O'ZBEKISTONDA BAG'RIKENGLIK TAMOYILLARINING
KO'RINISHI
PARDAYEV Abdurahim Chori o'g'li
O 'zbekiston Milliy universiteti Falsafa kafedrasi stajyor-o 'qituvchisi e-mail: [email protected] tel: 97140 06 00
ANNOTATSIYA
Butun yer yuzida diniy bag'rikenglik, diniy konfessiyalararo o'zaro hurmat, bir-birini tushunish asosiy hayotiy tamoyilga aylanmoqda. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning asl mohiyati ham millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglik, o'zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritishga yo'naltirilgan, mamlakatimizning xalqaro nufuzini yanada oshirishga qaratilgan. Globallashuv hayotimizga tobora tez va chuqur kirib kelayotganining asosiy omili va sababi xususida gapirganda shuni ob 'yektiv tan olish kerak - bugungi kunda har qaysi davlatning taraqqiyoti va ravnaqi nafaqat yaqin va uzoq qo 'shnilar, balki jahon miqyosida boshqa mintaqa va hududlar bilan shunday chambarchas bog 'lanib boryaptiki, biron mamlakatning bu jarayondan chetda turishi ijobiy natijalarga olib kelmasligini tushunish, anglash qiyin emasdir.
Kalit so'zlar: Globallashuv, diniy erkinlik, bag'rikenglik, tolerant- tolerare, e'tiqod, vijdon, xavfsizlik, baynalmilal, do'stlik, qadriyatlar, ma'naviyat, dinlararo totuvlik, milliy g 'oya.
Religious tolerance, inter-religious respect, and mutual respect have become vital conditions all over the world. The regenerating state implemented in our country will also help to further strengthen its international prestige, which is aimed at conducting policies in an international, beneficial and practical spirit. The main factor and reason for its rapid and deep penetration into our global life should be objectively recognized when talking about the movement - the development and level of any country today is a natural close and close relationship with its near and far neighbors, but also with other favorable and close ties on a global scale. the country is being left out of the process.
Key words: Globalization, religious freedom, tolerance, tolerance, faith, conscience, situation, international, friendship, values, spirituality, interreligious harmony, national idea.
ABSTRACT
284
www.birunijournal .uz
АННОТАЦИЯ
Религиозная толерантность, межрелигиозное уважение и взаимное уважение стали жизненно важными условиями во всем мире. Возрождающееся государство, реализованное в нашей стране, также будет способствовать дальнейшему укреплению ее международного престижа, который направлен на проведение политики в международном, полезном и практическом духе. Говоря о движении, объективно следует признать главный фактор и причину его быстрого и глубокого проникновения в нашу глобальную жизнь - развитие и уровень любой страны сегодня - это естественная тесная и тесная связь со своими ближними и дальними соседями, но и с другие благоприятные и тесные связи в мировом масштабе остаются за рамками этого процесса.
Ключевые слова: Глобализация, свобода вероисповедания, толерантность, толерантность, вера, совесть, ситуация, интернационализм, дружба, ценности, духовность, межрелигиозное согласие, национальная идея.
KIRISH
Bugungi ma'naviy uyg'onishimizning manbai bo'lib xizmat qilayotgan o'zbekona bag'rikenglik, xalqimizga xos etnik, madaniy va diniy sabr-bardoshlilikning ildizlari uzoq tarixga borib taqaladi. Asrlar davomida yirik shaharlarimizda masjid, cherkov va sinagogalarning mavjud bo'lishi, turli millat va dinga mansub qavmlarning o'z diniy amallarini emin-erkin ado etib kelayotgani buning tasdig'idir1.
Umuman olganda, turli millatlardan tashkil topgan xalqimiz tarixning eng murakkab, og'ir damlarini yengib o'tar ekan, o'zaro hamjihatlik aloqalari mustahkamlanib borgan. Og'ir damlarda bir-biriga yordam bergan xalqlar, bir-birlarining e'tiqodlariga ham hurmat bilan yondashganlar.
