Qurbonova G.S.
Toshkent shahar Sirg'ali tumani Toshkent davlat pedagogika universiteti tayanch doktoranti O\bekiston tarixi ixtisosligi
O'ZBEK OILALARI AXLOQIY MUNOSABATLARIDA DIN OMILI VA DINIY TARBIYA (ISLOM DINI MISOLIDA)
Annotatsiya. Oila har bir inson hayotidagi eng muhim dargohdir. Agar oila tinch-totuv, bir-biriga nisbatan mehr bilan yashasa u yerga allohning barakasi yog^iladi. Ushbu maqolada o'zbek oilalari axloqiy munosabatlarida din omili va diniy tarbiyaning ahamiyati haqida so^zyuritilgan.
Kalit so^zlar: oila, jamiyatning ijtimoiy-ma'naviy bo'g'i, muqaddas robita, his-tuyg'ular, dunyoqarash, tafakkur, jamiyat, ayol, insoniy qadr, ilohiy ko'rsatmalar, erkaklar, xotinlar.
Kurbanova G.S.
PhD student university Tashkent state pedagogy History of Uzbekistan specialty Sirgali district of Tashkent city
THE FACTOR OF RELIGION AND RELIGIOUS EDUCATION IN THE MORAL RELATIONS OF UZBEK FAMILIES (IN THE EXAMPLE OF
ISLAM)
Abstract. Family is the most important place in every person's life. If the family lives peacefully and with love towards each other, God's blessing will fall on it. This article talks about the religious factor and the importance of religious education in the moral relations of Uzbek families.
Key words: family, socio-spiritual link of society, sacred bond, feelings, worldview, thinking, society, woman, human value, divine instructions, men, wives.
Har bir insonning taqdiri, kelajak hayotidagi yutuqlari yoki muvaffaqiyatsizligi, baxtli yoki baxtsizligi, kasb tanlashi, hattoki kayfiyati, uning oilaviy muhiti bilan bog'liqdir. Insonning o'zi oilaning taqdirni belgilaydi. Jamiyatning ma'naviy qiyofasi oilalarning qandayligiga bog'liqligi azaliy haqiqat. Chunki, oila jamiyatning ijtimoiy-ma'naviy bo'g'ini, kichik bir vakili bo'lib, aynan oila zaminida xalqimizning bugungi kuni va kelajagi bunyod etiladi. Agar oilada tartib-intizom bo'lsa, uning a'zolari shu xislatlarini xizmat jarayoniga ko'chiradi va ijtimoiy mehnat faoliyatlarida qo'llaydilar. Bu esa, ularning o'z
xizmat vazifalarini yuksak darajada bajarishlariga sabab bo'ladi. Oila bu odobi axloq, xushmuomlalik, mehnatsevarlik asosida qurilgan bo'lishi, insonlar o'rtasidagi munosabat va muloqotlarda o'ta muhim va shaxsning fe'l-atvori, yurish-turishida alohida ahamiyat kasb etadi. Agar oila o'z farzandini Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalasa, bu his-tuyg'u unga butun hayoti davomida hamroh bo'ladi. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev "Zamonaviy bilim va ko'nikmalarga ega, mamlakatning munosib kelajagi uchun javobgarlikni o'z zimmasiga ola biladigan barkamol, maqsadga intiluvchan va serg'ayrat yoshlarni tarbiyalash mamlakatni barqaror va ildam rivojlantirishning eng muhim shartidir," - degan edi.
