O'RTA ASRLAR SHARQ FALSAFASIDA TABIIY-ILMIY, FALSAFIY FANLAR RIVOJI : MAHMUD IBN MUHAMMAD UMAR AL-CHAG'MINIY VA AL BATTANIYNING TABIIY-ILMIY VA FALSAFIY MEROSI
Annotatsiya: Mazkur maqolada o 'rta asrlar Sharq falsafasida tabiiy-ilmiy, falsafiy fanlar rivojida alohida ahamiyatga ega bo 'lgan Mahmud ibn Muhammad Umar al-Chag'miniy va al-Battaniyning tabiiy-ilmiy va falsafiy merosi haqida muloha yuritiladi.
Kalit so'zlar: Islom, Albategnius, Xarran shahri, Sobiylar, Jobir ibn Sinon, trigonometriya, "Kitab az-zidj as-sabi", Mahmud ibn Muhammad ibn Umar Chag 'miniy, "Qonuncha ", "Mulaxxas fi-l hay 'a " (4-У&11J ^ I)
Abstract: This article discusses the natural-scientific and philosophical heritage of Mahmud ibn Muhammad Umar al-Chaghmini and al-Battani, who played a significant role in the development of natural-scientific, philosophical sciences in medieval Eastern philosophy.
Keywords: Islam, Albategnius, Harran, Sabilar, Jabir ibn Sinan, trigonometry, Kitab az-zidj as-sabi, Mahmud ibn Muhammad ibn Umar Chagmini, Qanuncha, Mulahhas fi-l hay ' a " (Ц&Н J
Аннотация: В статье рассматривается естественнонаучное и философское наследие Махмуда ибн Мухаммада Умара алъ-Чагмини и алъ-Баттани, сыгравших значительную роль в развитии естественнонаучных, философских наук в средневековой восточной философии.
Ключевые слова: Ислам, Алъбатегниус, Харран, Сабиты, Джабир ибн Синан, тригонометрия, Китаб аз-зидж ас-саби, Махмуд ибн Мухаммад ибн Умар Чагмини, Канунча, Мулаххас фи-лъ хай'а » (^-LtfJl J^I)
Tariximizda ko'plab buyuk olimlar, shoirlar, sarkardalar o'tgan. Shulardan biri Yevropada lotincha Albategnius nomi bilan mashxur Al-Battani Shimoliy Mesopatamiyaning qadimiy shaharlaridan hisoblangan Xarran shahrida(hozirgi Turkiya hududi) 858 yilda tavallud topgan. Uning to'liq ismi Abu Abdalla Muhammad ibn Djabir ibn Sinan Al-Raqqi al-Xarrani Al-Sabi Al-Battaniydir.U o'rta asrlarda Islom
Xolboyeva Rayhona Abdulazisovna Namangan davlat universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti o 'qituvchisi
KIRISH
olamida astronomiya ilmiga katta hissa qo'shgan musulmon allomalaridandir. Bu yerda sobiy nomli ellatlar yashagan. Ularning ko'pchiligi astrologiya va astronomiya ilmlari bilan shug'ullangan. Sobiylar orasidan dunyoga mashhur astronom va matematiklarni yetishib chiqqan. Xususan, Sobit ibn Kurra unga misoldir.
Tadqiqot jarayonida ilmiy bilishning mantiqiylik, tarixiylik, obyektivlik, analiz va sintez usulidan foydalanildi. O'rta asrlar Sharq falsafasida tabiiy-ilmiy, falsafiy fanlar rivojida alohida ahamiyatga ega bo'lgan Mahmud ibn Muhammad Umar al-Chag'miniy va al-Battaniyning tabiiy-ilmiy va falsafiy merosi obyektiv ochib berildi. Ijtimoiy taqiqlarning oldini olish masalalari mantiqiy izchillik jihatdan tadqiq qilindi. Tadqiqot jarayonida Xayrullayev M., Mo'minov I., Qozizoda Rumiyning asarlari metodologik manba sifatida olindi va tahlil qilindi
Al-Battani dastlab otasi, mashhur olim va Xarran shahridagi astronomik asbob asoschisi Jobir ibn Sinonda ta'lim olgan. Keyinchalik,Suriyaning Raqqa shahrida ta'lim olgan.Xalifa Xorun ar Rashid davrida gullab yashnagan, bir qancha saroylar qurilgan Antioxiya va Raqqa shaxararlarida astronomik kuzatuvlarni olib borgan.