Yurtboshimiz ta'kidlaganlaridek, "Xalqimizning etnik, madaniy va diniy sabr-bardoshi ma'naviy uyg'onishning yana bir bitmas-tuganmas manbaidir. Ming yillar mobaynida Markaziy Osiyo g'oyat xilma-xil dinlar, madaniyatlar va turmush tarzlari tutashgan va tinch-totuv yashagan markaz bo'lib keldi. Etnik sabr-toqat, bag'rikenglik hayot bo'ronlaridan omon qolish va rivojlanish uchun zarur tabiiy me'yorlarga aylandi... Ayni shu zaminda ko'p asrlar mobaynida jahon madaniyatlari dunyo miqyosida bir-birini boyitgan"2. Darhaqiqat, turli konfessiyalarga mansub
1 Миллий истщлол гояси: асосий тушунча ва тамойиллар. - Т.: Узбекистан, 2000. - 61 б.
2 Sh.M. Mirziyoyevning 2017-yil 19-maydagi "Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik aloqalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" [PF-50-46-son. 19.05.2017.]gi Farmoni
285
fuqarolarning O'zbekiston zaminida birgalikda hamnafas va hamjihat bo'lib yashashi diniy-ma'naviy totuvlikning nodir timsoli va barcha din vakillariga nisbatan bag'rikenglikning eng yaxshi namunasi deb hisoblanishga asoslidir. Mamlakatimiz aholisining 80 foizini o'zbek, 4,9 foizini tojik, 3,8 foizini rus, 3,6 foizini esa qozoq millatiga mansub kishilar tashkil etgan. Jami 130 dan ziyod millat va elat vakillari orasida islomdan tashqari xristianlik, yahudiylik va buddaviylik dinlariga e'tiqod qiluvchilar ham bor3.
O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq davlat ishlaridan ajratilgan holda bizning mustaqil, hur, ko'pmillatli mamlakatimizda islom dini bilan barobar pravoslavlik, yahudiylik, baptistlik, adventistlik, katoliklik singari o'ndan ortiq boshqa konfessiyalar mutlaqo erkin faoliyat ko'rsatmoqda. Qaysi din yoki mazhabga mansubligidan qat'i nazar, bu konfessiyalarning vakillari o'zaro yelkama -yelka turib, O'zbekiston xalqlarining farovonligi va ravnaqi uchun astoydil mehnat qilmoqdalar. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ta'kidlaganlaridek, "Men sizlarning e'tiboringizni bizning xalqimiz misolidagi noyob voqelikka, qimmatli tajribaga qaratmoqchi edim. YUNESKO yordamida bu ibratli tajribani butun dunyoga namoyish etsa arziydi. Bu turli dinga mansub xalqlarning ko'p millatli davlat sharoitida ham tinchlik va totuvlikda yashay olishi tajribasidir...Ayni vaqtda insoniyat tarixi turli millat va diniy e'tiqodlarga mansub odamlar yuz yillar mobaynida bir oila kabi inoqlikda yashaganlari borasidagi misollarni ham biladi. Ming yillar davomida turli-tuman din, madaniyat va turmush tarziga ega bo'lgan xalqlarning birgalikda yashashi va hamkorligi markazi bo'lgan O'zbekiston buning inkor etib bo'lmaydigan tasdig'idir"4.
Darhaqiqat, davlatimiz rahbarining yuqoridagi fikri global ahamiyatga molik bo'lib, dunyo hamjamiyati tomonidan turli mintaqalardagi millatlararo, diniy va etnik mojarolarni bartaraf etishga xizmat qilishi mumkin.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Nemis olimi T.Nagelning: "O'zbekiston davlatining dunyoviylik, diniy bag'rikenglik, barcha dinlarga bir xilda munosabat, jamiyat taraqqiyotida din bilan hamkorlik qilish xususiyatlari ushbu tamoyil asosida amalga oshiriladi. Chunki, konstitutsiyaviy dunyoviy-ma'rifiy davlatda vijdon erkinligi qonuni diniy e'tiqodi va
3 Каримов Н. Бебахо хазина // Узбекистан адабиёти ва санъати. -Тошкент,2006 йил,10 ноябрь.
