Научная статья на тему 'BOSHLANG’ICH SINF O‘QUVCHILARI NUTQINI O‘STIRISHDA MUSTAQIL ISHLARNING O‘RNI VA AHAMIYATI'

BOSHLANG’ICH SINF O‘QUVCHILARI NUTQINI O‘STIRISHDA MUSTAQIL ISHLARNING O‘RNI VA AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
3076
247
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
nutq / nutq o’stirish / so’z / bog’lanishli nutq / tarqatma / didaktik material / ertak / hikoya. / speech / speech development / vocabulary / connected speech / distribution / didactic material / fairy tale / story.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Nigora Baxtiyorovna Adizova

Maqolada nutq o’stirish tushunchasi, o’quvchilar nutqini o’stirishning mavjud ahvoli, ona tili darslarida nutq o’stirishning shakl va vositalari, nutq o’stirishda noan’anaviy usullardan foydalanish haqida so’z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE AND IMPORTANCE OF INDEPENDENT WORK IN PROMOTING SPEECH BY PRIMARY SCHOOL STUDENTS

The article discusses the concept of speech development, the current state of student speech development, the forms and means of speech development in mother tongue classes, the use of non-traditional methods of speech development.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG’ICH SINF O‘QUVCHILARI NUTQINI O‘STIRISHDA MUSTAQIL ISHLARNING O‘RNI VA AHAMIYATI»

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARI NUTQINI O'STIRISHDA MUSTAQIL ISHLARNING O'RNI VA AHAMIYATI

Nigora Baxtiyorovna Adizova

Buxoro davlat universiteti

ANNOTATSIYA

Maqolada nutq o'stirish tushunchasi, o'quvchilar nutqini o'stirishning mavjud ahvoli, ona tili darslarida nutq o'stirishning shakl va vositalari, nutq o'stirishda noan'anaviy usullardan foydalanish haqida so'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: nutq, nutq o'stirish, so'z, bog'lanishli nutq, tarqatma, didaktik material, ertak, hikoya.

THE ROLE AND IMPORTANCE OF INDEPENDENT WORK IN PROMOTING SPEECH BY PRIMARY SCHOOL STUDENTS

ABSTRACT

The article discusses the concept of speech development, the current state of student speech development, the forms and means of speech development in mother tongue classes, the use of non-traditional methods of speech development.

Keywords: speech, speech development, vocabulary, connected speech, distribution, didactic material, fairy tale, story.

O'quvchilarni faqat o'qituvchi rahbarligidagina emas, balki o'zlarini mustaqil ravishda ishlashga ham o'rgatib boriladi. Darsning 8-10 minutini mustaqil ishlashga ajratish uni qiziqarli o'tkazishda didaktik materiallar katta yordam beradi. Savod o'rgatish davrida didaktik materiallardan foydalanish nutqni o'stirish ishining asosiy poydevori bo'lib xizmat etadi. Dastlabki mashg'ulotlarda tagiga bo'g'in va so'zlar yozilgan turli rasmli kartochkalardan foydalaniladi, bolalarning hali o'qish-yozishni bilmasliklarini hisobga olib, bunday rasmli kartochkalarni guruhlarga bo'lib, konvertlarga solinadi va har bir konvert ustiga shu narsaning nomini yozib, rasmi yopishtiriladi. Bu konvertlar o'quvchilarga ulashiladi. Bolalar konvert ichidagi narsani konvert ustidagi rasmga qarab o'qish malakasini hosil qilgach esa konvert ustidagi yozuvni o'qish yo'li bilan ajratib, topshiriqni mustaqil bajaradilar.

O'qituvchi o'quvchilarning shu rasmlarda tasvirlangan narsalar bilan tanish yoki tanish emasligini kuzatadi, ularga shu rasmlar haqida qisqa va tushunarli savollar beradi va savollariga javob oladi. Masalan, konvertlar ichidan uy hayvonlarining rasmlarini olish va tagidagi so'zni o'qish vazifasi topshiriladi. Bolalar o'qituvchining bu topshirig'ini bajaradilar: rasmlarni olib, so'zlarni o'qiydilar. Agar so'zning bosh harfi

yoki bir bo'g'ini tushirilgan bo'lsa, nuqtalar o'miga unga mos harf yoki bo'g'inni kesma alfavitdan topib to'ldiradilar.

