Научная статья на тему 'O‘ZBEK TILIDA MA’NO KO'CHISH USULLARI: METAFORA, METANOMIYA, SINEKDOXA, VAZIFADOSHLIK'

O‘ZBEK TILIDA MA’NO KO'CHISH USULLARI: METAFORA, METANOMIYA, SINEKDOXA, VAZIFADOSHLIK Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
43869
1328
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
metafora / metonomiya / sinekdoha / vazifadoshlik / korpus / meta / anoma / metaphore / sinekdohe / funksiyadoshlik. / metaphor / metonymy / synecdoche / function / corpus / meta / anoma / metaphor / synecdoche / function.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Shermamatova, S., Sobirova, Nilufarxon, Nazirova, Zeboxon

Bu maqola o‘zbek tilidagi ma’no ko‘chish uslublari, ularning turlari, tasnifi haqida ma’lumotlar berilgan va ularga misollar ham keltirilgan. Ma’no ko‘chish uslublari: metafora, metonimiya, sinekdoxa, vazofadoshlik haqida malumotlar berilgan va misollar bilan yanada chuqurlashtirib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

METHODS OF TRANSFERRING MEANING IN UZBEKI: METAPHOR, METANOMY, SYNECDOCHA, RESPONSIBILITY

This article provides information on the methods of migration in Uzbek, their types and classification, and examples of them. Meaning methods: metaphor, metonymy, synecdoche, vasofadism are given and examples are further deepened.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK TILIDA MA’NO KO'CHISH USULLARI: METAFORA, METANOMIYA, SINEKDOXA, VAZIFADOSHLIK»

om

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(4), April, 2023

O'ZBEK TILIDA MA'NO KO'CHISH USULLARI: METAFORA, METANOMIYA, SINEKDOXA, VAZIFADOSHLIK

S.Shermamatova

Farg'ona davlat universiteti, Ingliz tili va adabiyoti fakulteti o'qituvchisi, Nilufarxon Sobirova,

Zeboxon Nazirova Farg'ona davlat universiteti talabalari

ANNOTATSIYA

Bu maqola o'zbek tilidagi ma'no ko'chish uslublari, ularning turlari, tasnifi haqida ma'lumotlar berilgan va ularga misollar ham keltirilgan. Ma'no ko'chish uslublari: metafora, metonimiya, sinekdoxa, vazofadoshlik haqida malumotlar berilgan va misollar bilan yanada chuqurlashtirib berilgan.

Kalit so'zlar: metafora, metonomiya, sinekdoha, vazifadoshlik, korpus, meta, anoma, metaphore, sinekdohe, funksiyadoshlik.

ABSTRACT

This article provides information on the methods of migration in Uzbek, their types and classification, and examples of them. Meaning methods: metaphor, metonymy, synecdoche, vasofadism are given and examples are further deepened.

Key words: metaphor, metonymy, synecdoche, function, corpus, meta, anoma, metaphor, synecdoche, function.

KIRISH

"Qoshlari kamon, kipriklari o'q, lablari g'uncha, tishlari inju, oy yuzli, gulyuz, pariro'y bu kabi gozal so'zlarni faqatgina o'zbek adabiyotida ko'rishingiz mumkin. Chunki bu so'zlardan foydalanish bu kabi uslub o'zbek shoirlariyu, o'zbek yozuvchilariga hosdir.

So'zlarda ikki xil ma'no turi mavjud bo'lib. Birinchisi o'z ma'no, ikkinchisi esa ko'chma ma'no deb yuritiladi. Birinchi ma'no turiga keladigan bo'lsak, o'z ma'no so'zlarning yakka holda kelganda ham matn ichida kelganda ham bir manoni anglatsa bu o'z ma'noli so'z deyiladi. Agar yakka holdagi ma'nosi bilan matn ichidagi ma'nosi ikki xil bo'lsa unda bu so'z matin ichida ko'chma ma'noda qo'llanayotgan bo'ladi. Qanday qilib so'zning o'z ma'noda va ko'chma ma'noda qo'llanilayotganini topishimiz mumkin degan savolga biz shunday deb javob beramiz: bu juda onson matn ichidagi so'larni yakka holda qo'llab ko'ramiz bunda yuqorida aytganimizdek matn ichidagi so'z yakka holda kelganda ham matn ichida kelganda ham bir xil ma'no anglatsa o'z ma'noda qo'llanilayotgan yoki yakka holda boshqa ma'no

