Научная статья на тему 'O’ZBEK NASRIDA URUSH MAVZUSI VA “YO’QOTILGAN AVLOD” MUAMMOSI'

O’ZBEK NASRIDA URUSH MAVZUSI VA “YO’QOTILGAN AVLOD” MUAMMOSI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
1339
97
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
badiiy adabiyot / mavzu / qahramon / ruhiyat / avr muammolari / tasvir va talqin. / fiction / theme / hero / psyche / problems of the world / image and interpretation.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Oripova, Gulnoza Murodilovna, Abdurasulova, Nafisa Abdumannob Qizi

Ushbu maqolada o’zbek nasrida urush mavzusi va ”Yo’qotilgan avlod” muammosi va uning yetkazgan zahmatlari haqida so’z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE SUBJECT OF WAR AND THE PROBLEM OF THE "LOST GENERATION" IN THE UZBEK VERSION

This article talks about the theme of war in Uzbek prose and the problem of the "Lost Generation" and its sufferings.

Текст научной работы на тему «O’ZBEK NASRIDA URUSH MAVZUSI VA “YO’QOTILGAN AVLOD” MUAMMOSI»

O'ZBEK NASRIDA URUSH MAVZUSI VA "YO'QOTILGAN AVLOD"

MUAMMOSI

ORIPOVA Gulnoza Murodilovna,

FarDUkatta o'qituvchisi, filoloiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ABDURASULOVA Nafisa Abdumannob qizi,

FarDU2-kurs magistranti

d https://doi.org/10.24412/2181-2993-2022-2-213-220

ANNOTATSIYA Ushbu maqolada o'zbek nasrida urush mavzusi va "Yo'qotilgan avlod" muammosi va uning yetkazgan zahmatlari haqida so'z yuritilgan.

Kalit so'zlar: badiiy adabiyot, mavzu, qahramon, ruhiyat, avr muammolari, tasvir va talqin.

ABSTRACT This article talks about the theme of war in Uzbek prose and the problem of the "Lost Generation" and its sufferings.

Key words: fiction, theme, hero, psyche, problems of the world, image and interpretation.

f

\ I -.1 ii /

KIRISH (Introduction)

Ma'lumki, yaqin o'tmishimizda "Afg'on urushi" nomi bilan bo'lib o'tgan urush SSSR ittifoqining Avg'oniston davlatiga qarshi olib borilgandi. 1979-yildan 1989-yil oralig'ida bo'lib, ko'plab oilalarni boshlariga og'ir judoliklar olib keldi. Yana qanchadan qancha insonlarning ruhan va jismonan nogironliklariga sabab bo'ldi.

Urushning boshlanishiga yangi hukumat Afg'onistondagi real hayotni hisobga olmay islohotlar o'tkazishga kirishishi sabab bo'lgandi. Bu islohotlar SSSRda o'tkazilgan islohotlar andozasiga o'tish edi. Shuning uchun ham Afg'oniston xalqi bu islohotlarni qabul qilmadi. Ruhoniylar hukumat siyosatini islom asoslaridan qaytish, deb baholadi.

SSSR Afg'oniston hukumati sovet nusxasidagi jamiyatni qurmoqchi bo'lgan edi. Afg'onistonda bunday jamiyatni qurishning esa iloji yo'q edi. Bu esa tarixda "Afg'on urushi" bilan joy oldi. Afg'on xalqi ko'z o'ngida yangi hukumat ateistik davlat armiyasini o'z davlati hududiga kiritib katta gunohga botgan edi. Bunday hukumatni qo'llash esa undanda katta gunoh bo'lur edi. Shu tariqa SSSR Afg'onistonda harbiy muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Buni yaxshi anglab yetgan M. S.

