Научная статья на тему 'O’SMIRLARNI BUZG’UNCHI G’OYAVIY TA’SIRLARDAN ASRASHDA MAHALLA - TA’LIM MUASSASI HAMKORLIGI MAZMUNI'

O’SMIRLARNI BUZG’UNCHI G’OYAVIY TA’SIRLARDAN ASRASHDA MAHALLA - TA’LIM MUASSASI HAMKORLIGI MAZMUNI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
766
37
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
SHAXS / IZCHIL TARBIYA / G'OYAVIY BARKAMOLLIK / DINIY / ESTETIK / AXLOQIY QARASHLAR / MAFKURAVIY DUNYOQARASH / G'OYAVIY KO'NIKMA / SOMATIK-JISMONIY / JINSIY VA IJTIMOIY TARAQQIYOTI

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Qirjigitov To'Ychi Rashidovich

Ushbu maqolada bugungi kunda o’smirlarga milliy ma’naviyatimizga yod g’oyalarning ta’siri va bu g’oyalarga qarshi samarali kurashishda “mahalla - ta’lim muassasasi”ning o’zaro hamkorligi mazmuniga oid mulohazalar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’SMIRLARNI BUZG’UNCHI G’OYAVIY TA’SIRLARDAN ASRASHDA MAHALLA - TA’LIM MUASSASI HAMKORLIGI MAZMUNI»

O'SMIRLARNI BUZG'UNCHI G'OYaVIY TA'SIRLARDAN ASRASHDA MAHALLA — TA'LIM MUASSASI HAMKORLIGI MAZMUNI

Qirjigitov To 'ychi Rashidovich, 2-son kasb-hunar maktabi, Baxmal tumani, O'zbekiston

ВЕСТНИК НАУКИ И ТВОРЧЕСТВА

E-mail: forishlik0426@bk.ru

Annotatsiya. Ushbu maqolada bugungi kunda o'smirlarga milliy ma'naviyatimizga yod g'oyalarning ta'siri va bu g'oyalarga qarshi samarali kurashishda "mahalla - ta'lim muassasasi"ning o'zaro hamkorligi mazmuniga oid mulohazalar keltirilgan.

Kalit so'zlar: shaxs, izchil tarbiya, g'oyaviy barkamollik, diniy, estetik, axloqiy qarashlar, mafkuraviy dunyoqarash, g'oyaviy ko'nikma, somatik-jismoniy, jinsiy va ijtimoiy taraqqiyoti.

O'zbekistonda har tomonlama barkamol shaxsni voyaga yetkazishga asoslangan ta'lim-tarbiya tizimining milliy modeli yaratildi. Shaxs deganda biz "o'z haq-huquqini taniydigan, o'z kuchi va qobiliyatiga tayanib yashaydigan, atrofida ro'y berayotgan voqea-hodisalarga mustaqil munosabatda bo'ladigan, shu bilan birga, o'z shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyg'un holda ko'radigan erkin shaxsni" [2] tushunamiz. Aynan shu ma'noda shaxs bu - muayyan g'oyaning tashuvchisi, sub'ekti, ongli, faol va axloqli odamdir. Shuning uchun ham mutaxassislar "shaxs - fuqarolik jamiyatining erkin, ongli, mustaqil tarkibiy qismidir" - deya ta'rif berishadi[3].

Asosiy Qonunimiz - O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 20-moddasida shaxsning huquq va majburiyatlari shunday belgilab qo'yilgan: "Fuqarolar o'z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning, davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlari, huquqlari va erkinliklariga putur yetkazmasliklari shart" [1]. Demak, haqiqiy fuqaro bo'lish uchun shaxs bo'lish lozim. Shaxs esa izchil tarbiya orqali shakllantiriladi. Mahalla, oila va ta'lim muassasasi tarbiyaning dastlabki va uzoq vaqt ta'sir etuvchi omillaridir.

Shaxsning shakllanishiga ta'sir ko'rsatuvchi g'oyalar tizimi va ularning mazmuni doimo jiddiy sotsiologik va ijtimoiy-pedagogik mavzu bo'lib kelgan. Shu sababli "Shaxsni g'oyaviy barkamollikka yetkazishda qanday mezonlarga tayanish lozim?", "Bunday shaxs qanday ijtimoiy munosabatlar va tarbiyaning qanday

ВЕСТНИК НАУКИ И ТВОРЧЕСТВА

mexanizmlari asosida voyaga yetadi?", "Uni yot buzg'unchi g'oyalardan qanday himoya qilish lozim?" kabi muammolarni ilmiy tahlil qilish bugungi ijtimoiy pedagogikaning muhim vazifalaridan biridir.

