MUHAMMAD SODIQ QOSHG'ARIY ASARLARI ASOSIDA TALABA YOSHLARNI OILAVIY HAYOTGA TAYYORLASH
Mavjuda Axbarovna Muxamedxodjayeva
Nizomiy nomidagi TDPU magistranti
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada talaba yoshlarni oilaviy hayotga tayorlashda nimalarga e'tibor qaratish lozimligi, yoshlarning oilaparvarligi to'g'risida, ma'naviy yetuklikning ahamiyati xususida so'z yuritilgan.
Kalit so'zlar: M.S.Qoshg'ariy, Axloq, oila, oilaviy qadriyat, axloqiy qadriyat, madaniyat, nigoh, milliy qadryat, oilaning jamiyatdagi o'rni.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Jamiyatda ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog'lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo'llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida" 2020-yil 18-fevraldagi PF-5938-son Farmoni ijrosini ta'minlash, shuningdek, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash va zamonaviy namunali oila mezonlarini hayotga joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Yoshlarni insonparvarlik ruhida tarbiyalamay turib, ularni ma'naviy komolotga yetkazish, jamiyatni ijtimoiy rivojlanishini ta'minlash mumkin emas. Talaba yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, ma'naviy yuksak e'tiqodga ega bo'lgan umuminsoniy fazilatlar ruhida shakllantirish, yuqori malakali mutaxassis qilib yetishtirish bugungi kunning dolzarb muammosi sanaladi.
Mahmud Qoshg'ariy - XI asrning o'rta osiyolik filolog-olimi. 1072-1074 yillar arab tilida "Turk tili lahjalari"ni tuzgan. Mahmud Qoshg'ariyning arab filologiyasi ilmiy uslublarini qo'llab yozgan asari tilshunoslar, folklorchilar va adabiyotshunoslar uchun qadr-qimmatga ega. Bu - erta davr turk shevashunosligining yagona yodgorligidir.
Mahmud ibn al-Husayn ibn Muhammad al Qoshg'ariy Qoraxoniylar sulolasi hukmronligi davrida tug'ilgan va qoraxoniy a'yonlarining oliy tabaqasidan kelib chiqqan. Uning otasi Bolasog'un shahrini boshqargan. Oliy tabaqadan kelib chiqishi olimga o'z davrining yirik siyosiy va madaniy markazi bo'lmish Qashqarda ajoyib ta'lim olish imkonini berdi.
Bir qator turkiy tillar bilan birga, Mahmud Qoshg'ariy arab va fors tillarini ham bilgan. Ehtimol, ta'limni Buxoro, Nishopur, Samarqand, Marv, Bog'dodda davom ettirgan, u yerlarda olim uzoq vaqt yashagan, kitobi uchun zaruriy ma'lumotlar to'plagan. U vaqtlar saljuqlarga tegishli Bog'dodda bo'lgan vaqti Qoshg'ariyda
kitobning g'oyasi paydo bo'ladi, unga ko'ra, turkiy xalqlar hayotining ko'p qirralari, fikrlashi, odatlari, jo'g'rofiy joylanishi va eng avvalo, tili ta'riflanishi joiz bo'lgan.
Mahmud al-Qoshg'ariyning mashhur kitobi "Devoni lug'at at-turk" turkiy ensiklopediya ko'rinishidadir. Unda umumiy tarixiy-madaniy, etnografik va tilshunoslik ma'lumotlari to'plangan va jamlangan. Al Qoshg'ariyning "Devoni" - turkiy madaniyat yodgorligi bo'lib, o'zida axloqiy qadriyatlar va tarbiya tartiblarini, avvalgi ajdodlardan barcha merosni o'zlashtirgan XI asrdagi turkiy xalqlarning o'ziga xos dunyoqarashini jamlagan. Kitobda qadimiy zoroastr-shomoniylik dunyoqarashlari bilan birga, yangi mafkura - islom va so'fiylik kabi tarmoqlari tasvirlangan.
Mahmud al-Qoshg'ariy mehnatining yagona nusxasi 1915 yil olim va kutubxonachi Ali Emir tomonidan Istambul bozorida ko'chirma nusxa ko'rinishida topilgan, hozirgi vaqtda Istambul Milliy kutubxonasida saqlanadi. Qo'lyozmani Muhammad ibn Abu-Bakr ibn Abu-l-Fath as-Saviy ko'chirgan. U Oila mustahkam bo'lishi va farzandlarning barkamol shaxs bo'lin voyaga yetishi haqida o'z asaralrida ko'plab tavsiyalar keltirib o'tgan.
