Научная статья на тему 'MEDIATORNING HUQUQIY MAQOMI. ADVOKATNING ISHDA MEDIATOR SIFATIDAGI AHAMIYATI'

MEDIATORNING HUQUQIY MAQOMI. ADVOKATNING ISHDA MEDIATOR SIFATIDAGI AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
260
53
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Mediatsiya tartibi / mediatorning huquqiy maqomi / professional va noprofessional mediator / advokatning xuquqiy maqomi / advokatlar palatasi. / mediation procedure / mediator's legal status / professional and non-professional mediator / lawyer's legal status / bar association.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Maxmudov, Nurmuxammad Abdurashid O‘g‘li, Matkarimov, Qudrat Qalandarovich

Ushbu maqolada mediatsiyaning nizolarni hal qilishdagi ahamiyati va o‘ziga xos xususiyatlari, xalqaro tajribada mediatsiyaning o‘rni va qay darajada keng tarqalganligi o‘rganiladi. Shuningdek mediatsiyani qo‘llashda taraflarning mediatorni tanlash huquqlar, o‘zaro kelishilgan mediatorning ishda ishtiroki, huquqiy maqomi hamda ahamiyatli jihatlari, taraflarning mediativ kelishuvga erishishida mediatorning roli tahlil qilinadi. Advokatning o‘zi ishtirok qilayotgan ishda mediator sifatidagi roli, ahamiyati, buning ijobiy jihatlari hamda qulayliklari ko‘rib chiqiladi. Mediatorning maqomi hamda advokatning maqomi solishtiriladi. Bu bo‘yicha O‘zbekiston qonunchiligi va xalqaro tajriba o‘rganiladi. Xulosa qilinadiki, hozirgi davrda rivojlanib borayotgan dunyoda nizolarni hal qilishning muqobil usuli sifatida mediatsiyaning roli va unga bo‘lgan talab oshib bormoqda. Bu esa o‘z navbatida mediatsiyani qo‘llashda yetuk mutaxassislarga bo‘lgan talabni oshirib boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

LEGAL STATUS OF MEDIATOR. THE IMPORTANCE OF A LAWYER AS A MEDIATOR IN A CASE

This article discusses the significance and specificity of mediation in conflict resolution, the role and scope of mediation in international practice. It also analyzes the rights of the parties to choose a mediator when using mediation, the participation of a mutually agreed mediator in the work, its legal status and important aspects, the role of the mediator in reaching a mediation agreement. The role and importance of a lawyer as an intermediary in the case in which he participates, his positive aspects and conveniences will be considered. The status of a mediator and the status of a lawyer are compared. In this regard, the legislation of Uzbekistan and international experience will be studied. It is concluded that in the modern developing world the role and demand for mediation as an alternative method of conflict resolution is increasing. This, in turn, increases the demand for mature professionals in the field of mediation.

Текст научной работы на тему «MEDIATORNING HUQUQIY MAQOMI. ADVOKATNING ISHDA MEDIATOR SIFATIDAGI AHAMIYATI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

MEDIATORNING HUQUQIY MAQOMI. ADVOKATNING ISHDA MEDIATOR SIFATIDAGI AHAMIYATI

Maxmudov Nurmuxammad Abdurashid o'g'li,

Toshkent davlat yuridik universiteti magistranti E-mail: Nurmuhammad .maxmudov@mail. ru Qudrat Matkarimov Qalandarovich,

Toshkent davlat yuridik universiteti "Sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va advokatura" kafedrasi dotsent vazifasini bajaruvchisi, yuridik fanlari doktori E-mail: matkarimovkudrat79@gmail .com

