Научная статья на тему 'O‘SMIRLARDA DEZADAPTATSIYA HOLATLARINING YUZAGA KELISH SABABLARI HAMDA UNING PROFILAKTIKASI'

O‘SMIRLARDA DEZADAPTATSIYA HOLATLARINING YUZAGA KELISH SABABLARI HAMDA UNING PROFILAKTIKASI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
3893
163
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Etnopsixologik tavsif / dezadaptatsiya / psixoprafilaktika / distruktiv munosabat / determinatsiya / psixodiagnostika / o‘smir psixologiyasi / adaptatsiya jarayoni. / Ethnopsychological description / maladaptation / psychoprophylaxis / destructive attitude / determination / psychodiagnostics / adolescent psychology / adaptation process.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Abdullayev, Oybek Alisher O‘g‘li

Ushbu maqolada oilaviy munosabatlar jarayonida o‘smirlarda yuz beradigan dezadaptatsiya holatlarining yuzaga kelish sabablari, oqibatlari bilan birgalikda psixoprafilaktikasi yuzasidan fikr va mulahazalar keltiriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CAUSES OF DISADAPTATION IN ADOLESCENTS AND ITS PREVENTION

This article provides insights into the causes and consequences of maladaptation in adolescents, as well as psychoprophylaxis.

Текст научной работы на тему «O‘SMIRLARDA DEZADAPTATSIYA HOLATLARINING YUZAGA KELISH SABABLARI HAMDA UNING PROFILAKTIKASI»

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 2

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

O'SMIRLARDA DEZADAPTATSIYA HOLATLARINING YUZAGA KELISH SABABLARI HAMDA UNING PROFILAKTIKASI

Abdullayev Oybek Alisher o'g'li

Chirchiq davlat pedagogika instituti 1-bosqich magistranti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada oilaviy munosabatlar jarayonida o 'smirlarda yuz beradigan dezadaptatsiya holatlarining yuzaga kelish sabablari, oqibatlari bilan birgalikda psixoprafilaktikasi yuzasidan fikr va mulahazalar keltiriladi.

Kalit so'zlar: Etnopsixologik tavsif, dezadaptatsiya, psixoprafilaktika, distruktiv munosabat, determinatsiya, psixodiagnostika, o 'smir psixologiyasi, adaptatsiya jarayoni.

ABSTRACT

This article provides insights into the causes and consequences of maladaptation in adolescents, as well as psychoprophylaxis.

Keywords: Ethnopsychological description, maladaptation, psychoprophylaxis, destructive attitude, determination, psychodiagnostics, adolescent psychology, adaptation process.

АННОТАЦИЯ

В данной статье представлены сведения о причинах и последствиях дезадаптации у подростков, а также о психопрофилактике.

Ключевые слова: этнопсихологическое описание, дезадаптация, психопрофилактика, деструктивное отношение, детерминация, психодиагностика, подростковая психология, адаптационный процесс.

