Axmedov S.S.
SamDU Kattaqo'rg'on filiali O'zbek tili va gumanitar fanlar kafedrasi o'qituvchisi
NUROTA ETNOTOPONIMLARI HAQIDA AYRIM MULOHAZALAR
Annotatsiya O 'zbekiston toponimiyasining boy va serqirra materiallarini turli hududlar bo'yicha to'plash va tadqiq qilish o'zbek tilshunosligining eng muhim yo 'nalishlaridan biridir. Keyingi yillarda olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasida O 'zbekistonning bir qator viloyatlari mintaqalari toponimiyasini lingvis-tik, tarixiy-tipologik nuqtayi nazardan tahlil qilishga bag'ishlangan monografiyalar nashr etildi, dissertatsiyalar yozildi, toponimlar izohli lug'atlari tuzildi. Shunga qaramasdan, o 'zbek nomshunosligining bir qator murakkab hamda dolzarb masalalari haligacha o 'z yechimini topgan emas. Nomlar, xususan, joy nomlari, urug'-qabila nomlari bilan bog'liq malumotlarni o'rganish, tahlil qilish bilan insonlar qadim zamonlardan buyon shug 'ullanib kelganlar. Ushbu maqolada Nurota tumani hududiga tegishli bo 'lgan etnotoponimlarningyuzaga kelishiga doir ayrim fikr va mulohazalar keltirilgan.
Kalit so'zlar: etnotoponim, etnonim, etnooykonim, urug' nomlari, joy
nomlari
Axmedov S.S.
Samarkand State University Kattakurgan branch Teacher of the Department of Uzbek Language and Humanities
SOME REMARKS ON NUROTA ETHNOPONYMS
Abstract. One of the most important areas of Uzbek linguistics is the collection and research of the rich and diverse materials of the toponymy of Uzbekistan in different regions. As a result of the scientific research carried out in the following years, monographs devoted to the analysis of the toponymy of the regions of a number of regions of Uzbekistan from the linguistic, historical and typological point of view were published, dissertations were written, and explanatory dictionaries of toponyms were compiled. Nevertheless, a number of complex and urgent issues of Uzbek nomenclature have not yet been resolved. In particular, historical and etymological research of Uzbek ethnonyms and the system of proper nouns formed on their basis is one of such urgent issues. Since ancient times, people have been engaged in studying and analyzing information related to names, in particular, place names, clan and tribe names. This article presents some thoughts and comments on the emergence of ethnotoponyms belonging to the territory of Nurota district.
Key words: ethnotoponym, ethnonym, ethnoonym, clan names, place
names.
O'zbekiston toponimiyasining boy va serqirra materiallarini turli hududlar bo'yicha to'plash va tadqiq qilish o'zbek tilshunosligining eng muhim yo'nalish -laridan biridir. Keyingi yillarda olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasida O'zbekistonning bir qator viloyatlari mintaqalari toponimiyasini lingvistik, tarixiy-tipologik nuqtayi nazardan tahlil qilishga bag'ishlangan monografiyalar nashr etildi, dissertatsiyalar yozildi, toponimlar izohli lug'atlari tuzildi.
