Научная статья на тему 'ARAB TILIDAN O’ZLASHGAN ATAMALARNING LUG’AVIY-MA’NOVIY XUSUSIYATLARI'

ARAB TILIDAN O’ZLASHGAN ATAMALARNING LUG’AVIY-MA’NOVIY XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
14353
460
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Manba / leksik birliklar / leksik qatlam / affiks / leksema / noarxiak / lug‘aviy birlik / sema / monosemantik / autoavtonomiya / asl ma’no / ko‘chma ma’no. / Source / lexical units / lexical layer / affix / lexeme / noarchy / lexical unit / sema / monosemantic / autoautonomy / original meaning / figurative meaning.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Saidova, Sitora Sayfiddin Qizi

Hozirgi o’zbek tilining lug’at tarkibi, o’zbek tilining o’z qatlami va o’zlashgan qatlamlarining xususiyatlari, o’zbek tili tarkibiga arab tilidan kirgan leksemalar va ularning asl, hamda o’zlashma ma’nolarda qo’llanishi bundan tashqari ushbu leksema va iboralarning qo’llanish o’rni, ularning leksiksemantik xususiyatlari misollar asosida tadqiq etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

LEXICAL-SPIRITUAL FEATURES OF TERMS BORROWED FROM THE ARABIC LANGUAGE

The lexical structure of the modern Uzbek language, its own version of the Uzbek language and parts of the mastered layers, the lexicon of the Uzbek language in addition to the lexeme and the place of use of these lexemes and phrases, additional text. lexically-semantically studied on the basis of examples

Текст научной работы на тему «ARAB TILIDAN O’ZLASHGAN ATAMALARNING LUG’AVIY-MA’NOVIY XUSUSIYATLARI»

R 0#

ARAB TILIDAN O'ZLASHGAN ATAMALARNING LUG'AVIY-MA' NOVIY

XUSUSIYATLARI

d https://doi.org/10.5281/zenodo.6653681

Hozirgi o 'zbek tilining lug 'at tarkibi, o 'zbek tilining o 'z qatlami va o 'zlashgan qatlamlarining xususiyatlari, o 'zbek tili tarkibiga arab tilidan kirgan leksemalar va ularning asl, hamda o'zlashma ma'nolarda qo'llanishi bundan tashqari ushbu leksema va iboralarning qo'llanish o'rni, ularning leksik- semantik xususiyatlari misollar asosida tadqiq etilgan.

Kalit so zlar: Manba, leksik birliklar, leksik qatlam, affiks, leksema, noarxiak, lug'aviy birlik, sema, monosemantik, autoavtonomiya, asl ma'no, ko'chma ma'no.

Словарный состав современного узбекского языка, особенности его пластов и заимствований, лексемы, вошедшие в состав узбекского языка из арабского языка и их использование как в оригинальном, так и в заимствованном значении, а также место употребления этих лексем и выражений, их лексико - семантические особенности были исследованы на основе примеров.

Базовые слова и словосочетания: Источник, лексические единицы, лексический слой, аффикс, лексема, неархиак, языковая единица, сема, моносемантика, автоавтономия, исходное значение, переносное значение.

The lexical structure of the modern Uzbek language, its own version of the Uzbek language and parts of the mastered layers, the lexicon of the Uzbek language in addition to the lexeme and the place of use of these lexemes and phrases, additional text. lexically-semantically studied on the basis of examples.

Keywords: Source, lexical units, lexical layer, affix, lexeme, noarchy, lexical unit, sema, monosemantic, autoautonomy, original meaning, figurative meaning.

Saidova Sitora Sayfiddin qizi

SamDCHTI, magistranti

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

KIRISH

Hozirgi o'zbek tilining lug'at tarkibi o'zbek tilining uzoq yillar mobaynida butun taraqqiyoti davomida shakllangan hodisadir. Shu sababli undagi mavjud so'zlarning paydo bo'lish davri va kelib chiqish manbai (asosi) ham har xildir.

Umuman, har qanday til o'z lug'at tarkibi, va grammatik qurilishiga ega bo'ladi. Har bir til, asosan o'z lug'at boyligi va grammatik qurilishi asosida o'z taraqqiyot qonunlari bo'yicha shakllanib, o'sib, takomillashib boradi. Lekin xalqlar o'rtasidagi uzoq tarixiy davrlar mobaynida davom etadigan turli iqtisodiy, siyosiy, madaniy aloqalar bu xalqlarning tillariga ham, lug'at tarkibiga ham shubhasiz, o'z ta'sirini ko'rsatadi.

Natijada, aslida bir tilga xos bo'lgan fonetik, leksik va boshqa bir qator elementlar ikkinchi bir tilga o'tib, unga o'zlashib ketadi. Bunday o'zaro ta'sir qilish boshqa qatlamlardan ko'ra, ayniqsa, tilning leksik qatlamida kuchliroq bo'ladi va aniqroq namoyon bo'ladi.

