Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022
ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-195-201
"TUSHDA KECHGAN UMRLAR" ROMANINING SYUJET, OBRAZ,
USLUB XUSUSIYATLARI
E. S. Achilova
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti magistranti
U. N. Xodjamqulov
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti dotsenti
ANNOTATSIYA
Maqolada O'tkir Hoshimovning "Tushda kechgan umrlar" romanining syujet, obraz, uslub xususiyatlari, yoritilgan. Asar voqealarining makon va zamon xususiyatlari tahlil qilingan. Yozuvchining obraz yaratish borasidagi badiiy mahorati tadqiq etilgan.
Kalit so'zlar: Syujet, obraz, ekspozitsiya, kulminatsiya, tugun, yechim. Retrospeksiya.
ABSTRACT
The article highlights the features of the plot, image, style of Utkir Hashimov's novel "life in a dream". The spatial and temporal characteristics of the events of the work are analyzed. The artistic skill of the writer in creating an image is investigated
Keywords: plot, image, exposition, climax, node, solution. Retrospective
KIRISH
Inson ma'naviy olamini kashf etuvchi qudratli vositalardan biri bu - so'z san'ati, badiiy adabiyotdir. Bugun milliy adabiyotimiz mavzular ko'lami jihatidan ham, janrlar nuqtai nazaridan ham rang-baranglashib bormoqda. Ijtimoiy tafakkur eskicha qarash va yondashuvlardan xalos bo'lib borayotgan bir davrda ilm-fanning barcha sohalari qatori adabiyotshunoslikning ham muhim nazariy masalalarini har tomonlama teran tadqiq etish borasida keng imkoniyatlar ochilmoqda. Adabiyotshunoslik va uning tadrijida ijodkor badiiy mahorati masalasi bugungi kunda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Chunki busiz milliy badiiy-estetik tafakkurni boyitib, yangilab, rivojlantirib bo'lmaydi. Bunda, ayniqsa, hayotni badiiy yorqin tasvirlash, betakror obrazlar yaratish, milliy adabiyotimiz xazinasini yangi poetik kashfiyotlar bilan boyitishga muvaffaq bo'lgan yozuvchilar ijodini tadqiq etish
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022
ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-195-201
beqiyos o'rin tutadi. Shu ma'noda XX asr o'zbek nasrining ko'zga ko'ringan ijodkorlaridan bo'lgan O'tkir Hoshimov asarlarini o'rganish, yozuvchining o'ziga xos uslubi va badiiy mahoratini tadqiq etish muhimdir. Zero, O'tkir Hoshimov so'zni san'at darajasiga olib chiqqan, uning har bir qa'tidan yangilik, badiiy yuksaklik axtargan va ana shu yuksaklikni ijod o'zagi deb bilgan yozuvchidir.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
80-yillarning oxirlariga kelib, jamiyat hayotida ko'p o'zgarishlar yuz bera boshladi. Qayta qurish, oshkoralik tufayli mavjud muammolar xususida gapirila boshladi. Uzoq yillar hukmronlik qilgan, chirib bitayotgan sotsialistik tuzumning asl qiyofasi ko'rinib qoldi. Uzoq yillar gegimon bo'lgan kommunistik partiya o'z o'rnini saqlab qolishga, jamiyat hayotini yana bir bor o'zgartirishga qayta-qayta urina boshladi. Lekin bu harakatlar faqatgina ko'ngilsizliklarga sabab bo'ldi. bunga misol qilib, O'zbekistonda markaz tomonidan jinoyatchilikka, poraxo'rlikka barham berish niyatida olib borilgan harakat "o'zbek ishi" deb nom olgan ommaviy qatag'on kompaniyasiga aylanib ketdi. 30-50-yillardagi qatag'on manzaralari takrorlandi. Jamiyat hayotidagi mana shunday manzaralar adabiyotda o'zgacha qahramonlar hayoti tasvirlangan asarlarning paydo bo'lishiga zamin hozirladi. Ko'plar e'tiqod qo'ygan, ishongan tuzumning barbod bo'lishi, butun umrini, hayotini shu tuzumga xizmat qilishga sarflagan insonlarning ishongani sarob bo'lib chiqishi O'.Hoshimovning "Tushda kechgan umrlar" romanida mahorat bilan tasvirlandi. Unda mustabid tuzumning haqiqiy qiyofasi, odamlar ishongan aqidalarning bema'niligi ko'rsatib berildi.
