Научная статья на тему 'NOGIRONLIGI BOR SHAXSLARGA NISBATAN STIGMALARNING XUSUSIYATLARI'

NOGIRONLIGI BOR SHAXSLARGA NISBATAN STIGMALARNING XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
225
44
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Stigma / nogironligi bor shaxslar / model / jamiyat / insonlar ongi / yakka stigmalar / guruhiy stigmalar / kamsitish / qonun / fuqarolar / Stigma / people with disabilities / model / society / human consciousness / individual stigmas / group stigmas / discrimination / law / citizens

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Mominova Qunduz, Abduxalilov Abdulla Sotsiologiya

Jamiyatimizda ruhiy yoki irqiy stigmalardan ko’ra ko’proq jismoniy kamchiligi bor insonlar stigmalariga ko’proq duch kelmoqdamiz. Bugungi kunda qayta-qayta bong urilayotgan inklyuziv ta’limni rivojlantirish, yoxud nogironligi bor shaxslar hayotidan to’siqlarni olib tashlash kabi g’oyalarni amalga oshirishimiz uchun eng avvalo odamlar ongida nogironligi bor shaxslarga nisbatan paydo bo’lgan va avloddan-avlodga o’tib kelayotgan stigmalarni olib tashlashimiz , shu bilan bir qatorda nogironligi bor shaxslarning o’zidan yoki nogironligi bor qon qarindoshidan uyalish, atrofdagi insonlar fikrdan qo’rqib ijtimoiy hayotga adaptatsiya qila olmayatganliklari bugungi kunning eng dolzarb masalasi bo’lib turibdi. Shu o’rinda nogironligi bor shaxslar o’z o’ziga o’ta past baho berishlari va ularning atrofidagi odamlar ham ulardan o’zlarini olib qochishlari oqibatida bunday odamlar jamiyatdan ihotalanib olishayotgani ham dolzarbligicha qolib ketmoqda. Ushbu maqolada muallif stigma tushunchasi, jamiyatdagi stigmalar nogironligi bor insonlar hayotiga qanday salbiy ta’sir o`tkazayotganini shu sohada ish olib borgan olimlarning asarlaridan olingan misollar va boshqa manbalar orqali sharhlab bergan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CHARACTERISTICS OF STIGMA FOR PERSONS WITH DISABILITIES

In our society, we are more likely to encounter stigmas of people with physical disabilities than mental or racial stigmas. In order to implement ideas such as the development of inclusive education, which are repeatedly sounded today, or the removal of barriers to the lives of people with disabilities, we need to focus primarily on people with disabilities, which have emerged and passed down from generation to generation. the removal of stigmas, as well as the shame of people with disabilities themselves or their blood relatives, the inability of people around them to adapt to social life for fear of the idea is the most pressing issue today. At the same time, the fact that people with disabilities have low self-esteem and that people around them avoid them is also a reason for them to be excluded from society.In this article, the author explains the concept of stigma, how stigma in society negatively affects the lives of people with disabilities, using examples from the work of scientists working in this field and other sources.

Текст научной работы на тему «NOGIRONLIGI BOR SHAXSLARGA NISBATAN STIGMALARNING XUSUSIYATLARI»