Al-Battani matematikada xozirgi kunda mavjud trigonometriya usuliga asos solgan. U Ptolomeyning geometrik usuli o'rniga trigonometrik usulidan foydalangan. Al-Battani birinchilardan bo'lib yunon xordi o'rniga sinus tushunchasidan foydalangan. Shuningdek, u birinchilardan bo'lib fanga kotangens atamasini olib kirib,uni bosqichma-bosqichli jadvalini tuzgan hamdir.
Vengriyalik kashfiyotchi va muhandis olim Yozef Xell quyidagilarni ta'kidlab o'tgan "trigonometriya sohasidagi sinus va kosinus nazariyasi arablardan qolgan ilmiy me'rosdir." Trigonometriya va astronomiya musulmonlar orasida muhim ahamiyat kasb etgan sohalardan bo'lgan. Bu sohalar rivojlanishiga sabab, ular o'zlari turgan joyni Yerni sajda qiladigan shaharlari Makkaga nisbatini aniqlashga qilgan urinishlaridir.
Al-Battani 489ta yulduzni jadvalini yaratib,quyosh yili uzunligini hisoblab, yilni 365 kun,5 soat, 48 minut va 24 sekund ekanligini keyingi davr kashfiyotlari hisoblangan teleskop va atom soatlaridan ham aniq hisoblab beradi. Aynan Al-Battani Quyoshning yarim va to'la botishini, Yerdan Quyoshgacha bo'lgan o'zgarishlarni aniqlagan. Al-Battani o'zi tuzgan yulduzlar jadvali aks etgan asarini "Kitab az-zidj assabi" deb atadi.Uning bu jadval tuzishdagi harakatlari yuzlab yulduzlarni kuzatuviga
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
MUHOKAMA VA NATIJALAR
asoslangan edi. Al-Battani Ptolemey va boshqa yunon va suriyalik astronomlar ijodi va ularning manbalarini astoydil o'rgandi.Buning natijasi o'laroq, yuqoridagi risola bir necha yuz yillar davomida eng mashxur ko'zga ko'ringan astronomik asar sifatida shuxrat qozondi.
XV-XVI asrlarda «Sabiy zidji» risolasi lotin tiliga tarjima qilindi.Yuqoridagi asarni naqadar zamonaviy ilm fanga mos tushishini Nikolay Kopernikning 1543 yilda yozilgan «Osmon jismlarining harakati»nomli asarida ham foydalanganidan ko'rishimiz mumkin. Yuqoridagi asarida Kopernik Quyoshni Yerni atrofida emas aksincha, Yerni Quyosh atrofida aylanishini isbotlagan. Bu yuqoridagi ilmiy isbotda u al-Battaniyning«Sabiy zidji» asaridagi fikrlar, nazariyalardan foydalanganini ta'kidlab o'tgan. Kopernik o'zining yuqoridagi asarida al-Battaniydan 23marta izoh keltirgan.
Kopernikdan tashqari zamonaviy astronomiya asoschilaridan Tixo Brage, Iogann Kepler va Galileo Galileylar «Sabiy zidji»asaridan asosiy adabiyot sifatida foydalanishganligini ko'rishimiz mumkin. 1651 yilda Djovanni Richcholi o'sha davrdagi ma'lum va mashhur barcha osmon jismlarini nomlarini o'zining «Yangi Almagest»asarida keltirib o'tdi.Va bu yuqoridagi asarda muallif Oydagi kraterlardan biriga Al Battani nomini berdi.Bu nom hali hanuzgacha astronomiya ilmida al-Battani Krateri nomi bilan ma'lum va mashhurdir.
