Научная статья на тему 'O‘ZBEKCHA NEMISCHA BADIIY TARJIMALARDA MILLIY KOLORITNING AKS ETTIRILISHI'

O‘ZBEKCHA NEMISCHA BADIIY TARJIMALARDA MILLIY KOLORITNING AKS ETTIRILISHI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
537
57
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
milliy kalorit / o’zbekcha / nemischa / badiiy tarjima / Oybek Ostanov / national calorie / Uzbek / German / literary translation / Oybek Ostanov.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Xomidov Navro‘zbek Ramazonovich

Mazkur maqolada o‘zbekcha nemischa badiiy tarjimalarda milliy koloritni aks ettiruvchi maqol va frazeologik iboralar mazmunini qayta tiklash muammolari taniqli tarjimon Oybek Ostanov tarjimalari misolida tahliliy o‘rganilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

REFLECTION OF NATIONAL COLOR IN UZBEK-GERMAN LITERARY TRANSLATIONS

This article analyzes the problems of restoring the content of proverbs and idioms that reflect the national color in the Uzbek-German literary translations on the example of the translator Oybek Ostanov.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKCHA NEMISCHA BADIIY TARJIMALARDA MILLIY KOLORITNING AKS ETTIRILISHI»

O'ZBEKCHA NEMISCHA BADIIY TARJIMALARDA MILLIY KOLORITNING AKS

ETTIRILISHI Xomidov Navro'zbek Ramazonovich

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.6574491

Annotatsiya. Mazkur maqolada o'zbekcha nemischa badiiy tarjimalarda milliy koloritni aks ettiruvchi maqol va frazeologik iboralar mazmunini qayta tiklash muammolari taniqli tarjimon Oybek Ostanov tarjimalari misolida tahliliy o'rganilgan.

Kalit so'zlar: milliy kalorit, o'zbekcha, nemischa, badiiy tarjima, Oybek Ostanov.

ОТРАЖЕНИЕ НАЦИОНАЛЬНОГО КОЛОРИТА В УЗБЕКСКО-НЕМЕЦКИХ

ХУДОЖЕСТВЕННЫХ ПЕРЕВОДАХ

Аннотация. В данной статье анализируются проблемы восстановления содержания пословиц и поговорок, отражающих национальный колорит, в узбекско-немецких художественных переводах на примере переводчика Ойбека Останова.

Ключевые слова: национальная калория, узбекский, немецкий, художественный перевод, Ойбек Останов.

REFLECTION OF NATIONAL COLOR IN UZBEK-GERMAN LITERARY

TRANSLATIONS

Abstract. This article analyzes the problems of restoring the content of proverbs and idioms that reflect the national color in the Uzbek-German literary translations on the example of the translator Oybek Ostanov.

Keywords: national calorie, Uzbek, German, literary translation, Oybek Ostanov.

KIRISH.

"Agar mendan: tilda ham mo'jizalar bo'ladimi? deb so'rasalar, men: agar bo'lsa tilning "mo'jizasi" undagi maqol, matal va idiomalardir deb javob qilgan bo'lar edim" Ko'chma ma'noli bunday birikmalarni faqat bir til doirasida o'rganishning o'zi juda muhumdir. Ammo agar xalqimiz "aqlning ko'zi" deb atagan otalar so'zi boshqa tillardagi shunday iboralar bilan qiyos qilinib, badiiy tarjima mi -sollari asosida tekshirilsa yanada sermazmun bo'ladi. (1:3)

Milliy kolorit muammosini o'rganish milliy adabiyotni o'rganish uchun shubhasiz, kata ahamiyatga ega. Chunki muayyan bir asarning milliy o'ziga xosligini, „undagi narsalarni tushunish tarzini", milliy ruhiy atmosferani chuqur anglamasdan turib, uni to'g'ri tarjima qilish mushkul masala (2:62). Negaki, „asl nusxaning milliy o'ziga xosligi, u yaratilgan milliy muhit bilan bog'liq o'zgacha bo'yoqlarni qayta yaratish masalasi uni tarjima qilish mumkinmi yo mumkin emasligini hal qiladigan asosiy muammolardan biridir"