Scientific Journal Impact Factor

NOGIRONLIGI BOR SHAXSLARGA NISBATAN STIGMALARNING

XUSUSIYATLARI

Annotatsiya: Jamiyatimizda ruhiy yoki irqiy stigmalardan ko 'ra ko 'proq jismoniy kamchiligi bor insonlar stigmalariga ko'proq duch kelmoqdamiz. Bugungi kunda qayta-qayta bong urilayotgan inklyuziv ta'limni rivojlantirish, yoxud nogironligi bor shaxslar hayotidan to'siqlarni olib tashlash kabi g'oyalarni amalga oshirishimiz uchun eng avvalo odamlar ongida nogironligi bor shaxslarga nisbatan paydo bo'lgan va avloddan-avlodga o'tib kelayotgan stigmalarni olib tashlashimiz , shu bilan bir qatorda nogironligi bor shaxslarning o'zidan yoki nogironligi bor qon qarindoshidan uyalish, atrofdagi insonlar fikrdan qo 'rqib ijtimoiy hayotga adaptatsiya qila olmayatganliklari bugungi kunning eng dolzarb masalasi bo 'lib turibdi. Shu o 'rinda nogironligi bor shaxslar o'z o'ziga o 'ta past baho berishlari va ularning atrofidagi odamlar ham ulardan o 'zlarini olib qochishlari oqibatida bunday odamlar jamiyatdan ihotalanib olishayotgani ham dolzarbligicha qolib ketmoqda. Ushbu maqolada muallif stigma tushunchasi, jamiyatdagi stigmalar nogironligi bor insonlar hayotiga qanday salbiy ta'sir o^tkazayotganini shu sohada ish olib borgan olimlarning asarlaridan olingan misollar va boshqa manbalar orqali sharhlab bergan.

Kalit so'zlar: Stigma, nogironligi bor shaxslar, model, jamiyat, insonlar ongi, yakka stigmalar, guruhiy stigmalar, kamsitish, qonun, fuqarolar.

Abstract: In our society, we are more likely to encounter stigmas of people with physical disabilities than mental or racial stigmas. In order to implement ideas such as the development of inclusive education, which are repeatedly sounded today, or the removal of barriers to the lives of people with disabilities, we need to focus primarily on people with disabilities, which have emerged and passed down from generation to generation. the removal of stigmas, as well as the shame ofpeople with disabilities themselves or their blood relatives, the inability of people around them to adapt to social life for fear of the idea is the most pressing issue today. At the same time, the fact that people with disabilities have low self-esteem and that people around them avoid them is also a reason for them to be excluded from society.In this article, the author explains the concept of stigma, how stigma in society negatively affects the lives ofpeople with disabilities, using examples from the work of scientists working in this field and other sources.

Mo^minova Qunduz O'ZMU Ijtimoiy ish kafedrasi talabasi lkurs magistr Ilmiy rahbar: Abduxalilov Abdulla sotsiologiya fanlari boyicha falsafa doktori (PhD) dotsent

Scientific Journal Impact Factor

Keywords: Stigma, people with disabilities, model, society, human consciousness, individual stigmas, group stigmas, discrimination, law, citizens

KIRISH

Bugungi kunda mamlakatimizda va jahonda nogironligi bor shaxslarning jamiyatdagi to'laqonli o'rinlarini topishga intilishlari uchun shart-sharoitlar yaratish, yoxud nogironligi bor shaxslar hayotidan to'siqlarni olib tashlash kabi g'oyalar juda ko'p tilga olinayotganiga guvoh bo'lmoqdamiz. Ushbu g'oyalarni amalga oshirishimiz uchun eng avvalo odamlar ongida nogironligi bor shaxslarga nisbatan paydo bo'lgan va avloddan-avlodga o'tib kelayotgan tamg'alarni ya'ni stigmalarni olib tashlashimiz, buning uchun esa nogironligi bor shaxslarning o'zidan yoki nogironligi bor qon qarindoshidan uyalish, atrofdagi insonlar fikrdan qo'rqib ijtimoiy hayotga moslasha olmayotganliklarining sabablarini chuqur o'rganib chiqmog'imiz lozim.

Qadimda Greklar hamma sohalarda ko'plab yutuqlarga erishishgan va har bir sohada erishilgan yutuqlarni yoki hayotiy vaziyatlarni turli atamalar bilan atashgan. Shunday atamalardan biri stigmalardir. Stigma so'zi yunonchada (tamg'a, dog', belgi, yorliq) !ma'nolarini anglatib boshqalarga o'xshamagan odamlarga shu jumladan nogironligi bor shaxslarga nisbatan keng qo'llaniladigan kamsitishga asoslangan tushunchadir. Greklar stigmali odamlar toifasini ikkiga ajratgan: Birinchi toifaga yaqqol stigma ya'ni tanasida, yuzida ko'rinib turadigan kamchilikka ega bo'lgan nogironligi bor shaxslar, ikkinchi toifaga esa jinoyatchilar, qullar, xiyonatkorlarni kiritishgan. Ikkinchi toifadagilarni ommadan ajratib olish uchun ularga tamg'a bosishgan, bu esa ommani bunday odamlardan uzoqroq yurishlari uchun ogohlantirish chorasi sifatida qilingan.

