Научная статья на тему 'OʻZBEKISTON-HINDISTON STRATEGIK SHERIKLIKDAGI YANGI BOSQICHLAR'

OʻZBEKISTON-HINDISTON STRATEGIK SHERIKLIKDAGI YANGI BOSQICHLAR Текст научной статьи по специальности «Политологические науки»

CC BY
452
76
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
aloqalar / strategiya / eksport / import / loyiha / foyda / maxsulot / tashkilot. / relations / strategy / export / import / project / profit / product / organization.

Аннотация научной статьи по политологическим наукам, автор научной работы — Arifjanov, G‘ulomjon To‘rajonovich

Ushbu maqolada Oʻzbekiston va Hindistonning uzoq yillar davomida mustahkamlanib borayotgan iqtisodiy, siyosiy, madaniy diplomatik aloqalarining kechagi, bugungi va ertangi doʻstona munosabatlari band chuqqiga koʻtarilayotgani. Va ikki davlat oʻrtasidagi koʻp yillik samarali aloqalarning natijalari, Shuningdek kelajakdagi koʻp tarmoqli diplomatik kelishuvlarning har ikkala tomonlar uchun qoʻshadigan ulkan hissasi haqida soʻz boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

UZBEKISTAN-INDIA IS IN STRATEGIC PARTNERSHIP NEW LEVELS

In this article, the friendly relations of еsterday, today and tomorrow of the economic, political, cultural diplomatic relations of Uzbekistan and India, which have been strengthening for many еars, are rising to a busy peak. And the results of many еars of fruitful relations between the two countries, as well as the great contribution of future multilateral diplomatic agreements for both sides will be discussed.

Текст научной работы на тему «OʻZBEKISTON-HINDISTON STRATEGIK SHERIKLIKDAGI YANGI BOSQICHLAR»

O'ZBEKISTON-HINDISTON STRATEGIK SHERIKLIKDAGI

YANGI BOSQICHLAR

d https://doi.org/10.5281/zenodo.7398535

Arifjanov G'ulomjon To'rajonovich

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Toshkent shahri, O'zbekiston

94-628-94-77 Ismoilov Jamshid Ural o'g'li jamshidismoilo. 111@gmail.com 90-721-78-79

ANNOTASIYA

Ushbu maqolada O'zbekiston va Hindistonning uzoq yillar davomida mustahkamlanib borayotgan iqtisodiy, siyosiy, madaniy diplomatik aloqalarining kechagi, bugungi va ertangi do 'stona munosabatlari band chuqqiga ko 'tarilayotgani. Va ikki davlat o 'rtasidagi ko 'p yillik samarali aloqalarning natijalari, Shuningdek kelajakdagi ko'p tarmoqli diplomatik kelishuvlarning har ikkala tomonlar uchun qo 'shadigan ulkan hissasi haqida so 'z boradi.

Tayanch so izlar: aloqalar, strategiya, eksport, import, loyiha, foyda, maxsulot, tashkilot.

АННОТАЦИЯ

В этой статье крепкие на протяжении многих лет дружеские связи экономических, политических, культурно-дипломатических отношений Узбекистана и Индии поднимаются на оживленную вершину вчера, сегодня и завтра. И будут обсуждаться результаты многолетних плодотворных отношений между двумя странами, а также большой вклад будущих многосторонних дипломатических соглашений для обеих сторон.

Ключевые слова: отношения, стратегия, экспорт, импорт, проект, прибыль, продукт, организация.

ANNOTATION

In this article, the friendly relations of еsterday, today and tomorrow of the economic, political, cultural diplomatic relations of Uzbekistan and India, which have been strengthening for many еars, are rising to a busy peak. And the results of many еars of fruitful relations between the two countries, as well as the great

contribution of future multilateral diplomatic agreements for both sides will be discussed.

Key words: relations, strategy, export, import, project, profit, product, organization.