Ushbu maqolada mediatsiyaning nizolarni hal qilishdagi ahamiyati va o 'ziga xos xususiyatlari, xalqaro tajribada mediatsiyaning o'rni va qay darajada keng tarqalganligi o 'rganiladi. Shuningdek mediatsiyani qo 'llashda taraflarning mediatorni tanlash huquqlar, o 'zaro kelishilgan mediatorning ishda ishtiroki, huquqiy maqomi hamda ahamiyatli jihatlari, taraflarning mediativ kelishuvga erishishida mediatorning roli tahlil qilinadi. Advokatning o'zi ishtirok qilayotgan ishda mediator sifatidagi roli, ahamiyati, buning ijobiy jihatlari hamda qulayliklari ko 'rib chiqiladi. Mediatorning maqomi hamda advokatning maqomi solishtiriladi. Bu bo 'yicha O 'zbekiston qonunchiligi va xalqaro tajriba o 'rganiladi. Xulosa qilinadiki, hozirgi davrda rivojlanib borayotgan dunyoda nizolarni hal qilishning muqobil usuli sifatida mediatsiyaning roli va unga bo'lgan talab oshib bormoqda. Bu esa o'z navbatida mediatsiyani qo'llashda yetuk mutaxassislarga bo'lgan talabni oshirib boradi.

Kalit so'zlar: Mediatsiya tartibi, mediatorning huquqiy maqomi, professional va noprofessional mediator, advokatning xuquqiy maqomi, advokatlarpalatasi.

В данной статье рассматриваются значение и специфика медиации в разрешении конфликтов, роль и масштабы медиации в международной практике. Также анализируются права сторон на выбор медиатора при применении медиации, участие взаимосогласованного медиатора в работе, его правовой статус и важные аспекты, роль медиатора в достижении медиативного соглашения. Будут рассмотрены роль и значение адвоката как посредника в деле, в котором он участвует, его положительные стороны и удобства. Сравниваются статус медиатора и статус адвоката. В связи с этим будет изучено законодательство Узбекистана и международный опыт.

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Делается вывод о том, что в современном развивающемся мире возрастает роль и востребованность медиации как альтернативного метода разрешения конфликтов. Это, в свою очередь, увеличивает спрос на зрелых специалистов в области применения медиации.

Ключевые слова: процедура медиации, правовой статус медиатора, профессиональный и непрофессиональный медиатор, правовой статус адвоката, адвокатская палата.

This article discusses the significance and specificity of mediation in conflict resolution, the role and scope of mediation in international practice. It also analyzes the rights of the parties to choose a mediator when using mediation, the participation of a mutually agreed mediator in the work, its legal status and important aspects, the role of the mediator in reaching a mediation agreement. The role and importance of a lawyer as an intermediary in the case in which he participates, his positive aspects and conveniences will be considered. The status of a mediator and the status of a lawyer are compared. In this regard, the legislation of Uzbekistan and international experience will be studied. It is concluded that in the modern developing world the role and demand for mediation as an alternative method of conflict resolution is increasing. This, in turn, increases the demand for mature professionals in the field of mediation.

Keywords: mediation procedure, mediator's legal status, professional and nonprofessional mediator, lawyer's legal status, bar association.

Biz bilamizki jamiyat rivojlangani sari huquq va majburiyatlarga nisbatan insonlarning huquqiy ongi birmuncha ortib boraveradi, bu esa o'z navbatida kishilarni turli munosabatlarga yetaklaydi. Shaxslar o'rtasidagi munosabatlar kengayib borar ekan albatta o'rtada nizo kelib chiqadi. Bunday nizolarni hal qilishda jamiyatimiz a'zolarining katta qismi sudga ishonishadi va unga murojaat qilishni afzal ko'rishadi. Biroq nizolarning barcha turlarini ham sudda ko'rish va hal qilish taraflarga qulaylik tug'dirmaydi. Buni asosan uzundan uzoq protsessual muddatlar va davlat bojlarini yuqori ekanligi bilan izoxlashimiz mumkin. Shuningdek nizolarni bu tartibda ko'rish sudlarda ishlarni ko'payib ketishiga hamda vaqtning yetishmaganligi bois ishlar sifatsiz ko'rilishiga olib kelmoqda. Shu va shu kabi holatlarni bartaraf etish, nizoni hal qilishda taraflarga maqbul usullarni qo'llash va ularning munosabatlarini yomonlashuvidan saqlab qolish maqsadida turli rivojlangan

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

mamlakatlar nizolarni hal qilishning muqobil usullaridan keng foydalanib kelayotganini guvoxi bo'lyapmiz. Bulardan keng tarqalganlari sifatida mediatsiya, muzokara va hakamlik sudlari orqali nizolarni hal qilishni keltirishimiz mumkin. Bular orasida ham eng keng tarqalgani va samarali usul sifatida mediatsiyani aytishimiz mumkin.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Mazkur maqolani yoritish jarayonida ilmiy bilishning mantiqiylik, tarixiylik, izchillik va obektivlik usullaridan keng foydalanildi. Mazkur maqolada mediatsiyada mediatorning huquqiy maqomi va ahamiyati, advokatning mediator siftidagi ishtiroki milliy va xorij tajribalari hamda mediatorlarga qo'yilgan talablar haqida fikrlar tahlil qilindi.

