Научная статья на тему 'BIOLOGIYA FANINI O„QITISHDA YANGI INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI'

BIOLOGIYA FANINI O„QITISHDA YANGI INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

1326
211
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
maktab / o‘yin darslari / o‘quvchi shaxsi / biologiya / axborot texnologiyalari / ko‘nikmalar. / школа / игровые уроки / личность студента / биология / информационные технологии / умения.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Charosxon Botirjonovna Jumabayeva, Marhabo Sulaymonqulovna Ashirboyeva

Maqolada respublika umumta’lim maktablarida tabiiy fanlarni o‘qitilishini nazorat qilish, ma’lum shart-sharoitlar yaratish, maktab o‘quvchilariga yangi bilimlarni berish, olingan yangi bilimlar asosida ko‘nikmalarni hosil qilish, shakllantirish uchun kichik guruhlarda ishlash, vizuallashtirish, mustaqil ijodiy ishlash, o‘yin mashqlari hamda rolli o‘yinlar kabi noan’anaviy ta’lim metodlaridan foydalanish to‘g‘risida fikr yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ВАЖНОСТЬ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ НОВЫХ ИННОВАЦИОННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В ПРЕПОДАВАНИИ БИОЛОГИИ

В статье описывается работа в малых школьных группах, визуализация, самостоятельная творческая работа по контролю созданию условий для преподавания естествознания в общеобразовательных школах республики, по обеспечению учащихся новыми знаниями, а также формирование умений на основе новых знаний, рассматривается использование нетрадиционных методов обучения, таких как игровые упражнения и ролевые игры.

Текст научной работы на тему «BIOLOGIYA FANINI O„QITISHDA YANGI INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI»

BIOLOGIYA FANINI O'QITISHDA YANGI INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI

Charosxon Botirjonovna Jumabayeva

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti biologiya yo'nalishi 3-bosqich talabasi

Marhabo Sulaymonqulovna Ashirboyeva

Toshkent viloyati Bekobod tumani 1-umumta'lim maktabi biologiya fani o'qituvchisi

Annotatsiya: Maqolada respublika umumta'lim maktablarida tabiiy fanlarni o'qitilishini nazorat qilish, ma'lum shart-sharoitlar yaratish, maktab o'quvchilariga yangi bilimlarni berish, olingan yangi bilimlar asosida ko'nikmalarni hosil qilish, shakllantirish uchun kichik guruhlarda ishlash, vizuallashtirish, mustaqil ijodiy ishlash, o'yin mashqlari hamda rolli o'yinlar kabi noan'anaviy ta'lim metodlaridan foydalanish to'g'risida fikr yuritiladi.

Kalit so'zlar: maktab, o'yin darslari, o'quvchi shaxsi, biologiya, axborot texnologiyalari, ko'nikmalar.

ВАЖНОСТЬ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ НОВЫХ ИННОВАЦИОННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В ПРЕПОДАВАНИИ БИОЛОГИИ

Аннотация: В статье описывается работа в малых школьных группах, визуализация, самостоятельная творческая работа по контролю созданию условий для преподавания естествознания в общеобразовательных школах республики, по обеспечению учащихся новыми знаниями, а также формирование умений на основе новых знаний, рассматривается использование нетрадиционных методов обучения, таких как игровые упражнения и ролевые игры.

Ключевые слова: школа, игровые уроки, личность студента, биология, информационные технологии, умения.

THE IMPORTANCE OF USING NEW INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN

TEACHING BIOLOGY

Abstract: The article describes work in small school groups, visualization, independent creative work to control and create conditions for teaching natural science in secondary schools of the republic, to provide students with new knowledge and the formation of skills based on new knowledge, considers the use of non-traditional teaching methods, such as game exercises and role-playing games.

Keywords: school, game lessons, student personality, biology, information technology,

skills.

Bugungi kunda mamlakatimizda boshqa fanlarga berilayotgani kabi tabiiy fanlarga ham e'tibor juda yuqori. Respublika umumta'lim maktablarida tabiiy fanlarni o'qitilishini nazorat qilish va shart-sharoitlar yaratish juda muhim hisoblanadi.

Hozirgi kunda o'quvchilar, talabalar, tinglovchilar aqliy ta'limini rivojlantirish uchun ta'lim va tarbiya birligiga beriladigan bilimning ilmiy bo'lishi, bilimning sistemali va izchil bo'lishi barobarida zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan samarali foydalanishga erishilmoqda [1].

Har bir dars o'quvchi uchun yangi axborot hioblanadi. Ayniqsa, yangi o'quv materiali orqali o'quvchilarni bilim va ko'nikmalarini shakllantirish asosiy ta'lim sifatini ta'minlovchi omildir. O'quvchilarga yangi bilimlarni berish va olingan yangi bilimlar asosida ko'nikmalarni shakllantirish uchun kichik guruhlarda ishlash, vizuallashtirish, mustaqil ijodiy ishlash, o'yin mashqlari va rolli o'yinlar kabi noan'anaviy ta'lim metodlaridan foydalanish yaxshi samara beradi. Mana shularni hisobga olgan holda, ta'lim jarayonini samarali tashkil qilish borasida bugungi kunda juda ko'plab amaliy ishlar amalga oshirilmoqda [2].

