Scientific Journal Impact Factor
O'ZBEK VA INGLIZ TILLARIDA KOMPRATIV IBORALAR Bobur Jo'rayevich Eshboltayev Termiz davlat universiteti lingvistika: o'zbek tili ta'limyo'nalishi 1-kurs
magistranti eshboltayevboburbek@gmail.com
Annotatsiya: Maqolada iboralarlarning turli tillar doirasida qiyosiy o 'rganish, ularning til va nutq bosqichlaridagi umumiylik va xususiylik dialektikasini yoritish tilshunoslikning dolzarb muammolaridan hisoblanadi. Iboralarni har ikkala til doirasida o'rganish, ularning semantik-grammatik va funksional stilistik xususiyatlarini ochib berish mazkur ishning dolzarbligini belgilaydi. Ma'lumki, iboralar til egasi bo 'lgan xalqning ma 'naviy madaniyati, urf-odati, kasbi, yashash sharoiti, intilishi, voqelikka munosabati bilan uzviy bog'liqdir. Iboralar obrazlilik va ekspressivlikni vujudga keltiruvchi muhim vositalar bo'lib, ular badiiy, siyosiy va publitsistik matnlarning ifodaviy ta 'sirchanligini oshirishga xizmat qiladi.
Kalit so'zlar: Ibora, qiyosiy ibora, frazeologik birlik, semantik tahlil, sinonim
ibora
Abstract: One of the topical problems of linguistics is the comparative study of expressions in different languages, their coverage of the dialectics of generality and specificity at the stages of language and speech. The study of phrases in both languages, the identification of their semantic-grammatical and functional-stylistic features determines the relevance of this work. It is well known that expressions are inextricably linked with spiritual culture, customs, professions, living conditions, aspirations and views of people who speak this language. Phrases are important tools for creating images and expressiveness, and they serve to enhance the expressive effectiveness offiction, political and journalistic texts.
Key words: phrase, comparative phrase, phraseological unit, semantic analysis, synonymous phrase.
Аннотация: Одной из актуальных проблем лингвистики является сравнительное изучение выражений в разных языках, охват их диалектикой общности и специфичности на стадиях языка и речи. Изучение фраз на обоих языках, выявление их семантико-грамматических и функционально-стилистических особенностей определяет актуальность данного произведения. Хорошо известно, что выражения неразрывно связаны с духовной культурой, обычаями, профессиями, условиями жизни, стремлениями и взглядами людей, говорящих на этом языке. Фразы являются важными инструментами для создания образов и выразительности, и они служат для
Scientific Journal Impact Factor
повышения выразительной эффективности художественных, политических и публицистических текстов.
Ключевые слова: фраза, сравнительное словосочетание, фразеологизм, семантический анализ, синонимическая фраза.
Tilshunoslikda o'zining alohida o'miga va salmog'iga ega soha -frazeologiya sohasi ham yangi bosqichga ko'tarildi. IboralaT til egasi hisoblangan xalqning ma'naviy madaniyati, urf-odati, kasbi, yashash joy va ta^ibi, intilishi, voqelikka munosobati bilan chambarchas bog'liqdir
Fгazeologizmlaг ixcham, ma'no jihatdan salmoqli til biriigi bo'lib, davг гuhiga mos keladi, chunki milliy qadгiyatlaг, uгf-odatlaг rivoj topib boгayotgan davгda so'zlovchidan har tomonlama ixcham, asosli, otoazli va ta'sirchan shaklda ifodalashni taqozo etadi.Quyida biz fгazeologizmlaг mohiyatini anglashga harakat qilib otamiz.
Jahon tilshunosligida frazeologik iboгalaгni o'гganish bo'yicha juda ko'plab tadqiqotlaT amalga oshiгildi. Ingliz va o'zbek tilshunosligida bu sohada talaygina ish^ yuzaga keldi. Shunga qaramay frazeologiya mustaqil lingvistik soha sifatida ikki til mateгiallaгi asosida qiyosiy o^ganishni taqazo etadi. Mazkrn- magistriik disseгtatsiyasi ingliz va o'zbek tilshunosligida frazeologik iboralaming uslubiy taгkiblanishi, matn taTkibidagi vazifalarini o'гganish sohasidagi ish^ siгasiga kiгadi.
Iboгalaг kelib chiqishi jihatidan juda qadimiy bo'lsa-da, frazeologiya fani qariyb ikki yuz yillik tarixga ega [2; б].
F^eologiya ilmining asoschisi shveytsaгiyalik olim Shari Ballidiг. U o'zining 'Transuz stilistikasi" (1909) nomli asaгida so'z biriashishlari, ya'ni frazeologik biгliklaгni tadqiq etuvchi maxsus bob^ kiгitgan. Feгdinand de Sossyrn- esa sintagma, uning belgilari haqida o'z qaгasЫaгini bayon etgan. Tilda shunday tayyoг biгliklaг bo^i, ulaming lisoniy tabiati ma'nosi va sintaktik xususiyatidan kelib chiqadi, bunday ЫгНШг tayyoг holda an'anaga ko'ra qo'llanadi, degan edi [ 9;66].
F^eo^iya tilshunoslikning keyingi taгaqqiyotida tez rivojlangan sohalaгdan biгidiг. Rus va ingliz tilshunosligida frazeologiya ancha oldin o^ganila boshlangan bo'lsa, o'zbek tilshunosligida bu sohaning sistemali гavishda tadqiq etilishi o'tgan asming 40-70 yillariga to'g'гi keladi. Bu davгda Sh.Rahmatullayev(1969), G.A.Bayгamov (1970), G.X.Axunzyakov(1974), V.G.Uгaksin (1975),
KIRISH
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Scientific Journal Impact Factor
L.K.Bayramova (1983), M.F.Chernov (1986)larning doktorlik dessertatsiyalari frazeologizmlarning tadqiqiga bag'ishlangan.