O'zbek xalqi ham, shu qatorda, o'z rivojlanish tarixining turli davrlarida va bosqichlarida boshqa ko'plab xalqlar bilan o'zaro turli iqtisodiy, madaniy va siyosiy aloqada bo'lgan, hamda bu xalqlarning tili, shubhasiz, o'zbek tiliga ham ma'lum darajada o'z ta'sirini o'tkazmay qolmagan. Xususan, boshqa tillar leksikasidan o'zbek tili leksikasiga juda ko'plab so'zlar o'zlashganligini shu ta'sir orqali izohlashimiz mumkin. Natijada o'zbek tili lug'at tarkibida shu tilning o'ziga xos leksik qatlam bilan bir qatorda yana o'zlashgan leksik qatlam ham yuzaga kelgan.

O'zbek tilining lug'at boyligi so'zlar va iboralardan iborat. Uning bu boyligi hamma uchun umumiy bo'lib, hamma tomonidan birday qo'llanilishi mumkin. Bu boylik tilning tarixiy taraqqiyoti davomida to'plangan. Bu esa o'z navbatida, tilning tarixiy taraqqiyoti hisobiga ham, shu bilan birga boshqa turli xalqlar bilan ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy aloqalari davrida o'zlashtirgan leksik birliklari hisobiga ham amalga oshgan. Ana shu tarixiy jarayonlar nuqtai nazaridan qaralganda, hozirgi o'zbek tili lug'at boyligida ikkita yirik qatlam : o'z va o'zlashgan qatlam borligi ma'lum bo'ladi.

O'z qatlam deganda azaldan aslan faqatgina shu tilniki bo'lgan leksemalar va shular asosidagi yasalishlar, shuningdek, o'z affiks bilan boshqa til leksemalaridan yasalishlar tushuniladi.

O'z qatlamga oid so'zlarning tilda mavjudligi juda qadimga borib taqaladi. U Oltoy oilasidagi tilda so'zlashuvchi xalqlar ham ajralib ketishga ulgurmay, tillari hali yagona bo'lgan davrda yuzaga kelishni boshlagan.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Xalqaro munosabatlar, iqtisodiy, siyosiy, madaniy aloqalar taraqqiyoti va ularning soamaralari ana shu xalqlarning tillari leksikasida ham o'z ifodasini topgan bo'ladi. Bunday hodisalarning ahamiyatya va roliga bag'ishlangan son-sonoqsiz tadqiqotlar mavjud. Lekin shunga qaramay, bu boradagi bahs va qizgin munozaralar barham topmagan. Chunki so'z o'zlashtirish masalasida tilshunoslar hanuzgacha qat'iy to'xtamga kelganlari yo'q qariyb 300 yildirki, tillarning o'zaro ta'siri qonuniyatlarini o'rganish, ularning o'zlashgan tillardagi roli va funksiyalarini belgilash kabi bir qator masalalar dunyo tilshunoslari tomonidan o'rganilib kelinmokda.

O'zbek tili taraqqiyotida boshqa xalqlarning lisoniy ta'siri, xususan, leksik qatlamda yaqqol ko'zga tashlanadi. Ayniqsa, 90-yillardagi ijtimoiy-siyosiy o'zgarishlar tilga, uning leksikasiga ham o'z ta'sirini o'tkazdi. Natijada muayyan bir tillardan o'zlashgan so'zlarning mavqei pasayib, iste'moldan chiqdi, ularning o'rnida allaqachon istorizm va arxaizmga aylangan arabcha so'zlar yana ishlatila boshlandi. Masalan: hsj^ jumhuriyat, jamoat, ^l^ muxolif,^V* majlis, h^j

viloyat, sajj^ jarida, muallif, j^ noshir, noib, fuqaro,jl^ muxtor, 4jUjnohiya,^>> muassis, sjuj tijorat, shirkat, hokim, jjjj vazir va boshqalar.

Masalaga mazkur nuqtai nazar asosida yondoshilganda, o'zbek tili leksikasidagi arabcha so'zlarning barchasini o'zlashgan desak, xato bo'lmaydi. Chunki arab o'zlashmalarining deyarli barchasi o'zbek adabiy tilining fonetik va grammatik konuniyatlari ta'siriga beriladi, ayniqsa, ular turlanish sistemasida o'zbek tilining o'z so'zlari bilan teng maqomda ishtirok etadi, zero ular chin ma'noda o'zlashgan lug'aviy birliklardir.

