Научная статья на тему 'DEMOGRAFIK JARAYONLARNI HISOBINI YURITISHDA XORIJIY TAJRIBALAR VA DUNYO AHOLISINING STATISTIK TAHLILI'

DEMOGRAFIK JARAYONLARNI HISOBINI YURITISHDA XORIJIY TAJRIBALAR VA DUNYO AHOLISINING STATISTIK TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
44
15
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
demografik jarayonlar / ma’muriy manbalar / aholini ro‘yxatga olish / joriy hisob / aholi registri / rivojlanish / aholining o‘sishi / mahnatga layoqatli yosh / milliardli kun / aholi harakati / dunyo aholisi / yosh-jins piramidasi / xalqaro mezonlar. / demographic processes / administrative sources / population census / current account / population register / development / population growth / working age / billionth day / population movement / world population / age-sex pyramid / international criteria.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Dusnayev, Sherzod Ergashevich

Ushbu maqolada aholining demografik jarayonlarini o‘rganish manbalari, ilg‘or xorijiy davlatlarda aholi ko‘rsatkichlarining hisobini yuritilishi, aholining tabiiy va mehanik harakati ma’lumotlarining yig‘ish usullari, aholi registri ma’lumotlaridan foydalanish, aholini ro‘yxatga olish, dunyo aholisining tarixi, jahonda istiqomad qilayotgan insonlar takror barpo bo‘lishi va dunyo aholisining yosh-jins piramidasi haqida takidlanib, shuningdek, so‘ngi yillarda O‘zbekiston va dunyo aholisining o‘zgarish tendensiyalari hamda aholisi soni eng ko‘p va eng kam davlatlar bo‘yicha statistik tahlillar amalga oshirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

STATISTICAL ANALYSIS OF FOREIGN EXPERIENCES AND WORLD POPULATION IN ACCOUNTING DEMOGRAPHIC PROCESSES

In this article, the sources of studying the demographic processes of the population, keeping records of population indicators in advanced foreign countries, methods of collecting data on natural and mechanical movements of the population, using the data of the population register, population census, the history of the world's population, the reproduction of people living in the world, and the youth of the world's population emphasizing the gender pyramid, as well as statistical analyzes of the changing trends of the population of Uzbekistan and the world, as well as the countries with the largest and smallest population in recent years.

Текст научной работы на тему «DEMOGRAFIK JARAYONLARNI HISOBINI YURITISHDA XORIJIY TAJRIBALAR VA DUNYO AHOLISINING STATISTIK TAHLILI»

DEMOGRAFIK JARAYONLARNI HISOBINI YURITISHDA XORIJIY TAJRIBALAR VA DUNYO AHOLISINING STATISTIK TAHLILI

d https://doi.org/10.5281/zenodo.10530078

Dusnayev Sherzod Ergashevich

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statitika agentligi, boshqarma boshlig'i o'rinbosari, Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti mustaqil izlanuvchisi

E-mail: [email protected]

Annotatsiya. Ushbu maqolada aholining demografik jarayonlarini o'rganish manbalari, ilg'or xorijiy davlatlarda aholi ko'rsatkichlarining hisobini yuritilishi, aholining tabiiy va mehanik harakati ma'lumotlarining yig'ish usullari, aholi registri ma'lumotlaridan foydalanish, aholini ro'yxatga olish, dunyo aholisining tarixi, jahonda istiqomad qilayotgan insonlar takror barpo bo'lishi va dunyo aholisining yosh-jins piramidasi haqida takidlanib, shuningdek, so 'ngi yillarda O 'zbekiston va dunyo aholisining o 'zgarish tendensiyalari hamda aholisi soni eng ko 'p va eng kam davlatlar bo 'yicha statistik tahlillar amalga oshirilgan.

Kalit so'zlar: demografik jarayonlar, ma'muriy manbalar, aholini ro'yxatga olish, joriy hisob, aholi registri, rivojlanish, aholining o 'sishi, mahnatga layoqatli yosh, milliardli kun, aholi harakati, dunyo aholisi, yosh-jins piramidasi, xalqaro mezonlar.

Aннотация. В статье рассмотрены источники изучения демографических процессов населения, расчет показателей народонаселения в передовых зарубежных странах, методы сбора данных о естественном и механическом движении населения, использование данных регистров населения, переписи населения, история населения мира, воспроизводство людей, живущих в мире, и молодость населения мира, подчеркивая гендерную пирамиду, а также статистический анализ тенденций изменения численности населения Узбекистана и мира, а также как страны с самым большим и самым маленьким населением за последние годы.