213

Gorbachyov SSSR armiyasini Afg'onistondan olib chiqib ketishga qaror qildi va 1989-yilningda bu vazifa amalda bajarildi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Bu urush uzoq vaqt davom etganligining o'zi ham u yerda mislsiz qurbonlar berilganidan darakdir. Hususan, 1988-yil Afg'oniston prezidenti Najibullo bergan statistikaga ko'ra urushda 243 ming 900 nafar odam vafot etgan. Shundan 35 ming 700 nafari ayol, 20 ming 700 nafari yosh bola. Qolganlari harbiy xizmatchilar va fuqaro erkaklar. 77 ming kishi esa yaralangan yoki nogiron bo'lgan. 15 mingdan ortiq sovet jangchilari halok bo'ldi.

AQSh manbalarida esa Sovet-Afg'on urushida bir million odam halok bo'lgani keltiradi. Ahmad Shoh Mas'ud esa bir yarim million odam halok bo'lgani, besh million odam mamlakatdan qochib chiqib ketgani haqida ma'lumot bergan. Biroq hozirda Afg'oniston hukumati o'n yillik urushda 330 ming afg'on halok bo'lganini aytmoqda.

O'n yillik urushda sobiq Ittifoq armiyasidan 14 mingdan ortiq askar va ofitserlar, ichki ishlar Vazirligining va KGBning xodimlari, o'sha paytda SSSR chegarasida turgan ko'plab chegarachilar halok bo'ldi. Bundan tashqari minglab kishilar kasallik (kontuziya, asab va b.) orttirib olishdi.

Afg'on urushida ishtirok etgan sovet armiyasi 650 ming harbiy xizmatchidan iborat edi. Eng ko'p halok bo'lish 1984-yilga to'g'ri keldi. O'sha yilning o'zida sovet armiyasidan 2 ming 343 ta askar va ofitserlar o'ldirildi. Sovet armiyasidan jami 417 ta harbiy xizmatchi asirga tushdi yoki bedarak yo'qoldi. Shundan 130 tasi urush vaqtida asirlikdan ozod qilindi. Asirlarni ozod qilishda AQSh ham ishtirok etdi. Taxminan 30 kishi asirlikdan keyin SSSRga qaytmay, Yevropa va Amerikada yashashga qaror qildi. Shulardan uch kishi keyinchalik vataniga qaytdi. Eng achinarlisi bu halok bo'lgan kishilar orasida ko'plab yurtdoshlarimiz ham bor edilar.

NATIJALAR

Urush va u bilan bog'liq obrazlar ishtirok etgan asarlar juda qadimiy tarixga va o'ziga xos taraqqiyot bosqichiga ega. Bunday asarlardagi g'oya va qahramonlarning xususiyatlari davrning ijtimoiy-siyosiy jarayonlari ta'sirida o'zgarib borgan. Badiiy adabiyotda urush tasvirlari dastlab qahramonlik va jasorat vositasi sifatida tasvirlangan. Bu barcha xalqlar adabiyotiga taalluqli bo'lib, "Alpomish", "Go'ro'g'li", "Manas", "Ramayana", "Mahabhorat", "Gilgamish" kabi xalq eposi namunalari, Gomerning "Iliada", Firdavsiyning "Shohnoma" dostonlarida bu xususiyat aniq ko'rinadi.

214

www.birunijournal.uz

XX asrda yuz bergan ko'plab urushlar, shu jumladan I va II jahon urushlari jahon siyosati va madaniyatiga jiddiy ta'sir ko'rsatdi. Bu urushlar ta'sirida bir qator oqim, ta'limot va g'oyalar paydo bo'ldi. Ular orasida urushning barcha ko'rinishini rad etuvchi patsifizm alohida o'ringa ega.

Urushda shaxsan ishtirok etgan va bu urushni chetdan kuzatgan ko'plab yozuvchi va shoirlar kelajak avlodga bu voqealar haqida o'z asarlari orqali ro'y-rost xabarlar berishdi. U o'zining bir qancha asarlarida Afg'on urushi va u yerda ko'rgan turli voqealarni jonli tarzda tasvirlab bergan.