O'zbek tili leksikasidagi ba'zi o'zlashmalar poetik jihatdan boshqacha qiyofaga kirib, ularning aslida arabcha so'zlar ekanligi unutiladi. Masalan, yorug'lik, chiroq ma'nolaridagi barq ¿j (so'zi) so'zi (barq urmoq) Fe'l yasovchi -i affiksini qabul qilgan va sof o'zbekcha so'zga aylangan. U r — l tarzidagi tovush o'zgarishi bilan (balqimoq) ishlatilganda, uning asli mutlaqo inkor etiladi va yasovchi asosi arabcha ekanligi sezilmaydi.

R.A.Budagov lug'aviy o'zlashmalarning o'z tildagi shakli bilan so'z qabul qilgan tildagi shakli 8 funksional qiymat bilan munosabatga kirishi haqida fikr bildiradi. Bu fikrni o'zbek tilidagi arabcha so'zlar tabiati ham to'la tasdiqlaydi. Xususan: a) arab tilida konkret ma'noda ishlatilgan lug'aviy birlik o'zbek tilida mavhum ma'no bildiradi (soxib (ega), ayyom (kunlar), mavj (to'lqin)); b) arab tilida

jins ma'nosida ishlatiluvchi so'z o'zbek tilida tur ma'nosida qo'llanadi: murabbo (murabbo, marmalad), ayol (bola-chaqa, oila-ayol(xotin), maraz (umuman kasallik, dard)-maraz (yaramas, razil inson); v) arab tilida bir ma'noda ishlatilgan so'z o'zbek tilida polisemantik xarakter kasb etadi (g'alayon, bisot); g) arab tilidagi otdan o'zlashgan ba'zi so'zlar o'zbek tilida uslubiy muqobiliga ega bo'lmaydi (anhor, anqo, araq, ariza, aruz); d) arab tilida noarxaik tavsifdagi lug'aviy birlik o'zbek tilida arxaiklashgan bo'ladi; (qozi, firqa, ishtirokiga, xikmat (fizika); o) arab tilida lug'aviy mustaqillikka ega bo'lgan so'z o'zbek tilida lug'aviy mustaqilligini inkor etadi (almisoq(dan beri), 6) arab tilida lug'aviy birlik ba'zan o'zbek tilida so'z tavsifida bo'ladi (lisoniy, lug'aviy, sifat, fe'l, taqriz); k) arab tilida so'z holida ishlatiluvchi birlik o'zbek tilida so'z birikmasi tarkibida qo'llanadi (nazar solmoq, avf etmoq, xayol surmoq, bahridan o'tmoq);

Biz ushbu maqolamizda arab madaniyati, tilining o'zbek tiliga qay darajada ta'sir etganini va bu ikki tilning aralashuvi natijasida o'zbek tilida yuzaga kelgan arabcha o'zlashma so'zlar, ularning o'zlashish tarixi haqida qisqacha o'z qarashlarimizni bayon etmoqchimiz. Arab tilidan o'zbek tiliga ko'plab so'zlar o'zlashganki, ularni turli sohalarga ajratib ko'rsatamiz. Masalan:

a) maktab va maorif sohasida: fit* - muallim, VLk- talaba, toliba, tolib,^j** -maktab, maorf<rJ** maktub^jt* ma'rifat, kitob,f& qalam,i^j* dars, ^j** mudarris,^3j* muallif- va boshqalar;

b) ilm-fanga va narsalar nomiga oid: j^l al-jabr - algebra, al- kimiya-alximiya, ^Vl adabiyot, riyozat,^*j* handasafalsafa, fj? nujum, va boshqalar;

v) harbiy va vatanparvarlikka oid: j^l j^l admiral (amir al baxr), askar, asliha, fj?* hujum, kit** mudofaa,&j^ josus - va boshqalar; g)tabiatga oid so'zlar: Shams(quyosh), qamar(oy), SjL^ Sayyora, ^l^^Osmon, al mas- olmos- va boshqalar;

Demak, arab tili va adabiyotining sharq xalqlari, jumladan, o'zbek xalqlari orasida keng ravishda tarqalishining o'zi muhim omillardan biridir. Islom mazhabi, arab tili va adabiyoti o'sha paytda ar Arab so'zlarining o'zbek tiliga kirib kelishi xilma - xil bo'lganligi singari uning semantik to'zilishidagi o'zgarishlar ham turlichadir. T.I.Rahmonov o'zining ilmiy ishida o'zlashma so'z semantik to'zilishi 3 xil vujudga kelishi haqida aytib o'tgan: l.So'z ma'nolarining kengayishi; 2.So'z ma'nolarining torayishi; 3.So'z ma'nolarining ko'chishi hodisasidir.