Mustaqil ishlashda didaktik tarqatmalardan qancha ko'p foydalanilsa, o'zlashtirish shuncha yaxshi bo'ladi.

Har bir narsa uchun juda ko'p andazalar (applikatsiyalar) tayyorlash va didaktik ishlar jarayonidà ulardan o'rinli foydalanish o'quvchini ijodkorlikka undaydi. Masalan, mevalarning rasm-andazasiga qarab ishlashda quyidagi topshiriqni berish mumkin:

- Bolalar, mana bu yerda olma, o'rik, shaftolilarning rasmlarini ko'rdik, yana qanday mevalar bo'ladi? Hammangiz o'z konvertingizdan qolgan meva rasmlarini olib, partaga tering-chi.

O'quvchilar bu ishni zavq bilan bajaradilar. O'qituvchi o'quvchilar ishidan vazifaning qanchalik to'g'ri bajarilganligini ko'zdan kechiradi. Bu kabi ishlarni sabzavot, uy-ro'zgor asboblari, gullar rasmi ustida ham o'tkazish mumkin. Uquvchilar mustaqil ishlarni juda qiziqib tez va yaxshi bajarishga, o'rtoqlari oldida o'z bilimini namoyish qilishga intiladilar.

Didaktik materiallar maktabga turli tayyorgarlikda kelgan bolalar bilan bir vaqtda, xilma-xil usullardan foydalanilgan holda ishlashga ham katta yordam beradi. O'qituvchi vazifani tez bajarishga ulgurayotgan bolalarga didaktik materiallarning murakkablaridan, uydan kelgan bolalarga esa soddaroqlaridan berib, unga mos vazifalar topshiradi.

O'qituvchi o'quvchilarga qizil, sariq, ko'k rangdagi narsalarni ko'rsatib qanday narsalar: meva, sabzavot o'yinchoqlar shunday rangda bo'lishini so'raydi. SHundan keyin bolalar olcha, anor, kulupnay, pomidor, bayroq kabi bir qator narsalarning qizil rangdaligini eslab, aytadilar. Bunday mustaqil fikrlash bolalarning aktivligini oshiradi, xotirasini mustahkamlaydi, lug'atini boyitadi.

Turli xildagi o'yinlar: cho'plardan turli shakllar; burchak, to'rtburchak, narvoncha va ayrim xarf shakllarini yasash boshqa ishlar bilan navbatlashtirib olib boriladi. Bu ishlar uchun dars orasida 7-8 minut vaqt ajratiladi.

Didaktik materiallardan o'quvchilarning erkin ijodiy ishlarida ham foydalanish mumkin. Uqituvchininä ruxsati bilan o'quvchilar, rangli shakllardan foydalanib, turli qutichalar, gilamcha rasmlarini chizadilar. Bu mashgulotlardan bolalar burchak, tomon, o'ng, chap, ost, ust haqida konkret tasavvur hosil qiladilar, o'rtoqlari bilan hamjihat bo'lib ishlashga o'rganadilar.

Bolalar nutqini o'stirishda turli xil didaktik o'yinlarni tez-tez tashkil etish yo'li bilan berilayotgan bilimni tez o'zlashtirish imkoni tug'iladi. Agar o'yin bolalarga dinamik tarzda o'rgatilsa, ular o'yinni o'rganib olganlarini sezmay qoladilar, o'yin jarayonida o'quv materiallarini puxta o'zlashtirishga aslî qiynalmaydilar. "O'yinlar bolalarning to'g'ri o'sishida juda muhim rol' o'ynaydi. Bola o'yinga butun borlig'i bilan kirishib ketadi. O'yin jarayonida uning nutqi tez rivojlanadi".

O'yinlar, xususan didaktik o'yinlar, bolalarning tabiiy ehtiyoji-harakatchanligiga juda mos keladi. Shuning uchun ham bolalar o'yinni juda sevadilar.

Maktabgacha tarbiya va maktab yoshidagi kichik bolalarning nutqini o'stirishda o'yin muhim o'rin tutadi.

