Научная статья на тему 'FARG‘ONA – FRONT ORTIDA: GIDROQURILISH, AGRAR INQILOB, ATEIZM VA BAYNALMILALLIK'

FARG‘ONA – FRONT ORTIDA: GIDROQURILISH, AGRAR INQILOB, ATEIZM VA BAYNALMILALLIK Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
88
18
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kollektivlashtirish siyosati / Katta Farg‘ona kanali / xudosizlar yacheykasi / korxonalar qurilishi va evakuatsiya / mehribonlik uyi / qishloq xo‘jalik arteli / baynalmilallik / gidrotexnika / “Chimyon” neft bazasi. / policy of collectivization / Big Fergana canal / cell of godless people / construction and evacuation of enterprises / orphanage / agricultural artel / internationalism / hydrotechnics / "Chimyon" oil base.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Qurbonov, Hikmatillo Rahmatillo O‘g‘li

1939-1945-yillarda bo‘lib o‘tgan Ikkinchi jahon urushi insoniyat boshiga ko‘plab kulfat keltirgan. Ayniqsa, urush frontlaridagi ahvol bilan bir darajada turgan front orti xizmatlarini haqiqiy jang maydoni bilan tenglashtirsak arziydi. Farg‘ona vodiysi urush davrida bir talay sohalarda o‘z jonbozligi namoyish eta oldi. Chunonchi, texnologik, diniy, gidro va agrarqurilish, insonparvarlik kabi jihatlarni aytib o‘tish joiz. Vodiy aholisi ma`naviy va diniy kamsitilishlarga uchradi. Biroq o‘z mentalitetini saqlab qoldi. Istiqlol davrida ularning xizmatlari munosib baholandi. Dastlab, vodiyliklar hamda butun o‘zbek xalqi mehnati mahsuli bo‘lgan Katta Farg‘ona kanali rekonsturksiyalari amalga oshirildi. Suv yo‘lining agrar va boshqa sohalar uchun yetarli bo‘lgan jabhalarida ishlar amalga oshirildi. XX asrning 20-30-yillarida o‘zbek millatiga qilingan diniy zulmni va eng dahshatli oqibatlarni keltirib chiqargan agrar to‘ntarishlarning o‘rnini to‘ldirish uchun bir necha yillar kerak bo‘ldi. Urushning har yilida yurtimizga evakuatsiya qilingan minglab insonlarga ko‘mak berish xalqimizning matonatini isbot qildi. Farg‘ona vodiysi front orti emas, “jang maydoni”ga aylandi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

BEHIND THE FERGANA-FRONT: HYDROGRAPHY, AGRARIAN REVOLUTION, ATHEISM AND INTERNATIONALISM

The Second World War, which took place in 1939-1945, brought many hardships to humanity. In particular, it is worth equating the frontline services with the actual battlefield, which is at the same level as the situation on the war fronts. During the war, Fergana Valley was able to demonstrate its bravery in many areas. For example, aspects such as technological, religious, hydro and agrarian construction, and humanitarianism should be mentioned. The inhabitants of the valley suffered moral and religious discrimination. However, he kept his mentality. During the period of independence, their services were duly appreciated. Initially, reconstructions of the Big Fergana Canal, which was the product of the work of the valleys and the entire Uzbek people, were carried out. Works have been carried out on the sections of the waterway that are sufficient for agricultural and other sectors. It took several years to make up for the religious oppression of the Uzbek nation in the 20s and 30s of the 20th century and the agrarian upheavals that caused the most terrible consequences. Helping thousands of people who were evacuated to our country every year of the war proved the resilience of our people. The Ferghana Valley has become a "battlefield" rather than a front line.

Текст научной работы на тему «FARG‘ONA – FRONT ORTIDA: GIDROQURILISH, AGRAR INQILOB, ATEIZM VA BAYNALMILALLIK»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

FARG'ONA - FRONT ORTIDA: GIDROQURILISH, AGRAR INQILOB, ATEIZM VA BAYNALMILALLIK

Qurbonov Hikmatillo Rahmatillo o'g'li

Farg'ona viloyati Bag'dod tumani 3-IDUMI tarix fani o'qituvchisi

Tel: +998996135021 hikmatillo_qurbonov@mail .ru

ANNOTATSIYA

1939-1945-yillarda bo'lib o'tgan Ikkinchi jahon urushi insoniyat boshiga ko 'plab kulfat keltirgan. Ayniqsa, urush frontlaridagi ahvol bilan bir darajada turgan front orti xizmatlarini haqiqiy jang maydoni bilan tenglashtirsak arziydi. Farg'ona vodiysi urush davrida bir talay sohalarda o 'z jonbozligi namoyish eta oldi. Chunonchi, texnologik, diniy, gidro va agrarqurilish, insonparvarlik kabi jihatlarni aytib o 'tish joiz. Vodiy aholisi ma^naviy va diniy kamsitilishlarga uchradi. Biroq o 'z mentalitetini saqlab qoldi. Istiqlol davrida ularning xizmatlari munosib baholandi. Dastlab, vodiyliklar hamda butun o'zbek xalqi mehnati mahsuli bo'lgan Katta Farg 'ona kanali rekonsturksiyalari amalga oshirildi. Suv yo 'lining agrar va boshqa sohalar uchun yetarli bo 'lgan jabhalarida ishlar amalga oshirildi. XX asrning 20-30-yillarida o 'zbek millatiga qilingan diniy zulmni va eng dahshatli oqibatlarni keltirib chiqargan agrar to 'ntarishlarning o 'rnini to 'ldirish uchun bir necha yillar kerak bo 'ldi. Urushning har yilida yurtimizga evakuatsiya qilingan minglab insonlarga ko'mak berish xalqimizning matonatini isbot qildi. Farg'ona vodiysi front orti emas, "jang maydoni "ga aylandi.

