Научная статья на тему 'О’ZBEK XАLQINING BUYUK BUNYОDKОRI'

О’ZBEK XАLQINING BUYUK BUNYОDKОRI Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
64
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Shаrоf Rаshidоv / Mirzаchо’l / Tоshkent / sаnоаt / mа’dаniyаt / metrоpоliten / pаxtа / «zаngоri оlоv» / «Tоshkent ruhi».

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Аlijоn Murоdаliyevich Nаzаrоv

Shаrоf Rаshidоvich Rаshidоvbuyuk о’zbek xаlqining аtоqli fаrzаndi, eng qiyin ,eng tаklikаli, xаlq оch-nаhоr, yаlаng’оnch bir pаytdа yurtni bоshqаrgаn fidоyi rаhbаr. Millаtimizning аsl fаrzаndi. О’zbek mа’dаniyаti vа mа’nаviyаtini yuksаltirgаn yоzuvchi. Tоshkent shаhrini qаytа bunyоd etgаn binоkоr.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «О’ZBEK XАLQINING BUYUK BUNYОDKОRI»

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 2 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

O'ZBEK XALQINING BUYUK BUNYODKORI

Alijon Murodaliyevich Nazarov

Termiz tumani 8-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi tarix fani o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Sharof Rashidovich Rashidov- buyuk o'zbek xalqining atoqli farzandi, eng qiyin ,eng taklikali, xalq och-nahor, yalang'onch bir paytda yurtni boshqargan fidoyi rahbar. Millatimizning asl farzandi. O'zbek ma'daniyati va ma'naviyatini yuksaltirgan yozuvchi. Toshkent shahrini qayta bunyod etgan binokor.

Kalit so'zlar. Sharof Rashidov, Mirzacho'l, Toshkent, sanoat, ma'daniyat, metropoliten, paxta, «zangori olov», «Toshkent ruhi».

"Bu ulug' inson, sobiq mustabid tuzum davrida turli tazyiq va sinovlarga bardosh berib, xalqimiz va millatimizga sadoqat bilan, halol va fidokorona xizmat qildi".

Sh.M.Mirziyoyev O'zbekiston Respublikasi Prezidenti.

Sharof Rashidovich Rashidov- buyuk o'zbek xalqining atoqli farzandi, eng qiyin ,eng tahlikali, xalq och-nahor, yalang'onch bir paytda yurtni boshqargan fidoyi rahbar. Millatimizning asl farzandi. SSSR tuzumi davrida O'zbek xalqining jonkuyar himoyachisi va qalqoni. 34 yil davomida davlatimizni boshqargan haqiqiy rahbar. Mirzacho'l va Qizilqum cho'llarida bog'rog'lar barpo etgan bobodehqon.

Sh. Rashidov 1950-yildan to vafotlariga qadar faqat yurt va millat haqida qayg'urdilar. Sharof Rashidovning olib borgan faoliyatlari bilan O'zbekiston SSRning sanoat sohasi rivoj topdi. Lekin shuni alohida ta'kidlashimiz kerakki bu sanoat mahsulotlari o'zbek xalqi farovonligi uchun xizmat qilmadi. Katta qismi Markazga yo'naltirildi. Sharof Rashidov shunday og'ir paytda ham millatimiz xonadonlariga elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan ta'minlash masalasini qo'yganlar. 1970—1972-yillarda 234 km uzunlikdagi Qo'qon—Namangan—Andijon gaz quvuri qurilib foydalanishga topshirildi. 1974—1978-yillarda Xovos—Farg'ona quvuri yotqizildi. Uzunligi 677,8 km dan iborat bo'lgan bu gaz yo'lining 425,8 kilometri O'zbekiston, qolganlari Tojikiston hududidan o'tdi. Qashqadaryo va Buxoro «zangori olov»idan qardosh Tojikiston xalqi ham bahramand bo'ldi. 1985-yilga kelib respublikada atigi 2,8 mln xonadon, jumladan, qishloqlardagi 1,3 mln xonadon gazlashtirilgan.