Xorij davlatlarining «Mediatsiya to'g'risida»gi qonunlari hamda O'zbekiston Respublikasining «Mediatsiya to'g'risida»gi 2018-yil 03-iyul O'RQ-482-O'RQ hamda O'zbekiston Respublikasining 27.12.1996 yildagi 349-I-sonli Advakatura to'g'risidagi qonuni metodologik manba bo'lib belgilandi. Shu bilan birga Xudoykina T.V, Sayfetdinova A.F, Krsova V.G., Kolyasnikova Y.S, Gaydaenko-Sher N.I va yuridik fanlar nomzodi Ponasyuk, Andrey Mixaylovich kabi huquqshunos olimlarning ilmiy ishlari hamda tajribalaridan keng foydalanildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Respublikamizda nizolarni hal qilishning muqobil usullarini joriy qilish va qo'llanilishiga keng imkoniyatlar yaratish maqsadida 2017-2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi davlat dasturining ikkinchi yiliga mo'ljallangan Qonun ustuvorligini ta'minlash va sud huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo'nalishlari yilida bir muncha muhim harakatlar amalga oshirildi. Bulardan dastlabkisi 2018-yil 3-iyuldagi 482-sonli O'zbekiston Respublikasining Mediatsiya to'g'risidagi qonunining qabul qilinishi bo'ldi. Dastlab ushbu Qonunning amal qilishi fuqarolik huquqiy munosabatlardan, shu jumladan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish munosabati bilan kelib chiqadigan nizolarga, shuningdek yakka mehnat nizolariga va oilaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarga mediatsiyani qo'llash bilan bog'liq munosabatlarga nisbatan, agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, tatbiq etiladi. Ushbu Qonunning amal qilishi mediatsiyada ishtirok etmayotgan uchinchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, jamoat manfaatlariga daxl qiladigan yoki daxl qilishi mumkin bo'lgan nizolarga nisbatan tatbiq etilmaydi. [1]

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Mediatsiya bu ko'pchilikka tanish bo'lmagan ibora, ammo bu jarayon yangi emas. Qadimdan biron-bir oila, urug', mahallada nizo kelib chiqadigan bo'lsa, o'sha urug' yoki mahallaning yoshi ulug', barcha hurmat qiladigan azolari nizolashayotgan taraflarni insofga chaqirib, ularning orasini isloh qilishga, nizoni tinch yo'l bilan bartaraf etishga harakat qilishgan va buni aynan mediatsiya sifatida ko'rishimiz mumkin. "Mediatsiya" so'zi lotin tilidagi "mediare" so'zidan olingan bo'lib, vositachilik qilish, kelishtirish maqsadida aralashish degan ma'nolarini bildiradi. Shuning uchun yuridik adabiyotlarda mediatsiya va vositachilik tushunchalari sinonim hisoblanadi. Mediatsiya - kelib chiqqan nizoni taraflar o'zaro maqbul qarorga erishishi uchun ularning ixtiyoriy roziligi asosida mediator ko'magida hal qilish usuli sifatida qaraladi. Mediatsiyaga Germaniya Mediatsiya kodeksining 1-bo'limi 1-bandida "tomonlar bir yoki bir nechta mediatorlar yordamida ixtiyoriy ravishda va o'z mas'uliyati bilan o'z mojarolarini tinch yo'l bilan hal qilishga intiladigan maxfiy va tuzilgan tartib" deb ta'riflaydi [1] Ko'rinib turibdiki bunda nizo albatta uchinchi bir shaxs yoki shaxslar ko'magida hal qilinadi va mazkur shaxs ya'ni mediatorning ishtiroki muhim hisoblanadi.

