Научная статья на тему '“O’ZBEK TILINING FAZILATLARI VA OG’ZAKI NUTQ” MAVZUSINI O’RGATISHDA INTERFAOL METODLARDLARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI'

“O’ZBEK TILINING FAZILATLARI VA OG’ZAKI NUTQ” MAVZUSINI O’RGATISHDA INTERFAOL METODLARDLARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
4
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Og’zaki nutq / savodxonlik / yetuk / fikr / bayon etmoq / chiroyli so’zlash / savodxonlik / Oral speech / literacy / mature / thought / to express / beautiful speech / literacy.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Soatova D.A.

Ushbu maqolada innovatsion faoliyat ilmiy izlanishlar, ishlanmalar yaratish, tajriba-sinov, ishlari olib borish, fan-texnika yutuqlaridan foydalanish asosida yangi texnologik jarayon yoki yangi takomillashtirilgan mahsulot yaratishdan iborat iboran fikrlar ilgari surilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPORTANCE OF USING INTERACTIVE METHODS IN TEACHING THE SUBJECT “THE PROPERTIES OF THE UZBEKISTAN LANGUAGE AND ORAL SPEECH”

This article puts forward the idea that innovative activity is the creation of scientific research, development, experimentation, work, the use of scientific and technical achievements to create a new technological process or a new improved product.

Текст научной работы на тему «“O’ZBEK TILINING FAZILATLARI VA OG’ZAKI NUTQ” MAVZUSINI O’RGATISHDA INTERFAOL METODLARDLARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI»

Soatova D.A. filologiya fanlari nomzodi Jizzax politexnika instituti

"O'ZBEK TILINING FAZILATLARI VA OG'ZAKI NUTQ" MAVZUSINI O'RGATISHDA INTERFAOL METODLARDLARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI

Аннотация: Ushbu maqolada innovatsion faoliyat ilmiy izlanishlar, ishlanmalar yaratish, tajriba-sinov, ishlari olib borish, fan-texnika yutuqlaridan foydalanish asosida yangi texnologik jarayon yoki yangi takomillashtirilgan mahsulot yaratishdan iborat iboran fikrrlar ilgari surilgan.

Kalit so'zlar: Og'zaki nutq, savodxonlik, yetuk, fikr, bayon etmoq, chiroyli so 'zlash, savodxonlik

Soatova D.A.

Candidate of Philological Sciences Jizzakh Polytechnic Institute

THE IMPORTANCE OF USING INTERACTIVE METHODS IN TEACHING THE SUBJECT "THE PROPERTIES OF THE UZBEKISTAN

LANGUAGE AND ORAL SPEECH"

Abstract: This article puts forward the idea that innovative activity is the creation of scientific research, development, experimentation, work, the use of scientific and technical achievements to create a new technological process or a new improved product.

Keywords: Oral speech, literacy, mature, thought, to express, beautiful speech, literacy.

Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlaming mazmuni ham ko'p jihatdan kelajagimiz egalari - yoshlarning ilmiy salohiyatini oshirish, intellektual qobilyatlarini yuzaga chiqarish, ularni jahon taraqqiyotiga hamqadam va ma'naviy-ruhiy jihatdan etuk bo'lishlarini ifodalaydi. Albatta, ana shunday yetuk yosh avlodni tarbiyalashda ona tili ta'limining o'rni beqiyosdir. Ona tili ta'limining ustuvor vazifalaridan biri esa imloviy savodxonlik hamda so'zamollik va go'zal nutq egasi bo'lishligi masalasidir.

Ma'lumki, kishining o'z fikrini og'zaki va yozma nutq vositasida erkin va to'g'ri ifodalay olishi , imlo savodxonligiga ega bo'lishi yuksak madaniyat belgisi sanaladi. Qolaversa, chiroyli so'zlash va yoza olish qobiliyatining rivojlangan bo'lishi og'zaki nutqning to'g'ri shakllanishiga ham katta ta'sir ko'rsatadi. Imlo savodxonligining jamiyat taraqiyyotidagi muhim qirrasi bu -savodxonlikning milliy rivojlanish bilan bog'liq tomonidir. Aslida, chiroyli so'zlash va yozuv -milliy

iftixor ramzi, har qanday millatning rivojlanganlik darajasini ko'rsatib turuvchi vosita.