Olimlar yoshlarning g'oyaviy tarbiyasi mazmunida mas'uliyat, e'tiqod, iymon tushunchalarini to'g'ri shakllantirish zarurligini uqtiradilar. O'sib kelayotgan yosh avlodni g'oyaviy tarbiyalashda milliy istiqlol g'oyasi metodologik tayanch vazifasini bajaradi. Mahalla va ta'lim muassasasi o'smirlar orasida olib boriladigan mafkuraviy profilaktika ishlari bu - o'smir ongi va tushunchalari tizimini yot mafkuralar manfaatlariga xizmat qiluvchi falsafiy, siyosiy, huquqiy, diniy, estetik, axloqiy qarashlardan milliy g'oya asosida muhofaza qilishga qaratilgan pedagogik jarayondir.

Aytish lozimki, o'smirlarni yot g'oyalardan himoyalash uchun biz muayyan imkoniyat va vositalarga egamiz va bu borada mahallada va ta'lim muassasasi o'smirlar orasida mafkuraviy profilaktika ishlari amalga oshirilmoqda. Mahalla va ta'lim muassasasida o'smirlarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalab voyaga yetkazishning an'anaviy milliy bo'g'ini ekan, unda mafkuraviy profilaktika qanday usullar va qanday axloqiy qadriyatlar orqali amalga oshirilgani ma'qul? Buning uchun o'smirlardagi o'z g'oyasiga egalik va profilaktik bilimlarini sotsiologik o'rganish va shakllantirish maqsadga muvofiqdir, ya'ni:

Milliy istiqlol g'oyasi bilan uyg'un, yaqin, o'rta va uzoq muddatli maqsadlarni shakllantirish. Voyaga yetayotgan har bir o'smir qalbida albatta muayyan maqsad-muddao bo'lishi va uni o'smir ravshan ifodalab bera olishi lozim. Shunda u o'ziga va o'z faoliyatiga maqsadli munosabatda bo'ladi. Uning har bir harakati aniq maqsad bilan boshlanib, natija bilan tugaydi. Bu juda muhim, zero biz kirib borayotgan fuqarolik jamiyati, bozor iqtisodiyoti sharoitida faqat maqsadli, "ijtimoiy mo'ljalli" odamgina hayotda bosqichma-bosqich o'z o'rnini topa boradi. Aniq, real maqsadga yo'nalganlik esa ehtiyoj, qiziqish, pedagogik sharoit uyg'unligi orqali ta'minlanadi.

Mafkuraviy dunyoqarash - bu o'smirdagi g'oyaviy tasavvur va tushunchalarning bir butunligidir. Shu ma'noda oilada o'smirning mafkuraviy dunyoqarashi to'g'ri pedagogik nazorat ostida shakllantirilishi kerak.

Mana shu g'oyaviy, oilaviy, pedagogik-profilaktik omillar natijasida o'smir o'z oldiga uzoq, o'rta va yaqin maqsadlarni qo'yib, ularga erishishni o'rganib o'sadi. Uning shaxsiy va jamiyat manfaatlari uyg'unligiga qurilgan o'z g'oyalari vujudga keladi.

G'oyaviy-profilaktik bilim - har bir g'oyaning himoyaviy o'zagi. U o'smirni mustaqil fikriy faoliyatga boshlovchi sabab hisoblanib, kuchlarga asos berib, himoyalab turadi. Shuning uchun ham mahalla va ta'lim muassasida o'smirning bilim olishi uchun real shart-sharoitlarni yaratish mafkuraviy profilaktikaning muhim vazifasi hisoblanadi.

G'oyaviy ko'nikma - o'smirning o'z bilimi hamda g'oyaviy qarashlarini amaliyotga tatbiq etishi jarayonida tarkib topadi. Shuning uchun u oilada ham o'z g'oyalaridan, bilimlaridan foydalana olishga o'rgata borilishi kerak.

6

ВЕСТНИК НАУКИ И ТВОРЧЕСТВА

Malaka esa o'smirning o'z mafkurasini, mustaqil fikrlarini bemalol to'liq namoyon qila olishidir. Bunda bolani ma'naviy rag'batlantirib borish yaxshi samara beradi. Mana shu tizim asosida o'smirda o'z g'oyasini anglash, tahlil qilish, rejalashtirish va amalga oshirish uchun pedagogik shart-sharoit yaratiladi. Buning uchun oilada o'smirning o'ziga ishonch tuyg'usini shakllantirib borish muhimdir.