Davlatimiz mustaqilikka erishganidan keyin O'zbekiston-Hindiston munosabatlari, ayniqsa, keyingi besh yilda barcha yo'nalishlarda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida jadal sur'atda rivojlanib bormoqda. Joriy yilda boshlangan islohotlarni chuqurlashtirishning yangi bosqichi an'anaviy O'zbekiston-Hindiston munosabatlarini yanada mustahkamlash uchun yangi istiqbollarni ochmoqda.Xususan, o'tgan yili 2017-2021 yillarda beshta ustuvor yo'nalish bo'yicha Harakatlar strategiyasi yakuniga etkazilib, uning amalga oshirilishi O'zbekiston iqtisodiyotining rivojlanishi uchun kuchli turtki bo'ldi va 2020 yilda pandemiya tufayli keskin sekinlashuv kuzatilganidan so'ng iqtisodiy o'sish sur'atlarini ishonchli ko'tarish trayektoriyasiga chiqib, 2021 yilda uning sur'atlari 7,4%ni tashkil qildi. Ijtimoiy siyosat yangi sifatga erishdi - fuqarolarning daromadlari oshdi, aholining davlat tomonidan qo'llab-quvvatlanayotgan ijtimoiy guruhlari safi kengaydi, shuningdek, kambag'allikka qarshi kurashning barcha aholi punktlari va mahallalarini qamrab oluvchi hamda islohotlarni har bir insonga etkazuvchi yangi mexanizmi shakllantirildi.Ayni damda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni davom ettirish maqsadida "Yangi O'zbekistonning 2022-2026 yillarga mo'ljallangan Taraqqiyot strategiyasi" ishlab chiqilgan bo'lib, unda kelgusi besh yilda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulotni 1,6 baravar, 2030 yilga borib aholi jon boshiga to'g'ri keladigan daromadni esa 4 ming dollarga etkazish maqsad qilingan, buning natijasida O'zbekiston "daromadi o'rtachadan yuqori bo'lgan davlatlar" qatoriga kirish imkoniyatiga ega bo'ladi. Strategiyada Hindiston va O'zbekiston samarali hamkorlik qilayotgan barcha yo'nalishlar bo'yicha islohotlarni chuqurlashtirish ko'zda tutilgan bo'lib, bu esa ikki davlat hamkorligini kengaytirish uchun yangi imkoniyatlarni taqdim etishi shubhasiz.

O'zaro munosabatlar dinamikasi:

O'zbekiston-Hindiston munosabatlari 2017 yilda eng jadal rivojlanish pallasiga chiqqan bo'lib, strategik sheriklik darajasiga o'tdi. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi bilan birinchi uchrashuvi 2017 yilning iyun oyida Ostona shahrida tashkil etilgan sammit (ShHT) doirasida, ikkinchisi esa 2018 yilning iyun oyida Xitoyning Sindao shahrida o'tkazilgan ShHTning navbatdagi sammiti chog'ida bo'lib o'tgan edi.O'zbekiston Respubl ikasi Prezidenti ikki marta Hindistonga tashrif buyurgan. Jumladan, 2018 yil oktyabr oyida

davlat tashrifi bilan safar qilgan, 2019 yil yanvar oyida "Jo'shqin Gujarat - 2019" xalqaro investitsiya sammitida, 2020 yil dekabrda O'zbekiston-Hindiston virtual sammitida ishtirok etgan. Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi ikki davlat o'rtasidagi mustahkam strategik sheriklik Hindistonning Markaziy Osiyo bilan o'zaro hamkorligida muhim ahamiyat kasb etishini alohida ta'kidlab o'tdi.Ayni kunda Hindiston va O'zbekiston o'rtasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, farmatsevtika, sog'liqni saqlash, mehmonxona infratuzilmasini boshqarish, avtomobillar uchun butlovchi qismlar ishlab chiqarish, oliy ta'limning turli yo'nalishlarida qo'shma dasturlarni amalga oshirishsohalarida mustahkam hamkorlik yo'lga qo'yilgan.Ikki tomonlama munosabatlarda Markaziy va Janubiy Osiyoning transport aloqadorligi masalalari alohida o'rin tutadi. Xususan, O'zbekiston va Hindiston Ashxobod bitimida, "Shimol-Janub" transport yo'lagi loyihasida ishtirok etadi, unda Eronning Chobahor portiga chiqish imkoniyatiga ega Mozori Sharif -Hirot temir yo'li qurilishi muhim rol o'ynaydi. Shuningdek, har ikki davlat Mozori Sharif - Qobul - Peshovar transafg'on temir yo'l loyihasidan ham manfaatdor bo'lib, uning amalga oshirilishi hamkorlikning mavjud salohiyatini rivojlantirish uchun yanada qulay sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.So'nggi paytlarda ikki mamlakat hududlari o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri hamkorlikning yo'lga qo'yilishi O'zbekiston-Hindiston munosabatlarining yana bir jadal rivojlanayotgan yo'nalishi hisoblanadi. O'zbekistonning Andijon viloyati va Gujarat shtati o'rtasidagi hamkorlikning yaxshilangani alohida e'tiborga molik bo'lib, bunda hind kompaniyalari bilan birgalikda 84 mln.dollarlik 9 ta loyiha amalga oshirilmoqda