Jamiyatning muqaddas maskani, eng asosiy tarbiya makoni oiladir. Oiladagi ota ibrati, ona mehri, bobo va buvilar o'gitlari orqali milliy qadriyatlarimizga bo'lgan imon-e'tiqod, halollik, mehr-oqibat avloddan avlodga o'tadi, farzandlarimiz ongi va qalbida muhrlanib boradi. Iqtisodiy jihatdan farovon, ijtimoiy-axloqiy va g'oyaviy muhiti sog'lom oila negizida yuzaga kelgan jamiyat va davlatning poydevori mustahkam bo'ladi. Chunki bunday oilalarda ma'naviy barkamol inson voyaga yetadi, uning his-tuyg'ulari, dunyoqarashi, tafakkuri el-yurtga halol xizmat qilishdek insonparvarlik g'oyalari bilan sug'orilgan. O'zbeklarda oilaning rahbari ota hisoblanib, u oilani moddiy jihatdan ta'minlashga mas'uldir. Alloh taolo inso niyat naslining nikoh yo'li bilan davom etishini iroda qilib, O'zining so'nggi va mukammal dinida bunga oid barcha hukmlarni bayon etgan. Shuning uchun dinimizda ushbu muqaddas robita - nikoh tufayli vujudga keladigan oilaga katta e'tibor beriladi. Islom dini nikohni, oilaning sha'nini qanchalik himoya qilishini, maxluqotning gultoji bo'lmish inson naslining davomiyligini ta'minlovchi ilohiy ko'rsatmalar Qur'oni karimda ham bosh mavzulardan biri ekanini anglash uchun Niso surasidan ikki oyat va ularning tafsiri bilan tanishish kifoyadir.
«Erkaklar xotinlar ustidan (oila boshlig'i sifatida doimiy) qoim turuvchilardir. Sabab - Alloh ularning ayrimlarini (erkaklarni) ayrimlaridan (ayollardan ba'zi xususiyatlarda) ortiq qilgani va (erkaklar o'z oilasiga) o'z mol-mulkidan sarf qilib turishlaridir. (Ayollar ichida) solihalari - (Allohga va eriga) itoatli, g'oyibga Alloh saqlaganicha himoyatlilardir (ya'ni erining sirini, molini va obro'sini saqlovchidir). Xotinlarning itoatsizligidan qo'rqsangiz, avvalo ularga nasihat qiling, so'ngra (bu ta'sir qilmasa) ularni o'rinlarda (aloqasiz) tark eting, so'ngra (bu ham kor qilmasa) ularni (majruh bo'lmagudek darajada) uring. Ammo sizga itoat qilsalar, ularga qarshi (boshqacha) yo'l axtarmang. Albatta, Alloh oliy, ulug' Zotdir» (34-oyat). «Agar (er-xotinning) oralari buzilib ketishidan qo'rqsangiz, er oilasidan bir hakam, xotin oilasidan bir hakam yuboring. Agar (er-xotin) islohni xohlasalar, Alloh o'rtalarini muvofiqlashtirgay. Albatta, Alloh bilimdon, xabardor Zotdir» (35-oyat).Albatta, jamiyat xayr-baraka ila rivoj topib borishi uchun unda tartib-intizom, tinchlik-omonlik hukm surishi, muayyan bir rahbar bo'lishi lozim. Islom ta'limotiga ko'ra, oila
jamiyatning asosidir. Shunday ekan, oilaning ham rahbari bo'lishi kerak. Ana shu rahbarlik erkakka berilgan.
Bugungi kunda dunyoning yetakchilari hisoblangan G'arb davlatlarida oila institutining ahvoli naqadar halokatli jar yoqasiga kelib qolgan barchamizga ma'lum. Ammo afsuski, o'zini musulmon sanab yurganlar orasida ham oilaga oid, er-xotinning haq-huquqlariga, burch va majburiyatlariga oid qonun-qoidalarni bilmaydiganlar, bilsa ham ularni pisand qilmaydiganlar paydo bo'lib, jamiyatimizda oilaviy muammolar, qo'ydi-chiqdilar ko'payib qoldi. Agar bunda kimsalar mazkur ko'rsatmalarning shariatning hukmi, Alloh taoloning amri ekanini his qilsalar edi, bugungi kunda yechimini kutib yotgan qator muammolar mutlaqo vujudga kelmagan bo'lar edi. Birgina oyatdagi hukmlar buzilmasa yoki ularga rioya qilinsa, butun insoniyatning taqdiriga, o's ib kelayotgan avlodning kelajagiga xavf soladigan vaziyat yuzaga kelib qolmagan bo'lar edi.
