Научная статья на тему 'O’QISH DARSLARIDA BOLA NUTQINI O’STIRISH'

O’QISH DARSLARIDA BOLA NUTQINI O’STIRISH Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
832
104
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
OG'ZAKI NUTQ / YOZMA NUTQ / FIKR / O'YIN / ERTAK / HIKOYA / LUG'AT / SO'Z

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Xalimova X.S., Xo'Jaboyeva Z.S.

Mazkur maqola manaviyati boy, qalban yuksak, erkin fikrlovchi bolani tarbiyalashda nutq o’stiruvchi mashqlarning ahamiyati, bola nutqini o’stirishda o’qish darslarida qilinadigan ishlar haqida bayon qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’QISH DARSLARIDA BOLA NUTQINI O’STIRISH»

UDC 378

X.S. Xalimova, Z.S. Xo'jaboyeva O'QISH DARSLARIDA BOLA NUTQINI O'STIRISH

Mazkur maqola manaviyati boy, qalban yuksak, erkin fikrlovchi bolani tarbiyalashda nutq o 'stiruvchi mashqlarning ahamiyati, bola nutqini o 'stirishda o 'qish darslarida qilinadigan ishlar haqida bayon qilingan.

Kalit so'zlar: og'zaki nutq,yozma nutq, fikr, o'yin, ertak, hikoya, lug'at,

so 'z.

Yuksak ma'naviyatga ega bo'lgan, barkamol, sog'lom avlodni tarbiyalab, yoshlarga ilg'or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalar asosida ta'lim berish mamlakatimizning ta'lim sohasidagi amalga oshiri-layotgan ustuvor vazifalardan biridir. Shuningdek, komil insonni voyaga yetkazishda boshlang'ich ta'lim, shub-hasiz, poydevor vazifasini o'taydi. O'qish darslarida bolani qalban yuksak, ma'naviy boy, nutqi ravon,erkin fikr-lovchi, mustaqil fikrga ega qilib tarbiyalashda ajdodlarimiz yaratgan betakror asar durdonalaridan foydalangan holda bilim berish hamda odob-axloq qoidalariga o'rgatish muhim ahamiyatga ega. Bolalarni kelajakda jahon standartlariga munosib kadr bo'lib yetishishida dastlabki poydevor albatta boshlang'ich sinf o'qituvchisi hisobla-nadi. Har bir o'qituvchining dunyoqarashi uning muomalasida namoyon bo'ladi. Muomalaning asosiy vositasi -tildir Shuning uchun o'quvchilarning og'zaki nutqini o'stirishida, avvalo ularning nutqidagi kamchiliklar saba-blarini aniqlash, uni bartaraf etish yo'llarini izlab topishimiz kerak. Ma'lumki, boshlang'ich sinf oquvchilarining nutqlaridagi nuqsonlarni bartaraf etish o'quvchilar va logopedlar zimmasiga yuklanadi. Talaffuzdagi kamchili-klarni aniqlashda bolaning nutqini tekshirib ko'rish, nutq buzulish sabablarini o'rganish lozim. Bola nutq idagi kamchiliklarni to'g'irlashda ayniqsa kitobning o'rni beqiyosdir. Shuning uchun ham bola nutqi bilan ishlashda ko'proq o'qish darslarida mashg'ulotlar o'tkaziladi. Dastlab darslikdagi qisqa hikoya va qissalar, ertaklarni qayta hikoya qilish, she'tlarni yod olish bolalar nutqini ravonlashtirib boradi. Ikki haftada bir marta o'tiladigan sinfdan tashqari o'qish darslarida tanlangan adabiyotlar ham nutqni rivojlantirib boradi. Bolalar nutqini rivojlantirishda xalq og'zaki ijodining ahamiyati katta. Shuning uchun "O'qish kitobi" da "Ertaklar-yaxshilikka yetaklar" bo'limi berilgan. Unga kiritilgan ertaklar bolalarni obod - axloqqa o'rgatishi, ma'naviy juhatdan rivojlanishi bilan muhim ahamiyatga egadir. Masalan, "Ur to'qmoq" ertagidagi dehqon va boy obrazlari o'quvchilar ongida yaxshi va yomondan nafratlanish, undan yiroqlashish kerakligi haqida tasavvur hosl qilai. Maqtanchoqlik, adolatchilik, ochko'zlik juda yomon odat ekanligi, saxiylik, do'stga mehribon bo'lish, rostgo'ylik insonning ma'naviy yuksa-lishga yordam berishi uqtiriladi.