Savdo va investitsiya:

Hindiston va O'zbekiston o'rtasidagi savdo aloqalari jadal rivojlanmoqda. Xususan, 2021 yilning yanvar-dekabr oylarida tovar ayirboshlash hajmi 10,3%ga o'sib, qariyb 490 mln.dollarni tashkil etdi. O'zbekiston eksporti 36,8%ga oshib, 29 mln.dollarga etdi, Hindiston importi esa 9,0%ga ortib, 460 mln.dollarni tashkil qildi. O'zbekiston Hindistonga kimyo mahsulotlari va ulardan tayyorlangan buyumlarni, rangli va qora metallar, mashina va uskunalar, oziq-ovqat mahsulotlari hamda xizmatlarni eksport qildi.Shu bilan birga, Hindistonning O'zbekiston iqtisodiyotiga kiritayotgan investitsiyalari hajmi ham ortib bormoqda. Ayni vaqtda infratuzilmani rivojlantirish, turizm va farmatsevtika sanoati sohalarida umumiy qiymati qariyb 700 mln.dollarlik bir qator investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo'yicha hamkorlikda ish olib borilmoqda.Baholashlarga ko'ra, ikki davlat o'rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish Hindiston eksportini 294 mln.dollargacha oshirish imkonini beradi, bu esa farmatsevtika, qahva, choy, ziravorlar; elektr mashinalari,

uskunalari va ehtiyot qismlari; mexanik mashinalar, uskunalari va ehtiyot qismlari; temir va po'lat; temir va po'latdan tayyorlangan buyumlar kabi tovar toifalarining ortishiga xizmat qilishi mumkin.Shu bilan birga O'zbekiston hind bozori uchun metallurgiya, engil, charm-poyabzal, kimyo, elektrotexnika sanoati, mashinasozlik, plastmassa va rezinadan tayyorlangan buyumlar, mineral o'g'itlar, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni ko'paytirishga qodir. Hindiston mis mahsulotlari, plastmassa va kauchuk hamda ulardan tayyorlangan buyumlarning jahondagi asosiy xaridorlaridan biri bo'lib, bu ularni O'zbekistondan eksport qilish imkoniyatlarini kengaytirmoqda.Bundan tashqari, o'z iqtisodiyoti rivojlanishining eksportga yo'naltirilganligi sharoitida hozirgi bosqichda eksport hajmini oshirish juda muhim bo'lgan O'zbekiston eksportni qo'llab-quvvatlashning yangi mexanizmlarini, jumladan, Hindistonning eksportchilarni qo'llab-quvvatlovchi MEIS sxemasini joriy etishdan manfaatdor. MEIS - eksport qilinadigan tovar qiymatining 2-5% miqdoridagi tovarlarni (tovar turiga va mo'ljallangan mamlakatga qarab) eksportchiga mukofotlashni nazarda tutadi. Hindistonlik mutaxassislar ishtirokida ushbu sxemaning O'zbekistonda joriy etilishi ikki davlat o'rtasidagi savdo aloqalarini kengaytirishga xizmat qiluvchi hamkorlik yo'nalishlaridan biriga aylanishi mumkin.Sohalar va yo'nalishlar