Kalit so'zlar: kollektivlashtirish siyosati, Katta Farg'ona kanali, xudosizlar yacheykasi, korxonalar qurilishi va evakuatsiya, mehribonlik uyi, qishloq xo'jalik arteli, baynalmilallik, gidrotexnika, "Chimyon " neft bazasi.

ABSTRACT

The Second World War, which took place in 1939-1945, brought many hardships to humanity. In particular, it is worth equating the frontline services with the actual battlefield, which is at the same level as the situation on the war fronts. During the war, Fergana Valley was able to demonstrate its bravery in many areas. For example, aspects such as technological, religious, hydro and agrarian construction, and humanitarianism should be mentioned. The inhabitants of the valley suffered moral and religious discrimination. However, he kept his mentality. During the period of independence, their services were duly appreciated. Initially,

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

reconstructions of the Big Fergana Canal, which was the product of the work of the valleys and the entire Uzbek people, were carried out. Works have been carried out on the sections of the waterway that are sufficient for agricultural and other sectors. It took several years to make up for the religious oppression of the Uzbek nation in the 20s and 30s of the 20th century and the agrarian upheavals that caused the most terrible consequences. Helping thousands of people who were evacuated to our country every year of the war proved the resilience of our people. The Ferghana Valley has become a "battlefield" rather than a front line.

Keywords: policy of collectivization, Big Fergana canal, cell of godless people, construction and evacuation of enterprises, orphanage, agricultural artel, internationalism, hydrotechnics, "Chimyon" oil base.

Вторая мировая война, происходившая в 1939-1945 годах, принесла человечеству много лишений. В частности, стоит приравнять фронтовые службы к реальному полю боя, находящемуся на одном уровне с обстановкой на фронтах войны. В годы войны Ферганская долина смогла проявить свою храбрость на многих поприщах. Например, следует упомянуть такие аспекты, как технологическое, религиозное, гидро- и аграрное строительство, гуманизм. Жители долины подвергались моральной и религиозной дискриминации. Однако он сохранил свой менталитет. В период независимости их заслуги были оценены по достоинству. Первоначально были проведены реконструкции Большого Ферганского канала, явившегося продуктом труда долины и всего узбекского народа. Работы проведены на участках водного пути, достаточных для нужд сельского хозяйства и других отраслей. Потребовалось несколько лет, чтобы восполнить религиозное угнетение узбекской нации в 20-30-е годы ХХ века и аграрные потрясения, повлекшие за собой самые страшные последствия. Помощь тысячам людей, эвакуированных в нашу страну каждый год войны, доказала стойкость нашего народа. Ферганская долина стала скорее «полем боя», чем линией фронта.

Ключевые слова: политика коллективизации, Большой Ферганский канал, ячейка безбожников, строительство и эвакуация предприятий, детский дом, сельскохозяйственная артель, интернационализм, гидротехника, нефтебаза «Чимён».

АННОТАЦИЯ

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 7

educational, natural and social sciences ÍV ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ~ ASI Factor = 1.7

KIRISH

Farg'ona vodiysi O'rta Osiyodagi tog'lar orasida joylashgan. Shimolda Tyanshan va janubida Hisor-Olay tog' tizmalari bilan o'raglan. Qadim o'tmishning katta-kichik sahifalarida Farg'ona vodiysi tarixi: eli va turmushi, xo'jalik an'analari, etnogenezi, yer tuzilishi, geosiyosiy ahamiyati haqida ma'lumotlar talaygina. Ikkinchi jahon urushi yillarida bunday qulay muhitga ega mintaqaga e'tibor qaratilishi tabiiy holat bo'lgan. Shuning uchun ham urushning dastlabki yillarida boy berib qo'yilgan g'arbiy SSSR yerlaridagi muhim texnik-iqtisodiy korxonalar vodiyga evakuatsiya qilingan.

Bundan tashqari, vodiyning serunum yerlaridan salmoqli foydalanish maqsadida gidro tizimini isloh qilish masalasi hal etilgan. Bir qancha suv omborlari, kanallar va gidromexanizmlar barpo etilgan.

SSSR tarixida ayanchli oqibatlarga olib kelgan kollektivlashtirish siyosati (1925-yil dekabr)1, ayniqsa, vodiy aholisi uchun dahshatli bo'ldi. Ikkinchi jahon urushi yillarida olib borilgan favqulodda rejim tasirida jamoalashtirish siyosati kamchiliklari ko'zga ko'rinib qoldi.

Urushning ilk kunlaridayoq jangga otlangan o'zbek yigitlari qahramonliklari o'z uyida o'nlab begona millat farzandlariga ota-onalik qilgan yurtimiz oilalari bilan bir qatorga tilga olinsa arziydi. 1943-yilning oxiriga kelib, 4672 ta bola shaharlarda, 870 bola qishloqlarda tarbiyaga olindi.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Farg'ona vodiysi bo'yicha o'rganiladigan asosiy manbalar hozircha yetishmaydi. Vodiyning shahar arxivlari, yurtimizda chiqarilgan siyosiy va ilmiy adabiyotlar hamda ko'plab chet el elektron nashrlari orqali urush davri voqeliklari yoritilishi mumkin.

Dastlabki siyosiy adabiyotimiz yurtboshimiz Shavkat Miromonovich tomonidan chiqarilgan "Ezgulik va bunyodkorlik - milliy g'oyamizning poydevoridir" nomli kitobi hisoblanadi. Mazkur siyosiy-ijtimoiy nashr Toshkentda 2021-yilda "Tasvir" nashriyoti tomonidan bosilgan. Asar prezidentimizning manaviy-marifiy ishlarni yuksaltirish va tubdan takomillashgan tizimini shakllantirish bo'yicha davlat va jamoat tashkilotlariga qilgan murojaati asosida yaratilgan.