"Tushda kechgan umrlar" romanida ham adibning avval yaratilgan romani "Ikki eshik orasi" romani kabi voqelik bir necha roviylar tilidan hikoya qilinadi. Bu usul adib uchun o'z g'oyasi va fikrlarini ifoda etishning vositasi bo'lib xizmat qilgan. Aynan shu holat asar syujetining ham o'ziga xosligini ta'minlagan Badiiy asarda syujet markaziy ahamiyatga ega hisoblanadi. Syujet atamasiga ilmiy adabiyotlarda turli ta'riflar berilgan. Masalan, "Adabiyotshunoslik lug'ati"da "Syujet (frans. — predmet, "asosga qo'yilgan narsa") badiiy shaklning eng muhim elementlaridan biri sanalib, badiiy asardagi bir-biriga uzviy bog'liq holda kechadigan, qahramonlarning xatti-harakatlaridan tarkib topuvchi voqealar tizimini anglatadi. Umuman, sujetlilik badiiy adabiyotning xos xususiyatlaridan biri bo'lib, barcha turdagi badiiy asarlarda ham syujet mavjuddir", deyiladi. Har bir asarning syujeti qaysi janrga mansubligiga qarab o'ziga xos tarzda bo'ladi. Xususan, epik janrdagi asarlar syujet va
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022
ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-195-201
kompozitsiyasi yaxlit butunlikka ega ekani bilan link va dramatik turga mansub asarlardan ajralib turadi. Muallif uchun syujet voqealari personajlar xarakterining ochilishi, shakllanishi muhim asos vazifasini o'taydi. "Syujetning badiiy asardagi funksiyalari haqida so'z ketganda, avvalo, uning asar problemasini badiiy tadqiq etishga imkon beradigan hayot materialini uyushtirib berishini aytish kerak". Demak, syujetning qanday bo'lishi muallif niyatiga bog'liqdir. Masalan, "Tushda kechgan umrlar" uchun tanlagan sujetda voqealarning bir nechta personajlar hayoti misolida ko'rsatilishi — muallif ijodiy niyatni amalga oshirish uchun qulay usuldir. Negaki, romandagi syujet chizig'ining Rustam, Komissar, Qurbonoy xola liniyalari orasida kechishi yozuvchini yozishga undagan muammolarni ifodalashga imkonini yaratdi. Jumladan, farrosh kampir- Qurbonoy xolaning qismati, Komissar Soat G'aniyevning fojiasi roman bosh qahramoni Rustamning taqdiri bilan bog'liq voqealarga uzviy bog'langan holda olib kiriladi va ular yozuvchiga Afg'on urushi hamda "O'zbek ishi" fojialari bilan bog'liq muammolarini yoritish, ko'rsatish imkonini yaratadi.