Ключевые слова: демографические процессы, административный ресурс, перепись населения, текущий счет, регистр населения, развитие, прирост населения, трудоспособный возраст, миллиардный день, движение населения, население мира, половозрастная пирамида, международные критерии.

Abstract. In this article, the sources of studying the demographic processes of the population, keeping records of population indicators in advanced foreign countries, methods of collecting data on natural and mechanical movements of the

population, using the data of the population register, population census, the history of the world's population, the reproduction of people living in the world, and the youth of the world's population emphasizing the gender pyramid, as well as statistical analyzes of the changing trends of the population of Uzbekistan and the world, as well as the countries with the largest and smallest population in recent years.

Key words. demographic processes, administrative sources, population census, current account, population register, development, population growth, working age, billionth day, population movement, world population, age-sex pyramid, international criteria.

KIRISH

Yer kurrasidagi aholi jahonda istiqomad qilayotgan insonlar takror barpo bo'lishining muttasil jarayonidir. Dunyo davlatlarining har birida sodir bo'layotgan demografik hususiyatlar jumladan aholining takror barpo bo'lishini yer yuzidagi aholining mut'asil ko'payib borishidan ham yaqqol tassavvur qilish mumkin. Davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlanishida unda yashayotgan aholining aniq soni va boshqa barcha turdagi demografik ko'rsatkichlarning mavjudligi muhim hisoblanadi.

USULLAR

Har qanday tadqiqot ishlarida o'rganilayotgan ob'ektning shakllanish manbalari o'rganiladi. Demografik jarayonlarni o'rganish manbalari to'rtga bo'linadi. Birinchisi va eng muhimi aholini ro'yxatga olish, ikkinchisi aholi harakatini joriy hisobga olish, uchinchisi tanlama tadqiqotlar va to'rtinchisi aholi registrlari hisoblanadi (1-rasm).

1-rasm. Demografik jarayonlarni o'rganish manbalari

Respublikamizda demografik jarayonlarni o'rganish manbalaridan ikkinchisi aholi harakatlarining joriy hisobi yuritilib kelinadi. Aholi to'g'risidagi ma'lumotlarning joriy hisobini aholining tabiiy va mexanik xarakati ko'rsatkichlari tashkil qiladi. Bugungi kunda aholining joriy hisobini yuritishdagi birlamchi ma'lumotlarni ya'ni, tug'ilganlar, o'lganlar, nikoh tuzganlar, nikohdan ajralganlar, ko'chib kelganlar va ko'chib ketganlar to'g'risidagi axborotlarni O'zbekiston

Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligiga Adliya va Ichki ishlar vazirliglari tomonidan integratsiya yo'li orqali elektron taqdim etiladi [6].

Shuningdek, joriy hisob ma'lumotlarini to'plashda dunyodagi barcha davlatlar turli hil manbalardan foydalanishadi.

Uzoq sharq davlatlarida jumladan, AQSh, Islandiya, Norvegiya, Shvetsiya, Daniya, Bolgariya, Vengriya va Finlandiya kabi mamlakatlarda demografik jarayonlarni aks ettiradigan ma'lumotlar aholi registri ma'lumotlar bazalaridan shakllantiriladi.

MDH mamlakatlarida asosan FHDYo ma'lumotlaridan foydalanib kelishadi, Ozarbayjon, Qozog'iston va Tojikiston Respublikalari hamda Rossiya Fideratsiyasida FHDYo ma'lumotlaridan qog'oz shaklida, Armaniston, Moldova va Qirg'iziston Respublikalarida FHDYo ma'lumotlaridan qog'oz shaklida va aholi registri ma'lumotlaridan, Belorus Respublikasida FHDYo ma'lumotlaridan va aholi registri ma'lumotlaridan elektron shaklda foydalaniladi.

Aholining mehanik harakati to'g'risidagi ma'lumotlarni MDH davlatlarida jumladan, Rossiya Federatsiyasi, Ozarbayjon va Tojikiston Respublikalarida ma'muriy ma'lumotlardan qog'oz shaklida, Qozog'iston Respublikasida ma'muriy ma'lumotlardan elektron shaklida, Belorus, Armaniston, Qirg'iziston Respublikalarida ma'muriy ma'lumotlardan qog'oz shaklida va registr ma'lumotlaridan hamda Moldova Respublikasida ma'muriy ma'lumotlar, davlat xizmatlari agentligi ma'lumotlari va aholi registri ma'lumotlaridan foydalanishadi [1].

