O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI AHOLISI TARKIBI VA DINAMIKASINI
STATISTIK BAHOLASH
d https://doi.org/10.5281/zenodo.10542290
Mirolimov Mirislom Mirshokir o'g'li
TDIU Statistika kafedrasi katta o'qituvchisi PhD E-mail: mirislom. mirolimov3138@gmail .com +998903343138
Annotatsiya: Mamlakatimizda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish sharoitida aholi tarkibi va tabiiy harakatida yuz berayotgan jarayonlarni statistik tahlil qilish yordamida o'rganish, uning rivojlanish istiqbollarini aniqlash, tabiiy ko'payishiga ta'sir etuvchi tug'ilish, vafot etish, nikoh qurish va ajralish jarayonlarini o'rganish orqali aholi tabiiy ko 'payishiga ta 'sir etuvchi omillarni aniqlashdan iborat.
Kalit so'zlar: iqtisodiy islohotlar, doimiy aholi, millat, umumbashariy qadriyatlar, ish bilan bandlik, ishsizlik, aholi turmush darajasi, millatlar totuvligi.
СТАТИСТИЧЕСКАЯ ОЦЕНКА СОСТАВА И ДИНАМИКИ НАСЕЛЕНИЯ
РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН
Аннотация: В условиях углубления экономических реформ в нашей стране предстоит изучит с помощю статистического анализа процессы, происходящие в структуре и естественном движении населения, определит перспективы его развития, определит факторы, влияющие на естественный прирост населения. путем изучения процессов рождения, смерти, браков и разводов, влияющих на естественный прирост.
Ключевые слова: экономические реформы, постоянное население, нatsiя, общечеловеческие ценности, занятост, безработица, уровен жизни населения, гармония нatsiй.
STATISTICAL ASSESSMENT OF THE COMPOSITION AND DYNAMICS OF THE POPULATION OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN
Annotation: In the context of deepening economic reforms in our country, it is to study the processes occurring in the structure and natural movement of the population using statistical analysis, to determine its development prospects, to determine the factors affecting the natural increase of the population by studying the processes of birth, death, marriage and divorce that affect the natural increase. .
Key words: economic reforms, permanent population, nation, universal values, employment, unemployment, standard of living of the population, harmony of nations.
KIRISH.
Aholining tabiiy harakati natijasida aholi soni va uning yoshi, jinsiy tarkibi muntazam o'zgarib turadi. Yangi tug'ilgan bolalar jinsi aholi jinsiy tarkibida ma'lum o'zgarishlarga olib keladi. O'lganlar soni esa aholi yosh tarkibiga ta's ir etadi. Aholi yosh va jinsiy tarkibidagi o'zgarishlar jamiyatda ma'lum sotsial muammolarni kelib chiqishiga sabab bo'ladi. Aholining tabiiy harakati jarayoni esa, o'z navbatida qator ijtimoiy-iqtisodiy omillar ta'sirida sodir bo'ladi. Shu bois aholining takror barpo bo'lish jarayoni jamiyat taraqqiyotining har bir bosqichida o'ziga xos xususiyatlarga egadir. Aholining miqdoriy xususiyatlari ma'lum millat, hudud aholisi sonining o'zgarib (o'sishi yoki kamayishi) borishida ifodalanadi. Aholining sifatiy xususiyatlari esa, asosan ma'lum millat yoki hudud aholisining salomatlik va ma'lumotlilik darajasida, o'rtacha umr ko'rish muddatida ifodalanadi.
Har ikkala jarayon, ya'ni aholining miqdoriy va sifatiy rivojlanishi bir-biriga chambarchas bog'liq holda sodir bo'ldi. Masalan, aholi salomatligini yuqori darajada bo'lishi, aholi o'rtasida o'limning kamayishi, o'rtacha umr ko'rish muddatining esa uzayishiga olib keladi. Natijada aholi soni o'sib boradi. Shuningdek, tug'ilishning juda yuqori darajada bo'lishi, ko'p hollarda ona va bola organizmining zaiflashib borishiga va o'lim hollarining ko'payishiga olib keladi. Jamiyat taraqqiyotining eng dastlabki bosqichidan to hozirgi davrga qadar har bir hudud aholisi ham miqdor, ham sifat jihatidan muntazam o'zgarib kelgandir. Statistika aholining miqdoriy va sifatiy o'zgarishlarini aholining takror barpo bo'lishining asosiy omillari sifatida o'rganadi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 22.01.2018 yil PF-5308-sonli "20172021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasini «Faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili» da amalga oshirishga oid davlat Dasturi to'g'risida"gi farmonida belgilangan vazifalar asosida tahlillar qilib, aholi turmush darajasini oshirishga xizmat qiluvchi eng muhim vazifalarni belgilab olamiz, jumladan, farmonda qayd etilishicha, aholi uchun qulayliklar yaratish maqsadida yangi yo'llar barpo etish, transport-logistika infratuzilmasini yanada rivojlantirish, yangi temir yo'llar qurish va elektrlashtirish, ko'rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish choralarini ko'rish lozim[1].