O'zlashma so'zlar semantik to'zilishidagi o'zgarishlarni quyidagicha tasnif qilinadi:

1. O'z ma'nosini saqlab qolgan o'zlashmalar;

2. So'z ma'nolarining kengayishi;

3. So'z ma'nolarining torayishi;

4. O'zlashmalaming umuman yangi ma'no kasb qilishi, ya'ni so'z ma'nolarining o'zgarishi va zidlashuvi. (Raxmonov 1994: 13 )

Filologiya fanlari nomzodi Fotih Abdullaev o'zining o'zbek tiliga o'zlashgan arabizmga bag'ishlangan tadqiqotlarida o'zbek tilida 55% foiz arab so'zlari borligini ta'kidlagan (Abdullaev 1945). Shuning uchun bo'lg'usi arabshunos mutaxassis uchun ona tilimizdagi ana shuncha ko'p arab so'zlarining asl ma'nolarini va ularning ko'chma, yangi ma'nolarga ega ekanligini bilishlari foydadan xoli emas.

O'zbek tilining izohli lug'ati tarkibida shunday o'zlashmalar mavjudki, ular o'zlashish jarayonida qanday semaga ega bo'lgan bo'lsa, o'zlashgandan so'ng ham faqat ana shu ma'noda qo'llaniladi. Bunday o'zlashmalarda ikki tilda ham ma'nolar tengligi hodisasi ko'zatiladi. Masalan, "jj^ mashhur" o'zlashmasining semantik to'zilishida shunday hodisani ko'zatish mumkin. Bu so'z arab tilida -mashhur, shuhratli, dong taratgan, taniqli ma'nosida keladi. O'zbek tili izohli lug'atida ham arabiy ma'nosining ayni o'zidir.

Masalan: "O'zbek oyim chala dumbo'l tabiatli bir xotin bo'lsa ham, ... eriga o 'tkirligi bilan mashhur edi." (A.Qodiriy."O'tkan kunlar")

Ikki tilda ham bir xil ma'noni anglatuvchi arabcha o'zlashma so'zlariga quyidagilarni kiritish mumkin: û^ botin, bois, Jáü boqiy, vojib,i^&1j voiz, S^lj volida, JUj vali, ^j vodiy, doim, joiz, JäIa johil, zolim, J^V loyiq, jjjmasrur, vj^a matlub, mahfiy, mavjud.

Tilga kiritilgan ba'zi so'zlar xalqning tabiatiga singmasa "o'gay" so'z bo'lib yuraveradi va u bir kun iste'moldan qoladi. XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida o'zbek tiliga -respublika» so'zi o'rniga -jumhuriyat», -rayon» so'zi o'rniga -nohiya», -vrach» so'zi o'rniga -hakim» kabi arabcha so'zlar olib kirildi, lekin ommaviy axborot vositalarida ishlatilgani bilan o'zbek tilining leksik tarkibiga singib keta olmadi.

Ayrim o'zlashma so'zlar o'zbek tiliga o'tishi jarayonida monosemantik (bir ma'nolik) ma'noga ega bo'lgan holda, vaqt o'tishi bilan u polisemantik to'zilishga ega bo'lishiga yoki so'zning so'z beruvchi tildagi biror sema aso sida so'z o'zlashtiruvchi tilda yangi semalar hosil qilib, yangi so'zlar hosil qilishi ko'zatiladi. Masalan, o'zbek tiliga arab tilidan islom dini yoyilishi davrida kirib kelgan "qurbon"

so'zi o'zlashish jarayonida arab tilidagi monosemantik xususiyati yo'qotib, polisemantik shaklga aylangan. Bu so'z o'zbek tilida arab tiliga nisbatan bir muncha ko'p ma'noda qo'llaniladi. Qurbon so'zi arab tilida bitta -qurbon qilish» ma'nosiga ega.

Arab tilida -qurbonlik qilmoq», o'zbek tilida esa quyidagi ma'nolarda qo'llaniladi:

1. Xudo yo'lida qurbonlikka so'yilgan yoki so'yiladigan jonliq.(Qurbon hayitida);

2. Biror ezgu ish, ezgu maqsad yo'lida yoki sevikli kishisi, narsa va boshqa shu kabilar uchun kurashda halok bo'lgan, jon fido qilgan kishi.

O'zbek tilida murakkab fe'l kesim vazifasida keladigan Qur'onning alohida oyatlari yoki qadimgi rivoyatlar bilan bog'liq ba'zi so'zlar, masalan: kunpayakun (aslida -kunfayakun» bo'lishi kerak ) (arabcha ma'nosi- -Bo'l va shu zahoti bo'ladi»)o'zbek tilida ko'pma'noli semaga ega. Masalan:

-Shahar o'rtasidagi ikki katta bino ham kunpayakun bo'ldi» (Mirmuhsin -Ona»). Bu turdagi o'zlashmalar o'zbek tili izohli lug'ati tarkibida juda kam uchraydi. B.X.Eshonqulovning ko'rsatishicha, ba'zi arabiy o'zlashma so'zlar o'zida yangi ma'no kasb qiladi, mustaqilligini yo'qotadi va so'z yasovchi elementga : poluaffiksga yoki prefiksga aylanib qoladi(Eshonqulov1996:8).