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Har qanday asarning milliy koloriti va mahalliy o'ziga xosligi va undagi milliy ruhni tarjima tilida qayta yaratishning muammolari shundaki, undagi milliy xususiyatlar xuddi epik klishelar kabi yaqqol ajralib turadi. Buning uchun tarjimon asl nusxa tilining eng nozik qirralarini ham anglab yetishi, shu til egasi bo'lmish xalqning tarixi, dunyoqarashi, tasavvuri, tafakkuri, badiiy mushohadasi, turmush tarzi, diniy qarashlarini chuqur o'rganishi, qolaversa, ularning muayyan asardagi aksini yaxlit manzara tarzida yurakdan his eta olishi kerak. „Milliy o'ziga xoslik deganda, adabiy asarda tasvirlangan xalq hayotining moddiy sharoiti, ma'naviy

turmush tarzi, tabiati, o'rmon, dala, tog', suv, zamin, osmon hamda afsona va cho'pchaklari, tarixi va dini, adabiyot va san'ati, hamda boshqa maxsus narsalar haqidagi tasavvurlari, tushunchalari, atamalari tushuniladi" - deb uqtiradi taniqli tarjimashubos olim G'aybulla Salomov(3:101)

Maqol va frazeologik iboralar mazmunini qayta tiklash

Ma'lumki, badiiy adabiyotda muayyan bir xalqning hayoti bilan bog'liq bo'lgan voqelikning u yoki bu xodisalari va daliliy ashyolari badiiy ta'sirchan shaklda ifodalanadi. Obrazlarning tildagi timsoli, xususan, xar bir tilda o'ziga xos xususiyatga va ayniqsa ifoda shakliga ega bo'lgan frazeologizmlar vositasida amalga oshadi. Bu esa ko'p miqdorda ekstralingvistik va etnolingvistik omillar uchraydigan frazeologizmlarning ko'proq murakkab leksik-grammatik va semantik-sintaktik qurilishga ega bo'lganligi bilan izohlanadi. Bunday omillar frazeologizmlarni milliy xarakter bilan ta'minlab, ularning shakllarishi va rivojlanishida muhim rol o'ynaydi. Shu jihajdan ular xalqning fikrlashini, madaniyatining o'ziga xosligini ravshanroq ko'rsatib, tilga boshqacha milliy kolorit va o'ziga xoslikni berib, til tizimiga barqaror kiradi(4:164).

Turli tillardagi frazeologik lug'atlarda ijtimoiy hayotning ijtimoiy-tarixiy dalillari, ahloq normalari, o'rab turgan muhit xodisalariga munosabatlar, diniy e'tiqodlar, milliy anana va udumlar, hamda xalq og'zaki ijodining turli janrlari asosida yuzaga kelgan frazeologizmlar mavjud. Bunday frazeologizmlar spetsifik jihatdan milliy hisoblanadilar, ular yordamida asl nusxaning milliy koloriti yaratiladi. Ushbu frazeologizmlarning milliy koloriti, odatda, ularning tarkibidagi milliy realaiyalarni ifodalaydigan komponentlarning qatnashishi bilan yuzaga keladi. ( Masalan: von A bis Z - boshdan oyoq) (4:92.)

Stilistik funksiyasi va mazmuniga ko'ra, o'xshash bo'lgan, lekin leksik tarkibiga ko'ra farqlanadigan analogik variantlar har doim ham bir-birining o'rnini bosa olmaydi. Tarj imada o'zaro almashtirishga, tarkibida milliy realiyalari bo'lgan frazeologizmlar mavjudligi xalaqit beradi. Milliy o'ziga xos bo'lgan bazi frazeologizmlarning analoglari (ekvivalenlari) bo'lmaydi. Bular boshqa tilga tarjima tajribasida yaratilgan turli usullar yordamida o'giriladi. Bu usullar o'zlarining ijobiy xususiyatlari bilan birga, salbiy tomonlarga ham ega. Shuning uchun xam tarjimaning yutug'i. ko'pincha, ulardan o'rinli va mohirona foydalanishga bog'liqdir(5:96)

Maqol, matal, ideomatik iboralar aniq ma'nodagi o'z muqobillariga qaraganda obrazli xarakterli, majoziy ma'no tashishi bilan ustun turadi.