O'quv jarayonining markazida o'quvchi shaxsi va qadri, ma'naviyati turar ekan, har bir o'qituvchi bu jarayonni samarali va qiziqarli qilib tashkil qila olishi kerak. Shuni e'tiborda tutish kerakki, shaxsga qaratilgan ta'lim, o'quvchining o'quv-biluv mehnatini tashkil etishni harakatlantiruvchi, uning qiziqish, xohish, talab-istaklarini ro'yobga chiqaruvchi kuch bo'lib xizmat qiladi. O'quvchi shaxsiga qaratilgan ta'lim, o'quvchining faolligini oshirish, mustaqil, ijodiy fikrlashga o'rgatish, mustaqillligi va erkinligini ta'min etish, qiziqishlari asosida ish yuritish, ichki imkoniyatlarini ishga solish, o'z qiziqishlari orqali qo'shimcha ta'lim olishga yo'llash, o'z-o'zini rivojlantirishni o'z ichiga oladi [1;3].

Biologiya fanini o'qitishda o'quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish maqsadida darslarda turli o'yinlardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. O'yinlar vositasida darslarni tashkil etish o'quvchilar biologik qonuniyatlar, hodisalar va hayotiy jarayonlarni o'rganish faoliyatini rivojlantiruvchi usullardan biridir. O'yinlar o'quvchilarning erkin fikrlash, mustaqil xulosa chiqarish, muammoli vaziyatlardan chiqa olish qobiliyatini oshiradi, tez javob topish ko'nikmasini rivojlantiradi, ziyrakligini orttiradi. O'yin darslari o'qitishning faol shakllaridan biridir. O'yin darslarining asosiy maqsadi o'quvchilarning o'quv jarayoniga qiziqishlarini orttirish va bu bilan o'qish samaradorligini oshirishdir [3].

O'yin darsning asosiy maqsadi o'quvchilarning o'quv jarayoniga qiziqishlarni oshirish va bu bilan o'qish samaradorligini oshirishdir. Tashqaridan qaraganda o'yin yengil, betashvish ko'rinishda, aslida boladan maksimum energiya berilishini

aql, sabr toqat, mustaqillik kabi jihatlarni ishga solishni talab etadi. O'yin jarayoni biroz shovqin va tartibsizlik bilan kechgani uchun o'qituvchilar ko'pincha jim o'tirib tinglaydigan, shovqinsiz o'tadigan an'anaviy darslarni ma'qul ko'radi [3].

Biologik o'yinlar nihoyatda xilma-xil bo'lib, ushbu o'yinlar dars va darsdan tashqari mashg'ulotlarning qiziqarli bo'lishida, o'quvchilarning biologiya faniga bo'lgan qiziqishini oshirishda qulay va samarali vositalardan biri hisoblanadi.

Men bugungi kunda pedagogik amaliyot mashg'ulotlarimda amaliyot olib borayotgan o'qituvchim bilan birgalikda biologiya darslarida quyidagi o'yinlar va interfaol metodlardan foydalandim:

"Kim ko'p biladi" o'yini. Bu o'yinni biologiyaning xohlagan mavzusini o'rganishda qo'llash mumkin. Har bir ishtirokchi biror-bir mavzu yuzasidan bittadan muammoli savol tuza olishi kerak. Savollar yozilgan qog'ozlarni o'qituvchiga topshiradilar, sinf o'quvchilari ikki guruhga bo'linadi. Boshqaruvchi qo'llarni sanab, har biriga 1 balldan qo'yadi. Har bir savolga bir o'quvchidan javob so'raladi. Agar javob noto'g'ri bo'lsa, o'sha guruhdan 1 ball olib tashlanadi, qaysi guruh ko'p ball to'plasa, o'sha guruh g'olib bo'ladi.

"Xayoliy sayohat" o'yini. Ta'limning bu o'yini biologiya, geografiya, til adabiyot va boshqa fanlarda qo'llanilishi mumkin. O'simlik yoki hayvonlar tarqalgan biogeografik viloyatlarga xayolan sayohat qilib, uni yozma tarzda yozish talab etiladi. Ishtirokchi o'zi mustaqil o'sha joyni yozma tasvirlashi kerak. Kimning yozma tasvirlashi mazmunan yuqori saviyada yozilgan bo'lsa, u g'olib hisoblanadi [1;2;3].

Xulosa qilib aytganda, biologiya - darslarni hayotga bog'lash, ularni qiziqarli va ijodiy tashkil etish bosh maqsaddir. Bunda asosiy rolni biologik o'yinlar egallaydi. Biologik o'yinlar nihoyatda xilma-xil bo'lib, darsda va darsdan tashqari mashg'ulotlarni qiziqarli bo'lishida o'quvchilarning fanga bo'lgan qiziqishlarini oshirishda qulay va samarali vositalardan biri hisoblanadi.

REFERENCES

1. N.M.Abdurahmonova. Biologiya fanini o'qitishda innovatsion ta'limning afzalliklari va uning imkoniyatlari. 1-3 betlar. https: //kopilkaurokov.ru

2. N.Reyimbayeva. Biologiya fanini o'qitishda yangi pedagogik texnologiyalarning amaliy ahamiyati. https ://megaline.uz

3. D.R.Iminova Biologiya darslarida o'yinli ta'lim texnologiyalaridan foydalanish. 19-20 betlar.

4. https://www.conferences.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.