Etnik nomlar - etnonimlarga urug', qabila, elat, xalq, millatlarning nomlari kiradi. Turkiy tillarda, jumladan, o'zbek tilida etnonimlardan yasalgan toponimlar keng tarqalgan va bunday nomlar "Etnik belgilar asosida yasalgan toponimlar", "Etnotoponimlar" deb yuritilmoqda [5]. Etnonim va etnotoponimlarni to'plab, tadqiq etish o'zbek tilidagi atoqli otlar tizimining shakllanish bosqichlari xususida qimmatli ma'lumotlar beribgina qolmay, xalqimiz tarixi, urf-odatlari, turmush tarzi, o'lkamiz jug'rofiyasi va arxeologiyasi, shuningdek, ma'naviyatimiz sarchashmalari haqida keng qamrovli izlanishlar olib borishga asos bo'la oladi. Xalqaro internetdagi ma'lumotlarda esa "Etnonim (etno... va oputa — ism, nom) urug', qabila, elat, xalq, millat va boshqalar xil etnik uyushmalar nomi. Biror til-dagi etnonimlar majmui etnonimiya deb yuritiladi. Urug', qabila, xalq nomi o'zi tomonidan tanlangan yoki o'zgalar (ko'pincha qo'shni etnoslar) tomonidan berilgan bo'lishi mumkin. Etnonim etnosning o'zi tomonidan tanlangan bo'lsa — avtoetnonim: o'zgalar tomonidan nomlangan bo'lsa — allogen (ekzogen) etnonim deb yuritiladi",-deya izoh berilgan [6].
Etnotoponim materiallarini alohida olingan hududlar bo'yicha to'plash va o'rganish esa, ushbu masalaning mohiyatiga yanada chuqurroq kirib borish hamda mintaqaviy-lisoniy hodisalar tizimining o'ziga xos qonuniyatlari va xususiyatlarini ochishga ko'maklashadi.
Nurota etnonimlari va etnotoponimlarini o'rganishda Abulg'oziy Bahodirxonning "Shajarayi turk" va "Shajarayi tarokima" singari asarlari ham tarixiy-etnografik dalillarga boy ishonchli manba bo'la oladi. Ushbu asarlarda turkiy qabilalarning kelib chiqishi haqida qimmatli tarixiy ma'lumotlar hamda afsona va rivoyatlar mavjud. Ayniqsa, etnonimiyaga oid ma'lumotlar taniqli tilshunos X.Doniyorov tomonidan batafsil tahlil qilingan [2].
Nurota tumani hududidagi etnotoponimlarni tahlil qilishdan oldin bitta masalaga, ya'ni etnonimlarning atoqli ot sistemasiga munosabati muammosiga qisqacha to'xtab o'tishga to'g'ri keladi. Chunki biz o'z ishimizda etnonimlarni atoqli otlar guruhida talqin qilmoqdamiz, ammo bu masalada nomshunoslikda turlicha qarashlar mavjud. Bir guruh tadqiqotchilar etnonimlarni atoqli ot deb hisoblashadi. Chunonchi V.A. Nikonovning yozishicha, etnonimlarning atoqli ot ekani yoki atoqli ot emasligini hal qilish ushbu nomlar haqidagi nazariyaga yetarli ravishda aniqlik kiritish bilan bog'liqdir[3]. A.V.Superanskaya etnonimlarni "Onomastika doirasiga kirmaydigan lug'aviy birliklar kategoriyasiga mansub", deb biladi[4]. Ushbu masala o'zbek nomshunosligida ham hal etilmagan.
O'zbekcha matnlarda etnonimlarning goh bosh, goh kichik harflar bilan yozilayotganligi ham bu masalada ikkilanish mavjudligidan darak beradi. Umuman, ushbu muammo alohida tekshirishlarni talab qiladi. Ammo bitta masala aniqki,
etnonimlar toponegizlar orasida yetakchi o'rin egallaydi. Nuroto tumani madaniy jihatdan ham eng boy hudud hisoblanadi. "Nurota viloyati geografiyasi Navoiy viloyatining boshqa viloyatlari orasida eng xilma-xildir. Tumanning shimoliy va g'arbiy qismlarini cho'l va dashtlar, janubiy va sharqiy qismlarini tog'lar, yaylovlar va sug'oriladigan yerlar egallaydi [7].
Turkiy, jumladan, o'zbek etnonimlari to'g'risida tarixchilar, etnograflarning asarlarida juda ko'p ma'lumotlar mavjud. O'zbek etnonimiyasini tadqiq qilish ishiga keyingi yillarda X.D.Doniyorov[5] va S.S.Gubayevalar[6] katta hissa qo'shdi.