KIRISH

Uzoq asrlar davomida millatimiz oilani inson ma'naviyatini shakllantirishning eng maqbul maskani sifatida e'tirof etgan. Oila qaysi millatga mansub bo'lsa, o'sha xalqning ma'naviyatini o'zida mujassamlashtirib, bir necha asrlik tarixga ega bo'lgan an'analarni, ma'naviyatni avloddan-avlodga yetkazadi. Agarda shaxsning shakllanishida biologik, tabiiy va madaniy muhit, ijtimoiy tajriba, odamlar bilan munosabat kabi omillar muhim ahamiyat kasb etishini inobatga olsak, bularning barchasi oilada mujassamlashganligini ko'rishimiz mumkin. Shu ma'noda, oila ma'naviyat va ma'rifat qo'rg'oni hisoblanib, oila qaysi millatga taalluqli bo'lsa, o'sha millatning ma'naviyatini o'zida aks ettiradi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Psixologiyada shaxs shakllanishining birinchi bosqichini A.V.Petrovskiy adaptatsiya bosqichi deb hisoblaydi. Uning fikriga qaraganda, bu bosqichda shaxs tomonidan jamiyatda o'rnatilgan ijtimoiy me'yor va mezonlarni, shuningdek, faoliyatni ma'lum usul va vositalarini egallashi tushiniladi. Subyekt, yangi ijtimoiy muhitga kirar ekan, avvalo, o'rnatilgan me'yorlarni o'zlashtirib olishi zarur, shundan keyingina u o'zini shaxs sifatida namoyon eta oladi. Agar individda adaptatsiya jarayonidagi qiyinchiliklarni yengib o'tish imkoni bo'lmasa, shaxs rivojlanishidagi asoratli buzilishlariga sabab bo'lishi mumkin.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Dunyoga keliboq bola uni o'rab turgan atrof-muhit bilan o'ziga xos munosabatlarga kirishadi. Shu sababli atrof-muhit nafaqat bolaning yashash tarzini belgilab beruvchi omil, balki, uning ruhiy jarayonlari rivojlanishini taraqqiy ettiruvchi yoki, aksincha tormozlovchi asosiy manbasi ham bo'lishi mumkin ekanligi fanda isbotlangan. Bu holat, ayniqsa, o'smirlik davrida yaqqol ko'zga tashlanadi. O'smirlar xarakterida ijtimoiy-psixologik dezadaptatsiya holatlari turli sabablar orqali yuzaga kelishi mumkin. Adaptatsiya (moslashish) tushunchasi zamonaviy psixologiya fanida katta o'rin egallaydi. Shuning bilan bir qatorda ushbu muammoga nisbatan turli nuqtai nazarlar mavjud. Adaptatsiya asosini orgnanizmning tashqi muhitdagi vaziyatlarda ichki barqarorligini saqlab turish imkonini beruvchi reaksiyasi tashkil etadi. "Adaptatsiya organizmni turli sharoitlarda me'yoriy rivojlanish, optimalishlash qobiliyatlarini saqlab turishini ta'minlaydi. "Pedagogika va psixologiyada adaptatsiya tushunchasining shaxs rivojlanishi nazariy taxlilida shaxs rivojalnishining nisbatan turg'un bosqichiga o'tish jarayoni sifatida qaraladi. Agar individga adaptatsiya jarayonidagi qiyinchiliklarni yengib o'tish imkoni bo'lmasa, shaxs rivojlanishidagi asoratli buzilishlariga sabab bo'lishi mumkin, ya'ni adaptatsiya ijtimoiylashuv jarayonidagi individuallashuvdir. A.A.Nalchajyan adaptatsiya psixologik bilishda katta ahamiyat kasb etishini ta'kidlagan holda, ushbu tushunchani keng ma'noda, ya'ni subyektning muhit bilan munosabatlari jarayonidagi ikki qarama qarshi yo'nalgan jarayonlarning uzviy bog'ligida deb ta'riflagan. E.A.Orlova esa adaptiv jarayonlarni uch asosiy fundamental turlarga ajratadi: Birinchi tur: Shakllangan ijtimoiy vaziyatni o'zg'artirishga qaratilgan faol urinishlar; Ikkinchi tur: "Begonalashuv sindromi" mavjud muammoni hal etishdan qochishga xarakat qilish; Uchinchi tur: "dialog" o'zgargan ijtimoiy muxit bilan o'zaro kelishuvga kelish1.