Didaktik o'yinlarning qariyb hammasida, masalan, "Bo'g'inlarga ajrat", "Qaysi harfdan" kabi o'yinlarda harakat elementlari bolalarning jismoniy va aqliy o'sishlariga katta ta' sir etadi.

Bolalarda sezgirlikni va eshitish, ko'rish, harakat qilish qobiliyatini rivojlantirishda, ayniqsa didaktik o'yinlarning ahamiyati katta. Masalan, "Jimjitlik", "Nimani taqirlatyapti?", "Tuk-tuk", "Kim nimani eshityapti?" va boshqa shu kabi o'yynlarda bolalarning xotira va eshitish qobiliyati, shuningdek, diqqati o'sadi.

Ilmiy metodik jihatdan to'g'ri tashkil etilgan didaktik o'yinlarni bolalarning zo'r quvonch bilan o'ynashi tajribada hamisha ko'zga yaqqol ko'rinib turadi. Har bir o'yin mobaynida bolalarning diqqati, zehni taraqqiy etib boradi. O'qish paytida bolalar bir-birlarining harakatlarini kuzatadilar, hech narsani ko'zdan qochirmaslikka, o'yin qoidalarini va berilgan vazifalarini esda saqlab qolishga tirishadilar. Bundan tashqari o'yin paytida o'quvchilar oldin o'rganilgan materiallarga asoslanib ish tutadilar, natijada bu material bolalar xotirasida yana ham mustahkam o'rnashib qoladi.

Didaktik o'yinlar bolalarda har bir narsani bilishga intilish hissini uyg'otadi, ularning aqliy ish bilan aktiv shug'ullanishiga imkon beradi, kuzatuvchanlik, narsa va hodisalarni taqqoslash, tahlil qilish, umumlashtirish, aniqlash qobiliyati hamda nutqi o'sa boradi.

Didaktik o'yinlar bolalarni ongli harakat qilishga o'rgatadi.

"Didaktik o'yinlar birinchi va ikkinchi signal sistemalari birligini, ko'rsatmalilik, so'z va harakat birligini mustahkamlaydi. Didaktik o'yinlarda o'quvchi o'qituvchining birorta gapini ham eshitmasdan qolmasligi kerak, aks holda, o'quvchi o'yin qoidasini yaxshi bilib ololmaydi, o'yin topshirig'ini o'z vaqtida bajara olmaydi, boshqalardan orqada qolib ketadi". Shu nuqtai nazardan bolaning xotirasini, diqqatini mustahkamlashda, so'z boyligi va nutqini normal o'stirishda didaktik o'yinlarning katta ahamiyati bor.

Bolalar o'yin boshlanishini sabrsizlik bilan kutadilar, ularning ongida ertangi o'quv kunining quvonchli manzarasi gavdalanadi.

"O'yin paytida bolalar psixikasining individual xususiyatlari, ularda shartli reflekslarning paydo bo'lish tezligi va ularning mustahkamligi yanada yaqqolroq namoyon bo'ladi. Bu esa o'qituvchiga o'quvchilar faoliyatiga individual munosabatda bo'lish imkonini beradi".

Didaktik o'yinlarning eng soddalaridan biri "Davom ettir" o'yinidir. Bunda o'qituvchi bir so'zning boshlanishini, yani birinchi yoki birinchi va ikkinchi bo'g'inini aytadi, o'quvchilar esa uni davom ettiradilar. Bu o'yinda ishlatiladigan so'zlar ikki-uch

bo'g'indan oshmasligi kerak. Bunday so'zlarni bolalarning Gul-nor, Xol-mat, Jo'-ra, No-di-ra, A-za-mat kabi ismlaridan boshlash maqsadga muvofiqdir. Keyin esa sha-mol, lay-lak, tul-ki, bo-la, uch-di, o'y-na-di kabi narsa va ish-harakat nomlari aytiladi. O'yin oxirida o'qituvchi bir-biriga o'xshash 3 - 4 so'z aytadi. Masalan: Nodira-Nazira, Normat-Xolmat, Non-don, suv-sut, choy-soy kabi. Keyin bolalarga shu singari so'zlarni o'ylab topishni aytadi.

Didaktik o'yinlardan topishmoq, tez aytish kabi o'yinlar ham talim-tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lishi bilan birga, bolalarga ruhiy oziq beradi.