Ilmiy adabiyotlar ro'yxatida Qamariddin Usmonov hamda Mahmudjon Sodiqov tomonidan yaratilgan "O'zbekiston tarixi" kitobi muhim ahamiyatga ega. Kitob

1 Usmonov Q, Sodiqov M, "O'zbekiston tarixi" , Sharq- 2010. 91-bet

2 Murtazayeva R, "O'zbekiston tarixi", Toshkent-2010-yil. "Akademiya" nashriyoti, 365-bet

570

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

2010-yilda Toshkentda "Sharq" nashriyoti tomonidan bosilgan bo'lib, O'zbekiston, xususan, Farg'ona vodiysining urush davri voqealarini ham bayon qiladi. Shu bilan birga, professor R.Murtozoyeva tomonidan chop ettirilgan "O'zbekiston tarixi" kitobida jahon urushi girdobida qolgan o'zbek xalqining hayot yo'lidan lavhalar keltirilgan. Kitob 2010-yilda Toshkentda chiqarilgan.

Shamsutdinov R, Karimov SH, Hoshimov S, Ubaydullayev O', kabi mualliflar jamoasi tomonidan tayyorlangan "O'zbekistonning eng yangi tarixi" (O'zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida) kitobi 2000-yilda Toshkentda chop ettirilgan bo'lib, kitobda yurtimizning 1917-1991-yillardagi tarixi bayon etiladi.

Ahmadjon Solmonov muallifligida chop etilgan "O'zbekistonda sovet hokimiyatining diniy siyosati: uydurma va tarix haqiqati" nomli kitobi O'zbekistonning sovet davridagi diniy masalalarini har taraflama tahlil qiladi va ochib beradi. Asar 2015-yilda Toshkentda "Tafakkur" nashriyoti orqali bosmadan chiqqan.

Farg'ona vodiysi gidroqurilishi masalasini bayon qilgan muhim manbalardan biri bu 1972-yilda bosib chiqarilgan "Usmon Yusupov nomidagi Katta Farg'ona kanali" nomli asardir. Bu kitob mualliflari V.Usmonxo'jayev va M.Kuzmin. Kitobda Farg'ona qon tomiri bo'lgan Katta Farg'ona kanali qurilishi va uning loyihalari o'quvchiga tanishtiriladi.

METODLAR

Birinchidan, Farg'ona vodiysida qurilgan eng yirik gidrotexnika ishootlaridan biri Katta Farg'ona kanali hisoblanadi. Kanalning (283 km) O'zbekiston, (62 km) Tojikiston, (13 km) Qirg'iziston hududidan o'tadi. Farg'ona kanali bilan Andijon, Namangan, Farg'ona viloyatlari hamda Qirg'iztondagi O'sh viloyati va Tojikistonning Sug'd viloyatlari yerlarini sug'orishda foydalanilgan. Kanal sobiq O'zbekiston SSR Kommunistik partiyasi Markaziy kengashi kotibi Usmon Yusupovning 1939-yil 3-iyundagi 896-sonli qarori Katta Farg'ona kanalining qurilishiga asos bo'lgan.

Katta Farg'ona kanali qurilishi 1939-yilning avgust oyida boshlanib, xalq xashar yo'li bilan 45 kunda 270 kilometr uzunlikda bunyod etilgan. O'zbek xalqining matonati bilan qisqa muddatda 18 million kubometr hajmda tuproq qazish ishlari bajarilib, 450 donadan ortiq suv inshootlari va 38 dona ko'priklar qurib bitkazilgan . Umumxalq xasharida O'zbekistonning 200 ming nafardan ziyod aholisi bilan birga

3 Aniq.uz 10.08.2019, https://aniq.uz/yangiliklar/katta-fargona-kanali-nomi-usmon-yusupov-nomli-katta-fargona-kanali-ga-uzgartiriladi

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

qo'shni Qirg'izton va Tojikiston Respublikasining ham ko'plab aholisi kamarbasta bo'lgan. Hozirgi kungacha foydalaniluvchi va 500 ming gekter yerning sug'orilish holatini yaxshilovchi o'zbek xalqining madaniyati hosilasini bunyod bo'lishida 160 ming odam qatnashdi. Bu kanalning qurib bitkazilishi bilan 60 000 ga yaqin yangi yerlar o'zlashtirilgan4

Katta Farg'ona kanali qurilishi sobiq SSSRning iqtisodiy-siyosiy manfaatlariga xizmat qilsa-da, biroq mehnatkash xalqimiz va jonkuyar siyosiy arboblarimiz tomonidan sidqidildan bajarilgan go'zal amaliy durdona hisoblanadi. Farg'ona vodiysining bu kanali har uch viloyatimiz tarkibidan o'tadi. Xususan, kanalning asosiy qismlari Rishton, Bag'dod, Beshariq tumanlaridan o'tgan. Katta Farg'ona kanali vodiyning uch viloyatining uzundan uzun hududini suv bilan ta minlaydi. Chunonchi, Andijon viloyatida 66,6 mingga, Namangan viloyatida 12 mingga, Farg'ona viloyatida 125 mingga yetuvchi ekin maydonlarini qamrab oladi5. 1966-yilda kanalga Usmon Yusupov nomi berilgan.