1 Nurmuxamedova L.Sh. Sharq mutafakkirlari oilada farzand tarbiyasi to'g'risida. Xalq ta'lim. N.4. T., 2004.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

O'smirlarda oilaviy munosabatlar jarayonidagi dezadaptatsiya holatlarini yuzaga kelishini o'rganishda xorijiy olimlar: U.Jems, Ch.Kuli, U.Tomas, F.Znanetskiy, J.Piaje, Z.Freyd kabilar oilaning a'zolari davrasida ro'y beradigan shaxslararo munosabatlarning xarakteriga alohida e'tibor berishib, bir shaxsning boshqa bir shaxs ta'sirida qanday qilib, o'z sifatlarini takomillashtirishi, o'zgartirishi, tarbiyalanishi kabi qator masalalarni o'rgandilar. Oila a'zolari o'rtasida sodir bo'ladigan murakkab va serqirrali o'zaro munosabatlar ko'plab olimlar, shu jumladan, O'zbekistonlik olimlar M.Davletshin, G.Shoumarov, E.Goziyev, B.Qodirov, X.Karimov, N.Soginov, F.Akramova, G.Yodgarova, M.Salayeva, D.Xoliqov va boshqalar tomonidan o'rganilgan. Ularda ko'proq o'zbek oilasiga xos urf-odatlar, udumlar, an'analar nuqtai nazaridan oilaviy munosabatlarning etnopsixologik qirralari tadqiq etilgan. O'zbekistonda oila muammolari doirasida o'rganilishi an'anaga aylangan. Qator tadqiqotlarda E.G'oziev, G.Shoumarov, V.Karimova, I.Yoqubov, B.Qodirov, S.Mirhosilov, E.Usmonov, N.Soginov, F.Akramova, L.Karimova, N.Salaeva, O.Shamiyeva, O.Abdusattorova va boshqalar oilaviy hamda shaxslararo o'zaro munosabatlar doirasida alohida ahamiyat kasb etgan gender tafovutlar o'rganilgan.

Jumladan, P.S.Kuznetsov o'zining tadqiqotlarida adaptatsiyaining 3ta bosqichini psixologik tavsifini keltirgan (yuqori, o'rta, past): Yuqori ko'rsatkichga ega bo'lgan adaptatsiyaga ega bo'lganlar uchun faollik, o'z kuchi va imkoniyatlariga ishonch xarakterli bo'lib, ular atrofidagi bo'lib o'tayotgan voqea va hodasilarga nisbatan samimiy qiziqish bilan munosabtlarda bo'ladilar. Ularning tutgan pozitsiyasini barqaror deb baholanishi mumkin. O'rta adaptatsiya bosqichida impulsivlik, xayotidagi omadli va omadsizlik davrlarini boshdan kechirilishi, emotsional beqarorlik xosdir. Bu bosqichdagilar xolatining beqarorligi shu bilan izoxlanadiki, ular yo ijtimoiy adaptatsiyaning yuqori bosqichiga intiladilar, yoki adaptatsiyaning quyi bosqichiga tushib qoladilar.

Dezadaptatsiya sub'ekt tomonidan ijtimoiy me'yor va mezonlarga moslasha olmaslik sanaladi. Psixologik adabiyotlarda ijtimoiy psixologik dezadaptatsiyaning quyidagi turlari tasniflanadi: Psixogen dezadaptatsiya o'smirning atrofidagi ijtimoiy muhitdagi uning uchun ahamiyatli bo'lgan insonlar bilan muloqoti jaryonidagi buzilishlar natijasida kelib chiqadi. Ko'p holarda bu uning tengdoshlari bilan bo'lgan munosabtlardagi buzilishlar natijasi bo'lishi mumkin. Emotsional yaqin insonlari bilan muloqot o'smirdagi hissiy kechinmalarining shakllanishining asosiy manbai bo'lib xizmat qiladi. Bu jarayonda o'smirning yaqin ijtimoiy muhitdagi ayrim yaqin insonlar bilan negativ kechimalari, boshqa yaqin insonlar bilan muloqotda kompensatsiya qilinadi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