Savod o'rgatishning so'nggi davrlarida o'qituvchi bolalarning kundalik hayoti, o'yinlari aks ettirilgan rasmlar solingan konvertlarni o'quvchilarga ulashadi va konvert ichidagi rasmlarning mazmuni bo'yicha kichik hikoya aytib beradi. Masalan, "Yoz kunlarining birida bolalar cho'milgani ko'lga bordilar. Lola bilan Salim qayiqda suzdilar. Boshqa bolalar maza qilib cho'mildilar" hikoyachasini aytgach, bolalarga shu hikoyachaga taalluqli rasmni topish vazifasini topshiradi. O'quvchilar uni topib, parta ustiga qo'yadilar.

O'qituvchi: "Endi, bolalar, rasmni tomosha qiling-da, men rasmdagilar haqida nimalarni aytmadim, toping-chi?" -dey-di. O'quvchilar rasmni kuzatib, uzoqda bolalar savatlarga meva to'ldirib, uylariga kaytayotganliklari haqida bilganlaricha gapirib beradilar. Konvertdagi boshqa rasmlar yuzasidan ham ish shunday o'tkaziladi. Rasm tanlashda bolaning yoshi, qiziqishi, rasmning mazmuni e'tiborga olinadi,

O'yin mashg'ulotlari bolalar nutqini o'stirishi bilan birga, ularning aqliy qobiliyatlarini, manaviy-axloqiy sifatlarini, kollektiv bilan muomala qila bilish odatlarini tarkib toptiradi, kuch-quvvatlarini orttiradi. Bulardan tashqari, o'yin vaktida bolalarda oddiy mehnat malakalari ham hosil bo'la boradi.

Alifbe davrida bolalar juda ko'p o'yinlar bilan tanishadilar, ular yordamida o'qish va yozishni o'rganadilar. Alifbe davridan so'ng esa ular "Ona tili va o'qish savodxonligi" kitobi orqali bilimlarini kengaytiradilar. Bu jarayonda didaktik o'yinlar ham o'z xususiyatiga ko'ra murakkablashib boradi.

Shuni eslatib o'tish joizki, ona tili va o'qish darslarida qo'llash uchun tavsiya qilinayotgan didaktik o'yinlar foydalanishga qafiy chegara mavjud bo'lmay, boshqa yuqori sinflarga ham moslashtirib foydalanish mumkin.

I. Tinch o'yinlar.

O'zim tekshiraman.

Bunday o'yinlarni o'tkazishda o'qituvchi kichik hajmdagi diktantlarni tanlaydi. Boshlang'ich sinflarning har bir sinfida darsning boshlanishida qo'llash mumkin. O'qituvchi o'quvchilarga kichik hajmdaäi diktant yozdiradi. Barcha daktantni yozib bo'lgach, o'qituvchi doskaga diktantni yozib ko'rsatadi. O'quvchilar esa o'qituvchining yozganiga qarab, o'zlari yozgan diktantni tekshiradilar.

Diktant oldin doskada yozilib, usti yopib qo'yilgan bo'lsa, o'qituvchi pardani ochadi. Bunday diktantlarni alifbe davrida ham qo'llash mumkin bo'lib, o'qituvchi avval faqat harflardan so'ngra (undosh harflar bilan tanishtirgach) bo'g'inlardan iborat diktant yozdirishi mumkin.

1-variant: Oo, Ii, Uu, Ff, OV.

2-variant: -Io, -no, -ta, -mi,-un.

3-variant: Bola, lola, ona, zo'r, par.

4-variant: Bugun havo issiq.

II. Harakatli o'yinlar.

1. U nima qilyapti? ("pantamimo")

O'quvchilardan biri bolalar oldiga chiqib ovozsiz harakatlar qiladi. O'quvchilar jamoasi birgalikda uning harakatlarini izohlab berishlari lozim. Bunday o'yin o'qishga ona tili darslarida o'quvchilar nutqini o'stirish, ziyraklik va zeriktirmaslik uchun o'tkaziladi.

