Научная статья на тему 'NUROTA YAYLOVLARI TUPROQLARINING FIZIK-MEXANIK XOSSALARINI O‘RGANISH NATIJALAR'

NUROTA YAYLOVLARI TUPROQLARINING FIZIK-MEXANIK XOSSALARINI O‘RGANISH NATIJALAR Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

67
10
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tuproq / namlik / qattiqlik / uzilish / siljish / buralish / zichlik / chim qatlam. / soil / moisture / hardness / rupture / shear / torsion / density / sod layer.

Аннотация научной статьи по Сельскохозяйственные науки, автор научной работы — Ismoil Tashkentovich Ergashev, Yorqin Iskandarovich Islomov, Bekzod Ravshanbekovich Tashtemirov, Furqat Ashirboyevich Namazov, Doston Ubaydulla O‘g‘li Ulashev

Ushbu maqolada tuproqning fizik-mexanik xossalari va Nurota yaylovlarida olib borilgan tadqiqot natijalarining tahlili keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The article provides an analysis of the physical and mechanical properties of the soil and results of experiments in the Nurata pastures.

Текст научной работы на тему «NUROTA YAYLOVLARI TUPROQLARINING FIZIK-MEXANIK XOSSALARINI O‘RGANISH NATIJALAR»

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

NUROTA YAYLOVLARI TUPROQLARINING FIZIK-MEXANIK XOSSALARINI O'RGANISH NATIJALARI

Ismoil Tashkentovich Ergashev

Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali, t.f.d., professor,

Yorqin Iskandarovich Islomov

Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali, t.f.f.d.,

Bekzod Ravshanbekovich Tashtemirov

Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali, t.f.f.d.,

Furqat Ashirboyevich Namazov

Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali, tayanch doktorant,

Doston Ubaydulla o'g'li Ulashev

Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali, talaba

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada tuproqning fizik-mexanik xossalari va Nurota yaylovlarida olib borilgan tadqiqot natijalarining tahlili keltirilgan.

Kalit so'zlar: tuproq, namlik, qattiqlik, uzilish, siljish, buralish, zichlik, chim qatlam.

ABSTRACT

The article provides an analysis of the physical and mechanical properties of the soil and results of experiments in the Nurata pastures.

Keywords: soil, moisture, hardness, rupture, shear, torsion, density, sod layer.

Kirish

Tuproq bu qishloq xo'jaligida asosiy ishlab chiqarish vositasi bo'lib, u tiklanishga uzoq vaqt talab etiladigan tabiiy resurs hisoblanadi. Har xil hududdagi tuproqlarning fizik-mexanik xossalari har xil bo'lganligi sababli ularning fizik-mexanik xossalarini o'rganish alohida e'tibor talab qiladi [1]. Ushbu xossalarni tadqiq qilish tuproqqa ishlov beradigan mashinalarning ishchi organlarini loyihalashda va ishlab chiqarishda muhim ahamiyat kasb etadi. Tuproqlarning fizik-mexanik xossalarini o'rganish orqali ishchi organlarga ta'sir etadigan fizik va mexanik ko'rsatkichlar, jumladan, agregatlar ishchi organlarining tortishga, sudrashga bo'lgan qarshiliklari,

May 12-13

30

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

tuproqlarning ishchi organ yuzalariga yopishib qolishi natijasida ularning ish sifatiga salbiy ta'siri qilishi va shunga o'xshash boshqa parametrlari tadqiq qilinadi.

Yaylovlar tuproqlarining fizik - mexanik xossalarini o'rganish borasida Respublikamizda E.Farmonov, A.N.Sadirov, M.T.Toshbaltayev, S.Mamadjanov, I.T.Ergashev, Yo.I.Islomov, B.R.Toshtemirov, A.O.Aripov kabi olimlar tomonidan tadqiqotlar olib borilgan. Bu tadqiqotlarda yaylov tuproqlarining qattiqligi, zichligi, tarkibi, namligi va boshqa xossalari o'rganilgan. Yaylovlar tuproqlari xossalari ob -havo sharoitiga uzviy bog'liq bo'ladi. Shu sababli yaylovlar tuproqlarining ishlab chiqiladigan qurilmaga ta'sir qiladigan xossalarini o'rganish tadqiqotlar rejasiga kiritildi.

Materiallar va usullar.

Eksperimental tadqiqotlar Qorako'lchilik va cho'l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti Nurota tajriba dalasida o'tkazildi. Tadqiqotlarda - tuproqning qattiqligi, zichligi, namligi va 10 cm gorizontda o'simlik qoldiqlarining miqdori; uning uzilish, siljish va buralishga bo'lgan mustahkamlik chegaralari o'rganildi[2].