Mediator - mediatsiyani amalga oshirish uchun taraflar tomonidan jalb etiladigan shaxs hisoblanadi.[1] Tarixdan ma'lumki o'tmishda nizolarni hal qilishda yoshi katta va ko'pni ko'rgan shaxslar o'rtadagi vaziyatni yumshatishga va taraflarga to'g'ri maslahat berishga harakat qilishgan. Islom huquqida ilk mediator sifatida Muhammad sallalohu alayhi vasallamni tan olishadi.

Mediatorning kelishuvga erishishdagi roli

Mediatsiyaning mohiyati muzokaralarda o'z aksini topadi. Ularning muvaffaqiyat bilan tugashi uchun nafaqat taraflarning kelishmovchilikni yengishga intilishi va irodasi, balki mediatorning qobiliyati va tajribasi ham muhimdir. Mediator dalillarni o'rganmaydi va taraflarning talablari qonuniyligiga baho bermaydi, uning asosiy vazifasi - taraflar orasida o'zaro tushunishni ta'minlash, hamma ishtirokchilar uchun maqbul bo'lgan sharoitlarda muammoni hal qilish imkoniyatini amalga oshirishni aniqlash va yordam berish hisoblanadi. Mediator vaziyat va uning orqasida turgan taraflarning hissiyot, manfaat, xohish va talablari oldin aytilishi, keyin eshitilishi, va nihoyat, hamma ishtirokchilarga tushunarli bo'lishi uchun mumkin bo'lgan hamma narsani qiladi. Faqat shundan keyingina mediatorning faol ishtiroki bilan dalillar qayta ko'rib chiqiladi va birgalikdagi qaror ya'ni, barcha taraf uchun maqbul bo'lgan nizoning yechimi ishlab chiqiladi. Bu jarayon nafaqat nizo va uning natijasida kelib chiqadigan salbiy hissiyotlarni

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

yengishga imkon beradi, balki kelajakda ishonch asosida yangi kelishuvlarga erishishga ham yordam beradi.[4]

Mediator taraflar oldida mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish natijasida yetkazilgan zarar uchun qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar bo'ladi.[1]

Mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirishda mediator mustaqildir. Mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirishda mediatorning faoliyatiga biror-bir tarzda aralashishga yo'l qo'yilmaydi.

Mediator xolis bo'lishi, mediatsiya tartib-taomilini taraflarning manfaatlarini ko'zlab amalga oshirishi va mediatsiyada ularning teng ishtirokini ta'minlashi, taraflarga o'z majburiyatlarini bajarishi hamda o'zlariga berilgan huquqlarni amalga oshirishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratishi kerak. Mediatorning mustaqilligi va xolisligiga to'sqinlik qiladigan holatlar mavjud bo'lgan taqdirda, u mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirishdan voz kechishi kerak.

Mediatorning huquqiy maqomi

Hozirgi kunda mediator bo'lish uchun qonun talablari belgilab qo'yilgan. Ular professional va noprofessional asosda tashkil etiladi. Professional mediator sifatida birinchidan, O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan mediatorlarni tayyorlash dasturi bo'yicha maxsus o'quv kursidan o'tgan, ikkinchidan, Professional mediatorlar reestriga kiritilgan shaxs faoliyat ko'rsatishi mumkinligi belgilangan. Noprofessional asosdagi mediator faoliyatini yigirma besh yoshga to'lgan va mediator vazifalarini bajarishga rozilik bergan shaxs amalga oshirishi mumkin. Noprofessional asosdagi mediator faoliyatini amalga oshiruvchi shaxs ham O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan mediatorlarni tayyorlash dasturi bo'yicha maxsus o'quv kursidan o'tishi mumkin. Rossiya Federatsiyasida ham mediatorlik faoliyati professional va noprofessional asosda amalga oshiriladi. O'zbekiston Respublikasidan farqli o'laroq, Rossiya qonunchiligida har ikki asosda faoliyatni amalga oshiradigan mediatorlar uchun ham yoshga doir talablar belgilangan. Jumladan, Rossiya Federatsiyasida shaxs professional mediator bo'lishi uchun 25 yoshga, noprofessional mediatorlik faoliyatini amalga oshirishi uchun 18 yoshga to'lgan hamda to'liq muomala layoqatiga ega bo'lishi lozimligi belgilangan. O'zbekiston Respublikasida Professional mediatorlar reestri hududiy adliya boshqarmalari tomonidan yuritiladi va reestr hamma uchun ochiq holatda tegishli adliya organlari hamda Adliya vazirligining rasmiy veb-saytida joylashtiriladi. Shaxsning mediatorlarni tayyorlash dasturi bo'yicha maxsus o'quv kursidan o'tishi uni Professional mediatorlar reestriga kiritish uchun asos bo'ladi. Professional mediatorlar to'g'risidagi ma'lumotlarni