Ikkinchidan, O'zbekiston partiya va hukumatining 1930-yil 17-fevraldagi «Jamoalashtirish va quloq xo'jaliklarini tugatish to'g'risida»gi qarorida respublikaning 17 ta tumanida yoppasiga jamoalashtirishni amalga oshirish vazifasi belgilangan edi. Ko'p joylarda quloqlarni tugatish shiori ostida o'rtahol, hattoki kambag'al dehqon xo'jaliklariga nisbatan ham zulm o'tkazildi. 1929-yil oktabriga qadar respublikadagi dehqon xo'jaliklarining 3,4 foizi kolxozlarga kirgani holda, 1930-yil martiga kelganda dehqon xo'jaliklarining 47 foizi kolxozlashtirilgan edi6.

Uchinchidan,1940-yilda respublikaning eng yirik viloyatlaridan biri bo'lgan Farg'onada 3 000 dan ortiq ulamolar ro'yxatga olingan. Ularning ko'pchiligi Qo'qon Marg'ilon, Namangan, Chust, Asaka, Quva, Andijon kabi shaharlarda yashirin yoki ochiq faoliyat olib borayotgan masjid imomlari, mullalar, qori va otinbibilar bo'lib soliq yuki tufayli ba'zilari o'z diniy vaziyalaridan voz kechib,dehqonchilik yoki xunarmandchilik bilan shug'ullanishga majbur bo'lganlar .

Farg'ona viloyati bo'yicha 1941-yilning 1-kvartalida 413 ta xudosizlar yacheykasi ishlab turgan bo'lsa, 2-kvartalida 530 taga yetib ular soni 117 taga ko'paygan. Uyushma a'zolari esa 9623 tadan 12298 taga ko'payib, miqdoriy o'sish

о

2675 kishini tashkil etgan . Biroq urushning dastlabki yillaridagi SSSR ning

4 SHamsutdinov R, Karimov SH, Hoshimov S, Ubaydullayev O', "O'zbekistonning eng yangi tarixi" Toshkent-2000. "Sharq" nashriyoti, 407-bet.

5 Usmonxo'jayev V, Kuzmin M, "Usmon Yusupov nomidagi Katta Farg'ona kanali" Toshkent-1972. 42-bet

6 Usmonov Q, Sodiqov M, "O'zbekiston tarixi" Toshkent - Sharq- 2010. 99-bet

7 Salmonov A, "O'zbekistonda sovet hokimiyatining diniy siyosati: uydurma va tarix haqiqati" Toshkent-"Tafakkur"-2015 86-bet

8 УзР ПДА ФВБ, 1 -фонд, 6-руйхат, 82-иш, 10-варак-

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 7

educational, natural and social sciences fV ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ~ ASI Factor = 1.7

muvaffaqiyatsizliklari, harbiy frontlardagi mag'lubiyatlar va son-sanoqsiz inson va texnika resurslaridagi yo'qotishlar hukumatni xarbiy sharoitda ehtiyotkorlik bilan ichki siyosat yuritishga majbur qildi. Urush sharoitida sovet davlatining rahbarlari vatanparvarlik tuyg'ularini turli millat va elatlar orasida kuchaytirish vositasi sifatida diniy e'tiqod tuyg'ularining xam muxim omil bo'la olishini ko'zda tutgan.

joriy etildi. Joriy qilingan poyezdlar harakatining yangi grafigiga asosan xarbiy yuklarni birinchi navbatda to'xtovsiz o'tkazib yuborish ko'zda tutildi.

To 'rtinchidan, urush respublika sanoat tarmoqlarining yo'nalishini ham, sanoat xodimlarining ishini ham tubdan o'zgartirdi. Korxonalarda yangi mehnat rejimi joriy qilindi, ish kuni uzaytirildi, ishdan keyin qolib ishlash joriy etildi, mehnat ta'tillari, dam olish kunlari bekor qilindi. Sanoat korxonalari qisqa vaqt ichida harbiy izga solinib, minomyot va avtomatlar, samolyot va tanklar uchun ehtiyot qismlari va boshqa harbiy qurollar ishlab chiqara boshladilar. Qishloq xo'jalik mashinalari ishlab chiqarayotgan Toshkent qishloq xo'jalik mashinasozligi zavodi harbiy qurollar ishlab chiqara boshladi. Andijondagi «Kommunar», «Stroymashina» zavodlarida samolyot va tanklarga kerakli mahsulotlar, Qo'qon shahridagi Oxunboboyev nomli tikuvchilik fabrikasi harbiy kiyimlar ishlab chiqaradigan bo'ldi.

Farg'ona vodiysi qadimdan dehqonchilikka asoslangan taraqqiyotni boshidan kechirgan. Keyinchalik ham shu aosda sanoat paydo bo'ldi. Front hududlaridan minglab aholi, sanoat korxonalari, o'quv yurtlari, ilmiy tashkilotlar va boshqa moddiy boyliklar mamlakat ichkarisiga ko'chirish boshlab yuborildi. Ulardan 104 ta korxona O'zbekistonga ko'chirib keltirildi. Ular orasida Leningrad to'qimachilik mashinalari zavodi, "Krasniy-Aksoy", "Rosselmash", Sumsk kompressor va Dnepropetrovski karbund zavodlari, Moskvadagi "elektrokabel" va "Podyomnik" zavodlari, Chkalov nomidagi aviatsiya zavodi va boshlar shular jumlasidandir. Ulardan 22 tasi farg'ona vodiysiga joylashtirilgan.9

SSSRning markaziy qismlaridan ko'chirib, asbob-uskunalar bilan taminlangan korxonalari ish sharoiti urush holatiga moslashtirilib, qatiy mehnat intizomi o'rnatilgan. Xususan, mehnat kuni 12-13 soatni, bazan 14-16 soatni qamrab olgan.Ishchilar o'zlarida mavjud barcha potensial bilan ishlatilar. Ayniqsa mehnatga yaroqli aholining katta qismini dastlabki davrlaridayoq ayollar tashkil eta boshlagan. Masalan, bu ko'rsatkich 1940-yilda sanoatda ayollar salmog'i 34,0 % ni egallagan bo'lsa, keyingi 2 yilda bu miqdor deyarli ikki marta oshib ketdi va 63,5 % ga yetdi10.