Shunday ekan biz o'z yozuvimizga, uning qonun-qoidalar asosida yozilishiga va aytilishiga doimiy e'tibor qaratishimiz lozim.

O'zbek tili dunyoning eng qadimiy va boy tillaridan biri hisoblanadi. Bu tilning keng imkoniyatlari qadimgi toshbitiklarda, Mahmud Koshg'ariyning "Devonu lug'atit-turk", Ahmad Yugnakiyning "Hibatul haqoyiq", Yusuf Xos Hojibning "Qutadg'u bilig" asarlari, Ahmad Yassaviy hikmatlari, Kaykovusning "Qobusnoma", Alisher Navoiyning "Xazoyin ul-maoniy", "Xamsa", Boburning "Boburnoma" asarlarida, Boborahim Mashrab, Ogahiy, Uvaysiy, Nodira kabi mumtoz shoirlarimiz va XX asrdagi adiblarimiz ijodida jilolanib turibdi.

Qadimgi sharq pedagogikasining ajoyib asarlaridan biri "Qobusnoma" da ham nutq odobi va madaniyati haqida ibratomo'z gaplar aytilgan bo'lib, ular hozir ham ma'lum darajada ahamiyatini yo'qotmagandir. U farzandini yoqimli, muloyim, o'rinli so'zlashga, behuda gapirmaslikka undaydi: "... yaxshi so'zlashga o'rgan va muloyim so'zlashdan boshqa narsani odat qilma, negaki qanday so'zni gapirishni istasang, til shuni gapiradi. So'zni o'z joyida so'zla, joyida aytilmagan so'z, agar u yaxshi so'z bo'lsa ham yomon ko'rinadi" [KangtiK030Ba 2024]. Kaykovusning notiq so'zning ma'nolarini har tomonlama o'rgangan bo'lishi kerak, deb hisoblaydi.

Til - boy tariximiz, hayotbaxsh qadriyatlarimiz, din-u diyonatimiz, xalqimizga xos dunyoqarashni ko'rsatuvchi ko'zgu, ajdodlar merosini avlodlarga yetkazuvchi vositadir. Shuning uchun ham o'z tilini yo'qotgan millat o'zligidan mahrum bo'ladi, manaviy inqirozga uchraydi. Mana shunday holat sobiq SSSR davrida ona tilimiz - o'zbek tili hayotida sodir bo'ldi. Ona tilida ariza yozish, majlis olib borish, rasmiy idora vakillari bilan muomala qilish qariyb unitila boshlangan edi. Sevimli adibimiz Erkin Vohidov "Davlat tili haqida"gi qonun muhokamasi jarayonida matbuotda achchiq bo'lsa-da, quyidagilarni chin dildan, kuyunib ochiq-oydin aytdilar: "Hozirda vaziyat shundayki, O'zbekistonda o'zbek tilini bilmagan odam bemalol hayot kechirishi mumkin. Uni o'rganishga ehtiyoj yo'q. Lekin rus tilini bilmagan odamga hamma eshiklar berk. Nuroniy onaxon hokim tilni bilmagani uchun nafaqa masalasida ijrokom xodimi bilan muomala qilolmaydi. Uyiga o't tushgan o'zbek o't o'chiruvchiga mahallasi qayerdaligini tushuntirolmaydi, "Tez yordam"ga qo'ng'iroq qilib bolasining dardini anglatib gapirolmaydi" [Boxuaob]. Ha, o'zbek tili dunyoning eng boy tillaridan biri bo'lsa-da, lekin totalitar tuzum davrida baxtsiz bir tilga aylanib ulgurgan edi.

Ta'lim tizimini modernizatsiyalash yo'liga o'tayotganligi munosabati bilan O'zbekistonda o'qitishning yangi samarador uslublarini izlash amalga oshirilmoqda.

Ma'lumki, bizda hozirda ikki tillik jarayoni davom etmoqda. Albatta bu hol jamiyatning imlo madaniyati hamda jamiyat a'zolarining umumiy imlo saviyasiga o'z ta'sirini o'tkazmoqda.