Oradan bir necha ming yillar o'tgan bo'lsada stigma atamasi va unga nisbatan odamlar munosabati o'zgarmagan, aksincha odamlar ongida stigmalar yanada kengayib ildiz otib ketgan. Greklar nogironligi bor shaxslardan, sobiq mahbuslardan yoki ruhiy kasallikga chalingan odamlarni chetlab o'tishga harakat qilishgan bo'lsa bugungi kunda stigmali odamlar turlari keskin ko'payib, jamiyatda o'z muqim o'rinlarga ega bo'lmagan odamlar qatlamga aylanmoqda. Bu holat esa har qanday jamiyatning parokanda bo'lishiga yo'l ochish bilan bir qatorda jamiyat a'zolari o'rtasida kelishmovchilik va alamzadalikga sabab bo'ladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR Mazkur maqolani tahlil qilish jarayonida ilmiy bilishning mantiqiylik, tarixiylik, izchillik va obyektivlik usullaridan keng foydalanildi. Tadqiqot jarayonida Nogironligi bor shaxslarga nisbatan stigmalarning xususiyatlari haqida fikrlar tahlil

1 www.dic.academic.ruhttp://dic.academic.ru/

Scientific Journal Impact Factor

qilindi. Финзен, A.ning" Психоз и стигма" nomli o'quv qo'llanmasi metodologik manba bo'lib belgilandi. Shu bilan birga Sh.M. Mirziyoyevning asarlaridan keng foydalanildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Stigmalarni dastlab XX asrda yashagan sotsiolog I.Gofman fanga tadqiqot obyekti sifatida olib kirgan. I.Gofman stigmalarni uch tipga bo'lib tahlil qiladi2: 1) Jismoniy kamchilik (tayanch harakat tizimidagi buzilish, ko'zi ojizlik, tana bilan bog'liq bo'lgan boshqa kamchiliklar va h.k) 2) Irodasizlik, yoki chidamsizlik (giyohvandlik va spirtli ichimliklarga ruju qo'yish, tez ruhiy tushkunlikga tushishga moyillik va h.k) 3)Irqiy yoki milliy (irq, millat, din va h.k) uchinchi tipdagi stigma bir qarashda qolgan ikkitasiga nisbatan ancha yengil ko'rinishi mumkin aslida esa irqiy stigmalar bir avlodga emas o'nlab avlodlarga, bir odamga emas balki butun boshli millatga qaratiladi, lekin ko'pchilikka tegishli bo'lgan (tamg'a) stigmani yengish bir shaxsga nisbatan qo'yilgan stigmani yengishdan ancha osonroqdir ya'ni nogironligi bor shaxslar o'z stigmalarini yengishga juda qiynaladi chunki ularning vaziyatiga tushunmay turib ular haqida salbiy xulosa chiqarish har kimning va hatto yaqinlari tomonidan ham qilinishi mumkin. Shunday ekan yakka stigmalar gruhiy stigmalarga nisbatan insonga kuchliroq ruhiy ta'sir otkazadi

Stigmalar ustida yana bir psixolog Asmus Finzen ham chuqur izlanishlar olib borgan. A.Finzen ham stigmalarni uchta tipga bo'lib tahlil qiladi3: 1) tug'ma stigma (bunda inson nogiron bo'lib yoki boshqa bir turdagi stigma bilan dunyoga keladi) 2) insonda mavjud bo'lmagan kasallik bilan stigmalash (bunda avlodida yoki yaqin odamida mavjud bo'lgan stigma bilan hech qanday stigmaga ega bo'lmagan insonni tamg'alash, buning oqibatida sog'lom inson ham o'z xatti- harakatiga javob bera olmay ta'riflangan stigmani orttirib olishi) 3) Ozchilikka tegishli stigma (bunda stigmali odamlar ularni kamchilikka qaramay ruhiy va jismoniy sog'lom deb qabul qilgan insonlar qurshovida yashashidir) A.Finzen o'zining "Психоз и стигма" asarida shizofreniya (yun.bo'linish va aql, ong, fikr. Ruhiy kasallikning bir turi odatda 18-35 yoshgacha bo'lgan davrda kuzatiladi)4 kasalligini tadqiq qilib bemorlarda kasallik kuchayishiga yoki tuzalishiga atrofdagilarning munosabati katta ta'sir o'tkazishini isbotlab beradi. Xuddi shunday holatni nogironligi bor shaxslar ruhiyatida ham kuzatish mumkin. Agar nogiron shaxsga jamiyatning boshqa a'zolari to'g'ri munosabatda bo'lsa, ularni o'z do'stlari, yaqin insonlari yoki tengdoshlari qatorida teng qabul qilsa bunday odamlar o'zlarini erkin va himoyalangan his qiladi,