O'zbekistonda 60-yillarda oltin qazib olish sanoati bunyod etildi. Muruntov,

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 2 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

Chodak, Konbuloq oltin konlari, Farg'ona vodiysidagi daryo o'zanlarida sochma oltin, Nurota, Qurama, Zarafshon, Hisor, Pomir tog'larida oltin tarkibli kvars qatlamlari va rudalar mavjudligi aniqlandi. Respublika hududida 30 ta oltin koni aniqlandi. Oltin qazib oluvchi Muruntov tog' boyitish kombinati, Marjonbuloq kombinati qurildi. «O'zbekoltin» birlashmasi tuzilgach, uning tarkibida Chodak boyitish kombinati (1965), Angrenda oltin saralash fabrikasi qurilib ishga tushirildi. O'zbekiston hududidagi rangli metall konlariga, shuningdek, oltin konlariga, ulardan noyob va nodir metallar qazib olishga respublika xo'jayinlik qilmasdi, ularga Ittifoq hukumati xo'jayinlik qilardi.

"O'zbekiston hukumati bu konlar va korxonalarda qancha oltin, mis, qo'rg'oshin, rux, volfram, molibden va boshqa nodir metallar qazib olinayotganini, ularni kimlar qayerga olib ketayotganini, qayerda va qancha pulga sotilayotganini bilmas edi. Bu haqda gapirish va yozish ham taqiqlangan edi".1

Paxta - o'zbek xalqining milliy boyligi edi. Markaz esa "o'zbek oq oltin"ini yetishtirish uchun har qanday vositalardan foydalanadi. Bunga ular texnika, suv, mineral resusr va ishchi kuchini aslo ayamadi. Natijada yangi yerlarni o'zlashtirish jarayoni yangi sovxozlar, ularning xo'jalik binolari, aholi yashaydigan posyolkalar bunyod etish bilan birga olib borildi. 1956—1965-yillarda Mirzacho'lda 84 ming gektar yangi yer o'zlashtirildi, 16 ta paxtachilikka ixtisoslashgan, bitta bog'dorchilik-uzumchilik sovxozlari tashkil etildi. Shu yillarda o'zlashtirilgan joylarda 456 ming kv metr turar joy binolari, o'nlab maktablar, bolalar bog'chalari, kasalxonalar, oshxonalar, madaniy-maishiy muassasalar barpo etildi. 170 km temir va 759 km avtomobil yo'llari qurildi, 637 km elektr liniyalari o'tkazildi, xo'jaliklar, turar joy binolari gazlashtirildi. 1957-yilda Yangiyer va 1961-yilda Guliston shaharlari vujudga keldi. 1963-yil 16-fevralda markazi Guliston shahri bo'lgan Sirdaryo viloyati tashkil etildi. Viloyatda paxta ekiladigan yer maydonlari 1956-yildagi 120 ming gektardan 1965-yilda 211 ming gektarga, paxta xomashyosi yetishtirish esa 243 ming tonnadan 441 ming tonnage ko'paydi. Mirzacho'l yerlarini sug'orish, meliorativ holatini yaxshilash tadbirlari amalga oshirildi. Janubiy Mirzacho'l kanali qurildi. Markaziy Farg'ona, Qoraqalpog'iston avtonom respublikasida, Surxondaryo, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida ham sug'oriladigan dehqonchilikni kengaytirish, irrigatsiya-qurilish ishlari keng ko'lamda olib borildi. Qoraqalpog'istonda yangi sholikorlik sovxozlari ishga tushirildi. Buxoro viloyatida 1963-yilda Amu—Qorako'l kanali, 1965-yilda Amu— Buxoro kanali qurilib foydalanishga topshirildi. Natijada Buxoro viloyatida 90 ming gektar yer, jumladan, 26 ming gektar yangi yer maydonlari sug'oriladigan, Qizilqum sahrosida maydoni 300 ming gektardan ortiq yaylovlarga suv boradigan bo'ldi. Jizzax va Qarshi cho'li, Mirzacho'l, Surxon—Sherobod va Markaziy Farg'ona hamda Quyi

1 Qamariddin Usmonov O'zbekiston tarixi - T.: "Sharq" 2010-yil 202-bet.

Uzbekistan www.scientificprogress.uz

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 2 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

Arnudaryo yerlarini o'zlashtirish, suv chiqarish ishlari avj oldi. Jizzax cho'lida 70 ming gektardan ko'proq yangi yerlar o'zlashtirildi.

