Central Asian Journal of
Education and Innovation
O'QUVChILARDA AXBOROTLARDAN FOYDALANISh MADANIYATINI ShAKLLANTIRIShNING TAShKILIY
TUZILMASI. Eminov B.A.
Farg'ona imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb- hunar maktabi "Raqamli texnologiyalari" kaferdarasi katta o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.14050386
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 01- Noyabr 2024 yil Ma'qullandi: 05- Noyabr 2024 yil Nashr qilindi: 07- Noyabr 2024 yil
KEY WORDS
Axborot vositalari, televidenie, radio, gazeta, internet, smartfon, android, planshet va kompyuter.
Ushbu maqolada o'quvchilarda axborotlardan foydalanish madaniyatini shakllantirishning tashkiliy tuzilmasi va ulardan to'g'ri foydalanish madaniyatini shakUantirishga doir muhim ma'lumotlar berilgan. Axborot vositalari, jumladan televidenie, radio, gazeta va internetning o'quvchi yoshlar ongiga ta'siri, ularning mazmuni, turli g'oyalar va qarashlar, yoshlar ongida milliy mentalitetga to'g'ri kelmaydigan yot g'oyalarni paydo qilishga sabab bo'lmoqda, shu sababdan, o'quvchilarda axborotlardan foydalanish madaniyatini shakllantirish zamon talabidir.
Keyingi yillarda davlatimizning milliy taraqqiyotini ta'minlashga qaratilgan kadrlarni tayyorlash masalasi va ilmiy-amaliy ishlarni amalga oshirish, fan taraqqiyotida olib borilayotgan sermazmun vazifalar, nafaqat millatimizning balki, yoshlarimizning intellektual kuch-qudratini yuksaltirishda muhim o'rin tutib kelmoqda. Zero, bozor munosabatlariga asoslangan adolatli demokratik jamiyat qurish borliqning ob'ektiv qonuniyatlarini ilmiy tadqiq etish, va jamiyatning ilmiy salohiyatidan samarali foydalanishga asoslanadi. Binobarin, "O'z aql-zakovat, ilmiy-texnikaviy salohiyatimizni rivojlantirish mamlakatimizni taraqqiy ettirish omilidir".
Respublikamiz Prezidenti Shavkat Mirziyoev takidlaganlaridek, "Yurtimizda tashkil etilayotgan yangi-yangi bog'chalar, maktablar, oliy o'quv yurtlari, nufuzli xorijiy uni versitetlarning filiallari, madaniyat va sport inshootlari, «Temurbeklar maktabi», «Prezident maktablari», «Ijod maktablari» deb nom olgan mutlaqo yangi namunadagi ta'lim maskanlari bugungi globallashuv sharoitida raqobatga qodir bo'lgan yetuk kadrlarning yangi avlodini tarbiyalashga xizmat qilmoqda. Keyingi paytda umumxalq harakatiga aylanib borayotgan besh ijobiy tashabbusning mazmuni va ahamiyatini yoshalarimiz chuqur tushunib, uni amalga oshirishda faol ishtirok etayotganini biz albatta yuksak baholaymiz" [1].
Yuqoridagilardan shunday xulosa kelib chiqadiki, ilm-fan sohasini ildam rivojlantirish, uning taraqqiyotida jahon sivilizatsiyasi yutuqlari-dan ijodiy foydalanish, eng muhimi, yuksak ilmiy salohiyatga ega kadrlarni tayyorlash jamiyatimiz hamda milliy davlatchiligimizni mustahkamlash strategiyasining tarkibiy qismini tashkil etadi.
