Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VA ERON ISLOM RESPUBLIKASI O’RTASIDAGI MADANIY ALOQALAR'

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VA ERON ISLOM RESPUBLIKASI O’RTASIDAGI MADANIY ALOQALAR Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

475
69
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Hamkorliklar / oila / uchrashuv / jinslar bo‟yicha o‟qitilishi / diplomatik aloqalar / O„zbekiston va Eron munosabatlarilari / madaniyat.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Bobur Azamatov, Og‘abek Keldibekov, M. N. Hasanov

Ushbu maqola O‟zbekiston va Eron davlatlarining tarixi, tili, dini, madaniyati, urf-odatlari, iqtisodiyoti va umumiy o‟xshashliklari haqida yozilgan. Shuningdek, siz bu maqolada ba‟zi bir bilmagan muhim va qiziqarli ma‟lumotlar haqida bilib olishingiz mumkin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VA ERON ISLOM RESPUBLIKASI O’RTASIDAGI MADANIY ALOQALAR»

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI VA ERON ISLOM RESPUBLIKASI O'RTASIDAGI MADANIY ALOQALAR

Bobur Azamatov Og'abek Keldibekov

Toshkent davlat transport universiteti talabalari

M. N. Hasanov

Ilmiy rahbar, Toshkent davlat transport universiteti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqola O'zbekiston va Eron davlatlarining tarixi, tili, dini, madaniyati, urf-odatlari, iqtisodiyoti va umumiy o'xshashliklari haqida yozilgan. Shuningdek, siz bu maqolada ba'zi bir bilmagan muhim va qiziqarli ma'lumotlar haqida bilib olishingiz mumkin.

Kalit so'zlar: Hamkorliklar, oila,uchrashuv, jinslar bo'yicha o'qitilishi, diplomatik aloqalar, O'zbekiston va Eron munosabatlarilari, madaniyat.

KIRISH

O'zbekiston hozirgi kunda bir qator obro'li va jahon iqtisodiyotida muhim ahamiyatga ega bo'lgan xalqaro tashkilotlarning teng xuquqli a'zosi, jahonning o'nlab davlatlari bilan do'stona aloqalarini bog'lagan, yirik bank va moliyaviy tashkilotlar bilan hamda nodavlat va nohukumat tashkilotlar bilan hamkorlik qilmoqda. Respublikada 43 ta chet davlatlarning elchixonalari, 15 ta hukumatlararo va 49 ta nohukumat tashkilotlar akkreditatsiya qilingan. Hozirgi kundan O'zbekistonning amaldagi tashqi siyosati jahondagi barcha mamlakatlar bilan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy aloqalar yuksak darajada olib borilmoqda. Shu jumladan O'zbekiston va Eron munosabatlarilari ham, O'zbekiston va Eron munosabatlari uzoq tarixga ega. O'zbekiston va Eron munosabatlarilari "Sovetlar davrida rahbarlar islomiy inqilob O'rta Osiyoga tarqaladi deb nihoyatda qo'rqar edi shu sababdan O'zbekiston va Eron munosabatlariga qarishlik uchrab turardi.. Bu yo'nalishda choralar ko'rar edi. Shimoliy Xuroson provinsiyasi tadbirkorlarining O'zbekistonga tashrifi doirasida O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi 28 fevral kuni "Markaziy" mehmonxonasida ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida O'zbekiston-Eron biznes-seminarini tashkil etdi. Ma'lumki, oxirgi yillarda O'zbekiston va Eron o'rtasida iqtisodiy aloqalar ancha yaxshi rivojlanib bormoqda. Ushbu munosabatlar

November, 2022

11

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

mahsuliga e'tibor qaratsak, u holda 2006 yilda mamlakatlarimiz o'rtasidagi tovar aylanmasi 658 mln. AQSH dollarini tashkil etganini ko'rish mumkin. Boz ustiga O'zbekiston 582,7 mln. AQSH dollari miqdorida ijobiy saldoga ega (O'zbekiston eksporti - $620,6 mln. va importi - $37,9 mln.). O'zbekistonda 89 ta qo'shma korxona faoliyat olib boradi. Ulardan 23 tasi 100 foizlik Eron kapitaliga ega bo'lib, xalq iste'mol mollari, to'qimachilik va qishloq xo'jaligi mahsulotlari, qurilish materiallari, gilam ishlab chiqarish bilan band. Shuni ta'kidlash zarurki, Eron tovarlarimizni xorijga eksport qilishda asosiy hamkorimiz sanaladi, chunki O'zbekistonning barcha tovarlari Eron bandargohlari orqali jahon bozorlariga chiqadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI

Shimoliy Xuroson provinsiyasi O'zbekistonga eng yaqin mintaqa sanaladi. Kooperatsion birja natijasidan biz ko'p narsalarni kutib qolamiz, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari hamkorlik istiqbollarini muhokama eta oladi degan umiddamiz. Shuningdek biznes-seminarda Eron Respublikasining mamlakatingizdagi elchisi janob I.Ilohiy ham so'zga chiqdi. U mazkur tadbir tashkilotchilariga, ayniqsa Savdo-sanoat palatasiga minnatdorchilik bildirdi. "Kooperatsion birjada elchixonamizning asosiy vazifasi O'zbekiston biznesmenlari va tadbirkorlariga imkoniyat yaratib berishdir, - deydi janob I. Ilohiy. Mamlakatlarimiz ham iqtisodiy va ham geografik nuqtai nazardan kelishuvga erishgan ekan, biz shunchaki ikki tomonlama munosabatlarni o'rnatishimiz va rivojlantirishimiz zarur. Demak, biz munosabatlar rivojiga turtki berishimiz lozim va bu bizning asosiy maqsadimizdir. Janob N.Qosimov ta'kidlaganidek, mamlakatlarimiz o'rtasidagi tovar aylanmasi 658 mln. AQSH dollarini tashkil etdi, va yaqin vaqt ichida biz bu ko'rsatkichni 1 mlrd. AQSH dollariga yetkazni mo'ljallayapmiz. To'qimachilik sanoati, neylon va neyloks, gilam, kir yuvish va dezinfeksiya vositalari, motor moylari, turli qurilish materiallari, farmatsevtika va tibbiyot uskunalari ishlab chiqarish, choy va quruq meva savdosi bilan mashg'ul bo'lgan taxminan 40 ta yirik kompaniya, shuningdek transport va savdo kompaniyalari rahbarlari va vakillari delagatsiya tarkibidan joy olgan.

Poytaxtimizdagi Xalqaro hamkorlik markazida 2008-yil 30 iyul kuni Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo'yicha O'zbekiston-Eron hukumatlararo komissiyasining to'qqizinchi majlisi bo'lib o'tdi. Tadbirda ikki mamlakatning savdo, iqtisodiyot, yoqilg'i-energetika, bank-moliya, qishloq va suv xo'jaligi, oziq-ovqat, kimyo, transport va transport kommunikatsiyalari, qurilish,

to'qimachilik, farmatsevtika, sayyohlik kabi sohalarda faoliyat

November, 2022

ko'rsatayotgan qator vazirlik va idoralari, firma va kompaniyalari vakillari ishtirok etdi.

Anjumanda O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari, komissiya ham raisi N.Xonov O'zbekiston bilan Eron o'rtasidagi aloqalar barcha sohalarda izchil rivojlanib borayotgani, bunda ikki davlat rahbarlarining uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlar muhim huquqiy asos bo'lib xizmat qilayotganini alohida qayd etdi. Eron Islom Respublikasi savdo vaziri, komissiya hamraisi Sayyid Ma'sud Mirkozimiy mamlakatlarimiz o'rtasidagi do'stlik, o'zaro hurmat, ishonch va manfaatdorlik asosiga qurilgan hamkorlik siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy-madaniy sohalarda izchil rivojlanib borayotganini ta'kidladi. O'zbekiston va Eron munosabatlarida transport va transport kommunikatsiyalari sohasidagi hamkorlik muhim o'rin tutadi. Mamlakatimiz o'z mahsulotlarini Eronning Bandar-Abbos va Chobahor portlari orqali Hind okeaniga chiqaradi. Eron esa O'zbekiston hududi orqali Markaziy Osiyo va MDH mamlakatlariga tovar yetkazib beradi. Majlisda birinchi galda Eron hududida yangi temir yo'l uchastkalarini ishga tushirilishi munosabati bilan tariflarni qayta ko'rib chiqish va uyg'unlashtirish, tarif preferensiyalarini kengaytirish, belgilangandan ortiq miqdordagi yoqilg'i uchun to'lovlarni qisqartirish kabi masalalar muhokama qilindi.