TAHLIL

Dunyo aholisining tarixiga nazar solsak I asrda yer kurrasida 300 million odam yashagan, 1000 yilga kelib 400 million kishiga yetgan, 1500 yilda 500 million kishiga, 1800 yilda 980 million kishiga va 1804 yilda 1 milliard kishini tashkil etgan. Shundan so'ng 1900 yilda 1 milliard 600 million kishiga, 1927 yilda 2 milliard kishiga, 1960 yilda 3 milliard kishiga, 1974 yilda 4 milliard kishiga, 1987 yil 11 iyulda 5 milliard kishiga, 1999 yil 12 oktyabrda 6 milliard kishiga, 2011 yil 31 oktabr 7 milliard kishiga va XXI asrga kelib ya'ni 2022 yil 15 noyabrda yer yuzi aholisi I asrga nisbatan 27 marotabaga ko'payib 8 milliard kishini tashkil qildi. "Prognozlarga ko'ra, 2050 yilga borib yer yuzidagi aholi soni 9,1 milliard kishiga yetadi. Olimlarning tadqiqotlari keyingi 6000 yil davomida (XX asrning 60-70-yillarigacha) Yer yuzidagi aholi soni o'sishining giperbolik mutlaq sur'atlari tendensiyasi kuzatilganligidan dalolat beradi. 1960-yillardan boshlab esa jahon aholisi soni ortishning nisbiy sur'atlari pasaya boshladi. 1989 yildan jahon aholisi soni o'sishining mutlaq sur'atlari ham kamaydi. Buni global demografik o'tishning mantiqiy natijasi deyishi mumkin" [2].

BMTning Aholishunoslik jamg'armasi tomonidan shartli ravishda ba'zi bolalarni dunyoning beshinchi, oltinchi yoki yettinchi milliardli aholisi deb e'lon qildi va ramziy tadbirlarni o'tkaza boshladi. Misol uchun 1999 yilning 12-oktabr sanasi "Olti milliardli kun", 2011 yilning 31 oktabr sanasi "Yetti milliardli kun" v a 2022 yil 15 noyabr sanasi "Sakkiz milliardli kun" deb belgilandi va ramziy tadbirlar o'tkazildi.

Tahlillarga ko'ra, 2000-2022 yillar mobaynida dunyo aholisi soni 28,8 foizga (1766,9 mln kishiga) ortgan (1-jadval).

1-jadval

Dunyoning ayrim davlatlarida aholi soni to'g'risida ma'lumot [4]

mln.kishi

^r Davlat nomi Yillar 2022- yilni 2000- yilga nisbati

2000 2010 2022 [5] (+,-) ulushi %

Jami dunyo aholisi 6142,1 6956,3 7909,0 1766,9 128,8

1 XXR 1290,5 1368,6 1448,5 158,0 112,2

2 Hindiston 1056,3 1183,7 1407,6 351,3 133,3

3 AQSh 280,6 309,2 337,8 57,2 120,4

4 Indoneziya 211,5 242,0 279,1 67,6 132,0

5 Pokiston 142,3 179,7 231,4 89,1 162,6

6 Rossiya Federatsiyasi 146,0 143,4 145,8 -0,2 99,9

7 O'zbekiston 24,8 29,1 36,0 11,2 145,2

8 Qozog'iston 14,9 16,4 19,8 4,9 132,9

9 Tojikiston 6,2 7,5 9,8 3,6 158,1

10 Qirg'iziston 4,9 5,5 6,7 1,8 136,7

11 Niue 0,002 0,002 0,002 0,0 100,0

12 Tokelou 0,002 0,001 0,002 0,0 100,0

13 Vatikan 0,001 0,001 0,001 0,0 100,0

Yuqoridagi jadvaldan ko'rinadiki, Xitoy Xalq Respublikasi (XXR), Hindiston, AQSh, Indoneziya va Pokiston aholi soni eng ko'p birinchi beshtalikdagi mamlakatlar hisoblanadi. XXR aholisi 2022 yilda 2010 yilga nisbatan 6,1 %ga (78,1 mln.kishiga) o'sgan bo'lsa, Hindiston aholisi 2022 yilda 2010 yilga nisbatan 12,1%ga (27,4 mln.kishiga) o'sgan, AQSh aholisi 2022 yilda 2010 yilga nisbatan 10,2%ga (28,6 mln.kishiga) o'sgan, Indoneziya aholisi 2022 yilda 2010 yilga nisbatan 14,4%ga (30,5 mln.kishiga) o'sgan, Pokiston aholisi 2022 yilda 2010 yilga nisbatan 26,3%ga (37,4 mln.kishiga) o'sgan.