Yuqorida keltirilgan fikrlarni umumlashtirgan holda shuni ta'kidlash joizki, Oilada ijtimoiy-ma'naviy muhitni barqaror bo'lib turishida, farzand tarbiyasida onaning, ayolning o'rni beqiyos. Farzandlarimizning oilada shakllangan imon -e'tiqodi, odobi, g'ururi, iftixori, oriyati, mahalla muhitida mustahkamlanib boradi. Oilada imon-e'tiqodli oriyatli etib tarbiyalangan qiz yoki o'g'il mahallaning sha'ni, obro'si, kelajagi uchun qayg'uradi. Mahallada yuzaga kelgan har qanday noxushliklarga barham berishga intiladi. Tarix saboqlaridan ma'lumki, inson qalbiga bunyodkor g'oyalarni singdirish ma'naviy barkamollikni ta'minlaydi. Bu kabi bunyodkorlikka da'vat umuminsoniy va diniy qadriyatlarimizga hurmat, ularni sevib o'qish va uqishda ham mujassam. Bunday tarbiya bolalarga diniy qadriyatlarimizning sarchashmalari Qur'oni karim, hadisi shariflar, ajdodlarimiz ma'naviy merosi orqali singdirib kelingan.
Jahon madaniyati va ma'naviyatiga katta hissa qo'shgan Ibn Sino, Farobiy, Navoiy, Ahmad Farg'oniy, Mirzo Ulug'beklarni dunyoga keltirib tarbiyalagan momolarimizning ham o'zlari ma'naviy barkamol bo'lganliklariga shubha yo'q. Oilalar birligi jamiyatni tashkil etib, jamiyat ustunlari bo'lgan zamonaviy ayollar ham sog'lom fikrlashi vatanimiz taraqqiyoti uchun iqtidorli yoshlarni tarbiyalashdek mas'uliyatni his qilmoqlari zarur. Ayolning insoniy qadrini joyiga qo'yish, har qanday tajovuzkorlikdan asrash, ijtimoiy hayotdagi o'rnini o'z vaqtida anglab yetish jamiyatda barqarorlikni hukm surishi uchun moddiy va ma'naviy zamindir. Chunki, ijtimoiy hayotda muqaddas dargoh hisoblanmish oila ayol bag'rida vujudga kelar ekan, bu ham davomiylik kasb etadi. Bugungi farzand qiz vaqt o'tib ona, buvi bo'ladi. Ayollar va ularning erkinligi, turmush sharoitlari qanchalik qulay bo'lsa, ayolning kelajak oldidagi mas'ulligiga shuncha katta imkoniyatlar ochiladi. Bu esa xotin-qizlarimizni yurt tinchligi xalq farovonligi uchun halol mehnat tufayli ortirgan obro'-e'tibori bilan ham bog'liq. Oilada baxtli, hayotda o'z o'rnini topgan ayol farzandlari kelajagiga ham bee'tibor bo'lmaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni "Yoshlar - kelajagimiz" Davlat dasturi to'g'risida.
2. M.O'rmonova. Islomda oilaning m.uqaddasligi. 2021 -07-30. https://qoshtepa.uz/site/view/news/2420
3. At-Termiziy. Shamoili Muhammadiya. Sayid Mahmud Taroziy-Alixon to'ra tarjimasi. T.: "Mehnat" nashr, 1991.
4. At-Termiziy. Sahih at-Termiziy. A.Abdullo tarjimasi. T.: G'.G'ulom nomidagi "Adabiyot va san'at" nashriyoti, 1993.
5. Ismoil Mahdum. Toshkentdagi "Mushafi Usmoniy" tarixi. T.: 1996.
6. Imom al-Buxoriy. Al-Jomi as-Sahih: IV jild. T.: Qomuslar bosh tahririyati, 1991-1993.
7. 10.Imom al-Buxoriy. Al-Adab al-Mufrad. T.: O'zbekiston, 1990.