Yuqorida qayd etilganidek, mamlakatimizda Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish jarayonida, jumladan, Hindiston ilmiy tadqiqotlar va vakolatlar bo'yicha jiddiy salohiyatga ega bo'lgan turli soha va faoliyat yo'nalishlarida jiddiy o'zgarishlar qilinadi. Hindistonda ushbu yo'nalishlar bo'yicha to'plangan boy tajriba yurtimizda ham muvaffaqiyatli qo'llanilishi mumkin va bu haqda quyida to'xtalib o'tamiz.O'zbekiston-Hindiston o'rtasida farmasyevtika sanoatida yaqin hamkorlik o'rnatilgan bo'lib, xususan, ikki davlat ishtirokida erkin iqtisodiy zonalar, jumladan, Andijon viloyatida o'zbek-hind erkin farmatsevtika zonasi tashkil qilindi. Yaqinda Hindistonning "Kusum Healthcare" kompaniyasi bosh direktori Sanjiv Gupta Toshkent viloyatining Zangiota tumanida yaratilayotgan "Tashkent Pharma Park" farmatsevtika klasteri hududida talab yuqori bo'lgan dori vositalari ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish istagini bildirdi.Hindistonda arzon narxdagi dori vositalarini ishlab chiqarish uchun teskari loyihalash texnologiyasiga yo'naltirilgan biofarmatsevtika sektori asos bo'lgan shaxsiy biotexnologiya sanoati yaratilganligi tufayli bu sohadagi hamkorlikni kengaytirish katta istiqbolga ega. Farmatsevtika sanoati rivojlanayotgan O'zbekiston uchun Hindistonning bu sohadagi tajribasi juda foydali bo'lishi mumkin. Ayni damda yurtimizda hind farmatsevtika mahsulotlari importi 927 mln.dollarni, Hindistonda O'zbekistondan import

mahsulotlari esa 155 mln.dollarni tashkil etadi.Axborot texnologiyalari va dasturlash bo'yicha hamkorlik ham faol rivojlanishda davom etmoqda. 2019 yilda ilm-fan va texnologiyalar sohasidagi hamkorlik bo'yicha O'zbekiston-Hindiston qo'shma qo'mitasi shakllantirildi. O'sha yilning iyul oyida Hindiston dasturiy texnologiyalar parklari jamiyati bilan hamkorlikda Toshkent texnoparki tashkil etildi. So'nggi 3 yildayoq AKT yo'nalishida qo'shma korxonalar soni 3 baravar oshdi. Davlatimiz Hindiston bilan birgalikda ShHT raqamli makonini rivojlantirish tashabbuslarida ishtirok etishdan manfaatdor.Shuningdek, O'zbekiston AKTni rivojlantirish sohasida Hindistonning etakchi yirik IT-kompaniyalari va IT-parklarida amaliyot o'tash uchun ushbu yo'nalishda talabalar almashinuvi dasturlariga qiziqish bildirmoqda. Bundan tashqari, mamlakatimiz tomonidan Toshkent axborot texnologiyalari universiteti negizida Hindistondagi Bombey texnologiya institutining sun'iy intellekt yo'nalishi bo'yicha laboratoriyasini ochishga katta e'tibor qaratilgan.Avtomobil sanoatidagi hamkorlikning jadal rivoji davom etmoqda. Xususan, 2010 yilda "Navoiy" erkin iqtisodiy zonasi hududida avtomobillar uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqarishni yo'lga qo'ygan "UzMinda" O'zbekiston-Hindiston qo'shma korxonasi o'z faoliyatini yanada kengaytirishni maqsad qilgan. Uning ta'sischisi, "Spark Minda" kompaniyasi rahbari Ashok Minda yurtimizning boshqa hududlarida ham ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etishni rejalashtirmoqda. "UNO Minda" kompaniyasi rahbariyati esa bu sohadagi mutlaqo yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirishga alohida qiziqish bildirmoqda.Shu o'rinda ta'kidlash joizki, O'zbekistonda elektromobil va elektrobuslar ishlabchiqarishni, shuningdek, butun mamlakat bo'ylab zaryadlovchi infratuzilmani va elektr transport texnologiyalari ilmiy tajriba-konstruktorlik markazlarini yaratishni nazarda tutuvchi Elektromobillikni rivojlantirish strategiyasini qabul qilish rejalashtirilgan bo'lib, ularni amalga oshirishda ishtirok etish ushbu yo'nalishda tajribaga ega hindistonlik investorlarni ham qiziqtirishi mumkin.O'zbekiston qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish bo'yicha Hindiston tajribasiga qiziqish bildirmoqda. Xususan, Hindistonning Yangi va qayta tiklanuvchi energetika vazirligi tadqiqotlarga, ishlab chiqarishga hamda yangi va qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirishga ko'maklashadi.Hindistonning energiya samaradorligi byurosi bozor tamoyillari asosida energiya samaradorligini oshirish siyosatini ishlab chiqmoqda. Byuro tomonidan Binolarda energiyani tejash kodeksi, talab va taklifni o'rganish hisobiga energiya samaradorligini boshqarish bo'yicha ko'rsatmalar ishlab chiqildi. Shuningdek, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini o'rnatish bo'yicha "yagona darcha" tamoyili asosida amal qiladigan hamda ishlab chiqaruvchilar va etkazib