Mamlakatlarimiz o'rtasidagi o'zaro manfaatli hamkorlik jadal rivojlanmoqda, - deydi Sayyid Ma'sud Mirkozimiy. Tashrifdan maqsadimiz barcha sohalardagi o'zaro munosabatlarni yanada kengaytirish va mustahkamlashdan iborat. Muloqotlar tez orada samara berishiga shubha yo'q. 2007 yili mamlakatlarimiz o'rtasidagi o'zaro tovar ayirboshlash hajmi 565 million AQSH dollarini, joriy yilning yanvar-iyun oylarida esa 384,8 million dollarni tashkil qildi. O'zbekiston Eronga asosan paxta tolasi, qora va rangli metalllar, organik o'g'itlar hamda ipak kabi mahsulotlarni eksport qiladi. Erondan O'zbekistonga oziq-ovqat mahsulotlari, meva, lok-bo'yoq va boshqa turdagi qurilish-bezash materiallari keltiriladi. Yurtimizda eronlik sarmoyadorlar bilan hamkorlikda tuzilgan 117 qo'shma korxona faoliyat ko'rsatmoqda. Mamlakatimizda Eronning 29 kompaniyasi o'z vakolatxonasini ochgan. Majlisda ikki mamlakat o'rtasida savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish imkoniyatlari ko'rib chiqildi, istiqbolli sohalar belgilab olindi. Kimyo va oziq-ovqat sanoati, qurilish materiallari ishlab chiqarish, farmatsevtika, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlash kabi sohalardagi aloqalarni yanada kengaytirish, ikki tomon uchun ham manfaatli bo'lgan qo'shma loyihalar ishlab chiqish va amalga oshirish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Qo'shma korxonalarni va tovar ayirboshlash hajmini oshirish masalalari muhokama qilindi.

November, 2022

13

Forumda ikki mamlakat o'rtasida sarmoyaviy hamkorlikning yangi yo'nalishlarini shakllantirish, sarmoyalarni jalb qilish va o'zaro rag'batlantirishni yanada takomillashtirish, kimyo, oziq-ovqat, qurilish, sayyohlik kabi sohalardagi hamkorlikni rivojlantirishga oid masalalar yuzasidan fikr almashildi. Eron kompaniyalarini mamlakatimizdagi xususiylashtirish jarayoniga keng jalb etish masalasi ham atroflicha muhokama qilindi. Bunda O'zbekiston va Eron ishbilarmonlari o'rtasidagi bevosita hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish muhim o'rin tutishi alohida ta'kidlandi. Eron va O'zbekiston aloqalari so'nggi yillarda bir qadar illiqlashgan. O'zbekiston 1990-yillarda Eronga nisbatan sanksiyalar joriy etilishini yoqlab chiqqan edi. Keyinchalik Muhammad Hotamiy prezidentlikka kelib, munosabatlarda tiklanish kuzatildi.

O'zbekiston Eron orqali o'z yuklarini dengizga olib chiqadi, Eron MDH davlatlariga yetkazayotgan mollarini O'zbekiston orqali olib o'tadi. Sharhlovchilar aytadiki, Eron bilan siyosiy munosabatlar yaqin yoki ziddiyatli deyishga ham asos yo'q. Madaniyat tushunchasi va uning mohiyati. Yuzaki qaralganda, kundalik hayotda " madaniyat" so'zidan insonning faoliyat tarzini va jamiyatning qay darajada rivojlanganligini aniqlovchi ko'rsatkich sifatida foydalaniladigandek tuyuladi. Lekin madaniyat so'zining mazmun-mohiyatiga chuqurroq e 'tibor beradigan bo'lsak, bu atama tabiat, jamiyat va insonlar o'rtasidagi o 'zaro munosabatlarni belgilab beruvchi ko'plab qarashlar, nazariyalar va g'oyalarga, tushuncha va tasavvurlarga nisbatan qo'llanilishini ham anglab yetamiz. XX asrning 50-yillari boshida amerikalik madaniyatshunos olimlar Alfred Kreber va Klayd Klakxonlar o'zlarining «Madaniyat: tushuncha va ta'riflar» nomli asarida madaniyatning 164 ta ta'rifi mavjud ekanligini ko'rsatib o'tadilar. Hozirgi paytda «madaniyat» atamasining 400 dan ortiqroq ta'rif mavjud. Agar ularga e'tibor bersak, madaniyat tushunchasi keng qamrovli hayotning deyarli barcha va hatto bir-biriga zid bolgan sohalarini ham qamrab oluvchi tushuncha ekanligini ko'ramiz. Shu boisdan ham madaniyat tushunchasiga insonning aqliy faoliyati va jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab oluvchi tushuncha sifatida ta'rif berish juda mushkul. Madaniyatshunoslikka oid adabiyotlarga nazar tashlasak, madaniyatning turlicha ta'rif-u talqinlari mayjudligini ko'ramiz, chunonchi: «inson tomonidan yaratilgan moddiy va ma'naviy boyliklar yig'indisi»; «moddiy va ma'naviy qadriyatlar»; «inson tomonidan yaratilgan ikkinchi tabiat»; «insoniy faoliyat mahsuli»; «ijodiy faoliyat»; «ijodiy faoliyat mahsuli»; «jamiyatning m a'naviy hayoti»; «insonning ma'naviy dunyosi»; «insonning axloqiy fazilatlari»: «insonning ichki va tashqi olami»; «axloqiy sifatlar yig'indisi»; «jamiyat faoliyati»; «shartli belgilar tizimi yig'indisi»; «shartli tasvirlar»; «ramziy ishora va belgilar»; «me'yor va andazalar» va