Al-Battaniyning astronomiya, matematikaga oid qarashlari rivojlangan o'rta asrlar Markaziy Osiyolik bir qancha allomalarning sermahsul ijodiga ulkan ijodiy ta'sir ko'rsatdi. Shulardan biri buyuk faylasuf XIII-asrda yashab, ijod etgan astronom, matematik, tabobat ilmining mashhur vakili Mahmud ibn Muhammad ibn Umar Chag'miniydir. Chag'miniyning osmon jismlari,Oy va Quyosh harakatlari haqidagi fikrlari Battaniy fikrlarining mantiqiy davomi ekanligidan darakdir. Uning hayoti va ijodi haqida juda kam ma'lumot saqlangan. Ayrim manbalarda Chag'miniy Xorazmning Chag'min degan joyida tug'ilgani va 1221- yilda vafot etgani qayd etiladi. Hamda Chag'min degan laqab uning tug'ilgan joyi nomi bilan yuritiladi, deb ko'rsatiladi. Juda taniqli bo'lishiga qaramay hayoti haqida mumtoz va hozirgi manbalarda yetarlicha ma'lumot yo'q. Astronomiya sohasida muvaffaqiyatli faoliyati, ilmiy asarlari tufayli unga Al- munajjim laqabi berilgan.
Mahmud Chag'miniy o'sha vaqtdagi yirik olimlar kabi fanning biror sohasi bilan emas, balki astronomiya, riyoziyot, tabobot, jug'rofiya va boshqa sohalarda ham juda sermahsul ijod etgan. Uning bizgacha "Qonuncha", "Mulaxxas fi-l hay'a" ( J jt^Uti ) asaridan tashqari "Saylanma", "To'qqiz sonining riyoziyotdagi o'rni haqida
367
risola" , "Merosni bo'lish masalalarida riyoziyot usullariga sharh"
(Ц^И J^^ J jjjj ^j^) va boshqa qator asarlari mavjud.Chag'miniyning
bizgacha yetib kelgan asarlari orasida eng yirik asari bu- "Mulaxxas fi-l hay'a"( ^jgJI J j^UJi ) asari bo'lib, bu asar astronomiyaga oid asardir. Bu asarda osmon jismlarining tuzilishi, harakati, bir-biri bilan o'zaro joylashuvi haqida ma'lumotlar berilishi bilan birgalikda borliq haqida ham qimmatli, muhim ahamiyatga ega ma'lumotlarning falsafiy sharhlari ham mavjud.
Chag'miniy o'zining yuqoridagi asarining kirish qismida shunday fikrlarni aytib o'tadi:"Tabiatdagi mavjud barcha narsalar 2 guruhga bo'linadi:Ulardan birinchisi tabiatning to'rt unsuri hisoblangan tuproq, suv, olov, havodir.Ularning ikkinchisi esa osmon jismlaridir.Barcha osmon jismlari sharsimon shakldadir."1 Bundan ko'rinib turibdiki, Chag'miniyning tabiiy-ilmiy qarashlarida qadimgi yunon mutafakkirlarining ta'siri ham bor.
Chag'miniy shuningdek, o'z asarlarida osmon qobiqlari, noma'lum sayyoralar, va ularning joylashuvi haqida ham ma'lumotlar berib o'tgan. Chag'miniy olamning manzarasi haqida shunday deydi: "Barcha qobiqlar va yer yuzidagi barcha narsalar olamning umumiy manzarasini tashkil etadi. Dunyo manzarasining figurasi konsentrik halqadan iborat. Unda bir unsur (element) og'ir, boshqasi esa yengil bo'ladi. Agar tuproq bilan suvni solishtirsak, eng og'iri tuproq bo'lib chiqadi. Chunki, tuproq ham suv ham Yer qobig'ida jo ylashgan"2
Chag'miniy osmon jismlari haqida fikrini davom ettirib, shunday ma'lumotlarni berib o'tadi: "Quyosh barcha sayyoralar ichida eng yorug'idir. Quyoshni nur taratuvchi sayyoralarning markazi deyish mumkin. Undan tashqari o'zidan nur taratuvchi sayyoralarga quyidagilarni kiritish mumkin: Oy (Qamar), Yer (Arz), Merkuriy (Atorud), Venera (Zuhro), Mars (Mirrix), Yupiter (Mushtariy), Saturn (Zuhal) va boshqa yana bir qator sayyoralardir. Ularning hammasi birgalikda Borliqni tashkil etadi.3
XULOSA VA TAKLIFLAR
Bu yuqoridagi fikrlardan ko'rinib turibdiki, Chag'miniy Borliq muammosini ham o'z asarlarida o'rtaga tashlagan. U Borliq va uni tashkil etuvchi sayyoralarni sharhlash davomida Borliqni falsafiy mohiyatini ochib berishga harakat qiladi.Chag'miniy
Материалы по истории прогрессивной общественно-философской мысли в Узбекистане 2-е изд. Под. Ред.