4 Каримов И. А. Ахмад ал-Фаргоний хайкалининг очилишига багишланган маросимда (24.10.1998 й.) сузланган нутвдан// Ислом зиёси узбегим сиймосида. - Т.: Тошкент ислом университети, 2001. - Б. 240.
286
www.birunijournal .uz
dunyoqarashlaridan qat'i nazar, siyosiy xohishlarini bildirishda barcha fuqarolarning teng ishtiroki tamoyiliga rioya qiladi"5, - deb ta'kidlashi ham bunga isbot bo'la oladi.
O'rta Osiyo, xususan O'zbekiston hududi qadim davrlardan turli madaniyat, til, rnf-odat, turmush tarziga ega bo'lgan, xilma-xil dinlarga e'tiqod qiluvchi bir-biriga o'xshash bo'lmagan bir necha xalqlar yashagan o'lkadir. O'zbekistonning jo'g'rofiy nuqtai nazardan muhim savdo yo'llari chorrahasida joylashgani, ko'plab davlatlar bilan iqtisodiy, madaniy aloqalar qilgani yerli xalqning diniy va madaniy hayotiga katta ta'sir ko'rsatgan va o'z navbatida bizning madaniyatimiz aks ta'sir o'tkazgani o'ziga xos turmush tarzini shakllantirishda muhim omillardan biri bo'lib xizmat qilgan. Millati va diniy qarashidan qat'i nazar insonni ardoqlash va o'zgalarni qadrlash, kattalarga hurmat va boshqalarni izzat qilish kabi tuyg'ular O'rta Osiyo xalqlarining yuksak sifatlaridir. Aynan shu omillar xalqimizning nafaqat mafnaviy-ma'rifiy, balki diniy bag'rikeng (tolerant)ligining ma'naviy asosini tashkil qiladi.
VII asrda Movaraunnahrning arablar tomonidan zabt etilishi natijasida mintaqani islomlashtirish bu yerda asta - sekin, bir tekis bo'lmagan holda yuz berdi6. Aholining bir qismi o'zlarining qadimgi dinlariga e'tiqod qilishda davom etdi. Shubhasiz, bu yerda islom va mahalliy dinlarning, ularga xos qadriyat va odatlarning qorishishi yuz berdi. Movarounnahr xalqlari islom diniga mahalliy diniy- axloq g'oyalari, huquqiy normalari va urf-odatlarini olib kirdilar. Movarounnahrda bu holat islomning o'ziga xos xususiyatlar kasb etishiga sabab bo'ldi. O'sha vaqtga kelib mintaqada shakllanib ulgurgan qulay tolerantlik (bag'rikenglik) muhitida bu tasodifiy hodisa emas edi.
X asrda hozirgi O'zbekiston mintaqasida o'z bag'rikenglik xususiyati bilan ajralib turuvchi hanafiy mazhabi uzil-kesil qaror topdi.
Ilgarigi davrlarning eng yaxshi yutuqlarini o'zida mujassamlashtirgan O'zbekiston hududidagi madaniyat, o'z navbatida, nafaqat islom madaniyatining keyingi rivojiga, balki g'arb renessansiga, umumjahon miqyosidagi tolerantlik tamoyillari rivojiga ham sezilarli tafsir ko'rsatdi. Demak, yurtimiz xalqlarining madaniy yutuqlari nafaqat musulmon, balki jahon madaniyatining ajralmas qismidir. Ana shu davrda yaratilgan Imom al-Buxoriyning «al-Jomi' as-sahih» hadislar to'plami (9 asr) zamondoshlari tomonidan an'anaviy sunniy to'plamlarning eng yaxshisi deb tan olingan va hozirda ham butun dunyo musulmonlarining eng asosiy kitoblaridan bo'lib qolmoqda. Bu kitobda diniy mutaassiblik, aqidaparastlik uchun asos bo'ladigan g'oyalar targ'ib qilinmaganligi ham yurtimiz tarixida ijtimoiy
5 Нагель Т. Лотин Европасида дунёвий-маърифий давлат ривожи // Ислом ва дунёвий-маърифий давлат. - Т.: 2003. -Б. 25.
6 Бартольд В.В. Сочинения. 6-т. - М.,1996.Б.105.