9 Oblomurodov N, Xazratqulov A, Tolipov F, Tursunov N, "Ozbekiston tarixi" Toshkent-2011. "Sharq" 253-bet

10 Jo'rayev M, Nurillin R, Kamolov S, Rajabova R, Golovonov A. "Ozbekistonning yangi tarixi" 2-kitob. Toshkent-2000 yil, "Sharq" nashriyoti, 442-bet

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Farg'ona vodiysining ko'plab qismlarida ko'chirib keltirilgan va joylashtirilgansanoat korxonalari qatorida, yana bir qancha zavod va fabrikalar yangidan tashkil etildi. Bularga misol qilib, 1943-yilda qurib ishga tushurilgan Quvasoy kimyo zavodi, Qo'qon superfosfat zavodi, Farg'ona gidroliz zavodi qurilib ishga tushirildi. Kimyo sanoati mahsulotlari salmog'i 1940-yilga nisbatan 1945-yilda 6,1 baravarga ko'paydi 11 . Farg'ona vodiysiga ko'plab sanoat korxonalarining qurilishi va evakuatsiya qilinishiga sabab bor, albatta. Tani respublikamizning boshqa qismiga nisbatan vodiy aholisi ko'pchilikni tashkil etardi. bu esa, ishchi kuchiga bo'lgan ehtiyojni qoplashga yordam berardi. Masalan, ko'chirib keltirilgan 1 million aholining 400 mingga yaqini vodiyga kelib joylashgan.

Respublikada neft sanoatini rivoji juda muhim masala edi. Mamlakatimiz neft resurslaridan foydalanish yanada o'sdi. Barcha neft konlarida ishlab chiqarish keskin ko'paytirildi va harbiy sohaga burib yuborildi. Andijonda "Shaxrixon-Xo'jaobod" neft koni ochildi. Vodiyda mavjud bo'lgan neft konlari ishlab chiqarishi tezkorlik bilan oshirib borildi va bu ko'rsatkich 4 marta yuqoriladi. Bunga "Andijon", " Changartosh", "Polvontosh", "Chimyon" kabi neft bazalarining samarali ishlash

1 9

ko'lami evaziga erishildi . Farg'ona vodiysi aholisining katta qismi urushda qatnashdi, qolganlar urush ortida xizmat qildi, o'z yashash joyida turganlar esa o'z mehnati bilan askarlarga dalda bo'ldi va ularni taminlashga harakat qildi. Xalqimiz boshidan ko'plab qiyinchiliklarni o'tkazgan bu davrda Farg'ona vodiysi sanoati sezilarli darajada o'sib bordi va bu urushdan keyingi yillarda ham davom etdi. Ko'plab yangi sanoat turlari rivojlanib, sayqallanib bordi. Oldin mavjud bo'lmagan yoki yetarlicha e'tibor qaratilmagan sanoat yo'nalishlari bazasi qurildi. Bularga energetika, mashinasozlik, kimyo, sintetika kabi sohalarni olishimiz mumkin.

Beshinchidan, urush davrida O'zbekistonga minglab insonlar evakuatsiya qilindi, ulardan 200 ming nafarini bolalar tashkil qilar edi. Eng achinarlisi, ularning ko'pchiligi yo'l azobi chiday olmay halok bo'ldi yoki ochlikka bardosh berolmadi. 1941-yil 25-noyabridan 1942-yil oktabrgacha 15649 nafar bola olib kelindi. Ko'pchilik oilalar ikki-uch nafardan bolani o'z qaramog'iga oldi. Hatto, 14 ta, 10 ta, 9 ta bola asrab olib parvarishlagan xonadonlar bo'ldi. 1943-yilning oxiriga kelib, 4672 ta bola shaharlarda, 870 bola qishloqlarda tarbiyaga olindi. 1941-1942-yillarda 106 ta bolalar uyida 12 ming bola tarbiyalanayotgan bo'lsa, 1945-yilga borib, viloyatlar va Qoraqalpog'iston Respublikasida 263 ta mehribonlik uyida 31300 nafar

11 Usmonov Q, Sodiqov M, "Ozbekiston tarixi" Toshkent - Sharq- 2010. 150-bet

12 Murtazayeva R, "Ozbekiston tarixi", Toshkent-2010-yil. "Akademiya" nashriyoti, 368-bet

574

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

1 ^

bola tarbiyalandi . Shubhasiz, bu statistikalar o'zbek millatining bag'rikeng ekanligini isbotlaydi.

Respublikamiz shaxarlari va qishloqlari axolisi bu yerga kelgan fuqarolarni mehmondo'stlik bilan qarshi oldi. Axoli ularga turar-joy berib, o'zi siqilib yashadi, ko'chib kelganlarni to'ydirish uchun oxirgi bo'lak nonini ham bo'lib berdi, ular uchun poyabzal, kiyim-bosh to'pladi. Qisqa muddat ichida Andijon viloyatiga 100 ming, Namangan viloyatiga 53600 kishi joylashtirildi14. Muhtaram yurtboshimiz aytganlaridek "O'sha og'ir yillarda, bir burda non tansiq bo'lgan yillarda, O'zbekiston urush tufayli uy-joysiz qolgan minglab oilalarga boshpana berdi, non berdi, qanchadan qancha yetim-yesirlarning boshini siladi. Xalqimizning insonparvarlik va olijanoblik fazilatlari tillarda doston bo'ldi"15. Insonparvarlik deyilganda, avvalo, yer yuzida yashovchi barcha odamlarga yaxshilik qilish, yordam ko'rsatish tushuniladi. Urush davrida bu xususiyatning muhimligi ko'chirib keltirish siyosati natijasida, ayniqsa, juda dolzarb bo'lib qoldi. O'zbek xalqi Vatanidan judo bo'lgan barcha xalqlarni o'z yaqini deb bildi, ularga qo'lidan kelgancha yordamini ayamadi.

