O'QUVCHILARDA MA'NO KO'CHISH HODISALARINI FARQLASH KO'NIKMASINI SHAKLLANTIRISH.
Davronova Gulbahor Yigitali qizi
Andijon viloyati Oltinko'l tumanga qarashli 35- umumta'lim maktabi ona tili va adabiyot fani oqituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7560131
Annotatsiya: Ushbu maqolada ma'no ko'chish hodisalarini o'rganishda maktab ta'limida duch kelinadigan ayrim muammolar, ma'no ko'chish turlarini farqlash, ularning ta'riflari va ularga oid mashqlar haqida so'z boradi.
Kalit so'zlar: ma'no ko'chish hodisasi,metafora,metonimiya,sinekdoxa, vazifadoshlik, farqlash ko'nikmasi, hosila sememasi, shakliy o'xshashlik, vazifaviy o'xshashlik, innovatsion metodlar.
FORMING THE SKILLS OF DISTINGUISHING THE PHENOMENA OF TRANSFER
OF MEANING IN STUDENTS.
Abstract: This article talks about some problems encountered in school education in the study of the phenomena of meaning transfer, distinguishing types of meaning transfer, their definitions and related exercises.
Key words: phenomenon of meaning transfer, metaphor, metonymy, synecdoche, task association, differentiation skill, derivative sememe, formal similarity, functional similarity, innovative methods.
KIRISH
Hayot sur'atlari tezlashib, bugungi kunimiz globallashayotgan bir paytda, o'quvchilarning ijodiy tafakkurini takomillashtirish, nutqini faollashtirish, fikrlarini ravon va mustaqil bayon qilish ko'nikmasini shakllantirish, savodxonlikni oshirishda leksikologiyaning, xususan, ma'no ko'chish hodisasini, uning turlarini va ularni qanday farqlash katta ahamiyatga egadir.
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
Maktab darsliklarida o'quvchilar "Leksikologiya"ning "Ma'no ko'chish hodisasi" mavzusiga kelganda ma'no farqlashga biroz qiynalishadi. Ularning o'ylantiradigan muammo o'z va ko'chma ma'nolardir. Biz bilamizki, ma'no ko'chish hodisasi quyidagilar:
1.Metafora
2.Metonimiya
3.Sinekdoxa
4. Vazifadoshlik
5.Kinoya
Darsliklarda, asosan, shu ma'no ko'chish turlari o'rgatiladi.Ushbu ma'no ko'chish hodisalarini ta'rifini keltirib o'tsak:
Metafora {gr.metophora-ko'chirish}, avvalo, nutq mexanizmi, biror leksema denonatatining tashqi, zohiriy o'xshashligi asosda boshqa ma'noni ifodalash uchun ishlatilishi1. Masalan: tog' etagi, yengil kuy, oltin kuz va h.k lar kabi.
1 Sayfullayeva R.R., Mengliyev B.R., Boqiyeva G.H., Qurbonova M.M., Yunusova Z.Q., Abuzalova M.Q. Hozirgi o'zbek adabiy tili. Toshkent, 2010._B.84.
Metonimiya {gr.metonymia- qayta nomlash}ifodalanmishlarning o'zaro bog'liqligi, aloqadorligi asosida bir ifodalovchining boshqa ifodalovchi uchun ishlatilishi2. Masalan: rentgen apparati. Fuzuliyni oldim qo'limga. Choyga o'tiring va h.k.
Sinekdoxa (gr. synekdoche - "nisbatlash") yo'li bilan hosil qilingan ko'chma ma'no deganda, biror narsaning nomi bilan uning biror qismini atash va, aksincha, biror narsaning qismi bilan u mansub butunni atash tushuniladi: 1. Besh qo'lini og'ziga tiqadi. 2. Ochildiboy tirnoqqa zor edi 3.
Vazifadoshlik - semema vujudga kelishining asosiy yo'llaridan biri. Vazifadoshlik asosida semema vujudga kelishi ham, metaforada bo'lgani kabi, o'xshashlikka asoslanadi. Biroq metaforada tashqi ko'rinishdagi o'xshashlikka asoslanilsa, vazifadoshlikda bajariladigan vazifaning o'xshashligi asosida yangi ma'no vujudga keladi. Masalan, dastlab kamonning paykoni o 'q deb atalgan. Miltiqkashf etilgach, uning porox to'ldirilgan pistonli gilzasi ham paykonniki kabi vazifa (ya'ni o'ldirish)ni bajarganligi bois o 'q deb ataladi4
Ushbu ma'no ko'chish hodisalarni Ra'no Sayfullayeva "Hosila sememalari" deb ta'kidlaydilar.