Adabiyotlar sharhi
XVI-XVIII asrlarda dunyoda kontinentlararo yirik aholi migratsiyasi (ko'chishi) kuzatiladi. Ushbu davrda dunyoning turli hududlaridan aholi Amerika Ko'shma Shtatlariga ko'chib kela boshladi. Boshqacha qilib aytganda, aholining migratsiyasi
Shimoliy Amerika tomon yo'nalgan edi. Ilmiy manbalarda qayd etilishicha, 16101800 yillarda AQSh aholisi 210 ming kishidan 5,3 million kishiga etdi [2]. Salkam ikki asr davomida AQSh aholisi 25 barobar ko'paydi. Aholining shunday tez o'sishi asosan migratsiya hisobiga sodir bo'ldi. Aholining tabiiy ko'payishi esa juda sekin borgan. Ilmiy manbalarda qayd etilishicha, o'rta asrlarda dunyoning barcha hududlarida, jumladan AQShda ham tug'ilish va o'lim jarayonlari yuqori darajada bo'lgan.
J. Bodenning zamondoshi italiyalik siyosiy yozuvchi D. Botero ham o'z asarlarida aholi statistikasiga alohida etibor qaratadi. U aholi harakati haqida birinchilardan bo'lib fikr yuritgan olim hisoblanadi. D. Botero XVI asrda yashab, tadqiqotlar olib borgan bo'lsada, uning ijodi XX asrda rossiyalik olimlar tomonidan juda yuqori baholanadi. Ular D. Boteroni aholi nazariyasining asoschilari sifatida tan olishgan. D.Botero aholini juda tez ko'payib borish xususiyatini ta'kidlab, uni to'xtatishda turli harakatlar, ochlik, epidemiya va urushlarni omil sifatida ko'rsatadi
[3].
Q.H. Abdurahmonov, Sh.R. Xolmo'minovning tadqiqotlarida aholi turmush darajasiga ta'rif berilib, uni oshirishga doir nazariy ma'lumotlar berilgan, jumladan, aholi turmush darajasi deganda ularning hayot kechirishi uchun zarur bo'lgan moddiy va ma'naviy ne'matlar bilan ta'minlanishi hamda kishilar ehtiyojining bu ne'matlar bilan qondirilish darajasi tushuniladi. Biz maqolada ushbu ta'rif asosida statistik tahlillar qilib, tegishli xulosa va tavsiyalar ishlab chiqamiz [4].
A.O'lmasovning "Iqtisodiyot asoslari" kitobida aholi turmush darajasi va farovonligining bir nechta ta'riflari nazariy jihatdan keltirilib, u muntazam o'zgarib turadigan, turli ne'matlarga bo'lgan ehtiyojlarning tarkibi va darajasi bilan, ehtiyojni qondirish imkoniyatlari, tovar va xizmatlar bozoridagi holat, aholi daromadlari, mehnatkashlarning ish haqi bilan belgilanishi ko'rsatib o'tilgan. Bunda aholi turmush darajasi va farovonligini oshirish yuzasidan taklif, tavsiyalar keltirilgan [5].
Aholi takror barpo bo'lishdagi asosiy jarayonlar tug'ilish va o'limni o'rganishda XVII asrning ikkinchi yarmida yashab ijod etgan, ingliz olimi D. Graunt tadqiqotlari alohida ahamiyatga molikdir. Muallif statistik kuzatish asosida aholining o'lim holati va o'limning yosh guruhlari bo'yicha alohida o'rgangan, hamda o'lim jadvalini ishlab chiqqan. Tug'ilishning qishloq va shahardagi farqlari, aholi migratsiyasini ham tahlil etgan [6].