Axborot vositalarining rivoji insoniyatning bilim olish ko'lami va imkoniyatlarini misli ko'rilmagan darajada kengaytirdi. Internet tarmog'ining paydo bo'lishi va bu sohadagi boshqa
yutuqlar barcha uchun bilim olish
imkoniyatlarini tenglashtirdi. Bunday o'zgarishlar ro'y berayotgan jamiyatda yashash o'ziga xos ma'suliyatlarni zimmasiga olishni nazarda tutib, odam o'zini-o'zi tarbiyalashi va hajmi misli ko'rilmagan darajada ortib ketayotgan axborotni "hazm qilishga" ko'nikish lozimligini nazarda tutadi. Shu o'rinda eng ishonchli va eng to'g'ri ma'lumotlarni sarashni o'rganishning ahamiyati ham tobora yuksalib bormoqda[2].
Bugungi murakkab tahlikali zamonda hushyorlik, teran fikrlilik, alohida e'tiborli bo'lish har qaysi vaqtdagiga nisbatan diqqatli bo'lish katta ahamitga ega bo'lgan masala bo'lib, ijtimoiy-ma'naviy muhitni yaxshilash va axloqiy me'yorlashtirishga qaratilgan qator vazifalar amalga oshirilib kelinmoqda. Buning mazmun-mohiyati milliy tiklanish modeliga singdirilgan bo'lib, e'tiqodi, diniy qarashlari, tili, millati kelib chiqishidan qatiy nazar, yurtimizda istiqomat qiluvchi insonlarga faraovon hayot, baxtli turmush sharoitini tashkil etish vazifalari amalga oshirilmoqda.
Maishiy hayotimizga internetning kirib kelishi, misli ko'rilmagan imkoniyatlar eshigini ochdi. Endilikda ijtimoiy tarmoqlar bizga katta axborotlar ummoniga kirish imkonini berish bilan birga, u orqali badiiy va ilmiy adabiyotlar, so'nggi dunyo yangiliklarini qisqa vaqt ichida elektron shaklda, vidio va audio shaklda olish va foydalanish imkonini berdi. Axborotlar oqimining haddan ziyod bisyorligi, ma'lumot bazalarimizni to'ldirish bilan birga, undan foydalanish, ya'ni o'rganish, yozib olish, qayta ishlov berish va undan to'g'ri hamda oqilona foydalanishga qaratilgan faoliyatni o'zlashtirish, foydalanish madaniyatini oshirish muhimligini ko'rsatmoqda.
Bugun qo'l telefoniga (ya'ni smartfon, android tipidagi), planshet va kompyuterlariga ega internetga ulanish imkoniyati mavjud bo'lgan shaxslar, xonadonlar, tashkilotlarga axborot jadal kirib bormoqda. Bunday axborotlashuv jarayoni jamiyatning axborot-resurslari zahirasida, ya'ni axborotlashtirilgan makonning yuzaga kelishi va kutubxonalarning yangi sharoitda innovatsion faoliyat ko'rsatishi hamda shunga yarasha kitobxonning axborot olish madaniyatini egallashida o'z ifodasini topmoqda.
Zamonaviy axborot makoni kitobxonlar uchun katta imkoniyatdir. I.G.Zaxarovaning fikricha, "ushbu imkoniyatlardan jamiyatning yangi axborot makonida mo'ljal ola bilishga imkon beradigan zarur bilimlarga ega bo'lgan a'zolarigina oqilona foydalanadilar". Aks holda, yangilik topish ilinjida axborot ummoniga sho'ng'igan kitobxon hech narsa topolmay chiqishi mumkin. N.I. Gendina ta'kidlaganidek, "Bugun axborot jamiyatini «ta'lim oluvchi» jamiyat deb bejiz atalayotgani yo'q. Bunday deyishga quyidagilar asos bo'la oladi: axborot va bilimlar -jamiyatning bosh bunyodkor kuchi, yangilik, tezkorlik, jadallashuv - bugungi kunning eng tavsifli belgilari, xoh ishlab chiqarish, xoh ijtimoiy hayot bo'lsin texnologiyalarning yangilanish maromi olti-yetti yilni tashkil etmoqda; ta'lim olishning uzluksizligi va qayta tayyorlovdan o'tishga qodirlik - shaxsning o'z ijtimoiy maqomini saqlab qolishning ajralmas qismi; har bir insonning taqdiri o'z vaqtida, yangi axborotni qidirib topish, olish, mos ravishda qabul qilish va undan samarali foydalanishiga bog'liq" [3]. Respublikada "axborot olish madaniyati", axborot-resurs markazlarining paydo bo'lishi munosabati bilan esa "o'quv jarayonining metodik ta'minoti" tushunchalari keng ommalashib bormoqda.
