Ona tili darslarida nutqni rivojlantirish usullari
Muqaddasxon Ergashevna Usmanova Andijon viloyati, Andijon tumani, 52-maktab
Annotatsiya: Ona tili darslariga qo'yiladigan asosiy talab o'quvchilaming og'zaki va yozma savodxonligini oshirish, to'g'ri, ravon, ta'sirli va mazmundor so'zlash va yozishga o'rgatishdan iborat. Maqolada shu mazmundagi, ya'ni o'quvchilarning nutqiga qo'yiladigan talablar va maktabda o'qituvchi tomonidan bajarilishi lozim bo'lgan ishlar yuzasidan takliflarva tavsiyalar berilgan.
Kalit so'zlar: nutq, savodxonlik, nutq sharoiti, adabiiy talaffuz, mazmun
Methods of speech development in native language classes
Muqaddaskhan Ergashevna Usmanova Andijan region, Andijan district, School №52
Abstract: The main requirement for mother tongue classes is to improve students' oral and written literacy, to teach them to speak and write correctly, fluently, effectively and meaningfully. The article contains suggestions and recommendations regarding the requirements for students' speech and the work that should be performed by the teacher in the school.
Keywords: speech, literacy, speech context, literary pronunciation, content
Chiroyli so'zlashni, savodli, to'g'ri narsani, o'z fikrini savodli va aniq bayon etishni bilmagan o'quvchilar bilimlarni muvaffaqiyat bilan o'zlashtira olmadi. Har bir insonning nutqi chiroyli, mukammal, talaffuzi aniq va ravon bo'lsa, fikrlash doirasi keng, idrok qilishi ham teran bo'ladi. Nutq orqali odamzot o'zining ichki hissiyotlarini bayon qiladi, nutq esa barcha insonlarda ham bir xilda to'la tuzilishi yoki shakllangan bo'lavermaydi.
Inson nutq yordamida o'zining fikrlari, his-tuyg'ulari, istaklarini bayon etadi va boshqalarning fikrlari, his-tuyg'ulari, istaklarini anglab yetadi. Nutq og'zaki va yozma bo'ladi. Og'zaki nutq odatdagi so'zlashuv nutqi bo'lib, bu nutq ko'proq ohang va turli imlo-ishoralarga aloqadordir. Unda murakkab grammatik qurilmalar qo'shma gaplar deyarli qo'llanmaydi. Yozma nutq tuzish esa murakkabroq jarajon bo'lib, u o'quvchidan grammatik va mazmun jihatidan to'g'ri jumla qurishni, har bir so'zni o'z o'rinida to'g'ri qo'llashni, imlo va tinish belgilariga rioya qilishni talab etadi. Avvalo shuni qayd qilish lozimki, maktabda o'qitiladigan barcha o'quv fanlari
www.0penscience.uz / issn 2181-0842 724
o'quvchi nutqi ustida ishlashga qaratilgan bo'ladi. Ona tili fani esa bular orasida eng asosiy va muhim sanaladi. O'quvchining bilimi, dunyoqarashi rivojlana borgan sari, uning nutqi va tafakkuri ham muttasil o'sib boradi. Ravon, ixcham, ta'sirli nutq tinglovchiga huzur bag'ishlaydi. Maktabning asosiy vazifalaridan biri o'z o'quvchilarini ana shunday so'zlashga o'rgatishdir. Maktab o'qituvchilarining, birinchi navbatda, ona tili o'qituvchisining vazifasi o'quvchilar nutqidagi nuqsonlarning oldini olib, nutqini sheva ta'siridan, har xil so'zlar ta'siridan tozalash va adabiy til meyorlariga amal qilgan holda so'zlashga o'rgatishdir. O'quvchilar nutqiga qo'yiladigan asosiy talablar quyidagilardan iborat:
1. Nutqning nutq sharoitiga mosligi. Nutq sharoiti deganda nutq yaratilayotgan paytda so'zlovchi va tinglovchining sharoiti tushuniladi. Masalan, so'zlovchi bitta, tinglovchi ko'p bo'lsa, so'zlovchining baland ovozda to'xtam (pauza)larga rioya qilib, fikrni izchil va bir-biriga bog'liq ravishda bayon qilishi talab etiladi. Bunday nutqning o'ziga xos ko'rinishi o'quvchining nazariy masalalarni yoritish yoki uy topshiriqlarini bajarish jarayonidagi javoblarida, ma 'lum bir mavzuni sinfda, biror yig'inda ochib berishdagi nutqida o'z aksini topadi. Nutq sharoitining muhim tarkibiy qismlaridan biri so'zlovchining tinglovchilar saviyasini hisobga olishi hamdir.
2. Nutqning mazmundorligi. O'quvchi nutqi nutq sharoitiga mos tushsa hamda uning o'zi bilgan va xabardor bo'lgan voqea-hodisalarni og'zaki va yozma shakllarda bayon qilsagina mazmunli bo'ladi. Aniq dalillar, o'quvchining shaxsiy kuzatish yoki taassurotlari, his-tuyg'ulari asosida yuritgan fikrlari o'zgalar diqqatini o'ziga tortadi.
