсларида тасвирий санъат асарларидан фойдаланиш. Science and Education. 1(9). 458-461.
6. Хайдаров Сулаймон Амиркулович. (2021). Узбекистон тарихи фанини укитишда тасвирий санъат асарларидан фойдаланишнинг узига хослиги «Scientific Progress» Scientific journal 1(3). 9-14.
7. Khaydarov S.A. (2021). The role of the use of fine arts in teaching the history of the country. International scientific and practical conference. CUTTING EDGE-SCIENCE. Conference Proceedings. Page 41-43.
8. Хайдаров. С. (2021). Ёшларда ватанпарварлик хиссини тарбиялашда "Бобурнома" асарига ишланган миниатюраларнинг ахамияти. Халкаро илмий-амалий конференцияси туплами. 33-37 б.
9. Хайдаров. С. (2021). Захириддин Мухаммад Бобур хорижлик таткикотчилар нигохида: подшохлик муйкалами. Халкаро илмий-амалий конференцияси туплами. 43-46 б.
10. Сулаймон Хайдаров. (2020). Узбекистон тарихи фани дарслари самарадорлигини оширишда тасвирий санъат воситаларининг роли. Science and Education, 1(6), 174-179.
11. С.А. Хайдаров. (2020). Педагог-укитувчиларда ахборот-коммуникация куникмасини шакллантириш асослари. "Science and Education." Scientific journal. 1(7). 610-617 б.
12. Хайдаров.С. (2021). Ракамли таълим мухитида тарих дарсларида талабалар билимини назорат килиш воситалари ва методлари. Халкаро илмий-амалий конференцияси туплами. 160-163 б.
13. Khaydarov S.A. (2019). Use of products of the fine arts in teaching history of Uzbekistan. International Journal of Research. 6(03).40-44
14. Khaydarov S.A. (2020). Pedagogic and didactic possibilities of using miniature works in historical lessons. International Journal of Psychosocial Rehabilitation. 24(8). 1475-1792