Nurota yaylovlari tuproqlarining yuza qismidagi o'simlik ildizlarini aniqlash bo'yicha tadqiqot ishlari olib borildi. Bunda tasodifiy tanlash usulida 100x100x100 mm o'lchamda tuproqning 0-10 cm yuza qatlamidan 10 ta va 10-20 cm yuza qatlamidan 10 ta namunalar olindi. Namunalar elandi, o'simlik ildiz qismi tuproqdan ajratib olindi, quritildi va o'lchash xatoligi ±0,1 mg bo'lgan analitik tarozida ularning og'irligi o'lchandi hamda qoldiq o'simlik ildizlarining hajm birligidagi massasi aniqlandi.

Namlikni aniqlashda tuproq namunalari maxsus burg'i yordamida chuqurligi bo'yicha dala boshi, o'rtasi va oxirida 0-10, 10-20, 20-30 cm qatlamda, har bir qatlamdan 5 takrorlanishda tuproq namunalari olindi. Olingan namunalar maxsus byukslarda Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filialining Tuproq-o'simlik-o'g'it tahlili o'quv-ilmiy laboratoriyasida o'lchash aniqligi ±0,1 mg bo'lgan XYSCALE FA2204 modelidagi analitik tarozida ularning massalari o'lchandi va WGL-1258 Drying Oven termostati yordamia 1050C haroratda 6 soat mobaynida quritildi Ba ularning og'irligi qayta o'lchandi.

Tuproqning qattiqligini Goryachkin asbobi yordamida aniqlandi.

Tuproqning zichligini 10 cm balandlikka va 5 cm radiusga ega silindr yordamida aniqlandi. Bunda silindr tuproqqa perpendikulyar ravishda o'zining bo'yi barobarida botirilib, uning atrofi silindr botgan chuqurlikgacha tozalanadi va silindrning ost qismidan pichoq yordamida

May 12-13

31

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introduci^g^mmt^griculture in Uzbekistan

Volume 4 | SamTSAU Conference | 2023

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishningnazariyva amaliy asoslari

jy

tuproqdan ajratib olinadi. Olingan namunalar o'lchanib, uning zichligi topildi.

Yaylov tuprog'ining turli (uzilish, buralish, cho'zilish) deformasiyalarga bo'lgan qarshiliklari Sineokov asbobi yordamida aniqlandi.

a) b) c)

a) uzilish, b) siljish, c) buralishga 1 - rasm. Sineokov asbobining konstruktiv sxemasi

Tuproqni uzilishga va siljishga bo'lgan qarshiligini aniqlashda o'lchami 100x100x50mm bo'lgan to'rtburchak shakldagi quti 4 tuproqqa bosib kiritiladi (1-rasm), so'ngra quti 4 atrofidagi tuproq ehtiyotlik bilan olib tashlanadi. Dastak 2 aylantirilganda arqon 5 shkiv 6 orqali xarakatlanib shkiv 3 ga o'raladi, bunda prujina 9 sterjen 8 bo'ylab siqilib boradi, prujinaning siqilishi baraban 10 ga o'ralgan qog'oz lentasiga qalam 7 orqali yozib boriladi.

Tuproqning siljishga va uzilishga bo'lgan qarshiligini aniqlashda 100x50 mm o'lchamdagi silindr qutini tubsiz tomoni bosib tuproqqa kiritildi. Qutini tortishga mo'ljallangan cho'zilmaydigan ipni maxsuz yordamchi shkivlar orqali prujinani siquvchi tortqi bilan tutashgan asosiy shkivdan o'tkazib buraluvchi shkivga maxkam qilib bog'landi. Buraluvchi shkiv asta-sekin aylantirildi, bunda ip taranglashadi natijada tuproqning qarshiligi prujinaga beriladi va prujina siqiladi. Ipni tortuvchi kuch ma'lum bir qiymatga yetgandan so'ng quti ichidagi tuproq uziladi. Prujinaning deformasiyalanishi uskunada barabanga o'rnatilgan qog'ozga qalam orqali chiziladi.

Tuproqning buralishdagi qarshiligini aniqlash ichki diametri 100 mm bo'lgan silindrdan foydalanildi. Tuproqning uzilishga va siljishga qarshiligini olishdan farqli ularoq tuproqning buralishga qarshiligini olish uchun ip silindir atrofidan bir marotaba aylantirilib olinadi va uning buralishga qarshiligi aniqlanadi.

Natijalar va ularning tahlili.

Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatdiki, Nurota yaylovlarida tuproqning o'simlik qoldiqlari va ildizlari bilan qoplanganlik darajasi tuproqning 0-10

"5

cm yuza qatlamida 5,88 va 12,46 g/dm , o'rtacha qiymati 9,24

May 12-13

32

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

-5 -5

g/dm , o'rtacha kvadratik chetlanish 2,24 g/dm , variatsiya koeffitsiyenti 24,29 % ni

"5

tashkil qildi. Tuproqning 10-20 cm yuza qatlamida esa 0,07 va 0,51 g/dm oralig'ida

-5 -5

o'zgaradi, o'rtacha qiymati 0,25 g/dm , o'rtacha kvadratik chetlanish 0,15 g/dm , variatsiya koeffitsiyenti 58,70 % bo'ldi.