Tadqiqot metodologiyasi
Tadqiqotimiz mavzusi mamlakatimiz aholisi turmush darajasi va farovonligini oshirish masalalariga bag'ishlanganligi sababali, avvalo, mavzu doirasidagi mamlakatimiz Prezidentining qaror va farmonlar, hukumatimiz qarorlari bilan belgilangan vazifalarga hamda mavzu doirasida tadqiqot olib borgan iqtisodchi
olimlarning ilmiy ishlari o'rganilib, mavzuni o'rganilganlik darajasi tadqiq etilgan. Tadqiqot metodologiyasi sifatida statistik tadqiqot, adabiyotlar qiyosiy tahlili va farazni asoslash usullaridan foydalanilgan.
Tahlil va natijalar
Statistik tahlillarga ahamiyat qaratadigan bo'lsak, YalM o'sishiga qishloq, o'rmon va baliqchilik xo'jaligi tarmog'i 0,9 %, sanoat tarmog'i 1,4%, qurilish tarmog'i 0,4 % va xizmat ko'rsatish tarmog'i 2,5 % ga ijobiy hissa qo'shdi. Mahsulotlarga sof soliqlarning o'sishi hisobiga YalM 0,6 % ga ko'paydi. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo'shilgan qiymat hajmi YalM umumiy hajmining 94,6 % ini tashkil etdi va 5,6 % ga o'sdi (YalM mutlaq o'sishiga ta'siri 5,2 foiz punktni tashkil etdi). Mahsulotlarga sof soliqlarning YalM tarkibidagi ulushi 5,4 % ni tashkil etdi va 2022- yilning yanvar-sentabr oylari bilan taqqoslaganda 7,7 % ga o'sdi (YalM mutlaq o'sishiga ta'siri 0,6 %). 2023-yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko'ra, YalM tarkibida katta bo'lmagan o'zgarishlar kuzatildi. YaIM (YaQQ) tarkibida xizmatlar sohasining ulushi 42,1 % dan 44,2 % ga oshdi. Shu bilan birga, qishloq, o'rmon va baliqchilik xo'jaligining ulushi 24,2 % dan 23,7 % ga, sanoatning ulushi 26,9 % dan 25,6 % ga, qurilish tarmog'ining ulushi 6,8 % dan 6,5 % ga kamaydi.
Aholi turmush darajasi bilan bog'liq dastlabki faktor - aholi soniga nazar tashlaydigan bo'lsak, respublika aholisi 1926 yilda 4,6 mln. kishini, 1939 yilda 6,3 mln. kishini, 1959 yilda 8,1 mln. kishini, 1970 yilda 11,8 mln. kishini, 1979 yilda 15,4 mln. kishini, 1989 yilda esa 19,8 mln. kishini tashkil etgan, 2000 yil 24,5 mln. kishini, 2023 yil 1 yanvar holatiga 36, 6 mln. kishini tashkil etib, 2000 yilga nisbatan 12,1 mln. kishiga, ya'ni 49,4 foizga o'sgan.
Yosh tarkibi bo'yicha 1991 yilda mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar (0-15 yoshdagilar) 43,1 foizni, mehnatga layoqatli yoshdagilar (erkaklar 16-59 yosh, ayollar 16-54 yosh) 49,1 foizni, mehnatga layoqatli yoshdan kattalar (erkaklar 60 yosh va undan katta, ayollar 55 yosh va undan katta) 7,8 foizni tashkil etgan bo'lsa, 2023 yil 1 yanvar holatiga mazkur ko'rsatkichlar mos ravishda 30,1 foiz, 60,5 foiz va 9,4 foizni tashkil etgan. Bundan ko'rinadiki, 2023 yilda 1991 yilga nisbatan mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar ulushi kamayish tendensiyasiga ega bo'lib, mehnatga layoqatli yoshdagilar va mehnatga layoqatli yoshdan kattalar ulushi o'sgan (1-jadval).