O'zlashtirilgan yerlarda Mirzacho'l (1967), Do'stlik (1970), Zafarobod (1973), Arnasoy (1977) tumanlari tashkil etildi. Sanoat korxonalari barpo etilgan, aholi zichroq yashaydigan posyolkalar bazasida Paxtakor (1974), Do'stlik (1974), Gagarin (1974) shaharlari vujudga keldi. Jizzax cho'lida 1454 ming kv metr turar joy binolari, 21,9 ming o'rinli maktablar, 6800 o'rinli bolalar bog'chalari, klublar, shifoxonalar, oshxonalar qurildi. 1973-yilda Jizzax viloyati tashkil etildi. 50-yillarning ikkinchi yarmidan 70-yillarning o'rtalarigacha qishloq xo'jalik ishlariga kiritilgan yangi yerlar maydoni 280 ming gektarni tashkil etdi. Bu yerlarda 55 ta sovxozlar vujudga keldi. Mirzacho'l va Jizzax cho'llarini o'z ichiga olgan yangi paxtachilik iqtisodiy rayoni vujudga keldi, sanoat komplekslari qurildi.

Sharof Rashidov SSSR respublika rahbarlari ichida Markazga ta'sir eta olgan. O'zbekiston nomini Jahonga tanitgan buyuk siyosat arbobi edi. "Toshkent deklaratsiyasi" Kuba davlat rahbari bilan uchrashuv, Jahon xalqlari kino festivallari Sharof Rashidovning ham siyosiy , ham ma'daniyat sohasidagi o'z o'rnini munosib belgilaydi" 2

Sharof Rashidov o'zbek kino va teatri rivoji uchun ham munosib hissa qo'shdilar. 1958-yilda tashkil etilgan "O'zbekfilm" kinostudiyasi hozirgi nom ostida faoliyatini olib borgan. 60-70-yillarda qator kinofilmlar yaratiladi. Xalqimiz o'zbek san'atini baland ko'targan Y.Rajabiy, H.Nosirova, M.Turg'unboyeva, Tamaraxonim, G.Izmailova, S.Qobulova nomlarini hurmat bilan e'zozlab kelmoqda.

1992-yil noyabr oyida Sharof Rashidov tavalludining 75-yilligi mamlakatimizda keng nishonlandi. Birinchi Prezidentimiz, "Daqiqani abadiyatdan ayri holda tasavvur qilib bo'lmaganidek, Sharof Rashidovning hayotini ham o'zbek xalqining tarixidan, hayotidan ayri tasavvur qilib bo'lmaydi», deya ta'kidlaganlarida nihoyatda haq edi.

"Har kuni,har soatda fidoyi bo'lish,o'zini tomchi va tomchi, zarrama-zarra buyuk maqsadlar sari charchamay, toliqmay tinimsiz safarbar etib borish, bu fazilatni doimiy, kundalik faoliyat mezoniga aylantirish -haqiqiy qahramonlik aslida mana shu" Ya'ni

-5

buyuk insonlar xotirasi hech qachon o'chmaydi".

Bugungi mustaqillik damlarida u kishining yorqin xotiralarini munosib e'zozlamoqdamiz. 2016-yil 23-dekabrda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qarori bilan Jizzax viloyatining Jizzax tumaniga "Sharof Rashidov tumani" nomi berildi. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning 2017-yil 27-martdagi "Atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligini nishonlash to'g'risida"gi qarori bilan yurtimiz bo'ylab keng miqyosda yurtizming buyuk arbobining tavallud ayyomlari

2 Xalqimizning otashqalb farzandi - T.: 2017-yil.

1 I.A.Karimov Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch -T.: "Ma'naviyat" 2008-yil.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 2 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

nishonlandi. Shu yilning 6-oktabr kuni Jizzax shahrida Sharof Rashidovning haykali ochildi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. SH.M.Mirziyoyev - Erkin va farovon demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz.- Toshkent: "O'zbekiston" NMIU 2016 - yil.

2. SH.M. Mirziyoyev - Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz.Toshkent: "O'zbekiston" NMIU 2017.- yil.

3. I.A.Karimov " Yuksak manaviyat- yengilmas kuch" Toshkent - 2008-yil.

4. F.Razzoqov "Sharof Rashidov:hayot va mamot" T.:"O'zbekiston"NMIU 2020-yil.

5. Qamariddin Usmonov O'zbekiston tarixi - T.: "Sharq" 2010-yil.

6. Internet materiallari.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.