TADQIQOT NATIJALARI VA MUHOKAMA
Ma'no ko'chish hodisalaridan metafora va vazifadoshlikni farqlash biroz qiyinchilik tug'diradi. Masalan: "qozonning qulog'i" va "devorning qulog'i". Bu keltirilgan misollarda "qozonning qulog'i" metafora ma'no ko'chish turi bo'lib keladi. "Devorning qulog'i" esa vazifadoshlik ma'no ko'chish hodisasidir. Bir qarashda "devorning qulog'i " metafora ma'no ko'chish hodisasi deb o'ylaymiz. Ammo "devorning qulog'i" eshitish vazifasini bajarayotgani uchun bu vazifadoshlikdir. Masalan: "Devorning ham qulog'i bor". Bunda eshitish vazifasini, ya'ni "devor ortida kimdir bo'lishi mumkin, eshitib qoladi" , degan maqsadda vazifadoshlik bajaradi. "Qozonning qulog'i"da esa shakily jihatdan buyumga ma'no ko'chgan. Ya'ni insonning qulog'iga o'xshatilgan. Bularni matnda kelganda farqlay olish kerak.
Gap isbotida,o'quvchilarning ma'no ko'chish hodisasini ajratoladigan , fikrlash ko'nikmasini oshiradigan mashqlarga to'xtalib o'tamiz:
1. Inson ko'zi - daraxtning ko'zi - derazaning ko'zi. So'zning qaysi ma'no qirrasi ko'chayotganini toping.
2 Sayfullayeva R.R., Mengliyev B.R., Boqiyeva G.H., Qurbonova M.M., Yunusova Z.Q., Abuzalova M.Q. Hozirgi o'zbek adabiy tili. Toshkent, 2010._B.85.
3 Sayfullayeva R.R., Mengliyev B.R., Boqiyeva G.H., Qurbonova M.M., Yunusova Z.Q., Abuzalova M.Q. Hozirgi o'zbek adabiy tili. Toshkent, 2010._B.86.
4 Sayfullayeva R.R., Mengliyev B.R., Boqiyeva G.H., Qurbonova M.M., Yunusova Z.Q., Abuzalova M.Q. Hozirgi o'zbek adabiy tili. Toshkent, 2010._B.86.
Devorning qulog'i Qozonning qulog'i
Daraxtning ko'zi Derazaning ko'zi
2. Quyida keltirilgan gaplarda qanday ma'no ko'chish hodisasi yuz berayotganini toping va ularni ustunlarga joylashtiring.
1. Zal oyoqqa turdi. 2. Menga achchiq gap aytdi. 3. Daraxtning tomiri yuzaga chiqib qolibdi. 4. Besh panjangni og'zingga tiqma. 5. "Bobur"da tushaman. 6. Eshitgan quloq nima deydi? 7. Derazaning ko'zi sinibdi. 8. Uzoqdan mayin ovoz eshitilardi. 9. U bilan bo'lgan iliq munosabatlarini yodga oldi. 10. "Alisher Navoiy"da o'qiyman. 11. Qishloqda begona oyoqlar paydo bo'ldi. 12. Baquvvat Salim stolga o'tirganda, stolning oyog'i sinib ketdi. 13. Miyamni qatig'ini chiqara yozding. 14. "Afrosiyob" tez boradi. 15. Cho'loqqa achinish bilan qaradi. 16.Tirnoqqa zor. 17. "Jensi" keldi.
Metafora Metonimiya Sinekdoxa Vazifadsohlik
Derazaning ko'zi sinibdi.
"Alisher Navoiy"da o'qiyman
Menga achchiq gap aytdi.
Eshitgan quloq nima deydi?
Ma'no ko'chish hodisalarining uslubiy ahamiyati shundan iboratki, nutq jarayonida undan o'rinli foydalanish nutqimizni ta'sirchan va jozibali bo'lishiga sabab bo'ladi.
Namuna:
XULOSA
Xulosa o'rnida shuni aytishimiz kerakki, ma'no ko'chish yo'llari ilmiy jihatdan jahon va o'zbek tilshunoslari tomonidan hamin qadar o'rganilgan. Mana shu o'rganilgan nazariy ma'lumotlar asosida o'zbek tili o'qitishning asosiy maqsadidan kelib chiqib, ma'no ko'chishini ta'lim jarayonida o'quvchilarga tushuntirish, qo'llashni faollashtirish uchun ushbu mavzu bilan bog'liq bo'lgan innavatsion va interfaol metodlardan foydalanish, ularni ishlab chiqish va ta'lim jarayoniga tatbiq qilish kerak.
ADABIYOTLAR:
1. Sayfullayeva R.R, Mengliyev B.R, Boqiyeva G.H, Qurbonova M.M,
2. Azimova I. Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi .Toshkent: Hilol, 2020.
3. Berxanov A, Shamsiyev B. Hozirgi o'zbek adabiy tili uslubiy qo'llanma. Toshkent, 2016.
4. Jamolxonov H . Hozirgi o'zbek adabiy tili. Toshkent: Talqin, 2005.
5. Mirtojiyev M. O'zbek tili polisemiyasi. Toshkent: Fan, 2009.
6. Xo'jamberdiyeva Sh. Ma'no ko'chish turlarini o'qitish metodikasi// Toshkent, 2018.