Kitobxonning ijtimoiylashuvi axborot olish madaniyatining shakllanishida muhim o'rin tutadi. V.A. Borodinaning bergan ta'rifiga ko'ra, "Kutubxona -ijtimoiy institut, kutubxona xizmati esa - subektlarni kutubxonalar tizimi orqali ijtimoiylashtirishga qaratilgan faoliyat". Boshqacha aytganda, ijtimoiy institut kitobxonni ijtimoiylashtirish uchun xizmat qiladi.
Bizningcha, kitobxonning ijtimoiylashuvi insoniyat tomonidan to'plangan kitobxonlik tajri-basini egallash jarayoni va shu jarayonda erishilgan natijalarni o'zlashtirishdir. Kitobxonlikning ijtimoiylashuvi murakkab pedagogik-psixologik hodisa bo'lib, mutolaa ko'nikmalarining shakllanishidan tashqari, uning natijasi, usuli, shaxsda axborotga nisbatan munosabatning hosil bo'lishida ham ifodalanadi.
Ta'lim tizimida axborot olish madaniyati bo'yicha qo'llanmalar yaratib, ta'limni boshqarish tizimlari bilan uyg'unlashtirish o'smir yoshidagi o'quvchilarga berilayotgan bilimlarning samarasini ta'minlashning yaxshi usuli bo'lib xizmat qiladi. Yana axborot olish madaniyati, ya'ni axborot savodxonligi bo'yicha mashg'ulotlar o'quv dasturiga kiritilsa, o'quvchilarni sifatli ilmiy manbalardan foydalanishiga, malakalarining oshib borishiga katta i jobiy ta'sir ko'rsatar edi.
Ilmu fan sohasidagi islohotlarning mohiyat-mazmuni, yo'nalishlari va istiqbollari to'g'risida so'z borganda, uning asosiy omillari haqidagi masala kelib chiqadi. Ma'lumki, har qanday sohadagi yangilanish muayyan imkoniyatlarga suyanadi. Shu nuqtai nazardan ilm-fan sohasidagi o'zgarishlarni ta'minlashda quyidagi omillarni alohida ta'kidlab o'tish maqsadga muvofiqdir.
O'quvchi shaxsi va ijtimoiy omillari, intellektual madaniyatning jamiyat taraqqiyotidagi maqomini huquqiy jihatdan kafotlaydi.
Umumta'lim maktablarida milliy dasturini amalga oshirishda, umuman shaxsini shakllantirishda axborot vositalarining o'rni qanday? Axborot vositalarining bu borada ijtimoiy pedagogik rolini oshirish maqsadida, nimalarga alohida e'tibor berish kerak?, degan savollarga quyidagicha javob berish mumkin.