NATIJALAR VA MUHOKAMA
Albatta har bir badiiy asar syujeti unda ishtirok etuvchi katta-kichik personajlarning harakatidan tashkil topadi. Harakat tashqi tamonlama yoki ichki-o'y-hayol, ruhiyatdagi o'zgarishlar ma'nosida bo'ladi. Shunga asoslanib badiiy asarlarni bu harakat tiplaridan qaysi biri yetakchilik qilishiga qarab syujetning ikki turi ajratiladi: a) "tashqi harakat" dinamikasiga asoslangan sujet b) "ichki harakat" dinamikasiga asoslangan syujetlar. Tashqi harakat dinamikasiga asoslangan syujetlarda personajlarning muayyan maqsad yo'lidagi xatti-harakatlari, kurash va to'qnashuvlari, hayotidagi burilishlar tasvirlanadi, shu asosda ularning taqdirida, ijtimoiy mavqeida muayyan o'zgarishlar yuz beradi. Sodda qilib aytsak, bu xil syujetli asarlarda voqea to'laqonli tasvirlanadi, u o'z holicha ham badiiy estetik qimmat kasb etadi. Syujetning ikkinchi tipiga asoslangan asarlar adabiyotimizda ancha keyin, 80-yillardan boshlab maydonga kela boshladi. Biz tahlil qilayotganimiz "Tushda kechgan umrlar" asarida tashqi harakat dinamikasiga asoslangan syujet yetakchilik qiladi. Unda Rustam, Komissar, Qurbonoy xola kabi obrazlar hayotiga tegishli voqealar, ular hayotidagi burilishlar, o'zgarishlar to'liq tasvirlangan. Lekin qahramonlarning o'y-hayollari, ruhiyatida kechayotgan o'zgarishlarga asoslanib aytish mumkinki, asarda ichki harakat dinamikasiga asoslangan syujeting ham elementlari bor. Adabiyot nazariyasiga oid kitoblarda "badiiy asarda tasvirlangan voqealar bir tizimga bog'lanar ekan, ular orasida asosan ikki turli munosabat
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022
ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-195-201
kuzatiladi. Syujetdagi voqealarning o'zaro munosabatiga ko'ra xronikal va konsentrik syujet turlari ajratiladi". Xronikal syujetda voqealar orasida vaqt munosabati(A voqea yuz berganidan so'ng B voqea yuz berdi) yetakchilik qilsa, konsentrik syujet voqealari orasida sabab-natija munosabati (A voqea yuz bergani uchun B voqea yuz berdi) yetakchilik qiladi. "Tushda kechgan umrlar" romanida biz har ikki syujet turini qorishiq holatda uchratamiz. Unda xronikal syujetga xos qahramon taqdirini davriy izchillikda, uning xarakterini rivojlanishda ko'rsatish, asosiy syujet bilan yondosh holda yordamchi syujet chiziqlarini ham yurgizish, juda katta hayot materialini qamrab olish imkoniyatlaridan unumli foydalanilgan. Muallif romanda retrospeksiya usulidan — zamonda ortga qaytish imkoniyatlaridan keng foydalangan. Kuzatishlarga tayanib aytish mumkinki, syujetning mazkur turi asarda boshqalariga qaraganda yetakchi o'rini egallagan. Ma'lumki, syujet ijodkorning badiiy niyatiga muvofiq ravishda asarda berilgan voqeani ifodalaydi. Bunda voqealar ketma-ket, izchillik bilan yoritilmasligi mumkin. Chunki u muallifning badiiy niyati, asarning mantiqiy asosiga ko'ra ifodalanadi. Barcha asarlarda ilmiy adabiyotlarda aytilganidek avval ekspozitsiya, tugun, voqealar rivoji, kulminatsiya, yechim kabi ketma-ketlik bo'lmasligi mumkin. Buni "Tushda kechgan umrlar" romani misolida ham ko'rish mumkin. Asar bosh qahramon Rustamning oxirgi kundaligidan boshlanadi va Qurbonoy xolaning har kungi tashvishlariga ulanib ketadi. Aynan, Qurbonoy xola asar boshlanishidayoq Rustamning murdasini ko'rib qoladi. Roman kulminatsiya bilan boshlanadi. So'ng yozuvchi chekinish usulini qo'llab bosh qahramon Rustamning o'limi va u bilan bog'liq tafsilotlarni yoritishga kirishadi. Roman syujeti odatdagi syujetlardan bir oz farqli. Unda asar syujeti bir nechta liniyalarga bo'linib ketadi:
1. Rustam- Shahnoza- Rustamning otasi liniyasi
2 Qurbonoy xola-To'lagan-Fotima liniyasi
3 Komissar Soat G'aniev liniyasi
4. Grisha-Vasilev Grigoriy Stepanovich liniyasi