Birinchi beshtalikdagi mamlakatlar orasida aholining yillik o'rtacha o'sishi jihatdan eng yuqori Hindistonga to'g'ri keladi. 2023 yilda Hindiston XXRni ortda qoldirib, dunyoning aholisi eng ko'p mamlakatiga aylanishi kutilmoqda.

Dunyoning aholi soni ko'p mamlakatlar ro'yxatida Markaziy Osiyo mamlakatlaridan O'zbekiston 41 o'rinni egallagan holda 2022 yilda 2010 yilga nisbatan 17,3%ga (4,3 mln.kishiga) o'sgan

Yer yuzida aholi soni ko'p mamlakatlar ro'yxatida eng quyi pag'onadan joy olgan davlatlar bu Vatikan 2022 yilda aholisi soni 1000 kishini tashkil etgan undan keyin Tokelou va Niueda 2000 kishini tashkil etgan.

Yosh-jins piramidaga ko'ra, dunyo aholisining yosh-jins tarkibi progressiv turga xos (2-rasm). Ya'ni dunyo aholisi asosan Afrika, Janubi-sharqiy Osiyo va Lotin Amerikasi mamlakatlari hisobidan tabiiy ko'paymoqda.

2022- yil

2000- yil

2-rasm. Dunyo aholisining yosh-jins piramidasi, ming kishi [4]

Yuqoridagi rasmdan ko'rinib turganidek, 2000 yilda dunyo aholisining yosh-jins piramidasi erkaklarda xam ayollarda ham 0-4, 5-9, 10-14, 15-19 yosh guruhidagi aholi soni yuqori bo'lgan. 2010 yilgi yosh-jins piramidasida ko'rinib turganidek, mazkur yilga kelib aholi tarkibida 10-14 va 15-19, 2022 yilgi yosh-jins piramidasida esa 15-19 va 20-24 yosh guruhlariidagi aholi soni kamaygan. Aksincha 2010 yilda 04, 5-9 va 20-24, 2022 yilda esa 0-4, 5-9, 10-14 va 30-34 yosh guruhidagilar soni ortgan.

Shuningdek dunyo aholisining yosh-jins piramidasidan mahnatga layoqatli yoshdan kattalar ulushining ortayotganligi kuzatishimiz mumkin. 2010 yilda 65-69, 70-74, 75-79, 80-84 va 85 yosh va undan kattalar ulushi kamligi ko'rinadi lekin 2010 yilgi piramidada mazkur yosh guruhidagi aholi oshganligini kurish mumkin. Huddi shunday 2022 yilgi piramidada o'rganilayotgan yosh guruhl arining ulushi ortganligi kuzatildi. Mazkur jarayonga yer yuzida istiqomat qilayotgan odamlarning ichida qariyalar ko'payib borayotganligi ma'lum.

XULOSA

Tahlillarimiz ko'rsatishicha, demografik hodisalar rivojlanishining qonuniyatlarini faqat demografik voqealar haqidagi ko'p qirrali, batafsil va ishonchli ma'lumotlar asosidagina bilish mumkin. Mamlakatdagi haqiqiy demografik vaziyatni aks ettiruvchi bunday ma'lumotlarning statistik hisobini yuritish tizimini

takomillashtirish, shuningdek, joriy hisob yuritish dasturlari, aholini ro'yxatga olish dasturlari va aholi o'rtasida o'tkazilgan so'rovlarni taqqoslash orqali olish mumkin

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES):

1. [Poulain, herm 2013: 190]. Е.Третьякова, А.Макаренцева Использование регистров населения для учетаи анализа незарегистрированных браков, ДЕМОГРАФИЧЕСКОЕ ОБОЗРЕНИЕ. 2016. ТОМ 3, №3: 147-169,

2. http://cisstat.org MDH statistika qo'mitasning Aholi tabiiy harakati va maholi migratsiyasi jarayonlarining statistik manitoringi jarayonida hamdo'stlik mamlakatlari amaliyoti to'g'risidagi 2021 yil uchun hisoboti.

3. Абдурахмонов К.Х., Зокирова Н.К. ва бошкалар. Демография. Дарслик. - Т.: "IQTISODIYOT", 2014. - 74 б;

4. https://pdp.unfpa.org

5. https://gtmarket.ru/ratings/world-population

6. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalarini tasdiqlash to'g'risida"gi 387-sonli qarori. Toshkent. 2016-yil 14-noyabr. https://lex.uz/docs/3064981

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.