Shuningdek, bir qancha olimlarning monografiya, darslik va o'quv qo'llanmalari nashr qilinib, frazeologiyaning rivojlanishiga muhim hissa qo'shdi. Sh.Raxmatullayevning "O'zbek frazeologiyasining ba'zi masalalari" nomli monografiyasida tildagi frazeologik iboralarni lug'aviy birlik sifatida o'rganishni asosladi.
Jahon tilshunosligida frazeologizmlar keng va tor ma'noda tushuniladi. Frazeologiyani keng ma'noda tushunuvchi olimlar uning tarkibiga maqolalar, matallar, aforizmlarni kiritadilar[7; 10], tor ma'nodagi frazeologiya tarafdorlari esa frazeologik birliklarni ko'chma ma'noli turg'un birikmalarni o'rganish bilan cheklanadilar[11;35].
V.V.Vinogradov rus frazeologizmlari klassifikatsiyasini ingliz frazeologizmlariga ham joriy etgan. Uning frazeologizmlar tasnif usuli ba'zi hozirgi zamon tilshunoslariga ma'lum bo'lmasada, bu usul semantic printsipga asoslangan birinchi tasnif usulidir [9;34]. G.V.Antrushina shuni ta'kidlaydiki, frazeologizmlarda semantic tasnif muhim sanaladi [27;31].
Frazeologizmlar ma'nosi uning tarkibiy qismlarining ma'nolaridan qanchalik ko'p farq qilsa, semantik birikuv darajasi shunchalik yuqori bo'ladi. V.V.Vinogradov frazeologizmlarni uch sinfga tasniflaydi:
1. Frazeologik chatishmalar (phrazeological fusions).
2. Frazeologik qo'shilmalar (phraseological units).
3. Frazeologik birikmalar (phraseological collections or combinations).
Frazeologik chatishmalar - komponentlarining ma'nosi butun birikmalar ma'nosiga aloqador frazeologizmlardir. Frazeologizmlarning birinchi guruhi komponentlarining ma'nolari butun birliklarining ma'nolariga aloqador bo'lmagan birliklardir.
Masalan: heavy father - teatr asaridagi asosiy rol; to kick the bucket -o'lmoq; red tape - byurokratik metod kabi frazeologizmlar yaxlit holda bir ma'no beruvchi frazeologizmlardir.
Frazeologik chatishmalar ma'nosi butunlay o'zgargan so'z birikmasidir. Ammo frazeologik qo'shilmalardan farqli o'laroq ularning ma'nolari tarkibiy qismlarining ma'nolaridan anglashilmaydi.
Frazeologik qo'shilmalar ma'nosi bir butun frazeologizmning frazeologik ma'nosidan anglashiladigan frazeologizmlardir. Metaforaga asoslangan ma'no
Scientific Journal Impact Factor
ko'chish aniq va oydindir. Frazeologik qo'shilmalaming leksik komponentlari en g turg'un iboralar hisoblanadi.
Masalan: to look a gift horse in the mouth ( to eramine a person critically; to find fault with smth one gained without effort); to ride the high horse (to behave in a superior, haughtily, overbearing way); a big bug (a person to importance); to fish out of water (a person situated uncomfortably outside his usual or proper environment).
Bu tasniflar frazeologik birikmalarning funksional-uslubiy xususiyatlarini tadqiq etish, shu asosda frazeologik lug'atlar tuzish, ularni nutqni ixcham va jozibali bayon etishda foydalanish yo'l-yo'riqlarini belgilaydi. Frazeologik birikmalarni ingliz va o'zbek tillarida qiyosiy o'rganish madaniyatimiz qadriyatlarini o'zga xalq madaniyati, urf-odatlarini o'rganish bilan chog'ishtirish, uni yana yuksak pog'onaga ko'tarishni davr taqozo etmoqda.
Xulosa qilib aytganda, O'zbek va ingliz tillaridagi frazeologik iboralaming qiyosiy - tipologik tahlil qilish quyidagi xulosala^a olib keldi: Ikkala tilda ham frazeologik ibora^ semantik xususiyatlaгi va ma'no turiariga ko'гa guгuhlarga ajratilishi ma'lum bo'ldi. Hoziгgi kunda bu soha bo'yicha keng kolamda ish olib borish davom etmoqda.
1. Yo'ldoshev B. O'zbek frazeologiyasi va frazeografiyasining shakllanishi hamda taraqqiyoti. - Samarqand. 2007.
2. Yo'ldoshev B. Frazeologizmlarning adabiy til normasi munosabatiga doir. - T.: O'TA. 1992. 3-4 son. 37-42 b.
3. Kunin A.V. Курс фразеологии современного английского языка. - М. 1986.
4. Kunin A.V. Англо-русский фразелогический словарь. - М. 1967.
5. Mamatov A. O'zbek tili frazeologizmlarining shakllanishi. - T. 1997.
6. Mamatov A. O'zbek tilida frazeologizmlarning shakllanishi masalalari. - T.: O'TA. 2001. № 3.
7. Mamatov A., Almamatova Sh. Farzeologik transpozitsiya va uni o'rganish haqida. Uslubshunoslik va frazeologizmning dolzarb mummolari. Ilmiy-nazariy konfirentsiya materiallari. - Samarqand. 2007. 68-70 b.
8. Mamatov A. O'zbek tili frazeologizmlarining shakllanishi masalalari. Dokt. diss. avtoref. - T. 1999. 50 b.
XULOSA
ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)