Ko'chirib keltirilganlarga yordam berish maqsadida Farg'ona viloyatidagi "Birinchi may" qishloq xo'jalik arteli mehnatkashlarning tashabbusi bilan shaharlarga don, sabzavot, kartoshka, go'sht maxsulotlari ortilgan karvonlar yetkazib turdi. Farg'ona viloyatining mehnatkashlari 1942-yilda otaliqdagi gospitalni 80% yoqilgi bilan taminladilar16. Bu davrda yurtimizga o'n minglab yaradorlar keltirib davolandi. O'zbek millati ulardan ham yuz o'girmadi. Hattoki, boshqa hududdagi kasalxonlarga ham mahsulotlar jo'natildi. 1942-yilda Farg'ona viloyatining mehnatkashlari otaliqqa olingan kasalxonalarni 80 foiz yoqilg'i bilan ta'minladi. Bu juda katta natija bo'ldi. 1941-yil noyabrida Andijondan yarador jangchilar uchun 5 ming shishadan ortiq turli uzum vinolari, 7000 kilogramm quruq va ho'l mevalar, 2000 kilogramm guruch, 1800 kilogramm asal, ko'p miqdorda mayiz va tamaki

1 7

jo'natildi . Yana millionlab pul va qimmatbaho buyumlar Vatani sharafini mardona himoya qilayotgan yigitlar uchun yetkazib berildi.

13 Murtazayeva R, "O'zbekiston tarixi", Toshkent-2010-yil. "Akademiya" nashriyoti, 366-bet

14 Usmonov Q, Sodiqov M, "O'zbekiston tarixi" Toshkent - Sharq- 2010. 140-bet

15 Karimov I, "Vatan sajdagoh kabi muqaddasdi" Toshkent - "O'zbekiston"- 1996, 80—81-betlar

16 Jo'rayev M, Nurillin R, Kamolov S, Rajabova R, Golovonov A. "O'zbekistonning yangi tarixi" 2-kitob. Toshkent-2000 yil, "Sharq" nashriyoti, 454bet

17 Jo'rayev M, Nurillin R, Kamolov S, Rajabova R, Golovonov A. "O'zbekistonning yangi tarixi" 2-kitob. Toshkent-2000 yil, "Sharq" nashriyoti, 457-bet

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

NATIJALAR

1. Front orti masalasini gidromasala xususida ko'radigan bo'lsak, Farg'ona kanalining barpo etilishi natijasini hech qaysi sug'orilish inshootiga tenglashtirib bo'lmaydi. Umuman olganda, vodiyda asosiy suv tarmog'i Sirdaryo bo'lib, vodiyning shimoliy chekkasidan oqib o'tadi. Boshqa daryolarning aksariyati to'liq sug'orish uchun ishlatiladi va bir qancha yirik sug'orish kanallari, jumladan, Katta,

1 Q

Janubiy va Shimoliy Farg'ona kanallari mavjud .

2. Vodiyning yeri juda unumdor va meleorativ kompanentlar yetarli. Ming yillar davomida to'plangan tajribalar, ziroat texnikasi bobodehqonga ancha foyda olish imkoniyatini beradi. XX asrning 30-yillarida amalga oshirilgan jamoalashtirish tadbiri19 ushbu tizimni mutlaq barbod qildi. Hozirgi davrda esa bu tadbir asoratlari deyarli tugatilgan bo'lib, "Arzon turarjoylar" loyihasida qishloq xo'jaligiga ham alohida e'tibor berilgan. Xususan, qishloq xo'jaligini ish bilan taminlovchi doiraga kiritish holati bo'yicha 200 ming qo'shimcha mavsumiy va vaqtinchalik ish bilan

90

band qilish amalga oshirilmoqda.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

3. Vodiy azal-azaldan diniy tasavvurlar jihatidan juda chuqur talimotga ega bo'lgan. Biroq jahon urushi davrigacha mavjud bo'lgan vodiydagi 236 ta

91

qorixona lar soni bevosita kamaytirildi. Natijada aholi orasida manaviy kamsitilish rukni yaqqol namoyon bo'ldi. Urush davrida zarur bo'lgan insonparvarlik holatini ushlab turuvchi islom dinining o'rnini partokratik tizim o'z qo'lida tutishga intildi. Buning oqibati o'laroq, 1939-yilda Namangandagi ro'yxatda bo'lgan 99 ta masjiddan

99

atigi 3 tasi yashirin ravishda faoliyat ko'rsatib turgan. KPSS o'z ishini bir qancha so'zlar bilan oqlagan. Sovet jurnalida chop etilgan maqolada, rus muallifining ta'kidlashicha, Qur'on mo'minlarni sehrning har qanday turidan qochish haqida ogohlantirsada, aslida sehr va jodugarlik bilan singib ketgan.

4. Urush vodiy ish rejimini tubdan buzib tashlashga olib kelgan inqilobiy o'zgarishlarga olib keldi. Xususan, ishchi kuchining yetishmasligi va mahsulotlarni ham front, ham mahalliy buyurtmalar asosida amalga oshirilishi natijasida normal ish holatdan chiqildi. Yuqorida aytib o'tilganidek, ish vaqti 16 soatlab davom etdi.