MUHOKAMA

O'tkir Hoshimovning asarlarida milliylik, insonparvarlik, tinchliksevarlik g'oyalari o'z ifodasini topgan. Adib ham hajviy usulda, ham dramatizm va konfliktga boy tarzda ijtimoiy voqelik, insonlar o'rtasidagi turli munosabatlarni tasvirlaydi. Uning asarlarida muhabbat, milliy o'zlikni anglash, adolat va haqiqat uchun kurash, johillikning oqibatlari, ona mehri, urushning g'ayriinsoniy mohiyati kabi masalalar realistik tarzda tasvirlanadi. Adabiyotshunos olim Abdug'ofur Rasulov yozuvchi ijodining muhim xususiyatlari sifatida ikki jihatni keltiradi: "Birinchidan, O'tkir Hoshimov o'z asarlarida shunchaki targ'ibot qilish yoki shiorlar keltirish yo'lidan bormaydi. Balki davrning eng dolzarb muammolarini o'rtaga tashlaydi va bu muammolarga qahramonlarining harakatlari, o'y-kechinmalari vositasida javob izlaydi. Ikkinchidan, adib bu jarayonlarni ajoyib badiiy shakllarda aks ettiradi."1

O'tkir Hoshimovning "Muhabbat" hikoyasi, "Cho'l havosi", "Qalbingga quloq sol" qissalari yoshlar o'rtasidagi sevgi-muhabbat masalasiga bag'ishlangan bo'lsa, "O'zbeklar" hikoyasi, "Dunyoning ishlari" qissasida o'zbek onasi siymosi tasvirlangan. Bu asarlarda samimiy tuyg'ular, insoniy fazilatlar tarannumi sof milliy ruhda bayon etilgani bilan ahamiyatlidir. "Bahor qaytmaydi" qissasida ham dolzarb muammolar ko'tarilgan. San'atkor axloqi, oila va muhabbat masalalari, do'stlik, ota-ona va farzand munosabatlari bu asarning asosini tashkil qiladi. Yozuvchi

ijodida urush mavzusi yetakchi o'rinlardan birini egallaydi. "Urushning so'nggi qurboni", "Nega, nega-a-a?!" hikoyalari, "Ikki eshik orasi", "Tushda kechgan umrlar" romanlarida Ikkinchi jahon urushi va afg'on urushi yillari o'zbek xalqi boshiga tushgan sinovlar, kulfatlar: urush frontlaridagi fojiali manzaralar, urushning vayronkor va zararli oqibatlari tasvirlangan. Shoikrom, Umri xola ("Urushning so'nggi qurboni"); Hamidulla, Rahmatilla ("Nega, nega-a-a?!); Kimsan, Robiya, Shomurod, Ra'no ("Ikki eshik orasi"); Rustam, Xayriddin ("Tushda kechgan umrlar") kabi qahramonlarning hayoti, murakkab taqdirlari vositasida urushni

1 Rasulov A. Ardoqli adib - T.:"Sharq", 2001 - 36-bet

215

qoralash, tinchliksevarlik ruhi yaqqol ko'zga tashlanadi. Yozuvchining "Urushning so'nggi qurboni" hikoyasi urush va uning fojiali oqibatlari haqida. Insoniyat tarixidagi eng katta talafot keltirgan Ikkinchi jahon urushi millionlab kishilarning halokatiga sabab bo'lish bilan birga, uning oqibatlari odamlar ongida ham salbiy o'zgarishlar yuz berishiga olib keldi. Ochlik, muhtojlik odamlarni bir-biriga dushman qilib qo'ydi, yana ayrimlarni qing'ir yo'lga boshladi. Aka-uka, ona va farzand o'rtasidagi muqaddas oilaviy munosabatlarga ham putur yetkazdi. Hikoyada mana shu jarayonlar o'z ifodasini topgan.