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Reestrga kiritilishi professional mediatorning maqomini rasmiy tasdig'i hisoblanadi hamda professional mediator to'g'risidagi ma'lumotlarni Reestrga kiritish va bu haqda tegishli bildirishnoma berish orqali amalga oshiriladi.[5]

Shaxsni Professional mediatorlar ro'yxatiga kiritish tartibi O'zbekiston Respublikasining 2018-yil 29-noyabrdagi 3092-sonli "Professional mediatorlar reestrini shakllantirish va yuritish tartibi to'g'risida"gi Nizomning 6-bandiga muvofiq maxsus o'quv kursini tugatgan shaxs doimiy yashash joyidagi adliya organiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

-Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda Reestrga kiritish haqidagi ariza; -pasport nusxasi;

-Nizomning 2-ilovasiga muvofiq to'ldirilgan so'rovnoma; -maxsus o'quv kursini tugatganligi to'g'risidagi hujjat nusxasi. Professional mediatorlar to'g'risidagi ma'lumotlarni Reestrga kiritish uchun to'lov undirilmaydi.

Bu o'rinda professional va noprofessional mediatorlar o'rtasida bir muncha farqli tomonlari mavjud ekaniga to'xtalib o'tsak. Jumladan profession mediator o'zi ishtirok qilgan ish bo'yicha tomonlar kelishuviga ko'ra haq evaziga xizmat ko'rsatadi,noprfessional mediatorlarga esa haq to'lash belgilanmagan.

Ikkinchidan professional vositachilar - O'zbekiston Adliya vazirligi dasturi bo'yicha ta'lim kursini o'tovchi shaxslar;

noprofessional vositachilar - 25 yoshdan oshgan, mediator bo'lish istagini bildirgan shaxslar (ular xohishlariga ko'ra Adliya vazirligi qoshida maxsus ta'lim kursini o'tashlari mumkin).

Advokatning mediator sifatidagi huquqiy maqomi Advokatning huquqiy maqomi O'zbekiston Respublikasining 27.12.1996 yildagi 349-I-sonli Advakatura to'g'risidagi qonuni bilan belgilanadi. Unga ko'ra advokat Oliy yuridik ma'lumotga ega bo'lgan va advokatlik faoliyati bilan shug'ullanish huquqini beruvchi lisenziyani belgilangan tartibda olgan O'zbekiston Respublikasining fuqarosi O'zbekiston Respublikasida advokat bo'lishi mumkin. Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan, shuningdek sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslarning advokatlik faoliyati bilan shug'ullanishiga yo'l qo'yilmaydi. Advokat quyidagilardan tashqari haq to'lanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shug'ullanishga haqli emas: ilmiy va pedagogik faoliyat;

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

O'zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasidagi (bundan buyon matnda Advokatlar palatasi deb yuritiladi) va uning hududiy boshqarmalaridagi faoliyat;

patent vakili va mediator sifatidagi faoliyat;

shartnomaviy-huquqiy asosda davlat organlarining, xo'jalik boshqaruvi organlarining, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining yuridik xizmati xodimi sifatidagi faoliyat;

hakamlik sudlarida va xalqaro tijorat arbitrajlarida (sudlarida) sudya sifatidagi faoliyat.