5. Farg'ona aholisi urushga bor resurslarini berdi. Dunyo ibrat oladigan

18 https://www.britannica.com/place/Fergana-Valley

19 Usmonov Q, Sodiqov M, "Ozbekiston tarixi" Toshkent - Sharq- 2010. 98-bet

20 Mirziyoyev Sh, "Milliy taraqqiyot yolimizni qatiyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga kotaramiz" Toshkent -"Ozbekiston" -2017. 64-bet

21 Solmonov A, "Ozbekistonda sovet hokimiyatining diniy siyosati: uydirma va tarix haqida" Toshkent - "Tafakkur" -2015. 23-bet

22 Solmonov A, "Ozbekistonda sovet hokimiyatining diniy siyosati: uydirma va tarix haqida" Toshkent - "Tafakkur" -2015. 155-bet

23 https://www.readex.com/blog/religion-and-atheism-ussr-selected-highlights-recently-released-jprs-reports

576

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

baynalmilallikni ham namoyish etdi. 1942-yil yanvar oyida "Ota-onasiz qolgan bolalarni joylashtirish to'g'risida" gi qaror qabul qilindi. Sovet Armiyasi askarlari, Vatan urushi partizanlari va ota-onalari fashist bosqinchilaridan halok bo'lgan bolalar

9 A

uchun maxsus bolalar uylarining bir qanchasi vodiyda yaratildi.

MUNOZARA

Farg'ona vodiysi urush davrida barcha jabhalarda qiyinchiliklarni boshdan kechirdi. Shu manoda bahslashishga majbur etadigan ko'plab masalalar kelib chiqadi. Chunonchi, quyidagi jihatlarni hisobga olish muhimdir:

- Urushning dolzarbligini hisobga olib qilingan bazi tadbirlar pirovardida salbiy natijalarga olib kelgan. Vodiyda aholi soni kamayib ketgan. Bu keyingi yarim asrlik mintaqa rivojiga aks tasir etgan. Hozirgi kunda vodiy aholisi sezilarli o'sishga erishdi. 2020-yil 1-aprel holatiga 3766,0 ming kishini tashkil etib, 2019-yilning

9 S

yanvar-mart oylariga nisbatan 70,4 ming kishiga yoki 1,9 foizga o'sgan.

- Evakuatsiya natijasida hamda mehnat sharoitlarning yomonlashuvi oqibatida turli band bo'lmagan ish o'rinlari vujudga keldi. Xususan, Andijon parovoz deposida 120 dan ortiq xotin qizlar frontga ketgan o'z otalari, akalari va yerlarining o'rniga ishga kirib mardonavor mehnat qildilar.26

- Diniy tasavvurlarning taqib etilishi salbiy oqibatlari keyinchalik mutlaq hisobga olinmadi. Bu esa, manan zo'riqishga va o'zbek millatining o'z mentalitetidan chekinishiga olib keldi. Umuminsosiy, milliy va diniy qadriyatlarimizga bepisandlik bilan qarash holatlariga qarshi kurashning metodologik

97

asoslarini shakllantirishimiz lozimligi masalasi istiqlol davrida ko'zga tashlandi.

- Bu davrdagi yuksak baynalmilallik o'zbek millatining haqiqiy jasoratini dunyoga tanitdi. Biroq mamuriyatchilikning yuqoriligi ayni shu ko'rsatkichlarni ham kamaytirib yubordi. Xalqning aniq maqsad sari harakat qilishi, davlatmand bo'lishi, baxtli bo'lib izzat-hurmat topishi, jahongir bo'lishi yoki zaif bo'lib xorlikka tushishi, baxtsizlik yukini tortishi, e'tibordan qolib, o'zgalarga tobe yoki qul bo'lishi ularning o'z ota-onalaridan bolalikda olgan tarbiyalariga bog'liq. Biz ana shunday tarbiyadan

98

mahrum bo'lgan edik bu davrda.

24 https://minikar.ru/uz/pritchi/nekotorye-pravovye-osobennosti-usynovleniya-v-sssr-chto/

25 https://farstat.uz/uploads/press20/DM-PR-UZ-03-2020. 1-bet

26 https://milliycha.uz/ikkinchi-jahon-urushi-yillarida-ozbek-xalqining-fashizm-ustidan-qozonilgan-galabaga-qoshgan-hissasi/

27 Mirziyoyev Sh, "Ezgulik va bunyodkorlik - milliy g'oyamizning poydevoridir" Toshkent - "Tasvir" - 2021. 30-bet

28 Mirziyoyev Sh "Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta' minlash - yurt taraqqiyoti va farovonligining garovi" Toshkent -"Ozbekiston" - 2017. 22-23-bet

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 7

educational, natural and social sciences ÎV ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ~ ASI Factor = 1.7

XULOSA

Urush davri butun dunyo boshiga 110 millionlik safarbarlik va 65 millionlik

9Q

o'lim olib keldi . Shu bilan bir qatorda barcha xalqlar matonati va aqidasi mustahkamligini sinadi.

O'zbek xalqi boshiga tushgan musibatlar ichida eng dahshatlisi ko'plab vatandoshlarining o'zga tuproqlarda o'lim topishi bo'ldi. Chunonchi, vodiy yigitlarining minglarchasi ona Vatan uchun o'z jonini fido qilgan edi. Bular qatorida Farg'ona viloyati Rishton tumani Oqyer qishlog'idan Mamadali Topiboldiyev, Beshariq tumani Shavardi qishlog'idan Ahmadjon Shukurov, andijonlik mergan qiz Zebo G'aniyevalarni e'tirof etish joiz.

Urush davridagi mehnat safarbarligi tizimida harbiy frontdan kam bo'lmagan jiddiy sharoitlarda xizmat qilgan farg'onaliklar ham alohida mavqega loyiqdir.