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

anglatsa ko'chma ma'noda qo'llanilaytogan bo'ladi. Buni sizga bir qancha misollar yordamida tushuntirib berishimiz mumkin. Misol uchun: "Sovuq niyyat qilma do'stim" degan gapdagi "sovuq" so'zini yakka holda qo'llab ko'ramiz "sovuq" so'zi havoga, suvga nisbatan o'z ma'noda qo'llaniladi. "Sovuq niyyat", "sovuq nafas", "sovuq bashara" bunday birikmalar bilan gaplarda kelganda "sovuq" so'zi o'z ma'nodan chiqib ko'chma ma'noda qo'llanilayotgan bo'ladi. "Bir sixga qornim to'yib qoldi" bu gapda esa "six" so'zini yakka holda qo'llab ko'ramiz "six" so'zi yakka holda qo'llanganda six ya'ni temir narsa buyun ma'nolarini anglatadi va u yiyiladigan narsa emas bu so'z ham yakka holda qo'llanganda va matn ichida kelganda ikki xil ma'nolarni anglatyapti va matn ichida ko'chma ma'noda qo'llanilyapti. Mana so'zlarning ikki xil ma'nosini o'z va ko'chma ma'nosini va uni qanday qilib topishni o'rganib oldik.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Bizga ko'chma ma'nodagi so'zlarni toping degan savollar, testlar abituriyentlik paytlarimizdan boshlab bizni qiynaydi. DTM testlarida ham bu kabi savollar kam emas, shuning uchun ham ko'chma ma'nodagi so'zlarni va ularning turlarini mustahkam qilib o'rganishimiz zarurdir.

1. METAFORA.

"Metafora - biror narsa yoki harakatni tushuntirish maqsadida ma'lum bir boshqa

obyekt xususiyatidan foydalanadigan adabiy tushuncha" - deb tariflaydi John Stephen.1

Keling o'rganadigan munosabatlarimiz qaysilar ekanini bilib olaylik:

1 Tashqi o'xshashlik munosabati.

2 Aloqadorlik munosabati.

3 Butun va qism munosabati.

4 Vazifadagi o'xshashlik munosabati.

Ma'no ko'chish usullari to'rt xil ular:

1 Metafora

2 Metonimiya

3 Sinekdoxa

4 Vazifadoshlik

Bular ma'no ko'chish usullarining ketma- ketligi. Bundan tashqari ma'no ko'chishining kinoya, tag ma'no degan turlari ham mavjud. Bular haqida esa to'rt xil usullari haqida ma'lumot berilgandan so'ng to'xtalib o'tamiz.

1 O'zbek tili stilistikasi.T.:O'qituvchi,1983,-B.246

om

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(4), April, 2023

1. Metafora- metaphora "ko'chirma" demakdir. Predmet, narsa, hodisalarning tashqi o'xshashiligiga, shakliy,ichki belgilariga asoslanib ma'no ko'chishiga metafora deyiladi. Ko'proq tashqi o'xshashlikka metafora deyiladi. Metafora usulida nom ko'chishi narsa va hodisalar o'rtasida nisbiy o'xshashlikka ko'ra bo'ladi va ularning rangi, shakli, harakati ikkinchi shunday predmet belgisi bo'lgan nomini oladi. Bu usul bilan ma'no ko'chishi uchun umumiy belgi tushuncha saqlanadi. Misol uchun "qora niyyat" bunda qora so'zida ma'no ko'chishi kuzatilyapti. Qora qalam bo'lganda o'z ma'no bo'lardi, qora rang bilan ichidagi yomon niyyatni o'xshatganligi sababli metafora usulida ma'no ko'chyapti.

Xususan, Arastu bu atamani keng ma'noda qo'llagan. Faylasuf o'zining "Ritorika" asarida quyidagi fikrni ifodalaydi: "Metafora yuksak darajada aniqlik, yoqimlilik va oxorlilik jozibasiga ega, undan o'rinli foydalanish nutqni bezaydi" Metafora ko'proq quidagilarga:

1. Odam tana azolariga (qo'l, oyoq, yuz, lab, tish, yelka).

2. Kiyimlar va ularning biror qismiga (yoqa, etak).

3. Hayvon, parranda va hashorotlarning biror azosi (qanot, dum, tumshuq, shox).

4. O'simlik va uning qismi (ildiz, tomir).

5. Qurollar (nayza, pichoq).

Masalan: Tog'ning etagidagi uy. Uyimiz daryo yoqasida.

2. METONIMIYA.

Metanomiya "meta"-qayta, "anoma"-nom deganidir.

Predmet narsa va hpdisalarning bog'lanishidan birining nomini ikkinchisiga ko'chirish tufayli yuzaga keladigan ma'no ko'chishi metonimiya deyiladi. Bunday ma'no ko'chishiga tashqi va ichki o'xshashliklar hissobga olinmaydi balki, so'z ma'nolarining bir-biriga bog'liqligi hissobga olinadi. Shunga ko'ra quidagi munosabatlarga bo'linadi.

l.in munosabati (ko'za, piyola, samovar).

Masalan to'ldirib qo'y qadahlarni yangrasin gulyor (qo'shiq).

2. Joy tashkilot so'zidagi doimiy aloqaga ko'ra (shahar, tashkilot).

3. Muallif bilan asari orasidagi aloqa.

Masalan Navoiyni o'qidim.