O'zbek tiliga -sui» prefiksi yordamida hosil bo'lgan so'zlar ham o'zlashgan. Arab tilida mazkur so'z:

1.Yomonlik, xafalik, xafa qilish;

2. Baxtsizlik, ofat, falokat ma'nolarini anglatadi.

Binobarin ikki arabcha semadan hosil bo'lgan Suiiste'mol so'zi hozir - o'z manfaati uchun yo'l qo'yilganidan ortiqcha foydalanish ma'nosini anglatadi.

Misol: -Siz o'z mansabingizni suiiste'mol qilib 6 gektar erdagi g'o'zaga traktor solib yuboribsiz. (I.Rahim «Ixlos»)

Yana shunday qo'shma o'zlashtirma so'z: Suiqasd - kimsani yo'q qilish, o'ldirish uchun qilingan harakat, qasd ma'nolarida qo'llanadi.

Misol; -Yomonlar suiqasdidan salomat qutulishingiz muborak bo'lsin.» (A.Qodiriy» O'tgan kunlar»). Xuddi shu o'zlashmalar kabi -g'ayrun» so'zi bilan boshlangan so'zlarni keltirish mumkin. Bunday so'zlar :

1.Tabiat qonunlariga bo'ysunmaydigan, sababini bilib bo'lmaydigan, odatdan tashqari hodisa;

2. Sun'iy, yasama, g'alati kabi ma'nolarni anglatadi.

Bunday so'zlarga g'ayritabiiy, g'ayriaxloqiy, jáP

g'ayriqonuniy, úá^l Já^ g'ayridin, Já^ g'ayriilmiy, tjpjA g'ayrishar'iy

kabilar misol bo'la oladi.

Arab tilidan o'zlashgan ba'zi so'zlar semantik zidlashuv (autoavtonomiya) hodisasiga uchragan. Bunday so'zlarning arab tilidagi ma'nosi ijobiy, o'zbek tilidagi ma'nosi salbiy yoki aksincha holda bo'lishi mumkin. Ko'pincha o'zlashma so'zlar o'zlashtiruvchi tilga o'tish jarayonida o'zlarining ma'nolarini o'zgartirib kirib keladilar, ularning aktiv tildagi ma'nolari bilan passiv tildagi ma'nolar o'rtasida farq bo'lishi mumkin. M: -savod» so'zi arab tilida AjmÍ asvod(qora) so'zi kabi bir o'zakdan yasalgan va u "qoramtir,qora dog',ko'p,olamon,qora kiyim" ma'nolarini anglatsa, o'zbek tilida yuqorida keltirilgan ma'nolarning birortasiga ham yaqinlashmaydigan, ya'ni unga zid bo'lgan "savod" ma'nosida ishlatiladi.

Masalan: "Savodingizni ancha chiqarib qo'yishibdimi? - Kim? - Bilmadim. (A.Qahhor" Qo'shchinor chiroqlari")

"4j Valad" so'zi so'z beruvchi tilda: 1.Bola, go'dak, farzand; 2. O'g'il, o'g'il bola; 3.Karta, valet ma'nolarida kelsa, o'zbek tilida esa shariyat yo'li bilan nikohlanmagan ota-onadan tug 'ilgan bola, haromi ma'nolarini anglatadi.

Yuqoridagi so'zlarning arab tilidagi ma'nolari -ijobiylik»ni anglatuvchi semalar atrofida birlashgan bo'lsa, o'zbek tilidagi ma'nolari -salbiylik»ni anglatuvchi sema atrofida birlashgan. Shunga o'xshagan so'zlar kulfat, farz, raqib, muxlis, shafqat, iffat, shiddat, basir so'zlarida ham kuzatiladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

O'zlashma so'zlarning o'zbek tili qonuniyatlariga singib ketishi natijasida, ularning ishtirokida juft otlar ham hosil qilingan, albatta bu juft otlar hosil bo'lish jarayonida o'zbek tili grammatik qonun-qoidalariga bo'ysungan holda yasalgan. O'zbek tilining izohli lug'atida bunday so'zlar juda ko'p. Ikki so'zning grammatik teng bog'lanishidan yasalgan va bir umumiy tushunchani ifodalaydigan otlar juft otlar deyiladi. O'zbek tilidagi juft otlarning hosil bo'lish jihatiga ko'ra o'zlashma so'zlar quyidagilardan yasalgan:

1. Sinonim so'zlardan;

2. Bir-biriga yaqin ma'noli so'zlardan;

3. Antonim so' zlardan.

Yuqoridagi juft so'zlar tasnif qilinganda, birinchidan, sinonim so'zlardan hosil bo'lgan juft so'zlarni ham bir qancha turlarga bo'lish mumkin:

1. Juft otlarning ikkala qismi ham arabcha bo'lgan o'zlashma so'zlar;

2. Bir qismi arabcha, bir qismi esa, boshqa tilga mansub juft so'zlar.

Ikkala qismi ham arabcha bo'lgan juft otlarni, -ayshi-ishrat» kabi juft so'zi misolida sharhlansa, mazkur juft so'z: davomli, surunkasiz kayf-safo, mayxo'rlik, ishrat qilish degan ma'noni anglatadi.

Masalan: -Butun boyligini ayshi-ishrat, fahsh, bo 'zuqlik olamida sovurib...nihoyat taqdir uni zavq-safo taxtidan uning iflos ostonasiga otgan edi." fOybek "Qutlug' qon")

Aysh so'zining alohida ma'nosi - 1. Ho'zur-halovat, rohat- farog'at, nash 'u-namo.

Masalan: "Mana siz ko 'rgan joy, bemalol ayshlaringizni qilinglar»(A.Qahhor.»Mayiz emagan xotin»)

2. Kayf-safo, ishrat» so'ziga misol: -Olifta odam Ahmad, Husaynga o'shshaygan holda, og'zini katta ochib: -Uxu, aysh joyida-ku»-dedi.(Oybek -Nur qidirib»)

Arab tilida bunday juft ot mavjud bo'lmaganligi sababli uning arabchasidagi ma'nolari faqat alohida-alohida o'rganiladi.M: alam-iztirob, sayr- sayohat, sa'y-harakat, sir- sinoat, vaqt- soat, sihat- salomat, diqqat - e'tibor, kuch-quvvat, mol-dunyo, fahm- farosat, izzat- ikrom, xavf- xatar, hayr-ehson, nazr-niyoz, xat- savod, xulq-atvor, or-nomus, sabot- matonat, sabr-toqat, qonun- qoida, rahm-shafqat, xiyla-makr. Juft so'zlarning ikkalasi ham arabcha so'zlardan iborat bo'lganlari ko'proq. Lekin, juft otlarning bir qismi forscha ham bo'lishi mumkin. Masalan: Ahd-paymon, qaddi-bast.

Juft so'zlarning biri- birlikda, ikkinchisi esa, o'sha so'zning ko'pligi bo'lib takrorlanishi mumkin: Hol- ahvol, rasm-rusum, shart-sharoit, haq-huquq, olim-ulamo, vazir-vo'zaro, amir- umaro, faqir-fuqaro.

Antonim so'zlardan tashkil topgan juft so'zlar alohimda turkumni tashkil qiladi: hayot-mamot f hayot- o 'lim),savol:javob,halol-harom kabilar.

Fikrimizcha, ikki qismi ham arabiy so'zlardan iborat juft otlar arab fathidan keyin, ya'ni, VIII - IX asrlarda paydo bo'lgan bo'lishi mumkin. Chunki, ana shu paytda O'zbekiston hududida qolib ketgan arablar bilan mahalliy xalqning assimilyasiyasi ro'y bergan va shuning oqibatida arab tilidagi ko'p so'zlar o'zbek tiliga kirib kelgan.

Arabcha:o'zbekcha, forscha juft so'zlar esa, yuqoridagi an'anaga ko'ra, keyinroq paydo bo'lgan bo'lishi mumkin. Qanday bo'lsa-da, o'zbek tiliga o'zlashgan yakka so'zmi yoki juft so'zlarmi, ular o'zbek tili leksik xazinasini boyishiga ijobiy ta'sir etgan, chunki, hozir aytib o'tilgan so'zlarsiz o'zbek tilini tasavvur qilib bo'lmaydi. Zero, barcha bu juft so'zlarning ijodkori xalqimizning vakillari-olimu :

ulamo, ziyolilar hisoblanadi. Chunki bu juft so'zlar shunday holida tilimizga kirib kelmagan, vaholanki, arab tilida bunday juft so'zlar yo'q.

Ba'zi arab tilidan o'zlashgan so'zlar ma'nolari o'zining birlamchi ma'nosiga umuman o'xshamaydi. Masalan: " <^11 W Ayyu - hannos solaverasanmi?" iborasi o'zbek tilida "Baqiraverasanmi?" ma'nosida ishlatilsa, arab tilida ( W Ayyuha ) Ey ( ^llAnnas) odamlar, ma'nosini anglatadi. Bu ikki so'zdan hosil bo'lgan -Ey odamlar!» degan ma'noni anglatadi, lekin ko'pchilik bu iborani ana shu ma'nodaligini bilmaydi. Vaholanki, o'zbek tilining izohli lug'atida mazkur iboraga shunday sharh berilgan: Ey, odamlar, olamonga xitob, hayqiriq, shovqin-suron.