Ikkinchi jahon urushida o'zbek xalqi fashizm ustidan qozonilgan g'alabaga o'zining munosib hissasini qo'shdi. 120 ming o'zbekistonlik jangchilar, jumladan, 70 ming o'zbek yigit va qizlari orden va medallar bilan mukofotlandi. 300 ga yaqin askar va komandirlar Qahramon unvoniga sazovor bo'lishdi, ularning 75 nafari o'zbeklardir. 32 nafar o'zbekistonlik jangchi uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan

•5Л

mukofotlandi.

Farg'ona vodiysi O'zbekistonning eng aholi zich yashovchi va ijtimoiy zahirasi davlat balansida muhim o'rin egallovchi mintaqadir. XX asr o'rtalarida bo'lib o'tgan Ikkinchi jahon urushi davomiyligida va urush asoratlarini bartaraf etish ishlarida ham bu yaqqol ko'zga tashlanadi. Xullas, yurtimizning muhim markazlaridan biri bo'lgan Farg'ona vodiysi o'z ahamiyatini urushlar silsilasida ham saqlab qola oldi.

REFERENCES

1. Mirziyoyev Sh, "Ezgulik va bunyodkorlik - milliy g'oyamizning poydevoridir" Toshkent - "Tasvir" - 2021 // Mirziyoyev Sh., "Virtue and creativity are the foundation of our national idea" Tashkent - "Tasvir" - 2021

2. Mirziyoyev Sh "Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini taminlash - yurt taraqqiyoti va farovonligining garovi" Toshkent -"O'zbekiston" - 2017 // Mirziyoyev Sh."Rule of law and ensuring human interests - a guarantee of the country's development and well-being" Tashkent - "Uzbekistan" - 2017

3. Mirziyoyev Sh, "Milliy taraqqiyot yo'limizni qafiyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz" Toshkent - "O'zbekiston" -2017 // Mirziyoyev Sh., "We will

29 Ergashev Sh, Xodjayev B, Abdullayev J, "Jahon tarixi" Toshkent-"Turon-Iqbol"-2017, 73-bet

30 Usmonov Q, Sodiqov M, "O'zbekiston tarixi" Toshkent - Sharq- 2010. 182-bet

578

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

resolutely continue our path of national development and raise it to a new level" Tashkent - "Uzbekistan" - 2017

4. Karimov I, "Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir" Toshkent - "O'zbekiston"-1996 // Karimov I, "The motherland is as holy as a shrine" Tashkent - "Uzbekistan" -1996

5. УзР ПДА ФВБ

6. Usmonov Q, Sodiqov M, "O'zbekiston tarixi" , Sharq- 2010 // Usmanov Q, Sodikov M, "History of Uzbekistan", Sharq- 2010

7. Shamsutdinov R, Karimov SH, Hoshimov S, Ubaydullayev O', "O'zbekistonning eng yangi tarixi" Toshkent-2000. "Sharq" nashriyoti // Shamsutdinov R, Karimov SH, Hoshimov S, Ubaidullayev O', "The newest history of Uzbekistan" Tashkent-2000. "Sharq" publishing house

8. Murtazayeva R, "O'zbekiston tarixi", "Akademiya" nashriyoti, Toshkent-2010-yil. // Murtazayeva R, "History of Uzbekistan", "Akademiya" publishing house, Tashkent-2010.

9. Jo'rayev M, Nurillin R, Kamolov S, Rajabova R, Golovonov A. "O'zbekistonning yangi tarixi" 2-kitob. Toshkent-2000 yil, "Sharq" nashriyoti // Jorayev M, Nurillin R, Kamolov S, Rajabova R, Golovonov A. "New history of Uzbekistan" 2nd book. Tashkent-2000, "Sharq" publishing house

10. Oblomurodov N, Xazratqulov A, Tolipov F, Tursunov N, "O'zbekiston tarixi" Toshkent-2011 // Oblomurodov N, Hazratkulov A, Tolipov F, Tursunov N, "History of Uzbekistan" Tashkent-2011

11. Solmonov A, "O'zbekistonda sovet hokimiyatining diniy siyosati: uydirma va tarix haqida" Toshkent - "Tafakkur" - 2015 // Solmonov A, "The religious policy of the Soviet government in Uzbekistan: about fiction and history" Tashkent -"Tafakkur" - 2015

12. Usmonxo'jayev V, Kuzmin M, "Usmon Yusupov nomidagi Katta Farg'ona kanali" Toshkent-1972 // Usmonkhojayev V, Kuzmin M, "Big Fergana Canal named after Usman Yusupov" Tashkent-1972

13. Ergashev Sh, Xodjayev B, Abdullayev J, "Jahon tarixi" Toshkent-"Turon-Iqbol"-2017 // Ergashev Sh, Khodjayev B, Abdullayev J, "World History" Tashkent-"Turon-Iqbal"-2017

14. aniq.uz, https://aniq.uz/yangiliklar/katta-fargona-kanali-nomi-usmon-yusupov-nomli-katta-fargona-kanali-ga-uzgartiriladi

15. https://www.britannica.com/place/Fergana-Valley

16. https://www.readex.com/blog/religion-and-atheism-ussr-selected-highlights-

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

recently-released-jprs-reports

17. https://minikar.ru/uz/pritchi/nekotorye-pravovye-osobennosti-usynovleniya-v-sssr-chto/

18. https://farstat.uz/uploads/press20/DM-PR-UZ-03-2020.

19. https://milliycha.uz/ikkinchi-jahon-urushi-yillarida-ozbek-xalqining-fashizm-ustidan-qozonilgan-galabaga-qoshgan-hissasi/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.