Tarjimon o'girayotgan asarning faqatgina asosiy g'oyasini, muallif uslubinigina emas, balki personajlar tilining milliy xususiyatlarini ham to'la-to'kis ochib berishlari kerak. Obrazlar nutqidagi milliy ruhni saqlab qolish tarjimonning eng muhim vazifalaridan biridir. Agar asl nusxadagi barcha milliy belgilar o'chirib yuborilsa, tarjima qilinayotgan asar o'z qiyofasini yo'qotadi, uning obrazlari asar ruhini belgilamaydi. Bunday tarjimondan kitobxon asarning muallifi va voqealari haqida personjlar va voqea sodir bo'layotgan joy haqida to'liq tasavvurga ega bo'lmaydi.

TADQIQOT NATIJALARI

Har qanday asarning o'ziga xosligi, dastavval, uning mazmunida va asarning tilida ko'rinadi. Asarning haqiqiy mazmunida ifodalangan milliy o'ziga xoslikni berish tarjimonga unchalik qiyinchilik tug'dirmaydi. Asarning tilida ifodalangan milliy ruhni berish esa haqiqatdan ham qiyin ish. Chunki asar qaysi xalqning tilida yaratilgan bo'lsa, shu xalqning hayoti bilan

chambarchas bog'liq, shu xalqning fikr tarzini aks ettiruvchi ideomatik iboralarga , frazeologik birliklarga boy bo'lib, ular o'z navbatida yozuvchi uchun asarda xalq tilini ifodalovchi asosiy manba bo'lib xizmat qiladi.

Haqiqatdan ham ma'lum bir ma'noga ega bo'lgan, biror xodisani obrazli hamda hajviy ifoda qiladigan maqollar ma'lum bir xalqning turmushini aks ettiradigan hikmatli so'z bo'lib, xalq og'zaki ijodining ko'rinishlarining biri hisoblanadi (6-120,121).

Ma'lumki, fikrni sodda obrazli bayon qilish, asarning ifoda kuchini oshirish maqsadida, yozuvchilar o'z asarlarida xalq og'zaki ijodidan maqol, matal, aforizmlar va ideomalardan foydalanadilar.

Maqol xalq og'zaki ijodining ixcham shakliga, ammo chuqur mazmunga ega bo'ldan janrlardan bo'lib, u xalqning ko'p asrlik hayotiy kuzatishlari, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy tajribalar asosida vujudga kelgan(7:11). Rus folklorshunos olimi V. P. Anikin tabiri bilan aytganda " Xalq tajribasida bo'lmagan narsa, maqolda ham bo'lmaydi."(8:10 ) Maqollar o'zlarining ijtimoiy-g'oyaviy funksiyalariga ko'ra asosan keng xalq ommasining, ayrim xollarda esa ba'zi ijtimoiy tabaqa va guruhlarning dunyoqarashini ifodalaydi.

Maqollar tarjimasi, tarjima nazariyasi va amaliyotining eng murakkab va munozarali masalalaridan biri bo'lib, ularni xorijiy tillarga o'girish tarjimonda ijodiy izlanish, sinchkovlik va qobiliyat talab etadi (8:39). Ya'ni bunda "... avvalambor, asl nusxaning o'ziga xos koloritini saqlash zarur. Chunki maqollarning biz uchun muhimligi nafaqat begona yurt turmushining, balki ular bizga boshqa xalqning tafakkur metodlari, hajviyasi, nutqiy manerasini ochib beradi"(9:89 ) Shu ma'noda, maqollarni qayta yaratish masalasini o'rganish tarjimashunoslikda dolzarb hisoblanadi.

MUHOKAMA

Taniqli tarjimashunos olim G'aybulla Salomovning fikricha, maqol va matallar, umuman, frazeologizmlar tarjimasida uch xil prinsip hukm suradi:

1. asl nusxadagi frazeologizmga tarjima tilidan teng qiymatli ekvivalent qidirib topish;

2. asar o'girilayotgan tildan monand muqobil variant topib qo'yish;

3. frazeologizmni aynan so'zma so'z tarjima qilish.