Муминов И.М. и Хайруллаев М.М. Т., 1976, стр.378
2 Из истории точных наук на средневековом Ближнем и Среднем Востоке Под.Ред. Сирожиддинов Х.С. О научном творчество Чагмини Т., «Фан» , 1972, стр. 203-204
3 Юкоридаги асар 205-б.
osmon jismlari haqidagi fikrlarini davom ettirib, shunday deydi: "Oy o'z nuriga ega emas. Kechayu kunduz oy nur taratib turadi Lekin bu nur Quyoshnikidir.Oy ham o'z qobig'iga ega. U Yer atrofida aylanma harakatda bo'ladi.Barcha sayyoralar o'zining aylanish qobig'iga ega.Ular aylanish davomida bir-biriga xalaqit qilmaydilar.Chunki ular bir-biridan aniq bir uzoqlikdagi masofada harakatlanadilar."
U o'zining astronomiyaga oid "Mulaxxas fi-l hay'a" kitobida borliqni elementar substansiyasida fazoviy tuzilishini bayon etadigan ma'lumotlarni berib o'tadi. Buning asosida oliy yaratuvchi kuch yotadi."Borliqni shakllari haqida gap ketganda, uning sanog'i, sifati, holati va ularning har biriga harakat xosligini ko'ramiz. Biz bu yerda elementar substansiyaning quyi jismlari (masalan, Yer) va uning boshqa qobiqlar bilan aloqasini ko'rib chiqamiz."
Umumiy xulosa qilib, shuni ta'kidlash lozimki, Mahmud Chag'miniy Ptolomey, Al-Battani kabi yirik astronom va matematiklarni izdoshlaridan biri hisoblanib, X-XI asrlarda Movaraunnahrda erishilgan tabiatshunoslik va tabobatga doir fan yutuqlarini, ya'ni Abu Rayhon Beruniy va Ibn Sino erishgan yuksak ilmiy salohiyatni Ulug'bek maktabigacha - XV asrlar o'rtalarigacha yetkazib berishda ko'prik mavqeini egalladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)
1. Материалы по истории прогрессивной общественно-философской мысли в Узбекистане 2-е изд. Под. Ред. Муминов И.М. иХайруллаевМ.М. Т., 1976, стр.37
2. Из истории точных наук на средневековом Ближнем и Среднем Востоке Под.Ред. СирожиддиновХ.С. О научном творчество Чагмини Т., «Фан» , 1972, стр. 203-204
3. Кази Заде Руми Комментарии на Компендиум об астрономии Чагмини. Т., 1993, 40-б.
4. Sulaymonov, J. Abdurahmon ibn Xaldunning tamaddun taraqqiyoti haqidagi qarashlarida jamiyat tahiW/Academic Research in Educational Sciences, Vol. 2 Special Issue 1, 2021. 451-455 R.
5. Sulaymonov, J.Karimov N.Contribution of Abu Isa Tirmidhi to the Science of Hadith //International Journal of Innovative Technology and Exploring Engineering (IJITEE) ISSN: 2278-3075, Volume-9 Issue-1, November, 2019. P. 593-599.