III. Aralash turdagi o'yinlar.

1. Nima yo'qolib qoldi?

Stol ustida bir necha yoki aloxida buyumlar surati tushirilgan kartochkalar joylashtiriladi. O'quvchilar stol ustini yaxshilab kuzatib, narsalarni eslab qoladilar. Shundan keyin o'qituvchi o'quvchilarga bildirmasdan ularning bittasini olib qo'yadi. O'quvchilar stol ustidan nima yo'qolib qolganini topishlari lozim. Bu o'yindan darsda va darsdan tashqari mashg'ulotlarga foydalanish mumkin. Bu o'yin, ayniqsa, alifbe davrida harflarni o'rganish jarayonida juda qo'l keldi.

Bu xildagi o'yinlar bolalarning bilim hamda tasavvurlarining kengayishiga, eng muhimi, so'z boyliklarining oshishiga, shuningdek, nutqlarida tovush talaffuzining aniqlashishiga katta yordam beradi.

Muammoli o'qitish pedagogika fanining eng keyingi yutuqlaridan biri, talim jarayonida bolalarning topqirlik layoqatini taraqqiy ettirishning eng mahsuldor yo'li hisoblanadi. Muammoli o'qitish dastur materiallari asosida tuzilgan topshiriqlarni echish yo'li bilan tashkil etiladi. Maktabda muammoli o'qitishni tashkil etish uchun muammoli topshiriqlarning mohiyatini, turlarini bilish va ularni amalda qo'llash metodikasini egallash nihoyatda zarur.

REFERENCES

1. Adizova N."The role of ethnotoponym in the toponym of bukhara District" International Scientific Journal Theoretical & Applied Science p-ISSN: 2308-4944 (print) e-ISSN: 2409-0085 (online) Year: 2020 Issue: 01 Volume: 81 Published: 30.01.2020 http://T-Science.org414-416

2. Adizova N. Nominal description of the bukhara district. International Journal of Recent Technology and Engineering (IJRTE) ISSN:2277-3878 Volume-, Issue-3S, October 2019.

3. Adizova N. The Main Motives and Objectives of fun genre in folklore. International Journal of Innovative Technology and Exploring Engineering (IJITEE)ISSN: 2277-3878, Volume-8, Issue-3S, October 2019. -P.202-207.

4. Adizova N. Rhyme, rhythm in fun genre. International Scientific Journal Theoretical &Applied Sciencep-ISSN:2308-4944(print) e-ISSN: 2409-0085(online) Published:09.10.2019. -P. 65-67.

5. Adizova N, Adizova N The role of the fun genre in children's spiritual development. Middle european scientific bulletin ISSN 2694-9970 Published:09.09.2020. -P.38-40

6. Adizova N, Adizova N The role of oikonyms in microtoponymis of Bukhara district . Middle european scientific bulletin ISSN 2694-9970. 09.09.2020.-P.41-43

7. Adizov Bakhtiyor Rakhmonovich, Adizova Nodira Bakhtiyorovna. Microtoponyms formed on Different bases in Bukhara DistrictMiddle European Scientific Bulletin.2021.3.12

8. Adizova Nodira Bakhtiyorovna.Linguistic-etymological classification of the bukhara district.Scientific Bulletin of Namangan State University. 2020 -3

9. Адизова, Нодира Бахтиёровна, Топотопонимы, образованные от известных топонимических основ. Молодежьи XXI век-2020 174-177 с

10. Adizova, Nodira Bakhtiyorovna, The basis of researching the microtoponymy of Bukhara region. Scientific reports of Bukhara State University. 2018 92-95

11. Adizova nigora. funs that introduce children to the animals' world. Инновационные подходы в современной науке. 2019, 82-85

12. Адизова Нигора Бахтиёровна, Раимкулова Мохинур. Use of alisher navoi's spiritual and enlightenment views in textbooks for grades 1-4. Актуальные вопросы современной науки и образования. 2021 , -121

13. Adizova Nigora Bakhtiyorovna, Ozodova Madina. Technology Of Training, Aimed At Developing Creative Working Skills In The Training Of Primary School TeachersThe American Journal of Social Science and Education Innovations2021/3/31, 546-550

14. Adizova Nigora Bakhtiyorovna, Ergashova Dilsora. Visual Aids, Which Are Used In The Educational Process In The Use Of Didactic Games. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 2021/3/31, 540-545

15. Qo'ldoshev A. R. G'aforovna Habiba Jumayeva.(2021). Forming Writing Skills in Left-Handed Students. Middle European Scientific Bulletin, 10 (1).