Ta'lim innovatsiyalari ta'lim sohasi yoki o'quv jarayonida mavjud muammoni yangicha yondashuv asosida echish maqsadida qo'llanilib, avvalgidan ancha samarali natijani kafolatlay oladigan shakl, metod va texnologiyalar sanaladi.

Innovatsion faoliyat ilmiy izlanishlar, ishlanmalar yaratish, tajriba-sinov, ishlari olib borish, fan-texnika yutuqlaridan foydalanish asosida yangi texnologik jarayon yoki yangi takomillashtirilgan mahsulot yaratishdan iborat [Абдувахобова 2017].

Innovatsion faoliyat pedagogning ruhiy, aqliy, jismoniy kuchini ma'lum maqsadga yo'naltirish asosida nazariy bilim, amaliy ko'nikma va malakalarni egallash, amaliy faoliyatni nazariy bilimlar bilan to'ldirib borish, bilish, loyihalash, kommunikativ nutq va tashkilotchilik mahoratini rivojlantirishni talab etadi.

Eng ommaviy interfaol ta'lim texnologiyalari quyidagilar sanaladi: l.Interfaol metodlar: "Keys-stadi" (yoki "O'quv keyslari"), "Blits-so'rov", "Modellashtirish", "Ijodiy ish", "Munosabat", "Reja", "Suhbat" va b.

2. Strategiyalar: "Aqliy hujum", "Bumerang", "Galereya", "Zig-zag", "Zinama-zina", "Muzyorar", "Rotatsiya", "T-jadval", "Yumaloqlangan qor" va h.k.

3. Grafik organayzerlar: "Baliq skeleti", "BBB", "Konseptual jadval", "Venn diagrammasi", "Insert", "Klaster", "Nima uchun?", "Qanday ?" va b.

Ta'lim tizimining modernizatsiyalash yo'liga o'tayotganligi munosabati bilan O'zbekistonda o'qitishning yangi samarador uslublarini izlash amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunda mamlakatimizda talabalarning o'quv va ijodiy faolliklarini oshiruvchi, ta'lim-tarbiya jarayonining samaradorligini kafolatlovchi pedagogik texnologiyalarni qo'llashga doir katta tajriba to'plangan bo'lib, bu tajriba asosini interfaol metodlar tashkil etmoqda. Bunday metodlar Oliy ta'limda nolisoniy guruh talabalarining og'zaki nutqini o'stirishda, tezda fikrlay olishi va fikrini ravon bayon etishida juda qo'l keladi. Bu hozirgi davr yoshlarining so'zamol,notiq bo'lib yetishishining asosiy shartidir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Jamolxonov H. Hozirgi o'zbek adabiy tili. 2005. - T.: "Talqin" - B. 250

2. Кадырова, М. К., Абдувахобова, Д. Э., Эшмурадов, О. Э., Расулов, Б. У, & Абдукадырова, Н. Х. (2017). Поведение человека в трудных ситуациях. In Актуальные вопросы современной психологии (pp. 17-20).

3. Абдувахобова, Д. (2022). Взаимоотношения подростка со сверстниками: умеет ли он дружить?. Innovations in technology and Science Education, 1(1), 7079.

4. Абдувахобова, Д. Э., & Калдыкозова, С. Е. (2024). СТРЕМЛЕНИЕ К «ВЗРОСЛЫМ» ФОРМАМ УЧЕНИЯ В ПОДРОСТКОВОМ ВОЗРАСТЕ. Gospodarka i Innowacje., 44, 122-128.

5. Абдувахобова, Д. Э., & Зияева, М. Ф. (2021). Таълим жараёнида маънавий-маърифий ишларини самарали ташкил этиш йуллари, шакл, метод ва воситалари: Образование и инновационные исследования международный научно-методический журнал, (7), 180-185.

6. Кадырова, М. К., & Абдувахобова, Д. Э. (2016). Особенности периода взросления подростка. Молодой ученый, (3), 999-1002.

7. Абдувахобова, Д. Э., Кадырова, М. К., & Хужакова, Н. Й. (2015). Познавательные мотивы подростка в процессе обучения. Молодой ученый, (7), 674-678.

8. Абдувахобова, Д. Э., Кадырова, М. К., & Эрназарова, Ш. Н. (2014). Психологические особенности обучения в процессе образования. Молодой ученый, (8), 912-914.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.