November, 2022

14

shu kabilar. «Kultura» atamasi lotin tilidan olingan bo'lib, uni birinchi marta fanga 1871- yili tarixchi va etnografolim E .Taylor kiritgan. Uning ko'rsatishicha, o'sha paytda bu tushunchaning bor-yo'g'i 7 tagina ta'rifi bolgan . Eron hududida odamzod ilk paleolit davridan yashaydi. Eronliklar to'g'risidagi dastlabki ma'lumotlar Ossuriya yozma yodgorliklarida keltirilgan. Miloddan avvalgi 834-yilda shoh Salmanasar IIIning sharqqa qilgan yurishini tavsiflovchi mixxat yozuvlarida qadimiy fors tilida so'zlashuvchi xalqlar istiqomat qilgan Parsua mamlakati qayd etilgan. Miloddan avvalgi 3-ming yillik boshida Eronning janubi-g'arbida dastlab shahardavlatlar, keyinroq Elam davlati paydo bo'ldi. Miloddan avvalgi 2- ming yillik davomida Eron hududiga hind-eron tillarida so'zlashuvchi hind-yevropa qabilalari kirib kela boshlagan. Eron davlatining 99% qismini shialar tashkil qiladi. Ularning davlat tili fors tilidir. Ularning ham o'ziga xos madaniyati, urf-odatlari va an'analari mavjud. Ularga bir to'xtalib o'tsak. Eronda erkaklar o'z oilasiga juda ham sodiqdirlar. Uydagi muammolarini iloji boricha ommaga olib chiqmaslikka harakat qilishadi. Eronlik yosh bolalar o'z oilasida erkin fikrlay olishga qodirdirlar. Eron madaniyatida esa o'g'il bolalar qiz bolalarga nisbatan harakati cheklanmagan qonun-qoidaga rioya qilgan holda,lekin eronlik ota-onalar o'g'il bola ham, qiz bola ham ilm olish jihatidan bir xil salohiyatga ega bo'lish kerakligini tushuntirishgan. Endi esa biz jins bo'yicha ajratishga keladigan bo'lsak,forslar islom dinida keltirilgan barcha yaxshi amallarga rioya qilishga harakati qilishadi. Fors ayollari yuzida hijob, shuningdek,ularga nomahram bo'lgan erkaklar bilan yurish qat'iyan ta'qiqlangan. Shu bilan birga, maktab o'quvchilari maktabda o'g'il bolalar alohida,qiz bolalar alohida tahsil olishadi. Shunga qaramasdan, eronlik ayollarning bilim salohiyati yuqoriroq. Lekin oilani boqish erkak kishini zimmasida bo'lgani uchun barcha kasb sohalarida ayollarning oylik ish haqlari nisbatan pastroq sifatida to'lanadi.Eron 1945-yildan BMT a'zosi. O'zbekiston Respublikasi suverenitetini 1991-yil 25-dekabrda tan olgan va 1992-yil 10-mayda diplomatiya munosabatlari o'rnatgan. Milliy bayrami-11-fevral -Islom inqilobi kuni. O'zbekiston - Eron munosabatlari - Eron O'zbekiston Respublikasining mustaqilligini tan olib, ikki davlat o'rtasida diplomatik munosabatlar o'rnatilgach, 1992 yil noyabrda Eroning Toshkentdagi elchixonasi, 1995 yil may da O'zbekiston Respublikasining Tehrondagi elchixonasi o'z faoliyatini boshladi.Ikki mamlakat o'rtasida transportkommunikatsiya, neftkimyo, bank, bojxona, farmatsevtika, uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va giyohvand moddalarning noqonuniy tarqatilishiga qarshi kurash sohalarida keng hamkorlik yo'lga qo'yilgan. Hozirgi Kunda O'zbekiston va Eron munosabatlarining shartnomaviy huquqiy asosini 50 dan ortiq hujjat tashkil etadi. O'zbekiston

November, 2022

l5

Respublikasi va Eron o'rtasida savdoiqtisodiy sohadagi o'zaro manfaatli hamkorlikning tamoyil va yo'nalishlarini belgilab beruvchi bir qator davlatlararo va hukumatlararo shartnomalar hamda idoralararo hujjatlar imzolangan.