1-jadval
O'zbekiston Respublikasi mehnat resurslari tarkibi to'g'risida ma'lumot
2022 yil 2018
Ko'rsatkichlar 2018 2019 2020 2021 2022 yilga nisbatan
o'zgarishi
( + ; - ) ( % )
Mehnat resu^ari 18829,6 18949,0 19158,2 19334,9 19517,5 687,9 103,7
doimiy aholiga nisbatan, foizda 57,1 56,4 56,0 55,4 54,8 -2,3 95,9
shu jumladan:
mehnatga layoqatli yoshdagi mehnatga layoqatli aholi 18712,1 18857,6 19075,7 19237,6 19393,0 680,9 103,6
doimiy aholiga nisbatan, foizda 56,8 56,2 55,7 55,1 54,4 -2,4 95,8
mehnat гesuгslaгiga nisbatan, foizda 99,4 934,0 99,6 99,5 99,4 0,0 100,0
mehnatga layoqatli yoshdan kichik va katta yoshdagi ishlovchil^ 117,5 91,4 82,5 97,3 124,5 7,0 106,0
doimiy aholiga nisbatan, foizda 0,3 0,3 0,2 0,3 0,3 0,0 116,4
mehnat гesuгslaгiga nisbatan, foizda 0,6 0,5 0,4 0,5 0,6 0,0 106,3
Manba: O'zbekitson Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma'lumotlari asosida tuzilgan.
Yuqoridagi jadval ma'lumotlari asosida ta'kidlash mumkinki, Respublikamizda mehnat resuMan 2022 yilda 19517,5 ming kishini tashkil etib, 2018 yilga nisbatan 687,9 ming kishiga yoki 3,7 % ga ortgan. Mehnatga layoqatli yoshdagi mehnatga layoqatli aholi 19393,0 ming kishni tashkil etib, 2018 yilning mos davriga nisbatan 3,6 % ga yoki 680,9 ming kishiga ko'paygan. Mehnatga layoqatli yoshdan kichik va katta yoshdagi ishlovchi^ 124,5 ming kishini tashkil etib, 7,0 ming kishiga yoki 6,0% ortganligini ko'rsatmoqda.
2-jadval
O'zbekiston Respublikasida aholisining milliy tarkibi to'g'risida ma'lumot
(ming kishi)
Jami O'zbek Qora-qalpoq Rus Ukrain Belorus Qozoq Qirg'iz Tojik Turkman Tatar boshqa millatlar
O'zbekiston Respublikasi 36559,8 29859,3 764,0 711,9 67,0 18,4 824,3 296,9 1692,1 210,1 185,1 642,3
Qoraqalpog'iston Respublikasi 1948,5 790,6 722,4 10,1 0,1 489,0 296,4 1,5 0,3 105,3 4,8 15,7
viloyatlar:
Andijon 3253,5 3033,3 0,2 18,5 1,4 0,5 0,9 109,2 40,6 0,2 8,8 40,0
Buxoro 976,8 830,8 0,9 24,9 2,6 0,8 16,5 0,1 61,6 11,8 4,8 22,1
Jizzax 1443,4 1294,5 0,2 14,8 1,7 0,5 28,3 44,8 33,8 0,5 6,3 18,0
Qashqadaryo 3408,3 3166,1 0,2 20,3 2,4 1,1 2,0 0,2 139,2 37,2 7,9 31,9
Navoiy 1033,9 916,7 23,9 16,1 0,9 0,1 37,5 0,6 14,5 0,8 6,1 16,7
Namangan 931,1 2610,8 0,2 11,5 0,7 0,2 0,9 23,1 261,7 0,4 2,2 19,4
Samarqand 4031,3 3574,8 1,0 46,7 8,1 3,4 5,0 0,4 283,4 1,6 6,3 100,7
Surxondaryo 2743,2 2317,9 0,2 21,2 3,5 1,5 2,7 0,2 342,8 33,6 6,9 12,7
Sirdaryo 878,6 697,7 0,1 22,6 0,9 0,4 12,9 18,6 81,6 0,7 5,9 37,2
Toshkent 2939,7 2077,6 4,1 133,1 9,3 2,6 344,1 17,7 165,7 3,5 35,2 146,7
Farg'ona 3896,4 3499,4 1,0 40,6 4,8 0,6 1,0 76,8 227,6 0,1 1,9 42,6
Xorazm 1924,2 1883,5 1,8 5,8 1,6 0,4 10,7 0,9 0,5 10,1 3,4 6,3
Toshkent sh. 2862,4 2165,8 7,9 325,7 28,1 6,1 65,4 3,5 39,0 4,2 84,6 132,2
Manba: O'zbekitson Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma'lumotlari asosida tuzilgan.