Professor T.Nafasov Qashqadaryo viloyati hududidan 400 ta etnotoponimlarni to'plaganini[7], T.Rahmatov Samarqand va uning atroflari hududida 200ga yaqin etnotoponimlar mavjudligini yozishgan edi[7]. S.Qorayev O'zbekiston hududidagi aholi istiqomat qiluvchi joy nomlarining 10 dan 30 foizi etnotoponim ekanini aytgan[8]. S.S.Gubayevaning fikricha esa, Farg'ona vodiysida bu miqdor ba'zi joylarda 30-50 foizgacha, ayrim hududlarda esa 10-11 foizni tashkil qiladi[8].
O'zbek toponimiyasi bo'yicha yoqlangan ishlarning barchasida o'rganilayotgan hududda uchraydigan etnotoponimlar tahlil qilingan.
O'zbek toponimikasida etnotoponimlar maxsus tadqiq qilingan ishlar ham yuzaga keldi. Biz bu o'rinda A.Otajonovaning Xorazm etnotoponimlariga[6], A.Turobovning Samarqand viloyati etnooykonimlariga[8] bag'ishlangan ishlarini ko'zda tutmoqdamiz. Har ikkala tadqiqotda o'rganilayotgan hudud toponimiyasidagi etnonimik negizlar asosida yasalgan nomlar atroflicha tahlil qilingan.
O'zbekistonning turli hududlarga mansub etnonimlar tahlili shuni ko'rsatganki, toponimlarning bu tipi yuzaga kelishiga ko'ra ikki belgisi bilan ajralib turadi:
1. Etnonimlar ko'proq aholi istiqomat qiluvchi hududlarda uchraydi.
2. Etnotoponim ko'chmanchi aholi yashagan yoki ularning avlodlari yashayotgan joylarda uchraydi.
Biz Nurota tumani hududidan to'plagan etnotoponimlar miqdori 80 tadan oshadi. Bu biz to'plagan umumiy materialning 4 foizini tashkil qiladi.
Etnotoponimlarni ularning etnonimik negiziga ko'ra (toponegiziga) ikkiga bo'lish mumkin:
1) Negizida xalq, elat yoki millat nomi yotgan etnotoponimlar: Arab (q.), Qozoqovul, Turkmanlar (q), Turkmanariq kabi.
2) Negizida urug', qabila va ularning mayda shaxobchalari nomi yotgan etnotoponimlar: Qovchin (qq), Qiyot (qq), Bolg'ali (qq.), Bahrinto'p (qq.), Qo'shtamg'ali (qq.), Kerayit arig'i kabi.
Toponimning etnotoponim ekanini, ya'ni nom negizida etnik leksika yotganini aniqlash ba'zan qiyinchilik tug'diradi. Mana shunday hollarda toponimning tarkibidagi ba'zi ko'rsatkichlarga e'tibor berish lozim bo'ladi. Odatda tarkibida quyidagi belgilar uchrasa, toponim etnonimdan yasalgan bo'ladi.
1) Nom tarkibida to'p (to'b), to'pi (to'bi) so'zlaгi uchraydi. Bu so'zlar aslida etnonimik indikatoгlaгdiг. X.Doniyoгov shodmonto'pi, shodito'pi, yashig'to'pi, qozoqto'pi kabi etnonimlami qayd etgan[13]. S.Gubayeva taгkibida to'p, to'plar so'zlaгi mavjud nomlaг etnotoponim degan xulosaga kelgan va Kaltato'pi, Xolmonto'p, Eshboyto'p, Uгto'p, Taqchito'p, Shayitto'p kabi nomlarni dalil sifatida keltirgan edi[14]. Nurota toponimiyasida ham tarkibida ushbu komponent bor bo'lgan toponimlar mavjud: Bahrinto'p (qq.), Eгganakto'p (qq.), Eshonto'p (qq.) kabi.