O'smirni mustaqil fikrlash, mustaqil harakat qilish va mustaqil faoliyatda bo'lishga odatlantirish uchun ota-ona, opa-akalar uning har bir savoliga to'g'ri va aniq javob berib borish bilan unda mustaqil fikrlash tuyg'usini rag'batlantira borishlari zarur. Chunki bular o'smir shaxsida o'z g'oyasi, fikriga ishonish, uni namoyon qilish ko'nikmasini hosil qiladi.

O'smirda maqsadli bo'lish, maqsadni ro'yobga chiqarish va o'z g'oyasiga ishonchni shakllantirish g'oyaviy sobitlik fazilatlariga zamin tayyorlay boradi.

Bugun Respublikamizning 10 mingga yaqin mahalalalarida mafkuraviy profilaktika jarayoni qanday kechayotganligini o'rganish dolzarb ijtimoiy-pedagogik muammo sifatida kun tartibiga qo'yildi. Chunki mahallalar ijtimoiy, madaniy, diniy, iqtisodiy va turmush tarzlariga ko'ra turlichadir. Shu ma'noda mahallalardagi g'oyaviy tarbiya jarayonlari ham turlicha kechishi tabiiy. Ba'zi mahallalarda yoshlarni g'oyaviy tarbiyalash jarayoni to'g'ri yo'lga qo'yilgani uchun ular milliy g'oya va zamon talablari asosida voyaga yetmoqda. Ba'zilarida esa tarbiyaning g'oyaviy o'zagi noto'g'ri qo'yilganligi yoki mafkuraviy profilaktika ishlariga yetarlicha ahamiyat berilmaganligi natijasida o'smir ba'zi hollarda jamiyat talabidagi shaxs darajasiga ko'tarilmayapti yoki uning tafakkurida mafkuraviy bo'shliq paydo bo'lmoqda.

Rus pedagog olimi K.D.Ushinskiy: "To'g'ri shakllangan inson jamiyatga to'g'ri va adolatli munosabatda bo'ladi. U jamiyatda mustaqilligini va o'zligini yo'qotmaydi", - deb uqtirgan edi. Oila muhitida mana shunday kishini tarbiyalab voyaga yetkazish mumkin. Zero oilada to'g'ri g'oyaviy tarbiyalanib voyaga yetgan kishi mahallada, fuqarolik jamiyatida faol bo'ladi. Avvalo u jamiyatga, o'ziga, hayotga to'g'ri munosabatda bo'lishi bilan ajralib turadi.

Oila mafkurasi bu - muayyan qondosh ijtimoiy guruh a'zolarining umumiy ehtiyojlar, tilak, orzu, umidlar hamda manfaatlari, qarashlari, tasavvurlari ifodasidir. Har bir ma'rifatli jamiyat a'zolari o'zlarining tub maqsad va manfaatlari asosida birlashadilar. Bu mushtarak birlik davlat madhiyasini yod bilish, har bir xonada davlat bayrog'ining faxr bilan osib qo'yilishi va boshqa umummilliy an'analarda namoyon bo'ladi. Bu qarashlar tizimi har bir ota-ona, o'g'il-qizni o'z vatani, yurti bilan faxrlanish, kelajagi uchun qayg'urish, bu yo'lda tinimsiz izlanish, mehnat qilish va uni yot ta'sirlardan mudofaa etishga undaydi.

Sog'lom g'oyalar tarbiyasi va mafkuraviy profilaktika ishlari uyg'unligida shakllantiriladigan mafkuraviy immunitet yuksak dunyoqarash va e'tiqod tarbiyasini anglatadi. Mafkuraviy immunitet - tartibga solingan, yaxlit tizimga aylantirilgan bilim, tasavvur va g'oyalar majmui bo'lib, u shaxsni mafkuraviy poligonlarda o'zligini saqlagan holda munosib o'rin egallashga, yot mafkuralarga faol qarshi turishga chorlaydi.

7

ВЕСТНИК НАУКИ И ТВОРЧЕСТВА

O'smirlik davri dunyoqarashning shakllanishi, e'tiqodning mustahkamlanishi uchun o'ta sezgir, senzitiv bosqich hisoblanadi. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, bu davr nafaqat shakllantirish uchun, balki ma'lum bir nomaqbul qarashlar shakllanib ulgurgan bo'lsa, ularni o'zgartirish uchun ham qulaydir.