287
www.birunijournal .uz
bag'rikenglik tamoyillari ustivor bo'lishiga xizmat qilgan. O'zbekistonda tarqalgan islom, xristianlik, ularning oqimlari, yahudiy dini hamda Bahoiy jamoasi va Xalqaro Krishnani anglash jamiyati, ularning mintaqada paydo bo'lish tarixi, hozirgi vaqtdagi faoliyatini o'rganmasdan turib mamlakatimizda diniy bag'rikenglikni mustahkamlash to'g'risida fikr yuritish qiyin.
XX asr boshlariga kelib Turkistonda 6,03 million musulmonga 391 ming pravoslav to'g'ri kelgan, yoki 5340 masjidga - 306 cherkov to'g'ri kelgan. Bundan tashqari 10,1 ming pravoslavga mansub bo'lgan «staroobyardchi»lar, 8,2 ming lyuterchilar, 7,8 ming katoliklar, 17,1 mingga yaqin boshqa oqimlarga mansub dindorlar va 26 ming yahudiy diniga mansublar tashkil etgan7.
Yurtimiz xalqlarining tarixi bag'rikenglik, hamjihatlik va tinchliksevarlik namunalarini namoyish qilib, turli millat va din vakillari hamkorlik va osoyishtalikda yashaydigan o'lka ekanini ko'rsatadi. Diniy tolerantlik to'la ijtimoiy teng huquqlik, millati va kelib chiqishidan qat'i nazar inson erkinligiga nisbatan zo'rlikni qoralovchi qarashlar va munosabatlarda yaqqol namoyon bo'ladi. Tarixiy manbalarda o'tmishda O'zbekistonda diniy munosabatlar asosida biror marta ham nizo chiqmaganini qayd qilinadi. Bunday holatni hozirgi O'zbekistondagi islom, xristian, yahudiy dinlari va boshqa konfessiyalarning o'zaro munosabatlari misolida ham ko'rish mumkin. Bunday do'stona munosabatlardan xulosa qilib aytganda musulmonlar va xristianlarning O'zbekiston zaminida birgalikda hamnafas bo'lib yashashi diniy-ma'naviy totuvlikning nodir timsoli va barcha din vakillariga nisbatan bag'rikenglikning eng yaxshi namunasi deb hisoblanishiga arzigulikdir desak mubolog'a bo'lmaydi.
Mamlakatimiz tarixan ko'p millatli o'lka bo'lgani hamda diniy bag'rikenglik va millatlararo totuvlik tufayli bu zaminda turli-tuman din vakillari emin-erkin yashab kelmoqdalar. Diniy jamoalar, arboblar jamiyat hayotida tobora faol ishtirok etib, mafnaviyatimiz, qadriyatlarimiz tiklanishida, o'zligimizni tanishda, eng asosiysi -mustaqilligimizning mustahkam va boqiy bo'lishida fidoyilik ko'rsatmoqdalar. Diniy mojarolar har qanday urush kabi nihoyatda xavflidir. Odamlar ertangi kunga ishonch hosil qilib yashashni xohlaydilar. Har bir xalqning bunday orzu-umidlari ro'yobga chiqishida boshqa omillar qatori din ham nihoyatda muhim o'rin egallaydi. Din arboblaridan xalqlar o'rtasida o'zaro totuvlik va o'zaro hurmat o'rnatilishida katta ma'suliyat talab etiladi8.
7 HypmgHHOB X,. Y36eKHCTOHgarH ^HHHH TamKH^oraap: Mat^yMoraoMa. T.1997. B.9.
8 O'zbekiston Respublikasini 2017-2021-yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar
strategiyasi to'grisidagi Prezident Farmoni PF-47-49-son. 07.02.2017.
288
www.birunijournal .uz
Bugungi kunda O'zbekistonda xristianlikning uch yirik yo'nalishi pravoslav lik, katoliklik, protestantliklar mavjuddir. Shuningdek, xristianlikda o'z yo'nalishiga ega bo'lgan arman-grigorian (apostol) cherkovi ham faoliyat ko'rsatmoqda.