O'smirlarda dezadaptatsiya holatini kelib chiqish ehtimoli uning muloqotdagi kompensatsiya jarayoni asotsial ijtimoiy muhit orqali amalga oshgan hollarda ortadi. Lekin boshqa tomondan o'smirning tengdoshlari bilan ijobiy muloqoti undagi oiladagi, yoki maktabda o'qituvchi bilan shaxslaro munosabatlaridagi buzilishlarni kompensatsiya qilish imkonini yaratadi. Dezadaptatsiya xolatlari keltirib chiqishida o'smirlar oilaviy anamnezining og'irlashuvi: noto'liq oilalar va oiladan tashqarida tarbiyalanishlik, ko'p ichuvchi ota, ota-onalardan birining ruhiy kasalligi, oiladagi disgarmonik munosabatlar va kelishmovchiliklar, bolalikda o'smirga ota-onaning noto'g'ri munosabati, psixopatologiya darajasining chegaraviy yoki yuqoriligi bilan farq qilishadi. Ko'p xolatlar o'smirning ijtimoiy dezadaptatsiya holatlarini bartaraf etishda oilaviy tarbiya metodlarini o'rganish, qandaydir yangiliklar olib kirish, oilaviy tadbirlarni birgalikda o'tkazish maqsadga muvofiqdir. Ayrim xollarda ota-onalar "Nima uchun o'qishdagi muammolarni biz hal qilishimiz kerak?", "Oilaning bu holatga qanday aloqasi bor?", "O'qituvchi bola bilan to'g'ri munosabatlarga kira olmaydimi?" mazmunidagi savollar bilan murojaat etadilar. Vaxolanki, ota - ona o'z farzandlari ruhiyatidagi ayrim qirralarni o'qituvchidan ko'ra yaxshi bilishi, o'qituvchi esa o'smir xulqidagi ota-ona payqamagan tomonlarni yaxshiroq tushunishi mumkin. Aynan shu bois ular o'rtasidagi o'smir ta'lim tarbiyasidagi pedagogik hamkorlik dezadaptatsiya jarayonini kelib chiqishini oldini olishi va bartaraf etish imkoniga egadir2.

O'smirlarda dezadaptatsiya holatlarini shaklanish omili sifatida quyidagilar ko'rsatishimiz mumkin: birinchidan, oilada iliq emotsional munosabatlarning yetishmasligi (hamma narsaga egasan. Senga yana nima kerak? ). Ikkinchidan, o'smirlarni haddan ziyod erkalatib yuborish, istaklarini tezkor bajarishdir. Buning natijasida, arzimagan cheklashlar o'smirlarda suitsidal moyillik paydo bo'lishiga olib kelishi mumkin (yoqtirgan kiyimi, ota-onasiga yoqmasligi, va'da qilingan telefonning qimmat markasidan sotib olib bermaganliklari va h.). Uchinchidan, oilada ota-onalar o'rtasidagi surunkali nizolar: otaning alkogol moddalarining iste'mol qilishi, ikkinchi nikohining bo'lishi, xonadonda o'g'il farzandning yo'qligi. o'smirning bu vaziyatlarni tuzatishga ojizligi. To'rtinchidan, ota-onalar tomonidan o'smir xulqini doimiy nazorat qilishga intilishini sabab sifatida keltirsak bo'ladi. Beshinchi omil esa, o'smir uchun ahamiyatli bo'lgan, sevgan insoni bilan munosabatlari ota-onalar tomonidan qat'iyan qabul qilinmaganligi (mahallada sharmanda qilding, sen kabi farzandning boridan yo'g'i afzal qabilidagi ta'nali so'zlarning ishlatilishi). Bundan

2 Kamilova N.G. Muammoli o'smir: tashxis, tadqiqot metodlari. T.,2004.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

tashqari, yuqoridagi sabablarga yana bir qancha qo'shimchalar keltiish mumkin. Masalan: O'smirning muvaffaqiyatlari yoki muammolariga nisbatan oila a'zolarining befarqligi.