Yuqoridagi jadval ma'lumotlari asosida takidlash mumkinki, Respublikamiz aholisining 82,5 % ni o'zbeklar tashkil etadi hamda eng ko'p o'zbeklar Samarqand viloyatida (11,4 %) istiqomat qilishadi. Qoraqalpoqlar esa 764,0 ming kishini tashkil etib, jami aholining 2,1 % ni tashkil etadi. Rus millatiga mansub fuqorolarimiz esa 711,9 ming kishini tashkil etib, jami aholiga nisbatan 2,0 % ni, ukrainlar 67,0 ming kishini 0,2% ni, beloruslar 18,4 ming kishini 0,05 % ni, qozoqlar 824,3 ming kishini 2,2 % ni, tojiklar 1692,1 ming kishini 4,6 % ni, turkmanlar 210,1 ming kishini 0,6 % ni, tatarlar 185,1 ming kishini 0,5 % ni va boshqa millatga mansub fuqorolarimiz esa 642,3 ming kishini tashkil etib, jami aholi soniga nisbatan 1,8 % ni tashkil etadi. O'tgan davrlar mobaynida Respublikamizda ms va qozoq millatiga mansub aholi soni boshqa millat vakillariga nisbatan demografik o'sish ko'reatkichlari o'rtacha 0,9 % ga ustunlik qilganligini ko'rishimiz mumkin bo'ladi.
1-rasm
O'zbekiston Respublikasi aholisining tabiiy harakati to'g'risida ma'lumot
(ming kishi)
Doimiy aholi soni
**(2023-yil i -oktabr holaliga)
36 599,8
ming. kishi
мгааД
y—N. riafar
ñ i и-f.w 1
mafär
BÛeo ЪЛЬЖЛА \
Tug'ilganlar
Tug ^ilish koeffíIsiyeniï = 2é\4 Й» (о '¿gart yiining mos davriga nisbatan &,& ЙЕн» ga rtshgan)
2022-y¿ititng mos davriga tí isba tan o *sish
Vafot etganlar Щ
Vajot etish ka&ffi*tsiyenti = 4ГЯ 36л (o'tgan yiining mos davriga titubai an (К / ga karnaygan)
2022-уiLtt in g mos davriga nisbatan katnayish
ma far
Tabiiy o'sish
Tabiiy o "sish koeffitsiyenti = 2 i.6 SÄ« (o *jgan yiining mets davriga nisbatan Û,9 Sh» g a ctshgan)
i 2022-yiIn in g mets, davriga nisbatan о 'sish
Manba: O'zbekitson Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma'lumotlari asosida tuzilgan.
Jadval ma'lumotlari asosida shuni takidlash mumkinki, 2023 yil 1-oktabr holatiga respublikamizda tug'ilish ko'rsatkichi 716885 ta chaqaloq tug'ilgan bo'lib, tug'ilish koeffitsiyenti 26,4 promelliani tashkil etib, o'tgan yilning mos davriga nisbatan 0,8% oshganligini ko'rsatadi. Vafot etish ko'rsatkichi esa 129644 kishiga
teng bo'lib, har ming kishiga nisbatan 4,8 pramelliani tashkil etgan holda, 2022 yilning mos davriga nisbatan -0,4 % ga kamaygan bo'lib, tabiiy o'sish 587221 kishiga yoki 6,5% ga oshgan.
2-rasm
O'zbekiston Respublikasining doimiy aholisi soni 1-oktabr holatiga, ming kishi
- , l"?-^
Зв
35 K21
34 3K3 35 «79
2020 2021 2 02 2 2023
Manba: O'zbekitson Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma'lumotlari asosida tuzilgan.
2-rasm ma'lumotlari asosida ta'kidlash mumkinki, o'rganilayoigan davrlarda Respublikamizda o'rtacha demografik o'sish 2,1 % ni tashkil etgan. E'tiborii tomoni shundaki oxirgi yillarda aholi demografik jarayonlarida o'sish sur'atlari sezilarli darajada oгtayotgani, bu mamlakatimiz гabaгi tomonidan olib boгilayotgan islohot^ o'z zamarasini berayotganini ko'rsatadi. Bugungi kunda "Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi"da ham aholi farovonligi va turmush tarzini yanada yaxshilash borasida qator islohotlar salmoqli o'rin egallayotgani barcha iqtisodiy jarayonlar singari aholi demografiyasida ham o'z aksini topmoqda.
2-rasm
Doimiy aholi sonining jinsi, shahar va qishloq joylari bo'yicha taqsimlanishi
1-oktabr holatiga, ming kishi
Manba: O'zbekitson Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma'lumotlari asosida tuzilgan.
