Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA DINIY BAG‘RIKENGLIK'

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA DINIY BAG‘RIKENGLIK Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

1
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
din / e’tiqod / vijdon / munosabat / konstitutsiya / diniy tashkilot / bag‘rikenglik

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Farangiz Sayfiddin Qizi Yo‘ldosheva

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi 05.07.2021 yil O‘RQ 699-son qonunida belgilab qo‘yilgan vijdon erkinligi, diniy e’tiqod va unga bo‘lgan munosabatlar haqida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA DINIY BAG‘RIKENGLIK»

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA DINIY BAG'RIKENGLIK

Farangiz Sayfiddin qizi Yo'ldosheva

TDTrU 3-bosqich talabasi e-mail: yoldoshevafarangiz311 @gmail.com Ilmiy rahbar: "Xalqaro ommaviy huquq" kafedrasi yu.f.n., dots.v.b., N.Kh Egamberdiyeva

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida"gi 05.07.2021 yil O'RQ 699-son qonunida belgilab qo'yilgan vijdon erkinligi, diniy e'tiqod va unga bo'lgan munosabatlar haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: din, e'tiqod, vijdon, munosabat, konstitutsiya, diniy tashkilot, bag'rikenglik.

Har bir demokratik davlatda fuqarolarning huquq va erkinliklari «konstitutsiya» deb atalmish qonun bilan muhofaza qilinadi. Shu sababdan 1992 yil 8 dekabr konstitutsiya qabul qilingan va u 2023 yil 30 aprel kuni umumiy ovoz berish (referendum) asosida yangi tahrirda qabul qilindi va bu sanani har yili ko'taringki ruh bilan nishonlaymiz, hamda bu kun tarixiy sana sifatida muhrlanib qoldi. Tarixdan ma'lumki, qaysi davlat xalqning manfaatlarini ko'zlab, xalq manfaatlarini davlat manfaatlaridan ustun qo'ygan bo'lsa, o'sha davlat albatta, o'z taraqqiyotining cho'qqisiga erishgan. Xuddi shuningdek, bugungi kunda olib borilayotgan konstitutsiyaviy islohotlarimizning ham maqsadi insonlarning farovon turmush tarzini yanada yaxshilash hamda ularning huquq va erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan. Yanada aniqroq aytadigan bo'lsak, Yangi O'zbekiston fuqarolari uchun yangi imkoniyatlar eshigi ochilmoqda. Bugungi kunda qonunlarni yaxshi bilgan va bulardan oqilona foydalana olgan har bir inson o'z maqsadlariga qiyinchiliklarsiz erishishi tayin.

Zamon shiddat bilan rivojlanayotgan XXI asrda dunyo eshiklari yurtimiz uchun keng ochilgan. Bu vaziyatda O'zbekiston Respublikasi fuqarolari chet mamlakatlarga, chet el mamlakatlari fuqarolari esa yurtmizga erkin kirib chiqishi uchun qator qulayliklar yaratilmoqda. Shu o'rinda turli yurt fuqarolari o'rtasida vujudga keladigan diniy qarashlar o'zaro munosabatlarga turlicha ta'sir ko'rsatadi.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 35-moddasida hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har kim xohlagan dinga e'tiqod qilish yoki hech qaysi

424

2024-yil, 7-dekabr

dinga e'tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo'l qo'yilmaydi,1 deb belgilab qo'yilgan.

O'zbekiston Respublikasining "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida"gi qonunining 4-moddasida, "Vijdon erkinligi — bu fuqarolarning xohlagan dinga e'tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e'tiqod qilmaslik bo'yicha kafolatlangan konstitutsiyaviy huquqidir" deb belgilab qo'yilgan. Shuningdek, fuqaro dinga, dinga e'tiqod qilishga yoki e'tiqod qilmaslikka, ibodatlarda, diniy rasm-rusumlar va marosimlarda ishtirok etishga yoki ishtirok etmaslikka, diniy ta'lim olishga nisbatan o'z munosabatini belgilayotganda uni u yoki bu tarzda majburlashga yo'l qo'yilmaydi.

Voyaga yetmaganlarni ularning xohish-irodasiga, ota-onasining yoki qonuniy vakillarining xohish-irodasiga zid tarzda diniy tashkilotlarga jalb etishga yo'l qo'yilmaydi.

O'z diniga e'tiqod qilish yoki ishonish erkinligiga nisbatan faqat qonunda nazarda tutilgan cheklovlar tatbiq etiladi.

O'zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini zo'rlik bilan o'zgartirish, uning suvereniteti va hududiy yaxlitligiga putur yetkazish, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini kamsitish, urushni, milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni targ'ib qilish, fuqarolarning sog'lig'i va axloqiga tajovuz qilish, fuqarolar totuvligini buzish, vaziyatni beqarorlashtiruvchi tuhmatdan iborat uydirmalarni tarqatish, aholi o'rtasida sarosima uyg'otish hamda shaxs, jamiyat va davlatga qarshi qaratilgan boshqa harakatlar sodir etish maqsadida dindan foydalanishga yo'l qo'yilmaydi.2