Advokat maqomiga ega bo'lish quyidagi tartibda amalga oshiriladi. Lisenziya Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (bundan buyon matnda adliya organlari deb yuritiladi) tomonidan tegishli malaka komissiyalarining qarorlari asosida beriladi. Lisenziya olish uchun advokat maqomiga ega bo'lishga talabgor shaxs (bundan buyon matnda talabgor deb yuritiladi) yuridik mutaxassislik bo'yicha kamida ikki yillik ish stajiga ega bo'lishi, shu jumladan advokatlik tuzilmasida (advokatlik byurosida, advokatlik firmasida, advokatlar hay'atida, yuridik maslahatxonada) kamida uch oy muddat stajirovka o'tagan bo'lishi kerak hamda malaka imtihonini topshirishi shart. Davlat organlari, xo'jalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining yuridik xizmati xodimi sifatida, sudya, tergovchi, surishtiruvchi yoki prokuror lavozimida kamida uch yil yuridik mutaxassislik bo'yicha ish stajiga ega bo'lgan shaxs advokatlik tuzilmasida stajirovkadan o'tmasdan malaka imtihonida ishtirok etishga haqli. Malaka imtihonini topshira olmagan talabgor uni takroran topshirishga kamida olti oydan keyin qo'yiladi. Malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan talabgor lisenziya olish uchun tegishli adliya organiga uch oy ichida murojaat qilishi kerak. Bu muddatni o'tkazib yuborgan talabgor lisenziya olish uchun adliya organiga malaka imtihonini takroran topshirganidan keyingina murojaat qilishi mumkin. Advokatlik faoliyatini lisenziyalash tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Belgilangan tartibda lisenziya olgan talabgor uch oy ichida advokat qasamyodini qabul qilishi va yakka tartibda yoki lisenziyaga ega bo'lgan boshqa shaxslar bilan birgalikda advokatlik tuzilmasini tuzishi yoxud faoliyat ko'rsatayotgan advokatlik tuzilmalaridan biriga kirishi shart. Talabgorga advokatlik guvohnomasi advokatlik tuzilmasi ro'yxatdan o'tkazilgan yoki talabgorning faoliyat ko'rsatayotgan advokatlik tuzilmasiga kirganligini tasdiqlovchi hujjatlar adliya organi tomonidan olingan paytdan e'tiboran uch ish kuni ichida beriladi. Talabgor advokatlik guvohnomasi berilgan kundan e'tiboran advokat maqomini oladi, Advokatlar palatasining tegishli hududiy boshqarmasi adliya organi tomonidan bu

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

haqda uch kunlik muddatda xabardor qilinadi. Shunday xabarnoma olingan paytdan e'tiboran advokat Advokatlar palatasining a'zosi bo'ladi. Advokatlik guvohnomasining shakli va uni berish tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi1.

Advokatning ishda mediator sifatida ishtirokining bir muncha qulayliklari mavjud. Hozirgi kunda mediatsiyaning jamiyatdagi o'rnidan kelib chiqib gapiradigan bo'lsak, deyarli ko'pchilik nizo taraflari mediatsiya tushinchasi va ahamiyatiga hali hanuz tushinib yetmagani ma'lum. Biroq advokat tushinchasi, uning faoliyati haqida ko'pchilik bir muncha dunyoqarashga ega. Shu bois ham mediatsiyani rivojlantirish va ko'lamini kengaytirishda advokatlarning roli muhim hisoblanadi. Ya'ni ish bo'yicha fuqaro advokatga murojaat qilib keldi. Bu yerda advokat mediatsiyani qo'llashi mumkin va mediativ kelishuvga erishishning imkoni mavjud. Ayni shu vaqtda advokat taraflarga mediatsiyani qo'llashni taklif qilishi mumkin. Bu esa bilamizki har ikkala tarafga ham ijobiy natija beradi. Negaki huquqiy jihatdan advokat professional hisoblanadi. Shuningdek taraflar keyinchalik ham mediatsiyani qo'llashga kelishib olsalar mediator qidirish, ishni yangidan mediator ishtirokida ko'rib chiqish va qo'shimcha xarajatlarga tushishlarini oldini oladi. Bu esa vaqtni ancha tejash imkoniyatini beradi. Bundan tashqari advokatlar bir umumiy palata negizida uyushmaga ega bo'lib bu o'z navbatida advokatlarning qonuniy va ichki tartib qoidalari va advokatlik odobi qoidalari asosida ishlashini ta'minlaydi. Mediatorlarning esa faqat Adliya vazirligida royxati yuritiladi. Bugungi kunda mediatorlar faoliyati bo'yicha biron ichki tartib qoidalari yoki mediatorlik odobi qoidalari tasdiqlanmagan. Bu har bir mediatorning o'zi bilganicha faoliyat olib borishiga olib keladi.