Hikoya quyidagi tasvir bilan boshlanadi: "Shoikrom ayvon to'ridagi sandal chetida xomush o'tirardi. Allaqachon bahor kelib, kunlar isib ketganiga qaramay, hamon sandal olib tashlanmagani, ammo bu to'g'rida hech kim o'ylab ko'rmagananini u endi payqaganday g'ashi keldi. Bo'z ko'rpa ustidan yopilgan, shinni dog'i tekkan quroq dasturxon ham, hozirgina go'jadan bo 'shagan sopol tovoq, bandi kuygan yog'och qoshiq ham, uning ko'ziga xunuk ko'rinib ketdi. Ammo beparvolik bilan qo'l siltadi-yu, do'ppisini sandal ustiga tashlab yonboshladi"2 Ushbu jumlalar orqali hikoya qahramoni Shoikromning ruhiy holati qisqacha tasvirlanadi. Bu tasvirdan qahramonning asabiy, tajang kayfiyati ko'rinadi. Undagi bu noxush kayfiyatning sabablari voqealar rivoji davomida ma'lum bo'ladi: urush hamon davom etmoqda. "Garchi urushning qora qanoti uzoqlab, erta-indin Gitlerning to 'ng'iz qo'pishi ko'rinib qolgan bo'lsa ham, hamon uning soyasi odamlar boshiga ko'lanka tashlab turgan, hali u qo'shninikida, hali bu qo'shninikida aza ochilayotgan" kunlar. Ayrim sabablarga ko'ra urushga bormagan, to'qimachilik kombinatida montyor bo'lib ishlaydigan Shoikrom bir hovlida bo'la turib sil kasali bilan og'rib yotgan ukasi Shone'matning holidan xabar ololmaydi. Bir yil avval hovliga ekilgan qulupnay tufayli Shoikromning xotini Xadicha va onasi Umri xola o'rtasida nizo kelib chiqqan. Qolaversa, atrofda o'g'ri ko'paygan: "Suv qalqisa loyqasi yuqoriga chiqqanday, zamon qalqqandan buyon o'g'ri ko'paydi. Erta bahorda ularning tug'ay deb turgan sigirini o'g'irlab ketishdi. O'sha kecha Shoikrom tungi smenada edi. Kechasi bilan yomg'ir sharros quyib chiqdi. Shoikrom tong saharda ko'ngli g'ash tortib, bir nimani sezganday uyga qaytdi. Kelsa xotini, onasi, bolalari dod solib o'tiribdi. Xadicha og'iroyoq emasmi, o'zi bilan o'zi ovora bo 'lib, bilolmay qolibdi. Ertalab tursa, ko'cha eshigi lang ochiq, yong 'oqda bog'log'liq sigiryo'q. "Shu paytgacha sigir tug'ardi, ukamning og'ziga aqalli bir kosa sut tutardim, - deb o'yladi Shoikrom o'kinib. - Qani o'shalar qo 'limga tushsa,

2 Hoshimov O'. Uzun kechalar. - T: "O'ZBEKISTON", 2018 - 34-bet

216

chopib tashlardim".3 Shoikromning ushbu alamzadalik holati fojianing boshlang'ich nuqtalaridan biri hisoblanadi.

Jumladan atoqli o'zbek yozuvchisi, Afg'on urushi qatnashchisi Nabi Jaloliddin ham bu urushda shaxsan ishtirok etgan kishilardan edi. Nabi Jaloliddin ijodini yoshligidan she'rlar yozishdan boshlaydi. Shoirning ilk kitobi „Yalpizli kecha" bo'lib, unga shuhrat olib keladi. Keyin birin-ketin kitoblari nashrdan chiqadi. Shu orqali O'zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov nazariga tushadi.

Yozuvchi sifatida ilk qissasi „O'limning rangi" nashrdan chiqqach, O'zbekiston xalq yozuvchisi Pirimqul Qodirov nazariga tushadi. „O'limning rangi"qissasida XX asrning 80-yillarida bo'lib o'tgan Afg'on urushi voqealari jonlantirilgan edi. Qissani o'qib chiqqan marhum yozuvchi Nabi Jaloliddinni qidirib, Izboskangacha boradi.

O'limning rangi asari Afg'on urushiga bag'ishlangan, real voqealarga asoslangan asar hissoblanadi. Bu asarni yozishda kitobxon u yerdagi tog'liklarni tunda naqadar sovib chidab bo'lmas darajaga kelishi, har lahzada dushman xujumining havfini ko'rsatib o'tadi.