Dezadaptatsiya holati sog'lom, yoki turli asab psixik buzilishlari mavjud (jismoniy nuqsonli, organik buzilishlarga ega bo'lgan oligofren o'smirlar bu toifaga kirmaydi) o'smirlarda shakllanishini kiritish mumkin. Psixologlar tomonidan dezadaptatsiya xolatlarini keltirib chiqaruvchi ijtimoiy psixologik omillar shartli 2guruhga bo'lingan: Ijtimoiy yoki obyektiv - Shaxsiy yoki subyektiv. Dezadaptatsiya jarayonida ikkala omil ham o'zaro bog'langan holda namoyon bo'ladi. Ta'lim sohasidagi dezadaptatsiya o'quv faoliyatidagi buzilishlar, xulqiy og'ishlar, kattalar va tengdoshlari bilan shaxslararo munosabatlardagi nizolar, xavotirlanish darajasining ortishi, shaxs rivojlanishidagi buzilishlarda namoyon bo'ladi. Dezadaptatsiya markaziy nerv sistemasi funksiyalaridagi buzilishlar natijasida ham shakllanshi mumkin.

Psixologik tadqiqotlarda aniqlanishicha, bu toifadagi o'smirlarning ma'lum qismida miya funksiyalaring ma'lum miqdorda o'zgarishi aniqlangan. Bu holatlarga olib keluvchi asosiy faktorlar sifatida anamnezda onaning xomiladorlik va tug'ish jarayonining og'ir kechadi. Bunday bolalar rivojalnishida nutq funksiyalari rivojlanishining kechikishi, diqqat, xotira rivojlanishdagi og'ishlar kuzatilgan umumiy intellektual rivojlanishda bunday bolalar meyor darajasida bo'lishi bilan birgalikda, ta'lim jarayonida ma'lum kognitiv qiyinchiliklarga duch kelganlar. Bunday xolatlar quyidagi sindromlarda namoyon bo'ladi: Psixologik profilaktika, oilada salbiy tusdagi shaxslararo munosabatlarning shakllanish, konfliktlar shaxs taraqqiyotida sodir bo'lishi mumkin bo'lgan har qanday og'ishlarning yuzaga kelishiga yo'l qo'ymaslik, ularning oldini olishga qaratilgan psixologik tadbirlarni qamrab olgan psixologiyaning sohasidir. Oilada tarbiyalanayotgan o'smirlar muammolari bilan shug'ullanadigan ijtimoiy Psixologik xizmat markazlari, asosan, ular bilan diagnostik va psixokorreksion yo'nalishlarda ish olib boradi.Voyaga yetmaganlarning xulq-atvori profilaktikasi ishida ommaviy axborot vositalari orqali tashviqiy-ma'rifiy ishlarni olib borish muhimdir. Jamoatchilik fikri so'rovi ma'lumotlari bo'yicha televideniye o'smirlar va yoshlar uchun axborot olishning afzalroq manbai hisoblanadi.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, buyuk davlatni qurish uchun barkamol inson tarbiyalanmog'i zarur. Shu sababli yoshlarni ruhan tetik, ma'nan barkamol qilib

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

tarbiyalash bugungi kunning asosiy vazifasidir. Har qanday oilada o'zaro munosabatlaridan izoli vaziyatlarning yuzaga kelishi muqarrar ekanligini inobatga oladigan bo'lsak, uni bartaraf etish mumkin ekanligi a'yonlashadi. Lekin shu nizolarning xarakteri ularning oqibatlariga ko'ra turli oilalar va ulardagi oilaviy munosabatlar bir biridan farqlanadi. Aslida, muvaffaqiyatli oilalardagi nizolar biriktiruvchidir va muvaffaqiyatsiz oilalardagi nizolar ajratuvchi xususiyatga ega. Shunday ekan, muvaffaqqiyatli oila jamiyatning asosiy kuchi va tayanchidir .

REFERENCES

1. Kamilova N.G. Muammoli o'smir: tashxis, tadqiqot metodlari. T.,2004.

2. Nurmuxamedova L.SH. Sharq mutafakkirlari oilada farzand tarbiyasi to'g'risida. Xalq ta'lim. N.4. T., 2004.

3. Raxmanova D.R. O'smirlarda qo'rqinch determinatsiyasi xususiyatlarining turli vaziyatlarda rivojlanishi. Avtoreferat.T., 2004.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.