Yozuvchi har bir syujet liniyasini mustaqil holda rivojlantiradi. Har birining o'z konflikti, tuguni, voqealar rivoji, kulminatsiyasi, yechimi bor. Rustamning syujet liniyasi kulminatsiyadan boshlanib, so'ng ekspozitsiya, tugun, voqyelar rivoji va yechim ketmaketligida tasvirlanadi. Ma'lumki, badiiy asar syujeti ekspozitsiya, tugun, voqea rivoji, kulminatsiya, yechim singari unsurlardan tarkib topadi. Ekspozitsiya syujetning boshlanish qismi bo'lib, o'quvchini asar voqealari kechadigan joy, qahramonlar, asar konflikti yetilgan shart-sharoitlar bilan
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022
ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-195-201
tanishtiradi. Aytish kerakki, ekspozitsiya hajm e'tibori bilan turlicha bo'lishi va asarning turli o'rinlarida kelishi, ba'zan umuman tushirib qoldirilishi mumkin. Masalan, "Tushda kechgan umrlar"da kechikkan holda kulminatsiyadan so'ng keladi. So'ng Rustamning o'limi bilan bog'liq tafsilotlar ketadi. Qurbonoy xola liniyasida esa, ekspozitsiya tartib bilan kelgan. Uning biqini achishib uyg'onishi-yu, ertalablari ko'cha supurishga chiqishi voqealari tasviri ekspozitsiyadir. Komissar liniyasida esa u qisqaroq va voqealar rivoji oralig'ida beriladi. Grisha liniyasida ekspozitsiya anchayin batafsil berilgan. Buni o'ziga xos sababi bor. Yozuvchi "noyob kadr" sifatida keltirilgan bunday nushalarning aslida qanday ekanini yaqqol tasvirlamoqchi bo'lgan.
Romanda tugun ham o'ziga xos tarzda qo'yilgan. Asarda mavjud syujet liniyalari o'z tuguniga ega bo'lishi mumkin ekan. Tugun asar voqealarining boshlanishiga turtki bo'lgan voqea, asar konflikti qo'yilgan joydir. Ekspozitsiyadan farqli o'laroq, tugun syujetning zaruriy elementi sanaladi, ya'ni u sujetda har vaqt hozirdir. Tugun, odatda, asarning boshlanishida, ekspozitsiyadan keyinoq beriladi. Shunisi ham borki, ba'zi katta hajmli asarlar sujetida bir emas, bir nechta tugunga duch kelishimiz ham mumkin. "Tushda kechgan umrlar"da ham shunday. Rustamning Afg'on urushiga olinishi Rustam liniyasining tuguni bo'lsa, Soat G'aniyevning ko'nglida "eshonvachcha" Fotimaga nisbatan nimalarnidir uyg'onishi va bolalar tomonidan izzat-nafsi kamsitilgandagi holati komissar liniyasining tuguni.
Tugundan keyingi voqealar zanjiri voqea rivoji deb yuritiladi. Odatda syujet voqealari bosqichma-bosqich rivojlantirib boriladi. Asardagi voqealar rivojining eng yuqori nuqtasi, undagi konflikt benihoya kuchaygan o'rni kulminatsiya deb yuritiladi. Masalan, Rustamning o'limi roman kulminatsiyasi sanaladi. Undan tashqari komissarning o'g'li Mauzer tomonidan "Sizning o'g'lingiz ekanimdan uyalaman" deb aytgan paytdagi holatni komissar liniyasining kulminatsiyasi deyish mumkin. Chunki, ayni shu nuqtada komissarning va tuzumning g'ayriinsoniylikka asoslangan qiyofasi ko'rsatiladi. Mana shu gap Soat G'aniyev ko'ksini o'qdek teshib o'tadi. Kulminatsiya endi asar voqealarining yechimga tomon intilishini, bir tomonga hal bo'lishini taqozo qiladi. Yechim syujet voqealari rivojining yakuni, ularning nihoyasida qahramonlar ruhiyatida, taqdirida yuzaga kelgan holatdir. Yechimda konfliktli holat, qahramonlar orasidagi ziddiyatlar o'zining badiiy yechimini topadi. Yechim konfliktning hal bo'lganini ko'rsatishi bilan birga uning hal bo'lmasligini ham ko'rsatadi. Rustam liniyasi konfliktini yechimi berilmagan. U o'z joniga qasd qilgan. Komissar liniyasining yechimi esa qo'rqinchli tushlar, yolg'izlik, odamni
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022
ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-195-201
yutaman deb turgan uyda tong otishini kutib, nomalum xadik bilan yashashdir. Qurbonoy xola liniyasida esa, barcha bo'lib o'tgan ishlar Olloning irodasi ekani aytiladi.