"...Bolalar orasidagi ijtimoiy og'ish esa uning o'sha jamiyatda salbiy sifatlar ta'sirida tarbiyalanishi, salbiy ijtimoiy guruhga kirishi, ijtimoiy rolni egallab, ijtimoiy tajribalarni o'rganishi sifatida xarakterlanadi. Pedagogikada buni «tarbiyasi og'ir bolalar» deb yuritishadi. Chunki bu bolalarning xatti-harakatlari, xulq-atvorlari jamiyat tan olgan me'yorlarga zid bo'ladi" [4]. Demak, ijtimoiy pedagogikaning asosiy e'tibori ana shunday og'ishlarni profilaktika hamda reabilitatsiya qilishga qaratilmog'i kerak.

Pedagogika va tibbiyotda "o'smir yoshi" iborasi keng ommalashib ketgan tushuncha hisoblanadi. O'smirlik davriga alohida e'tibor berilishiga sabab shundaki, bu davrda bola somatik-jismoniy, jinsiy va ijtimoiy taraqqiyoti jihatidan jiddiy o'zgarishlarga uchraydi. SHuning uchun ham jamiyat tomonidan o'smirlik davri va uning xususiyatlariga beriladigan baho aynan shu jamiyatning taraqqiyot darajasiga bog'liq. Agar o'smirlik davrining boshlanishi odatda ko'proq jinsiy jihatdan yetilish bilan bog'lansa, sub'ektiv jihatdan bu davrning yakunlanishi hayotda ustun mavqega ega bo'lgan ijtimoiy ahvol, ta'lim olish muddati kabilarga bog'liq ravishda turlicha (15 yoshdan 20 yoshgacha) bo'lishi mumkin. Ota-onalar o'z farzandlarini balog'atga yetganidan keyin ham nazorat qilishda davom etishlari tufayli, o'smirlik davri cho'zilib ketishi ham mumkin (11 yoshdan 20 yoshgacha va undan keyin ham). O'smir yoshi nuqtai nazariga ijtimoiy-psixologik yondashuv yana shu bilan izohlanadiki, avvalgi davrda o'smir uchun yetakchi bo'lgan o'quv faoliyati endi o'zining kattalar dunyosida va ijtimoiy munosabatlar tarkibida o'z mavqei va ijtimoiy o'zligini anglashga qaratilgan faoliyat bilan almashadi. Shuning uchun o'smirlik bu -bolaning ulg'ayish yo'lidagi bir bosqich yoki "o'tish davri" emas, balki teran mazmun, shaxsiy mohiyat va ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan mustaqil yosh davri hisoblanadi.

Voyaga yetmaganlarning xulqini to'g'ri tushunish uchun tadqiqotning muqobil usullari zarur bo'ladi. Shu sababli, bizningcha, bolalar va o'smirlar orasida olib boriladigan mafkuraviy profilaktika muayyan xususiyatlarga egadir.

Aynan shu nuqtai nazardan mafkuraviy profilaktikada foydalanilgan asosiy tushunchalarni ko'rib chiqish zarur bo'ladi. Bunday tushunchalar sirasiga "ijtimoiylashuv", ya'ni bolaning jamiyat a'zosi bo'lib qolishiga imkon beruvchi qoida, holat, xulq-atvor me'yorlarini o'zlashtirishi, jamiyatda o'z o'rnini egallashi, shuningdek "o'smir rivojlanishining ijtimoiy vaziyati" singari tushunchalar kiradi.

Muammoning ijtimoiy muhimligi "qaltis guruh"ni ajratib olish uchun mezonlarni ishlab chiqishni taqozo etadi, bu ayniqsa psixika va muhitning buzilishi natijasida jinoyatchilik va psixik jazavaning uyg'unlashib ketishi mumkin bo'lganda muhimdir.

Buzg'unchi g'oyalar tomonga og'ishga moyil bolalarning qaltis guruhiga quyidagilarni kiritish mumkin:

8

ВЕСТНИК НАУКИ И ТВОРЧЕСТВА

- oila, mahalla tarbiyaviy ta'siridan chetda qolgan o'smirlar;

- ota-onasiz qolgan yetim bolalar;

- jinoiy javobgarlik yoshiga yetmagan (16-14 yosh) jinoyatchilikka moyil bolalar;

- jinoyat natijasida maxsus tarbiya va axloq tuzatish muassasalariga (axloq tuzatish koloniyalari) tushib qolgan bolalar va o'smirlar.