1995 yilning oktyabrida bizning mintaqamizda birinchi bor Toshkent shahrida «Yagona osmon ostida birga yashaylik» shiori ostida o'tkazilgan xalqaro musulmon -nasroniy konferensiyasi fikrimiz dalilidir. 1996 yilning noyabrida shu yerda Rus pravoslav cherkovining Toshkent va O'rta Osiyo yeparxiyasi 125-yilligi tantanalarining birinchi qismi o'tkazildi.
O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti taklifiga binoan tantanalarda O'rta Osiyoga ilk bor tashrif buyurgan Moskva va Butun Rus Patriarxi Aleksey II ishtirok etdi. U, jumladan, shunday dedi: «O'ylaymanki, O'zbekistondagi davlat idoralari va diniy tashkilotlar o'rtasidagi xayrli hamkorlik va sermahsul aloqalar Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligining boshqa respublikalariga ham yaxshi namuna bo'la oladi»9 . O'sha yilning dekabr oyida esa poytaxtimizda Yevangel-lyuteran kirxasining 100-yilligi nishonlandi. Yaqin o'tmishda bu kabi tadbirlarning o'tkazilishi haqida o'ylash ham mumkin emas edi. Qolaversa, AQSH senatori Xillari Klinton, AQSH sobiq davlat kotibi Madlen Olbrayt va Iordaniya Qirolligi shahzodasi Hasan ben Talol yurtimizga ziyoratlari vaqtida ham yurtimizdagi diniy bag'rikenglik yuqori ekanini alohida ta'kidlab o'tganlar.
Bugungi kunda O'zbekistonda turli din vakillarining hech qanday to'siqlarsiz o'z dinlariga e'tiqod qilishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Respublikadagi diniy tashkilotlar mustaqil huquqiy shaxs sifatida yer maydoni va uy-joyiga ega bo'lishlari, diniy adabiyotlarni nashr etishlari, diniy mutaxassislar tayyorlashlari, turli tadbirlar o'tkazishlari, muqaddas joylarga ziyorat tashkil etishlari uchun barcha imkoniyatlarga ega. Mustaqillik yillarida respublikada yuqorida qayd qilingan qator xalqaro diniy anjumanlar o'tkazildi:
- Harakatlar strategiyasi (2017-2021): Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan ushbu strategiyaning beshinchi yo'nalishi xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglikni ta'minlashga qaratilgan bo'lib, bu sohalarda izchil islohotlar amalga oshirildi;
- Bag'rikenglik haftaligi: 2019-yildan boshlab har yili 16-noyabr - Xalqaro bag'rikenglik kuni munosabati bilan O'zbekistonda "Bag'rikenglik haftaligi" o'tkazilib, turli madaniy-ma'rifiy tadbirlar, konferensiyalar va ko'rgazmalar tashkil etilmoqda;
- "Ma'rifat va diniy bag'rikenglik" rezolyutsiyasi: 2018-yil 12-dekabrda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan ushbu rezolyutsiya O'zbekiston
9 «Халк сузи» газетаси, 1996 йил 29 ноябрь, №243, Б -1.
289
tashabbusi bilan ishlab chiqilib, diniy bag'rikenglikni targ'ib qilish va savodsizlikka barham berishga qaratilgan;
- "Buxoro deklaratsiyasi": 2019-yilda Buxoroda o'tkazilgan "Deklaratsiyalar muloqoti" xalqaro forumida qabul qilingan ushbu deklaratsiya diniy bag'rikenglik va millatlararo totuvlikni mustahkamlashga qaratilgan muhim hujjat hisoblanadi.
Shuningdek jahon ommasiga yaxshi tanish bo'lgan yirik islom ulamolarining yubileylari uyushtirildi:
-1993 yilning sentyabr oyida Bahouddin Naqshbandning 675 yilligi, 1994 yilning noyabr oyida Xoja Ahror Valiyning 590 yilligi va Najmiddin Kubroning 850 yilligi bo'yicha tadbirlar o'tkazildi;
-1998 yilning oktyabr oyida Imom al-Buxoriyning 1225 yilligi va Ahmad al-Farg'oniyning 1200 yilligi keng miqyosda nishonlandi;
-2000 yilda Imom Moturidiy 1130 yilligi va Burhoniddin Marg'inoniyning 910 yilligi tadbirlari ko'plab xorijiy mehmonlar bilan hamkorlikda o'tkazildi;
-2001 yilda esa «Avesto»ning 2700 yilligini nishonlandi;
Mintaqaning butun tarixi mobaynida musulmon va nasroniy, shuningdek, boshqa din vakillari bilan ham hech qanday nizolar bo'lmaganligi O'zbekiston xalqi tinchliksevar, bag'rikeng ekanligining yorqin dalilidir.