Xalqaro tajriba

Bugungi kunda Germaniya, Fransiya, Italiya, Ispaniya, Avstriya, Buyuk Britaniya, Belgiya, AQSh, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya kabi davlatlarda mediatsiya instituti keng tarqalgan. Shuningdek, fuqarolik va tijorat huquqlari bo'yicha nizolarni muqobil hal etish masalalari bo'yicha 2002 yilda Yevropa komissiyasi tomonidan Yashil kitob ishlab chiqilgan.

AQShda mediatsiyani qo'llash natijasida fuqarolik-huquqiy nizolarning 95 foizi sud muhokamasiga yetib bormagan. 90%dan ko'proq sud muzokaralari Germaniyada taraflarning kelishuv bitimi bilan, Yevropada o'rtacha 40-80%ni, Quyi Saksoniyada 97%ni, Buyuk Britaniyada 90-95 %ni nizoli holatlar mediatsiya bilan

1 https://lex.uz/docs/54503

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 4

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

yakunlanishi va sud muhokamasigacha hal etilishini uchratish mumkin va, bu ko'rsatkich, albatta katta taassurot qoldiradi2.

Mediator bo'yicha talablarni Germaniya Mediatsiya kodeksi bo'yicha ko'rib chiqamiz. Kodeksning 5-bo'limi, 1-bandiga binoan, mediatorlar o'zlarining dastlabki tayyorgarligi va davomiy ta'limini ta'minlashlari kerak. Mediatorlar, shuningdek, tomonlarga mediatsiya protsesslarida malakali yo'l-yo'riq ko'rsatish uchun nazariy va amaliyotda yetarlicha malakaga ega bo'lishlariga ishonch hosil qilishlari kerak. Tegishli tayyorgarlik ayniqsa quyidagi elementlarni o'z ichiga olishi kerak:

mediatsiya asoslari, shuningdek, protsedura va ramka shartlari;

muzokaralar va muloqot usullari;

ziddiyatli kompetensiya;

mediatsiyaning huquqiy jihatlari va mediatsiyada qonunning roli;

Mediatorlar malakasini oshirish uchun kredit ballari tizimi hozircha mavjud emas.

Bundan farqli o'laroq, sertifikatlangan mediatorlarning maxsus malakasi kodeksning 5 va 6-bo'limlariga muvofiq mavjud. Sertifikatlangan mediatorlar malakasini oshirish bo'yicha uzluksiz talablar qo'yiladi, ular orasida majburiy o'qitish, mediator yoki komediator sifatida o'tkaziladigan mediatsiya jarayonlarining minimal miqdori dastlabki treningdan so'ng nazorat qilinishi kerak.

Adliya departamenti, agar kamida 120 soatlik o'quv dasturi va maxsus o'quv mazmuni tugallangan bo'lsa, kimdir o'zini sertifikatlangan vositachi sifatida ta'riflashi kerakligini ko'rsatadigan qonuniy qaror qabul qildi. Bundan tashqari, huquqiy qarorda sertifikatlangan mediator treningdan keyin ikki yil davomida kamida beshta mediatsiya jarayonini o'tkazishi, keyin esa nazoratni o'tkazishi kerakligi belgilab qo'yilgan.

Mediatorlarning asosiy kasbi bilan bog'liq hech qanday qoidalar yoki cheklovlar yo'q, shuningdek, ma'lum darajadagi ta'lim (masalan, universitet darajasi) bilan bog'liq qoidalar mavjud emas.

Germaniya Mediatsiya kodeksiga ko'ra mediatorning vazifalariga kelsak, kodeks avvalgi savollarda tasvirlangan ba'zi qoidalarni taqdim etadi. Bunday majburiyatlarni buzgan taqdirda, vositachi Germaniya Fuqarolik Kodeksi (BGB) qoidalariga muvofiq zararni qoplash uchun javobgar bo'lishi mumkin yoki juda

2 https://www.norma.uz/nashi_obzori/mediaciya_o_chem_govorit_zarubejnyy_opyt

434

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

kamdan-kam hollarda Germaniya Jinoyat kodeksiga muvofiq jinoiy xatti-harakatlar uchun ayblanadi. Mediatorlarga nisbatan huquqbuzarlik, ishning yomonligi va hokazolar uchun maxsus fuqarolik yoki jinoiy qoidalar, jazo choralari yoki intizomiy choralar ko'rilmagan. Aksariyat nemis sug'urta kompaniyalari vositachilar uchun professional sug'urta sug'urtasini taklif qiladilar, ammo bu majburiy emas. Shuning uchun nemis vositachilari uchun sug'urtaning minimal darajasi talab qilinmaydi.