2) Oxirida -li, -di, -ti (lahjaviy) qo'shimchalari mavjud ba'zi toponimlar etnotoponimlaгdiг: Jilontamg'ali, Kovushli, Taгoqli, Qo'shtamg'ali, Qoziyoqli, Bolg'ali, Tug'ali, Keshtali (Kashtali), Cho'michli, Choriqli, Qaychili, Chiгoqli, Ilonli, Sarkali va b.
3) Oxirida -chi qo'shimchasi mavjud ba'zi nomlar etnotoponimlardir: Polvonchi (qq.), Tuyachi, Tuyachitepa, Cho'pchi (qq.), Korizchi kabi.
4) Tarkibida -кг qo'shimchasi kelgan nomlar etnotoponimlardir. X. Doniyorov beklaг, boylar, yoгtilaг, kallalar, paгchalaг, xo'jalaг, qiгqlaг, qoгalaг, qullar kabi etnonimlar borligini qayd etgan[15]. S.Gubayeva -lar affiksli Pillakashlar, Arablar, Xastalar tipli nomlarni etnotoponim deb hisoblaydi[16]. S.Qorayev fikricha esa, -lar, -on, -obod so'zli nomlar etnotoponimlarga kiгadi[17]. Nurota toponimiyasida -lar qo'shimchasini olgan quyidagi nomlar mavjud: Minglar, Cho'rilar, Ko'salar, Zarkokillar, Gadoylar, Ulug'lar, Garruklar, Arablar (aq.), Kulollar va b.
5) Tarkibida -on, -yon qo'shimchalari mavjud nomlar etnotoponimlar hisoblanadi. Ko'plik tushunchasini ifoda etuvchi ushbu tojikcha affikslar o'zbekcha -lar qo'shimchasiga to'g'ri keladi. Ushbu qo'shimchalar O'zbekiston hududidagi tojikcha toponimlar tarkibida uchraydi. Chunonchi, Nurota hududida Uyron toponimi uchraydi. Ammo ushbu model Nurota hududi uchun xarakterli emas.
6) Oxiri -i qo'shimchasi bilan tugovchi ba'zi nomlarni ham etnotoponimlarga kiritish mumkin: Ajinabegi, Urganji kabi. Ushbu model ham Nurota toponimiyasida siyrak uchraydi.
Etnotoponimlarning ma'nosini talqin etish borasida ancha munozarali tomonlar bor. Ba'zi ishlarda etnotoponimning (toponimning) ma'no va etimologiyasi deb, uning negizida yotgan etnonimning ma'no va etimologiyasi talqin qilinadi. Bunga qo'shilish qiyin. Aslida etnotoponimlarning ma'nosi soddadir, ya'ni har qanday etnotoponim o'zi mansub bo'lgan hududda o'tmishda etnonimda ifodalangan etnik guruh yashagani yoki ularning avlodi hozirda yashayotgani haqida darak beradi. Xususan, o'zbek etnonimiyasi va ular zamirida hosil bo'lgan atoqli otlar tizimini tarixiy-etimologik jihatdan tadqiq qilish ana shunday dolzarb masalalar sirasiga kiradi.
ADABIYOTLAR RO'YXATI:
1. Doniyorov X. O'zbek xalqining shajara va shevalari. -T.: Fan, 1968. 14-35-b.
2. Doniyorov X. O'zbek xalqining shajara va shevalari. - Toshkent: Fan, 1968.
3. Otajonova.A.J. Xorazm etnotoponimlari va ularning lug'aviy asoslari -Avtoreferati - Tashkent, 1997.
4. Turobov A.I. Samarkand viloyati etnonim va etnooykonimlarining tahlili. -Avtoref. diss. - Toshkent, 1999.
5. Qorayev S. "O'zbekiston viloyatlari toponimlari". -T.: 2005. -85-bet.
6. https://uz.wikipedia.org/wiki/Etnonim
7. https://uz.wikipedia.org/wiki/Nurota tumani