Har uchala holda ham uchramagan taqdirda, tarjimon ularning umumiy ma'nosini aks ettirish bilan kifoyalanishga majbur bo'ladi (5:121).

O'zbekiston xalq yozuvchisi O'tkir Hoshimovning „Dunyoning ishlari" asarini erkin tarjimon, Oybek Ostonov nemis tiliga mahorat bilan o'girishga erishdi. Ushbu asarda milliylik alomatlarini ifodalashga xizmat qiladigan juda ham ko'p frazeologik birliklar qo'llangan bo'lib, tarjimon ularni o'zbek tilidan nemis tiliga o'girishga, mazmunini qayta tiklashga erishgan.

Biz ushbu ishda nemis tiliga tarjima qilingan frazeologik birliklarni yuqoridagi uch xil prinsip asosida tahlil qilishga harakat qildik.

1. Ehtimol, sizda ham shunday hollar bo'lgandir: tun yarimdan oqqanda birdan uyg'onib ketasiz. Shiftga tikilib yotaverasiz, yotaverasiz... (10:5)

Tarjimasi: Vielleicht geht es Ihnen bisweilen ähnlich wie mir, dass Sie mitten in der Nacht plötzlich aufwachen, den Blick auf die Zimmerdecke richten und einfach nur liegen und liegen.. .(Meine Mutter, 11:6)

Bu yerda asl nusxadagi „tun yarimdan oqqanda" iborasiga tarjima tilidan teng qiymatli ekvivalent „mitten in der Nacht" keltirikgan.

Bunga yana bir qancha misollarni keltirishimiz mumkin. Masalan:

2. Avvaliga chiqqillab turgan soat ham bora-bora tinib qolgandek bo'ladi. (10:5) Tarjimasi: Die eintönig tickende Uhr scheint allmählich zu verstummen (Meine Mutter, 11:6).

Tarjimon „bora-bora" iborasini aynan tarjima tilidagi „ allmählich - sekin-asta, borabora, " so'zi bilan mohirona ochib bergan. Bu yerda tarjimonning so'z tanlash mahorati tahsinga sazovor.

3. Shu qadar og'ir sukunat cho'kdiki, quloqlaringiz shang'illab ketadi. (10:6) Tarjimasi: Es tritt eine so tiefe Stille ein, dass Ihnen die Ohren zu sausen beginnen. (Meine Mutter, 11:7)

Tarjimon „og'ir sukunat cho'kmoq" iborasini tarjima tilidagi mavjud imkoniyatlardan oqilona foydalanib „eine so tiefe Stille eintreten"( juda chuqur sukunat kirmoq; juda og'ir sukunat ro'y bermoq) birikmasi orqali tarjimon iboraning umumiy ma'nosini aks ettirish bilan kifoyalanishga majbur bo'ladi. Eng ahamiyatli jihati shundaki, ushbu tarjima til imkoniyatlaridan yaratilgan birikma „eine so tiefe Stille eintreten" asl nusxadagi „og'ir sukunat cho'kmoq" iborasi bilan bir xil ma'no ifodalaydi.

4. O'pkam to'lib, o'zimni tutolmayman. (10:5)

Tarjimasi: Trännen, die ich kaum beherrschen kann, drängen sich in meine Augen. (Meine Mutter, 11:7)

Tarjimon „O'pkam to'lib, o'zimni tutolmayman" iboralarining umumiy ma'nosini aks ettirish bilan kifoyalanishga majbur bo'ladi.: „ Quyilib kelayotgan ko'z yoshlarimni bazo'r to'xtatolaman (tiyib turolaman)" Bizning na'zdimizda, „Trännen, die ich kaum beherrschen kann (ko'z yoshlarimni bazo'r to'xtatolaman(tiyib turolaman)) " gapini „ Trännen, die die ich nicht beherrschen kann (ko'z yoshlarimni to'xtatolmayman ( tiyib turolmayman) )" jumlasi bilan almashtirilsa maqsadga muofiq bo'lar edi, chunki asl nusxada „O'pkam to'lib, o'zimni tutolmayman" - deb yozilgan.