Mediator nizolarni tekshirishi va tomonlarni yuzaga kelishi mumkin bo'lgan nizo haqida quyidagi tarzda xabardor qilishi kerak:

Kodeksning 3.1-bo'limi: mediator uning betarafligi va xolisligiga ta'sir qilishi mumkin bo'lgan barcha holatlarni oshkor qilishi kerak;

Kodeksning 3.2-bo'limi: agar biror shaxs biror tarafga maslahat bergan bo'lsa, u xuddi shu masalada vositachi sifatida ishlay olmaydi. Bunday ish taraflar tomonidan tasdiqlanishi mumkin emas;

Kodeksning 3.3-bandi G: mediator, agar uning hamkasblaridan biri tarafga xuddi shu masala bo'yicha maslahat bergan bo'lsa, bu haqda tomonlarni xabardor qilishi kerak. Bunday holatda va bunday ma'lumotlardan so'ng, tomonlar Kodeksning 3.4-bandiga muvofiq mediator xizmati to'g'risida kelishib olishlari mumkin.

Yuqorida aytib o'tilganidek, bunday majburiyatlar buzilgan taqdirda vositachi BGB qoidalariga muvofiq zararni qoplashi mumkin. Mediatorning to'lovlari qonun bilan tartibga solinmaydi va shuning uchun muzokaralar uchun bepul. Tomonlar, odatda, vositachilik haqini taqsimlaydilar va umumiy va bir nechta majburiyatlarni kelishib oladilar. Agar tomonlar mediatorga pul to'lashga imkoni bo'lmasa, mediatsiya ishini yuritish uchun davlat tomonidan yuridik yordam yoki boshqa moliyaviy yordam ko'rsatilmaydi. Biroq, Germaniya sudlari, agar mediatsiya sud tomonidan qo'shilgan mediatsiya sifatida o'tkazilgan bo'lsa, mediatsiya bo'yicha ish yuritish uchun xarajatlarni xarajatlarning umumiy bahosiga kiritishga tayyor.[6]

Xulosa qilib aytganda, nizolarni mediatsiya tartibida hal qilishda mediatorning o'rni muxim hisoblanadi. U o'rtadagi nizoni boshqara olishi kerak. Buning uchun albatta mediator oddiy qilib aytganda kuchli psixolog va yetarli tajribaga ega shaxs bo'lishi kerak. Bu o'rinda advokatlarga keng imkoniyatlarni yaratish va mediatsiyani qo'llashda imtiyozlar berish va shu orqali jamiyatda mediatsiyani keng targ'ib qilish maqsadga muvofiq deb bilaman. Buni yaqqol misoli sifatida yigirma yil muqaddam advokat tushinchasi, uning kim ekanligi, qanday faoliyat olib borishi, qaerdan

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

advokatni topish mumkin ekanligini ko'pchilik deyarli bilmagan bo'lsa hozirgi kunda advokatni bilmagan odam kam hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan mediasini advokatlar ko'magida jamiyatga yoyish, uni rivojlantirish va nizolarni muqobil va sifatli hal qilishda muhim omil bo'ladi.

REFERENCES

1. https://lex.uz/docs/3805227 O'RQ-482-son 03.07.2018. Mediatsiya to'g'risida

2. https://www.lexology.com/library/detail.aspx?g=cce08f79-a8c8-43a3-9da0-f0dc861fc2bb#:~:text=The%20German%20courts%20or%20other,278a%2C%20para graph%202%20ZPO).

3. https://lex.uz/docs/3805227

4. https://chamber.uz/uzk/news/6753

5. https://lex.uz/docs/4085354 8(

6. https://www.lexology.com/library/detail.aspx?g=cce08f79-a8c8-43a3-9da0-f0dc861fc2bb#:~:text=The%20German%20courts%20or%20other,278a%2C%20para graph%202%20ZPO).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.