beruvchilar to'g'risidagi, quyosh panellarini sotib olish va o'rnatish xarajatlariga oid ma'lumotlarni o'z ichiga olgan internet-portallari mavjud. Ushbu tajriba O'zbekistonda ham keng qo'llanilishi mumkin bo'lib, bu hind mutaxassislari bilan hamkorlikni chuqurlashtirish yo'nalishlaridan biriga aylanishi mumkin.Ekologiya sohasida Hindiston 2050 yilga borib chiqindilardan olingan turli muqobil yoqilg'ilardan foydalangan holda sement ishlab chiqarishda ko'mirdan foydalanish yo'li bilan sement sanoatida CO2 otqindilarini 2010 yildagi darajadan 45%ga kamaytirishni rejalashtirmoqda.Bu yo'nalishda yangi muqobil energiya manbalari, yangi ekologik toza qurilish materiallarini ishlab chiqish bo'yicha hamkorlikni yo'lga qo'yish, xususan, "Building materials &Technology Promotion Council" bilan qo'shma korxona tashkil etish maqsadga muvofiqdir.Hindistonda to'qimachilik tarmog'ini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashning ko'plab sxemalari amalga oshirilmoqda, masalan, ip-kalava narxini subsidiyalash (10%), texnik gazlama, jun, ipak bo'yicha alohida rivojlantirish dasturlari mavjud. Shu bilan birga, Hindistonning paxta-to'qimachilik klasterlari va to'qimachilik parklarini qo'llab-quvvatlash bo'yicha tajribasi ham katta qiziqish uyg'otgan bo'lib, ularda inkubatsiya markazlari faoliyat yuritadi, ishchilarni tayyorlash, ko'rgazmalarda ishtirok etish uchun mablag' ajratiladi. Bu borada "O'zbekiston Paxta-to'qimachilik klasterlari" uyushmasi hamda Hindiston To'qimachilik vazirligi o'rtasida to'qimachilik klasterlari va parklari faoliyati sohasida tajriba almashish bo'yicha hamkorlikni yo'lga qo'yish o'ta samarali bo'lardi.Hindistonda qo'lda to'qish an'analari keng rivojlangan bo'lib, jumladan, 2020 yil oxirida 171 mingta to'quvchi-hunarmand ro'yxatga olingan. Mamlakatimizda ham xalq hunarmandchiligini rivojlantirishga katta e'tibor qaratilgan, xususan, "Hunarmand" uyushmasi faoliyat ko'rsatmoqda. Shu nuqtai nazardan, qo'lda to'qishni rag'batlantirish dasturini ishlab chiqish va Hindiston To'qimachilik vazirligi huzuridagi Qo'lda to'qish komissarligi bilan hamkorlikni yo'lga qo'yish maqsadida ushbu yo'nalishda Hindiston tajribasini o'rganish O'zbekiston uchun qiziqarli bo'lardi.Hindistonda charm-poyabzal sanoatini rivojlantirish tajribasi ham o'ziga xos bo'lib, bu erda sanoat klasterlari tashkil etilgan, yagona ishlab chiqarish va sinov markazi, dizayn-studiyalari faoliyat ko'rsatmoqda, yoshlar shu yo'nalishda o'qitilmoqda, loyiha qiymatining 50%i miqdorida grantlar ajratilmoqda.Butun mamlakat bo'ylab 12 ta filialga ega Hindiston charm-poyabzal sohasini rivojlantirish va dizayn instituti akademik ta'limdan tashqari ishlab chiqarish ko'nikmalariga ega bo'lish bo'yicha qisqa muddatli kurslarini tashkil qiladi. Jumladan, so'nggi 5 yil davomida charm-poyabzal sektoriga oid davlat ta'lim dasturlarini amalga oshirish hisobiga qariyb 500 ming nafar ishsiz aholining bandligi