5. Bo'ldi endi, bolam! Bunaqada o'zingizni oldirib qo'yasiz. (Tasalli, 10:8)

Tarjimasi: „ Nun reicht es, mein Kind! Wenn Sie weiter so trauern, werden Sie krank. (Der Trost, 11:10)

Tarjimon „ o'zini oldirib qo'ymoq" iborasini „ „krank werden (kasal bo'lmoq)" iborasi orqali ifodalagan. Asl nusxadagi „Bunaqada o'zingizni oldirib qo'yasiz" gapini tarjimada „Agar shunday qayg'uraversangiz, kasal bo'lib qolasiz" - deya o'girigan. Tarjimon iboraning umumiy ma'nosini aks ettirish bilan kifoyalangan.

6. Bunaqa ruhi pok odamlar kam bo'ladi, bolam, men bilaman-ku. (Tasalli, 10:7) Tarjimasi: Leute, mit solch einer reinen Seele gibt es selten auf der Erde, mein Sohn. Ich weiss, wovon ich rede. (Der Trost, 11:10)

Tarjimon asl nusxadagi „ ruhi pok" iborasini uning sinonimi "reine Seele sof ko'ngil " iborasi orqali ifodalagan.

7. „Ko'zinga qara, bolam, chuqur bor". (10:8, Tush)

Tarjimasi: „Sei vorsichtig mein Sohn! Da gibt es eine Grube" (11:11, Der Traum).

Tarjimon asl nusxadagi „ ko'zga qaramoq" iborasini tarjima tilidagi ."vorsichtig sein - ehtiyot

bo'lmoq" birikmasi orqali ifodalagan va umumiy ma'noni aks ettirish bilan kifoyalangan.

Tarjimon bu yerda kontextga mos so'z birikma topa olgan, chunki „ ko'zga qaramoq" iborasi „ehtiyot bo'lmoq", „diqqatli bo'lmoq" kabilar bilan sinonimlik hosil qila oladi.

8. Ularning ko'nglini olaman, deb ikki o'rtada onalari adoyi tamom bo'pti. (10:9, Haqqush)

Tarjimasi Aus Gram, die Söhne weder zur Versöhnung noch zum Frieden bewegen zu können, wurde die Mutter krank und starb schliesslich vor Kummer (11:13, Der Nachtrabe)

Tarjimon „ adoyi tamom bo'moq" iborasini tarjima tilidagi „ krank werden-kasal bo'lmoq", „schliesslich vor Kummer sterben - va nihoyat qayg'udan o'lmoq"

iboralari orqali ifodalagan. Eng ahamiyatli jihati shundaki, tarjimon yozuvchi ko'zda tutgan mazmunni kitobxonga yetkazib bera olgan.

9. E, senga nima, bolam! Mening ishimga aralashib nima qilasan. (10:10, Qarz) Tarjimasi: „ Warum willst du das wissen, mein Kind? Das ist doch meine Sache" (11:15, Die Schuld)

Tarjimon „birovning ishiga aralashmoq" iborasini asar o'girilayotgan tildan monand muqobil variant „das ist meine Sache-bu mening ishim" iborasini topib qo'di va bu ibora asl nusxadagi iboraga ma'no jihatidan juda mos keladi.

10. - Oyi, qo'ying endi shu ishingizni... Oyim o'yga toldi. Nima, or qilayapsanmi? (10:12 Ikki afsona) Tarjimasi: „Mutter, lassen Sie doch diese Arbeit!"

Sie versank in Gedanken.