Zamondosh yozuvchilarimizdan yana biri O'tkir Hoshimovning "Tushda kechgan umrlar" romani ham ayni urush mavzusini jangchi tilidan hikoya qiladi. Bu asar XX asrning 80-yillarida bo'lib o'tgan Afg'on urushi va unda yosh umri xazon bo'lgan o'zbek yigitlarining achchiq taqdiri haqida. Afg'on urushi ishtirokchisi shunday qiyinchiliklarga duchor bo'ladiki, u bilan birgalikda kitobxon g'am chekadi, azoblanadi. Urush natijasida asar qahramoni bo'lgan Rustam oila qurishlik baxtidan mahrum bo'lib, oila qursa ham baxtli bo'lolmay taqdiri ayanchli yakunlanadi. Yuqorida "Esizgina yoshligim"dan urush odamlar ruhiyatiga yetkazgan jarohatlarning ayrimlarini ko'rib o'tdik. Bunday tasvirlar "Tushda kechgan umrlar" romanida ham uchraydi. Romanning "Rustamning birinchi kundaligidan" deb nomlangan qismida oddiy askar Xayriddin bosh qahramon Rustamga shunday deydi: "Bilasizmi, jo'ra... o'ylab qarasam, urush teskari haqiqat, degani ekan. Odam bo'lging kelsa, shafqatsiz bo'l. O'lging kelmasa, o'ldir. Qiziq-a, jo'ra..." O'tkir Hoshimov bu holga o'zining boshqa bir asari "Daftar hoshiyasidagi bitiklar"ning "Urushlar haqida" deb nomlangan bobida alohida to'xtalgan: "Urushda g'olib va baxtli podshoh, g'olib va baxtli qo'shin, g'olib va baxtli davlat, g'olib va baxtli tuzum bo'lishi mumkin. Ammo g'olib va baxtli odam bo'lmaydi. Negaki, urush odamni odam o'ldirishga majbur qiladi. Odam o'ldirgan odam esa hech qachon baxtli bo'lmaydi!", yoki "...Urush, hatto haqiqatning qiyofasini ham teskari qilib qo'yadi. Urushda haqiqat

3 yuqoridagi manba, 38-bet

217

bo'lmaydi!" Adib ushbu jumlalari bilan kitobxonni urushga bo'lgan nafratini

XULOSA (Conclusion)

Xulosa qilib aytganda, Avg'on urushining salbiy asoratlari tasvirlangan "yo'qotilgan avlod" mavzusi yetakchi o'rinni egallaydi. Bu asarlardagi obrazlarni quyidagicha tasniflash maqsadga muvofiq: frontda jang qilayotgan askarlar, urushdan qaytgan, lekin bu urushning salbiy asoratlari ostida yashayotgan sobiq jangchilar, urushda ishtirok etmagan bo'lsa ham shu urushning salbiy oqibatlari tufayli hayoti izdan chiqqan turli toifadagi insonlar tasvirlangan. Ushbu qahramonlarning barchasini urushning salbiy asoratidan jabrlanganlik xususiyati birlashtirib turadi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Gafurovich, S. A. (2021). Analysis Of The Poem" Autumn Dreams" By Abdulla Oripov. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(01),

2. Sabirdinov, A. (2021). ASKAR KASIMOV IN THE UZBEK POETRY OF THE XX CENTURY THE ROLE AND IMPORTANCE OF CREATION. Конференции, 7(2).

3. Guzalkhan, M. (2020). The image of a creative person in the poetry of Erkin Vohidov. Academicia: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(11).

4. Mukhammadjonova, G. (2020, December). ARTISTIC INTERPRETATION OF THE CREATIVE CONCEPT IN WORLD LITERATURE. In Конференции.

5. Abdurashidovich, K. A. (2018). Motivation and National Character of Foolishness in Uzbek Literature. ANGLISTICUM. Journal of the Association-Institute for English Language and American Studies, 7(4), 47-51.

6. Qayumov, A. (2018). Creating of a national character through means of literature. Theoretical & Applied Science, (1), 235-240.