Yaylov tuproqlari namligi, zichligi va qattiqligining qatlamlar bo'yicha o'zgarishi 1- jadvalda keltirilgan.

1-jadval.

Olingan namunalar chuqurligi, cm Tuproqning namligi, % Qattiklik, MPa 3 Zichlik, g/cm

0-10 12,5 1,56 1,8

10-20 13,0 1,9 1,96

20-30 10,31 2,4 2,05

Jadvaldan ko'rinib turibdiki, tuproqning nisbiy namligi 0-10 cm da o'rtacha 12,5% ni tashkil etadi va bu ko'rsatgich 30 cm chuqurlikdan deyarli 2,19% ga katta. Bunga sabab shuki, tadqiqotlar olib borilgan davrda yaylovga yog'gan yomg'ir va qorlar tuproqning 20-30 cm qalinligigacha yetib bormasdan tuproqning 10 cm qalinligigacha borgan.

Tuproqning qattiqligi 20-30 cm qatlamda eng katta ko'rsatgichga (2,4 MPa) ega bo'lgan. Bu ko'rsatgich 0-10 cm qatlamga nisbatan 35,0 % ga, 10-20 cm qatlamga nisbatan 20,83 % ga ko'p.

a b

2- rasm. Goryachkin (a) va Sineokov(b) asboblari yordamida Nurota yaylovlari tuprog'ining fizik-mexanik xossalarini aniqlash

May 12-13

33

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

Tuproq zichligi bo'yicha ham qattiqlik kabi eng yuqori ko'rsatgich 20-30 cm

"5

qatlamda (2,05 g/cm ) ega. 20-30 cm qatlamning zichligi 0-10 cm ga nisbatan 12,19 % ga, 10-20 cm qatlamdan 4,39% ga ko'pdir. Bundan ko'rinadiki, 10-30 cm qatlamlarda qum va gips mavjud ekan.

Yaylov tuproqlarining turli deformasiyalarga qarshiligi (uzilsh, buralish va siljish) 2-jadvalda berilgan.

2-jadval.

Namunalar olingan qatlam, cm Tuproqning namligi, % Tuproqning mustahkamlik chegarasi, kPa

Uzilishga qarshiligi Siljishga qarshiligi Buralishga qarshiligi

0-10 8,35 8,1 27,3 34,1

10-20 8,83 9,25 25,5 32,92

20-30 7,27 8,1 22,9 29,45

2-jadvaldan ko'rinib turibdiki, tuproqning 0-10 cm dagi buralishga qarshiligi tuproqning uzilishga va siljishga nisbatan qarshiligidan mos ravishda 4,2 va 1,25 marta katta ekan. Tuproqning sillishga eng katta qarshiligi 0-10 cm qalinlikdagi tuproqda ekanligini ko'rishimiz mumkin. O'tkazilgan tadqiqot natijalariga ko'ra bu ko'rsatkich chuqurlik oshishi bilan kamayib boradi. Chunki yilning qish faslida tuproqning ustki qatlamining namligi uning ostki qatlamining namligidan katta bo'ladi hamda tuproqning yuza qismidagi o'simlik qatlami qo'shimcha qarshilikni yuzaga keltiradi. Bunda buralishga qarshilik 34,1 kPa dan 23,89 kPa gacha, siljishga qarshilik 27,3 dan 22,9 kPa gacha kamaygan, uzilishga qarshilik esa 8,1 va 9,25 kPa oralig'ida o'zgargan.

Xulosa

Yaylovlar tuproqlarining fizik-mexanik xossalarini tahlil qilib, olingan natijalardan tuproqqa ishlov beradigan ishchi organlarning tortish qarshiligini hisoblashda foydalanish mumkin.

REFERENCES

1. Тоштемиров С.Ж., Раззаков Т.Р., Эргашев Г.Х. Результаты изучения физико-механических свойств почв посевный площадей хлопчатника. Тоштемиров, С. Ж. Физико-механические свойства почв полей с неравномерным рельефом / С. Ж. Тоштемиров, Т.Х. Раззаков. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2017. — № 17 (151).

May 12-13

34

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

2. Murodov Sh, Murodov M. Tuproq fizik-mexanik va texnologik xossalarini o'rganish uslubi. O'quv qo'llanma. - Toshkent, "Istiqlol"; 2007. -85 b

3. Миронова А.В. Технологические и физико-механические свойства задерненных почв. DOI 10.22314/2073-7599-2022-16-1-63-68. Сельскохозяйственные машины и технологии • Том 16 • N1 • 2022. Федеральный научный агроинженерный центр ВИМ, Москва, Российская Федерация. 2022 г. ст 63-68.

May 12-13

35

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.