Yoki o'zbek tilidagi -Albatta» so'zi izohli lug'atda shubhasiz, tabiiy, bo'lmasachi ma'nolarida kelsa, arab tilida bu so'z ikki qismdan to'zilgan bo'lib, birinchi qismi va ikkinchi qismi qaror, tamomila, batamom, mutlaqo, sira, kabi birlamchi ma'nolarga ega. Arab tilidagi shaklidagi mazkur so'z mutlaqo, juda, tamomila, aslo, o'zil-kesil, qat'iyan ma'nolarini anglatadi. (Baranov X.K M. 1985, 55 b ). Lekin bu so'zni g'oz, o 'rdak ma'nolari bilan almashtiraslik kerak.

O'zbek tilida -Mobaynida» so'zi arabcha : ikki narsa oralig'idagi masofa, o'rta, hodisa oralig'idagi muddat, farq ma'nosida kelsa, o'zbek tili izohli lug'atida oralig'ida, o'rtalik, ora ma'nolarini anglatadi.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Shunday qilib, biz o'zbek tili leksikasining ancha qismini tashkil etgan arabizm - arab tilidan o'zlashgan so'zlarning kirib kelish jarayoni, uning o'zlashishi, singishi, ma'nolarining arab tilida qanday bo'lsa shunday ma'noda qo'llanilayotganligi yoki birlamchi ma'nosini yo'qotib, boshqa ma'noda, ba'zan, asliga zid ma'no anglatadigan shakllari haqida tasavvurga ega bo'lamiz. Zero, arab tili mutaxassisi bo'la turib, o'zining ona tilidagi o'zlashgan arab so'zlarining kirib kelish tarixini bilmaslik haqiqiy arab tili mutaxassisga to'g'ri kelmaydi.

REFERENCES

1. Eshonqulov B.X. Hozirgi o'zbek adabiy tilida arabiy lug'aviy o'zlashmalarning paradigmik assimilyasiya munosabati. Avtoreferat. -T.: 1996. S. 21.;

2. Raxmatullayev Sh. Sistem tilshunoslik asoslari. Magistrantlar uchun o'quv qo'llanma. -T.:Universitet, 2007. 159 b.

3. Raxmatullayev Sh. N.Mamatov, R. Shukurov.O'zbek tili antonimlarining izohli lug'ati. I.Qo'chkortoyev tahriri ostida. -T.: O'qituvchi, 1980. 237 b.

4. Raxmatullayev Sh. O'zbek tilining izoxli lug'ati. -Toshkent: 1995. 288 b.

5. Saloyev R., Avazmetov Sh -O'zbek tilidagi arabcha va forscha so'zlar lug'ati" O'qituvchi, 1996. 89 b.

6. Usmanova S. O'zbek tilining lug'at sostavida tojik-forscha va arabcha so'zlar. -T.: 1968.

7. Нишонов А. Фонетико-морфологический и лексико-семантический анализ арабизмов в языке А.Навои.-Ташкент,1990.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

8. Тухтасинов, И. М. (2011). Лингвокультурологические и гендерные особенности сложных слов в художественном тексте (на материале английского и узбекского языков). Автореф. дисс.... канд. филол. наук. Ташкент: УзГУМЯ.

9. Тухтасинов, И., & Хакимов, М. (2021). Modern views on the problem of distance and traditional methods of teaching italian language in higher education institutions. Society and Innovation, 2(2), 111-117.

10. Tukhtasinov, I. M., Muminov, O. M., & Khamidov, A. A. (2017). The days gone by. Novel by Abdulla Qodiriy. Toshkent.

11. Tukhtasinov, I. M. (2018). The structure of the phenomenon of equivalence and its importance for translation strategies. In Modern Romano-German linguistics and new pedagogical technologies in language teaching, Materials of the Republican scientific-practical conference, Samarkand.

12. Тухтасинов, И. М. (2018). Развитие профессиональной компетенции на основе эквивалентности при подготовке переводчиков.

13. Tukhtasinov, I. M. (2017). Discursive approach in the training of translators. In Mat. International scientific and creative forum" Youth in science and culture of the XXI century". Chelyabinsk: Chelyabinsk State Institute of Culture (pp. 229-231).

14. Тухтасинов, И. М. (2012). Национально-культурная специфика сложных слов, выражающих внешность и характер человека, в английском и узбекском языках. Вестник Челябинского государственного университета, (2 (256)), 122125.

15. Тухтасинов, И., & Хакимов, М. (2021). Современные взгляды на проблему дистанционного и традиционного методов обучения итальянскому языку в высших учебных заведениях. Общество и инновации, 2(2), 111-117.