"Ijtimoiy qaltis" guruh bolalari noijtimoiylashuv xususiyati bilan boshqalardan jiddiy farq qiladi. Bilvosita va bevosita noijtimoiylashuv ta'siriga tushib qolgan har bir guruhga oilaviy kelishmovchiliklar, doimiy psixoijtimoiy asabiy muhit, noformal o'smirlar guruhi ta'sir ko'rsatishi mumkin.

Ijtimoiy pedagogik tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, "qaltis guruh"dagi bolalarda ijtimoiylashuvning buzilishi keng ma'nodagi tarbiyaviy befarqlik tufayli sodir bo'ladi, ya'ni:

- shaxsiy va psixik regress jihatlari bilan bog'liq emotsional va shaxsiy rivojda turg'unlik ro'y beradi;

- asabiy, jazavaning qo'zg'ashi va doimiy xafaqonlik holatiga tushib qoladi;

- doimiy ma'naviy me'yordan chiqish holati kuzatiladi;

- ijtimoiy passivlik buzg'unchi g'oyalarga nisbatan faollikka ulanib ketadi;

- boshqa xildagi ma'naviy buzilishlar mafkuraviy "potologiya" omili sifatida ro'y beradi.

Mafkuraviy profilaktika muammolarini hal etishga qaratilgan chora tadbirlarni ishlab chiqish bolalar va o'smirlar orasida oila, maktab va mahalla hamkorligi yetarli muvofiqlashtirilmayotgan, buning oqibatida bolalar va o'smirlar orasida qarovsizlik va ijtimoiy faollik yetishmayotgan bir paytda, ayniqsa, dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Milliy mafkuramizning bosh g'oyasi manfaatlariga xizmat qiluvchi yosh o'zbekistonliklarning voyaga yetkazilishi oiladan, mahalladan boshlanishi lozim. Ijtimoiy pedagogikamizning maqsadi ham shunga yo'naltirilgan.

Biroq ommaviy axborot vositalarida ota-onaning o'smirlarni g'oyaviy tarbiyalashda tutgan o'rni haqidagi bunday ta'sirchan materiallar kam uchraydi. Bu -pedagogik publitsistika va jurnalistikani zamon talablari darajasida rivojlantirish zarurligini ko'rsatadi. .Yuqorida keltirilgan fikrlardan oilada g'oyaviy tarbiyani tashkil qilish va boshqarishda otaning roli naqadar muhim bo'lmog'i lozimligi ayon bo'lmoqda. Ushbu muammoga 1994 yilda Oliy Majlis deputati, O'zbekiston xalq shoiri Xurshid Davron o'z fikrini bildirib: "Milliy g'oya va idealni belgilaydigan bosh omil umumiy milliy tarbiyadir. Faqat ana shu narsa yagona g'oya va idealni shakllantiradi, uni parvarishlab, taraqqiy ettiradi. Milliy tarbiya ikki omil - avval oila (ota-ona tarbiyasi), so'ngra maktab muhitida shakllanmog'i lozim," - deya uqtirgan edi [5].

Yoshi 40 va undan yuqori ota-onalarning farzandlari o'smirlik va o'spirin yoshida bo'lib, ularning o'zlari ham faoliyatning eng qizg'in davrida bo'ladilar. Shu sababli ularning bola tarbiyasiga ajratayotgan vaqtlari tobora kamayib bormoqda.

9

ВЕСТНИК НАУКИ И ТВОРЧЕСТВА

Вип^ qator boshqa sabablari ham Ьог. Jumladan, Ьи davrda aksariyat ota-onalar o'zlari alohida - ЬоЬо va buvilaridan ajralib yashaydilar. Ish, xizmat tashvishlari ham ularning Ьо1а tarbiyasiga ajratishlari kerak bo'lgan vaqtlarini qisqartirmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yhati:

1. O,zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. - Т.: Ozbekiston, 2005. - 67 Ь.

2. Karimov 1.А. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot - pirovard maqsadimiz. - Т.: O'zbekiston, 2000. - 526 Ь.

3. Asqarova О'. Milliy g'urur tarbiyasi (Mehribonlik uylari misolida). - Т.: О^^сЫ, 2003 - 98 Ь.

4. Quronov М., Qurbonniyazova 7. Ljtimoiy pedagogika: ma'ruza matnlari to'plami. - Т.: Ma'naviyat, 2003. - 48 Ь.

5. Davron X. Komillik fazilat emas, faoliyatdir // O'zbekiston ovozi. - 1997. -13 may.

10

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.