ta'minlandi. Mazkur hind tajribasi O'zbekiston uchun juda foydali bo'lishi mumkin.Hindiston-O'zbekiston aloqalari oliy ta'lim jabhasida ham jadal rivojlanmoqda. 2019 yilda Toshkent shahrida Amiti universiteti filiali, Andijonda esa Sharda universiteti filiali ochildi. Buxoro davlat tibbiyot instituti va "LNCT University" rahbariyati o'rtasida qo'shma fakultet ochish bo'yicha kelishuvga erishildi. Hindistonda texnik va iqtisodiy hamkorlik dasturi doirasida o'zbek mutaxassislarining malakasini oshirish ishlari olib borilmoqda.Yaqinda Hindiston hukumati xalqaro miqyosda olimlar va tadbirkorlarning kadrlar zaxirasini jalb qilishga qaratilgan yangi dasturni tasdiqladi. O'zbekiston uchun Hindistonning Akademik tarmoqlar global tashabbusi (GIAN) dasturini joriy etish va bu borada Hindiston tomoniga ko'maklashish ham qiziqish uyg'otib, ikki mamlakatning etakchi oliy ta'lim muassasalari platformalarida ommaviy ochiq onlayn-kurslar almashish ham foydali bo'lardi.O'zbekistonda sog'liqni saqlash sohasida tibbiy sug'urta, "elektron sog'liqni saqlash" tizimlari joriy etilib, tibbiy turizm rivojlantirilmoqda. Shu bois ushbu sohalarda hindistonlik mutaxassislarni jalb etish asnosida Hindiston tajribasini o'rganish ham mamlakatimiz uchun dolzarbdir.Tibbiy turizm sohasidagi tajriba, jumladan, chet eldan kelgan tibbiy sayyohlarning qariyb 45%ini jalb qiluvchi "Hindistonning salomatlik poytaxti" Chennay shahri alohida qiziqish uyg'otgan. Ushbu tajriba asosida Termiz shahrida Afg'oniston, Tojikiston va Turkmaniston fuqarolariga zamonaviy tibbiy xizmat ko'rsatishga yo'naltirilgan O'zbekiston-Hindiston qo'shma sog'liqni saqlash klasterini tashkil etish mumkin.O'zbekiston faollik bilan kambag'allikka qarshi kurash olib bormoqda. Hindiston uchun ham kambag'allik juda og'riqli muammolardan biri hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, O'zbekiston Hindistonda 2014 yildan buyon amalda bo'lgan tizimni joriy etish hisobiga kambag'allikka qarshi kurashish va kam ta'minlanganlarni yashirin iqtisodiyotdan olib chiqish bo'yicha hind tajribasiga katta qiziqish bilan qarayotgan bo'lib, ushbu tizimga ko'ra, hisob raqam/debet kartalarini ochayotgan fuqarolarga sug'urta mahsulotlarini olish uchun subsidiyalar ajratiladi, kartadan foydalanish faolligiga qarab, mikromoliyaviy mahsulotlar taklif etiladi. Hindiston bilan hamkorlik jabhasida ushbu tajribani Toshkent viloyatida sinov tariqasida joriy etish maqsadga muvofiq bo'lardi.

Xulosa o'rnida shuni aytish kerakki, O'zbekiston va Hindiston o'rtasidagi hamkorlikning ahamiyatli salmog'iga qaramay, munosabatlarni yanada kengaytirish salohiyati o'ta yuqoriligicha qolmoqda. Uning rivojlanishiga yurtimizda yaqin besh yil ichida islohotlarning yangi bosqichi jarayonida hamkorlikni chuqurlashtirish, Markaziy va Janubiy Osiyo o'rtasidagi, jumladan, Afg'oniston orqali (bu davlatning

R 0 #

tinch yo'l bilan qayta tiklanishga o'tishiga qarab) transport yo'laklarini kengaytirish, shuningdek, hind va o'zbek xalqlari o'rtasida tarix davomida o'rnatilgan an'anaviy yaqin aloqalar xizmat qiladi.

REFERENCES

1. "Yangi O'zbekistonning 2022-2026 yillarga mo'ljallangan Taraqqiyot strategiyasi"

2. O'zbekiston milliy axborot agentligi O'zA.uz

3. KRIA Qoraqalpog'iston axborot agentligi QAA.uz

4. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri web sayti

5. "Dunyo"AA

6. uzlidep.uz

7. xs.uz

8. Dunyo.info

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.