16. Тухтасинов, И. М. (2017). Дискурсивный подход в обучении переводчиков. In Научные школы. Молодежь в науке и культуре XXI в. (pp. 229-231).

17. Тухтасинов, И. (2021). Таржимоннинг касбий компетенцияси ва фаолият функциялари. Иностранная филология: язык, литература, образование, (3 (80)), 5-10.

18. Тухтасинов, И. (2021). Особенности формирования учебного процесса в системе высшего образования Узбекистана в условиях Covid-19. Иностранная филология: язык, литература, образование, (1 (78)), 11-18.

19. Тухтасинов, И. М. (2020). Лингвокультурологический аспект обучения переводческой компетенции. In Язык и культура (pp. 226-231).

20. Тухтасинов, И. М. (2020). Лингвокультурологический аспект обучения переводческой компетенции. In Язык и культура (pp. 226-231).

21. Tuhtasinov, Ilhom and Lutfilloeva, Fahriniso, The Japanese Language Teaching Technologies Based on Computer Simulation Models (September 10, 2019). Available at SSRN: https://ssrn.com/abstract=3458780

22. Тухтасинов, И. М. (2019). ВНЕДРЕНИЕ ИННОВАЦИЙ В ПРОЦЕСС ОБУЧЕНИЯ ТЕОРИИ И ПРАКТИКИ ПЕРЕВОДА. In Россия-Узбекистан. Международные образовательные и социально-культурные технологии: векторы развития (pp. 111-113).

23. Тухтасинов, И. М. (2018). Методика выявления эквивалентности слов разносистемных языков в процессе перевода. Бюллетень науки и практики, 4(7), 539-544.

24. Тухтасинов, И. (2017). Таржимада маданий мослашиш хрлатлари. Иностранная филология: язык, литература, образование, 2(2 (63)), 5-9.

25. Тухтасинов, И. (2017). Жамият тарихининг хрзирги боскичида таржимонлар тайёрлашнинг асосий муаммолари. Иностранная филология: язык, литература, образование, 2(4 (65)), 20-24.

26. Тухтасинов, И. (2016). Таржима назариясида тиллараро эквивалентлик тушунчаси ва унинг таджики. Иностранная филология: язык, литература, образование, 1(4), 26-30.

27. Тухтасинов, И. М. СОЦИОЛИНГВИСТИЧЕСКАЯ СПЕЦИФИКА В ОБУЧЕНИИ ИНОСТРАННЫМ ЯЗЫКАМ. ББК 74.48 Р 76, 314.

28. Djurayev, D. M. Linguo-cultural Approach to Teaching Foreign Languages. International Journal on Integrated Education, 3(12), 240-241.

29. Джураев, Д. (2021). ХИТОЙ ТИЛИНИ У^ИТИШ0ДА ТАЛАБА ХАРАКТЕРИНИНГ АХДМИЯТИ. АКТУАЛЬНОЕ В ФИЛОЛОГИИ, 1(1).

30. Джураев, Д. (2020). Талабаларни таълим жараёнида хитой тилига укитиш самарадорлигини ошириш методлари. Иностранная филология: язык, литература, образование, (1 (74)), 124-127.

31. Джураев, Д. М. (2017). ИСТОРИЧЕСКИЕ ПРЕДПОСЫЛКИ ОБУЧЕНИЯ И МЕТОДЫ ПРЕПОДОВАНИЯ КИТАЙСКОГО ЯЗЫКА В УЗБЕКИСТАНЕ. In

Актуальные вопросы преподавания китайского и других восточных языков в XXI в. (pp. 84-88).

32. Dilshod, D. (2012). ЦШУ^ШШ^ФШЖ^ВбЗДЬЬ (Master's thesis, Ш

33. Турниязов, Н. К. (1985). Принципы формирования синтаксической структуры сложноподчинённого предложения в узбекском языке/-Ташкент. Укитувчи.-1985,-с22.

34. Turniyozov, N., & Rahimov, A. (2006). O'zbek Tili [M].

35. Турниёзов, Н. (1998). Назарий грамматикадан очерклар. Самарканд: СамДЧТИ, 998, 48.

36. Сулейманова, Н. М., & Турниязов, Н. К. (2018). О ФОРМИРОВАНИИ СТРУКТУРНОЙ СХЕМЫ В ЧЕЛОВЕЧЕСКОМ СОЗНАНИИ. In Научные школы. Молодёжь в науке и культуре XXI века (pp. 39-42).

37. Турниёзов, Н. (2016). Синтагматик муносабат ва дискурс шаклланишига доир баъзи кайдлар. Иностранная филология: язык, литература, образование, 1(4), 10-13.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.