7. Джураева, М. А. (2020). THE CONCEPT OF A NEW HUMAN-BEING IN MODERN UZBEK STORIES. Ученые записки Худжандского государственного университета им. академика Б. Гафурова. Серия гуманитарно-общественных наук, (2), 85-89.

8. Oripova, G. (2019). UZBEK POETRY AND THE WORLD LITERATURE IN THE YEARS OF INDEPENDENCE. Scientific Journal of Polonia University, 32(1), 116-120.

9. Murodilovna, O. G. (2019). The peculiarities of vazn meter in uzbek poetry of the independence period. ANGLISTICUM. Journal of the Association-Institute for English Language and American Studies, 5(2), 33-39.

oshiradi.

556-559.

218

www.birunijournal.uz

10. Akhmadjonova, O. A. (2021). Symbolic And Figurative Images Used In The Novel "Chinar". The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(03), 389-392.

11. Ahmadjonova, O. (2020, December). THE ARTISTIC SKILL OF THE CREATOR. In Конференции.6. Oripova G. M., Tolibova M. T. Q. Composition Of Modern Uzbek Stories //The American Journal of Social Science and Education Innovations. - 2021. - Т. 3. - №. 03. - С. 245-249.

12. Xasanova, X. (2020, December). THE MISSION AND LITERATURE OF LETTERS IN STORIES AESTHETIC FUNCTION. In Конференции.

13. Makhmidjonov, S. (2021). ARTISTIC INTERPRETATIONS OF THE EDGES OF THE HUMAN PSYCHE. Интернаука, (15-3), 75-76.

14. Yulchiyev, Q. (2019). The development of lyric chronotop in Uzbek poetry. Scientific journal of the Fergana State University, 2(2), 77-81.

15. Юлчиев, К. В. (2020). ЛИРИК ШЕЪРДА БАДИИЙ МАКОН МУАММОСИ. МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ИСКУССТВО СЛОВА, 3(5).

16. Azimovich, R. Z. Chronotope Image in the Novel" Ulugbek Treasure" by Odil Yakubov. International Journal on Integrated Education, 3(11), 183-186.

17. Rahimov, Z., & Gulomov, D. (2020, December). RETROSPECTIVE STRUCTURE IN FICTION. In Конференции.

18. Dehkonova, M. S. (2020). OYBEK'S POETRY THROUGH ANALYSES OF REPRESENTATIVES OF OYBEK STUDIES SCHOOL. Theoretical & Applied Science, (2), 13-17.

19. Hamidov, M. (2020, December). ARTISTIC FEATURES OF SHUKHRAT'S NOVEL" MASHRAB". In Конференции.

20. UMURZAKOV, R. (2018). Social environment and spiritual world of teenager in narrative "Saraton" by N. Fozilov. Scientific journal of the Fergana State University, 7(4), 104-105.

21. Umurzakov, R. (2021). ERA AND SPIRIT IN THE STORY "TWICE TWO IS FIVE". Journal of Central Asian Social Studies, 2(02), 26-35.

22. Kasimov, A. Albert Camus in Uzbekistan.

23. Kasimov, A. A. (2020). PECULIARITIES AND SIMILARITIES OF SYMBOLIC EXPRESSION IN THE NOVELS "THE PICTURE OF DORIAN GRAY" AND "THE MAN AT THE MIRROR". Theoretical & Applied Science, (5), 590-592.

24. JURAYEV, H., & ABDURAHIMOVA, J. (2018). Semantic layers of the expression in the Babur lyric. Scientific journal of the Fergana State University, 7(3), 111-112.

219

25. Sabirdinov, A. (2019). Sketches to the novel "Night and day" by Chulpan. Scientific journal of the Fergana State University, 1(6), 119-120.

26. Sabirdinov, A. G. (2021). Interpretation of Characters in Utkir Hoshimov's Story "Yanga". International Journal of Multicultural and Multireligious Understanding, 8(6), 196-200.

27. Murodilovna, O. G. (2020). Melody and musicality in Lirycs. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(11), 656-664.

28. Oripova, G. M. (2021). Genesis And Essence Of Genre Concept. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(12), 90-94.

220

www.birunijournal.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.