Davlatimizning diniy sohadagi maqsad va vazifalari, birinchi navbatda, Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, ijtimoiy jihatdan yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini barpo etish, halqimiz farovonligini yuksaltirishga ko'maklashishga qaratilgan. Bu faoliyat asosan O'zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi, «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida»gi qonun, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va hukumat qarorlariga binoan amalga oshirilmoqda.
Yurtimiz asrlar mobaynida turli madaniyatlar, milliy an'analar va diniy e'tiqodlar uchrashgan tabarruk zamin bo'lib kelgan. Milliy va diniy bag'rikenglik xalqimiz madaniyati va mentalitetining ajralmas qismiga aylangan. Buni boshqa dinlar vakillari ham e'tirof etishadi.
Xususan, yahudiylar jamoasining vakillaridan biri R.Beneman shu haqda to'xtalar ekan, Buxoroda dastlabki sinagoga VIII asrdayoq qurilganini, boshqa din vakillari bilan bir qatorda o'z dinlariga erkin e'tiqod qilish uchun o'sha paytdayoq yetarli shart-sharoit yaratib berilganini ta'kidlab "O'rta asr Yevropasi va Vizantiya imperiyasida quvg'in qilingan yahudiylik Markaziy Osiyoda boshqa dinlar bilan bir xil huquqqa ega edi", - deb yozadi10. XIX asrda Rossiyaning markaziy
10 Бенеман Р. Деятельность религиозных организаций по укреплению межрелигиозного согласия. "Межрелигиозное согласие - важное условие углубления демократических процессов в странах Центральной Азии (на примере Республики Узбекистан)". Материалы международной конференции. -Тошкент: 2002.-С.
125-126.
290
www.birunijournal .uz
mintaqalaridan majburlab ko'chirilgan dehqonlar nochor ahvolga tushib qolganda musulmon aholi ularga har tomonlama yordam ko'rsatgan. O'sha davr voqealarini ko'rgan isromonax Xariton "mahalliy aholi nochor ko'chmanchilarga rahmdillik bilan munosabatda bo'ldilar, busiz ularning ko'pchiligi ochlik va muhtojlikdan o'lib ketgan bo'lar edilar11", - deb guvoxlik bergan.
Bunday misollarni tariximizning keyingi davrlaridan ham topish mumkin. Ma'lumki, bolsheviklarning ommaviy qatog'onlaridan ruhoniylar ham chetda qolmadi. Xususan, arxiyepiskop Vladimir ta'kidicha, birgina Toshkent shahrida 3000dan ortiq ruhoniy va monaxlar surgunda bo'lishgan. Ularga yordam ko'rsatganlari uchun o'zlari ham qatog'on qilinishini bilgan holda o'zbeklar ularga iloji boricha ko'maklashishga harakat qilishgan. O'z hayotlarini xavf ostiga qo'yib bo'lsa ham qatog'on qilinayotgan ruhoniylarni yashirishgan. Masalan, Toshkentdagi Svyato-Nikolay ayollar monastirining so'nggi boshlig'i, otishga hukm qilib qo'yilgan Igumenya Lidiya (Nagornova)ning qamoqqa olinishidan oldin qochib ketishiga Jo'ra ismli o'zbek yigiti ko'maklashgan12.