XULOSA

Xulosa qilib Maqolamizning so'ngida shuni aytish mumkinki, O'zbekiston va Eron davlatlari qadr-qimmati, urf-odatlari, an'analari,madaniyati,dini va e'tiqodi bilan hamohang yaqindir,ayniqsa dini, o'zbek va fors erkaklarining kuchli g'ururi, ota-onalarning bolalariga bo'lgan munosabatlari, akalarning singillarini himoya qilishi, iffati, sha'ni, shuningdek, ikki davlatning tarixga boy ko'pgina shaharlari, chet ellik mehmonlarni e'zozlashi va ko'pgina sifatlari bilan chambarchas o'xshashlikni ko'rishimiz mumkin. Nafaqat bular, balki ikki davlat o'rtasidagi bardavom tarixlar osha davom etib kelayotgan o'zaro hamkorliklar, madaniy rishtalar va barcha-barchasini alohida ta'kidlab o'tish zarur. Xulosa o'rnida shuni aytish kerakki, O'zbekiston va Eron og'a-inidek qardosh xalqlardir !

REFERENCES

1. Ramatov, J.S. va Xasanov, MN (2022). Ta'lim amaliyotida innovatsiyalarni jalb qilishning nazariy modelini tahlil qilish. Sharq uyg'onishi: innovatsion, ta'lim, tabiiy va ijtimoiy fanlar , 2 (6), 937-942.

2. У.К.Эрниёзов, М.Н. Хасанов, & Х.С.Машарипов. (2022). АБУ НАСР ФОРОБИЙНИНГ ИЖТИМОИЙ-АХЛОКИЙ ТАЪЛИМОТИ ВА УНИНГ АНТРОПОЛОГИК ХУСУСИЯТЛАРИ . JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS, 4(3), 130-136.

3. Жуманиёз Султонович Раматов, Машкура Инамжанована Рахимова, & Миршод Нуъмонович Хасанов (2022). МАФКУРАВИЙ ТАХДИДЛАРНИ ОЛДИНИ ОЛИШДА ИСЛОМИЙ кАдРИЯТЛАРНИНГ УРНИ. Academic research in educational sciences, 3 (6), 1031-1036.

4. Ж. С. Раматов, & М. Хасанов (2022). МОЛОДЕЖЬ И ИНФОРМАЦИОННО-ПСИХОЛОГИЧЕСКАЯ БЕЗОПАСНОСТЬ. Central Asian Academic Journal of Scientific Research, 2 (6), 532-536.

5. Салимов, Бахриддин Лутфуллаевич, & Хасанов, Миршод Нуъмонович (2022). ШАРК МУТАФАККИРЛАРИНИНГ КОМИЛ ИНСОН ТАРБИЯСИ МАСАЛАЛАРИ ТАХ,ЛИЛИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2 (6), 1345-1354.

6. Раматов, Ж. С., Баратов, Р. У., Кушаков, Ф. А., Валиев, Л. А., & Хасанов, М. Н. (2022). ЖАМИЯТДА СИЁСИЙ ВА ХУКУКИЙ МАДАНИЯТНИ ЮКСАЛТИРИШ МАСАЛАЛАРИ. PEDAGOGS jurnali, 19(1), 13-18.

7. Ж. С. Раматов, & М. Хасанов (2022). УЗБЕКИСТОН ТАРАККИЁТИНИНГ ЯНГИ БОСКИЧИДА ИНСОН ХУКУКЛАРИНИНГ ТАЪМИНЛАНИШИ. Academic research in educational sciences, 3 (6), 963-969.

November, 2022 Multidisciplinary Scientific Journal

16

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

8. Раматов, Ж. С., Муратова, Д., Султанов, С. X,., Тухтабоев, Э., Кушаков, Ф., & Хасанов, М. Н. (2022). ИЖТИМОИЙ АДОЛАТ ВА ^АДРИЯТЛАР ПЛЮРАЛИЗМИ. World scientific research journal, <ВД, 102-108.