16. Quldoshev, R. A. "Assistant pedagogue to children left-handed reading in the last year." Globe Edit.-2020 (2020).

17. Qo'ldoshev A. R. Psychological aspects of left-handedness: concept, causes, and peculiarities //Psychology and Education Journal. - 2021. - Т. 58. - №. 1. - С. 4981-4988.

18. Qo'ldoshev, Rustambek. Кумаки педагоги ба кудакони чапдаст дар соли якуми хониш. GlobeEdit, 2020.

19. Azimov, Yunus, and Rustambek Qo'ldoshev. Husnixatga o'rgatishning amaliy asoslari. GlobeEdit, 2020.

20. QO, R. LDOSHEV. Chapaqay bolalarni maktabga qanday tayyorlash kerak, 145-147. Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 1015

21. Azimov, Y. Y., and R. A. Qo'ldoshev. "Husnixatga o'rgatishning amaliy asoslari (metodik qollanma). GlobeEdit, 2020.-141bet.M

22. Qo'ldoshev R. A. LEFT-HANDED CHILDREN AND THE LEARNING PROCESS //EPRA International Journal of Research and Development (IJRD) Volume. - Т. 5. - С. 277-281.

23. Qo'ldoshev, R. A., SINF CHAPAQAY O'QUVCHILARINING MAKTABGA BIRINCHI, and MAKTABGA MOSLASHISHI DAVRIDAGI PEDAGOGIK YORDAMNING MOSLASHISHI. "MAZMUNI//Pedagogik mahorat." (2020).

24. Qo'ldoshev, R. A., and Y. Y. Azimov. "Чапакайларни ёзишга ургатишга доир айрим мулохазалар." НАЧАЛЬНОЕ ОБРАЗОВАНИЕ: ПРОБЛЕМЫ И ПЕРСПЕКТИВЫ» III-Международная научно-практическая конференция. 2020.

25. Qo'ldoshev, R. A. "THE CONTENT OF PEDAGOGICAL ASSISTANCE IN THE PERIOD OF ADAPTATION OF LEFT-HANDED FIRST-GRADERS TO SCHOOL, ADAPTATION TO SCHOOL AND ITS FEATURES AMONG STUDENTS OF THE FIRST YEAR OF STUDY." Pedagogikmahorat.-Buxoro 5 (2020): 132-135.

26. Qo'ldoshev, R. A. "LEFT-HANDEDNESS AND THE REASONS FOR ITS OCCURRENCE." MONOGRAFIA POKONFERENCYJNA SCIENCE, RESEARCH, DEVELOPMENT 32: 2020-31.

27. Qo'ldoshev, R. A. "Cognitive activity of left-handed сЫИгсп.«НАЧАЛЬНОЕ ОБРАЗОВАНИЕ: ПРОБЛЕМЫ И ПЕРСПЕКТИВЫ» III-Международная научнопрактическая конференция." (2020): 132-136.

28. Rustambek Q. O. L. Birinchi sinf chapaqay o 'quvchilarining maktabga moslashishi, maktabga moslashishi davridagi pedagogik yordamning mazmuni //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 1. - №. 1.

29. Кулдашев Р. А. ЧАПАКАЙ УКУВЧИЛАРДА ЁЗУВ КУРОЛЛАРИ БИЛАН ИШЛАШ КУНИКМАЛАРИНИ ШАКЛЛАНТИРИШ: РА Кулдошев, Бухоро давлат университети Бошлаетич таълим методикаси кафедраси укитувчиси //Образование и инновационные исследования международный научно-методический журнал. - 2021. - Т. 2. - №. 3. - С. 198-217.

30. Rustambek Aezmurodovich Qo'ldoshev BOSHLANG'ICH SINF CHAPAQAY O'QUVCHILARNI YoZUVGA O'RGATISHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI // Scientific progress. 2021. №6. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/boshlan-ich-sinf-chapa-ay-uvchilarni-yozuvga-rgatishning-ilmiy-nazariy-asoslari (ma'lumotlar obrascheniya: 25.10.2021

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.