2023-yil 1-oktato holatiga doimiy aholi soni 36 599,8 ming kishini tashkil etdi, shundan e^akto soni 18 422,9 ming kishini, ayol^ soni 18 176,9 ming kishini,
shahar aholisi soni 18 667,2 ming kishini, qishloq aholisi soni 17 932,6 ming kishini tashkil etdi.
3-rasm
Yosh guruhlari va jinsi bo'yicha aholi tarkibi 2023-yil 1-yanvar holatiga
Manba: O'zbekitson Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma'lumotlari asosida tuzilgan.
2023-yil 1-yanvar holatiga O'zbekiston Respublikasining doimiy aholisi tarkibini jinsi va yosh guruhlari bo'yicha (65 yoshgacha bo'lganlar 5 yillik yosh intervalida, 65 va undan yuqori yoshdagilar esa jamlangan holda) tahlil qilinganda, erkaklar tarkibida 4 yoshgacha bo'lgan bolalar eng yuqori ko'rsatkichni, ya'ni 2160,4 ming kishini tashkil etgan. Erkaklar taTkibida eng kam aholi soni 60-64 yoshlilaT hissasiga to'g'ri kelib, 641,2 ming kishini tashkil etdi. Shuningdek, ayollar tarkibida ham 4 yoshgacha bo'lgan qizlar eng yuqori ko'rsatkichni, ya'ni 2001,8 ming kishini tashkil etgan bo'lsa, eng kam ayollar soni 60-64 yoshlilar hissasiga to'g'ri kelgan, ya'ni 715,3 ming kishini tashkil etgan.
Xulosa va natijalar
Shunday qilib, aholini takror barpo bo'lishi statistikasini tadqiq etish XVII asming ikkinchi yarmidan boshlab to bugunga qadar qator olimlar tomonidan rivojlantirildi. Ammo qayd etish lozimki, hozirgi kunda, O'zbekistonda yangi iqtisodiy sharoitda aholini takror barpo bo'lishi jarayonlariga bag'ishlangan tadqiqotlar etarli darajada emas. Kun sayin demografik jarayonlar o'zgarib borayotgan bir sharoitda chuqur statistik tahlil qilish, ularning istiqbollarini belgilash jamiyat taraqqiyotini rejalashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Vaxolanki, bu kabi ilmiy tadqiqotlar jamiyatning iqtisodiy taraqqiyotini yanada mustahkamlashning, shuningdek aholini ish bilan bandligini ta'minlash kabi dolzarb masalalarning asosini tashkil etadi.
Respublikamizning ekologik vaziyati yaxshi bo'lmagan Qoraqolpog'iston Respublikasi, Xorazm, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida uni yaxshilash orqali tug'ilishni oshirish borasida keng ko'lamli ijtimoiy-iqtisodiy borada dastur ishlab chiqib uni zudlik bilan amalga oshirish kerak deb hisoblaymiz.
Bolalar vafotini kamaytirish maqsadida bolalarni va onalarni tabiiy ko'rikdan o'tkazish va shu orqali tabiiy harakati ko'rsatkichlarini amalda yaxshilashga erishish.
Respublikaning ekologik vaziyati tang bo'lgan viloyatlarga chet-el investitsiyalarini jalb etib, ekologik muhitni yaxshilash, yangi ish o'rinlarini tashkil etish zarur deb hisoblaymiz.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 22.01.2018 yil PF-5308-sonli "20172021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasini «Faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili» da amalga oshirishga oid davlat Dasturi to'g'risida"gi farmoni.
2. Хорев Б.С., Чапек В.Н. Проблемы изучения мигрatsiя населения. - М.,1978.
- С.116.
3. Шелестов Д.К. Демография: История и современность. - М., 1983. - С.21
4. Птуха М.В. Очерки по истории статистики в СССР. - Т.//М.,1959. - С.15.
5. Q.H. Abdurahmonov, Sh.R. Xolmo'minov O O'zbekistonda oila demografiyasi.
- T., 1997. 256 b.
6. A.O'lmasov. "Iqtisodiyot asoslari" darslik., Toshkent-2011 yil. 184 b.
7. D. Graunt Регулирование процессов воспроизводства населения региона в современных условиях. /Автореферат дисс. на соис. канд. экон. наук. - М., 1996;
8. www.stat.uz- O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Huzuridagi Statistika Agentligi rasmiy sayti.
9. http://esa.un.org/popin/ - BMTning rasmiy demografik sayti.