2 Гоффман И. Стигма: Заметки об управлении испорченной идентичностью (переведённые главы из Goffman E. Stigma: Notes on the Management of the Spoiled Identity. — N.J., Englewood Cliffs: Prentice Hall, 1963)

3 Финзен, А. Психоз и стигма / А. Финзен. - М., 2001

4www.neo.edu.ru http://www.neo.edu.ru/

Scientific Journal Impact Factor

aksincha ularni doimiy ravishda barmoqlari bilan ko'rsatib ulardan uzoqroq yurishga harakat qilsalar nogironligi bor shaxslar o'zlarini atrofdagilardan izolyatsiyada ushlaydi va doimiy qo'rquvda, umidsiz va maqsadsiz hayotdan alamzada bo'lib yashashga majbur bo'lishadi.

Stigmalar asrlar davomida insonlarning hayotiga o'z salbiy ta'sirini ko'rsatib kelgan. Tarixga nazar tashlansa nogironligi bor shaxslarga nisbatan odamlarda shakllangan stigmalarni bir nechta modelga bo'lib ko'rib chiqish mumkin5 -"kasal odam" modeli bunda atrofdagilar nogironligi bor shaxslarga nisbatan davolash obyekti sifatida qaraydi. Bu modelda odamlar jamoasi nogironligi bor shaxslar bilan faqatgina tibbiy nuqtai nazardan aloqaga kirishadi. Nogironligi bor odamlarni doimo kasalxonalarda va davolash maskanlarida ushlab turishni yoqlashadi.

- " past darajadagi odamlar" modeli bunda nogironli bor shaxslarga jamiyatning noto'liq a'zosi sifatida past nazar bilan qaraladi. Ular qonun oldida ham jamiyat oldida ham haq-huquqlari cheklanadi.

"jamiyat uchun xavfli odamlar" modeli nogironligi bor shaxslar jamiyatga ham ruhiy ham jismoniy xavf manbalari sifatida qabul qilinadi va ularni alohida izolyatsiyada ushlashni taklif etadi

" achinish obyektlari" modeli bunda nogironligi bor shaxslar mustaqil yashay olishmaydi shu sababli ularga achinish va doimiy ravishda mehr ko'rsatish kerak deb hisoblanadi.

"xayr-ehson obyekti" modeli bunda nogironligi bor shaxslarga pul ajratish davlat va fuqarolar uchun ortiqcha yuk deb hisoblanadi. Aynan shu model asosida odamlar ongida nogironligi bor shaxslar halol mehnat qilgan xalqdan yig'ilgan soliqlar evaziga yashaydi degan tasavvur paydo bo'lgan. Bu kabi qarashlar nogironligi bor shaxslarni asrlar mobaynida obro'sizlanishga asos bo'lgan.

Hozirda nogironligi bor shaxslarga nisbatan stigmalarni bartaraf etishning bir nechta samarali yechimlarini chet mamlakatlar tajribasiga asoslanib taklif qilish mumkin: Stigmalarga nisbatan huquqiy tarafdan chora-tadbirlar ishlab chiqish. Shuni alohida ta'kidlash zarurki shu kungacha nogironligi bor shaxslarning kamsitilishiga doir bironta qonun hujjati qabul qabul qilinmagan edi. Yangi tahrirdagi "Nogironligi bo'lgan shaxslar huquqlari" to'g'risidagi qonunda aynan ushbu masalaga to'xtalib o'tilgani va qonunning "6-moddasi nogironlik belgisiga ko'ra kamsitishga yo'l qo'ymaslik prinsipi"da "Nogironligi bo'lgan shaxslarga nisbatan har qanday ajratib qo'yish istisno etish, chetlatish, cheklash yoki afzal ko'rish,

5Малофеев Н. Н. Западная Европа:эволюция отношения общества и

государства к лицам с отклонениями в развитии / Н. Н. Малофеев. - М.,2003. - 256 с.