Davlat tashkilotlari boshqa jamoat muassasalari singari, rasmiy diniy tashkilotlarni, ularning ichki, ya'ni bevosita ibodat bilan bog'liq ishlariga aralashmagan holda konstitutsiyaviy huquqlarni ta'minlaydi. Ammo siyosiy tus olishi mumkin bo'lgan hamda fuqarolar xavfsizligiga putur yetkazadigan ekstremistik va fundamentalistik oqimlar paydo bo'lgan taqdirda ularni nazorat ostiga olib, tegishli choralar ko'radi. O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 12-moddasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi, hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o'rnatilishi mumkin emas, deyilgan. Shunga binoan har bir diniy konfessiya o'z mafkurasiga ega bo'lishi mumkin. Lekin bu mafkura xalqqa tazyiq bilan singdirilishiga yo'l qo'yilmaydi. Jamiyatimizda diniy tashkilotlar faoliyatining ustivor yo'nalishlari xalqimizda milliy g'urur va iftixor, vatanparvarlik va fidokorlik, komil insonni shakllantirishga safarbar etishiga qaratilgan13 .
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, O'zbekiston Respublikasida davlat va din o'rtasidagi munosabatlarning xususiyatlari bir qator jihatlarga ega. Avvalo, davlat va dinning bir-biridan ajratilganligi, diniy tashkilotlarning ta'lim-tarbiyaning rasmiy tizimiga kirmasligi bilan belgilanadi. Lekin bu aslo davlatning dinga mutlaq befarqligini yoxud dinning ma'naviy hayotdan butunlay ajratib qo'yilganligini anglatmaydi.
11 Архиепископ Владимир. ...А друзей искать на Востоке. -Тошкент: 2000. -С. 45.
12 Архиепископ Владимир. ...А друзей искать на Востоке. -Тошкент: 2000. -С. 44.
13 Миллий истщлол гояси: асосий тушунча ва тамойиллар. -Т.: Узбекистон, 2000.Б.43-47,60-61.
291
Davlat va din tashkilotlari jamiyat hayotining ikki uzviy aloqador sohasida faoliyat ko'rsatadilar, jamiyatdagi hamjihatlik, tinchlik, bag'rikenglikni ta'minlashga o'z vakolatlari va imkoniyatlari darajasida hissa qo'shadilar. Yosh avlodni vatanparvarlik, fidokorlik, xalqqa sodiqlik kabi ulug' tuyg'u va shuurlar asosida tarbiyalashda buyuk ajdodlarimiz Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy, Abu Mansur al-Moturidiy, Burhoniddin al-Marg'inoniy, Najmiddin Kubro, Bahouddin Naqshband singari allomalar hayoti, ijodi, bebaho durdona asarlarini o'rganish, mavjud boy diniy, milliy va ma'naviy tadqiq va targ'ib etish, undan istiqlolni mustahkamlash yo'lida samarali foydalanish umummilliy vazifasiga aylanmoqda.
ADABIYOTLAR:
1. O'zbekiston Respublikasini 2017-2021-yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'grisidagi Prezident Farmoni PF-47-49-son. 07.02.2017.
2. Sh.M. Mirziyoyevning 2017-yil 19-maydagi "Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik aloqalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" [PF-50-46-son. 19.05.2017.]gi Farmoni
3. N. Alimova, Sh. Asqarov, R. Haydarov, Sh. Amirjo'jayev "Milliy g'oya: asosiy tushuncha va tamoyillar". 2014. - B. 222
4. Очилдиев A. БaFрикeнглик — бaрк;aрoрлик Ba тaрaк;к;иёт oмили. Т.:Тoшкeнт истом университети, 2007. Б. 121
5. Геогенезис: философия и методология геоэкономики и геофинансов. Научный альманах высоких гуманитарных технологий. \ Под. ред. Ивановой Г.М. М.: НАВИГУТ, 2003. С. 250
6. Практическая демография \ Под. ред. Л.Л.Рыбаковского. М.: ЦСП, 2005. С. 164.; Рыбаковский Л.Л. Миграция населения. Три стадии миграционного процесса. (Очерки теории и методов исследования). М.: УФН, 2000. С. 164.
7. Каримов И.А. Юксак маънавият - енгилмас куч. Т.: Маънавият, 2008. Б.
8. By Rebecca S. May A Biblical Perspective on Tolerance. Distributed by www.relationalconcepts .org
111.
292
www.birunijournal .uz