Xalqimizda shunday naql bor: «Bola - shirin so'zning gadosi». Shunday ekan, o'qituvchi muomala jarayon-ida juda ehtiyotkor bo'lishi maqsadga muvofiqdir. Shuning uchun ham o'qituvchi har doim nutq madaniyatiga qattiq e'tibor berishi, o'zining psixologik, estetik, jismoniy, axloqiy jihatlarini namuna sifatida namoyon etishi muhimdir. Boshlang'ich sinf o'qituvisining faoliyati faqat darslarini o'tish bilan cheklanmaydi, uning vazifasiga "Ifodali o'qish", "Yosh kitobxon" to garaklarini tashkil etish hamda tanlovlarni tayyorlash va o'tkazish, o'quvchilarning nutq madaniyatini nazorat qilish, badiiy adabiyotlarni o'qish va ularni uyushtirish, bolalar va qo'g'irchoq teatri ishini yo'lga qo'yish kabi tadbirlar ham kiradi. Qilingan barcha tashkiliy ishlar bola nutqini rivojlantirishga hizmat qiladi. Bola atrofdagilarga o'z fikrini to'liq bayon qilib berishi o'qituvchining yutug'i hisoblanadi. Boshlang' ich sinf o'quvchilari nutqini o'stirishda yod oldirish, so'zlarning ma'nosini tushuntirish yoki qayta hikoya qildirish kabi usullardan foydalanibgina qolmay, balki ular uchun qiziqarli faoliyat bo'lgan o'yinlardan foydalanish, ayniqsa, ko'zlangan maqsad, yuqori natijalarni qo'lga kiritishda katta yordam beradi. Chunki o'yin kichik maktab yoshidagi o'quvchilar faoliyatida asosiy o'rinni egallaydi. Bolalarning yosh va psix-oligik xususiyatidan kelib chiqib aytadigan bo'lsak, o'yin dunyoni va o'zlikni anglashda, bog'lanishli nutqni o'stirishda asosiy vosita hisoblanadi. Maktabga ilk qadamini o'ygan bola huddi o'zga dunyogatushib qolgandek bo'ladi. O'zida bor bo'lgan jihatlarni ham namoyon qila olmasligi mumkin. O'qituvchi bolalarni mahorat bilan maktabga moslashtiradi. Bunda asosiy vosita ta'limiy o'yinlar hisoblanadi. O'qituvchi vaziyatdan kelib chiqib o'yinning to'g'ri turini tanlay olishi kerak.

Boshlang'ich sinflar o'qish darslarida o'quvchilar nutqini o'stirish vositalaridan biri to'g'ri uyushtirilgan qayta hikoyalashdir. Maktab tajribasida to'liq, qisqartirib, tanlab va ijodiy qayta hikoya qilish turlari mavjud. Boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun matnni to'liq yoki matnga yaqin qayta hikoyalash ancha oson, boshqa turlari esa nisbatan qiyinroqdir. Qayta hikoyalashda o'qilgan hikoya mazmuni yuzasidan o'qituvchining savoli o'quvchilarni hikoyaning detallari haqida, ayrim voqealar o'rtasidagi bog'lanishning sabab-natijalari haqida

© Xalimova X.S., Xo'jaboyeva Z.S., 2021.

fikrlashga qaratilishi lozim. O'qituvchining savoli asar qahramonlari nima qilgani, ularning u yoki bu xatti -hara-katlari qaerda va qanday sharoitda yuz bergani haqida so'zlab berishga, voqealarning izchil bayon qilinishiga va o'zaro bog'liqlikni yoritishga yo 'naltirilishi lozim. O'quvchi o'qilgan asar mazmunini o'qituvchi savoli yordamida aytib berishida bir-biriga taqqoslaydi, ular yuzasidan muhokama yuritadi va xulosa chiqaradi. Ko'pincha boshang'ich sinf o'quvchilari qatnashuvchi shaxslar xatti-harakatini yaxshi tushunmasliklari, ba'zan noto'g'ri yoki yuzasi tushunishlari natijasida asar mazmunini anglab etmaydilar. Shuning uchun ham o'qituvchi yordamida asar o'rganiladi. Har bir qahramon harakteri savollar orqali ochib beriladi. Qahramonlar salbiy yoki ijobiyga ajratiladi. Fikrlar umumiylashtirib, xulosa chiqariladi.

O'quvchilarning nutqini mukammal rivojlantirish uchun o'qituvchi ko'p izlanishi va ko'p bilim malaka va ko'nikmaga ega bo'lmoq'i lozim. Zero, kelajagimiz bo'lmish bolalar o'z ustozlari bilan fahrlanib yurishsin!

Foydalanilgan adabiyotlar

1.Q.Abdullaeva,K.Nazarov,Sh.Yo'ldosheva "Savod o'rgatish metodikasi" T."O'qituvchi"

2.Abdullayeva Q. Birinchi sinfda nutq o'stirish. - Toshkent, "O'qituvchi", 1980.

3.Ashrapova T., Odilova M. Boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish metodikasi. Toshkent, 1984.

XALIMOVA XOLNISO SOLIJON QIZI - Guliston davlat universiteti Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Boshlang'ich ta'lim) yo'nalish.

XO'JABOYEVA ZILOLA SOLIJON QIZI - Guliston davlat universiteti Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Boshlang'ich ta'lim) yo'nalishi 2-kurs magistri.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.