Avvalo, shunga alohida e'tibor qaratish lozimki, axborot vositalari bilim manbai hisoblanadi. Bilim va tarbiya bir-biridan ajralmas hodisalar hisoblanadi. Mavjud holatdan kelib chiqqan holda, pedagogik jarayonda axborot vositalari o'zida pedagogik xususiyatlarni ham mujassamlashtirsa, ayni muddao bo'lar edi. Agarda, pedagog ta'lim-tarbiya jarayonida o'quvchining o'ziga xos xususiyatini, bilish jarayonlarini, dunyoqarashini hamda qiziqish va mayllarini inobatga olib darsni tashkil etsa va o'quvchilarning qiziqqan kasblariga oid yangi bilimlarni, kasb sirlarini ommaviy axborot vositalirini kuzatib o'rgansa, olgan ma'lumotlar bilan, o'tayotgan mavzu matieriallarini qiziqarli va mazmunli qilib yoritib, bibiriga aloqador jihatlarini ko'rsatib bera olsa, o'quvchini o'ziga jalb eta olsa, dars samaradorligiga erisha oladi. Bu esa, bevosita o'smir yoshidagi o'quvchini bir necha usular yordamida mavzu materiallarini to'g'ri idrok etib, yodda saqlab qolishiga va tez o'zlashtirishiga imkon beradi: Birinchidan, olayotgan axborotlaridan o'zi qiziqqan kasbning fanlararo aloqalari mavjud ekanligi haqida ma'lumotga ega bo'ladi va mukammal o'rganishga hamda kasb sifatida egallashiga undaydi. Ikkinchi tomondan, axborot vositalaridan fan-texnika tarraqiyotdagi innovatsion yondashuvlar, o'rganilayotgan mavzular va o'rganishga sabab bo'layotgan muammolar, o'rganilgan ishlarning natijalari hamda joriylanishi kabi ma'lumotlarni olish, bunga nisbatan ijodiy qobiliyatlarining rivojlanishiga, mantiqiy fikrlash imkoniyatlarini oshiradi va faol ma'lumotlaridan foydalana oluvchi sifatini shakllantirishga zamin yaratadi.
Ilm-fan yangiliklarining mohiyatini bilgach, ularning yangidan yangi o'rganilmagan jihatlarini o'rganishga o'zida xohish, istak, ko'nikma va malakalarni hosil qilsagina, fikrlashi lozim bo'lgan vaqtida mustaqil fikr bildirish saviyasini shakllantira oladi.
O'smir yoshida bolalarni kasb-hunarga yo'naltirish, kasbga oid ma'lumotlar bilan
qurollantirish, uning kelajakda muayyan kasbni egallashdagi zarur ma'lumotlarni olishga oid ko'nikma va malakalarini shakllantirish uchun ta'lim-tarbiya jarayonida pedagogik imkoniyatlarni yanada oshirish, mutaxassis kadrlarni tayyorlashning yangicha asoslarini joriy etish bugun har qachongidan ham dolzarb ahamiyatga ega.
Axborot vositalari va uning mavjud manbalaridan ta'lim jarayonida o'qitish imkoniyatlarida, xususan kasbga yo'naltirish ishlarida, o'quvchilarni faol foydalanishga o'rgatishda, shu bilan birga audiovizual vositalarning imkoniyatlarini zaruriy ko'nikmalarni o'zlashtirishda kuchli motivatsiya sifatida qo'llash mumkin.
Sinflarda muammoli vaziyatni yaratishda o'qituvchi turli uslublardan foydalanishi mumkin: TV, radio eshittirishi, internet, gazeta yoki jurnal sahifalarida e'lon qilingan axborotga nisbatan munosabatlarini bildirishlariga imkon berish; o'rganilayotgan muammoni shaxsi uchun, pedagogik faoliyat uchun, jamiyat kelajagi uchun ahamiyatini ko'rsatish; istiqboldagi ta'lim, maktab, o'qituvchi qobiliyati haqidagi bashorat etish kabilardan foydalanish qo'l keladi
[4].
Adabiyotlar:
1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 26 yilligiga bag'ishlangan tanatanali marosimdagi ma'ruza. 2018 yil 7 dekabr.
2. http://uz.infocom.uz/2016/10/27/talim-tizimida-axborot-olish-madaniyatini-shakllantirish-masalalari
3. Zimnyaya I. A. — Kultura, obrazovannost, professionalizm spesialista (k probleme unifitsirovaniya trebovaniy k urovnyu professionalnoy podgotovki v strukture gosudarstvennbix standartov neprerbivnogo obrazovaniya) // Problembi kachestva, ego normirovaniya i standartov v obrazovanii. - M., 1998.
4. Abdullaev X. Pedagogikani o'qitish metodikasi, Farg'ona, 2008.