Alloh taolo Islomda Qur'oni Karim orqali bandalarining hayotini nizomga, tartibga solib qo'ygan. Buning yo'l-yo'rig'ini ko'rsatish uchun muallim qilib Payg'ambar alayhissalomni yuborgan. Islomda oila ibodat darajasiga ko'tarilgan.
Ibn Obidin rahmatullohi alayhi yozadilar: «Dunyoda ham, oxiratda ham inson bilan davom etadigan ikkita robita bor. Birinchisi - inson qalbidagi iymoni. Iymon salomat bo'lsa, bu dunyoda ham jannatda ham birga bo'ladi. Ikkinchisi - o'zining halol-pok oilasi. Bandaning bu dunyodagi halol-pok oilaviy hayoti jannatlarda ham davom etadi. Qolgan barcha narsasi joy-joyida qoladi».
Oilada erkaklar ayollarga rahbardirlar
Dinimizda, har bir jamiyat, tashkilot va korxonaning rahbari bor. U bo'lmasa, o'sha jamiyatning tartibi, faoliyati, intizomi bo'lmaydi. Shuningdek, oilaning ta'mi noti masalasida ham Alloh subhanahu taolo O'z Kalomida ko'rsatma qilib, «Oilada erkaklar ayollarga rahbardirlar», deydi.
Nima uchun deganda, ba'zisini ba'zisidan afzal qilib qo'ygani uchundir. Bu afzallik nimada? Kuch-quvvatda, iroda, oilaning ta'minotchisi va muhofazachisi bo'lgani nuqtayi nazaridandir.
Alloh taolo oyatning davomida bu savolga javob berib, «mol-mulkidan sarflagani uchun ham erkak rahbar bo'lishini» bildiradi. Er kishi oilasiga taom keltirar ekan, shunga sadaqa savobi yoziladi. Dinimizda qaysi bir amalga savob yozilsa, u ibodat darajasiga ko'tariladi.
Oila qachon mustahkam bo'ladi?
Rasuli akram alayhissalomning bir muborak hadislari bor: «Agar kim uylansa, yaxshi niyat bilan oila qursa, uning dinining yarmi mukammal bo'ldi, qolgan yarmida Allohga taqvo qilsin, Allohdan qo'rqsin», deya marhamat qilganlar.
Shu oilani yuritishda er va ayolning vazifalari, majburiyatlari, burch va huquqlari mavjud. Er va ayol bularni to'liq anglab yetishi va bilishi kerak.
Qachon mo'min-musulmon banda Allohning shariatida ko'rsatgan odoblari, qoidalar va hadlariga amal qilsa, shunda oila mustahkam bo'ladi. Erning ayoli oldidagi vazifalari
Islomda erning ayoli oldida, ayolning eri oldida burchlari bor. Erning ayoli oldidagi burchlari ikki xil bo'ladi. Birinchisi, moliyaviy burchlar. Er ayolining mahrini ado etishi, nafaqa (taom, libos, boshpana, ro'zg'or anjomlari) bilan ta'minlashi kerak. Bu vazifalarning yana biri to'yni ham er tomon qilib berishidir.
Bugun O'zbekistondagi barcha oilalarning ro'zg'orboshilari mana shu vazifalarini to'liq anglaydi, deb ayta olamizmi? Ular to'liq anglaganida, bugungi kunda odamlarni ranjitadigan raqamlar kelib chiqmas edi. Oilalarning buzilishi, bolalarning tirik yetim bo'lishi bugungi holatga kelib qolmas edi.
Misol, necha foiz mo'min-musulmonlarimiz haqi mahr degan narsani batafsil biladi?! Ahli-ayolini ta'minot qilish qay darajada? Ma'lumki, oilada kim ta'minotchi bo'lsa, shuning ovozi balandroq chiqadi. Hozirda, ko'pgina oilalarda ayollarning ovozi balandroq chiqayotganini sezyapmiz. Nima uchun deganda, burch-mas'uliyat borasida biroz o'rin almashib qolganini kuzatmoqdamiz.
REFERENCES
1. Karimov.G.Q Pedagogikaning asosiy masalalari.(O'quv qo'llanma).2020y
2. Niyozov G'., Axmedova M. Pedagogika tarixidan seminar mashg'ulotlari. - T.: NOSHIR, 2011.
3. Abu Abdulloh ibn Ismoil al-Buxoriy. Al-adab al- mufrat- T.:-0'zbekistonll,1990
4. Abu Muhammad ibn Iso at-Termiziy. Ash-shamoilan-nabaviya.-T.: Cho'lpon, 1993
5. Pedagogikal fanidan izohli lug'at.