4. Boshqa hodisalar bilan uzviy aloqa orasida kelishi mumkin.

5. Tasir sababi munosabati

Bolalar uyning qivonchi

6. O'zining mazmuni uchin qita

Bir chashka iching

2 O'zME.Birinchi jild.Toshkent,2000-yil

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

7. Ramziy ma'noga ega bo'lgan belgi

Ular bayroqa sodiqlik qasamyod qildilar.

8. Hammasi uchun qism munosabati.

Jamoangizni to'rini himoya qiling.

9. Hammasi qism uchun.

Avtomobilni yuving.(korpusga murojat).

10. Siz foydalanadigan asbob.

Bu Parijdagi eng yaxshi chotka. (Rassomga murojat qilish).

Masalan o'n to'qqizga chiqasan bugun.

Metonimiya bilib olganingizdek aloqa yuzasidan ma'no ko'chish turi hissoblanadi. Bu ma'no ko'chish turini ham avvalgilardek avval ma'nosi ko'chgan so'zni topamiz so'ng u so'zni qanday ma'nosi ko'chganligini aniqlaymiz agar tashqi ko'rinishi o'xshash bo'lsa metafora, aloqa yuzasidan ma'no ko'chsa metonimiya bo'ladi.

3. SINEKDOXA.

Ma'no ko'chish usulining sinekdoxa turiga ham keldik. Sinekdoxa "sinekdohe" -birga anglamoq deganidir. Butun orqali qism, qism orqali butunni ifodalash asosida so'zlardagi ma'no ko'chish usuli sinekdoxa deyiladi. Masalan: "qo'limni kesib oldim" deganda qo'limni deb barmog'ini nazarda tutmoqda, barmoq qo'lning qismi bo'lganligi uchun ya'ni butun orqali qismni anglatmoqda, "tuyoqlarni ko'paytiramiz" bu gapda esa tuyoq deb hayvonlarni nazarda tutmoqda, tuyoq hayvonning qismi bo'lganligi uchun qism orqali butunni nazarda tutmoqda, yoki bo'lmasa "eshikka kirin mehmon bir chaqchaqlashamiz" bu gapda ma'nosi ko'chgan so'z "eshik" so'zi bo'lib, bu gapda "eshikka kirin" deb uyini nazarda tutmoqda. Eshik uyning qismi bo'lganligi uchun bunda ham qism orqali butun nazarda tutilmoqda.

Sinekdoxa quidagi munosabatlarga ko'ra ma'no ko'chadi.

1. Tana a'zolari orqali.

O'n qo'lingni og'zinga solma.

2. Kiyim va uning qismlari orqali.

Hisobida adashgan cho'ntagidan ayrilar.

3. Predmet, narsa, qurol.

Xamir uchidan patir.

4. Hayvon parranda tana a'zolari.

Qizilishton (qush), tulki (tulki terisi).

5. Daraxt va mevasi.

Namangonning oknasi hil hil pishibdi. ( qo'shiq).

4. VAZIFADOSHLIK.

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

Vazifadoshlik - funksiyadoshlik deganidir. Narsalar, buyumlar, predmetlarning vazifasi o'xshashiligiga asoslanib ma'no ko'chish turi vazifadoshlik deyiladi. Vazifadoshlik bilan metaforani faqrlab olish juda zarurdir. Misol uchun metaforada ham vazifadoshlikda ham narsalar, predmetlarning o'xshashligiga qaraladi, lekin metafora tashqi o'xshashlik bo'lsa vazifadoshlikda esa narsa, buyum, predmetlarning tashqi o'xshasbligiga emas balki faqatgina vazifasi o'xshashligiga qaraladi. Misol uchun: "stolning oyog'i qiyshayib qoldi" bu gapda ma'nosi ko'chgan so'z "oyog'" so'zi bo'lib inson oyog'i bilan stolning oyog'ini vazifasi bir xilligi uchun vazifadoshlik bo'ladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Aziza, O., & Sevara, S. (2023). INGLIZ TILI ME'YORIY TALAFFUZ STANDARTLARINI O 'QITISH MEZONLARI. Involta Scientific Journal, 2(1), 138-141.

2. Shermamatova, S., & Tursunova, M. (2022). THE WORK CURRENTLY BEING DONE TO IMPROVE THE QUALITY OF EDUCATION IS THEIR EFFECTIVENESS.

3. Shermamatova, S., & Odiljonova, M. (2023). O'ZBEK VA INGLIZ ADABIYOTIDA METAFORALARNING FOYDALANISH TAHLILI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(4), 91-97.

4. Shermamatova, S., & Umirjonova, S. (2023). INGLIZ VA O 'ZBEK TILIDA SINONIM SO 'ZLARNING QO 'LLANILISHI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(4), 98-104.

5. O'zbek tili stilistikasi.T. :O'qituvchi, 1983,-B.246

6. O'zME.Birinchi jild.Toshkent,2000-yil

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.