215

Scientific Journal Impact Factor

shuningdek nogironligi bo'lgan shaxslarning obyektlar va xizmatlardan foydalanishi uchun shart- sharoitlar yaratishni rad etish taqiqlanadi"6 deyilgan moddaning kiritilgani olib borilayotgan keng qamrovli ishlarning ilk bosqichi bo'lib xizmat qiladi. Bu boradagi qilinishi zarur bo'lgan ishlar esa yanada chuqurroq yondashuvni talab etadi.

Yana bir tajribada esa odamlar ongidagi stigmalarni yo'q qilish uchun yangi avlodni har qanday diskriminatsiyalardan holi tarbiyalash usulini taklif etadi. Bunda bolalar ongida har qanday stigmalarga nisbatan ilk tushunchalarni to'g'ri shakllantirish va to'g'ri tushuntirish asos qilib olinadi. AQSH, Fransiya, Angliya kabi mamlakatlarda ushbu tajriba o'zini oqlaganini va bu mamlakatlarda yashayotgan nogironligi bor shaxslarga yetarlicha imkoniyatlar yaratilganini kuzatish mumkin.

Xulosa qilib stigmalar har qanday kuchli irodani, har qanday sabr- matonatni chetlab o'tib stigmalangan insonlarning hayotlarini, oilalarini buzib yuborishga, insonlarni bir birlaridan uzoqlashtirishga qodir bo'lgan o'ta xavfli qurol bo'lib, bu qurolning o'qlari o'z mustaqil fikriga ega bo'lmagan, teran mulohaza yurita olmaydigan odamlar bo'lib qolganini aytish mumkin. Demokratiya ustun bo'lgan mamlakatda fuqarolar bir birlarini kamsitib yoki past nazar bilan qarashi bunday mamlakatning kelajagi xavf ostida qolganidan dalolat beradi. Shunday ekan nogironligi bor shaxslar ham hamma bilan teng munosabatga, sharoitlarga va albatta jamiyatimizda o'z o'rinlarga ega bo'lishlar lozim.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Гоффман И. Стигма: Заметки об управлении испорченной идентичностью (переведённые главы из Goffman E. Stigma: Notes on the Management of the Spoiled Identity. — N.J., Englewood Cliffs: Prentice Hall, 1963)

2. Финзен, А. Психоз и стигма / А. Финзен. - М., 2001

3. PULATOV SH.N. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Hindistondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat. Academic Research In Educational Sciences. Volume 1. 2020 468-474 P.

4. Po'latov, Sh.N., Rabindranat Tagorning Hindiston ilm-ma'rifatga qo'shgan xissasi.// "SCIENCE AND EDUCATION" Scientific journal Volume 1, Special issue 2020 136-144 P.

XULOSA

6Lex.uz

Scientific Journal Impact Factor

5. Po'latov, Sh.N., Hindistonda pedagogik ta'limning rivojlanish bosqichlari. //"SCIENCE AND EDUCATION" Scientific journal Volume 1, Special issue 2020 21-27 P.

6. Jurayev SH.S., Abu Ali ibn Sinoning falsafiy qarashlarida baxt-saodat masalasi // Academic Research in Educational Sciences, 2 (Special Issue 1), 395-401 P.

7. Saidov S.A., Ibn al-Muqaffaning islom tarjima san'atiga qo'shgan hissasi. // "Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences" Scientific journal Volume 1, 2021. 332-336 P.

8. Малофеев Н. Н. Западная Европа:эволюция отношения общества и государства к лицам с отклонениями в развитии / Н. Н. Малофеев. -

М.,2003. - 256 с.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.