Yurtimizda o'n olti diniy konfessiyaga mansub 2 ming 238 diniy tashkilot, 130 dan ortiq millat vakillaridan iborat qariyb 140 milliy-madaniy markaz, Imom Buxoriy xalqaro markazi, Toshkent Islom akademiyasi, Islom instituti, O'zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi diniy ta'lim muassasalari, pravoslav va protestant seminariyalari faoliyat yuritmoqda. Mamlakatimizdagi diniy konfessiya vakillari ahil-inoq yashab, jamiyat hayotini ravnaq toptirish yo'lida samarali mehnat qilmoqda. Ular o'z diniy bayramlari va e'tiqod amallarini emin-erkin ado etmoqda. Respublika Baynalmilal madaniyat markazi barcha fuqarolarning milliy qadriyatlarini rivojlantirish, ularning o'zaro ahilligi va hamjihatligini mustahkamlashda muhim o'rin tutmoqda.3

1 O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi

2 O'zbekiston Respublikasining Qonuni, 05.07.2021 yildagi O'RQ-699-son

3 https://uzbekistan.org.ua/uz/159-jamiyat/1902-bag-rikenglik-tinchlik-va-barqarorlik-asosi.html

2024-yil, 7-dekabr

425

YUNESKO tomonidan bag'rikenglikka oid yetmishdan ziyod xalqaro hujjatlar, konvensiyalar qabul qilingan. 1995 yil 16 noyabrda YUNESKO Bosh konferensiyasining 28-sessiyasida Bag'rikenglik tamoyillari to'g'risidagi deklaratsiya qabul qilingan. Shundan buyon mazkur sana insoniyatni bag'rikenglikka, tinchlik va osoyishtalikni saqlashga undash maqsadida Xalqaro bag'rikenglik kuni sifatida keng nishonlanib kelinmoqda.

Xususan, prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev diniy bag'rikenglikni targ'ib qilish va bu borada xalqaro hamkorlikni rivojlantirishni alohida ta'kidlagan:

"Bizning xalqimiz asrlar davomida diniy bag'rikenglik va do'stlikni hayot tarziga aylantirgan. Har bir insonning e'tiqod erkinligini ta'minlash - bizning davlat siyosatimizning ustuvor yo'nalishidir" deya ta'kidlab o'tgan.

O'zbek xalqi asrlar davomida turli din vakillari bilan hamjihatlikda yashab kelgan. Xususan: Buxoro va Samarqandda yahudiylar, pravoslavlar va boshqa diniy guruhlar asrlar davomida o'z madaniyatlarini saqlab kelgan. Toshkentdagi "Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi" va boshqa tashkilotlar dinlararo muloqotni rivojlantirishda muhim o'rin tutadi.

Hozirgi kunda O'zbekistonning diniy bag'rikenglikka qaratgan siyosati xalqaro darajada yuqori baholanmoqda. Masalan: 2018 yilda BMT tomonidan O'zbekistonning "Ma'rifat va diniy bag'rikenglik" borasidagi rezolyutsiyasi qabul qilindi. Toshkentda bo'lib o'tgan "Dinlararo muloqot va diniy bag'rikenglik" xalqaro konferensiyasi tinchlikparvar siyosatni qo'llab-quvvatladi.

Diniy bag'rikenglik har bir jamiyatda tinchlik, barqarorlik va taraqqiyotning muhim omillaridan biridir. O'zbekiston Respublikasi, o'zining asriy qadriyatlariga tayangan holda, har bir insonning e'tiqod erkinligini kafolatlash, dinlararo hamjihatlikni mustahkamlash va diniy tashkilotlarning qonuniy faoliyatiga sharoit yaratishda dunyoga o'rnak bo'lmoqda. Bu tamoyillar nafaqat davlat siyosati, balki xalqimizning hayot falsafasi va milliy ma'naviyatining ajralmas qismi hisoblanadi.

Yurtimizda Qur'oni Karimning "Al-Baqara" surasi 256-oyatidagi:

"Dinda zo'rlash yo'qdir. To'g'ri yo'l yanglish yo'ldan aniq ajralib qoldi." degan ilohiy tamoyil davlat va jamiyat hayotida o'z aksini topgan. Har bir inson o'z e'tiqodini ixtiyoriy ravishda tanlash erkinligiga ega bo'lib, bu bag'rikenglik muhitini yaratadi. O'zbekiston xalqi asrlar davomida turli din va millat vakillariga nisbatan ochiqlik va do'stlik ko'rsatib, bag'rikenglikning yorqin namunasi bo'lib kelgan. Bu tamoyillar nafaqat tarixiy meros, balki zamonaviy rivojlanish siyosatining ham asosiga aylangan.

Xulosa qilib aytganda, diniy bag'rikenglik - bu faqat siyosat yoki qonun masalasi emas, balki odamlarning qalbidan joy olgan mehr-oqibat va hurmat

426

2024-yil, 7-dekabr

Toshkent davlat transport universiteti Tashkent State

Konstitutsiya — inson qadri uchun The Constitution — for Human Dignity

madaniyatidir. Ushbu tamoyilni kuchaytirish orqali biz yanada tinch, adolatli va barqaror jamiyatni barpo etamiz.

1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 2023y.

2. O'zbekiston Respublikasining Qonuni, 05.07.2021 yildagi O'RQ-699-son

3. https://uzbekistan.org.ua/uz/159-iamiyat/1902-bag-rikenglik-tinchlik-va-barqarorlik-asosi. html

4. arxiv.uz

5. fayllar.org.uz

6. http : //insonhuquqlari. uz/oz/news/m7600

REFERENCES

427

2024-yil, 7-dekabr

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.