XULOSA
Yuqoridagilardan ma'lum bo'ldiki, tugun, voqea rivoji va kulminatsiya syujetni tutib turuvchi asosiy unsurlar sanaladi va ular har qanday syujetda mavjud bo'ladi. Ekspozitsiya bilan yechim esa syujetning shart bo'lmagan elementlari bo'lib, ularning asarda bo'lish yoki bo'lmasligi yozuvchining ijodiy niyati, ijodiy individualligi, badiiy tasvir va talqin yo'sini bilan bog'liqdir.
"Tushda kechgan umrlar" da yozuvchi qo'llagan syujetning turi usul retrospeksiya deb atalib, uning mohiyati shuki, bunda yozuvchi syujet voqealarini to'xtatib o'tmishga, ilgari bo'lib o'tgan voqealar tasviriga o'tadi. Roman boshlanishida tasvirlangan farrosh Qurbonoy xola roman o'rtalariga kelib, otasi nohaq qamalgan, onasi komissar tomonidan zo'rlangan 14 yoshli qizcha tarzida namoyon bo'ladi. Yoki roman boshida o'limi tasvirlangan bosh qahramon Rustam voqealar rivoji davomida talaba, askar, uylangan yigit, otasi uchun kurashayotgan qahramon sifatida batafsil tasvirlanadi.
Ma'lumki, badiiy asarda tasvirlanayotgan voqyealar makon va zamonda kechadi, shunga ko'ra adabiyotshunoslikda "badiiy vaqt" tushunchasi keng qo'llaniladi. "Tushda kechgan umrlar"da yozuvchi ijodiy niyatini amalga oshirish yo'lida "badiiy vaqt" imkoniyatlaridan keng foydalangan. Adib zarur o'rinda asar vaqtidan chekinib, o'tmishda yuz bergan voqealarni tasvirlaydi bu narsa "retrospektiv vaqt" deyiladi. Yozuvchi "parallel vaqt" dan ham unumli foydalangan. Unda yuz berishi jihatidan bir paytga to'g'ri keladigan voqealarni navbati bilan tasvirlagan. Rustamning Afg'on urushida ekani voqeasi, dadasining qamalishi, komissarning o'g'illari bilan bog'liq kechayotgan hayoti, Qurbonoy xolaning qizi Umida va nabiralari bilan kechayotgan voqealar tasvirining ketma-ket o'rin almashib tasvirlanishida biz buni ko'rishimiz mumkin.
O'tkir Hoshimov o'zbek xalqini chinakam farzandi sifatida millatimiz boshiga tushgan og'ir fojiani ildizi bilan ochib bergan. O'z qalbini og'ritgan, xalqimizning og'riqli nuqtalari xususida mushohada yuritgan. Eng muhimi, buni mahorat bilan uddalagan.
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022
ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-195-201
REFERENCES
1. T.Boboyev. Adabiyotshunoslik asoslari.-T.,O'zbekiston. 2002-yil.
2. Normatov U. Nasrimiz ufqlari.-T: Adabiyot va san'at nashriyoti, 1974
3. N. Hotamov. B. Sarimsoqov. Adabiyotshunoslik terminlarining ruscha-o'zbekcha izohli lug'ati. - T.: O'qituvchi, 1989.
4. O' Hoshimov. "Tushda kechgan umrlar" romani. G'.G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti.- T: 2002
5. E. Achilova, O'tkir hoshimov asarlarida badiiypsixologizm muammosi. "XALQ TA'LIMI" ilmiy-metodik jurnali. 2021. № 5. www.xtj urnali.zn.uz.
6. Achilova Emina Sadulloyevna, ARTISTIC PSYCHOLOGY ON THE EXAMPLE OF THE WORK "SPRING DOES NOT RETURN". ACADEMICIA An International Multidisciplinary Research Journal. Vol. 11, Issue 10, October 2021