3. Nutqning mantiqan to'g'ri, aniq va izchil bo'lishi. Nutqda har bir fikr mantiqan asoslangan bo'lsagina, uning ta'sirchanligi ortadi. Bu har bir o'quvchidan narsa, voqea-hodisaga sinchkovlik bilan qarash, ularning har biriga to'g'ri baho bera olish, shu yo'l bilan nutqni muntazam va izchil qurish, uni isbotlay bilishni talab etadi. O'quvchi fikrni bayon etayotganda bir fikrni ikkinchisi bilan mantiqan to'g'ri bog'lay olishi, mavzuga aloqador bo'lgan asosiy fikrlarni ikkinchi darajali fikrlardan farqlay bilishi, qaytarilgan takror fikrlarga yo'l q'ymasligi kerak.
4. Nutqning boy va rang-barang bo'lishi. Nutqning boy va rang-barangligi, avvalo, fikrni bayon qilishda 'zbek tilining leksik imkoniyatlari: ma'nodosh, uyadosh va qarama-qarshi ma'noli so'zlardan, tasviriy ifoda va iboralardan, maqol va matallardan, ko'chma ma'noli so'zlardan, o'xshatish, sifatlash kabi badiiy til vositalaridan keng va o'rinli foydalanishda namoyon bo'ladi.
5. Nutqning grammatik jihatdan to'g'ri qurilgan bo'lishi. O'quvchi so'z, so'z birikmasi va gaplarni bir-biriga bog'lash, kelishik va egalik qo'shimchalarini o'rinli qo'llash, gapning ega va kesimini moslashtira bilish kabi malaka va ko'nikmalarga ega bo'lishi shart.
6. Nutqning ohangdor, ta'sirli bo'lishi.Ohang o'quvchi nutqining ta'sirchanligini oshirish vositasi sanaladi. O'quvchi har bir she'riy yoki nasriy asarni ohangdorlikka
www.openscience.uz / issn 2181-0842 725 [m^^^hl
amal qilgan holda, sintagmalarga rioya qilib, mantiqiy uuni to'g'ri qo'llab o'qishi zarur.
O'quvchilar nutqini o'stirishda quyidagi amaliy tadbirlar qo'llanadi:
1. Adabiiy talaffuzni har bir darsda o'rganiladigan qoidalarga bog'lab o'rgatish.
2. Boshqa fanlarni o'qitishda ham nutq o'stirishga e'tibor berish.
3. O'quvchi nutqidagi adabiiy tilga xos bo'lmagan dalillarni tushuntira bilish.
4. Fonetika o'qitishda aytilishi bilan yozilishi farq qiladigan tovushlar talaffuziga e'tibor berish.
5. Orfografik malakalarni mustahkamlashga oid darslar.
6. O'quvchilarni turli tadbirlarda va yig'inlarda chiqib so'zlashga odatlantirish.
7. She'riy va nasriy asarlardan parchalar yod oldirib borish. Maktabda yagona orfografiya va nutq rejimi maktab ma'muriyati va o'qituvchilar jamoasi oldiga o'quvchilarning savodxonligini oshirish, ularning og'zaki va yozma nutqini o'stirish ishida faol ishtirok etish vazifasini qo'yadi. Bunda savodxonlik va nutq madaniyatini o'stirishda yagona talab amalga oshiriladi.
Yuqorida keltirilgan usullar o'quvchilarning darsda faolligini oshirish bilan birga bilimlarni o'zlashtirish jarayonini yengillashtirish va mustahkamlash, nutq o'stirishga yo'naltirilgan har bir mashg'ulotni qiziqarli tashkil etishga xizmat qiladi. Jamiyatimizni erkinlashtirish g'oyasi bevosita ta'lim jarayonida o'z ifodasini topib, uni yangidan tashkil qilish va mazmunini o'zgartirish, yanada insonparvarlashtirish, ijtimoiylashtirish va demokratlashtirish asosida ta'minlanadi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta'kidlaganlaridek, "Havas qilsa arziydigan ulug' ajdodlarimiz bor. Havas qilsa arziydigan beqiyos boyliklarimiz bor va men ishonaman, nasib etsa, havas qilsa arziydigan buyuk kelajagimiz, buyuk adabiyotimiz va san'atimiz ham albatta bo'ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. M.Xayrullayev. O'zbek pedagogik antologiyasi. T.: «O'qituvchi» 1995 y
2. N.Ochilov. Muallim qalb mehmori. T.: «O'qituvchi» 2001 y .
3. Abdullayeva Q. Nutq o'stirish. - T.:O'qituvchi, 1980.66-bet
4. Muhiddinov A.G'. O'quv jarayonida nutq faoliyati. - T.: O'qituvchi, 1995. 78-bet
www.openscience.uz / issn 2181-0842
726