„ Was? Schämst du dich etwa für mich?" (11:17, Zwei Geschichten) Tarjimon „o'yga tolmoq" iborasini asl nusxadagi frazeologizmga tarjima tilidan teng qiymatli ekvivalent „ in Gedanken versunken - o'yga tolmoq, o'yga cho'mmoq" ni qidirib topa olgan, ammo „ or qilmoq" iborasini „sich schämen- or qilmoq, uyalmoq" so'zi orqali ifodalangan. Bundan tashqari „Scham empfinden-or qilmoq" iborasini ham qo'llash mumkin. Eng ahamiyatli jihati shundaki, tarjimon asl nushadagi mazmunni bera olgan.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, asarda ishlatilgan frazeologik birliklarning tarjimasini sinchiklab solishtirganda:

a) Ayrimlari asl nusxadagi frazeologizmga tarjima tilidan teng qiymatli ekvivalent qidirib topish orqali

b) arimlari o'girilayotgan tildan monand muqobillari bilan berilgan;

c) ayrimlari aynan so'zma so'z tarjima qilingani yoki tarjima nashridan tushirib qoldirilganligini ko'rishimiz mumkin

Birinchi va ikkinchi turdagi frazeologik iboralar kam miqdorni tashkil etib, ular asardagi fikrlarni qisqa, lo'nda va tushunarli bo'lishiga xizmat qilgan. XULOSA

Tarjimon asl nusxadagi aksariyat frazeologik birliklarning konteksdan anglashilgan ma'nosini tarjima tiliga so'zma so'z o'girgan, ammo yozuvchi nazarda tutgan mazmunni ifodalay olganligi taqsinga sazovor.

Darhaqiqat, dunyoda tilsiz xalq bo'lmagandek, frazeologizmlarsiz til ham yo'q. Frazeologik birliklar har qanday asarning ziynati hisoblanadi, chunki asarni qisqa, lo'nda va

tushunarli bo'lishiga xizmat qiladigan badiiy vositalardan biri aynan frazeologizmlardir. Frazeologizmlar, maqollar qo'llanmagan asarni ikkilanmasdan milliylikdan yiroq, badiiy go'zallikdan mahrum, yalong'och asar, deya olamiz. O'tkir Hoshimovning " Dunyoning ishlari asari esa bunday go'zallikdan benasib bo'lmagan go'zal asarlar sirasiga kiradi.

Adabiyotlar

1. G'. Salomov Rus tilidan o'zbekchaga maqol, matal va idiomalarni tarjima qilish masalasiga doir, Fanlar akademiyasi nashriyoti, Toshkent- 1961.

2. A'zamov Q. Milliy o'ziga xoslik va badiiy tarjima // O'zbek tili va adabiyoti. -Toshkent, 1987. -№4 -B. 62-67

3. Salomov G'. Til va tarjima. - Toshkent: Fan, 1966. - 121 b

4. MycaeB K. Лексико-фразеологические вапросы художественного перевода. Ташкент: Укитувчи, 1980-192 c

5. Jumaniyozov Zohid Otaboyevich "Ravshan" dostoni nemischa tarjimasida milliylikni qayta yaratish: Filol.fanlari nom. diss, Urganch-2008. -96 b.

6. Salomov G'. T. Tarjima nazariyasi asoslari. T.:O'qituvchi. 1983, - 120-121 b

7. Mirzayev T., Sarimsoqov B. O'zbek xalq maqollari. 2 jildlik. - Toshkent: Fan, 1987. 1.J. -368 b

8. Аникин В. Г. Русские народные пословыси, поговорки и детский фолклор. - Москва: 1957. -240с:

9. Умарходжаев М. Очерки по современной фразеографии. -Ташкент: Фан, 1977. -104 с

10. O'tkir Hoshimov „Dunyoning ishlari" Qissa. Toshkent: Sharq, 2005

11. Kein Himmel auf Erden. Utkir Hoshimov; Übersetzer Oybek Ostanov. Taschkent: Akademnashr. Verlag. 2014. 304 S.

12. Wahrig DEUTSCHES WÖRTERBUCH Bertelsmann Lexikon Verlag GMBH Gütersloh 1997

13. Butayev Z., Ismoilov Y., Karimov Sh. Nemischa-o=zbekcha lug=at.- T.: Fan, 2007.

14. Herbert Wiederroth. Wörterbuch. - Leipzig: 1961.

15. Ismoilov Y., Karimov Sh. Usbekisch-deutsches Wörterbuch. - T.: Nihol, 2011

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.