9. Хасанов, М. Н., Бекмуратов, Б. Ж., Тургунов, Б. Ш., & Маматцулов, У. С. (2022). ФОРОБИЙНИНГ ТАЪЛИМОТИДА ЁШЛАР ВА ИНСОН ТАЛИМ-ТАРБИЯСИ МАСАЛАЛАРИ ТАХЛИЛИ.

10. Хасанов, М. Н., Зайниддинов, Б. З., Абдухалилов, О. А., & Джурайев, Д. Д. (2022). МЕХНАТДА ИНСОННИ ШАКЛАНИШДАГИ АХАМИЯТИ.

11. Ramatov, J.S. va Xasanov, MN (2022). Ta'lim amaliyotida innovatsiyalarni jalb qilishning nazariy modelini tahlil qilish. Sharq uyg'onishi: innovatsion, ta'lim, tabiiy va ijtimoiy fanlar , 2 (6), 937-942.

12.У.К.Эрниёзов, М.Н. Хасанов, & Х.С.Машарипов. (2022). АБУ НАСР ФОРОБИЙНИНГ ИЖТИМОИЙ-АХЛО^ИЙ ТАЪЛИМОТИ ВА УНИНГ АНТРОПОЛОГИК ХУСУСИЯТЛАРИ . JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS, 4(3), 130-136.

13.Ж. С. Раматов, М. Хасанов, & Л. А. Валиев (2022). ИНСОН ДУНЁ^АРАШИНИНГНИНГ ДИНИЙ ВА ДУНЁВИЙ ТАЛ^ИНИ. Central Asian Academic Journal of Scientific Research, 2 (7), 78-82.

14.J. S. Ramatov, M. Hasanov MAFKURAVIY AXLOQ TARBIYASINING АНАМ1УАТ1 // Pedagogik fanlar boyicha akademik tadqiqotlar. 2022 yil. 6-son. URL: https://cyberleninka.ru/article/n7mafkuraviy-ta-didlarni-oldini-olishda-ahlo-iy-tarbiyaning-a-amiyati (kirish sanasi: 04.10.2022).

15.Ж. С. Раматов, & М. Хасанов (2022). МИЛЛИЙ ^АДРИЯТЛАР -ЖАМИЯТИМИЗ БАР^АРОРЛИГИ ВА ЁШ АВЛОД ТАРБИЯСИНИНГ МУХИМ ОМИЛИ. Academic research in educational sciences, 3 (6), 973-979.

16.Ж. С. Раматов, М. Хасанов, & Лочин Азаматович Валиев (2022). АУРОБИНДО ГХОШ ХАЁТИ ВА ИЛМИЙ ФАЛСАФИЙ МЕЪРОСИ. Academic research in educational sciences, 3 (6), 1161-1169.

17. Ж. С. Раматов, М. Хасанов, & Л. А. Валиев (2022). ИНСОН ДУНЁ^АРАШИНИНГНИНГ ДИНИЙ ВА ДУНЁВИЙ ТАЛ^ИНИ. Central Asian Academic Journal of Scientific Research, 2 (7), 78-82.

18. Rаматов, Ж. С., & Баратов, Р. У. (2018). НОВЫЙ ПОДХОД ПОДГОТОВКИ КАДРОВ С ВЫСШИМ ОБРАЗОВАНИЕМ В УЗБЕКИСТАНЕ: ПЕРСПЕКТИВА И ИННОВАЦИИ. Theoretical & Applied Science, (4), 89-91.

19..Baratov, R. (2021). Prospects of Higher Education System (on the Example of Uzbekistan). International Journal on Orange Technologies, 3(3), 128-131.

20.Рашит Усарович Баратов (2022). ТРАНСПОРТ ТИЗИМИДА ТАЪЛИМ ИСЛОХОТЛАРИ ВА ИСТЩБОЛЛАРИ. Academic research in educational sciences, 3 (TSTU Conference 1), 90-95.

21.Baratov, R. U. (2019). INTEGRATION OF A SCIENCE, FORMATION AND MANUFACTURE IN THE COURSE OF PROFESSIONAL TRAINING.

In ОБЩЕСТВЕННЫЕ НАУКИ В СОВРЕМЕННОМ МИРЕ: ПОЛИТОЛОГИЯ, СОЦИОЛОГИЯ, ФИЛОСОФИЯ, ИСТОРИЯ (pp. 51-54).

November, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.